RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Islomiy she`rlar
DURDONDate: Seshanba, 15-Noya-2011, 22:47 | Message # 61
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10140
Status:
Alloh Bandasiga Qur'on tushurgach
Saodat yo'liga undadi bizni
Shayton bu savdosiga tiqilib kirgach
Bugun ko'ring endi hayotimizni.

Bundan na mano na mazmiun qoldi oh
Ko'zlarida fitnalar qotib qolmishlar
Ming yillik chilonlar, malaklar guvoh
Bizni haqqa undab tamom tolmishlar.

Biz go'yo osmondan tushgan insonlar
Misoli ko'klarda uchgan kabutar
O'ylaymiz ertaga pok parvadigor
Amallarimizga bermas javoblar.

Bugun biz tinmasdan tinglaymiz hadis
Qur'on oyatlarin o'qiymiz go'zal
Lek Alloh rosuli tashlab ketgan iz
Biror ishimizda ko'rsatmasin sa'r

Sahobalar uchun aytib ofaring
Shudir deymiz eng to'gri hayot
Aslida Umarning tutgan yo'llarin
Qaysidir ertak deb o'ylaymiz hayhod.

Biz nega shunchalar harobmiz ayting?!
Qur'onni hayotga joriy qilolmay
Agar ro'stgo'y bo'lsak bo'lsangiz qayting
Bu tuban va jirkanch tuzumda qolmay.

Bugun men siz va biz iymonga muhtoj
Dunyoning safsata yo'lidan bezib
Nahot shundan keyin topmasak iloj
Turfa hil yo'l tutgan besh qit'a kezib.

Agar Alloh yo'lin sof yo'l desangiz
Qur'onni manhaj deb biling hotirjam
Rosulullohni agar haqqon sevsangiz
U zotning yo'llarin ushlangiz mahkam.

Bugun shu oddiy bir haqiqatni biz
Qalbimiz tubida tan ola bilsak
Bilingki dunyoda emasmiz yolgiz
Bilingki bizda bor eng asl tirgak.

Bu Alloh kalomi Qur'ondir shaksiz
So'ngra Rosuldan qolgan jamiyki hadis.


 
mahdiy-80Date: Chorshanba, 16-Noya-2011, 05:55 | Message # 62
Forum azosi
Group: Ishonchli
Messages: 39
Status:
Xotinni onadan afzal bilganlar.
Siz erkak emassiz, siz xotin quli,

Bir kuni bo‘lasiz do‘zaxning guli.

Unvoningiz bo‘lar shaytonning o‘g‘li,

Xotinni onadan afzal bilganlar.



Onaning holidan olmaysiz xabar,

Lek har kun guldasta olar u dilbar.

Ona ham do‘st erur, ona ham jigar,

Xotinni onadan afzal bilganlar.



Bir oyda bir bora so‘ramaysiz hol,

Onangiz bu holdan goh garang, goh lol.

Oh, sizga nasihat, saboq ham uvol,

Xotinni onadan afzal bilganlar.



Onangiz shuncha yil chekkanda zahmat,

Qiyinmi ko‘rsatish unga muruvvat.

U ham bu dunyoda olsin-da rohat,

Xotinni onadan afzal bilganlar.



Alloh sizdaylarga yog‘dirsin la’nat,

Rosti ham qarg‘ishga arziysiz faqat.

Tezroq bering endi tavbaga navbat,

Xotinni onadan afzal bilganlar
.


Alhamdulillahi ala kulli hal
 
mahdiy-80Date: Chorshanba, 16-Noya-2011, 05:59 | Message # 63
Forum azosi
Group: Ishonchli
Messages: 39
Status:
Гийбатчи Аёл.

Кучадаги анави аёл,
Куни утар, доим кучада.
Караб куринг тиндими огзи,
Балки гапи колди огзида.

Килар иши йукми шарманда,
Нахот кири йукдир ювишга.
Ёки челак, ёки супурги.
Суви йукми ё бир сепишга.

Турмуш уртоги билармикан,
Аёлини бу холатини.
Нахот кайнонаси йук булса,
Бу шурлик келинни койишга.

Кучадаги анаву аёл,
Куни утар доим кучада.
Караб куйинг тиндими огзи,
Балки гапи колди огзида.


Alhamdulillahi ala kulli hal
 
mahdiy-80Date: Chorshanba, 16-Noya-2011, 06:03 | Message # 64
Forum azosi
Group: Ishonchli
Messages: 39
Status:
Hayol surma, hayollar yomon
Tuyg'ularga bermagin izn
Qur'on harfin o'rganib obdon
Salim qalbga ega bo'l qizim.

Fisqqa chorlov seni yo'llardan
Kimdir izlar yolg'on hizrni
Mening munis muslima qizim
Ro'molingla yop televizorni

Sen dunyoga teran boqmoqni
Qur'on hamda sunnatla izla
Dunyo mayda-chuyda deb kuysa
Sen eng katta savdoni ko'zla

Bu savdo-ki latta-puttaga
Aldanmagan hayotiy ertak
Sen Oishaga, Fotimalarga
Yopishib ol misoli pechak


Alhamdulillahi ala kulli hal
 
mahdiy-80Date: Chorshanba, 16-Noya-2011, 06:05 | Message # 65
Forum azosi
Group: Ishonchli
Messages: 39
Status:
Qalbim otashida bitildi g'azal,
G'amboda kеchadan kеladi kеchgim.
Muslima opalar, singillar, azal,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Tarixni o'qidim, u yig'lar bеun,
Kеlajak mo'rida qop-qora tutun.
Mеn javob bеraman, so'zimga bugun,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Hurliqo farangi o'qisin tahsin,
Yaxshisi tanlagan yo'lidan qaytsin.
Gollivud dod dеsin, qo'shiqlar aytsin,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Tarix shohid bugun, qilmay bahona,
Mo'min yuragida butkul tantana.
Romеo o'zini o'ldirsin yana,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Olam gul kiyindi saodat sayli,
Ayol haq so'z aytdi Umar tufayli,
Qirol Lir ikki bor ko'r bo'lsin mayli…
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Otеllo qatl etdi Dеzdеmonani,
Qonga bo'yab butkul guldеk xonani.
Lеk muslim boshida tutar onani,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Allohning hukmini bilsangiz yoddan,
Biz sizni sеvamiz haddan-da haddan.
Juliya Robеrtslar yig'lar hasaddan!
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Aliy yo'lga tushdi, hilol, birga yur!
Holid qilichidan taralmoqda nur!
Еvgеniy Onеgin, chеtga o'tib tur!
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Dunyoviy sеvgiga ko'ngillar zormi,
Ilohiy chashmadan qongan iftormi?
Haqiqiy mo'minlar sеvsalar bormi?
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Insof bilan ayting, qay elatda bor,
Faqat mahramiga to'kilgan viqor?
Zino ko'chasidan bеrkinib, bеdor,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Bеchora tanalar, hammadan qolgan,
Bugun dunyo uzra faryodlar solgan.
Buyuk payg'ambardan nasihat olgan,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Ko'rdim yuzingizda gulgun chеhralar,
Undan shabboda ham olar bahralar.
Ko'nglimda bir surur asta sirg'alar:
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Mo'min ko'rsa, qalbi bilan ko'radi,
Shu bois, yurak ham sokin uradi.
Sеvsak gar, o'rtada Alloh turadi
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim
!


Alhamdulillahi ala kulli hal
 
DURDONDate: Juma, 18-Noya-2011, 00:23 | Message # 66
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10140
Status:
Mendan ibodatu Sendan ijobat,
Mendan itoatu Sendan hidoyat,
Mendan qanoatu Sendan baroat –
Yojg’iz madadkorim, Parvardigorim.

Savobu gunohim bilguvchi O’zing,
Umrimni, rizqimni berguvchi O’zing,
Imonimni butun etkuvchi O’zing –
Yolg’iz xaloskorim, Parvardigorim.

Qilgan gunohlarim kechir, Xudoyim,
Obi Kavsaringdan ichir, Xudoyim,
Borar yerimni keng bichir, Xudoyim –
Sensan najotkoim, Parvardigorim.


 
DURDONDate: Shanba, 19-Noya-2011, 11:26 | Message # 67
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10140
Status:
YOLGONCHILIK ASLI AZAL GUNOXDIR
SOZLAGANNING OXIRATI DOZAXDIR
GAR MUSULMON BOLSANG GUNOX QILMAGIN
YOLGONCHILIK ASLI NIMA BILMAGIN

MAQTANIB HECH QACHON KIBRGA BOTMA
O'GIRLIK HECH QILMA DOSTINGNI SOTMA
SABR XASTALIKDA BILINAR SHU ON
SABRSIZ INSONNING XOLI BIL YOMON

OMONATNI ASRA XIYONAT QILMA
ZAIF NOCHORLARNI USTIDAN KULMA
ALLOXGA ITOAT BO'LSIN QALBINGDA
PAYG'AMBARGA SALOVAT AYT HAR VAQTINGDA

IBLISNI SOZIN UNUT
ALLOXDAN MAG'FIRAT KUT
GUNOXLARGA TAVBA QIL
RAXMON KECHIRGUVCHIDIR

G'IYBAT GAP SO'Z VA IG'VO
KATTA GUNOXDIR ZINO
ZAKOT BER QURBING YETSA
QALBDAN GUNOXING KETSA

BESH VAQT NOMOZ O'QISH BIL
O'QISH DOIM SAVOBDIR
JUMA NOMOZIGA CHIQ
SAVOB SARMOYASIN YIG

MARHAMATLI BOL DOIM
SENI SEVAR XUDOIM
SHUKR FAZILATIN BIL
ALLOXGA SHUKRONA QIL

YETIMNI HAQQIN YEMA
ULARNI RIZQIN QIYMA
XAROMDAN TIY NAFSINGNI
ALLOX QOLLAYDI SENI

BANDALIK HAQQING BILGIN
OTA ONANG ROZI QILGIN
FOIZ YEMAGIN HAR VAQT
SHUNDA SENGGA KELAR BAXT

RO'ZADA ROZA TUTGUN
NAFSINGNI QILGIN TUTQUN
QURONNI HAQ DEB BILGIN
ALLOXGA TAVBA QILGIN

SHERMI NASIHATMI BU
YURAKDAGI SO'ZIM SHU
SO'NGGI SO'ZIM OMONLIK
HECH KO'RMAYLIK YOMONLIK..


 
DURDONDate: Payshanba, 24-Noya-2011, 19:40 | Message # 68
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10140
Status:
HIMMATLI FAQIR
Bir zamonda chiqmish ekan saxovatli bir kishi,
Faqirlarga shafqat ekan kecha-kunduz qilmishi.
Har kun qilib bir qozon osh, muhtojlarga berardi,
Siylar edi miskinlarni, ochlarni to‘ydirardi.
… Qayda ko‘rsa kambag‘alni, yetimlarni, tullarni,
Pul berardi, qutqazardi asirlarni, qullarni
O’z ko‘nglida o‘ylar edi: ko‘b yaxshidir bu ishi,
Topilmaydi hech o‘rinda bunday himmatli kishi.
Muhtojlarni izlab bir kun kezdi ko‘cha-ko‘ylarda,
Masjidlarda, mozorlarda, eski-tuski uylarda.
Bir buzuq uy: devor, tomi har tomonga yiqilgan,
Burchagida bir kambag‘al o‘ltiribdir siqilgan.
Qo‘lga olgan tol novdani, tinmay savat to‘qiydur,
Lablarini pichirlatib bir narsani o‘qiydur.
Hech tomonga qaramaydir, peshonasi terlagan,
Kiyimlari yirtiq-yirtiq, yuz-qo‘llari kirlagan.
Oltmish-etmish yoshga yetgan, yaxshigina qartaygan,
Kambag‘allik, ish mehnatda rangi-ro‘yi sarg‘aygan.
Buni ko‘rgach, ul saxiyning yuraklari ezildi,
Ko‘zlaridan chiqqan yoshlar yuzlariga tizildi.
Borib aytdi: «Ey otajon, bu o‘rinni qo‘yingiz!
Tayin qilay bir yaxshi joy, ul yer bo‘lsin uyingiz.
Rohat qiling, qartayibsiz, kiyim, taom berayin,
Qanday narsa istasangiz, uni tamom berayin!»
Bu so‘zlarga quloq soldi u kambag‘al ishchi chol,
Kulib dedi: «Rahmat, ammo menda bordir bir xayol:
O’zgalarning tekin nonin och qolsam ham olmasman,
O’z kuchim-la bir parcha non topib, uni tishlarman,
To tanimda jonim bordir, o‘z kasbimdan qolmasman,
Hozir mening ko‘zim ko‘rar, qo‘lim tutar, ishlarman,
Shul sababli taklifingiz manga to‘g‘ri kelmaydir,
Tekin nonga kim o‘rgansa, himmat nadir bilmaydir».
Eng himmatli manman degan saxiy buni tingladi,
Kambag‘al chol himmatining ortig‘lig‘in angladi.
Munavvar qori Abdurashidxonov


 
DURDONDate: Juma, 25-Noya-2011, 07:05 | Message # 69
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10140
Status:
Иймоним булсайди...

Ихлос истадим, хам чин иймон,
Унутганда мени борлик, замон,
Дунё хаёлимдан чиккан он,
Аллохим ёд этувчи иймоним булсайди.

Кун урнин егаллаганда зулмат,
Тулин ой нури тукканда савлат,
Уйкуни айлаб тарк, килсам ибодат,
Газовот етувчи иймоним булсайди.

Панох тилаб, тукилса еди куз ёшларим,
Роббим ишкида кетса эди бардошларим,
Ахли дин, купайса эди сафдошларим,
Калбим шод этувчи иймоним булсайди.

Кузгаганда дард - нафси шайтон,
Илми тавхид, илми ислом булиб калкон,
Иблис лаъин ниятин айлаб армон,
Зулмни барбод этувчи иймоним булсайди.

Намозим, оч-нахор руза-рамазоним,
Менга йулдош аркони дин - курьоним,
Гафлатдан саклаган эрта тонг азоним,
Охиратим обод этувчи иймоним булсайди.


 
DURDONDate: Payshanba, 01-Dek-2011, 13:46 | Message # 70
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10140
Status:
Муслима аёл
Муслимлар маконида сен ғурурсан, муслима
Садоқат саройида соф сурурсан, муслима.
Сен мустақийм манзилга йўл қурурсан, муслима.
Ҳам бу йўлда толиқмай тик турурсан, муслима,
Ҳақ айтмиш ҳуш маконда ҳам юрурсан, муслима.

Шаънингга шеър битгали қалам тутдим қўлимга,

Аллоҳ файз ато этсун ҳар бир банд, ҳар бўлимга.

Ҳамиша ҳамроҳимсан тутган тўғри йўлимга.

Сен сабабдин нур ёғур ҳар дам ўнгу-сўлимга,

Нуринг туну кун тинмай таратурсан, муслима.

Айбдорман агар сенга таъриф беролмай толсам,

Ё ёвларинг қошида бошимни қуйи солсам.

Бахтлиман гар Аллоҳдан сен қўрққандай қўрқолсам,

Шоядки ул маконда сенла абадий қолсам,

Сен бу қайноқ қалбимга бир ҳузурсан, муcлима.

Сенга суюкли ислом оламин ҳар аркони.

Дилинг дунёда борки ҳалийм ҳисларнинг кони.

Сен ҳақийқий мўъминнинг орисан, дили, жони,

Соф сийнанг саноқсиз соф мақсадларнинг макони,

Икки дунё бахтининг қасрин қур сан, муслима.

Дунёда энг хуш суврат сенинг хушрўй жамолинг,

Иймон, тақво, садоқат бор бисот бойлик, молинг.

Ҳар икки оламда ҳам ҳавасга лойиқ ҳолинг,

Диннинг тирик тимсоли эрур сенинг тимсолинг,

Дунё ва охиратда шундай тур сан, муслима.

Ибодатдан на кундуз ё на тунда тинасан,

Фақат савоб истарсан савобнинг устина сан.

На ғараз биладурсан, на биласан гина сан,

Сен ҳақиқий муслима сен асл мўминасан,

Ҳаёт чоғинг ҳамиша шундай юр сан, муслима.

Олам узра кимлигинг таъриф қилсам қиёсан,

Сен ҳазрати Хадича, Фотима, Осиёсан.

Таърифинг топай қандоқ ё ҳур, малаксан ё сан,

Сен ислом оламида гўёки бир зиёсан,

Ҳа, бул бахт оламида порлоқ нурсан, муслима.

Кеча кундуз бетиним илм излашдур ишинг,

Дунё билан ишинг йўқ, дин ташвиши ташвишинг,

Шу ташвишла ўтгайдур баҳоринг, ёз, куз, қишинг.

Оҳ, бунчалар иболи қуйи қараб боқишинг,

Аллоҳ амр этгандек сен боқурсан, муслима.

Ҳақ ишқин ўзига жо қилмиш беғубор дилинг,

Эртаю кеч бетиним зикрдан толмас тилинг,

Гўзал эрур бунча ҳам тиловатда тартилинг,

Мукофотинг мунтазир яъни борар манзилинг,

Ул манзилга муҳаққақ лойиқдурсан, муслима.

Пок иймонли бир муслим ёрга суюкли ёрсан,

Ва ул муслим бахтига ҳамиша бўлгил бор сан,

Сен софликнинг саҳнида номуссан, ҳаё, орсан,

“Дунёда ҳақ дин” деган диёрда ифтиҳорсан,

Бул диёрда Зуҳродек бир зуҳурсан, муслима.

Бу борлиққа борлигинг яралгандек ярашар,

Фахр айласа арзигай сенинг-ла баний башар,

Чин шоирлар тўрт томон таърифингни тарашар,

Сенга ҳатто ҳавас-ла фаришталар қарашар,

Сабаб, сен сайёрада гўё ҳурсан, муслима.

Ҳаётинг асл аёл учун ибрат мактаби,

Қанийди борки аёл бўлсайди санинг каби,

Фақат латиф сўз айтмоқ учун очилса лаби,

Ҳақдан сенга саодат сўрмоқ бу қул матлаби,

Cўрмоқдин сабаб унга сен зарурсан, муслима.

Турмушингда тоййибат сенинг ризқу-рўзингдур,

Ҳаётда энг ҳалийм сўз сенинг сўзлар сўзингдур,

Борлиқда энг иболи кўз бу сенинг кўзингдур,

Аёлларнинг афзали муслима – бу ўзингдур,

Мурод – мудом муслимга бўл манзур сан, муслима.

Сен бир таянч тоғдурсан муслимга,чин мўминга,

Берганларинг беқиёс дунёдаги ҳақ динга,

Сен бир ёвқур ёвдурсан ҳар бир шайтон,ҳар жинга,

Алар сенинг ваҳмингдан ўзин урар ҳар инга,

Наздимда Нусайбасан, ҳа, жасурсан, муслима.

Бесамара... бошингга солинган турли чанглар,

Топтай олмас шарафинг беиймон дили санглар,

Афсусингга арзимас динин сотган сатанглар,

Шайтон шаклин олган ул сатанглар ҳоли танглар,

Аллоҳ файзи-исломда юр мағрур сан, муслима.

Шайтоннинг малайи ул – обрўйингга осилган,

Қурум босган қалбини куфр нимталаб тилган,

Ул ўткинчи мансабни иймондан аъло билган,

Анинг жазоси нардур ким Ҳаққа ёвлик қилган,

Ҳали алар ҳолини кузатурсан, муслима.

Рўмолинг жаҳаннамнинг оловига пардадур,

Ким олишга осилса охиратда нардадур,

Сенга ёвлар инсонму ё бошқа билмам надур,

Қадринг олдида ҳечдур ё марварид ё на дур,

Ахир ўзинг оламда олий дурсан, муслима.

Тирноққа тенгмас сенга маломат тош отганлар,

Иймони, иффатини, виждонини сотганлар,

Ҳар кун ҳар турли ифлос қўйинларда ётганлар,

Бўғзигача балолар ботқоғига ботганлар,

Салобатинг ила сен ғолибдурсан, муслима.

Ул ёвларнинг йўллари жирканч ва нопок йўллар,

Қадрингга қасдлар қилган ул қўллар қабиҳ қўллар,

Барчасин бир кун Босит жаҳаннам сари йўллар,

Сабр қил, синглим, сени Аллоҳнинг ўзи қўллар,

Соф иймон кўчасида юр масрур сан, муслима.

Ҳар ҳатти -ҳаракатнинг чегараси, чети бор,

Зарра миқдор ҳар ишнинг ҳисоби бор, кети бор,

Сенга кулган кофирнинг на ори, на бети бор,

Сен-чи ўз номусингга эмассан беэътибор,

Ҳар жиҳатдин жаҳонда сен тоҳурсан, муслима.

Истарам ҳеч оқмасин кўздан аламли ёшинг,

Ҳамиша омон бўлсин балолардан бу бошинг,

Омонда бўлсин ҳар дам ҳар бир диндош қардошинг,

Бу борлиқда беқиёс сенинг сабринг, бардошинг,

Бир кун боринг баралла сен айтурсан, муслима.

Бўл ҳамиша хоинлар фитнасидан холи сан,

Сен чин мўмин банданинг бахтисан, иқболисан,

Сен ислом оламида покликнинг тимсолисан,

Бокиралик боғининг борки бўйи, болисан,

Пок юзинг ҳамиша шул боққа бур сан, муслима.

Сен билан эй муслима файзлидир ислом боғи,

Чин муслим, муслима бор тетикдир ислом тоғи,

Бул тоғ узра ҳилпирар мудом ислом байроғи,

Ҳаққингга Ҳақдин савоб сўрагум дуо чоғи,

Ҳаққа айт ҳамд сано ва ташаккур сан, муслима.

Бул байтим бор мақтовнинг энг оддийси, энг ози,

Чунки фақат Ҳаққадир бор ҳамду сано сози,

Мисралардан мақсадим Рабб бўлсин сендан рози,

Сен сабаб сайқал топди бир Мирзонинг қоғози,

Сабаб сири недур, қил тафаккур сан, муслима.

Абдуғофир Собир Мирзо



 
DURDONDate: Payshanba, 19-Yan-2012, 12:05 | Message # 71
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10140
Status:
O'LIMNI ESLASHGA FURSAT BERINGLAR

Qaykun qizigandan qizidi gurung,
Atrofni band etdi, hiring-hiringlar,
Do'stlar o'n daqiqa indamay turing,
O'limni eslashga fursat beringlar.

Tashqari shovqindir uy g'ala-g'ovur,
Hayot lazzatidan qalbimda surur,
Jondan aziz qizim quchoqlamay tur,
O'limni eslashga fursat beringlar.

Dardli o'y ko'ryapman qay tomon kezmay,
Juftginam sendan ham bo'larmi bezmay,
Faqat go'sht qani deb ko'ksimni ezmay,
O'limni eslashga fursat beringlar.

Ishga borganimda dunyo tashvishi,
Tirikchilik deyman bahor, yoz, qishi,
Berkinmachon o'ynar ohirat ishi,
O'limni eslashga fursat beringlar.

Haholab o'tirsak ko'rpa yiqquncha,
Pishillab uhlasak quyosh chiqquncha,
Foniylik qariga itarmang muncha,
O'limni eslashga fursat beringlar.

Yuribman namozim go'yo besh qilib,
Yozimni bir lahza oppoq qish qilib,
Shamdek tutayapman sizga qo'shilib,
O'limni eslashga fursat beringlar.

Bir bor bo'lsaham Jannatga boshlang,
Mening holim harob ko'zingiz yoshlang,
Qo'limga kitobni bog'lablar tashlang,
O'limni eslashga fursat beringlar.

Namozga beparvo bo'lsam gar uring,
Roziman eng badbaxt kimsa deb ko'ring,
Vaqtincha oshga ham chaqirmay turing,
O'limni eslashga fursat beringlar.

Garchi bu yoqimsiz nafsga yod so'zlar,
Sizdan o'tinchimdir shu entikib ko'zlar,
Kunda o'n daqiqa bulsa ham do'stlar,
O'limni eslashga fursat beringlar.

Hayrulloh. H


 
DURDONDate: Payshanba, 09-Fev-2012, 03:30 | Message # 72
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10140
Status:
Zamin bugun libosin yechdi,
Bir voqea ketmay hayoldin
Nux Allohni yo‘lida kechdi
Mushrik o‘g‘il, mushrik ayoldin.

Taqdir ekan, boqiy savolning
Javobiga nadomat to‘ldi:
Alloh aziz qilgan ayolning
Eri mal’un Fir’avn bo‘ldi.

Bu Allohning xohishi ekan,
Ular hadni bosib o‘tishdi:
"Allohdan yot iloh yo‘q" degan
Iysoni ham sherik tutishdi.

Zamin yig‘lar, behad alami...
Ko‘rmagandi bunday saboqni:
Muso qaytib kelganda qavmi
Xudo qilib oldi buzoqni.


 
DURDONDate: Payshanba, 15-Mar-2012, 08:01 | Message # 73
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10140
Status:
QUMGA KO’MILGAN ODAM
Muso alayhissalom
Bir tog’ni qilib maskan
Robbisi chorlaganda
So’zlashgani borarkan
Yana o’sh tomonga
Ketayotsa bir kuni
Bir boy odam to’htatib
Gapga soibdi uni
Aytibdiki “Allohga –
Shukur, shukur ming shukur,
Bandasini ne’matga
O’rab qoyibdi butkul.
Qalblarni to’latibdi
Mehr-shafqat, iymonga,
Aqlu tafakkurdir eng-
Keraklisi insonga.
Jismimda qancha ne’mat
Oyog’u qo’l, ko’z, quloq,
Atrofimdagilarin
Sanab etolmam adoq.
Boyligim ham negadir
Ko’payar borgan sari,
O’n tanga ehson qilsam,
Qaytar yuz barobari.
Boylik yaxshi-ku, lekin
Oxirat bor, bilaman,
Har tanganing hisobin-
So’rasa ne qilaman?
Qo’rqaman shuning uchun,
Tashvishdaman tunu kun,
So’rab bering, ne qilsam,
Boyligim kamayarkin? ”
Xo’p, debdilar Payg’ambar,
Yurgach ikki yuz qadam,
Uchrabdi beligacha,
Qumga ko’milgan odam.
U debdi: Och-yupunman,
Ey, Muso, yomon holim,
Ishtonim yo’qligidan,
Qumga ko’milib oldim.
Oyoq, qo’lim but, ammo,
Ish yo’q ishlayin desam,
Yaqinlarim qarashmas,
Non yo’q, tishlayin desam.
Bu qum ham bir bo’lmag’ur,
Og’irigini qarang,
Goh isib, goh soviydi,
Chidab turibman arang.
Rabbingizdan hafaman
Dunyosida tartib yo’q,
Kim kuladi, kim yig’lar,
Birov ochu biro to’q.
Kimdir qisqa yashar, kim
Yuz yoshda ham o’lmaydi.
Odil bo’lsa nimaga –
Hammani teng ko’rmaydi?
Yuboray bir xat desam,
Yo’qmish manzil-makoni,
Ko’rsangiz, aytib qo’ying,
Chayvordi-ku dunyoni.
Har narsani ko’radi,
Bedor derlar o’zini,
Ammo menga kelganda
Yumvoladi ko’zini.
Sinov, deb bandasini
Ezib tashladi juda,
Yaratganidan keyin,
Xabar-pabar olsin-da.
Nega hamma shodu, men
Dard-hasratga to’laman?
To’yib ketdim, so’rangc-hi,
Ne qilsam boy bo’laman?
Olloh bilan so’zlashib,
Muso ortga qaytibdii,
Savollarga ul Zotning
Javobini aytibdi.
Boyga debdi: “Noligin,
Yetganicha qudrating,
Noshukur bo’laversang,
Kamayarkan davlating”.
Qumga ko’milgan odam –
Oldiga kelib degan:
- Nolimasdan har doim,
Shukur qilasan ekan.
-O’zi ishtonsiz bo’lsam,
Yursam och-yupun faqat,
Rabbingning nimasiga,
Shukur qilaman, nomard?!
Shunda qumni uchirib,
Daydi shamol keb qopti,
Noshukurning tanasi
Qip-yalang’och bo’b qopti.
Ana xalos, bu gaplar
Yo’q edi hech o’yimda,
Endi bilvoldim – nega
Baraka yo’q uyimda.
Tilim zikr boshladi,
Shu onda beixtiyor,
“Shukur” desam sig’arkan,
Bir nafasga o’ttiz bor.
Hali dunyo bilmaydi,
Boyishning bu yo’lini
Yashar ba’zi odamlar
Qumga ko’mib qo’lini.
Marhabo Karimova


 
DURDONDate: Shanba, 24-Mar-2012, 09:11 | Message # 74
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10140
Status:
ВАФОСИ БИЛАН
Ота улуғ дуоси билан,
Эр басавлат вафоси билан.
Азаллардан қутлуғ элимда
Аёл гўзал ҳаёси билан!

Эртаю кеч завжига муштоқ,
Қалби бирла ёрига ўртоқ.
Нияти ҳам рўмолидек оқ,
Аёл гўзал ҳаёси билан!

Бегона кўз кўролмас кўзин,
Тинглаёлмас нозланган сўзин,
Ой уялар беркитса юзин,
Аёл гўзал ҳаёси билан!

Гул остидан аста қарашар,
Сочларин ҳам уйда тарашар.
Эр зотига қўрслик ярашар,
Аёл гўзал ҳаёси билан!

Жим интилгай муҳаббат сари,
Қизиқтирмас дунёнинг зари.
Товланмагай товус сингари,
Аёл гўзал ҳаёси билан!

Содиқ қолган садоқатгача,
Дил истаган латофатгача,
Тонг ёришмас қиёматгача
Аёл гўзал ҳаёси билан!


 
DURDONDate: Shanba, 24-Mar-2012, 09:11 | Message # 75
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10140
Status:
ТАҚВОГА ИНТИЛ
Биродар, динингда собитқадам тур,
Нақлга ақлдан устун ҳолда юр.
Жаннатга олдинроқ кирмоқ истасанг,
Фатвога интилмай, тақвога юз бур!

Олимлар ҳаёти кўзгунг бўлсин, бас,
Ана шу зотларга қил фақат ҳавас.
“Бўлади” деган сўз ортидан эмас,
Фатвога интилмай, тақвога юз бур!

Жаннатнинг васфини эсла, биродар,
Унга доҳил бўлар муттақий зотлар,
Ҳадеб қилавермай ҳаммани мотлар,
Фатвога интилмай, тақвога юз бур!

Қачонки тақвони лозим тутасан,
Дунёдан беармон, кулиб ўтасан.
Олим қилганини қилсанг, ютасан,
Фатвога интилмай, тақвога юз бур!

Жаннатий кўксига ёзиқдир – тақво,
Қалбинг бўшлиғига озуқдир – тақво,
Истасанг, беҳисоб ризқдир – тақво,
Фатвога интилмай, тақвога юз бур!


 
Search: