RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Страница 1 из 6
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • »
Модератор форума: DURDON, SAKINA  
Taom reseptlari
OSIYOДата: Payshanba, 02-Iyun-2011, 14:36 | Сообщение # 1
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Bu forumda biz taom retseptlari bilan tanishib boramiz.

oshhonada
 
OSIYOДата: Payshanba, 16-Iyun-2011, 11:46 | Сообщение # 2
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:

Qöy göshti tomat sousi biln qo'virmasi
Masaliqlar
1kg qoy go'shti
2osh .q.tomat pastasi yoki ketchup
150g pomidor
ko'katlar
2.ch.q ,ziravorlar
2.osh.q,osimlik yogi
3dona чеснок
tuz

Tayyorlanishi
Qo`y go`shti o`rniga tovuq go`shtidan ham foydalanishimiz mumkin.
Agar tomat pastasidan foydalansangiz ozroq qo`shing, chunki taomingiz nordon bo`lip qolishi mumkin.
Garniri uchun guruch yoki kartoshkadan foydalanishingiz mumkin.
Bu taomimiz 5-6 kishiga mo`ljallangan
pomidorni maydalemiz

chisnokni maydalemiz

kokatlar maydalanadi

Pomidor ,chisnok,ko'kat,masla ,ziravorlar va tuzni aralashtiramiz.

go'shtni sousga bulemiz

ustini yoqib ,muzlatgichga 3,4 soat qo'yamiz

go'shtni ikkala tarafini ,tovani usti ochiq holatda qo'viramiz

taomimiz tayyor,yoqimli ishtaha
 
BAXORДата: Shanba, 18-Iyun-2011, 02:19 | Сообщение # 3
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:
rahmat

 
DURDONДата: Shanba, 18-Iyun-2011, 18:33 | Сообщение # 4
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Ismaloqli salat



Kerakli masalliqlar:

Ismlaloq (shpinat-ruscha,spinach-ingliz)
fetta pishloq (peynir-turk)-100gr
2ta tuhum pishirilgani
2ta pomidor
50gr.- zaytun yog'i
bo'lsa zaytun

Tayyorlanishi:
Ismaloq barglari cho'pidan ajratilib,2-3 bo'lakka bo'lib olamiz.
Fetta pishloq,tuhumni oqini,kubik qilib to'g'raymiz.1ta pomidorni yoki kubik,yoki yarim oysimon qilib to'g'raymiz.
Zaytun bo'lsa,danagidan ajratib olib,uni ham 2ga bo'lamiz.
Hammasini bir idishga solib,tuhumni sarig'ini qirg'ichdan o'tkazib,zaytun yog'i qo'shib,aralashtiramiz.
Ustiga pomidorni bezab qo'yishimiz mumkin,yoki o'zimiz istagan bezak beramiz.
Menda zaytun yo'q edi,qo'shmadim.Qo'shilsa yanayam chiroyli bo'ladi.
Eng oson,sog'liqqa foydali va mazali salatimiz tay
yor.Yoqimli
ishtaha.



Сообщение отредактировал durdon - Shanba, 18-Iyun-2011, 18:37
 
BAXORДата: Yakshanba, 26-Iyun-2011, 16:50 | Сообщение # 5
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:
Товуқли рулет




Рецепт

Бу таомни тайёрлаш учун сизга асосан товуқ сони гўшти, тухум ва зираворлар керак бўлади. Товуқни бир қисмидан қийма тайёрлаб, иккинчи қисмига солиб ўралади. Тайёр бўлган рулетни аввал сувда қайнатилади, сўнгра ёғда енгил қизартириб олинади. Товуқли рулет ниҳоятда мазали ва бой таъмга эга. Бу таом дастурхонингизни безаб, оила азоларингизнинг энг севимли таомларидан бирига айланади.

МАСАЛЛИҚЛАР:

2 та товуқ сони

Начинкасига

250 гр товуқ гўшти қиймаси (таҳминан 1 товуқ сони)
1 та тухум сариғи
2-3 та саримсоқ доначалари
петрушка
100 гр нон увоғи
туз, мурч ва зираворлар




1. Товуқ қиймасига майда тўғралган пиёз, саримсоқ, тухум сариғи, нон урвоғи ва зираворларни солиб яхшилаб аралаштирамиз.

2. Фольга қоғозини устига туз ва мурч сепиб товуқ гўштини ёйилган ҳолда қўямиз. Гўшт устидан яна туз ва мурч сепамиз.

3. Гўшт устига қиймани қўямиз.




4. Фольга ёрдамида рулет қилиб ўраймиз.



5. Қайнаб турган сувга рулетни солиб 25 дақиқа қайнатиб пишириб оламиз.

6. Пишган рулетларни совутгичда бир неча соатга қолидармиз.




7. Рулетларни совутгичдан олиб, устидаги фольгани олиб ташлаймиз.

8. Озгина ўсимлик ёғи солинган товада чиройли қизаргунча айлантириб енгилгина қовуриб оламиз.





ЁКИМЛИ ИШТАХА


 
OSIYOДата: Shanba, 02-Iyul-2011, 02:52 | Сообщение # 6
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Пицца


Масаллиқлар:

- 1 та тухум

- 3-4 ош қошиқ ўсимлик ёғи

- 300 гр сут

- 1 ош қошиқ хамиртуруш

- Чимдим шакар

- 1 чой қошиқ туз

- 3,5 ст ун

Начинка:

- 200 гр кетчуп

- 1 блок сосиска

- 200 гр сир

- 200 гр қаймоқ

- 2 та пиёз билан қовирилган 200 гр қийма

- 5 та помидор

- тухум сариғи

Тайёрланиши: Тоғорачага тухум чақиб, кўпиртирамиз. Ўсимлик ёғи солиб кўпиртиришда давом этамиз. Илиқ сут, шакар, туз солиб хамиртуруш солинган унни солиб юмшоқ хамир қорамиз. Устига ун сепиб тиндириш учун илиқ жойга қўямиз. Яхшилаб кўтарилган хамирни қўлимизни ёғлаб енгил унлаб ҳавосини чиқариб юборамиз. 2 та зувалага бўлиб, 2 та листга ёямиз. 0,5 см қалинликда ёйиб кетчуп суртиб, устидан думалоқ паррак тўғралган сосискани сепиб, устидан майда қирғичдан чиққан сирни сепиб, қовирилган қиймани соламиз. Яна устидан сир сепиб, паррак тўғралган помидор териб, хамир четларини буклаб, букланган жойларига тухум сариғи суриб, ўрта оловда 25-30 мин пиширамиз.
[/size]
ЁКИМЛИ ИШТАХА
 
OSIYOДата: Juma, 08-Iyul-2011, 06:17 | Сообщение # 7
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
" Shaurma"

Go'sht(xoxishga qarab)tovuq ham zo'r ketadi.
kartoshka
Sabzi
Bodring
Karam
Pomidor
Sir
Mayonez
Chisnok
................................................................. ..........................
Gusht(tovuq gushtini maslahat beraman) suvda pishirilib, so'ng duxovkada bir oz yo'g'lap qizartirib olinadi.
kartoshka samoncha shaklida qovuriladi,(yoki magazindan tayyor paketlarda qovurilgan)dan (sharoitga qarab)foydalanish mumkin. Mayonez uchiga chisnok(1-2 bulakchasi) va murch solib aralashtiriladi.
Karamdan va sabzidan salat qilinadi.
Karam salar: Yupqa samoncha shaklida to'g'laladi ,yog' tuz, chisnoq.
Sabzi salat: Sabzi qirg'ichdan samoncha shalida, tuz, yo'q, kashnichdona(maydalangani)
Qolgan xamma masalliqlar xam somimcha shaklida to'g'raladi.
................................................................................................
Xamma masalliqlardan oz ozdan ustma ust qilib xamir ichiga solinadi va rulet shaklida o'raladi.Xamiri (super market va boshqa dukonlarda sotiladi) Agar iloji yo'q bo'lsa uy sharoitida xam oddiy xamirdan juda xam yupqa qilib yoyib(chalpak singari)lekin ,yog'siz (сковорода)da yumshoq qilib pishirish mumkin. Mayonezni istasangiz ichiga yoki uzingiz surib istomol qilishingiz mumkin.
Mayonezga murch,chesnok,smetana yoki qaynatib sovutilgan suv.Suyuqror bo'lishi uchun.

]YOQ'IMLI ISHTAHA
 
OSIYOДата: Juma, 08-Iyul-2011, 06:57 | Сообщение # 8
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Pishloqli dimlama


Masalliqlar( 4kishi uchun):

-300gr qiyma go’sht(yoki mayda to’g’ralgan go’sht)
-1dona piyoz
-1dona brokolli(yoki gulkaram)
-3dona tuxum
-1dona pamildori
-200gr pishloq
-2-3osh-q o’simlik yog’i
-tuz,ziravorlar

Tayyorlash
1.Suvda pishgan brokolli(yoki gulkaram)ni tuxum bilan aralashtiramiz.
2.Qozonga go’shtli qovurmani yog’i bilan yarmini, brokollilik aralashmaning yarmini solamiz.
3.Hohishga ko’ra shpinat, bolgarskiy ham solishingiz mumkin
4.So’ng boyagi go’sht va brokollining qolgan yarmini shu ketma-ketlikda solamiz, tuz va ziravorlar sepib, pamildorini terib chiqamiz.
5.Ustidan pishloqni sepib, 20daqiqaga past olovda dimlab qo’yamiz.
 
OSIYOДата: Juma, 08-Iyul-2011, 17:27 | Сообщение # 9
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Pishloqli kartoshka



Kerakli massaliqlar:

- 1 kg yirik kartoshka

- 200 g pishloq chedder yo’ki ta’bga ko’ra boshqasini ham tanlashingiz mumkin

- saryog’

*
- yirik dengiz tuzi

Duxovkani 200-220°Сgacha qizdirib olamiz.

Tayyorlanishi :

1. Kartoshkani pochog’idan artib, yaxshilab yuvamiz va quritamiz. Uni duxovka listiga taxlab chiqamiz va br soatga yaqin usti qizargunicha pishiramiz. Usti qzargach pichoqni tiqib pishganligini tekshirib olamiz, agar oson kirib chiqsa demak kartoshkammiz tayyor.

2. Har birini o’rtasini ochib uni ichidagisini olamiz va saryog’ va qirg’ichdan chiqarilgan pishloq bilan aralashtiramiz. Tuz haqida ham esimizdan chiqarmimiz. Va bu massaliqniya’nia ichiga solamiz, tepasini ko’katlar bilan bezatamiz
 
OSIYOДата: Yakshanba, 10-Iyul-2011, 18:42 | Сообщение # 10
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Go'shtli rulet


Kerakli masalliqlar:
0,5 kg. qiyma
100-150ml. Sut
3 bo'lak toster non
1 dona sabzi(mayda qirg'chdan chiqarilgan)
1 dona katta piyoz(mayda qilib to'g'ralgan)
1 osh qoshiq mayonez
1 bog' ko'kat
Qora murch
Tuz
3 tuxum
Yog'

Qiyma, to'g'ralgan piyoz, mayda qurg'ichdan o'tkazilgan sabzi, mayonez, sutda bo'ktirilgan non, mayda to'g'ralgan ko'kat, ta'bga ko'ra tuz va murch qo'shilib, hammasi yaxshilab, qo'lda 10-15 minut (kamida) aralashtiriladi.

3 tuxumni ta'bga ko'ra tuz va qora murch qo'shib aralashtirib, 2 osh qoshig'ini alohida ruletni ustiga surish uchun olib qo'yib, qolganini...

ozgina yog'da qovurib olamiz.

Qiymani plenka(pishevaya) ustiga bir tekis qilib yoyib, bir chetiga qovurib, to'g'largan tuxum (va hohishga ko'ra yirik qalamcha qilib to'g'ralgan pishloq)ni qoyib...

plenka yordamida bir tekisda siqib, rulet qilib o'rab olamiz.

Go'shtli ruletimizni yoglangan fol'gaga qo'yib, ustiga quymoqdan olib qolgan tuxumni surib, 380F(190C) da qizgan duhovka o'rta qatorida 30-40 minut pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaxa!!!
 
OSIYOДата: Dushanba, 11-Iyul-2011, 18:32 | Сообщение # 11
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
"Rou Bing" - XITOYCHA GO`SHTLI NON

Xamiriga:
* Un-200 gr.
* Issiq suv - 120 ml.
* Bir chimdim tuz

Qiymasi:
Xohishga ko`ra.

Un bilan suv(suvning issiq solinishiga sabab, xamir yumshoq chiqadi)dan yumshoq xamir qoriladi. Qiyma tayyorlaguncha tindirib qo`yiladi.

Tayyorlanishi :

1.Tingan xamirni ikki zuvalachaga ajratib, birini yoyib, yoyilgan xamirni 4 dan 3 qismiga qiyma solamiz va qiymagacha bo`lgan qismini ortasidan kesamiz.

2. Xamirni kesilgan qismi bilan,xamirimizni chap taraf pastki qismini yopamiz va chetlarini yaxshilab yopishtiramiz.

3. Endi shu yopilgan chap taraf xamirimiz bilan qiymalik o`ng tarafi yopiladi. Chetlari yopishrilidadi.

4.O`ng taraf pastki yopilgan xamirni yuqorida qolgan qism ustiga qo`yib, chetlarini yaxshilab yopishtiramiz.

5. Qo`llarimiz bilan xamirni chetidan sal aylantirib, aylantirib zuvalacha shaklini beramiz

6. Tavamiz kattaligi(o`rtacha kattalik, tarelkadan sal kattaroq)da yoyamiz(qalin deb qo`rqmaymiz, baribir pishadi.)

7.Tavaga 1 qoshiq saryog` solib, baland olovda tavani qopqog`i ochiq holda 20 sekund pishirib, tavani qopqog`ini yopib, olovni o`rtachadan sal pastroq qilib, timerni roppa rosa 2 minutga qo`yamiz. 2 minutdan keyin, nonni aylantirib, ikkinchi tomoniniyam roppa rpsa 2 minut tavani qopqog`i yopiq holda pishiramiz.

8.Ikkinchi zuvalachaniyam huddi shunaqa tarzda pishirib olamiz va ustma ust qo'yib*, 4 bo'lakka bo'lib yiymiz:))
 
OSIYOДата: Chorshanba, 03-Avg-2011, 03:51 | Сообщение # 12
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Andijoncha manti[/size][/color]

Керакли маҳсулотлар:
Қиймаси учун
1.Гўштни ёғли қисми 500 гр
2.Пиёз 500 гр
3.Тухум 1 дона
4.Таъбга кўра туз ва зираворлар.

Хамири учун
1.Ун 300 гр
2.Сув ёки сут 150 мл
3.Туз 10 гр

Мантини тугилиш жараёни

Энг аввал ун, сув ва тузни аралаштириб яхши ва ўртача қаттиқ бўлган хамир қориб 15-20 дақиқага тиндириб қўйилади. Хамир тингунга қадар, қиймасини тайёрлаб олиш мумкин. Гўшт ва пиёзни жуда ҳам йирик бўлмаган бир хил ҳажмда тўртбурчак шаклида тўғраб олиб, битта тухум чақиб, туз ва зираворни таъм ва таъбга кўра қўшиб, аралаштирасиз.
 
OSIYOДата: Seshanba, 09-Avg-2011, 06:40 | Сообщение # 13
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Ko'zachada pishgan go'sht



Kerakli masalliqlar:

500 g go'sht go'sht, 150 g kartoshka, 3 osh qoshiq yog', 1st tovuq bulyoni, 60g mayiz, 1 ta nok, 2 osh qoshiq tomat pastasi, 2-3 bo'lak sarimsoqpiyoz, dafna yaprog'I (lavroviy list) tuz, murch

Tayorlash usuli:

kartoshkani suvda qaynatib oling va parrak qilib to'g'rab yog'da qovurib oling. Go'shtni ham yupqa qilib tog'rab yog'da qovurib oling. Ko'zachaga go'sht, kartoshka, tomat pastasi, tuz, murch, sarimsoqpiyoz, dafna yaprog'ini soling va ustidan tovuq bulyonini quyib, 25-30 daqiqaga duxovkaga qo'ying. So'ng ustiga kesilgan nok va mayiz solib dasturxonga torting.
 
OSIYOДата: Seshanba, 09-Avg-2011, 06:44 | Сообщение # 14
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Lioncha dimlama



Kerakli masalliqlar:

500g go'sht,8-10 dona kartoshka, 3-4 dona pomidor, 250g mayonez,1 bosh piyoz, tuz,murch,zira.

Tayorlash usuli:

go'shtni mayday-mayda qilib tog'rang, unga o'zgina tuz, zira, murch seping. Kartoshkani somoncha, piyozni halqacha shaklida to'g'rang . listni yog'lab go'sht, piyoz, pomidor, kartoshkani ustma-ust taxlang va ustidan mayonez surtib chiqing. Duxovkada o'rta olovda kartoshkasi pishguncha tursin. Taom pishishidan 5 daqiqa oldin yuziga pishloq seping.
 
OSIYOДата: Seshanba, 09-Avg-2011, 07:09 | Сообщение # 15
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Qiyma va tuxumli rulet




Kerakli masalliqlar:

500g qiyma,5-6 dona tuxum, 2 bo'lak oq buxanka non, 1 bosh piyoz, 2 osh qoshiq smetana , 1 ta tuzlangan bodring, 1-2 osh qoshiq un, quritilgan non, ko'katlar, tuz, murch.

Tayorlash usuli:

qiymalangan go'shtga sutga bo'ktirilgan non, mayday tog'ralgan piyoz,1 dona tuxum, smetana, mayday to'g'ralgan bodring, ko'katlar tuz, murch solib aralashtiring. 3-4 dona tuxumni qaynatib po'chog'idan tozalab va unga bulang. So'ng qiymani o'rtasiga tering , chetlarini birlashtirib, tuxumga bulab , quritilgan non bo'lakchalarini sepib chiqing. So'ng duxovkada pishiring. Har 10-15 daqiqada ustiga suv sepib turing. Tayor bo'lgan ruletni kesib dasturxonga tortishingiz mumkin.
 
  • Страница 1 из 6
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • »
Поиск:
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
UzigaBek online