RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
DUOLAR!!!
shaddotDate: Seshanba, 05-Yan-2010, 23:17 | Message # 31
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
***
Xudoyimning nomi bilan boshlaymanki undan boshqasining fazlu-rahmatidan umidvor emasman, uning adolatidan boshqa narsadan qo`rqmasman, Uning gapidan boshqa gaplarga ishonmasman, Uning “arqoni’dan boshqasiga yopishmasman, ey kechirguvchi va xursand bo`lguvchi Xudoyim, dushmanlar jabru-sitamidan, zamon o`zgarishligidan, ketma-ket keladigan qiyinchiliklardan, oxiratga tayyorgarligim bo`lmagani holda umrim tugab qolishligidan meni qutqarishingni so`rayman, Sendan meni o`zing ravo ko`rgan salohli va xayrli ishlarga hidoyat qil, Sendan har fath va yutuqli ishlarga boshlashingni iltijo qilaman, va faqat Sendangina ofiyat liboslarini (tinchlik-hotirjamlikni) va sihat-salomatlikning bardavomligini so`rayman, shaytonlarning vasvasalaridan va zolim sultonlarning zulmidan O`zingdan panoh so`rayman, namoz va ro`zalarimni qabul et, ertangi kunimni bu soatdagidan va bu kundagidan yaxshiroq va xayrliroq qil, meni qarindosh-urug`larim va tanishlarim orasida izzatli qil, meni uyg`oqligim va uyqudaligimda O`zing asra, Sen asragubchilarning eng yaxshisidirsan, Sen rahmlilarning rahmlisidirsan, Allohim, ushbu kunda va bundan keyingi keladigan kunlarda ham meni birontasini Senga sherik qilib qo`yishimdan asra! Meni ixlos bilan duo qiluvchilardan qilib duolarimni ijobat qil, ibodatlaringga bardavom qil, haq yo`lingga chaqiruvchi Muhammadga durud-salobatlaring bo`lsin! Meni abadiy izzating bilan aziz qil, umrimni mag`firatingga noil bo`lganim holida xatm qil, Sen kechirguvchi va mehribon zotdirsan!



 
shaddotDate: Dushanba, 25-Yan-2010, 04:45 | Message # 32
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) duo o‘qiganda shunday der edilar: “Ollohim, meni go‘zal qilib yaratganing kabi fe’lu atvorimni ham go‘zal qil. Ollohim, men Sendan tansihatlik, xotirjamlik va go‘zal axloq tilayman!”



 
enjoyDate: Dushanba, 25-Yan-2010, 06:03 | Message # 33
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:


 
shaddotDate: Shanba, 13-Fev-2010, 20:43 | Message # 34
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Binobarin, namoz so‘ngida Payg‘ambarimiz tomonlaridan tavsiya qilingan ushbu duolarni o‘qish maqsadga muvofiqdir:

* Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin.

* Iloho, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va g‘ino (birovga muhtoj bo‘lmaslik holatini) so‘rayman.

* Allohim, meni afu et, yorlaqa, to‘g‘ri yo‘ldan boshla, menga ofiyat ber, haloldan rizqlantir.

* Qalblarimizni rizoligingga uyg‘un bo‘lgan amal va ibodatga tomon yo‘naltir.

* Parvardigoro, dosh berib bo‘lmaydigan balodan, insonni o‘limga qadar sudrab boruvchi (mol, jon, oilaga taalluqli) mushkulotga duch kelishdan, (mol, jon, oilaga taalluqli) balo-qazodan va dushmanlarni quvontiradigan bir musibatga ro‘baro‘ bo‘lishdan Sening panohingga sig‘inaman.

* Iloho, ojiz qolishdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, aljiratib qo‘yuvchi qarilikdan, xastalikdan, qabr azobidan, hayot va mamot fitnasidan Sening panohingga sig‘inaman.

* Yo Robbim! Men o‘z nafsimga ko‘p zulm qildim. Sendan o‘zga gunohlarni kechirguvchi yo‘q. Meni yorlaqa va afu et. G‘ofur, Rohiym yolg‘iz Sensan.

* Iloho, foydasi tegmaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan, qabul bo‘lmaydigan duolardan panoh ber.

* Allohim! Do‘zax o‘tida yonishimga sabab bo‘ladigan fitnadan, do‘zax olovidan, boylik va faqirlikning yomonligidan meni asragin.

* Allohim! Yomon fe’l-atvor va amallardan, nafsoniy orzulardan asragin.

* Allohim! Qulog‘imning, ko‘zimning, tilimning, qalbimning, farjimning yomonligidan asragin.



 
shaddotDate: Juma, 19-Fev-2010, 18:11 | Message # 35
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon uyqu
uchun o‘rinlariga yotsalar, bu duoni o‘qir edilar. «Hamd bo‘lsin taologaki, bizlarga
taom berdi va serob qildi va har bir hojatimiz uchun o‘zi mutasaddi bo‘ldi va bizlarga
yotadirgan joy berdi. Dunyoda bir qancha insonlar borki, xabar oladigan va joy
beradigan kishilari yo‘qdir».



 
enjoyDate: Juma, 19-Fev-2010, 18:16 | Message # 36
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
Quote (shaddot)

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) duo o‘qiganda shunday der edilar: “Ollohim, meni go‘zal qilib yaratganing kabi fe’lu atvorimni ham go‘zal qil. Ollohim, men Sendan tansihatlik, xotirjamlik va go‘zal axloq tilayman!”

eng go'zal dua

Olloh rozi bo'lsin


 
shaddotDate: Payshanba, 13-May-2010, 21:10 | Message # 37
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Alloh hammamizdan rozi bo`lsin amiyn


 
shaddotDate: Payshanba, 13-May-2010, 21:10 | Message # 38
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
– Агар бирон киши исломни кабул киладиган бўлса, Набий алайхис-салом унга намозни ўргатар, сўнгра эса куйидаги калималар билан дуо этишини буюрар эдилар: «Парвардигоро, мени магфират килгин, менга рахм этгин, мени хидоятга йўллагин, менга офият-саломатлик хамда ризк бергин». (Бу (калима)лар сенга дунёю охиратингни жамлайди…) (Муслим ривояти).


 
shaddotDate: Payshanba, 13-May-2010, 21:11 | Message # 39
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Дуоларнинг энг афзали (алхамду лиллах) «Аллохга хамд бўлсин», зикрларнинг энг афзали (Ла илаха иллаллох) «Аллохдан ўзга илох йўк» зикридир. (Термизий, Ибн Можа ва Хоким ривояти).


 
DURDONDate: Shanba, 14-May-2011, 04:00 | Message # 40
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:


 
DURDONDate: Shanba, 14-May-2011, 16:06 | Message # 41
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:


 
DURDONDate: Shanba, 14-May-2011, 16:08 | Message # 42
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:


 
OSIYODate: Seshanba, 24-May-2011, 06:58 | Message # 43
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
84. Мажлис-даврада нима дейилади?

عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ : كَانَ يُعَدُّ لِرَسُولِ اللهِ r فِي الْمَجْلِسِ الْوَاحِدِ مِائَةُ مَرَّةٍ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَقُومَ: (رَبِّ اغْفِرْ لِي، وَتُبْ عَلَيَّ، إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الْغَفُورُ).

1 – Ибни Умар розияллоху анхудан ривоят килинади: Росулуллох саллаллоху алайхи васалламнинг бир мажлис ўтиришда кўзгалмасларидан олдин юз (100) маротаба «Парвардигоро, мени магфират кил-гин. Тавбаларимни кабул этгин. Албатта, Сен тавбаларни кабул этгувчи ва магфиратли Зотдирсан», дейишлари саналар эди. (Термизий ва Ибн Можа ривояти).
 
OSIYODate: Seshanba, 24-May-2011, 07:01 | Message # 44
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
96. Сафар дуоси

( اللَّهُ أَكْبَرُ، اللَّهُ أَكْبَرُ، اللَّهُ أَكْبَرُ، } سُبْحَانَ الَّذِي سَخَّرَ لَنَا هَذَا وَمَا كُنَّا لَهُ مُقْرِنِينَ وَإِنَّا إِلَى رَبِّنَا لَمُنْقَلِبُونَ{ ، اللَّهُمَّ إِنَّا نَسْأَلُكَ فِي سَفَرِنَا هَذَا الْبِرَّ وَالتَّقْوَى، وَمِنَ الْعَمَلِ مَا تَرْضَى، اللَّهُمَّ هَوِّنْ عَلَيْنَا سَفَرَنَا هَذَا، وَاطْوِ عَنَّا بُعْدَهُ، اللَّهُمَّ أَنْتَ الصَّاحِبُ فِي السَّفَرِ، وَالْخَلِيفَةُ فِي الأَهْلِ، اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوْذُ بِكَ مِنْ وَعْثَاءِ السَّفَرِ، وَكآبَةِ الْمَنْظَرِ، وَسُوءِ المُنْقَلَبِ فِي الْمَالِ وَالأَهْلِ)

1 – Аллох улугдир! Аллох улугдир! Аллох улугдир! «Бизларга бу (кема, сайёра ёки от-улов)ни бўйсундириб кўйган Зот (яъни, Аллох барча айбу нуксондан) покдир. Бизлар ўзимиз бунга кодир эмас эдик. Шак-шубхасиз бизлар (барчамиз) Парвардигоримизга кайтгувчидирмиз». (Зухруф: 13). Эй Аллох! Бизлар Сендан ушбу сафаримизда яхшилик-хайрни, таквони ва сен рози бўладиган амалларни сўраймиз. Парвардигоро! Сафардаги йўлдош хам, хонадонда колгувчи ўринбосар-халифа хам Ўзингдирсан! Эй Аллох! Мен Сендан сафар машаккатларидан, кайгули-ёмон нарсалар (кўринишлар) дан хамда мол-мулк ва оилага етадиган зиён-захматдан панох беришингни сўрайман

.وَإِذَا رَجَعَ قَالَهُنَّ وَزَادَ فِيْهِنَّ: (آيِبُونَ تَائِبُونَ عَابِدُونَ لِرَبِّنَا حَامِدُونَ ) .

Сафардан кайтганида хам юкоридагиларни такрорлайди ва куйидагиларни кўшимча килади: (Биз) кайтгувчилар, тавба килгувчилар, ибодат этгувчилар ва Парвардигоримизга хамд айтгувчилар (миз). (Муслим ривояти).


Message edited by Osiyo11 - Seshanba, 24-May-2011, 07:07
 
OSIYODate: Juma, 27-May-2011, 06:46 | Message # 45
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
 
DURDONDate: Payshanba, 02-Iyun-2011, 11:37 | Message # 46
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:

Sen yoq eding yo Rasululloh s.a.v.! Hazrati Odamning a.s. vujudida eding. Avval Jannatni, song esa yer yuzini sharaflantirding. Odam sening nuring tufayli avf etildi, Arofat bu avfga shohiddir! Sen yoq eding! Nuhning a.s. kemasida eding. Tolqinlar yer yuzini bogar ekan, tuproqning bagridagi suv osmon bilan uchrashar ekan, va bu Ilohiy azob deyilar ekan, Alloh ming bir sabab ila ruhingni asradi. Tofon nuringa salom aytdi odob bilan. Sen yoq eding! Xazrati Ismoilning a.s. peshonasida eding. Kimsasiz chollarda Ibrohim a.s. duosi yuksaldi: Robbim, dedi Ularga ozlarining ichlaridan sening oyatlaringni oqiydigan, kitob va hikmatni orgatadigan, ularni poklaydigan bir elchi yubor. Omin dedi on sakkizming olam, sening nuring bilan yogdu sochgan qollarini osmonga kotarib omin dedi Ismoil a.s., Xiro, Nur togi ham omin deb oyoqqa turdi, Madinada Uhud togidan omin sadosi yangradi. Sen yoq eding yo Nabiyalloh s.a.v.! Hazrati Iso a.s. seni Ahmad deb yoqladi, ikki olam sarvari deya yuzlandi senga. Men sizlar bilan kop gaplashmayman, dedi havoriylarga: Chunki bu olamning raisi kelyapti. Kuting Ahmad kelyapti, olamlarga rahmat kelyapti!. Havoriylarni yuzini silagan, oliklarni tiriltirgan bir nafas bolding ammo, sen yoq eding! Sen yoq eding! Hazrati Abdullohning peshonasida eding! Boshi egik, hafa bolib yurar edi u... Bu hayro koklardan seni sorar, varaqa seni qidirardi samodan, onalar qiz farzandlarini yiglab yasantirar edilar, yiglab... yiglab:Qizim bobongnikiga borib kelasan der edilar. Sen yoq eding yo Habiballoh s.a.v.! Aslida qabrga tirik komilish edi boboga borish. Chorasiz qolgan volidayi muhtarama jigarbandini olimga kuzatishdan boshqa iloji yoq edi. Eng songi qiz chohga uloqtirilar ekan, onasining suratida bir farishta korindi unga va tabassum etib Xiro togini korsatdi, farishtalar Xironi yasantirar edilar, Nur togi sohibiga tayyorlanar edi, sayyidiga hozirlanar edi Makka, Koinot sarvari uchun bezanar edi, Koinot hazrati Ominaga r.anho ilhaq edi, tuproq Robbisiga yolvorardi, mazlumlar kozlarini samoga tikkan koyi: Kel..., deya yiglar edi. Sening kelishing kutilar edi yo Rasululloh s.a.v.! Bir tushishing bor edi yer yuziga, oldingda Jabroil, orqangda malaklar, yetimlarga eng huzurli kecha boldi u kecha, nochorlar onalarini toyib, toyib quchoqladilar, song sahar vaqtini bir sukunat qopladi, borliq narsa jim-jit bolgan edi Qani, der edi yulduzlar, Qani der edi oy, koinot bir ism eshitmoq istaydi. Ominaning r.anho uyidan bir ovoz yuksaldi: Muhammad s.a.v. zulmat oz ornini nurga boshatib berdi, Muhammad s.a.v. farishtalar uning nurli qollaridan opdi, Muhammad s.a.v. seni yaratgan Allohga qurbonmiz ey durru yakto, senga bu ismni bergan Rohmanga qurbonmiz.
Endi sen borsan! Suvsiz tuproqlarga rahmat nozil boldi sen ila, onangdan song, onang halima suyindi sen ila, yomgirga ehtiyoj bormi? Kotar shahodat barmogingni, yomgirlarni yogdirsin Alloh, song ushla daraxt bargini, tomirlaridaan qopib yoningda yurgizsin Alloh, faqat sen ista yo Rasululloh s.a.v.! Degilki: Men kimman, toglaar, toshlar tilga kirsin, murgak godak qolingdan tutib: Sen Rasulullohsan s.a.v. desin. Sen bor eding! Badrda galaba yor edi, Uhud tor edi, Handaq yor edi. Yigitlaring, olim uchun musobaqalashgan yigitlaring bor edi, Anas ibn Molik r.a. ismli sahobang bor edi yo Rasululloh! Uhudda vafotingni eshitib dostlariga: Nimaga bu yerda otiribsizlar?, deb murojaat qildi u, Alloohning rasuli oldirildi, deganlarida: U olgan bolsa sizlar yashab nima qilasizlar? Turing! Va uning kabi oling!, degandi, ozi ham jangda shahid etilgandi, shahid jarohatlardan tanilmas holatga keldi, singlisi faqat akasining barmoqlaridan taniy oldi. Uhudda nayzangni tashigan Musab ibn Umayring r.a. bor edi sening! Shunday bir muhabbat bilan senga bogliq ediki, Alloh osha kuni farishtalarni Musabning r.a. suvratida tushirdi. Abu Hurayrang bor edi sening! Qorta ochib masjidning oldida seni kutar, va termulib qarab turar edi, sen ham: Kel ey Abu Hir, derding.
Sen ketding! Shunday ketdingki, ortingdan mayuslik, mahzunlik qoldi, hasrating qoldi samoda, Bilol r.a. hatto azon aytolmay qoldi, qachon taraddudlansa Muhammadur rasululloh deya olmas, va tizzasi bilan yiqilar, hushidan ketar edi. Songra kunlar oy, oylar yil boldi, asrlar otdi. Sensiz ochdik kozlarimizni lekin, sen tashlab ketmassan bizni. Sen borsan ey shahidlar sultoni! Bir shahid ham olmas ekan, seni qanday yoq deymiz. Abu tolib shomga yol olar ekan, tuyasining oldidan tosib: Meni kimlarga tashlab ketyabsiz? Na onam bor, na otam!, degan eding, Abu Tolib shu bois safardan voz kechgandi, sensiz ingragan ummatingni kimga tashlab ketyapsan yo Rasululloh s.a.v.? Tashlab ketma bizni, zero Alloh: Sen ularning ichida ekansan, biz ularni azoblamaymiz, dedi, tashlab ketma bizni, bizga hayotni sen orqali tanitdi Rahmon, qullikni sen tufayli angladik, duoni sendan organdik. Hazrati Umar r.a. umri uchun sendan izn soraganda, Birodarim, duoingda meni ham eslaysanmi?, degan eding unga, biz Umar r.a. emasmiz ammo, barcha duolarimiz sening uchun... Ey Robbimiz! Rasulingni eslashimizdan uni habardor qil, unga minglab saloti va salomlar bolsin, habibinga maqomi Mahmudni ber, unga lutf ayla, uni rafiqi aloga kotar, bizlarni ham avf et!... Bizlarni avf et...


 
DURDONDate: Shanba, 18-Iyun-2011, 00:07 | Message # 47
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:


 
OSIYODate: Shanba, 18-Iyun-2011, 06:56 | Message # 48
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
 
OSIYODate: Yakshanba, 19-Iyun-2011, 00:44 | Message # 49
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Duoning Qabul Bo'lish Shartlari 4
 
DURDONDate: Payshanba, 23-Iyun-2011, 17:31 | Message # 50
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Azon duosi :
- Azon aytilgandan so’ng muazzin va eshitguvchi qaysi duoni o’qiydilar?
- Ushbu duoni o’qiydilar:
«Allohumma robba hazihid-da’vatit tomma. Vassolatil-qoimati ati Muhammadanil-vasilata val fazila. Vad-darojatar-rofiata val ‘alia. Val ba’su maqomam-mahmudanil-lazi vaadtah. Varzuqna shafaatahu yavmal-qiyamati innaka la tuxlifu-l-miy’ad».

Ma’nosi: «Ey ushbu komil azonning va vaqti kirgan namozning Sohibi va Xojasi! Muhammad alayhissalomga yordamchilikni, ortiqlikni va baland darajani bergin va uni O’zing va’da qilgan yaxshi o’ringa o’tkazgin, qiyomat kunida uning bizga shafoatini nasib et, albatta, Sen va’dangga xilof qilmaysan!»


 
OSIYODate: Shanba, 02-Iyul-2011, 03:12 | Message # 51
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:

Муоз ибн Жабол розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам бир одамнинг «Мен сендан батамом неъматни сўрайман», деб дуо қилаётганини эшитиб қолиб:
«Батамом неъмат нима?» дедилар.
«Яхшилик орзусида қилинган дуо», деди.
«Албатта, жаннатга кирмоқ ва дўзахдан қутулмоқ неъматнинг батамомлигидандир», дедилар.
У зот бошқа бир кишининг «Йаа залжалоли вал икром» деганини эшитиб қолиб:
«Сенга ижобат қилинди. Сўрайвер!» дедилар.
У зот яна бир кишининг «Аллоҳим! Сендан сабрни сўрайман», деганини эшитиб:
«Сен Аллоҳдан балони сўрадинг. Сен Ундан офиятни сўра», дедилар».
Шарҳ: Демак, сўрашнинг ҳам нозик томонларига эътибор бериб, оғиздан чиқаётган ҳар бир сўзга эҳтимомли бўлмоқ лозим экан.
Биринчи дуо қилувчи ўзи сўраётган нарсани аниқ билмас экан Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам унга ўша нарсани аниқлаб олишга ёрдам бердилар.
Иккинчи дуо қилувчи сўраганини берадиган даражада яхши сўзларни зикр қилиб турган экан, уни хоҳлаган нарсасини сўрашга чорладилар.
Учинчи дуо қилувчи сўровни нотўғри қилаётган экан. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам унга тўғри сўрашни таълим бердилар.
Бундан илмли кишилар одамларга дуони ҳам ўргатиб туришлари кераклиги келиб чиқади.
 
OSIYODate: Shanba, 02-Iyul-2011, 03:19 | Message # 52
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:

«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам балонинг шиддатидан, бадбахтлик етишидан, қазонинг ёмонлигидан ва душманларнинг сўкишидан паноҳ сўрар эдилар».
Икки шайх ва Насаий ривоят қилишган.
Шарҳ: Ушбу ривоятда тўрт ёқимсиз нарсадан паноҳ сўраш бор. Бу нарсалардан доимо паноҳ тилаб туриш зарур.
Балонинг қаттиқ бўлишидан мурод инсонга етадиган ҳар бир машаққат кўзда тутилган. Уни кўтаришга одамнинг тоқати етмайди. Уни даф қилишга қудрати бўлмайди.
Баъзи уламолар, балонинг қаттиқ бўлишидан мурод, инсон бундан кўра ўлганим яхши, дейдиган даражадаги мусибатдир, деганлар.
Бадбахтлик етишидан мурод, саодатга тескари ҳолатнинг пайдо бўлишидир.
Бадбахтлик икки хил — диний ва дунёвийга тақсимланади.
Дунёвий бадбахтлик нафсоний, жисмоний ва хорижий турларга тақсимланади.
Диний бадбахтлик гуноҳ ишларни қилиш ила бўлади.
Дуода уларнинг барчасидан паноҳ тиланади.
Қазонинг ёмонлигидан мурод, бандага тақдир қилинган нарсалардан бандани маҳзун қиладиганларидир. Бу нарса умумий бўлиб, у банданинг динида, дунёсида, ўзида, аҳлида, молида ва бошқа нарсаларда бўлиши мумкин.
Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг қазонинг ёмонлигидан паноҳ сўраб дуо қилишларидан бу иш қазои қадарга рози бўлишга хилоф эмаслиги келиб чиқади.
Қазо бандаларга нисбатан икки қисмдан иборат бўлади. Яъни, яхши ва ёмондан. Биз бандалар уларга иймон келтириш ва рози бўлишга амр қилинганмиз. Бас, бунга амал қилишимиз лозим. Биз бандалар қазонинг ёмонлигидан паноҳ сўрашга амр қилинганмиз. Бас, унга ҳам амал қиламиз. Иймонимиз ҳам, паноҳ сўрашимиз ҳам Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг кўрсатмаларига биноандир.
Душманларнинг ичиқоралигидан мурод, душманнинг ўз душмани хурсандлигидан хафа ва ха-фалигидан хурсанд бўлишидир.
Ичиқораликнинг салбий таъсири кучли бўлгани учун одамларда адоватни кучайтириши турган гап. Шунинг учун ундан паноҳ сўралмоқда.
 
OSIYODate: Shanba, 02-Iyul-2011, 06:26 | Message # 53
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
[video][/video]
 
OSIYODate: Payshanba, 14-Iyul-2011, 12:04 | Message # 54
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Shukr



Ushlash uchun qo’l berding,
So’zlash uchun til berding,
Hidlash uchun gul berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Yurishga oyoq berding,
Tinglashga quloq berding,
Og’iz, tish, tomoq berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Shu go’zal chechak uchun,
Uchgan kapalak uchun,
Osmonu falak uchun,
Robbim senga ko’p shukr.

Otam va onam uchun,
Ajoyib olam uchun,
Barcha ne’mating uchun,
Robbim senga ko’p shukr.
 
DURDONDate: Dushanba, 08-Avg-2011, 06:40 | Message # 55
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:


 
OSIYODate: Dushanba, 08-Avg-2011, 06:55 | Message # 56
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
 
BAXORDate: Chorshanba, 10-Avg-2011, 11:36 | Message # 57
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Ифтор пайтидаги дуо

Ибн Умар розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам қачон ифтор қилсалар:

«Заҳабаз замаъу ва баталлатил уруқу ва сабатал ажру иншааллоҳ», яъни, «Гуноҳ кетди, томирлар ҳўлланди ва, иншааллоҳ, ажр собит бўлди», дер эдилар».

Абу Довуд ва Насаий ривоят қилишган.

Шарҳ: Ифтор пайтида дуо тўсиқсиз қабул бўлиши маълум ва машҳур. Ушбу ва ундан кейин келадиган ривоятлардаги дуолар эса, оғиз очиш дуоларидир. Шулардан бирини ёдлаб олиб, оғиз очиш пайтида ўқишга одатланилса, жуда ҳам яхши бў¬лади.



Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам қачон ифтор қилсалар:

«Аллоҳумма лака сумту ва ала ризқика афторту», яъни, «Эй бор Худоё, Сен учун рўза тутдим ва Сен берган ризқ ила ифтор қилдим», дер эдилар».

Абу Довуд ва Табароний ривоят қилишган.

Табаронийнинг лафзида:

«Бисмиллаҳи. Аллоҳумма лака сумту ва ала ризқика афторту», яъни, «Бисмиллаҳи. Эй бор Худоё, Сен учун рўза тутдим ва Сен берган ризқ ила ифтор қилдим», дейилган.



Абдуллоҳ ибн Зубайр розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Саъд ибн Муозникида ифтор қилдилар ва сўнгра:

«Афтора индакум ас-соимуун ва акала то¬амакуму ал-аброру ва соллат алайкумул малоика», яъни, «ҳузурингизда рўзадорлар ифтор қилдилар, таомингизни яхшилар едилар ва фаришталар сизга саловат айтдилар», дедилар».

Ибн Можа ривоят қилган.

Шарҳ: Араб ўлкаларида Рамазондан бошқа пайтларда ҳам меҳмондорчилик охирида юқорида зикр қилинган дуони ўқишга одатланишган.

Ушбу ҳадисдан аҳли фазлларни чақириб ифтор қилиш марғуб экани келиб чиқади. Чунки ансорийларнинг Авс қабиласи улуғи Саъд ибн Муоз розияллоҳу анҳунинг Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам бошлиқ саҳобаларни ифторга чақиришлари шунга далолат қилади. Шу билан бирга, бировнинг зиёфатида бўлган шахс унинг ҳақига дуо қилиши кераклиги ҳам чиқади.


 
OSIYODate: Payshanba, 11-Avg-2011, 13:56 | Message # 58
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
 
OSIYODate: Yakshanba, 14-Avg-2011, 01:44 | Message # 59
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
 
OSIYODate: Yakshanba, 14-Avg-2011, 01:45 | Message # 60
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
 
Search: