RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Sahobalar hayoti
Yulduzlar hayoti bizlar uchun albatta ibratdir.
shaddotDate: Payshanba, 21-Yan-2010, 15:02 | Message # 121
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Huzayfa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rishga nihoyatda mushtoq edi. Payg’ambar alayhissalomni tanigan-bilganlardan u kishining turish-turmushlari, xulq-atvorlari va sifatlari haqida so’rab-surishtirar, ma’lumoti ortgan sayin muhabbati ham ziyoda bo’lib borardi.
Makkaga safar qilib, "Sarvari olamni uchratishi bilan "Men muhojirmanmi yoki ansoriymi, yo Rasululloh?" deb so’radi. Payg’ambar janoblari:
Istasang muhojir, istasang ansorlardan bo’l. Yoqtirganingni tanlab ol,—dedilar.
Unda men ansoriy bo’laman,— dedi Huzayfa.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilganlaridan so’ng Huzayfa u kishining eng sodiq mulozimlaridan biriga aylandi. Payg’ambar alayhissalom bilan birga barcha jihodlarda ishtirok etdi. Faqat Badrda qatnasha olmadi. Buning sababini Huzayfaning o’zi quyidagicha gapirib bergan edi:
- Badr urushi ro’y berishidan bir necha kun oldin otam ikkimiz Madinaning tashqarisida edik. Ittifoqo Quraysh kofirlarining qo’liga tushib qoldik. Ular qaerga ketayotganimizni so’rashdi. Biz "Madinaga", dedik. Kofirlar so’zimizga ishonishmadi. "Hoynahoy, Muhammadning oldiga ketayotgandirsiz?" deyishdi. "Boradigan maizilimiz Madina", deb turib oldik biz. Qurayshliklar bizni bo’lajak jangda Muhammadga yordam bermaslik va ularga qarshi urushmaslik sharti bilan qo’yib yuborishdi. Madinaga kelib, bo’lib o’tgan voqealar qatori Qurayshga bergan ahdimizni aytib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan "Nima qilishimiz kerak?" deb maslahat so’radik. Ul zoti bobarakot:
- Ahdimizga vafo qilamiz. Yordamni Allohning o’zidan so’raymiz, - dedilar.



 
shaddotDate: Payshanba, 21-Yan-2010, 15:04 | Message # 122
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Uhud g’azotida ota ham, farzand ham ishtirok etishdi. Huzayfa ming bir chig’iriq va balolar ichidan sog’-omon chiqdi, ammo otasi halok bo’ldi. Qizig’i shundaki; uning shahodatiga kofirlar emas, balki musulmonlarning o’zlari sabab bo’ldilar. Voqea bundoq bo’lgandi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yamon va Sobit ibn Vaqshni yoshi bir joyga borib qolganligi bois ayollar va bolalar bilan shaharda qoldirdilar. Ma’raka avjiga chiqqanida, Yamon sherigiga dedi:
— Menga qara, nimani kutyapmiz o’zi? Ikkalamizni ham bir oyog’imiz to’rda bo’lsa, bir oyog’imiz go’rda. Bugun bormiz, ertaga xudo biladi. Kel, qilichimizni olaylik-da, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlariga boraylik. Shoyad, Alloh bizga shahidlikni nasib etsa.
Ular qurollanib, jang maydoniga jo’nadilar. Yetib kelgach, qo’rquv nimaligini bilmay, o’zlarini taloto’pga urdilar. Sobit ibn Vaqsh tez orada mushriklar qo’lidan shahodat topdi, ammo Yamon qandaydir anglashilmovchilik tufayli musulmonlarning tig’iga duchor bo’ldi. Nogahon bu ayanchli manzaraga ko’zi tushib qolgan Huzayfa jigar-bag’ri o’rtanib, "Otajon, otajon", deb qichqirdi, biroq qurol-aslahalar shovqini ostida uning ovozini hech kim eshitmadi. Keksa mujohid dindoshlarining qilichlari zarbidan quladi. Huzayfa otasining o’limiga sababchi bo’lganlarga qarata "Alloh sizlarni kechirsin, zero U rahmlilarning rahmlisidir", deb qo’ydi.
Jangdan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yamonning xunini to’lamoqchi bo’ldilar, biroq Huzayfa rad etib:
— Otam shahidlik talabida chiqqan edi. U orzusiga erishdi. Men Allohning guvohligida otamning xunidan musulmonlar foydasiga voz kechaman, - dedi va shu bilan Payg’ambar alayhissalomning e’tiborlarini qozondi.



 
shaddotDate: Payshanba, 21-Yan-2010, 15:09 | Message # 123
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Huzayfa ibn Yamonning siyratiga nazar solib, undagi uchta fazilatni qayd etdilar: anchayin mushkul muammolarni hal qilishga qodir nodir zakovat, zarur bo’lgan paytda fidoyilik ko’rsata bilish va sirni puxta saqlay olish. Payg’ambar alayhissalomning siyosatlari har bir kishiga xislat va toqatiga mos vazifani yuklashlarida ham aks etardi. U kishi hech kimni nomunosib o’ringa qo’ymasdilar,
U paytda Madinadagi musulmonlar oldida turgan eng katta muammo yahudiylar va ularning hamtovoqlari bo’lmish munofiqlarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamda ashobi kiromlarga nisbatan muttasil uyushtiradigan fitna-nayranglaridan qutilish edi. Payg’ambar alayhissalom Huzayfaga sahobalarning birontasiga ham bildirmagan sirni oshkor etdilar — munofiklarni nomma-nom sanab, ulardan ko’z-quloq bo’lib turishni, xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatishni, agar islom va musulmonlar uchun xavf-xatar tug’ilsa, darhol oldini olishni buyurdilar. Usha kundan boshlab Huzayfa ibn Yamon "Payg’ambar sirining sohibi", deb atala boshladi.
Sarvari olam Huzayfaning noyob xislatlaridan eng xatarli mavqaflardan birida ham unumli foydalangan edilar. Xandaq g’azotining hal qiluvchi daqiqalarida nodir zakovat va xaqiqiy fidoyilikka juda katta ehtiyoj tug’ilgandi. Tepadan ham, pastdan ham qurshab olingan musulmonlar uzoq vaqt qamalda qolib ketdilar. Sinov nihoyatda qattiq bo’ldi. Tanglik va mashaqqat soat sayin kuchayardi. Qur’oni Karim ta’biri bilan aytganda, ko’zlar tinib, yuraklar bo’g’izlarga tiqilib qolgan va ayrim kimsalar Alloh haqida turli gumonlar qila boshlagan edilar.
Ayni damda Quraysh qabilasi va uning mushrik ittifoqdoshlarining holati ham musulmonlarnikidan yaxshi emas edi. Ular Alloh taoloning g’azabiga duchor bo’lgan, butunlay holdan toyib, tinka-madorlari qurigandi. Quturgan bo’ron mushrik askarlar qarorgohini to’s-to’polonini chiqargan, chodirlarni yulqib-yirtib, qozon-o’choqlarni ag’dar-to’ntar qilib yuborgandi. Olovlar o’chib qolgan, yuzga tinmay mayda tosh va qum urilar, mutlaqo ko’z ochishning imkoniyati yo’q edi.



 
shaddotDate: Payshanba, 21-Yan-2010, 15:17 | Message # 124
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Jangu jadallar tarixi shuni ko’rsatadiki, eng muhim va mushkul lahzalarda birinchi bo’lib ingrab yuborgan taraf oqibatda, albatta, mag’lub bo’ladi. Raqibidan soniyaning allaqanday yuzdan bir qismichalik sabr-bardoshliroq bo’lgan taraf hamisha g’olib keladi. Urush taqdiri belgilanadigan mana shunday dolzarb damlarda josus va xabarchilarning harakati benihoya ulkan ahamiyat kasb etadi. Ular yetkazgan har bir xabar tillo darajasida baholanadi. Shu boisdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Huzayfa ibn Yamonning qobiliyatiga ehtiyoj sezdilar. Uni biron-bir qaror qabul qilishdan oldin qop-qorong’u zulmat kechada dushmanlar haqida ma’lumot keltirish uchun raqib o’rdusiga jo’natishni iroda etdilar. Ajal bilan hamrohlikda qilingan safar tafsilotlarini so’zlab berishi uchun gapni Huzayfaga beramiz.
Huzayfa hikoyasi:
— Biz o’sha kecha safga tizilgancha o’tirardik, Abu Sufyon boshchiligidagi Makka mushriklari tepamizda, banu Qurayza yahudlari pastimizda, ahli-ayol, bola-chaqalarimizga xavf solib turishardi. Men o’sha kechadagiday quyuq zulmatli va kuchli bo’ronli tunni eslay olmayman. Shamol xuddi bo’riday uvillaydi. Azbaroyi qorong’ulik qalinligidan kishi o’zining barmog’ini ko’rmaydi...
Munofiqlar "Uyimizning dushmanga betkay tarafi ochiq", deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ketishga izn so’rashardi. Aslida bu shunchaki bahona edi. Payg’ambar alayhissalom ketishni istaganlarning hammasiga ruxsat berdilar. Ular shu zahotiyoq. g’oyib bo’lishdi. Oxiri, uch yuz choqli odam qoldik.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’rinlaridan turib, hammaning yonidan birma-bir o’ta boshladilar. Men sovuqdan qaltiragancha cho’kkalab o’tirardim. Ustimda xotinimning tizzamga ham tushmaydigan yopinchig’idan bo’lak hech vaqo yo’q. Janobimiz mening oldimga yaqinlashib, "Bu kim?" deb so’radilar. Men "Huzayfa", dedim. "Huzayfamisan?" takror so’radilar u kishi. Men sovuq va ochlikning zo’ridan g’ujanak bo’lib olgandim. Zo’rg’a ''Ha, yo Rasululloh", deya oldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
- Sen raqiblar qarorgohiga borib, nima gap, nima so’zligini bilib kel...
Men bazo’r o’rnimdan turdim. Sovuqdan tishim taqillar, qalbim qo’rquvga to’la edi. Payg’ambar alayhissalom "Parvardigoro, uni o’ng va so’ldan, old va ketdan, ost va ustdan keladigap balolardan o’zing asra", deb duo qildilar. Xudo haqqi, u kishining duolari oxiriga yetar-yetmas Alloh qalbimdagi qo’rquvni daf qildi, vujudimdagi titroq taqa-taq to’xtadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:.
- Ey Huzayfa, faqat xabarni bilib kel, boshqa hech narsa qila ko’rma, - deb qattiq tayinladnlar.
Men "xo’p" degancha dushman tomon yo’naldim. Quyuq zulmat ichra hech kimga sezdirmasdan birpasda mushriklar orasiga kirib oldim. Ko’p o’tmay Abu Sufyonning qichqirig’i eshitildi:
- Ey Quraysh jamoasi, men sizlarga bir gap aytmoqchnman, lekin orangizda Muhammadning ayg’oqchilari bormi deb cho’chiyapman. Shuning uchun har birnngiz yoningizdagi sherigingaz kimligiga qarab qo’ying.
Men darrov yonimdaga odamning qo’lidan ushlab, "Sen kimsan?" deb so’radim. U "Falonchiman”, dedi. Abu Sufyon gapida davom etdi:
- Ey Quraysh jamoasi, to’g’risini aytganda, biz noqulay paytda, noqulay makonga kelib qoldik. Ot-ulovlarimiz qirilib ketdi, ittifoqchilarimiz — banu Qurayza qabilasi ahdini buzdi, shamol ko’z ochirgani qo’ymayapti. Menimcha, hozir urushning mavridi emas, balki orqaga qaytganimiz ma’qulroq.
U shunday deb tuyasining qozig’ini sug’urdi. Sakrab ustiga mindi-da, bir-ikki qamchi urib, juftakni rostladi. Xudo haqqi, agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga hech narsa qilmaslikni buyurmaganlarida o’sha yerda, albatta, Abu Sufyonni bitta o’q bilan qatl qilgan bo’lardim.
Men qaytib kelganimda, payg’ambarimiz ayollarining yopinchig’iga o’ranib, namoz o’qiyotgan ekanlar. Meni ko’rib, yonlariga chaqirdilar. Yopinchiqning bir chetini tizzamga tashlab, ahvolni surishtirdilar. Men barcha gap-so’zlarni oqizmay-tomizmay yetkazdim. U kishi xursand bo’lib, Allohga hamdu sano aytdilar.



 
shaddotDate: Payshanba, 21-Yan-2010, 15:22 | Message # 125
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Huzayfz ibn Yamoya to umrining oxirigacha munofiqlar xabaridan ogoh bo’lib turdi. Unga xalifalar ham goh-goh murojaat qilishardi. Hatto Umar ibn Xattob musulmonlardan biri vafot etsa, to’planganlardan Huzayfa kelgan-kelmaganini so’rar, kelgan bo’lsa, janozani o’qir, yo’qsa, boshqa birovga buyurar, o’zi esa marhumning iymonidan shubhalanardi.
Bir safar xalifa Umar:
- Mening viloyatlardagi omillarim orasida munofiqlar bormi? - deb so’radi.
Bitta munofiq bor, - javob berdi Huzayfa.
Kim ekan u? - so’radi hazrati Umar.
Huzayfa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bildirgan sirni oshkor qilmadi, ammo xalifa o’zining o’tkir farosati bilan uning kimligini sezib, tez kunda munofiq voliynn ishdan bo’shatdi.
Nahovand, Daynavar, Hamadon va Ray kabi fors shaharlarini fath etishda Huzayfa ibn Yamon nihoyatda ulkan hissa qo’shganini, hoynahoy, ko’pchilik bilmasa kerak. Yana u musulmonlarni yagona Mushafi Sharifga ittifoq qilishlariga ham sabab bo’lgan.
Shunchalik fazilat va manoqiblar egasi bo’lishi bilan birga Huzayfa Alloh taoloning azobidan qattiq qo’rqar, qiyomat jazosiga ro’baro’ kelishdan bag’oyat xavfsirardi. U og’ir xastalikka duchor bo’lib, hayotining so’nggi lahzalarini kechirayotgan tunlarning birida ziyoratga kelgan sahobalardan vaqtni so’raydi. Ashoblar "Biz tongga yaqinmiz", deb javob beradilar. Huzayfa deydi:
- Meni do’zax azobiga giriftor etadigan tongdan Allohdan panoh tilayman... Meni do’zax azobiga giriftor etadigan tongdan Allohdan panoh tilayman...
So’ng ulardan "Kafan keltirdingizmi?" deb so’raydi. Tasdiq javobini eshitgach:
- Qimmatbaho va nafis matolarni sarflamang. Agar Allohning huzurida men uchun yaxshilik bo’lsa, nafisliklar o’sha yerda berilur. Agar yomonlik bo’lsa, oddiy kafandan ham mahrum bo’lurman, - deydi va biroz tin olib, robbisiga yuzlanadi:
- Allohim, o’zingga ma’lum, men faqirlikni boylikdan, kamtarlikni izzatdan, o’limni hayotdan afzal ko’rganman.
Uning oxirgi so’zlari shunday bo’ladi:
- Orziqib kutilgan habib keldi. Nadomat chekkan najot topmas...
Alloh subhonahu va taolo Huzayfa ibn Yamonni rahmatiga olsin. Batahqiq, u insonlar uchun o’rnakka arzigudek zot edi.



 
enjoyDate: Payshanba, 21-Yan-2010, 18:35 | Message # 126
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
shaddot, rahmat

 
shaddotDate: Yakshanba, 24-Yan-2010, 20:19 | Message # 127
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
UQBA ibn OMIR al-JUHANIY

Uzoq vaqt orziqib kutilgan intizorlikdan so’ng nihoyat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yasrib tepaliklariga yaqinlashib kelyaptilar... Mana, Madinai Munavvaraning aholisi, ko’cha-ko’ylarda, uylarning tomlari ustida Rahmat Payg’ambari va birodari Siddiqning tashrifidan boshlari osmonda, tinmay “La ilaha illalloh", “Allohu akbar” deb qichqiryaptilar. Qizaloqlar qo’llarida doira, ko’zlarida bitmas-tuganmas zavqu shavq bilan kuylayaptilar:

Rasululloh to’lin oydek nur sochib,
Chiqib keldi Saniyyatul-Vado’dan.
Shukr aytmoq lozim bizga har lahza,
Biron kimsa qo’l uzmasin duodan.
(E. Usmon tarjimasi)

Mana, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ulovlari asta-sekin izdihomni yorib bormoqda. Diydor ko’rish nasib etgan ko’zlarda sevinch porlaydi. Qalblar quvonch va sururga to’la
Uqba ibn Omir al-Juhaniy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Madinaga kirib kelishlarini ko’rish, u kishini kutib oluvchilar safida bo’lish baxtiga erisholmadi. Тo’g’ri, u ham Allohning elchisini uzoq vaqt shaharda turib kutgan edi, biroq bu muddatda qo’y-qo’zilari och qolib, ozib-to’zib ketgan, shunda chorvaning yoppasiga nobud bo’lishidan cho’chib, podani vodiydagi yaylovga haydab ketgandi. Madinani qamrab olgan quvonch shahar ichiga sig’may tez fursatda atrof-javonibdagi qishloqlarga ham tarqaldi. Хabar Uqbaning qulog’iga yetib borganda, u yiroq dashtda qo’y boqib yurardi.
So’zni Uqba ibn Omirga beraylik, Sarvari olam bilan uchrashuvini o’zi gapirib bera qolsin.
Uqba aytadi:
- Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelgan paytlarida men uzoq yaylovda qo’y boqib yurardim. Bu xabar qulog’imga chalingan zahoti, hamma narsani tashladim-da, u kishining ziyoratlariga shoshildim. Boriboq:
- Yo Rasululloh, men sizga bay’at beraymi? - dedim.
Janobimiz:
- Siz kimsiz? - deb so’radilar.
- Uqba ibn Omir al-Juhaniyman, - javob berdim men.
- Siz hijrat bay’atini tanlaysizmi, a’robiylarnikinimi? - dedilar u kishi.
- Hijrat bay’atini, - dedim va muhojirlar qaysi amallarni qilishga, qaysilaridan qaytishga so’z bergan bo’lsalar, men ham o’shalarga va’da berdim. Shu tunni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlarida o’tkazib ertalab yaylovga qaytdim.



 
shaddotDate: Yakshanba, 24-Yan-2010, 20:22 | Message # 128
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Biz yiroq dala-dashtlarda qo’y boqib yurgan o’n ikkita musulmon qo’ychivon edik. Bir kuni bittamiz:
- Agar biz shu ahvolda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bormasdan yuravevrsak, holimizga voy. Keling, har kuni galma-galdan Yasribga qatnaylik. Axir biz ham dinimizni chuqurroq o’rganaylik, samodan nima vahiy tushyapti, xabardor bo’laylik. Ketgan odamning qo’yini birontamiz boqib turamiz, - deb taklif kiritdi.
Hamma yakdillik bilan rozi bo’ldi.
- Mayli, siz navbatma-navbat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib kelavering. qo’yingizga men qarab turaman, - deb dashtda qolishni bo’ynimga oldim, chunki qo’ylarimni birovga tashlab ketishga sira ko’zim qiymasdi.
Shunday qilib cho’pon birodarlarim qo’ylarini menga qoldirib, birma-bir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlariga qatnay boshlashdi. Kim qaytib kelsa, darrov oldiga borar, ko’rgan-eshitganlarini so’rab-surishtirar, shariatning yangi ahkomlarini o’rganardim. Ajabki, xabarlarni eshitganim sayin qalbimda Madinaga jo’nash istagi kuchayardi. Bir kuni o’zimga dedim:
- Sho’ring qursin, mana shu na et bitadigan, na jir bitadigan qoq suyak qo’ylaringni deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning suhbatlaridan, bevosita o’zlarining og’izlaridan din o’rganish baxtidan mahrum bo’lyapsan.
Keyin darhol narsalarimni yig’ishtirib, bundan buyon Allohning elchisidan aslo ajralmaslikka ahd qilib. Madinaga yo’l oldim.



 
shaddotDate: Yakshanba, 24-Yan-2010, 20:28 | Message # 129
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Uqba ibn Omir eng to’g’ri va qat’iy qarorni qabul qilayotib, bir necha yillardan so’ng ashobi kirom ulamolarining akobirlaridan, qoriyu qurrolarning shayxlaridan, muhim g’alabalarga erishadigan lashkarboshilardan, islomning adolatparvar voliylaridan bo’lib yetishishini mutlaqo o’ylamagandi. Hamma qo’ylarini tashlab, Alloh va Rasul sari ketayotib, bir kun kelib “Ummud dunyo" - "Dunyoning onasi" deb ataladigan Damashq fathida ilg’or qo’shin safida qatnashishini, yangi zabt etilgan shaharning Тumo nomli darvozasi yonidagi go’zal bog’dan uy-joy uchun yerga ega bo’lishini xayoliga ham keltirmagandi. Vaqt o’tishi bilan yashil olam zumurradi hisoblapmish Misr g’alabasida sarkardalardan biri sifatida ishtirok etishini va u yerda voliy bo’lib qolishini, Muqattam tog’i etagidagi odmigina hovlida joylashishini tasavvur ham qilmagandi. Bularniig bari g’ayb ishlaridan bo’lib, ularni Alloh taolodan boshqa hech kim bilan olmaydi.
Uqba ibn Omir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan xuddi soyalaridek sirayam ajralmas, ulovga minsalar, qayerga borishlaridan qat’i nazar, jilovdorlik qilar, yayov yursalar, ketlaridan ergashardi. Ko’pincha Payg’ambar alayhissalom uni orqalariga mingashtirib olganliklari uchun "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning radifi" deya laqablanardi. Ba’zan Sarvari olam yayov, jilovni yetaklar, Uqba esa markabda qolardi.
Uqbaning hadisi:
- "Madinadagi qalin daraxtzorlar orasidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xachirlarini yetaklab borardim. Bir payt "Ey Uqba, kel, sen minaqol", deb chaqirdilar. Men avvaliga "yo’q" demoqchi bo’ldim, lekin e’tiroz qilishim Allohning elchisiga nisbatan osiylikday tuyulib, "mayli", dedim. Biz o’rin almashdik. Men biroz yurgach, yerga tushdim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Ey Uqba, men senga misli ko’rilmagan ikkita surani o’rgataymi?" dedilar. Men "Ha, albatta, yo Rasululloh", dedim. U kishi menga "qul a’uzu birobbil falaq" va "qul a’zu birobbin nos" suralarini o’qitdilar. Anchadan keyin namoz o’qidik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam imomlikka o’gib, boyagi suralarni zam qildilar. Namozdan so’ng menga:
- Bu suralarni har safar uyquga yotishingdan oldin ham, uyg’onganingdan keyin ham, albatta, o’qigin, - deb tayinladidar.
“Men umrimning oxirigacha shundoq qildim", - deb so’zini yakunlaydi Uqba.



 
shaddotDate: Yakshanba, 24-Yan-2010, 20:34 | Message # 130
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Uqba ibn Omir asosan ilm va jihodga katta ahamiyat berardi. Bu yo’lda bor kuch-g’ayratini, molu dunyosini ayamay sarflardi. U ilm sohasida yuksak cho’qqilarni zabt etgandi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ilm chashmalaridan beqiyos bahra olgan, buning barakotidan qori, muhaddis, faqih, faraziy (meros ilmi olimi), adib, shoir va notiq bo’lib yetishgandi. Qolaversa, Qur’oni Karimni eng go’zal tilovat qiluvchi zotlardan edi. Тun qorong’usi kirib, atrof-muhit sukutga cho’mgach, Alloh taoloning kitobi uzra muk tushib, qiroat qilardi. Тevaragiga sahobai kiromlar jamlanib, jon quloqlari bilan oyatlar tilovatini tinglashar, qalblari huzurlanib, ko’zlaridan duv-duv yosh tomardi.
Bir-kuni Umar ibn Хattob Uqbani chaqirib, Allohning kitobidan o’qib berishni so’radi. "Bosh ustiga, ey amirul mo’minin", dedi u va Rob taoloning barchani barobar lol qoldirgan mo’’jizakor kitobidagi oyatlarni mayin ovoz bilan tilovat qila boshladi. Hassos qalb sohibi xalifa Umar oyatlar ta’siridan uzoq vaqt yig’ladi. Azbaroyi ko’z yoshlaridan soqoli ho’l bo’lib ketdi.
Uqba keyingi avlodga o’z qo’li bilan ko’chirgan mushafni meros qoldirgan edi. Bu mushaf yaqin-yaqingacha Ukba ibn Omir nomi bilan ataladigan jome’ada saqlanib kelardi. Uning oxirida "Uqba ibn Omir kitobat etdi" degan yozuv bor edi. Baxtga qarshi biz g’ofillar uni ko’pgina meroslarimiz qatori yo’qotib qo’ydik, qo’ldan boy berdik.
Endi jihod haqida gapiradigan bo’lsak, Uqba ibn Omir Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Uhud va undan keyingi barcha g’azotlarda ishtirok etdi. Yolg’iz shu xabarning o’zi uning jihod sohasida nechog’lik ulkan nasiba sohibi ekanini tushunib olishga kifoya qiladi. U islom lashkarining eng jasur va qo’rqmas jangchilaridan edi. Damashq fathida mislsiz qahramonliklar ko’rsatgan, buning mukofotiga lashkarboshi Abu Ubayda ibn Jarroh uni Umar ibn Хattobga g’alaba xushxabarini yetkazish uchun Madinaga yuborgandi. Uqba bu jumadan keyingi jumagacha, sakkiz kecha-kunduz tinmay yo’l bosib, xalifaga buyuk fath bashoratini keltirgandi.
Bundan tashqari, Uqba Misr diyorini fath etgan qo’shinning sarkardalaridan biri edi. O’sha xizmatlari uchun amirul mo’minin Muoviya ibn Abu Sufyon uni Misrga voliy etib tayinlagan, uch yildan so’ng O’rtayer dengizi sohilidagi Rudus jazirasiga jihodga jo’natgandi. Uqba ibn Omir Alloh yo’lida jihod qilishni jon-dilidan sevar, shuning uchun jihod haqidagi hadislarni hammasini yod olgandi va bu mavzudagi xabarlarni rivoyat etishda tengi yo’q edi. U kamondan o’q uzish san’atini bekamu ko’st egallagan, mabodo dam olmoqchi bo’lsa, kamon otish bilan hordiq chiqarardi.



 
shaddotDate: Yakshanba, 24-Yan-2010, 20:38 | Message # 131
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Uqba ibn Omir Misrdaga uyida o’lim to’shagida yotganida o’g’illarini to’plab, vasiyat qildi:.
- Bolalarim; men sizlarni uch narsadan qaytaraman, yaxshilab qulog’ingizga quyib oling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini ishonchli bo’lmagan kishidan qabul qilmang. Egningizda birgina yupun yaktak qolgan taqdirda ham aslo birovdan qarz so’ray ko’rmang. She’r yozishga berilib ketmang, Qur’oni Karim tadabburidan g’ofil qolasiz.
Vafot etgan mujohidni Muqattam etagiga dafn qildilar. Uning qoldirgan buyumlarini tekshirib ko’rganlarida yetmishdan ortiq kamon topdilar. Har birining yoniga sadoq to’la o’q qo’yilgan va ulardan Alloh yo’lida foydalanish vasiyat qilingan edi.
Alloh azza va jalla olim, g’oziy, qori Uqba ibn Omir al-Juhaniyning yuzini munavvar aylasin, unga islom va musulmonlar nomidan ajri azimlar ato etsin.



 
enjoyDate: Dushanba, 25-Yan-2010, 06:29 | Message # 132
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
shaddot, Olloh rozi bo'lsin kattakon rahmat

 
shaddotDate: Chorshanba, 27-Yan-2010, 01:28 | Message # 133
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
ABU UBAYDA ibn al-JARROH

Har bir ummatning o’z ishongan kishisi bo’ladi.
Bu ummatning ishongan kishisi Abu Ubaydadir
Muhammad Rasululloh

U ochiq chehrali, istarasi issiq, jussasi ozg’in, soqoli siyrak kishi edi. Ko’rgan odamning ko’zi quvonar, qalbida yana qayta uchrashuvga shavq pando bo’lar va u haqida iliq taassurot uyg’onardi. Bundan tashqari, nihoyatda xushmuomala, sertavoze, g’oyatda uyatchan edi, lekin ahvol og’irlashib, vaziyat keskinlikni talab qilsa, go’yo g’azabnok arslonday, uni tanib bo’lmay qolardi. U o’zining dadil va o’ktam xatti-harakatlari bilan keskir qilichga mengzardi.
Bu odam Muhammad alayhissalom ummatining eng ishoichli vakili Abu Ubayda kunyasi bilan mashhur Omir ibn Abdulloh ibn al-Jarroh al-Fihriy al-Qurashiydir. Abdulloh ibn Umar uni quyidagicha ta’riflagan:
— Quraysh qabilasida uch kishi borki, ular insonlarning eng ochiq chehrali, go’zal ahloqli va hayoliroqlaridir. Agar sizga gapirgudek bo’lsalar, bir luqma ham yolg’on qo’shmaslar. Agar siz ularga gapirsangiz, sizni yolg’onchiga chiqarmaslar. Bular Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon va Abu Ubayda ibn al-Jarrohlardir.



 
shaddotDate: Chorshanba, 27-Yan-2010, 01:28 | Message # 134
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Abu Ubayda islomni eng avval qabul qilgan musulmonlardan edi. Abu Bakr Siddiqdan bir kun keyin, u kishining da’vati bilan dinga kirgan va Abdurahmon ibn Avf, Usmom ibn Maz’un, Arqam ibn Abu Arqam bilan birga Payg’ambar alayhissalomning huzurlariga borib, haq kalimasini aytgan, shunday qilib buyuk islom binosini bunyod etishlik uchun qo’yilgan eng avvalgi g’ishtlardan bo’lgan edi.
Abu Ubayda Makkada ilk islom shu’lalari tarala boshlagan ondan tortib og’ir sinovlarni boshidan kechirdi. Peshqadam mususlmonlar qatori turli xil zulmu bedodliklar, haqoratu tazyiqlar, g’amu alamlarni totib ko’rdi-ki, Yer yuzidagi bironta din tarafdori bundoq sinovlarga duchor etilmagandi. Ular esa bu sinovlarga mardonavor dosh berishdi, har qancha ahvollari tang, holatlari ayanchli bo’lsa ham Alloh taolo va Payg’ambar alayhissalom janoblariga bergan va’dalariga sodiq qolishdi. Ammo Badr jangi Abu Ubaydani yetti uxlab tushiga kirmagan, inson zoti tasavvur qilishdan ojiz bo’lgan nihoyatda mushkul imtihonga ro’para etgandi.
Badr kuni Abu Ubaydaning dushmanlar safini parokanda etishlikda ko’rsatgan jangovar mahorati mushriklar qalbiga g’ulg’ula soldi. U xuddi o’limni pisand qilmayotganday jangning eng qonli tus olgan nuqtalarida hozir bo’lar, quraysh suvoriylari esa, unga yuzma-yuz kelishdan o’zlarini olib qochardilar...
Ammo ular orasida bir kishi Abu Ubaydani yakkama-yakka olishuvga chorlab, bot-bot oldidan kesib chiqar, Abu Ubayda esa har safar unga yo’liqqanida otining jilovini chetga burardi. Haligi odam xira pashshaday Abu Ubaydani ta’qib qilishdan charchamas, u bo’lsa yakkama-yakka jangdan chetlanishini qo’ymasdi. Nihoyat, taqib qiluvchi niyatiga yetdi. Abu Ubaydaning ro’parasiga ko’ndalang turib olib, Allohning dushmanlariga qarshi jihod qilishdan yo’lini to’sib qo’ydi. So’qishdan o’zga iloj topolmagan mujohid qilichining bir zarbi bilan raqibining kallasini qoq ikkiga bo’lib tashladi.
"O’ziga o’zi o’lim tilab olgan kishi kim bo’ldi ekan?" deb boshingizni qotirib o’tirmang, ey muhtaram o’quvchi. Avval boshdayoq bu imtihonni inson bolasi tasavvur qilishdan ojiz deb aytmaganmidim?! Тixirligi boshiga yetgan kishi Abdulloh ibn al-Jarroh, Abu Ubaydaning otasi bo’lsa nima deysiz?!



 
shaddotDate: Chorshanba, 27-Yan-2010, 01:37 | Message # 135
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Abu Ubayda otasini qatl qilgani yo’q, balki otasining shaxsidagi shirkni o’ldirdi. Shu bois Alloh subhonahu va taolo ota-bola o’rtasidagi mojaro haqida quyidagi oyatni nozil qildi:
"Allohga va qiyomat kuniga iymon keltiradigan qavmning Alloh va Uning payg’ambari chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar bilan - garchi ular o’zlarining otalari yoki o’g’illari, yoki og’a-inilari, yoki qarindosh-urug’lari bo’lsalar-da — do’stlashayotganlarini topmassiz. Ana o’shalarning dillariga (Alloh) iymonni bitib qo’ygandir va ularni O’z tomonidan bo’lgan Ruh — Qur’on bilan quvvatlantirgandir. U zot ularni ostidan daryolar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritur. Alloh ulardan rozi bo’ldi va ular ham (Allohdan — U zot bergan ajr-kukofotlardan) rozi bo’ldilar. Ana o’shalar Allohning xizbidirlar. Ogoh bo’lingizkim, albatta Allohning xizbi (bo’lgan zotlargina) najot topguvchidirlar!" ("Mujoda” surasi, 22-oyat).
Abu Ubaydani bu og’ir imtihondan yorug’ yuz bilan o’tishi, aytarli, ajablanarli hol emas edi. Uning Allohga bo’lgan iymoni shu qadar baquvvat, o’zi dinga shunchalik sodiq va Muhammad alayhissalom ummati o’rtasida shu darajada ishonchga sazovor, omonatga vafodor ediki, hatto Alloh taoloning nazdida buyuk maqomga ega bo’lgan zotlar ham unga havas qilishardi.
Muhammad ibn Ja’far hikoya qiladi:
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga nasroniylar guruhi kelib:
- Yo Abul Qosim, biz o’rtamizdagi molni taqsimlay olmay, bir-birimiz bilan salkam jiqqamusht bo’layozdik. Siz, musulmonlar, to’g’riso’z, omonatdor odamlarsiz. Shuning uchun biz bilan o’zingiz ishongan odamni yuborsangiz, u bizga mollarimizni adolat bilan taqsimlab bersa, - deb iltimos qilishdi.
- Ertaga kelinglar, men siz bilan eng ishonchli odamimni yuboraman, - dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam.
Davomini Umar ibn Хattobdan eshiting:
- Ertasi kuni peshin namozini o’qishga masjidga keldim. Хudo haqqi, men umrim bino bo’lib, bironta masalada qozilik qilishni istamagandim, lekin o’sha kuni "Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ishonchli kishisi" nomini olish uchun bu vazifani menga topshirilishini ich-ichimdan xohladim...
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga peshinni o’qib bergach, orqalariga o’girildilar. Ko’zlari bilan odamlar orasidan kimnidir izlay boshladilar. Men umid bilan bo’ynimni cho’zib qarab turardim. Rasulullohning nigohlari Abu Ubaydaga tushib, uni chaqirdilar. So’ng:
— Mehmonlar bilan borib, ular kelisha olmayotgan masalani adolat bilan hal qilib ber, - deb tayinladilar.
Men "Uloqni Abu Ubayda ilib ketdi", deb qo’ydim.



 
shaddotDate: Chorshanba, 27-Yan-2010, 01:39 | Message # 136
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Abu Ubayda faqat omonatdor bo’libgina qolmay, jismonan ham nihoyatda baquvvat edi. Uning jismoniy quvvati bir necha musulmonlarga qo’l kelgan edi.
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahoblaridan bir guruhini Quraysh qabilasiga tegishli karvonni qo’lga kiritish uchun yubordilar. Guruhga Abu Ubaydani amir qilib sayladilar va askarlarning ozuqasi uchun bir qop xurmo berdilar, Ochig’ini aytganda, o’sha paytda boshqa taomning o’zi ham yo’q edi. Abu Ubayda butun safar mobaynida kuniga har bir kishiga bittadan xurmo berib turar, ular esa kun bo’yi xurmoni shimib, ustidan suv ichib yurishardi. Bir kecha-kunduzlik tamaddi shundangina iborat edi va bu ashoblarga kifoya qilardi.
Musulmonlar qo’shini chekinib, vaqtinchalik muvaffaqiyatdan hovliqib ketgan bir zo’ravon mushrik:
— Qani Muhammad? Menga Muhammadni ko’rsatib qo’yinglar, - deb tomoq yirtib qichqirgan Uhud jangini eslang.
Shunday qaltis holatda ham Abu Ubayda joyidan jilmagandi. 'Тo’qqiz nafar birodari bilan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni himoya qilish uchun mushriklarning nayzalariga ko’kragini qalqon qilgandi. Lekin bu ehtiyot choralari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni aziyatlardan asrab qololmadi. U zotning muborak qoziq tishlari sinib, peshonalari yorildi. Egnilaridagi titilib ketgan sovutning ikki simi lunjlariga kirib, chuqur botdi. Abu. Bakr Siddiq endi simlarni sug’urib tashlamoqchi bo’lganida Abu Ubayda:
— Azbaroyi xudo, bu ishni menga qo’yib bering, - deb iltimos qiddi.
U qo’lini ishga solsa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jonlari og’rishidan cho’chib, sovutning simini mahkam tishlab tortdi. Sim sug’urildi, lekin jon-jahdi bilan tishlash natijasida Abu Ubaydaning kurak tishi sinib ketdi. So’ng u ikkinchi kurak tishini qurbon qilish badaliga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yuzlaridan ikkinchi simni ham sug’urib tashladi.
Abu Bakr bu voqeani eslaganida "Abu Ubayda kurak tishi yo’q kishlnlarning eng chiroylisidir", deb qo’yardi.



 
shaddotDate: Chorshanba, 27-Yan-2010, 01:45 | Message # 137
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Abu Ubayda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qatnashgan janglarning hammasida ishtirok etdi. So’nggi lahzalargacha Payg’ambar alayhissalomning eng yaqin mulozimlaridan bo’lib qoldi.
Saqifa kuni (Abu Bakr Siddiq xalifa etib saylangan kun) Umar ibn Хattob:
- Qo’lingni ber, men senga bay’at qilaman, chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam "Har bir ummatning o’z ishonchli kishisi bo’ladi, bu ummatning eng ishonchli kishisi sensan" degandilar, - deb Abu Ubaydaga xalifalik lavozimini taklif qilganda, u:
— Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozda imom bo’lishlikka buyurgan va to payg’ambarimiz vafot etgunlariga qadar imomgarchilik qilgan bir odam turgan joyda menga xalifalikka yo’l bo’lsin, - deb kamtarlik qilgandi.
Shundan keyin Abu Bakr Siddiqqa itoat izhor etilib, bayat qilindi. Abu Ubayda haq yo’l uzra uning xolis nasihatgo’yi, xayrli ishlarida yelkadosh yordamchisi bo’ldi. Abu Bakr xalifalikni o’zidan so’ng Umar al-Foruqqa vasiyat qilib ketdi. Abu Ubayda hazrati Umarga ham itoatda bo’ldi, sira o’zboshimchalik qilmadi. Тo’g’ri, bir marta u xalifaming buyrug’iga bo’ysunmadi.
Abu Ubayda musulmonlar amiriga itoat etishdan bosh tortgan farmon nima haqida edi?
Voqea Shom diyoriga yuborilgan Abu Ubayda ibn al-Jarroh sarkardaligi ostidagi musulmonlarning zafar yor qo’shini ketma-ket g’alabaga erishib, shomiy shaharlarni hammasini fath etib, sharqdan Frot daryosi yoqasiga, shimoldan Kichik Osiyo chegarasiga yetib kelgan paytda ro’y berdi. Shu vaqtda Shom bo’ylab dahshatli vabo tarqalib, kuniga minglab odamlarning yostig’ini qurita boshladi. Bu mudhish xabar hazrati Umarning qulog’iga chalinishi bilan Abu Ubaydaga quyidagi mazmunda maktub yo’lladi:
- "Biz mushkul ahvolga tushib qoldik. O’zing kelib yordam bermasang bo’lmaydi. Miktubim senga tunda yetib borsa, tong otishini kutib o’tirmay, yo’lga tush. Agar kunduzi yetib borsa, shu zaxoti oyog’ingni qo’lingga olib, shamolday yel”.
Abu Ubayda xatni o’qib chiqib:
- Halifaning menda qanday ishi borligini sezib turibman. U bir insonning ajalini kechiktirishga behuda urinyapti, - dedi.
So’ng qo’liga qalam olib, javob xatini yozdi:
- "Amirul mo’minin janoblari, meni nima maqsadda chaqirtirganingizni his etib turibman. Men musulmonlar qo’shinining bir askariman. Ularning boshiga ne kun tushsa, mening ham taqdirim o’shadir. Boshga tushganni ko’z ko’radi. Alloh peshonamga yozib qo’ygan ish sodir bo’lguncha, lashkardan ajralmayman. Sizdan o’tinib so’rayman, avvalgi buyrug’ingizni bekor qilib, meni shu yerda qolishimga ijozat bersangiz".
Maktubni o’qigan hazrati Umarning ko’zlari jiqqa yoshga to’ldi. Buni ko’rib atrofdagilar xavotir ichra:
- Abu Ubayda halok bo’libdimi? - deb so’rashdi.
- Yo’q, - dedi xalifa, - lekin u o’lim bilan yuzma-yuz turibdi.
Amirul mo’minnining gumoni to’g’ri chiqdi – mudhish vabo Abu Ubaydani ham o’z domiga tortdi. O’limi yaqinlashganini sezgan sarkarda qo’shinni to’plab, ularga qarata dedi:
- Vasiyatimni tinglang, birodarlar. Aytganlarimni qabul qilsangiz, o’zingizga yaxshi. Namozni doimo ado etib boring, Ramazon ro’zasini tuting, haqdorlarga zakotu sadaqasini bering, haj va umra qiling, bir-biringizni haqqa, yaxshilikka chorlang, rahbarlaringizdan samimiy maslahatingizni ayamang, sizlarni o’tkinchi dunyo aldab qo’ymasin. Chunki inson ming yil umr ko’rsa ham hozir meni changalida tutib turgan o’likdan qochib qutulolmaydi... Sizlarga Allohning salomi va rahmati bo’lsin.
So’ng Muoz ibn Jabalga yuzlandi:
- Ey Muoz, odamlarga imom bo’lib, namoz o’qib bering.
Namozga buyurishlik Abu Ubaydaning so’ngi so’zlari bo’ldi.
Janoza namozidan keyin Muoz to’planganlarga va’z qildi:
— Musulmonlar, siz bir birodaringizdan judo bo’ldingiz. Хudo haqqi, men sofdillikda, yomonlikdan yiroq yurishda, oxiratga muhabbatda va musulmonlarga yordam berishda uning oldiga tushadigan kishini ko’rganimni eslay olmayman. Marhumning haqqiga duo qiling, ey Allohning rahmatiga sazovor bo’lgurlar!



 
shaddotDate: Payshanba, 28-Yan-2010, 08:37 | Message # 138
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
ABDULLOH ibn MAS’UD

Kimki Qur’onni huddi nozil
bo’lganiday qilib o’qishni istasa
Ummu Abd o’g’lidan o’rgansin.
Muhammad Rasululaoh

O’sha kezlarda u balog’at yoshiga ham yetmagan yigitcha edi. Makka vodiylarida quraysh zodagonlaridan biri Uqba ibn Muaytga tegishli qo’ylarni boqib yurardi. Odamlar uni "Ummu Abd o’g’li" deb chaqirishardi. Asl ismi esa Abdulloh bo’lib, Mas’udning o’g’li edi.

Qavmdoshlaridan biri payg’ambarlikni da’vo qilayotgani to’g’risidagi xabar Abdullohning ham qulog’iga chalingan, biroq u, bir tarafdan, yosh bolaligi uchun, boshqa tarafdan, Makka muhitidan yiroqligi sabab bu gaplarga unchalik ahamiyat bermagandi. U tong yorishar-yorishmas qo’ylarni haydab ketib, obdon qorong’u tushib bo’lgachgina qaytib kelishga odatlangandi.



 
shaddotDate: Payshanba, 28-Yan-2010, 08:40 | Message # 139
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Bir kuni qo’y boqib yurgan Abdulloh uzoqdan uning tarafiga qarab kelayotgan ikkita odamni ko’rdi. Ular yaqinlashishdi. Har ikkisi qattiq charchagan, azbaroyi tashnalikdan lablari quruqshab qolgandi. Yo’lovchilar Abdullohning oldida to’xtab, salom berishdi va:
— Ey bola, biz nihoyatda chanqadik, qo’ylaringdan birini sog’ib bersang-chi, - deb iltimos qilishdi.
Cho’pon bola ko’nmadi.
- Yo’q, - dedi u, - men bunday qilolmayman. Bu qo’ylar meniki emas, birovning omonati...
Тaajjubki, sut talab qilganlar rad javobini eshitib, xuddi iltimoslari qondirilganday bolaga rozilik nazari bilan boqishdi. Bittalari:
- Menga hali qochmagan bironta qo’zini ko’rsatgin, - dedi.
Abdulloh shundoqqina yonida o’tlayotgan qo’zichoqqa ishora qildi. Haligi odam qo’zini tutib oldi-da, Allohning ismini zikr qilib, yelinini ohista silay boshladi. Yigitcha xayrat ichida o’zicha "Qachondan buyon qochmagan qo’zichoqlar sut beradigan bo’lib qoldi", deb o’yladi, ammo shu yerda mo’’jiza yuz berdi! Qo’zining yelini astalik bilan shishdi. Keyin undan quyuq sut oqa boshladi. Chetda turgan kishi yerdan chuqurchoqli toshni oldi. Unga sut to’ldirib, o’zi ham, sherigi ham ichdilar. Abdulloh ular uzatgan sutni qo’liga olar ekan, hanuz ko’zlariga ishonmasdi...
Uchchovlari obdon sutga qongach, mo’’jizakor kishi "Aslingga qayt", dedi. Yelin kichrayib, asl holiga qaytdi. Shunda Abdulloh bu odam oddiy inson emasligini tushundi. Yurak yutib:
- Boyagi aytgan so’zingizni menga ham o’rgatib qo’ying, - dedi.
U kishi:
- Albatta o’rgataman, - deb javob berdi.



 
shaddotDate: Payshanba, 28-Yan-2010, 08:42 | Message # 140
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Yuqoridagi hodisa Abdulloh ibn Mas’udning islom bilan birinchi uchrashuvi edi. Chunki ilohiy mo’’jiza sohibi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o’zginasi, hamrohlari esa sodiq sahoba Siddiq roziallohu anhu bo’lib, ular Quraysh tomonidan yetkazilayotgan to’xtovsiz ozorlardan qisqa muddat bo’lsa-da, tin olib, bemalolroq ibodat qilish uchun Makka daralariga xilvatroq joy qidirib chiqishgandi.
Хuddi Abdullohda ikki hamrohga nisbatan muhabbat uyg’onganiday, ular ham cho’pon bolani yoqtirib qolishdi. Undagi omonatni, qatiylikni ko’rib, olijanob yigitchaga yo’liqishganini bilishdi.
Ko’p o’tmay Abdulloh islomga kirdi va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bironta vazifaga tayinlashlarini iltimos qildi. Nabiy alayhissalom uni xos xizmatlariga qo’ydilar. Shu kundan e’tiboran sobiq cho’pon bola butun xalqlar va ummatlar sayyidining sodiq xodimiga aylandi. U Payg’ambar alayhissalomning yonlaridan aslo jilmadi. Shaharda ham, safarda ham, uyda ham, ko’chada ham doimiy hamrohlari bo’ldi. Uxlasalar qo’riqlar, g’usl qilsalar to’sib turar, tashqariga chiqmoqchi bo’lsalar poyafzallarini kiydirar, ichkariga kirishni istasalar oyoq kiyimlarini yechib qo’yar, yonlarida hassa va misvoklarini ko’tarib yurar, hujralariga kirib ketsalar eshiklarining tagida turardi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga xohlagan paytida hech xijolat chekmasdan huzurlariga kirishga ruxsat bergandilar. Ayrim sirlaridan voqif ham qilardilar. Shuning uchun unga "Rasululloh sirlarining sohibi", deya murojaat etishardi.



 
shaddotDate: Payshanba, 28-Yan-2010, 08:45 | Message # 141
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Abdulloh ibn Mas’ud Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xonadonlarida o’sib-ulg’aydi. U kishidan ta’sirlandi, o’rnak oldi, har bir xislatlarida ergashdi. Abdulloh haqida ko’plar "Хulq-atvor jihatidan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga eng o’xshash inson", deyishadi.
Ibn Mas’ud Payg’ambar alayhissalominig madrasalarida ta’lim oldi. Sahobalar ichidagi eng kuchli qorilardan, oyatlar mazmunini to’liq biladigan tafsirchilardan, shariat ilmining donishmandlaridan bo’lib yetishdi. So’zimizga dalil qilib bir hikoyani keltiramiz.
Umar bnn Хattob haj mavsumida Arafot tog’ida turardi. Uning yoniga bir kishi kelib:
- Ey amirul mo’minin, men Ko’fadan, keldim. Bizning shahrimizda Qur’onni yoddan aytib, sahifalarga yozdiradigan bir kishi bor, - dedi. Хalifa nihoyatda qattiq g’azablandi. Хatodan xoli bo’lmagan xotirasiga ishonib, imlo qilish jarayonida ayrim Qur’oniy kalimalarni tushirib qoldirib yoinki begona so’zlarini qo’shib yuborib, Allohning kitobi xususida ixtilof va shubhalar tug’dirishi mumkin bo’lgan kishining ta’zirini berib qo’yish maqsadida:
- Kim ekan u sho’ring qurg’ur? - deb so’radi,
- Abdulloh ibn Mas’ud, - dedi haligi kishi.
Хazrati Umar javobni eshitishi bilan olovga suv sepilganday g’azabdan tushdi. So’ng:
- Ha, shunday demaysanmi? Хudo haqqi, Yer yuzida Qur’onni imlo qilib yozdirishga ibn Masuddan ko’ra loyiqroq odam borligini bilmayman. Men senga bir voqeani aytib beray, eshit,- dedi va qissasini boshladi:
- Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Bakr bilan musulmonlar hayoti xususida maslahatlashib o’tirgandilar. Men ham ularning suhbatida ishtirok etayotgandim. Vaqt allamahalga borganda biz hujradan chiqdik. Qarasak, masjidning bir burchagida kimdir namoz o’qiyapti. Тun qorong’usida kimligini darrov aniqlay olmadik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uch-to’rt qadam yurib to’xtadilar. Haligi odamning qiroatiga birpas quloq tutib turgach, bizga qarab:
- Kimki Qur’onni xuddi nozil bo’lganiday qilib o’qishni istasa, Ummu Abd o’g’lining qiroati bo’yicha o’qisin, - dedilar.
Abdulloh namozini tugatib, qo’lini duoga ochdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
- So’ra, Alloh so’raganingni beradi. Duo qil, duoing qabul, - deb turdilar.
Men ertaga albatta Abdullohning oldiga borib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning duosiga "Omin" deb turganlarini aytib, suyunchilashni ko’nglimga tugib qo’ydim. Тong otgach, kechagi gaplarni egasiga yetkazish uchun jo’nadim, biroq Abu Bakr epchillik qilib, bor voqeani ipidan ignasigacha aytib bulgandi.
Хudo haqqi, qachon men Abu Bakr bilan biron-bir yaxshilik yo’lida musobaqalashsam, albatta, u g’olib chiqardi.



 
shaddotDate: Payshanba, 28-Yan-2010, 08:51 | Message # 142
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Abdulloh ibn Mas’ud Qur’on ilmini mukammal bilardi va uni hech kimdan yashirmasdan, shundoq derdi:
- O’zidan boshqa iloh bo’lmagan Allohga qasamki, Qur’oni Karimdan qaysi oyatni olmang, men uni qayerda va qay sabab bilan nozil bo’lganini bilaman. Agar Yer yuzida Allohning kitobini mendan ko’ra yaxshiroq biluvchi odam bo’lib, uning oldiga yetishning imkoniyati bo’lsa, men, albata, o’sha kishiga shogird tushardim.
Ibn Mas’udning bu gapida sira mubolag’a yo’qligini quyidagi xabardan bilib olasiz.
Umar ibn Хattob safarlarining birida notanish karvonga duch keldi. Тunib yarmi, xammayoqni zulmat qoplagan. Jarchi Umarning buyrug’i bilan karvondagilardan "Qayerdan kelyapsiz?" deb so’radi. "Fajjul atiqdam" ("Chuqur vodiy" - Madina), javob keldi u tarafdan.
- Qayoqqa ketayapsiz?
- "Baytul atiqqa" ("Eski Uy" - Ka’ba).
"Shubhasiz ularning ichida olim odam bor", o’yladi hazrati Umar va jarchiga savolda davom etishni amr qildi.
- Qur’ondagi eng ulug’ oyat qaysi?
- Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum. La ta’xuzuhu sinatun va la navm (Allohdan o’zga hech qanday tangri yo’q. Faqat uning o’zi bordir. U tirik va abadiy turguvchidir. Uni na mudroq va na uyqu oladi). ("Baqara" surasi, 255-oyat).
- Qur’onning eng hikmatli oyati qaysi?
- Innalloha ya’muru bil’adli val ihsani va iytoi zil qurbo... (Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur). ("An-Nahl" surasi, 90-oyat).
- Qur’on ma’nolarini jamlab kelgan oyat qaysi?
- Faman ya’mal misqola zarratin hayran yarah va man ya’mal misqola zarratin sharran yarah (Bas, kim (hayoti - dunyodalik paytida) zarra misolichalik yaxshilik qilsa, (qiyomat kunida) o’shani ko’rur. Kim zarra misolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko’rur). ("Zalzala" surasi, 7-8-oyatlar).
- Kishini doimiy xavfda bo’lishga undaydigan oyat qaysi?
- Laysa biamaniyyikum va la amaniyyi ahlil kitab. Man ya’mal suay yujza bihi va la yajid lahu min dunillahi valiyyav va la nasiro (Sizlarning xomxayollaringiz ham, ahli kitobning xomxayollari ham haq emas — kimki yomon amal qilsa, jazosini olur va o’zi uchun Allohdan o’zga na bir do’st va na bir madadkor topmas). ("Niso" surasi, 123-oyat).
- Qur’ondagi eng katta umid tug’diruvchi oyat qaysi?
- Qul yaibadiyallaziyna asrofu ala anfusihim la taqnatu mir rohmatillah. Innalloha yag’firuz zunuba jamiy’a. Innahu huval g’ofurur rohiym (Ey Muhamad), Mening o’z jonlariga jinoyat qilgan (turli gunoh-ma’siyatlar qilish bilan) bandalarimga ayting: "Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo’lmangiz! Albatta Alloh (O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag’firat qilur. Albatta, Uning O’zigina mag’firatli, mehribondir"). ("Zumar" surasi, 53-oyat).
- So’nggi savolim: Abdulloh ibn Mas’ud sizning orangizdami?
- Alhamdulillah, shunday.



 
shaddotDate: Payshanba, 28-Yan-2010, 08:55 | Message # 143
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Abdulloh ibn Mas’ud faqat qori, olim, obid, zohid bo’libgina qolmay, vaziyat talab qilsa, kuchli, jasur, qatiyatli mujohid ham edi. U Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ergashib, Qur’onni mushriklar huzurida jahriy o’qigan eng avvalgi musulmondir.
Sahobai kiromlar Makkada oz sonli va zaiflik paytlarida to’planib, suhbatlashib qolishdi. Gap orasida “Хudo haqqi, qurayshliklar hanuzgacha Qur’onni jahriy o’qilganini eshitganlari yo’q. Kim ularga Allohning kalomini eshittirib qo’yadi?" deyishdi. Abdulloh sira ikkilanmay:
- Mana, men eshittiraman, - dedi.
- Yo’q, faqat sen emas, - dedilar ashoblar bir ovozdan. - Kofirlardan har narsani kutsa bo’ladi, shuning uchun ularning yomonligidan himoya qilishga qodir qarindosh-urug’lari bor odam chiqishini xohlaymiz.
- Bu yog’idan xotirjam bo’ling. Allohning o’zi meni ulardan himoya qiladi, - dedi Abdulloh ishonch bilan va birodarlarini tark etib, masjid sari jo’nadi.
Qurayshiylar Ka’ba atrofida jamlanib o’tirishardi. Abdulloh Maqomi Ibrohim oldiga kelib to’xtadi va baralla ovoz bilan Qur’on oyatlarini tilovat qila boshladi: "Bismillahir rohmanir rohiym. Ar rohmanu allamal Qur’ana, xolaqol insana, allamahul bayan" (Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Mehribon (Alloh Muhammad payg’ambar va uning ummatlariga) Qur’onni ta’lim berdi. U zot insonni yaratib, unga (dilidagi maqsadini ayon eta olishi uchun) bayonni (nutqni) ta’lim berdi). ("Rahmon" surasi, 1-4-oyatlar).
Mushriklar oldiniga hayron bo’lishdi - nimalar deyapti bu Ummu Abd o’g’li? Birpasdan keyin tushunib qolishdi. "Ie, bu Muhammadning gaplarini gapiryaptiku", deb xuddi ilon chaqqanday sakrab turishdi. Qur’on o’qiyotgan Abdullohning yuz-ko’ziga qaramay urishga, ayamasdan tepkilashga tushishdi. Oxiri o’zlari charchab, do’pposlashni bas qilishdi. Ibn Mas’udni qonga belangan holda ko’rgan birodarlari taassuf bilan:
- Biz aynan shundoq bo’lishidan qo’rqqan edik, - deyishdi.
- Хudo haqqi, Allohning dushmanlari ko’z o’ngimda. Hech qachon bugungichalik xor-zor tuyulmagandi. Agar xohlasangiz ertaga yana o’sha yerga borib, Qur’on o’qib beraman, - dedi Abdulloh qat’iyan.
- Yo’q, bas, senga shu ham yetadi, - dedilar sahobalar.



 
shaddotDate: Payshanba, 28-Yan-2010, 08:56 | Message # 144
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Abdulloh ibn Mas’ud Usmon roziallohu aihuning xalifalik davrigacha yashadi. Og’ir kasal bo’lib yotgan Abdullohning ziyoratiga kelgan xalifa undan hol-ahvol so’radi:
- Nimalardan shikoyat qilasiz?
- Gunohlarimdan, - dedi xasta.
- Ko’nglingiz nimani tusaydi?
- Robbimning rahmatini.
- Yig’ilib qolgan maoshlaringizni opkeltirib beraymi? Axir necha yildan beri sariq chaqa ham olmaysiz!
- Endi menga uning keragi yo’q!
- Hech bo’lmasa sizdan keyin qizlaringizga qolar?!
- Qizlarimni faqir bo’lib qolishlaridan qo’rqyapsizmi? Men ularga har oqshom "Voqea" surasini o’qishni buyurganman... Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytgandilarki "Kimki har oqshom "Voqea" surasini o’qishni odat qilsa, aslo mo’xtojlik ko’rmagay".

O’sha kecha Abdulloh ibi Masud qalbida Allohning yodi, tilida oyati karimalar tilovati bilan rafiqul alo dargohiga ravona bo’ldi



 
enjoyDate: Payshanba, 28-Yan-2010, 13:46 | Message # 145
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
shaddot, Olloh rozi bo'lsin rahmat singlim

 
shaddotDate: Payshanba, 28-Yan-2010, 22:07 | Message # 146
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Alloh hammamizdan rozi bo`lsin


 
shaddotDate: Payshanba, 28-Yan-2010, 22:08 | Message # 147
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Бир кун Ҳазрат Умар (р.а.) от миниб кетар экан:
Ё Умар, Аллоҳдан қўрқ, дедилар.
Ҳазрат Умар афандимиз суръат билан от устидан тушиб сажда қилиб, бошини ерга қўйди, юзини тупроққа сурди, ранги сарғайиб, овози хириллаб:
Умар кимки, Аллоҳдан қўрқмасин! " деб бошини сажда дан кўтарди ва: "Аллохдан қўрқиш ҳикматнинг, ҳидоятнинг, саодатнинг ёруғ юлдузидир. Ўзининг инсонлигини билган одам фақат Аллoҳнинг буюклиги оядида саждага эгилади. Ўзининг инсонлигини билмаган Аллохнинг буюклигини қаердан билсин", деди.

Изоҳ ва ўгит

Ҳазрат Умар (р.а.)ни Умар қилган Ислом динидир. Умар мусулмон бўлганига қадар тошбағир, меҳрсиз одам эди. Ҳатто ўз фарзанди қизини тирик кўмган тошбағир одам эди. Аммо мусулмон бўлгач, Ҳазрат Муҳаммаднинг тарбиясига мушарраф бўлгандан кейин Умардан марҳаматли, Умардан адолатли, Умардек Аллоҳдан қўрққан яна бир одам чиқмади..
Ўз оиласи, болаларига овқат учун унни халифа Умар (р.а.) ўзи орқалаб ташиди. Халифа ўз қўли билан овқат пишириб етимларга тарқатди. "Дажла қирғоғида бир чўпоннинг қўзисини бўри олиб қочса, Аллоҳ Халифа Умардан сўрайди", деб кўз ёшларини тўкар эди.
Буларнинг барчаси Ҳазрат Умар (р.а.)нинг Аллоҳга бўлган муҳаббати ва ҳурматининг, Аллоҳдан қўрқишнинг дадилларидир.



 
shaddotDate: Payshanba, 28-Yan-2010, 22:45 | Message # 148
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
АXДГА ВАФОДОРЛИКНИНГ ХАЙРЛИ НАТИЖАСИ

Бир кун Ҳазрат Умар (р.а.) Асҳоби Киром билан суҳбат қуриб ўтирар эди. Икки одам бир йигитни туртиб, қўлларидан маҳкам ушлаб Халифа ҳузурига олиб келдилар:
Биз қасос олишни истаймиз, эй Амирал Мўъминин! Қасос!.. —: деб бақирарди улар.
Амирал Мўъминин Ҳазрат Умар (р.а.): Қандай дардингиз бор? Даъвони билмай туриб қасос олинмайди. Нега йигитни уриб олиб келдингиз? деди. Йигитни олиб келганларида бири:
Эй, Амирал Мўъминин! Бу йигит отамизни бизнинг боғимизда ўлдирди. Бунинг ҳам ўлдирилишини истаймиз. Қасос олинишини, ўлимини истаймиз, деди.
Ҳазрат Умар (р.а.) йигитга қараб:
Нима дейсан, буларнинг айтгани тўғрими? Сени оталарини ўлдирганликда айбламоқдалар, деди.
Нурли бир чеҳра сохиби бўлган, нур юзли йигит:
Ё, Амирал Мўъминин! Бу одамлар тўғри гапирмоқдалар.
Бўлган воқеани мушоҳада қилиб кўринг, мен тушунтиришга ҳаракат қиламан. Мен узоқлардан келаётган бир йўлчиман, йўлга чиққанимга уч кун бўлди. Бироз истироҳат қилай, дам олай, дедим. Отимни бу одамларнинг хурмо боғлари ёнида бир шохга боғлаб дам олмоқчи бўлдим. Отим бўйнини чўзиб уларнинг хурмо дарахтининг бир шохининг баргини ебди. Уйғонсам бир чол отимга тош отмоқда. Ўрнимдан турдим. Чол отган охирги тош отимнинг пешонасига тегди ва отим ўлиб қолди. Ниҳоят севган отимнинг ўлганини кўриб, жаҳл билан чол отган охирги тошни унинг ўзига отдим. Чол йиқилиб тушди. Шу пайт жонинин таслим этиб ўлиб қолди. Мен бундай бўлишиии хоҳламаган эдим, деди.
Адолат нозири, Исломнинг хожаи Ҳалифаси Ҳазрат Умар (р.а.):
- Айбингни эътироф этдинг. Қасос лозим, — деди.
- Хайҳот! Менинг бир узрим бор. Қуръон нима деса шу тўғри. Мен Қуръон буйруқларига бўйсунаман. Менинг сизлардан бир илтимосим бор. Қасос олиб мени ўлдиришдан аввал менинг бир етим ҳақини бериб қўйишимга ижозат берсангиз.
Мен уни беришим керак. Бизнинг отамиз ўлди. Пуллари қаерда эканлигини мен биламан. Бир қизча синглим бор, у билмайди. Менга уч кун муҳлат беринг, бориб пулларимизнинг турган жойини синглимга кўрсатиб келайин, деди.



 
shaddotDate: Payshanba, 28-Yan-2010, 22:46 | Message # 149
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Йигитнинг бу илтимосини даъвогарлар қабул қилишни истамасалар хам, Ҳазрат Умар (р.а.):
Сенга бир кафил бўладиган бир одам бўлса, унинг кафиллигида рухсат берардик, деди.
Маъсум юзли бу йигит шу ерда йиғилган барча Асҳобга бир-бир қараб чиқди. Охири Абу Зар Ғиффорийни кўрсатди. Ул заиф, наҳиф зотга қараб:
Бу зот менга кафил бўла олади, деди.
Ҳузури Ҳалифадан. ҳозир бўлган Асҳоби Киром ҳайратга тушдилар. Абу Зарнинг оғзига қараб қолдилар. Ҳалифа Ҳазрат Умар (р.а.):
- Нима дейсан, эй Абу Зар? Бу қишлоқли йигитга кафил бўла оласанми? деб сўради.
- Албатта кафил бўламан. Ҳозир кетиб уч кундан сўнг етиб келсин, жавоб берди Абу Зар. Даъвогарлар Абу Зарнинг мавқеини яхши билишарди. Абу Зар Асҳобнинг пешволаридан эди. Шунинг учун унинг кафиллигини қабул қилдилар. Йигит Ҳалифа ҳузуридан чиқиб кетди. Шошилиб тўғри қишлоғига кетди. Ҳамма уч кун кутиш кераклигини билиб тарқалди.
Уч кун ўтди. Ўша вақтда бўлганлар яна Халифа ҳузурига йиғилдилар. Ҳазрат Абу Зар ҳам келди. Муддаилар (даъвогарлар) ҳам келиб у йигитни кутиб ўтиришди. Вақт ўтиб қолганди. Йигит майдонда кўринмасди. Абу Зар ҳеч ховлиқмай, ҳаяжонланмай сукут сақларди. Абу Зар Асҳобнинг пешволаридан, буюкларидан бўлиб, кўп вақт Расулуллоҳнинг илтифотига эришган қадрли зот эди. Вужуди заиф, бир муҳтарам эди. Шу онда даъвогарлар:
Эй, Абу Зар! Сенинг улуғ зот эканлигингни биламиз. Аммо биз отамизнинг қасосини олишни хоҳлаймиз. Сен ўзинг тани маган йигитга кафил бўлдинг. Агар келмаса биз отамизнинг ҳақини сендан талаб қиламиз, дедилар.
Халифа Ҳазрат Умар (р.а.):
Ё Абу Зар! Валлоҳ, мен ҳам шундай деб ўйлайман, қасос амалга оширилади, деди.
Ҳазрат Абу Зар эса:
Мен ҳам розиман, деди.
Ҳозир бўлганлар ҳаяжонга тушдилар. Ҳамманинг юраги қаттиқ ура бошлади, нафаси ичига тушиб кетди. Халифа ҳузурида ҳозир бўлганлар даъвогарларга ялина бошладилар:
— Отангизнинг хунини берамиз, дедилар.



 
shaddotDate: Payshanba, 28-Yan-2010, 22:46 | Message # 150
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Муддаилар қабул этмадилар. Берилган муҳлат ўтиб қолди.
Абу Зар ўрнидан туриб тайёрлана бошлади. Абу Зар таҳорат қиларди. Ҳамманинг кўзи ёшга тўлганди. Шу пайт узоқлардан чангтўзон кўтарилиб шошиб келаётган йигит кўринди. Терга пишиб кетган қишлоқ йигити ичкарига кирди, Салом берди ва узр сўради:
Мени афв этинглар. Сизларни ҳаяжон ичида йўлга қарат дим. Етимнинг энагалари узоққа кетган эканлар, уларни кутиб кечикдим. Улар билан учрашиб етим синглимни уларга топширдим, омонатини бердим. Шошилиб энди етиб келдим, деди у.
Ул мажлисда ҳозир бўлганлар ҳайратга тушдилар. Ҳаяжонлари босилгач, бутун мажлис аҳли "Бу одам нега келди?". дейишди. Йиғилганларнинг юзларида таажжуб ва ҳайронликни кўриб йигит:
Мени келмайди, деб ўйлаганмидингиз? Юзингизда ҳайронлик, ҳайрат аломати кўринади. Мен қандай қилиб келмайман!
Мен мўминман-ку! Мўмин деб аҳдига вафо қилганни, берган сўзига содиқ қолганни айтадилар, деди.
Сўнгра қўлларини дуога очиб, осмонга қараб:
Ё Раббий! Менинг сенга бўлган имонимнинг нури юзимда акс этмайдими, булар мендан шубҳага тушмоқдалар, деб
кўзларига ёш олди.
Йигитнинг юрагидан чиққан бу сўзлар, Умарнинг кўзларига ҳам ёш келтирди.
Ислом Халифаси Ҳазрат Умар (р.а.) ҳайратга тушиб Абу Зардан бир сўзни сўрашдан ўзини тия олмади:
— Ё, Абу Зар! Бу йигитнинг отасини танийсанми? Қабиласини биласанми?
Ҳазрат Абу Зар:
- Тушундим, ё Амирал Мўъминин! Бу йигитни танимасдан туриб нега кафил бўлдинг, деб сўрамоқчисан, шундайми? деди.
- Худди шундай ё Абу Зар, жавоб берди Халифа, шу маънода сўрадим.
- Ё Умар! деди Абу Зар. Мени ҳамма билади. Ҳазрат Муҳаммадга қандай ишонганимни, ва ул буюк Пайғамбарнинг менга қандай рутба (даража) берилганлигини бу ерда билмаган одам йўқ. Мен, Мухаммадийларда фазилат қолмабди,
деб ўйлагандим. Йигит мендан ёрдам сўради, Ёрдам бериб фазилат учун "хўп" дедим.
Ул мажлисда бўлганлар жунбушга келдилар. Даъвогарлар, бунчалик Исломга содиқ, жонини Ислом амрлари учун фидо этаоладиган бир имон соҳиби йигитнинг ҳолидан ибрат олиб раҳмга юз бурдилар, ва:
Ё, Амирал Мўъминин! Биз ҳам Аллоҳ учун отамизнинг қасосидан воз кечамиз. Ҳақимизни ҳалол этдик. Йигит хоҳлаб
бу ишни қиладиганлардан эмас экан. Бу фидокорлиги учун биз уни ҳурматлаймиз, дедилар.
Шундай қилиб, сўзда туришингни, аҳдга вафодорликнинг хайрли натижасининг жонли мисолини ҳозир бўлганлар яна бир марта ўз кўзлари билан кўрдилар ва гувоҳ бўлдилар.

Изоҳ ва ўгит

Ўқувчи қардошим, бу фидокорликлар қандай пайдо бўлади? Жонини кимга таслим қилишни билгани учунми? Бу туйғулар ила инсон фанолик касб этадими? Эта олмайдими? Ундай бўлса, бу ишонч соҳиби бўлишга қодирми? Дунё Аллоҳники, Охират ҳам Аллоҳникидир.
Дунёда гуноҳ ишлари учун охиратда жазосини тортишга ишонган, Аллоҳнинг ҳар ерда ҳозир ва нозир бўлишига имони комил бўлган одам ҳеч бир вақтда Аллоҳнинг амри, буйруғидан қочмайди, қочмаган қулини эса Аллоҳ қутқаради.



 
Search: