*** Xudoyimning nomi bilan boshlaymanki undan boshqasining fazlu-rahmatidan umidvor emasman, uning adolatidan boshqa narsadan qo`rqmasman, Uning gapidan boshqa gaplarga ishonmasman, Uning “arqoni’dan boshqasiga yopishmasman, ey kechirguvchi va xursand bo`lguvchi Xudoyim, dushmanlar jabru-sitamidan, zamon o`zgarishligidan, ketma-ket keladigan qiyinchiliklardan, oxiratga tayyorgarligim bo`lmagani holda umrim tugab qolishligidan meni qutqarishingni so`rayman, Sendan meni o`zing ravo ko`rgan salohli va xayrli ishlarga hidoyat qil, Sendan har fath va yutuqli ishlarga boshlashingni iltijo qilaman, va faqat Sendangina ofiyat liboslarini (tinchlik-hotirjamlikni) va sihat-salomatlikning bardavomligini so`rayman, shaytonlarning vasvasalaridan va zolim sultonlarning zulmidan O`zingdan panoh so`rayman, namoz va ro`zalarimni qabul et, ertangi kunimni bu soatdagidan va bu kundagidan yaxshiroq va xayrliroq qil, meni qarindosh-urug`larim va tanishlarim orasida izzatli qil, meni uyg`oqligim va uyqudaligimda O`zing asra, Sen asragubchilarning eng yaxshisidirsan, Sen rahmlilarning rahmlisidirsan, Allohim, ushbu kunda va bundan keyingi keladigan kunlarda ham meni birontasini Senga sherik qilib qo`yishimdan asra! Meni ixlos bilan duo qiluvchilardan qilib duolarimni ijobat qil, ibodatlaringga bardavom qil, haq yo`lingga chaqiruvchi Muhammadga durud-salobatlaring bo`lsin! Meni abadiy izzating bilan aziz qil, umrimni mag`firatingga noil bo`lganim holida xatm qil, Sen kechirguvchi va mehribon zotdirsan!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) duo o‘qiganda shunday der edilar: “Ollohim, meni go‘zal qilib yaratganing kabi fe’lu atvorimni ham go‘zal qil. Ollohim, men Sendan tansihatlik, xotirjamlik va go‘zal axloq tilayman!”
Binobarin, namoz so‘ngida Payg‘ambarimiz tomonlaridan tavsiya qilingan ushbu duolarni o‘qish maqsadga muvofiqdir:
* Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin.
* Iloho, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va g‘ino (birovga muhtoj bo‘lmaslik holatini) so‘rayman.
* Allohim, meni afu et, yorlaqa, to‘g‘ri yo‘ldan boshla, menga ofiyat ber, haloldan rizqlantir.
* Qalblarimizni rizoligingga uyg‘un bo‘lgan amal va ibodatga tomon yo‘naltir.
* Parvardigoro, dosh berib bo‘lmaydigan balodan, insonni o‘limga qadar sudrab boruvchi (mol, jon, oilaga taalluqli) mushkulotga duch kelishdan, (mol, jon, oilaga taalluqli) balo-qazodan va dushmanlarni quvontiradigan bir musibatga ro‘baro‘ bo‘lishdan Sening panohingga sig‘inaman.
* Iloho, ojiz qolishdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, aljiratib qo‘yuvchi qarilikdan, xastalikdan, qabr azobidan, hayot va mamot fitnasidan Sening panohingga sig‘inaman.
* Yo Robbim! Men o‘z nafsimga ko‘p zulm qildim. Sendan o‘zga gunohlarni kechirguvchi yo‘q. Meni yorlaqa va afu et. G‘ofur, Rohiym yolg‘iz Sensan.
* Iloho, foydasi tegmaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan, qabul bo‘lmaydigan duolardan panoh ber.
* Allohim! Do‘zax o‘tida yonishimga sabab bo‘ladigan fitnadan, do‘zax olovidan, boylik va faqirlikning yomonligidan meni asragin.
* Allohim! Yomon fe’l-atvor va amallardan, nafsoniy orzulardan asragin.
Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon uyqu uchun o‘rinlariga yotsalar, bu duoni o‘qir edilar. «Hamd bo‘lsin taologaki, bizlarga taom berdi va serob qildi va har bir hojatimiz uchun o‘zi mutasaddi bo‘ldi va bizlarga yotadirgan joy berdi. Dunyoda bir qancha insonlar borki, xabar oladigan va joy beradigan kishilari yo‘qdir».
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) duo o‘qiganda shunday der edilar: “Ollohim, meni go‘zal qilib yaratganing kabi fe’lu atvorimni ham go‘zal qil. Ollohim, men Sendan tansihatlik, xotirjamlik va go‘zal axloq tilayman!”
Дуоларнинг энг афзали (алхамду лиллах) «Аллохга хамд бўлсин», зикрларнинг энг афзали (Ла илаха иллаллох) «Аллохдан ўзга илох йўк» зикридир. (Термизий, Ибн Можа ва Хоким ривояти).
1 – Ибни Умар розияллоху анхудан ривоят килинади: Росулуллох саллаллоху алайхи васалламнинг бир мажлис ўтиришда кўзгалмасларидан олдин юз (100) маротаба «Парвардигоро, мени магфират кил-гин. Тавбаларимни кабул этгин. Албатта, Сен тавбаларни кабул этгувчи ва магфиратли Зотдирсан», дейишлари саналар эди. (Термизий ва Ибн Можа ривояти).