RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Модератор форума: DURDON, SAKINA  
Islomiy she`rlar
VisolaДата: Chorshanba, 13-Yan-2010, 20:58 | Сообщение # 31
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 350
Статус:
KECHIR!

Quyosh g‘arbga ketdi sho‘ng‘ib,
Uxlolmadim, kechir rabbim!
Siltadilar: "yig‘lagin", deb
Yig‘lolmadim, kechir rabbim!

Ko‘kka nolon nido qildim,
Chok-chok bo‘lgan ko‘ksim tildim,
O’zimni gunohkor bildim,
Yig‘lolmadim, lekin Rabbim!

Kimning ishi tushsa gar, bas,
Yordamim tutdim har nafas,
Yaxshilikdan boshim chiqmas,
Yig‘lolmadim, lekin Rabbim!

Ko‘zimda nur, yovuz kulgu,
Qalbimda ishq to‘la tuyg‘u,
Har kun boshim mehrobda-yu,
Yig‘lolmadim, kechir Rabbim!

Ishim mening sahovatdir,
Bilmaganim - halovatdir,
Bu qandayin musibatdir:
Yig‘lolmadim, kechir Rabbim!

Yomg‘irpo‘shdan topib panoh,
Yomg‘irda ham qildim gunoh.
Hush’u menga yot bo‘ldi, oh...
Yig‘lolmadim, kechir Rabbim!

Ko‘kka porlab chiqqach oftob,
Senga nolon qildim xitob...
Bir qatra yosh bo‘ldi kamyob,
Yig‘lolmadim, kechir Rabbim!

Istadim-u, qalbimda g‘am,
Dod-voy soldi tog‘-u, tosh ham,
Vale aylab ko‘zimni nam,
Yig‘lolmadim, kechir Rabbim!

Rabbim, sokin uxlat meni,
Bag‘rim o‘yib tig‘lat meni
Ne qilsang ham yig‘lat meni...





Сообщение отредактировал Visola - Chorshanba, 13-Yan-2010, 21:01
 
VisolaДата: Juma, 15-Yan-2010, 01:04 | Сообщение # 32
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 350
Статус:
O’LIMNING VASFI

Shoxlar o‘z taxtidan tushganin ko‘rdik,
Harobaga do‘nmish bog‘lar ham so‘lim.
Oxiri barchamiz xulosa qildik:
"Eng katta mav’iza aslida o‘lim!"

U ustun bo‘larkan, yengilmas ekan,
Istagan paytida buyurar tashrif.
Faqat o‘lib ketgan insonlargina
Unga aytolurlar xolis bir ta’rif.

Bu ta’rif shundayki, unda yo‘q aldov,
U birovga kelmas ikki bukilib.
O’lim dunyodagi eng noqulay yov,
U urush ochmagay vaqt e’lon qilib.

Qur’onda ta’rifi kelganidek, u
Faqat oldimizdan qarshi chiqarkan.
Dunyoning yuz karra chempionin ham
Oddiy bir zarb bilan yerga yiqarkan.

O’limni o‘ldirib bo‘lmas yoronlar,
U bizga tegishli bo‘lmagan olam.
Indamay bosh egmish sohibqironlar,
Biz bilmas tezlikda o‘lim kelgan dam.

O’lim kelganida qolmay bittamiz,
Hammasi yo‘q bo‘ldi g‘animatlarning.
O’lim sharbatini totmog‘ligimiz
Haqiqatrog‘idir haqiqatlarning.

O’lim bir kularkan, bir yig‘lar ekan,
Mo‘min huzurida ko‘zida kulgu.
Baqirtirib jonni sug‘urganida
Kofir yuzlaridan sapchiydi qayg‘u...

Odam Ato tushgan davrdan buyon
O’lim savdosiga izn berilgan.
Qanday mavqelarda yashamasinlar,
Barchasi qabrga bir-bir terilgan.

Alloh elchilari o‘ldilar, shuning
O’zi yetarli bir hikmatdir bizga.
Kuniga qabrga kirayotganlar
Eng katta ma’ruza, ibratdir bizga.

Agar biz o‘limdan ibrat ololsak,
Boshqa bir da’vatning bo‘lmas keragi.
O’limdan nasihat olmaganidan
To‘xtasa yaxshidir inson yuragi...



 
VisolaДата: Juma, 15-Yan-2010, 01:04 | Сообщение # 33
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 350
Статус:
QUTQARURMISIZ?!

Bu kunga chidam yo‘q, yo‘q erur sabr,
Tushimda qiynoq bor, o‘ngimda jabr.
Yaqinlashmoqdadir tobora qabr,
Meni bu fursatdan qutqarurmisiz?!

Talay odamlarga yo‘liqdim, ular
Katta va’dalar-la do‘stlarim bo‘lar,
So‘ng tinmay pinxona g‘iybatim qilar,
Meni bu kulfatdan qutqarurmisiz?

Ahlimga boqaman, nigohi yomon
Qalbidan sizilib chiqqanda gumon...
Ahdlasha olmasak, bu qanday zamon,
Meni bu ofatdan qutqarurmisiz?

Jujuqlarim yig‘lar istabon saboq,
Men ular oldiga qo‘ygum qo‘g‘irchoq...
Shaytonning aytgani g‘olibdir bu chog‘,
Meni bu da’vatdan qutqarurmisiz?

Oxirat qayg‘usi yo‘qolib qolsa,
Go‘zal sanamchalar ko‘nglimni olsa,
Dunyoning ishlari ajabga solsa,
Meni bu hayratdan qutqarurmisiz?

Eng so‘nggi ishonchim qaygadir tashib,
Iymon qochib ketsa tog‘lardan oshib,
Uning ortidan zor ketsam ergashib,
Meni bu g‘ayratdan qutqarurmisiz?!

Hayot davomiga yetmasa ko‘zim,
Tig‘dek botmasa gar aytilgan so‘zim
Boshqara olmasam o‘zimni o‘zim
Meni bu hasratdan qutqarurmisiz?

... Bu kunga chidam yo‘q, yo‘q erur sabr,
Tushimda qiynoq bor, o‘ngimda jabr.
Yaqinlashmoqdadir tobora qabr,
Meni bu fursatdan qutqarurmisiz?!



 
enjoyДата: Dushanba, 25-Yan-2010, 07:38 | Сообщение # 34
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 1376
Статус:
Visola, Olloh rozi bo'lsin rahmat

 
enjoyДата: Dushanba, 25-Yan-2010, 11:52 | Сообщение # 35
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 1376
Статус:
Yo, Rasulalloh
Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!

Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo'lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!

Shul seni sevganlarga,
Qil shafoat onlarga,
Mo'min bo'lgan tanlarga
Jonsan, yo Rasulalloh!

Darvish Yunusning joni,
Olam shafoat koni,
Ikki jahon sultoni
Sensan, yo Rasulalloh!..


 
shaddotДата: Juma, 12-Fev-2010, 00:19 | Сообщение # 36
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус:
KIBRU-HAVO
EY ODAMZOD KIBRDAN
TOPMAGAYSAN HECH ROHAT
UNDAN KO'RA DOIMO
RAXMONGGA QIL IBODAT
AMOLINGGA HECH QACHON
KIBR DOG'I BO'LMASIN
QALBINGDA IYMON O'TI
BIR UMRGA SO'NMASIN

KIBR ASLI MAQTANMOQ
BANDAGA BU NE HOJAT
MUSULMON BO'LSANG INSON
SUKUTDA QIL QANOAT

JANNATNING HIDI HECH VAQT
KIBRLIGA SEZILMAS
OXIRATDA ALLOXIM
UNI MAG'FIRAT QILMAS

DUNYONI GAR DESANGGIZ
KIBRNI TUNIN KIYING
ALLOXNI BIR DESANGGIZ
QALBDAN SHAYTONNI QUVING
ILHOM FAYZULLAYEV QASHQADARYO VILOYATI SHAXRISABZ TUMANI
YANGGI QISHLOQ QISHLOGI


 
JamilaДата: Yakshanba, 07-Mar-2010, 23:00 | Сообщение # 37
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус:
"Alloh go'zal"
Orazi gul, husni hilol,
Alloh
go'zal, Alloh go'zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh
go'zal, Alloh go'zal…
Arsh arkida sulton o'zi,

Beaybu benuqson o'zi.
Poyiga cho'k, ul Zuljalol,
Alloh go'zal,
Alloh go'zal…
Diydori bir shirin umid,
Azal vujud,
abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go'zal, Alloh
go'zal…
Nahri zilol, bag'ri bahor,
Gul chehra yor,
nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go'zal, Alloh
go'zal…
Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, Odam Ato,

Loydan odam yasar kulol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal…


ღ♥.Jamila.♥ღ
 
MASTERДата: Yakshanba, 01-Avg-2010, 10:33 | Сообщение # 38
Adminstrator
Группа: ADMINISTRATOR
Сообщений: 7547
Статус:
Рамазон
Келди шахри рамазон,
Туй-йигинлар тохтади.
Мачитларда хар кеча,
Укилади «Тароби»

Хеч бир уйда кундузи,
Ёзилмайди дастурхон.
Окшом тушса бошланар,
Ифтор билан «Рамазон»

Хар ким топгани билан,
Килар киска сахарлик,
Ифторгача таомдан,
Жирканишар захардек.

Атир сепмас аёллар,
Искашмайди гул исин
Согинишар ва лекин,
Упишмайди бир-бирин.

Ташна болса иссикдан,
Ювиб олар юзини,
Ош пишириб узлари,
Тотишмайди тузини.

Хамма ерда рузанинг,
Файзу-гашти билинар.
Ифторга деб гузарда,
Нишолдалар килинар.

Шомдан кегин болалар,
Айтишади»Рамазон».
Канд-панд сориб уйига,
Кайтишади бир замон.

Гийбатчилар 30 кун,
Хазир болар тилига,
Шафкат кирар гойибдан,
Ёмонларнинг дилига.

Гунох килса кичиклар,
Койишади мулойим,
Рамазон бир ой эмас,
Бир йил болсин илойим.

Ихлос билан кекса ёш,
Чекар очлик захматин.
Осмондаги сахий зот,
Ёгдиради рахматин.

Корни очу, конгли тук,
Масрур юрар «рузалар».
Бурчакларда кимтиниб,
Чой ичишар «козалар».

Йуклашади бир-бирин,
Уришиб «пум» болганлар,
«Жаннати» деб севилар,
Руза куни улганлар.

Келса Кадр кечаси,
Болади хамма уйгок,
Оллох айтган бу кеча,
Минг ойдан хам яхширок.

Хеч болмаса 30 кун,
Турса шундай эътикод,
Балки кирар умрга,
30 йиллик баракот.

Шундай гузал яшамок,
Инсонларга кандай хос,
Афсус, афсус, афсуски,
Рамазон бир ой холос.


وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
DURDONДата: Seshanba, 31-May-2011, 01:06 | Сообщение # 39
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
Катта ҳамда кичик гуноҳларни тарк эт, шу - тақво!
Билиб-билмай тикан босма, бўлгин сен хазир!
Бўлмагин сен кичик гуноҳларга зинҳор бепарво!
Катта тоғ ҳам майда тошдан жамланган ахир


 
OSIYOДата: Seshanba, 05-Iyul-2011, 08:33 | Сообщение # 40
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa

Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon:
- Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon.
Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Tinimsiz aldasa muhit, makoning,
Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning.
Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Noshukur emasman dunyoda garchand,
Qaydadir menga ham bor balki dilband
Va lekin tiriklay kuydirsa farzand,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Insofu ishonch ham shirin so‘z bari,
Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari.
To hayot ekansan qochgaydir nari,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Shunchalar kaj erur dunyoi gardun,
Undan diyonatni axtarmoq nechun,
Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni,
Joningmas, martabang, balki shoningni,
O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Bu ko‘hna dunyoda yashadim nega,
Yaydoq ot misoli bo‘ldim beega.
Malomat qilurman, olomon, senga:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mendan ranjimasin bo‘lsa do‘st agar,
Balki ularning ham dilida kadar,
Hoynahoy mendaylar degay muqarrar:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Umr ham oxirlab bormoqda sekin,
Endi sarg‘aymoqda men ekkan ekin.
Mayli, sen o‘zingga suyangil, lekin,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Abdulla Oripov
 
OSIYOДата: Yakshanba, 10-Iyul-2011, 06:24 | Сообщение # 41
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
"Hikmat yog‘dulari"
Ne tilaging bo‘lsa, Allohdan tila,
Yo‘qsa ishing to‘xtar, uzayar ohing.
Har ishni boshlagin Alloh nomi-la:
"Bismillahir rohmanir rohim...”

Allohga hamd bo‘lsin, cheksiz beadad.
Uning hukmidadir osmonu zamin.
Maqtovga loyiq zot Allohdir faqat:
"Alhamdulillahi robbil ‘alamin...”

Borligiga keltir imon,
Tog‘u toshlar bunga shohid.
Alloh birdir, bunga inon:
"Innama ilahun vahid...”

Shafqat, marhamat-la yorlaqar bizni,
Maxluqotlar rizq-ro‘zin yetkazur doim.
Taqdir etgan Udir har ishimizni:
"Zalika taqdirul azizir-rohiim...”

U iroda etsa mutlaq bo‘ladir,
Unga pinhon emas har yon, har iqlim.
Hatto ko‘nglingdagi sirni biladir:
"Vahuva bikulli shay’in aliym...”

U qulni kechirgay, U rahm qilar,
Go‘zal ismlari Raufu Rohiym.
Tavba qilganlarni bilgin afv etar:
"Innahu huvat-tavvabur-rohiym.

Alloh va’dasidir: yetkazar rizqing,
Shubhasiz, bu qulga buyuk marhamat.
Namoz o‘qi. Zakot ber qodir bo‘lsang:
"Va aqimus-solata va atuz-zakat...”

Inson tafakkurda, harakatda hur,
Amallarda sokin, xotirjam bo‘ling.
Alloh qilganingiz har ishni ko‘rur:
"Vallohu basiyrun bima ya’malun...”

Uning izmidadir zaminu samo,
Har ish amri ila bo‘ladi sodir.
U har ishga mohir, qodir doimo:
"Vallohu ‘ala kulli shay’in qodir...”

Alloh sabr aylagan qulni sevadi,
Mo‘min yuksaladi sabr etgan sayin.
Alloh sabrlilar bilan birgadir:
"Innalloha maas-sobiriyn...”

Allohga ko‘p shukr aytgan baxtiyor,
Zero, U har damda – sizdan xabardor.
U bilar chin shokir banda asli kim.
"Fainnalloha shakirun aliym...”

Uning oyatlari ko‘p,
Kofiy bunga ko‘k va suv.
Undan o‘zga Tangri yo‘q:
"La ilaha illa hu...”

Kim u o‘zin sanar juda quvvatli?
Axir hamma uchun hisob bor, hisob.
Allohning azobi, qattiq shiddatli:
"Va innalloha shadidul azab...”

U afv etguvchidir, kechirgay albat,
Nadomat chekib, chin tavba qilaylik.
Alloh gunohlaring aylar mag‘firat:
"Innalloha g‘ofurur rohiym...”

Yomonlikka yaxshilik qilsang ajr bor,
Yaxshilik, go‘zallik – shiori dinning.
Alloh ehson etgan qullarni sevar:
"Innalloha yuhibbul muhsiniyn...”

Fasod bir ilondir, boshin darhol ez,
Fasodchining ishi oxiri barbod.
Alloh fasodchini yomon ko‘radi:
"Vallohu la yuhibbul fasad...”

Insonlar barchasi bir asldandir,
Bo‘lsa ham biri oq, biri qoratan.
Bir millat bo‘lgani shundoq ayondir:
"Kanan – nasu ummatan vahidatan...”

Mumkinmi bir nima Undan yashirmoq?
U hammasin ko‘rar, bilar – qolmas sir.
Hamma ishimizni ko‘rmoqda Haq-rost:
"Innalloha bima ta’maluna basiyr...”

Eng to‘g‘ri qarorni Sen berasan, Sen,
Ey ulug‘ Allohim, ey ulug‘ Rabbim.
Har neni eshitib ham bilasan Sen:
"Innaka antas-sami’ul aliym...”

Musulmon hech kimni urmas va so‘kmas,
Qidirmas kimsani qiynamoq yo‘lin.
Shubha yo‘qdir, Alloh zolimni sevmas:
"Vallohu la yuhibbuz-zolimiyn...”

Sabr etgan doimo murodga yetar,
Ey mo‘minlar, siz ham murodga yeting.
Alloh ham sabrli qullarin sevar:
"Vallohu yuhibbus-sobiriyn...”

"Hikmat yog‘dulari"- kitobidan.
 
OSIYOДата: Seshanba, 12-Iyul-2011, 14:29 | Сообщение # 42
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Нима қилмоқ керак дўстларим

Нима қилмоқ керак дўстларим,

Ривож бермоқ учун Исломга?!

Ҳақ ва ботил йўлларин бир бир,

Баён этмоқ учун авомга?!

Нима қилсак бизни ҳокимлар,

Террорист деб, ўлдирмайдилар?,

Нима қилсак эркин яшаймиз?,

Ўзгаларга қул қилмайдилар?!

Саволлар кўп жавоблари йўқ,

Бу халқ исён қилиб бўлдими?!

Мардлар қани, шартмас қурол ўқ,

Турмаларда ўлиб бўлдими?!

Исён учун энди бу халқнинг,

Қолмадими, аҳди имони?!

Мутеъ бўлиб ўтирган билан,

Тўкиляпди барибир қони?!

Итдек талар ментлар, тўралар,

Қулдек ишлаб, яшар бу халқни.

Қачонгача қулдек яшайсиз?,

Қачон талаб қиласиз Ҳақни?!

Бизлар каби буткул хору зор,

Бўлган, бошқа халқ йўқ оламда.

Қачонгача ичар қонимиз,

Ғурур бўлсин экан одамда!

Эй Халқ қўзғол ўз ҳаққинг учун,

Маҳбус ўғлинг қил ахир озод!

Ҳалиям жим турасан нечун?,

Сенга ноҳақ қилишар бедод!

Қўрқув қилмас умрингни узун,

Мардлик умринг қисқартирмайди.

Ажал битилгандир азалдан,

Ажал етмай одам ўлмайди.

Етар энди қўрқиб яшамоқ,

Қўрққанлар ҳам ўлиб кетмоқда.

Қўрмасдан ҳам яшаб кўрайлик!,

Ўзгаришлар даври етмоқда.

Ҳамма диндор ҳамма мусулмон,

Бас қилайлик ихтилофларни.

Токи Зулм йўқолмас экан,

Бари бир пул қилган лофларни.

Биз ҳаммамиз бир жон тан бўлиб,

Золимларга қилайлик хитоб.

Қўзғалинг эй сиз Ўзбек Халқи,

Энди сиз ҳам қилинг инқилоб!!!
 
OSIYOДата: Shanba, 23-Iyul-2011, 19:18 | Сообщение # 43
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Yolg'on dunyo...
Kim topgan sendan vafo,

Yolg'on dunyo emasmisan?

Muhammadur Mustafoni

Olgan dunyo emasmisan?

Iching seni doim yolg'on,

Kop narsadan ortda qolg'on,

Necha bor boshalib yana,

To'lgan dunyo emasmisan?
 
OSIYOДата: Chorshanba, 27-Iyul-2011, 14:50 | Сообщение # 44
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Shaytonlar zanjirband bo'lgan kunlarda

Shaytonlar zanjirband bo'lgan kunlarda
Allohning raxmatin nusratin kuting,
Barcha ko'z uyquga cho'mgan tunlarda,
Asriy zanjirlarni yelkadan oting,
Shaytonlar zanjirband bo'lgan kunlarda.
Bizki ko'ngillarni ayladik vayron,
Bugun o'zimizga o'zimiz hayron,
Endi qo'limizda muqaddas qur'on.
Shaytonlar zanjirband bo'lgan kunlarda.
Bizga dars o'qitmang falsafalardan,
Dunyo bezib bo'lgan vasvasalardan,
Holimiz telbaviy talvasalardan,
Shaytonlar zanjirband bo'lgan kunlarda.
Iymon yo'limdadir ko'zimiz nuri,
Allohning so'ziga qalbimiz to'ri,
Portladi dunyonimg soxta g'ururi,
Shaytonlar zanjirband bo'lgan kunlarda.
Allohga shukurki uni biz bildik,
Baytullohga iymon to'la qalb ila keldik,
Zinoyu faxshni zanjirband qildik,
Shaytonlar zanjirband bo'lgan kunlarda.
Allohim qo'limiz sengadir ochiq,
Garchi ramazondandan ko'nglimizdir to'q,
Tuzalib olmasak boshqa fursat yo'q,
Shaytonlar zanjirba
 
OSIYOДата: Chorshanba, 03-Avg-2011, 13:25 | Сообщение # 45
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Ramazon Qutlug' Bo'lsin Aziz Musulmonlar!!!
Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan,
Bu oy "Qur’on” nozil bo‘lgan oy ekan,
Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin SubhanAlloh Taborak.

Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish,
Takabburlar axloqini tuzatmish.
Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin SubhanAlloh Taborak.

Miskinlarni boy yedirib ichirsin
Arazlashgan bir-birini kechirsin
Olloh olov kamzullarni yechirsin
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin SubhanAlloh Taborak.

Bo‘lsang uyda, xoh dalada, adirda,
Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda.
Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin SubhanAlloh Taborak.

Ro‘zamizni Olloh uchun tutaylik,
Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik,
Mangu xuzur-xalovatga yetaylik,
Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak!
Qabul qilsin SubhanAlloh Taborak!
 
Поиск:
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
UzigaBek online