RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Страница 1 из 10
  • 1
  • 2
  • 3
  • 9
  • 10
  • »
Модератор форума: DURDON, SAKINA  
Islomiy she`rlar
bushroДата: Payshanba, 26-Mar-2009, 17:07 | Сообщение # 1
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
Assalomu aleykum wr wb.

Bu yerda Islomiu she'rlardan bahramand bo'lasizlar.

O'zizni ijodlariz yoki islomiy sherlar bo'lsa joylang



 
bushroДата: Payshanba, 26-Mar-2009, 17:08 | Сообщение # 2
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
OLLOH BOR.
Ko'ringan guyohdan ifor izlama,

Shabnamga termulib g'ubor izlama,

O'ziga yukunib yig'lasang goh-goh,

Nasibang berguvchi Olloh bor ,Olloh

Tiriksan ,tugamas sira armoning,

Mehnating,tuzingdan topgan darmoning,

Gullab ketmasa bas tilda yolg'oning,

O'zingni o'zingdan etolsang ogoh

Seni qo'llaguvchi Olloh bor ,Olloh

Odamzod azaldan tomoshaga o'ch,

Yo'bars yo'llaringda har kun kelmas duch,

Himoyaga topsang vujudingda kuch,

O'zing o'zgalarga qazimasang choh,

Seni asraguvchi Olloh bor Olloh.

Kunduz quyosh ,oqshomda oy arzanda,

Yo'lga yarashasan yursang Vatanda,

Nogoh chaqib olsa bitta gazanda,

Dod solma, axir bor boshingda panoh,

Shifoni berguvchi Olloh bor Olloh.

Kelibsan ayo do'st ,ketishdan qo'rqma,

Bobong o'tgan yo'ldan o'tishdan qo'rqma,

Mangu makoningga etishdan qo'rqma,

dildan chiqsa LA ILAHA ILLALLOH,

Bandamsan deguvchi OOLOH bor OLLOH.

Mahmud Tour qalamiga mansub



 
bushroДата: Payshanba, 26-Mar-2009, 17:09 | Сообщение # 3
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
Amalsizlik
Ba'zilar yoshlikni g'animat bilib,
Ilm o'rgandilar, kitob ko'rdilar.
Amalga kelganda beparvo bo'lib
Olgan ilmlarin chetga surdilar

Bundaylar oydin va to'lishgan kunda
Ko'zni bog'lab, tunni kutgan kabidir.
Bu xuddiki yerni haydabon unga
Urug' sepmay, meva kutgan kabidir



 
bushroДата: Juma, 10-Apr-2009, 21:25 | Сообщение # 4
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
Jum`aga boraylik
Bugun sahar chog`i poklanar inson
Paygambarga salovot etadi har on
Yaratganga shukr qilar begumon
Jum`aga boraylik, aziz birodar

Dunyo ishlarini bir chetga surar
Masjidda el qatori tizilib turar
Jannat ichra o`ziga imorat qurar
Jum`aga boraylik, aziz birodar

Juftu haloli ham ibodat qilar
O`gillari darsdan shoshilib chiqar
Kechga qolmayin deb yugurib ketar
Jum`aga boraylik, aziz birodar

Qushlar sayrashi mahliyo qilar
Tabiat Allohga hamd-sano aytar
Taajjubki, peshinda hammasi tinar



 
bushroДата: Juma, 10-Apr-2009, 21:29 | Сообщение # 5
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
uzur hammasini yozmagan ekanman
Jumaga boraylik
Bugun sahar chog`i poklanar inson
Paygambarga salovot etadi har on
Yaratganga shukr qilar begumon
Jum`aga boraylik, aziz birodar

Dunyo ishlarini bir chetga surar
Masjidda el qatori tizilib turar
Jannat ichra o`ziga imorat qurar
Jum`aga boraylik, aziz birodar

Juftu haloli ham ibodat qilar
O`gillari darsdan shoshilib chiqar
Kechga qolmayin deb yugurib ketar
Jum`aga boraylik, aziz birodar

Qushlar sayrashi mahliyo qilar
Tabiat Allohga hamd-sano aytar
Taajjubki, peshinda hammasi tinar
Jum`aga boraylik, aziz birodar

Yaratganga shukur, butun rizqimiz
Kuchli-quvvatlimiz, bordur ilmimiz
Farzni ado qilish bizning burchimiz
Jum`aga boraylik, aziz birodar

Bugun sahar chog`i poklanar inson
Paygambarga salovot etadi har on
Yaratganga shukr qilar begumon
Jum`aga boraylik, aziz birodar

Dunyo ishlarini bir chetga surar
Masjidda el qatori tizilib turar
Jannat ichra o`ziga imorat qurar
Jum`aga boraylik, aziz birodar

Juftu haloli ham ibodat qilar
O`gillari darsdan shoshilib chiqar
Kechga qolmayin deb yugurib ketar
Jum`aga boraylik, aziz birodar

Qushlar sayrashi mahliyo qilar
Tabiat Allohga hamd-sano aytar
Taajjubki, peshinda hammasi tinar
Jum`aga boraylik, aziz birodar

Yaratganga shukur, butun rizqimiz
Kuchli-quvvatlimiz, bordur ilmimiz
Farzni ado qilish bizning burchimiz
Jum`aga boraylik, aziz birodar



`



 
bushroДата: Chorshanba, 22-Apr-2009, 20:01 | Сообщение # 6
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
ALLOH GO`ZAL

Orazi gul, husni hilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Arsh arkida sulton o`zi,
Beaybu benuqson o`zi.
Poyiga cho`k, ul Zuljalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Nahri zilol, bag`ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…

Shoir tilak-ta’bim o`shal,
Ruhim o`shal, Rabbim o`shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal!..

Muhammad Yusuf



 
bushroДата: Chorshanba, 22-Apr-2009, 20:01 | Сообщение # 7
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
QOLGANLARGA SALOM O`LSIN

Biz dunyodan ketar bo‘ldik,
Qolganlarga salom o‘lsin.
Bizning uchun ezgu duo
Qilganlarga salom o‘lsin.

Ajal bukar belimizni,
So‘ylatmayin tilimizni,
Bemor edik, holimizni
So‘rganlarga salom o‘lsin.

Tanim oshkor ochilgaydir,
Yoqasiz to‘n bichilgaydir,
Bizni o‘pgay bir vajh ila
Yuvganlarga salom o‘lsin.

Azroil olgaydir jonimiz,
Qurir tomirda qonimiz,
Yoyib, tanga kafanimiz
Urganlarga salom o‘lsin.

Ketar bo‘ldik Do‘stimizga,
Yetolmadik qasdimizga,
Namoz uchun ustimizda
Turganlarga salom o‘lsin.

Bunda har kim ketmay netar
Borsa kelmas yo‘lga ketar,
Bizning holimizdan xabar
Olganlarga salom o‘lsin.

Miskin Yunus so‘zlar so‘zi,
Qonli yoshga to‘lmnsh ko‘zi,
Bilmaslar ne bilsin bizi
Bilganlarga salom o‘lsin!

Yunus Emro



 
bushroДата: Chorshanba, 22-Apr-2009, 20:02 | Сообщение # 8
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
MUNOJOT

Xoliqo!
Qoyilman o'z nuqsonima,
Ko'b jafo qildim o'zumni jonima.
Zoti pokingdan inoyat bo'lmasa,
Hech ishonchim yo'q amal qilg'onima.

Xoliqo!
Qildim faoli kundani,
Qilmog'il rasvo mani - sharmandani.
Sen agar rahmat niqobin yopmasang
Aybi ko'b,nuqsoni ko'bdur bandani.

Xoliqo!
To'ktum ibodat tosini,
San tuzarsan bandani kam-ko'sini.
Qo'llaring bulg'onsa isyon loyig'a
Oqizursan mag'firat daryosini.

Xoliqo!
Qildim gunohi beadad,
Jon berar holatda san bergil madad.
Nafsi shayton ilkidin qutqormasang,
Bo'ldi mushkul holimizg'a,yo ahad!

Xoliqo!
Yo avvalo,yo oxiro,
Nafsi shayton jonima bo'ldi balo.
Garchi Olloyor O'tarchidur yomon,
Qo'ymog'il dushman qo'lida mubtalo.

Xoliqo!
Tutdim farog'at xobini,
Istadim doyim jahon asbobini.
Garchi Olloyor erur g'arqi gunoh,
Och ango o'lganda rahmat bobini.

Xoliqo!
Umr ayladim foniy bilan,
Endi bandang zor yilor joni bilan.
Garchi Olloyor erur zoru zabun,
Jonin ol niri imoni bilan.

Xoliqo!
Poishlarim bosh aylasang,
Xirmani rahmat mango chosh aylasang.
Munda tavfiqim,chirog'im qo'lga ber,
Onda imonimni yo'ldosh aylasang.

Xoliqo!
Afv ayla o'tgan yoshima,
Yaxshi qullarni ato qil qoshima.
Go'r ichinda kelsa ikki so'rg'uvchi
Onda sen rahm ayla yolg'uz boshima.

Xoliqo!
Diydamg'a ashki zori ber,
Ko'ngluma doim muhabbat yori ber,
Obi kavsardin mani serob etib,
Ham mang'a ko'pruk o'tarda yori* ber.

Xoliqo!
Lutf et gadoyi zoring'a,
Bandadurman,zorman har bir koring'a.
Mag'firat daryosig'a g'arqob etib,
Ko'zlarim shoyasta qil diydoring'a.

Xoliqo!
Tuz aylagaysan rohimiz,
Mustajob etgil duoi ohimiz.
Tongla hayron bo'lsa xalq o'z holig'a,
Mustafoni qil shifoatxohimiz.

So'fi Ollohyor



 
bushroДата: Chorshanba, 22-Apr-2009, 20:05 | Сообщение # 9
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
Ey dunyoga mashg`ul bo`lgan zot
Cheksiz orzu aldar har mahal
G`ofillikda yurarsan naxot-
Xatto senga etgandaa ajal
O`lim kelar bir kun nogahan,
Amallarning ssantig`idir-qabr
O`lim ajak bilan yonma-yon,
Qil dunyoning azobiga sabr



 
bushroДата: Chorshanba, 22-Apr-2009, 20:05 | Сообщение # 10
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
Alloh yodi oshiqlardin xoli bo'lmas,
Haqiqat er bu dunyog'a mayl qilmas.
Hayron bo'lub bu dunyoni ko'zga olmas,
Man taqi bu dunyoni qo'ygum kelur.

Ma'rifat daryosinda g'avvos bo'lub,
Muhabbat gavharlarin olg'um kelur.
Tariqat maydoninda parvoz qilib,
Ul tubo daraxtiga qo'ng'im kelur.

Sulaymon Boqirg'oniy



 
bushroДата: Chorshanba, 22-Apr-2009, 20:06 | Сообщение # 11
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
Duo qiling,duo ayt demang,
Menda yo`qdir e`tiqot-iymon.
Duo qiling,duo ayt demang,
tangrim meni bilmog`i gumon.

Duo qiling,duo ayt demang,
kaftlarimdan gunoh to`kilar.
Shayton bo`lgan yo`lda hamrohom
ulfatlarim shaytonvachchalar.

Duo qiling,duo ayt demang,
Bismillohga aylanmas tilim.
Tangrim meni qanday eshitsin,
bir ibodat bilmagan umrim.

Duo qiling,duo ayt demang,
Joynomozga qadamim harom.
men bir osiy,men bir gunohkor
topmaganim bir hovuch iymon.

Duo qiling,duo ayt demang,
Duolarim asli kerakmas.
Duo qilsam,omin deguvchi,
Farishtam ham islomdan emas.

Duo qiling,duo ayt demang,
men bir osiy,men bir gunohkor...

Shamshir (26.11.05)



 
bushroДата: Chorshanba, 22-Apr-2009, 21:56 | Сообщение # 12
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
YO RASULALLOH!
Odam Ato boshlab bergan manhajni
Aylagan qabulsiz, yo Rasulalloh.
Tasdiqlab shahodat kalimasini,
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Me`rojga "marhaba" deb ko`tarilgan,
Yig`lagan Musoni ovutib ketgan,
Iysoni eng yaqin birodar tutgan
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Halilulloh bo`lmish Ibrohimga ham
Salovat aytishga undagan odam,
"Namoz - ko`zim nuri" degan so`nggi dam
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Og`ir yo`llarda ham bosib ming tikan
Har lahza ummatning qayg`usin egan,
So`nggi lahzada ham "Ummatim" degan
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Ba`zilar sunnatdan voz kechib ketmish,
Siz aytgan firqalar bo`ldilar etmish...
Bashar garchi turli yo`llar kashf etmish,
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Bilaman, dahshatdir tirilguvsi Kun!
Sizga izn bo`lgay shafoat uchun,
Tavhidni tutganlar salomat butun...
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Tinmagay ummatning tilovatlari
Qur`on taratmish hush tarovatlarin.
Allohning salomi, salovatlari
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.



 
bushroДата: Chorshanba, 22-Apr-2009, 21:57 | Сообщение # 13
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
Ollohim ko`rsatgin, olov azobin,
Badanim gulhanda qizdirgin bir dam
Suvsiz qoldirgin, qiynagin sokin
Suvsizlik dahshatin bilayin men ham

Shunchalr qiynaki, tushunayin ohir: -
Gunohning ajrini, qahringni Olloh.
Do`zahning taftini aylagin zohir
Iymonga kelsin deb notavon, gumroh

Sinoving oson qil, qiynama meni
Yaqinlar umrini etmasdan hazon
O`zimga ber azob, ko`rmayin uni
Judolik qayg`usi emas (e)kan oson

Yoki, ber aqil topmoqqa Iymon
Birovlar ibratin ko`rgan mahal
Kitobing anglayin o`qigan zamon
Badbaht qavmidan bo`lmasdan amal

Imtihon tongida kuydirma Olloh
Shaytondan asragin qalbu iymonim
Qo`ymagin bandangni qilmoqqa gunoh
Quvvat ber nafsimga, o`zing panohim.



 
bushroДата: Chorshanba, 22-Apr-2009, 21:58 | Сообщение # 14
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
ИСЛОМ АҲЛИМАН!

Бугун миллатчилик, маҳаллийчилик
Балоси дунёни қуршаблар олмиш.
Ўзини Муҳаммад аҳлиман деган
Инсонлар қалбида дўстлик йўқолмиш.

Бири «Мен фалоний мазҳабиман» дер,
Бошқасин раъйини буткул санар ёт:
«Қуръонда бўлса ҳам сенинг сўзларинг,
Бизга ундоқ ишни айтмаган устод».

Турли жамоалар, турли фирқалар
Очиқ кўролмаслик порлар зуҳрда
Аниқки, дўст тутиб куфр аҳлини
Мусулмон қавмини айблар куфрда.

Тағин тинмай ўқир саҳобийларни
Ҳазрати Билолга тасаннолар, деб.
Ака-ука бўлган мусулмонларнинг
Айбини эртадан то кеч ахтариб.

Салмони Форсийга шогирдмиз, дебон
Ҳайқирганлар ҳолин кўринг халафда.
Масжидлар бегона, сўзлашувлар йўқ,
Намоз ўқимаслар туриб бир сафда.

Мутаассиб қалби ҳар кун жўш уриб,
Иймон ҳаловатин тепкилаб кулар.
Имомга намозин топшириб туриб
Унинг орқасидан ғийбатлар қилар.

Ҳайҳот, бу умматнинг ҳар кун дарсида
Тахминан шундайин ривоят янграр:
«Али шамолласа, Усмон ҳам касал,
Абу Убайдага йиғлаган Умар».

Аммо ҳикоятлар қолар ўтмишда,
Дарслар тугаб-битган замона ғийбат:
«Эшитдингми дўстим, фалон одамни...
Бармоқ кўтаришни демоқда суннат.

Илми ҳам йўқ эди ўзи тузукроқ
Ўзича нимани қилмоқда даъво?
Ундан кўра намоз ўқимасайди
Қалби пок бўларди, кўнгли мусаффо!!!»

Мана шундай гаплар бугунгиларда
Ҳар кимнинг ўзича ҳақ каломи бор.
Фалон қори агар шундай демаган,
Демак, бошқаларнинг аҳволи афгор.

Кўнглим бир сесканиб кетди бу ҳолдан,
Кўриб ғафлат ичра зор қотганларни.
Эшитганмидингиз бирор миллатда
Ака-укаман деб тош отганларни.

Бу қандай ғаразгўй уммат бўлдики,
Хуснизон қилишдан ҳар дам тонарлар.
Ҳатто бирор инсон дин етказса ҳам
Унга турли номни қўйиб оларлар.

Шу зайл ўтмоқда кунимиз, дўстлар
Ихтилофлар ила завқланиб кўнгил
Фахш амал эгаси даъватсиз қолиб
Мусулмонни ғийбат қилиш касби – тил!

Мен бунга сира ҳам чидай олмасман
Кечмагум ҳаттоки тилнинг заҳридан.
Танишиб қўяйлик, шеърни ёзган мен
Оддий бир мўминман – ислом аҳлидан!



 
bushroДата: Chorshanba, 22-Apr-2009, 22:27 | Сообщение # 15
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 721
Статус:
КЕЧИР!

Қуёш ғарбга кетди шўнғиб,
Ухлолмадим, кечир раббим!
Силтадилар: "йиғлагин", деб
Йиғлолмадим, кечир раббим!

Кўкка нолон нидо қилдим,
Чок-чок бўлган кўксим тилдим,
Ўзимни гуноҳкор билдим,
Йиғлолмадим, лекин Раббим!

Кимнинг иши тушса гар, бас,
Ёрдамим тутдим ҳар нафас,
Яхшиликдан бошим чиқмас,
Йиғлолмадим, лекин Раббим!

Кўзимда нур, ёвуз кулгу,
Қалбимда ишқ тўла туйғу,
Ҳар кун бошим меҳробда-ю,
Йиғлолмадим, кечир Раббим!

Ишим менинг саҳоватдир,
Билмаганим - ҳаловатдир,
Бу қандайин мусибатдир:
Йиғлолмадим, кечир Раббим!

Ёмғирпўшдан топиб паноҳ,
Ёмғирда ҳам қилдим гуноҳ.
Ҳушъу менга ёт бўлди, оҳ...
Йиғлолмадим, кечир Раббим!

Кўкка порлаб чиққач офтоб,
Сенга нолон қилдим хитоб...
Бир қатра ёш бўлди камёб,
Йиғлолмадим, кечир Раббим!

Истадим-у, қалбимда ғам,
Дод-вой солди тоғ-у, тош ҳам,
Вале айлаб кўзимни нам,
Йиғлолмадим, кечир Раббим!

Раббим, сокин ухлат мени,
Бағрим ўйиб тиғлат мени
Не қилсанг ҳам йиғлат мени...
Йиғлолмадим, кечир Раббим!

Xayrulloh Hamidov



 
  • Страница 1 из 10
  • 1
  • 2
  • 3
  • 9
  • 10
  • »
Поиск:
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
UzigaBek online