|
Islomiy she`rlar
|
|
| DURDON | Date: Yakshanba, 12/05/06, 2:22:39 AM | Message # 76 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Kimligingni bilmoq istasang!
Agar bölsang hammadan ham zör Pawwa yasab jon kirgizib kör Fir'avinning tarixini sör Kimligingni bilmoq istasang!
Hoyu havas ötkinchi matoh Fariwtaman deb qilma xato Odamatoyu Momohavo Kimligingni bilmoq istasang!
Bu dunyoni söraganlar kim? Nega ular yotar görda jim? Tafakkur qil ey og'a inim Kimligingni bilmoq istasang!
Qur'onda köp qismatlar bayon Neki qilsan Xudoga ayon Öyla sönggi manziling qayon? Kimligingni bilmoq istasang! (A'ZAM MUSAYEV)
|
| |
|
|
| DURDON | Date: Dushanba, 12/06/04, 12:55:44 PM | Message # 77 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Nafs aytdi tatib ko'r, Iymon aytdi qaytib ko'r, Nafs aytdi bir bora, Iymon aytdi ko'r chora, Nafs aytdi bor lazzat, Iymon aytdi zim kuzat, Nafs aytdi vaqting bor, Iymon aytdi ahding bor, Nafs aytdi avfdasan Iymon aytdi xavfdasan, Nafs aytdi tuzik iw, Iymon aytdi buzuq iw, Nafs aytdi rohat ql, Iymon aytdi toqat ql, Nafs aytdi qiyin emas, Iymon aytdi o'yin emas, Nafs aytdi nafsing bor, Iymon aytdi lavfzing bor, Nafs aytdi jinoyat Iymon aytdi xidoyat, Nafs aytdi ehh kutdim Iymon aytdi men yutdim
|
| |
|
|
| DURDON | Date: Payshanba, 12/07/19, 2:19:19 PM | Message # 78 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Men kimga suyangum Allohdan boshqa Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon: - Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon. Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Tinimsiz aldasa muhit, makoning, Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning. Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Noshukur emasman dunyoda garchand, Qaydadir menga ham bor balki dilband Va lekin tiriklay kuydirsa farzand, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Insofu ishonch ham shirin so‘z bari, Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari. To hayot ekansan qochgaydir nari, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Shunchalar kaj erur dunyoi gardun, Undan diyonatni axtarmoq nechun, Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni, Joningmas, martabang, balki shoningni, O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Bu ko‘hna dunyoda yashadim nega, Yaydoq ot misoli bo‘ldim beega. Malomat qilurman, olomon, senga: Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Mendan ranjimasin bo‘lsa do‘st agar, Balki ularning ham dilida kadar, Hoynahoy mendaylar degay muqarrar: Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Umr ham oxirlab bormoqda sekin, Endi sarg‘aymoqda men ekkan ekin. Mayli, sen o‘zingga suyangil, lekin, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Abdulla Oripov
|
| |
|
|
| DURDON | Date: Yakshanba, 12/10/14, 6:19:54 PM | Message # 79 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Ey yaxshilar!!!
Gunohlarning botqogiga botib qoldim. Chiqolmayin shu botqaqqa yotib qoldim. Savoblarning daryosida suzgim kelar, Nima qilay toshga o'xshab qotib qoldim. Aybim aytib ko'zlarimni mayli yoshlang, Ey yaxshilar meni yaxshi yo'lga boshlang.
Nafsim aldab har tamonga olib qochar, Shayton lain gunohlarga yo'llar ochar. Men insonman,men mo'minman netay do'stlar, Gunohlarning ko'pligidan qoldim nochor. Aybim aytib ko'zlarimni mayli yoshlang, Ey yaxshilar meni yaxshi yo'lga boshlang.
Sizlar kabi yaxshiliklar qilay deyman, Kam gapirib,kam uxlab,kam kulay deyman. Xayru ehson,saxovatga peshvo bo'lib, Etimlarning boshlarini silay deyman. Aybim aytib ko'zlarimni mayli yoshlang, Ey yaxshilar meni yaxshi yo'lga boshlang.
Qaytmas safar hozirligin ko'rmoq uchun, Savob ishga sarflash kerak har kim kuchin. Bor kuchimni gunohlarga berib quysam, Bu dunyoda yashayapman o'zi nechun. Aybim aytib ko'zlarimni mayli yoshlang, Ey yaxshilar meni yaxshi yo'lga boshlang.
Mo'min bilan mo'min aka uka erur, Adashganda bir biriga ko'mak berur. Humayroga yordam bering ko'zgu bo'lib, Najot topsa ming egilib raxmat deyur. Aybim aytib ko'zlarimni yoshlang mayli, EEEyyy YAXSHILAAR!!! MENI YAXSHI YO'LGA BOSHLANG!!!
|
| |
|
|
| DURDON | Date: Shanba, 12/11/10, 2:58:35 AM | Message # 80 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Insonmiz his-tuyg'u qiynar gohida. Kimni sevmoq kerak, ayon bowida. Adawmas kim agar tutsa yodida. Qalblarning xojasi mudom ogohdir. Suymoqqa loyiq zot yolg'iz Allohdir!
|
| |
|
|
| DURDON | Date: Chorshanba, 12/11/21, 0:47:32 AM | Message # 81 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Jannatda boshimga toj kiydir ög'lim!
Qalbingni band etsin oxirat g'ami, Har lahza yodingdan chiqmasin ölim, Nadomatkim mendan chiqmadi olim, Jannatda boshimga toj kiydir ög'lim!
Zakariyo kabi alam yutsang ham, Imlni chög' kabi qölda tutsang ham, Uyi yöq Isodan faqir ötsang ham, Jannatda boshimga toj kiydir ög'lim!
Haqiqiy olimlar qasrlar qurmas, qasrlar ichinda bemalol yurmas, Foniyda qalbimga taskin zarurmas, Jannatda boshimga toj kiydir ög'lim!
Chorasiz on yöqlab kelsang mabodo, Otangni chin dildan sevsang mabodo, Rozi bölsin otam desang mabodo, Jannatda boshimga toj kiydir ög'lim!
Bu yölda mashaqqat, mehnat körinar, Zahmatning ostinda rohat körinar, Otamning hasrati könglimni tirnar, Jannatda boshimga toj kiydir ög'lim!!!
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Payshanba, 12/11/22, 1:02:45 PM | Message # 82 |

Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status: 
| Bu olamni yaratgan yolg'iz Allohdir. Yeru osmon tog'u tosh bunga guvohdir. Xoh dehqon, xoh olim, xoh podshohdir. Tanimasa Allohni nodon gumrohdir. Haq Yaratuvchimdan kimki ogohdir. Robbim unga doimo do'stu hamrohdir.
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Payshanba, 12/11/22, 1:04:37 PM | Message # 83 |

Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status: 
| Mo'minmiz islomga fidoiydirmiz. Alloh ajrining bir gadoyidirmiz. Aql iymon berdi unutmaylik hech. Biz Uning o'stirgan bug'doyidirmiz.
|
| |
|
|
| Shohruhbek | Date: Chorshanba, 12/11/28, 2:59:25 AM | Message # 84 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1247
Status: 
| Meni Allohimdan tilagan onam Tug’ilmasimdan boshim silagan onam, Butun bor- yo’g’ini menga ilingan, Farzandim deb yurak bag’ri tilingan, Uzoq ketsam doim o’rni bilingan, Menga ezgulikni tilagan onam. Tashvishdan ezilib qotganda boshim, Ko’zimda ilinib turganda yoshim, Dunyodan bezganda, tugab bardoshim, Boshimda parvona kecha-yu kunduz, Menga saodatni tilar kunda yuz, Bugun aytgim keldi sha'niga bir so'z, Baxtimga bor bo'lsin toki bor dunyo, Meni cheksiz baxt-la siylagan onam.
|
| |
|
|
| Shohruhbek | Date: Payshanba, 12/11/29, 7:42:34 PM | Message # 85 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1247
Status: 
| OLLOH berdi bir shirin tuyg'u... Ham azobli.., ham shirin qayg'u... Qarshisida kula olmayman... Sevdim usiz yashay olmayman. Nima bo'ldi menga bilmayman... Degandimku aslo sevmayman... Shu vaqtgacha yashardimku tinch... Bu nimasi qiynaydi SOG'INCH...!
|
| |
|
|
| DURDON | Date: Juma, 12/11/30, 5:05:08 PM | Message # 86 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Ko'chada nomahram ko'zini suzar. Ammo sen ulargatashlama nazar. Deydilar shayton odamni buzar. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Odamdegan nomga bo'lib munosib. Yurmagin nomahramni bag'ringga bosib. Birovni haqqi aslo etmaydi nasib. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Or- nomus ibo degan tushunchalar bor. Dunyoda ko'pchilik tirnoqqa ham zor. Aslo birovlarga yetkazma ozor. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Biz uchun farz erur besh mahal namoz. Zakot bermoqni ham o'ylaylik biroz. Odam bo'lib yashaylik odamlarga xos. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Ilm olmoqlik ham sanaladi farz. Birov sizni yomon deb qilmasin hech arz. Bo'ynimizda bizlarninguzilmagay qarz. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Aytingiz gaplarim gar qattiq botsa. Yaxshimi ko'chada dumalab yotsa. Pul uchun bu qizlar nomusin sotsa. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Men ham gunohkorman deb goh ko'ngil sezar. Atrofda turli xilinsonlar kezar. Qalbimda istirob yurakni ezar. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Gohida savoq ish keladi malol. Xor bo'ldi ariqda oqqan bu zilol. Haromdan jirkanib yashaylik halol. Odamlar haromdan qilaylik hazar. She'r yoqar ma'nosi etmaydi ta'sir. Chunki bu bandalar shaytonga asir. O'zingniki bo'lmasa ne kerak qasr. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Ko'z yomon narsa deb rosa qarashar. Go'yoki shu ochiq kiyim yarashar. Qizim nima kiyding deb qachon so'rashar. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Yolg'on ham bilsangiz aslida harom.
|
| |
|
|
| DURDON | Date: Juma, 13/01/11, 1:09:23 PM | Message # 87 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Qaykun qizigandan qizidi gurung, Atrofni band etdi, hiring-hiringlar, Do'stlar, o'n daqiqa indamay turing, O'limni eslashga fursat beringlar.
Tashqari shovqindir uy g'ala-g'ovur, Hayot lazzatidan qalbimda surur, Jondan aziz qizim quchoqlamay tur, O'limni eslashga fursat beringlar.
Dardli o'y ko'ryapman qay tomon kezmay, Juftginam sendan ham bo'larmi bezmay, Faqat “go'sht qani?” deb ko'ksimni ezmay, O'limni eslashga fursat beringlar.
Ishga borganimda dunyo tashvishi, Tirikchilik deyman bahor, yoz,qishi, Berkinmachoq o'ynar ohirat ishi, O'limni eslashga fursat beringlar.
Haholab o'tirsak ko'rpa yiqquncha, Pishillab uhlasak quyosh chiqquncha, Foniylik qariga itarmang buncha, O'limni eslashga fursat beringlar.
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Yakshanba, 13/01/13, 1:04:02 PM | Message # 88 |

Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status: 
| Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуфга) Куни кеча сокин юртим Ихтилофларга тўлди, Бу ҳолатнинг аччиғиндан Ўзгалар хандон кулди, Очилиши керак бўлган Навниҳоллар тез сўлди, Сиз танлаган йўл аввалда Асл бардошдан бўлди, Қанча тошлар отилса-да Бошингиз тошдан бўлди! Вақти келди туҳматларнинг Зарбидан титрадингиз, Мусулмоннинг афъолидан Тунларда инградингиз, Индамасдан шогирдлардан “Панд-ўгит” тингладингиз, Бул зарбалар, ҳам таъналар Ўзбек, қардошдан бўлди, Қанча тошлар отилса-да Бошингиз тошдан бўлди!
Ўзни тикламак йўлинда Бизга берилди имкон, Оддий мустаҳаб амалга Талашилган ул замон, Сулҳ истабон ўрта йўлни Тутсангиз ҳам беомон, Ул мажлислар поёни йўқ Мотам, кўз ёшдан бўлди, Қанча тошлар отилса-да Бошингиз тошдан бўлди!
Икки томон бир-бирига Тошлар отди жон тикиб... Иккисининг отган тоши Ўтарди сизга тегиб, Икки томон тарсагига Хотиржам бошни эгиб Сабрингиз тошга айланган Мустаҳкам бошдан бўлди, Қанча тошлар отилса-да Бошингиз тошдан бўлди!
Сўфийлар-у, салафийлар ўртасида хотиржам Турмакликнинг ўзи эрур Катта жиҳодий олам. Ҳиссиётин жиловлаган То вазифа битар дам, Ҳис қилдингиз – энг буюк ёв Баъзан сирдошдан бўлди... Қанча тошлар отилса-да Бошингиз тошдан бўлди!
Жами айбу нуқсонимиз Душманларга билдириб, Бир суннатни тиклаймиз деб Ихтилофлар келтириб, Қоронғулик ичра кездик, Машъалалар қидириб, Зиё иши барибир келиб Ойю, қуёшдан бўлди, Қанча тошлар отилса-да Бошингиз тошдан бўлди!
Инша Аллоҳ жамоатлар Бир саф тузсалар тезда, Тўхтаб қолган асрий карвон Йўлга тушгай бир изда! Ўрта йўлнинг намунасин Фақат кўрдим мен сизда, Шу боисдан ёзганингиз Яқин дилдошдан бўлди, Қанча тошлар отилса-да Бошингиз тошдан бўлди!
... Бугун ўзбек заминида Ихтилоф камаймоқда, “Мўминлар қардошдир!” деган Шиор қулоч ёймоқда, Васатийдан воз кечганлар Турли ёнга тоймоқда, Энди бошқа йўналишга Эҳтиёж тамом сўлди! Қанча тошлар отилса-да Бошингиз тошдан бўлди!
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Payshanba, 13/01/31, 3:55:04 PM | Message # 89 |

Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status: 
| Dunyo bormoqda o'tib qabr turmasdir kutib, Besh kunlik tor dunyoda qolmang tag'in qon yutib. Voh o'lim farishtasi kelsa yoqadan tutib, Hotirjam bo'la oling topa oling halovat. OLLOHga sa'no ayting RASULiga salovat. Guldek janonlar qani yer bilan bitta tani, Jannat ediku axir insoniyat vatani. Neki topsa molidan qolmush bugun kafani, Borsa agar qabriga borar faqat tilovat. OLLOHga sa'no ayting RASULiga salovat. Qasrlar bino topdi bo'lish uchun xoru-xast, Bir cho'pon ham bilardi ziynat xaqqiy orzumas. Dunyo asli MUSAMning (tufugiga) arzimas, Ohiratni bezashga qilaveringiz g'ayrat. OLLOHga sa'no ayting RASULiga salovat. Dunyo bizga tinmasdan suykalar kular ekan, Biz unga yaqinlashsak uzoqroq bo'lar ekan. Talhadan qolgan dunyo bizdan ham qolar ekan, Shu aniq xaqiqatni anglasangiz be toqat. OLLOHga sa'no ayting RASULiga salovat. Do'stlar rosti ko'rmak ne mag'zi yolg'on dunyo bu, Ko'rayapmiz ko'pni ne ko'yga solgan dunyo bu. UMARning etagidan tushib qolgan dunyo bu, Sizga ko'p yaqinlashsa itaring be xijolat. OLLOHga sa'no ayting RASULiga salovat. Ertan ahvoli xarob kim? bugun ko'krak kerur, OLLOHdan olgan qarzin bir kun qaytarib berur. She'riyat bo'stonida so'ngi so'zim shu erur, Besh kunlik dunyo ichra istasangiz salovat. OLLOHga sa'no ayting RASULiga salovat...
|
| |
|
|
| SAKINA | Date: Payshanba, 13/01/31, 3:57:26 PM | Message # 90 |

Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status: 
| Dunyo o'tmoqdadir daryodek oqib, OLLOHga emas bandasiga boryapmiz yoqib. Savobdan vos kechib gunohga botib, Yolg'onchi dunyoga aldanib qoldik. Yahshilik qilganda minnat qilamiz, Yomonlik qilganda tabassum bisyor. Dunyo ishlari uchun vaqt topamizu, Namozga kelganda charchab qolamiz. Ammo shunda hamki OLLOH dildadir, Ne bo'lsa ham unga sajda qilamiz. Gunoh qilsak ko'zga yosh olib, Faqat yaratgandan umid qilamiz...
|
| |
|
|