RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Модератор форума: DURDON, SAKINA  
Islomiy she`rlar
DURDONДата: Juma, 05-Apr-2013, 10:40 | Сообщение # 106
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Нечун мен тақводор бўла олмайман?

Наҳот мен тузалмас дардга йўлиқдим,
Руҳим сувдан олиб, ўтларга тиқдим,
Нафсим-ла курашиб, роса толиқдим,
Наҳотки бу дарддан қутулолмайман,
Нечун мен тақводор бўла олмайман?

Сизлар шодон кулиб, тинч юрган маҳал,
Мен нафсим оғзига тутаман заҳар,
Тинмай курашаман ҳар шому-саҳар,
Сизлар каби шодон кула олмайман,
Нечун мен тақводор бўла олмайман?

Руҳим азоб олар дил хиралардан,
Қачон озод бўлгум бу яралардан,
Айрилсайдим баъзи хотиралардан,
Бу дардни ўзимдан юла олмайман,
Нечун мен тақводор бўла олмайман?

Лекин шукр қилгум, йўқ кам-кўстларим,
Бир ён яқинларим, бир ён дўстларим,
Ҳамма нарсам бутун, лек тақво ярим,
Наҳот тўлин ойдек тўла олмайман,
Нечун мен тақводор бўла олмайман?

Танамда ҳеч дард йўқ, лек руҳим бемор,
Айбларим айтмоққа қиламан-да ор,
Айтинг, не қиламан, менда кўп айб бор,
Бу дарднинг давосин била олмайман,
Нечун мен тақводор бўла олмайман?

Ҳисларимни айблаб, ўтда чўғлайман,
Ёлғизликда танҳо қалбим тиғлайман,
Хилватларга бориб, тинмай йиғлайман,
Нафсим ўзимга қул қила олмайман,
Нечун мен тақводор бўла олмайман?

Қанийди бу дарддан бутунлай тонсам,
Майли туни бўйи азобда ёнсам,
Лекин пок руҳ ила қайта уйғонсам,
Наҳот соф қалб билан ўла олмайман,
Нечун мен тақводор бўла олмайман?

Иброҳим Муҳаммад


 
DURDONДата: Payshanba, 11-Apr-2013, 10:59 | Сообщение # 107
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Тирикларга йиғлаш

Бир инсоннинг бу дунёдан кетганда волидаси,
Асло кўз ёш тўкмабди у – қотганмикан дийдаси?
Лекин дўсти ароқ ичса, йиғлармиш уввос солиб,
Дўстига кўп йиғи қилмиш, ўлган онаси қолиб.
Одамлар ҳам айтар эмиш: “Бу – бир ахмоқ ё мажнун,
Ўлганга ҳеч йиғламас-у, тирикка йиғлар нечун?
Сенда номус борми ўзи, шуми оқибат, ҳайҳот,
Онанг ўлди, лекин дўстинг юрибди мана – ҳаёт”.
“Биродарлар, билсангизди онамнинг ҳаётини,
Бахт келганда шукрини-ю, дард келса саботини.
Ҳар қадамда билар эди ўзлигин ожиз банда,
Шул сабабдан ибодатни қиларди – қилмай канда.
Иншааллоҳ, обод бўлса онамнинг охирати,
Бундай буюк неъмат учун йўқ йиғининг ҳожати.
Лекин дўстим ўлиб бўпти тириклик чоғидаёқ,
Иймон кетар бу ҳолатга йиғламайин мен қандоқ?!”
Ҳа, азизлар, замонимас ўлганларга йиғлашнинг,
Тирилмайди, фойдаси йўқ – юрак бағир тиғлашнинг.
Асли, йиғлаш лозим бўлди тирик виждонсизларга,
Ҳам уларга, ҳам сизларга, ҳамда биз “азизлар”га!

Muallif: Ibrohim Muhammad


 
DURDONДата: Chorshanba, 24-Apr-2013, 16:29 | Сообщение # 108
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Muslima tavbasi

Allohim kechirgin bor gunohimni,
Rabbim using avf etgin, menday gumrohni.
Yelkamga qo'yibsan ikki hamrohni,
Savob gunohimni yozguvchi ikki guvohni.

Boshimga o’ramay yoshlikdan hijob,
Kalomingni avvalroq qilmadim hitob.
Hech bo’lmasa o’qimadim Islomiy kitob,
Keyin bilsam bariga bor ekan hisob.

Qiyomat kunida yig’ilib barcha,
Mahshargohda navbatlarin kutarlar ancha.
Seni tanimagan bandang bor qancha,
Jahannam o’tida o’tindir parcha.

Asragin ey Robbim mushrik bo’lishdan,
Do’zahning o’tida kuyib yonishdan.
Seni bilib turib fosiq bo’lishdan,
Qabrimga kirganda azob ko’rishdan.

Qalbimga taratgin ziyo nurini,
Sifat qilib bergin hayo durini.
Hamroh qilib bergin Jannat hurini,
Adashtirmay ko’rsatgin Islom yo’lini.

Allohim gunohlarim kechirgin bu kech,
Sening zikringni aytib tildan qo’ymam hech


 
SAKINAДата: Juma, 26-Apr-2013, 12:16 | Сообщение # 109
Группа: IJODKOR
Сообщений: 2601
Статус:
Suvda suzgan baliqlar,
O’sib chiqqan tariqlar,
Deydilar: “Alloh, Alloh!
O’zing ber bizga panoh”.

Suvda suzgan qunduzlar,
Osmon ichra yulduzlar,
Deydilar: “Alloh, Alloh!”
Har kechayu-kunduzlar.

Yerdagi o`t-o`lanlar,
Dalaga don ekkanlar,
Deydilar: “Alloh, Alloh!
O’zing ber bizga panoh”.

Uchib yurgan qushchalar,
Yoqqan qoru-parchalar,
Deydilar: “Alloh, Alloh!”
Har kuni har kechalar.
 
SAKINAДата: Juma, 26-Apr-2013, 12:16 | Сообщение # 110
Группа: IJODKOR
Сообщений: 2601
Статус:
Allohim

Allohim, O’zingga bosh eggan banda
Boshqalar nazdida eng kuchli odam.
Allohim, islom-la ulg‘aygan tanda
Kibru-u riyo bo‘lmas zarra bo‘lsa ham.

Allohim, Sen uchun boshin egmagan
Har kim qarshisida yotganin ko‘rdik.
Allohim, lahzalik rohatni debon
Oqibat alamlar totganin ko‘rdik

Allohim, Qur’onga bo‘ysungan inson
Aziz-u mukarram yashadi, o‘ldi.
Allohim, eng so‘nggi nafas bermish on
Tug‘ilgan sof fitrat unga yor bo‘ldi.

Allohim, kaloming bilmagan banda
Oddiy sinovlarda yo‘lidan qaytmish.
Allohim, unga ham o‘lim kelganda
Otasin, bolasin ismini aytmish...

Allohim, iloh yo‘q Sendan bo‘lak, deb
O’tganning hayoti bo‘lmish mazmunli.
Allohim, eng so‘nggi go‘zal tilak deb,
Umrini o‘tkazmish g‘amli, mahzunli.

Allohim, Seni bir, demayin o‘tgan
O’ziga ilohlar yaratib olmish.
Allohim, tog‘lar ham uchib yurgan on
Ul bandang do‘zaxda abadiy qolmish.

Allohim, bu ikki bandang hikmati
Butun bir dunyoga o‘xshaydi bugun.
Allohim, Senga qo‘l cho‘zilgan payti
So‘rayman: hidoyat ber bizlar uchun
 
SAKINAДата: Juma, 26-Apr-2013, 12:17 | Сообщение # 111
Группа: IJODKOR
Сообщений: 2601
Статус:
Savob
Avji saratonda hansirab, yonib,
Qovrilib olovli yo’llar taftida,
Muzdayin buloqdan suv ichgan qonib,
Hordiq olganmisan chinor tagida?

Ruhingni safoyu taningda mador,
Umidbahsh ko’shiqlar kuylaganmisan?
O’sha payt, o’sha on hech qursa bir bor
Chinorni kim ekkan – o’ylaganmisan?

Ro’baro’ kelding sen toshqin daryoga,
Qolding sohil uzra chorasiz, giryon,
Lekin yuliqqanday ajib ro’yoga,
Qarshingda bir ko’prik bo’ldi namoyon.

Bamisli uzala tushgan xor vujud,
Ko’targay u turfa insonlar korin.
O’tding sen daryodan salomat va but,
Lekin o’yladingmi ko’proq me’morin?

O’rmonlar bag’rida sayr etgan sayyoh,
Changalzor qo’ynida sargardon ovchi,
Mo’jaz boshpanani ko’rdingmi nogoh,
Uni qoldirmishdir qay bir yo’lovchi.

Qoldirmish u senga qaro kun uchun,
Bir chimdim tuz bilan juft chaqmoq tosh.
O’ylab ko’rganmisan, bu himmat nechun,
O’ylab ko’rganmisan, kimdir u g’amdosh?

Ha, inson umrining kechmishi ajab,
Goh, to’ng’ar, goho u yashnar qulf urib …
O, balki qaysi bir fidoyi sabab,
Yuribsan sen hayot nash’asin surib.

Ayt, axir o’zing ham to borsan sobit,
Kimsaha nasiba uzatganmisan?
Ko’changdan lapanglab o’tganda tobut,
Sen uni to’rt qadam kuzatganmisan?

Chorasiz bir inson uchragan damda,
Unsiz so’rog’iga qildingmi javob?
Ayt-chi, bilarmisan, yorug’ olamda
Bularning barchasi atalgay savob.

Yo’q, yo’q, o’zga erur bid’at va karam,
Himmatu saxovat tiriklarga xos.
Bobolar beta’ma qurgan dunyo ham
Asli savob uchun qolgan bir meros

Kimdir tuzar uni, kimdir buzadi,
KImdir borini ham qiladi barbod.
Kimdir ta’ma bilan dunyo kezadi,
Kimdir o’ksuk dilni etadi obod.

Savob deb ungraydi dunyomiz behold,
Zordir u najotbaxsh hislar sehriga.
Janglarda toliqqan majruh zot misol,
Suyanib yashar u inson mehriga.

To hayot ekanmiz savobga zormiz,
Yilt etgan shu’ladan dillar fayziyob.
Goh ga’mgin, goh esa umidga yormiz,
Yo’qolmasa deymiz dunyoda savob.

Axir uning bilan gullagay ochun,
Axir uning bilan umrlar shoyon.
Faqat savob borki, ajahon buc –butun,
Faqat savob borki, azizdir Inson!
 
DURDONДата: Juma, 24-May-2013, 03:16 | Сообщение # 112
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Nafs qilar isyon, ojizdir iymon.
O'zin halokatga otmoqda inson.
Nima kutmoqda - achchiq pushaymon!
Kutmoqda Jahannam qizigan chunon.

Har lahza, har on, o'limdir mehmon,
Nega g'aflatdamiz bo'lib parishon?
Molu davlatimiz bo'lolmas qalqon,
Marhamat qilmasa bizlarga Rahmon!

Bir kun umrimiz ham topgaydir poyon.
Chunki amonatdir tanamizda jon.
Ohir topgaydirmiz qabrdan makon
Jismimiz tuproqqa bo’lgaydir pinhon,

Nega Jannatimiz sotyabmiz arzon?
Yo bog'dan afzalmi cho'lu biyobon?
Saodatdan ayrilsak qiliblar fig’on,
Bir kun bo’lmaydimi ohimiz osmon?

Mana Mashhargohda jamdir olomon,
Soya joy izlaydi boqib har tomon.
Soya joy ne qilsin bunda ey nodon,
Faqat ro’zadorlar bu Kunda omon

Tarozi keltirib qo’yilar shu on,
Avval namozingdan so’rar begumon.
Agar bo’lmay desang shu Kunda giryon,
G’aflat - ma’siyatdan vaqtida uyg’on.

Iltijo qilamiz Sendan so’rabon
Allohim bizlarni qilmagin sarson,
Jamoling bizlarga bo’lmasin armon.
Murodiga etsin har bir musulmon!



 
DURDONДата: Chorshanba, 29-May-2013, 06:10 | Сообщение # 113
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Yig'lamang sinovlar yog'sa paydar-pay,
Yig'lamang dard sizni qiynasa tinmay,
Yig'lang, Shahodatsiz to'htasa zabon,
Yig'lang, ajal yetsayu kirmasa iymon.
***
Yig'lamang tuhmatlar boshingiz egsa,
Nomard otgan paykon nishonga tegsa,
Yig'lang, nafsni deya sotilsa vijdon,
Yig'lang, ajal yetsayu kirmasa iymon.
***
Yig'lamang, sevgan yor aylasa jafo,
Yig'lamang, dunyoni tark etsa vafo,
Yig'lang o'g'il otani bag'rin qilsa qon
Yig'lang, ajal yetsayu kirmasa iymon.
***
Yig'lamang, olamni suv bossa butkul,
Yig'lamang, shaharlar yonib bo'lsa kul,
Yig'lang, qabrni cho'g' aylasa makon,
Yig'lang, ajal yetsayu kirmasa iymon.
***
Yig'lamang, boy berib qo'yib mansabni,
Yig'lamang ey do'stim, asrang asabni,
Yig'lang, zalolatga yuz tutsa zamon,
Yig'lang, ajal yetsayu kirmasa iymon.
***
Yig'lang fahshu zino bo'lsa hukmron,
Yig'lang sajda qilish bo'lganda armon,
Yig'lang har ishda bosh bo'lsa sayton,
Yig'lang, ajal yetsayu kirmasa iymon.


 
DURDONДата: Dushanba, 10-Iyun-2013, 03:42 | Сообщение # 114
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
СОДИҚЛАР билан бирга қил!

Парвона бўлганда дўсту-ёронлар—
Жисмимда фарахлик бўлганда ҳосил.
Қалбимни маст қилса бахтиёр онлар,
Аллоҳим СОДИҚЛАР билан бирга қил!

Ҳиссиз дил, ҳиссиз руҳ, ҳиссиз таналар
Менга улфат бўлса нодон ва жоҳил.
Керакмас шуҳрату бу тантаналар,
Аллоҳим СОДИҚЛАР билан бирга қил!

Бўғзимга тиқилган дамда ғам-алам,
Қайғулар юкидан эзилганда дил.
Мажруҳ дилгинамга айлагин малҳам,
Аллоҳим СОДИҚЛАР билан бирга қил!

Синовлар заҳмати оғир келганда,
Бошимга фитналар келса хилма-хил..
Мен ғарибни ҳамма душман билганда,
Аллоҳим СОДИҚЛАР билан бирга қил!

Ризқим бўлиб адо, ажал келган дам—
Мен учун бу дунё бўлганда ботил.
Руҳим бу танамдан ажралганда ҳам
Аллоҳим СОДИҚЛАР билан бирга қил!

Тоғлар титилганда, ёрилиб само,
Шоҳона қасрлар бўлганда чил-чил.
Бирга қил аброрлар бирлан доимо...
Аллоҳим СОДИҚЛАР билан бирга қил!

Маҳшарга тўплангач барча халойиқ,
Вужуд терга ботиб осилганда тил.
Соянгга мени ҳам айлагин лойиқ,
Аллоҳим СОДИҚЛАР билан бирга қил!

Роббим жаннатингдан этма бенасиб—
Фирдавс боғларига айлагин дохил,
Жамолинг кўришга айла муносиб!
Аллоҳим СОДИҚЛАР билан бирга қил!

Абу Муҳаммад Бухори


 
DURDONДата: Seshanba, 11-Iyun-2013, 04:49 | Сообщение # 115
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
FAQAT TAQVODORLAR YUTIB KETISHDI.

Hoqonu,sultonlar ko'kraklar kerib,
Dunyoni chang’itib o'tib ketishdi,
O’ýlasam, dunyoni ularga berib
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.

Dunyo kimlargadir tuyuldi qafas
Ba'zilar qalbiga o'rnashdi havas
Qasrlar oshigí Firávn emas
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi

Boylikka ko’ngil qo’y ammo bir kecha
Ko’zing ochilmaydi yumgan holingcha
Garchi bu o’yinda turli natija,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.

Bi birini pul deya pichoqlaganlar
Ko’ngil mexvarini pachoqlaganlar
Qani bu dunyoni quchoqlaganlar
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi

Kuy qo’shiq ostida hofizlar qator,
Tashna ko’ngillardan tarqatib g’ubor
Vale o’zlariga tikibdilar dor
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.

Dunyoni ortiqcha baxoladilar,
O’liklar qabrini daxoladilar.
Past nazar kimsalar xaxoladilar,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.

Bu millat bir erur, Rusmi you Dungan,
Yo Hitoy elida Uygúr tugílgan,
Dunyoning narhini to'g'ri tushungan,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi.

Dunyo tarifing ko'p tinglab kulaman,
Gohida tushunmay gámgin bo'laman,
Ertaging ohirin ahir bilaman,
Faqat taqvodorlar yutib ketishdi!!!


 
DURDONДата: Payshanba, 13-Iyun-2013, 07:30 | Сообщение # 116
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Hikmat yog'dusi

Ne tilaging bo‘lsa, Allohdan tila,
Yo‘qsa ishing to‘xtar, uzayar ohing.
Har ishni boshlagin Alloh nomi-la:
“Bismillahir rohmanir rohim...”

Allohga hamd bo‘lsin, cheksiz beadad.
Uning hukmidadir osmonu zamin.
Maqtovga loyiq zot Allohdir faqat:
“Alhamdulillahi robbil ‘alamin...”

* * *

Borligiga keltir imon,
Tog‘u toshlar bunga shohid.
Alloh birdir, bunga inon:
“Innama ilahun vahid...”

Shafqat, marhamat-la yorlaqar bizni,
Maxluqotlar rizq-ro‘zin yetkazur doim.
Taqdir etgan Udir har ishimizni:
“Zalika taqdirul azizir-rohiim...”

U iroda etsa mutlaq bo‘ladir,
Unga pinhon emas har yon, har iqlim.
Hatto ko‘nglingdagi sirni biladir:
“Vahuva bikulli shay’in aliym...”

* * *

U qulni kechirgay, U rahm qilar,
Go‘zal ismlari Raufu Rohiym.
Tavba qilganlarni bilgin afv etar:
“Innahu huvat-tavvabur-rohiym...”

Alloh va’dasidir: yetkazar rizqing,
Shubhasiz, bu qulga buyuk marhamat.
Namoz o‘qi. Zakot ber qodir bo‘lsang:
“Va aqimus-solata va atuz-zakat...”

Inson tafakkurda, harakatda hur,
Amallarda sokin, xotirjam bo‘ling.
Alloh qilganingiz har ishni ko‘rur:
“Vallohu basiyrun bima ya’malun...”

Uning izmidadir zaminu samo,
Har ish amri ila bo‘ladi sodir.
U har ishga mohir, qodir doimo:
“Vallohu ‘ala kulli shay’in qodir...”

* * *

Alloh sabr aylagan qulni sevadi,
Mo‘min yuksaladi sabr etgan sayin.
Alloh sabrlilar bilan birgadir:
“Innalloha maas-sobiriyn...”

Allohga ko‘p shukr aytgan baxtiyor,
Zero, U har damda – sizdan xabardor.
U bilar chin shokir banda asli kim.
“Fainnalloha shakirun aliym...”

Uning oyatlari ko‘p,
Kofiy bunga ko‘k va suv.
Undan o‘zga Tangri yo‘q:
“La ilaha illa hu...”

* * *

Kim u o‘zin sanar juda quvvatli?
Axir hamma uchun hisob bor, hisob.
Allohning azobi, qattiq shiddatli:
“Va innalloha shadidul azab...”

U afv etguvchidir, kechirgay albat,
Nadomat chekib, chin tavba qilaylik.
Alloh gunohlaring aylar mag‘firat:
“Innalloha g‘ofurur rohiym...”

Yomonlikka yaxshilik qilsang ajr bor,
Yaxshilik, go‘zallik – shiori dinning.
Alloh ehson etgan qullarni sevar:
“Innalloha yuhibbul muhsiniyn...”

Fasod bir ilondir, boshin darhol ez,
Fasodchining ishi oxiri barbod.
Alloh fasodchini yomon ko‘radi:
“Vallohu la yuhibbul fasad...”

Insonlar barchasi bir asldandir,
Bo‘lsa ham biri oq, biri qoratan.
Bir millat bo‘lgani shundoq ayondir:
“Kanan – nasu ummatan vahidatan...”

Mumkinmi bir nima Undan yashirmoq?
U hammasin ko‘rar, bilar – qolmas sir.
Hamma ishimizni ko‘rmoqda Haq-rost:
“Innalloha bima ta’maluna basiyr...”

Eng to‘g‘ri qarorni Sen berasan, Sen,
Ey ulug‘ Allohim, ey ulug‘ Rabbim.
Har neni eshitib ham bilasan Sen:
“Innaka antas-sami’ul aliym...”

Musulmon hech kimni urmas va so‘kmas,
Qidirmas kimsani qiynamoq yo‘lin.
Shubha yo‘qdir, Alloh zolimni sevmas:
“Vallohu la yuhibbuz-zolimiyn...”

Sabr etgan doimo murodga yetar,
Ey mo‘minlar, siz ham murodga yeting.
Alloh ham sabrli qullarin sevar:
“Vallohu yuhibbus-sobiriyn...”

Turk tilidan Abdumurod Xolmurodov tarjimasi,
“Hikmat yog‘dulari”


 
DURDONДата: Dushanba, 17-Iyun-2013, 00:54 | Сообщение # 117
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Ўзим кечиролмас гуноҳларимни,
Кечиришни, сендан сўролмайман ҳақ.
Ўзим ёққан алам оловларини,
Ўчиришни, сендан сўролмайман ҳақ.

Тавба қилай десам, жойномозда чўғ,
Куяман, алифга айланмайди тил.
Аллоҳ сендан буюк, сендан улуғ йўқ,
Раҳмимни егин-у, ўзинг раҳм қил.

Нафс пардаси боғлаб қўйган кўзимни,
Адашиб кетганман сўқмоқлар аро.
Еб қўйгим келяпти ўзим-ўзимни,
Юрагим эзилар тўқмоқлар аро.

Қуръонга интилдим, ҳеч етиб бўлмас,
Ёнига йўлолмам, бўғзимда йиғим.
Ҳеч кайси амалинг менда тўкисмас,
Кўзимдан қон тилар, кипригим- тиғим.

Менга қиёматни кутиш шарт эмас,
Ислом ҳақ, Куръон ҳақ, биламан эгам.
Маҳшарда мен сендан олий бахт эмас,
Олий жазоимни кутаман эгам.

Тақдир китобимни ўзинг ёзгансан,
Ўзинг ёзгайдурсан, хотимани ҳам.
Сенинг ажрингга-ку жон садқа қилсам,
Раббим жазоинг ҳам мен учун карам.



 
DURDONДата: Dushanba, 17-Iyun-2013, 00:56 | Сообщение # 118
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
MEN HAM SENGA YETARMANMI?

Ka’batulloh, Alloh uyi, men ham senga yetarmanmi?
Gunohlarim avfin so’rab, tavbam izhor etarmanmi?
Ki jon tanda omonatdur, ul joyda tong kutarmanmi?
Umidvorman bir bormoqqa, yo armonda ketarmanmi?

Sani tavof aylab kelgan, birodarlar ko’p maqtashur.
Suhbatlarin tinglaganda senga mehru ishqim oshur.
Gar bo’lsa zang ketar edi, bo’lur edi qalbimda nur.
Egam, karam etgil yoki qo’lda yo’q, deb o’tarmanmi?

Bir muslima ishonar qodir Egam qudratiga
Chin ixlos-la niyat qilib yetay men ham himmatiga.
“Labbaykani” aytish nasib etsin menday ummatiga,
Alloh uyi Ka’batulloh, men ham senga yetarmanmi !


 
DURDONДата: Yakshanba, 23-Iyun-2013, 17:02 | Сообщение # 119
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Кофирларни зиндонлари
тўлди бугун мусулмондан,
Айби фақат иймонлари
бўлди афзал азиз жондан.

Катта-кичик ва ўғил-қиз ётар
зиндонлардаёлғиз,
Дуо қилинг биродарлар,
халоскори бўлайлик биз.

Биродарлар маҳзун ҳолда
халоскорин кутар доим,
Нусратингни бер Аллоҳим,
ижобат қилгин дуоим.

Ифлос, ахлат жойдан баттар,
совуқ зиндонларда ётар,
Қачонгача биродарим дарду
аламларин ютар.

Совқотган бармоқ билан
артар кўздаги ёшларин,
Хаёл суриб эгилганда
кўтармаслар бу бошларин.

Ҳижоб кийган муслималар
чиқа олмас зиндондалар,
Сақлай олмас номусларин....
йиғлар фақат бечоралар.

Биродарлар озиб қолган,
жасадда қувват йўқолган,
Ҳатто золим муттаҳамлар азоб
беришликдан толган.

Қалби тошдан баттар қотган,
виждонларин пулга сотган,
Бундан ортиқ ваҳший бўлмас,
азоблашдан лаззат топган.

Азобларни таърифласам,
тилим бормас айтай десам,
Қани ўша кофирларни мен
ҳам шундай азобласам.

Очлик билан кунлар ўтар,
йиғлаб бедор тунлар ўтар,
Аллоҳ ёди билан доим,
қалбдан дарду алам кетар.

Ғамгин бўлманг биродарлар,
насиб бўлса кўришармиз,
Сизни озод қилиш учун
жон чиққунча уришармиз.

Кўргим келар юзингизни,
ёшдан тўлган кўзингизни,
Бу Аллоҳни тақдиридир,
кўп қийнаманг ўзингизни.

Ҳатто ўтмас пичоқлар
ҳам чархлаганда ўткир бўлар,
Шунга ўхшаб иймонлар ҳам
мусибатдан нурга тўлар.

Ҳақда турса мусулмонлар
келар шундай имтиҳонлар,
Қийналади ширин жонлар,
кўп тўкилар азиз қонлар.

Гуноҳлари биргаликда
тўкилмоқда қонлар билан,
Раҳмон жаннат алмашмоқда
ширин-ширин жонлар билан.

Аллоҳ шаҳидларни бугун
ҳузурига танлаб олди,
Афсус ғариб Ислом,
бугун кофир зиндонида қолди.

Азобларни дўстларимга
роҳат қилгин, эй Аллоҳим!
Мазлумларни Сен Ўзингга
дўст деб билгин, эй Аллоҳим!



 
DURDONДата: Chorshanba, 26-Iyun-2013, 01:01 | Сообщение # 120
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Азобга асирдир бечора кўнгил,
Равшанлик хоҳлайди зулматгоҳда дил,
Ўзинг менга энди бир марҳамат қил,
Қалбимни хақ йўлдан буриб қўймагин.

Нафсим хоҳишини қайтара олай,
Тағин суруримни йўқотиб қўймай,
Шайтон алдовидан омонда бўлай,
Қалбимни хақ йўлдан буриб қўймагин.

"Ота боболарим мўмин бўлган" деб,
Яшамай "Шунинг чун мусулмонман" деб,
Яшайин уларни сен учун севиб,
Қалбимни хақ йўлдан буриб қўймагин.


 
Поиск:
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
UzigaBek online