RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Islomiy she`rlar
bushroDate: Chorshanba, 22-Apr-2009, 22:38 | Message # 16
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 721
Status:
IBODAT

Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.

Otang birla onang qalbi
O‘tar ka’ba tavofidin
Alar ko‘nglini shod etsang
Bu xizmat ham ibodatdur.

Umrni etmayin isrof
O‘zing ro‘za vujuding sof
Agar pok holda uxlarsan
Bu rohat ham ibodatdur.

Butun borliq nabotot ham
Yaratganga etar tasbeh
Bobodehqon ekib yursa
Ziroat ham ibodatdur.

Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so‘z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur

Agar juftihalol birla
Ko‘ngilxushlik qilar bo‘lsang
Falak shohid Malak hozir
Bu suhbat ham ibodatdur.

Tamal imoni ixlosdur
Bu qullik bandaga xosdur
Xudo deb qilganing har ish
Va niyat ham ibodatdur.

Sevib Mirzo aziz do‘stlar,
Ko‘nglini shod ayla
Agar Olloh uchun sevsang
Muhabbat ham ibodatdur.

Mirzo Kenjabek



 
HurshidaDate: Dushanba, 17-Avg-2009, 12:24 | Message # 17
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 276
Status:
Bugunning Ummati.........
Bir tun uhlayolmay chekdim nadomat,
Uzimga ham qildim tinmay malomat.
Tarihida har ne kursam, kurdim lek,
Umardan sung birlashmadi bu Ummat

Umar ketty, bu Ummatga ishonmayin,
Chunki Iymoni zaiflashmush kun sayin
Abu Zarlar hayqirganda tinmayin
Ne dard bor deb sirlashmadi bu Ummat

Kengliklardan oqib keldi gumrohlar,
Asta sekin odat buldi gunohlar
Hatto Quro'n nuzulga guvohlar,
Uzlari yarashmadi bu Ummat

Qalblari sundi, yuzlari bulmish bediyda,
Kungil o'ldi ibodatlar paytida
Ali Usmon bugizlandi baytida,
Ahli Baytga qarashmadi bu Ummat

Buhoriyning qonga tulmish yanog'i,
Utti sarson topilmayin hamrohi
Son jihatdan oshsa oshdi sanogi,
Lek oz bulsa, kurashmadi bu Ummat

Tilab qoldi Iymon, qalbning sabrini
Vujud esa tark etty, qalbu javrini
Umar ibn AbdulAziz davrini
Kutarolmay ergashmadi bu Ummat

Olimlar kamaydiyu, tanmaballar
Uzlriga urnatmishlar minbarlar
Sudralganda Ahmad ibn Hanballar
Ottan tushib engashmadi bu Ummat

La Ilaha Illallah deb tillari
Dahriyona tug'yon urar dillari
Bir kun bulsin besaodat yillari
Bir manzilda tutashmadi bu Ummat

Biri arab, biri tirku biri fors
Millat degan tuygu endi buldi farz
Bir yonda dard kassalikdan qolgan dars
Uz loyiga qorishmadi bu Ummat

Horlar buldi, ma'lun Garbning poyida
Chidayverdi eng alamli joyida
Hayotiga joriy bulmish qoyida
Ila hech hisoblashmadi bu Ummat

Qur'on endi mozorlarda uqilmish,
Turli fasod rivoyatlar tuqilmish.
Endi tugri yullarda ham qoqilmish,
Haq yuliga unashmadi bu Ummat.

Shul suzlarni uylaaab uylab uhladim
Faqatgina Allohimdan tiladim
Alam bilan kuzimda yosh yigladim
Umardan sung birlashmadi bu Ummat (Holislik sari turkumidan)


Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
 
HurshidaDate: Dushanba, 17-Avg-2009, 12:25 | Message # 18
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 276
Status:
Namoz..
Muminlikka da'vo bulmas Benamozlik,
Bir kunga ham ravo bulmas Benamozlik.
Bu dunyo ku besh mahaldek utar ketar,
Lek qabrda havo bulmas Benamozlik
Jazolarga davo bulmas Benamozlik

Qur'onda ham uning misli kelgan qavm bu,
G'iybat ila uz dustin gushti egan qavm bu,
Rasulluloh :saws: bizdan emas degan qavm bu,
Peshonasin qoraytimish Benamozlik
Qabrini ham toraytirmish Benamozlik.

Bu gunohki kungillarni mast qilguvchi,
Inson degan sharafni PAST qilguvchi,
Boshga balo kunni haqqa rost qilguvchi,
Gunohlarning KABIRASI Benamozlik
Asli shirkning nabirasi Benamozlik.

Joynamozlar SARPOlarga joylanadi,
Ayting, qo'llar qachon haqqa bog'lanadi?
Nahot inson duzah sari shaylanadi?!
Shayton tuhfa etgan tug'yon Benamozlik,
Yaratganga eng zyr ISYON Benamozlik.

Besh mahalga beparvodir, Alloh bir deb,
Ogir kunda tag'in aytar panoh BER deb,
Shuni aytsa kerakda, haqq gunoh bir deb
Muhirlanmush qalbi mangu Benamozlik,
Namozshomda guyo uyqu Benamozlik.

Bobolari sajdadan bosh kutarmagan,
Yaratgandan uzga Iloh ahtarmagan,
Oh bu farzand, nechun desang kukarmagan,
Daryo qurib, urnida cho'l Benamozlik
Duzah sari eng QULAY yul Benamozlik.

Tahtdan tushib besh vaqt namoz qilgan el bu,
Har kunini Allohdan deb bilgan el bu,
Dini bois bu dunyoga kelgan el bu,
Elkasida uning bugun Benamozlik
Hech echilmas jirkanch tugun Benamozlik.

Buhoriylar, Termiziylar, Naqshbandlar,
Shu o'lkadan chiqqan edi jigarbandlar,
Ularni odam qilgan labbahandlar,
Ular uchun eng katta OR bu Benamozlik
Bugun biz aylagan HOR Benamozlik

Sinolarin NAMOZ uqib tabib bulgan,
Navoiysi sajda chog'i habib bulgan,
Qodiriysi tergovda ham namoz qilgan,
Bu millatga katta UYAT Benamozlik
Tarih uchun katta g'orat Benamozlik.

Dunyo uchun nima qilsang qilavergin,
Uzingni kim bilsang shunday bilavergin,
Ammo sungi hitobimga quloq bergin,
JAHANNAMGA ZIYORATDIR Benamozlik,
Insoniylikka hiyonatdir Benamozlik... (Holislik Sari Turkumidan)


Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
 
bushroDate: Seshanba, 24-Noya-2009, 12:25 | Message # 19
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 721
Status:
SHUNDAY YASHAYMIZ!

Qur’onda bizlarga o‘rgatmish :
Shafotingizni kutib yashaymiz.
Dunyo ne desa, der, yo Rasululloh,
Shariatingizni tutib yashaymiz!

Odamlar tomondan qonunlar chiqib,
Bizni zulumotga ketganda yiqib,
Qiyomatda nazar solsin, deb
Shariatingizni tutib yashaymiz!

Qalbimiz deb hamisha tetik,
Dunyo uchun butkul uzildi hadik...
Bandalar bandaga qilsa bandalik,
Shariatingizni tutib yashaymiz!

Biz eng baxtli qavmmiz, nechalar dinda
Adashdilar qancha-qanchadan banda.
Tamom kufrlarga botgan zaminda
Shariatingizni tutib yashaymiz!

Birgina yo‘l bo‘lsa, shu asli talab -
Yurakni zig‘ircha qo‘ymagan g‘ashlab.
Minglab kufr yo‘lni changitib tashlab
Shariatingizni tutib yashaymiz!

Qiyomat kunida bizni ummat deb
Atashingiz uchun ketmaymiz qaytib.
Faqat - iloh, shiorin aytib,
Shariatingizni tutib yashaymiz!

Mayli bu dunyodan o‘taylik kulmay,
Bir kungina rohat, farog‘at bilmay,
Dunyo qonunlarin pisanda qilmay
Shariatingizni tutib yashaymiz!



 
MASTERDate: Shanba, 26-Dek-2009, 11:16 | Message # 20
Adminstrator
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 7514
Status:
Рхматинга мушарраф кил Парвардигор
Сени эслаб калбим яшнар
Мисли бахор
Мен сенники булдим энди
Кетди озор
Мухаббатим этай исхор
Такрор- такрор
Рахматинга мушарраф кил Парвардигор
Сени севиб эришганим иймон булди
Тугри йулда юришликга имкон булди
Муъамолар эчилиши осон булди
Рахматинга мушарраф кил Парвардигор
Икки дунё Адолатли Подшохимиз
Сен доимо суячимиз Панохимиз
Кечир бизни билмай килган гунохимиз
Рахматинга мушарраф кил Парвардигор
Кодир Эгам кадамларни собит килгин
Муминларни динда узинг обит килгин
Ислом учун бизни содик зобит килгин
Рахматинга мушарраф кил Парвардигор


وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
VisolaDate: Juma, 08-Yan-2010, 17:04 | Message # 21
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
O’LIMNING VASFI
Shoxlar o‘z taxtidan tushganin ko‘rdik,
Harobaga do‘nmish bog‘lar ham so‘lim.
Oxiri barchamiz xulosa qildik:
"Eng katta mav’iza aslida o‘lim!"

U ustun bo‘larkan, yengilmas ekan,
Istagan paytida buyurar tashrif.
Faqat o‘lib ketgan insonlargina
Unga aytolurlar xolis bir ta’rif.

Bu ta’rif shundayki, unda yo‘q aldov,
U birovga kelmas ikki bukilib.
O’lim dunyodagi eng noqulay yov,
U urush ochmagay vaqt e’lon qilib.

Qur’onda ta’rifi kelganidek, u
Faqat oldimizdan qarshi chiqarkan.
Dunyoning yuz karra chempionin ham
Oddiy bir zarb bilan yerga yiqarkan.

O’limni o‘ldirib bo‘lmas yoronlar,
U bizga tegishli bo‘lmagan olam.
Indamay bosh egmish sohibqironlar,
Biz bilmas tezlikda o‘lim kelgan dam.

O’lim kelganida qolmay bittamiz,
Hammasi yo‘q bo‘ldi g‘animatlarning.
O’lim sharbatini totmog‘ligimiz
Haqiqatrog‘idir haqiqatlarning.

O’lim bir kularkan, bir yig‘lar ekan,
Mo‘min huzurida ko‘zida kulgu.
Baqirtirib jonni sug‘urganida
Kofir yuzlaridan sapchiydi qayg‘u...

Odam Ato tushgan davrdan buyon
O’lim savdosiga izn berilgan.
Qanday mavqelarda yashamasinlar,
Barchasi qabrga bir-bir terilgan.

elchilari o‘ldilar, shuning
O’zi yetarli bir hikmatdir bizga.
Kuniga qabrga kirayotganlar
Eng katta ma’ruza, ibratdir bizga.

Agar biz o‘limdan ibrat ololsak,
Boshqa bir da’vatning bo‘lmas keragi.
O’limdan nasihat olmaganidan
To‘xtasa yaxshidir inson yuragi..



 
VisolaDate: Juma, 08-Yan-2010, 17:06 | Message # 22
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
QIYOMAT

Qiyomat yaqinlab qolgani ayon,
Ayollar erlarning libosin kiymish,
Avrat-u, xayoning ko‘chasin toptab
Xatto mayin bo‘lib so‘zlamay qo‘ymish.

Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang.

Tuyaning o‘rkachin tasvirlab go‘yo
Jannatning hididan voz kechgan ayol
Nahot umri bo‘yi vaqt topib bir tun
O’ziga bir bora bermagan savol:

"Xoy, men kim o‘zi, jinsim ne erur,
Yarasharmi menga shu yovuz xilqat?
Ayollik libosin bir chetga otib
Asl go‘zallikdan ayrildim faqat,

Bolamning nigohi menga yovqarash,
Erimning ko‘nglida yo‘qolgan xohish.
Men qancha urinmay, aslimdan shuncha
Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush...

Ovozim erkakcha, yurishim g‘alat,
Shimning o‘rtasida yig‘laydi hayo.
Ajabo, shunchalar xorlik bo‘lurmi,
Tubanlik bo‘lurmi, do‘stlar, ajabo???"

Ayolning ko‘nglida insofi bo‘lsa,
Ushbu savollarni berardi bir tun,
Hech qursa o‘zidan qochib boryotgan
O’g‘illari uchun, qizlari uchun...

Afsus, ushbu holga faqat ayolmas,
Balki erlarning ham ayblari mavjud.
Rashk o‘tin o‘chirgach zino-yu faxsh-la,
Dayuslik kasbiga ko‘rar taraddud.

Nardadan boshini ko‘tara olmay,
Ayollarga turmush yuklagan qopin
Odamdan yaxshilik ko‘rmoqchilarga
Ayturmiz olimlar qilgan xitobin:

"Ular o‘zlarini erkak desalar,
Dunyoda eng katta bo‘lurlar kazzob,
Chunki nikoh kuni bergan ahdiga
Qilmishlar hiyonat, berolmay javob.

Ularda mag‘rurlik asli yo‘q xislat,
Ularni iymon ham aylamish xalos.
Ularning egnidan joy olgan ko‘ylak
Faqatgina tashqi ko‘rinish, xolos.

Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo‘ldi,
Yaxshilar ko‘ngildan yig‘lab o‘tmishlar
Ayolin ko‘chaga qo‘yganlar bugun
Ertaga bolaga ko‘krak tutmishlar,

Hali bu ketishda vazifalar ham
O’zgararmi ayol, er nasli uchun,
Go‘yoki quyoshning tunda chiqishi,
Oyning otishi-la ochiladi kun...

Yo‘q, do‘stlar, iymon bor, ishonch bor ekan,
Bunga yo‘l qo‘yilmas hech qachon, hech vaqt.
Har kim o‘z fitrati, o‘z tabiati
Amriga binoan yashamoqlik - baxt".

Hadisdan oddiy bir xulosam shulki,
Ko‘r qilar bu ko‘zni qamashtirganlar
Aslida qiyomat kunin tezlatar
Ana o‘shanday jins almashtirganlar.



 
VisolaDate: Juma, 08-Yan-2010, 22:26 | Message # 23
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
Duoying yoq!!!!
Nechun yuzda hayoying yo'q, nechun so'zda iboying yo'q,
Dilingda zarra qo'rquv yo'q,tilingda zikri Alloh yo'q,
Bu dunyoga berilgansan ibodatni unitgansan,
Shaytoningga sig'ingansan,dilingda zarra iymon yo'q.

Savob ish yodinga kelmas hayolngda mudom ishrat,
Yesam,olsam degan fikring, ko'lingda hayri ehson yo'q.
Kelib dunyoga ey odam,boshingni egmading haqga,
Uyin lim lim matolarga namozga joynamozing yo'q.

Bobom eshon edi dersan,ho'ja farzandiman dersan
Javoningda kitob liq liq Kalomullohga joying yo'q
Valaqlab ertayu to kech kerakmas so'zga tiling burro,
tiling kelmas shahodatga so'zingda asli ma'no yo'q.

O'lim hech yodinga kelmas,balo hech yodinga kelmas,
Hayot birday hecham o'tmas,bu ishlarda farosat yo'q.
Gohi sog'lom bo'lur inson gohi dardman bo'lur inson,
Kelib qolganida dardlar ibodatga madoring yoq.

O'zingda tarbiyat bo'lmay bolang hulqi buzuq bo'ldi,
Alloh o'znig insof ber ded padar senda duoyin yo'q.
Boshinga g'am alam kelsa,yalingaysan birovlarga,
Madad bergin Ilohim dep Hudoyimga duoying yo'q.

Senga ikki og'iz so'zdir quloq solgin Foziljonga.
Bu dunyoda aziz do'stim Hudodin o'zga yoring yo'q..



 
shaddotDate: Juma, 08-Yan-2010, 23:21 | Message # 24
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

[size=12]Umringiz chang to'zib ketmoqda zavol,
Siz o'zi dunyoga nega keldingiz.
Choyhonadan chiqing sizga bir savol,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Palov, manti, sho'rva so'nggiga norin,
Top ichka sig'dirdi ne bo'lsa borin,
Yodingizda turdi kun bo'yi qorin,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Har hil rejalardan olib iqtibos,
Oddiy bir savoldan bo'lasiz xalos,
Ertani gapirmay turing iltimos,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Qalb Islom dardida to'lg'oq bilmasa,
Amriga shamoldek uchib yelmasa,
Muzlatgich to'lmasa uyqu kelmasa,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Jujuqlar tashvishi aylabon tobe,
Bozorlar sang'ibon izlaysiz tole,
Ayolingiz ko'nglin oldingiz vale,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Namoz chala-chulpa, duolar mubham,
Tilda oayt, qalbda foydali dirham,
Tirikchilik zo'r-u, bo'lmay xotirjam,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Yo'lingiz qarshilar gap farzandingiz,
Sovg'asiz kelmoqqa sig'mas haddingiz,
Xo'rozqand olishni unutmadingiz,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Ajabo sayrga chiqqaningizda,
Yoddan ko'tarilmas oilaviy g'am,
Ulfatu oshinolar buyurtmasi ham,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Ikkinchi uyingiz nomidir bozor,
Uning haqqin zinhor qilmaysiz poymol,
Bo'l, tez, deysiz, qolgan ishga yo'gar qor,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?

Jannat deysiz, biroq amallar ziddiy,
Qachon u kunga ham qaraysiz jiddiy,
She'rim oxirida oxirida savolim qat'iy,
Din uchun shu bugun nima qildingiz?




Message edited by shaddot - Juma, 08-Yan-2010, 23:23
 
JamilaDate: Shanba, 09-Yan-2010, 19:48 | Message # 25
Group: Ishonchli
Messages: 460
Status:
Qizlaringizni!..
Yumib dindan tamom ko’zlaringizni,
Nahot is bosibdir yuzlaringizni.
Haqqingiz yo’q aslo ota-onalar!!!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Dindan so’z ochilsa ko’zlaringiz lo’q,
Go’yo u dunyodan ko’ngil tamom to’q.
Insof qiling endi o’zingizda yo’q,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ro’molda kulsa gar kula olingiz,
Loaqal dinidan to’la olingiz,
Hijobiga hijob bo’la olingiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Shkur qiling gaplar otmayapti-ku,
Gunohlar qariga botmayapti-ku,
Ko’chada tanasin sotmayapti-ku,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Islom deganida yuraklar yumshab,
Qachon tura olasiz chaponni to’shab?!
Bechora jin chalgan telbaga o’hshab,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Shunda yo’qlik sari ravo bo’lmaysiz,
Behayo qizlarga momo bo’lmaysiz,
Johil avlodlarga bobo bo’lmaysiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Oy so’lg’in nigohin o’pib turadi,
Malaklar xizmatda chopib turadi,
Ro’moli dinini yopiq turadi,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Hursand bo’lmaysizmi hilm istasa?!
Nafsingiz buncha ham zulm istasa?!
Boshingiz egilsin ilm istasa!...
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ikki dunyoda ham g’ov bo’lib yurmas,
Ilohiy amrga yov bo’lib yurmas,
Hamma nigohlarga ov bo’lib yurmas,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Vaxshiy tuyg’ulardan asrab avaylang!
Qalbiga ilohiy amrni joylang!
Musulmonsiz ahir, iltifot aylang!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Uchramas folbin-u ham kinnalarga,
Qalbini itarmas cho’g’ o’rnalarga,
Yo taqlid qilsinmi, Madonnalarga?!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Sizga suyaniblar turgisi kelar,
Asri saodatni ko’rgisi kelar,
Fotimaga o’hshab yurgisi kelar,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Atrofga bir boqing fahshiy og’izlar,
Erkaklardan battar shaddoda qizlar,
Yalang’och dunyoga yetar be xislar,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Tosh ham xayron qolgan murg’ak boshimi,
Toboro ezmoqda tana bosimi,
Erlarga buyursin erkakning shimi,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Avlodlar dastidan ohlamaysizmi?!
Zolimlar yetishsa choxlamaysizmi?!
Buxoriy chiqishin hohlamaysizmi?!
Din yo’lidan to’smang qizlaingizni!!!

Eski jaholatni dildan o’piring!
Muqaddas tuyg’udan endi shopiring!
Sobiq sho’rolarning tusin tupuring!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ko’p ham zulm bermang bu ko’cha tordir!
Alarming duosi maqbulu yordir!
Ojizalarning ham Robbisi bordir!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ohirgi ulushim din ilhomidin,
Oliblar tugatgum ko’ngil shomidan,
Tik turib so’rayman ummat nomidan!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Qaytarib oling bad so’zlaringizni!
Qiyomat kunida rasvo holatda,
Ko’rmayin desangiz yuzlaringizni!!!

Xayrulla Hamidov


ღ♥.Jamila.♥ღ
 
VisolaDate: Shanba, 09-Yan-2010, 22:00 | Message # 26
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
YO,MUHAMMAD SAV!!!
Buroq otni keltirdilar,
Min Muhammad, dedilar.
Minmagayman Jabroil,
Ashobim minmaguncha.
Minmagayman Jabroil,
Ummatim minmaguncha.

Sirotni keltirdilar,
O't Muhammad, dedilar.
O'tmagayman Jabroil,
Ashobim o'tmaguncha,
O'tmagayman Jabroil,
Ummatim o'tmaguncha.

Kavsarni keltirdilar,
Ich Muhammad, dedilar,
Ichmagayman, Jabroil
Ashobim ichmaguncha,
Ichmagayman,Jabroil,
Ummatim ichmaguncha.

Jannatni keltirdilar,
Kir Muhammad, dedilar,
Kirmagayman Jabroil,
Ashobim kirmaguncha.
Kirmagayman Jabroil,
Ummatim kirmaguncha.



 
VisolaDate: Shanba, 09-Yan-2010, 22:01 | Message # 27
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
GIYBAT!
Биласизми, ёмонлик кўзлаб
Лек яхшилик қиляпсиз, менга!
Савобингиз олиниб сиздан,
Гуноҳларим ортилгай сизга!

Шунинг учун жуда мамнунман,
Қандай узай, лек қарзларимни?
Ғийбат қилиб уззу кун тинмай,
Олаяпсиз гуноҳларимни!



 
VisolaDate: Shanba, 09-Yan-2010, 22:02 | Message # 28
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
Ayirma joynamozimdan!..
Judo etma hamrozimdan,
Qiblaga poyondozimdan,
Jonim bilan chiqar bilsang,
Ayirma joynamozimdan...
Yurak sajda bilan tirik,
Ibodatda yo'qdur hadik,
Tunlarimga tanho sherik,
Ayirma joynamozimdan.

Yoshim artar yig'laganda,
To'shagimdur uxlaganda,
G'amdoshimdur xohlaganda,
Ayirma joynamozimdan.

Onamga ham aytmas so'zim,
Tunlar unga aytdim o'zim,
O'yib olgin mayli ko'zim,
Ayirma joynamozimdan.

Haddan ortiq bo'lsa ham keng,
Firdavs bobi yo'limga teng,
Bu judolik o'limga teng,
Ayirma joynamozimdan.

Sodir etib dastlab xato,
Sajda qilmish Odam Ato,
Balki senga oddiy mato,
Ayirma joynamozimdan.

Majnun uchun go'yo Layli,
Qalb huzurda namoz zayli,
Kafandan judo et mayli,
Ayirma joynamozimdan.

Qalb uyiga yo'lay ko'rma,
Narxi o'gir to'lay ko'rma,
Borim shu,ko'z olaytirma,
Ayirma joynamozimdan.

Judo etma hamrozimdan,
Qiblaga poyondozimdan,
Jonim bilan chiqar bilsang,
Ayirma joynamozimdan...



 
VisolaDate: Seshanba, 12-Yan-2010, 21:04 | Message # 29
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
Qizim

Hayol surma, hayollar yomon
Tuyg'ularga bermagin izn
Qur'on harfin o'rganib obdon
Salim qalbga ega bo'l qizim.

Fisqqa chorlov seni yo'llardan
Kimdir izlar yolg'on hizrni
Mening munis muslima qizim
Ro'molingla yop televizorni

Sen dunyoga teran boqmoqni
Qur'on hamda sunnatla izla
Dunyo mayda-chuyda deb kuysa
Sen eng katta savdoni ko'zla

Bu savdo-ki latta-puttaga
Aldanmagan hayotiy ertak
Sen Oishaga, Fotimalarga
Yopishib ol misoli pechak

Hech ularni qo'yib yuborma
Sen ularni chindan bil ONA,
Boshingdagi ro'mol yechilsa
Boshing ila tushsin mardona

Qalbing ila haqni tanigin
Berilmagin falsafalarga
Zargar dunyod aslida bitmish
Yolg'on yashiq safsatalarga

Qizim mening, muslima qizim
Aqidangda hotirjam qolgin
Xatto onang tobutin ko'rsang
Allohdanmiz deb ayta olgin

Bilib qo'yki dunyo bevafo
Manzil oldi nasihat so'zim
Mendan ko'ra Rosulullohni
Yaxshi ko'rsang roziman qizim.

Moderatrodan:

Muallif: Xoyrulloh Hamidov



 
VisolaDate: Chorshanba, 13-Yan-2010, 20:57 | Message # 30
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
DERLAR

Har nimani ayladim orzu,
Lekin menga hamroh bir tuyg‘u,
Yoshligimdan tinglaganim shu:
Oltin olma, duo ol, derlar,

Oltin qo‘ldan ketar-u, ammo
Har kun senga hamrohdir duo
Foydaliroq istasang savdo -
Oltin olma, duo ol, derlar,

Bir kun kelar Qiyomat qoim,
Qutqaradi meni duoyim.
Tajribadan o‘tganlar doim:
Oltin olma, duo ol, derlar,

Qo‘l ochganda bobom duoga:
Iltijo aylaydi samoga:
"Tatir senga ikki dunyoga
Oltin olma, duo ol", derlar,

Bilki, dunyo bizga qafasdir,
"O’tda kuymas" degani asli
Oltin uchun ta’rif emasdir
Oltin olma, duo ol, derlar,

Bil, ey bolam, qilma so‘ng attang,
Ahvoling bir kun bo‘ladi tang
Arsh ostida turmoq istasang,
Oltin olma, duo ol, derlar.



 
Search: