Islomiy ibratli hikoyalar
|
|
DURDON | Дата: Shanba, 20-Avg-2011, 14:04 | Сообщение # 31 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Hech o'ylab ko'rdingizmi?
Hech o'ylab ko'rdingizmi? Mol-davlatimiz ortdi,ammo huzur halovatimiz yo'qoldi. Qulayliklar ortdi,ammo vaqtimiz kamaydi. Dorilar ko'paydi, kasalliklar ozaymadi. Kech yotib, saharda charchoq bilan uyg'onamiz. Kam kitob o'qiymiz, ko'p televizor ko'ramiz. Ko'p gapiramiz-u, kam e'tibor beramiz. Pul topishni o'rgandik, sarfni eplolmadik. Oyga uchib qaytishni bilamiz,lekin qo'shnimiz holidan habar olish uchun ikki qadam bozmaymiz. Fazoda nima bo'layotganini bilamiz,lek ichki kechinmalarimizdan behabarmiz. Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir. Rejalar tuzamiz, natijalar ko'rinmaydi. Shoshilishni o'rgandik, sabrni esa yoddan chiqardik. Tanishlarimiz ko'p, do'stlarimiz kam. Yutuqlarimiz ko'p, quvochlarimiz kam. Ko'p narsani bilamiz, amalimiz kam. Doimo labimizda kulgu,lek ko'z yoshimiz kam. Va nihoyat: umrga yillar qo'shdik, ammo ba yillarga hayot bahsh qilolmadik...
|
|
| |
DURDON | Дата: Seshanba, 23-Avg-2011, 11:03 | Сообщение # 32 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Bir olimdan so‘rabdilar: - Bir kimsa tavba qilgan chog‘ida tavbasi qabul qilingan yo qilinmaganligini bilishi mumkinmi? Olim shunday javob berdi: - Yo‘q, qabul qilingani yoki rad etilgani to‘g‘risida keskin bir hukm chiqarilishi mumkin emas. Lekin qabul etilganini ko‘rsatuvchi ba’zi bir alomatlar bor: 1. Kishi o‘zida gunoh qilishga mayl bo‘lmayotganini ko‘radi. 2. Qalbidan xotirjamlik ketganini ko‘radi, har narsada Allohni hoziru nozir holda topadi. 3. To‘g‘ri va yaxshi axloqli kishilar bilan birga yuradi, yomon fe’lli kishilardan o‘zini uzoq tutadi: 4. Ochko‘zlik qilmaydi. Oz bo‘lsa ham halol yo‘l bilan topganiga qanoat qiladi. O’zining ozgina bo‘lsa ham halol yo‘l bilan topgani uning ko‘ziga ko‘p ko‘rinadi, lekin qilgan xayrli va go‘zal amallari ko‘p bo‘lsa ham uning ko‘ziga oz ko‘rinadi. 5. Qalbi doimo Alloh farz kilgan narsalar bilan band bo‘ladi. . 6. Dinini yomon-ko‘zlardan himoya qiladi. 7. Davomiy tafakkur holida yuradi. 8. O’tmishda qilgan gunohlari tufayli nadomat ichida yuradi...
|
|
| |
DURDON | Дата: Chorshanba, 24-Avg-2011, 10:21 | Сообщение # 33 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Azroildan qo‘rqqan odam Bir kuni Hazrati Sulaymon, alayhissalom, do‘stlari bilan birga o‘tirar edilar. Hazrati Azroil, alayhissalom, kirib o‘tirganlardan biriga diqqat bilan boqdilar. U odam Azroilning, alayhissalom, bunday boqishlaridan juda qo‘rqib ketdi. So‘ngra Hazrati Sulaymonga: — Ey Payg‘ambarim, menga yordam qiling, haligina Azroil menga qattiq tikilib qaradi. Mening jonimni oladi chog'i, — dedi. Sulaymon, alayhissalom, undan: — Xo‘sh, nima qilayin? Mendan nima istaysan? — deb so‘radilar. — Shamolga amr bering, meni Hindistonga eltib tashlasin. Shoyad Azroilning panjasidan qutulib qolsam... — dedi. Sulaymon, alayhissalom, uning istagini bajo keltirdilar. Shamolga buyurib, uni Hindistonga jo‘natdilar. Ertasi kuni Azroil yana ko‘rishmoq uchun Sulaymon, alayhissalom, quzurlariga keldi. Suhbat davomida Hazrati Sulaymon: — Kechagi odamga tikilib qaramoqning boisi nima edi? — deya so‘radi. Azroil esa: — Chunki Alloh taolo menga bu odamning jonini Hindistonda olishni amr etgan edi. Uni bu yerda ko‘rib, juda hayron qoldim. Allohning amrini yanglish anglamadimmikan, deya hayratlandim. Shu bois unga diqqat bilan boqqan edim. Buyruqni to‘g‘ri anglagan ekanman. Oradan biroz o‘tib, Hindistonga bordim. Uni o‘sha yurtdan topib, jonini oldim.
|
|
| |
DURDON | Дата: Chorshanba, 24-Avg-2011, 10:23 | Сообщение # 34 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Ҳалокатга учраган кемадан тирик қолган одамни сув оқими узоқ бир оролга элтиб ташлади. Одам тинмай Аллоҳга дуо қилар ва унга нажот беришни сўрарди. Соатлаб уқёнусдан кўз узмас, шояд бирор кема ўтиб қолса, мени ҳам олиб кетар, деб умид қиларди. Аммо кемадан дарак йўқ эди. Алалоқибат одам умидсизланди ва совқатмаслик ҳамда йиртқич ҳайвонларга ем бўлмаслик учун кема қолдиқларидан ўзига чайла қурди. Орадан бир мунча вақт ўтди. Аммо нажоткордан ҳамон дарак йўқ эди. Одам ҳар куни оролдаги қалин ўрмонга бориб ов қилишни ва ўзига егулик топишни ўрганди. Бир куни навбатдаги овидан қайтиб келиб қараса, кема қолдиқларидан қурган чайласи бурсиқиб ёниб ётибди. Кўкни қора тутун қоплаган. Андугҳга тушган одам фарёд урди: “Худоё нега менинг бошимга бундай кунларни солдинг?” Эрта тонгда оролга яқинлашиб келаётган кема овозидан уйғонди. Кема унга нажот бергани келарди. Одам унга нажот берганлардан сўради: “Менинг бу ерда эканлигимни қаердан билдингиз?” Улар жавобан дедилар: “Биз сен ёққан тутунни кўрдик.”
Инсон умиди амалга ошмаган пайт бир онда ўксийди. Аммо тез умидсизланиш оқиллар иши эмас. Зеро Аллоҳ бизнинг ғамимизни ейди, ҳатто дарду ғам гирдобига тушган пайтимиз ҳам.
|
|
| |
DURDON | Дата: Juma, 02-Sen-2011, 03:30 | Сообщение # 35 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| - Xasta yotgan paytida Abdulmalik ibn Marvonga deyildi: — O’zingizni qanday his etyapsiz, ey amiral-mo‘minin? — Olloh taoloning ushbu oyatida aytilganidek: «Mana, Bizning huzurimizga sizlarni avval boshda qanday yaratgan bo‘lsak, shunday yolgiz holda keldingiz. Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldiribsiz...» (An’om sura-si, 94 oyat),-dedi amirul mo‘minin va joni uzildi».
|
|
| |
DURDON | Дата: Payshanba, 22-Sen-2011, 06:20 | Сообщение # 36 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам огоҳлантирганлар. Ул Зот соллаллоҳу алайҳи ва саллам бир куни айтдилар: “- Сизларга халқлар худди ваҳший ҳайвонлар ўз ўлжасига ташланганларидек ташланадиган вақт яқин қолди. - Бизнинг сонимиз оз бўладими, эй Аллоҳнинг Расули? - Йўқ. Аксинча, сизларнинг сонингиз кўп бўлади. Бироқ сизлар оқаётган сув устидаги кўпик каби бўласизлар. Аллоҳ душманларингиз қалбидаги сизлардан бўлган қўрқув-ҳайбатни олиб ташлаб сизларнинг қалбларингизга кучсизлик солади. - Кучсизлик нима? Дунёни муҳаббат қўйиш ва ўлимни ёмон кўриш”. (Бу ҳадисни Абу Довуд (4297), Аҳмад (5/278), Абу Нуъайм «Хилйа ул-Авлиё» китобида (1/182) келтиришган.)...
|
|
| |
DURDON | Дата: Shanba, 24-Sen-2011, 23:10 | Сообщение # 37 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| - Бир киши Суфён ас-Саврий ҳузурига келиб: «Эй Абу Абдуллоҳ, сизнинг қўлингизда ҳам динорларми?!» деган эди, у: «Жим бўл! Шу динорлар бўлмаганида подшоҳлар бизни хизматкорга айлантириб олишарди», деди. Яна деди: - Кимнинг қўлида шундан (яъни динорлардан) бўлса, уни ислоҳ қилсин (яъни, тижорат қилиб уни кўпайтирсин). Чунки ҳозир замон шундайки, ким муҳтож бўлиб қолса, энг аввал динини қурбон қилади.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 18-Noya-2011, 16:59 | Сообщение # 38 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Бир салом суҳбати Кўчанинг бир тарафида чарчаган ҳолда бир нималарни ўйлаб кетар эканман, ёнимда кимдир: - Ассаламу алайкум, устоз, деган овозидан ўзимга келдим. Ёнимда ўқувчиларимдан бири турарди. - Ваалайкум ассалам, Маҳмуд. Навбатчи ҳол аҳвол сўрашдан сўнг хайрлашдик. У кетар экан, “Ассаламу алайкум”, дейишни унутмади. Аммо шу пайт ёнимиздан ўтаётган киши: - Бу қанақаси? Ҳайрлашганда “Ҳайр”, “Яхши кунда кўришайлик”, каби гаплар айтиларди. Энди бу салом модаси чиқди! Унга қарадим. Қари ёшдаги киши, у бу гапларни суҳбатдошига қараб гапирарди, аммо гап маъноси бизга тегишли эди. Уларнинг ёнига яқинлашдим. - Кўришганда салом бериш каби хайр хушда ҳам салом беришлик суннат бўлгани учун шундай қилинади, - дедим. - Нега унда бу суннат аввал йўқ эди? - Бу суннат Пайғамбаримиз с.а.в. тавсия қилган Ислом одобларидан. Фақат кейинги пайтларда бу одоб унутилган. Бу одобни ёшларимиз ушлашга ҳаракат қилар экан, бизнинг киноя қилишимиз яхши эмас, балки баракАллоҳ, дейишимиз керак. Киши бу гапларни эшитиб, бироз хижолат чеккани кўриниб турарди. Аммо шу билан бирга янги нарсаларни ўрганиш уни севинтиргани ҳам маълум эди. Сўнг биз у киши билан бирга йўлимизни ва суҳбатимизни давом эттирдик. Суҳбатимиз якунига етар онида, у шошиб менга: - Ассаламу алайкум, - деди. Аллоҳ ҳаммамизни Ислом амалларида қилишлик йўлида шундай ҳаяжонли ва шошқин қилсин!
|
|
| |
DURDON | Дата: Shanba, 24-Mar-2012, 09:02 | Сообщение # 39 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Sahih xabarda bizga bildirganki, bir kishi Alloh taoloning huzuriga keltiriladi. Haq taolo unga: "Ey osiy banda! Sen mujrim va osiy bo‘lding", deydi. Banda: "Ey Rabbim! Men hech narsa qilmadim", deydi. Alloh taolo: "Senga qarshi dalillar va guvohlar bor", deydi. U odamning Hafaza farishtalari keltiriladi. U odam: "Ular men haqimda yolg‘on gapirishdi", deydi. Bu holni Nahl surasining 111-oyati bizga ta’rif etadi: "Har bir jon faqat o‘zini o‘ylab – himoya qilib qoladigan va har bir jon qilgan amalining (mukofotini) to‘la oladigan, ularga zulm qilinmaydigan Kunni (ya’ni, qiyomatni eslang)!". "Bu kunda Biz ularning og‘izlarini muhrlab qo‘yurmiz. Bizga ularning qilib o‘tgan ishlari haqida qo‘llari so‘zlab, oyoqlari guvohlik berur".Shu tariqa osiylarning a’zolari guvohlik beradi va ular do‘zaxga yuboriladi. Mujrimlar (din dushmanlari, harom ish qilganlar, namozga ahamiyat bermaganlar) o‘z a’zolariga baqira boshlaydilar. A’zolari esa shunday deydi: "Bizlarni barcha narsani so‘zlatgan Zot Alloh so‘zlatdi. Sizlarni dastlab U yaratgan va sizlar yana Uning O‘ziga qaytarilursizlar", dedilar" (Fussilat, 21-oyat).
|
|
| |
DURDON | Дата: Shanba, 24-Mar-2012, 09:04 | Сообщение # 40 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| - Jannat Arshi a’loning o‘ng tarafiga qo‘yiladi. Undan keyin Alloh taolo do‘zaxni keltirishni buyuradi. Jahannamga qo‘rquv kiradi va dod soladi. Unga yuborilgan farishtalarga: "Alloh taolo menga ozor berish uchun biror bir maxluq yaratdimi?" deb savol beradi? farishtalar esa: "Alloh taoloning izzati va jaloli va jabaruti haqqi, Rabbing sen orqali osiylardan, islom dushmanlaridan intiqom olish uchun bizni senga yubordi. Sen ana shuning uchun yaratilgansan", deyishadi. Jahannamni to‘rt tarafidan ushlab ko‘tarib keladilar. Yetmish ming ip boylab ko‘taradilar. Har bir ipda yetmish ming halqa bor. Dunyodagi temirlarning hammasi to‘plansa ham uning bir xalqasicha bo‘lmaydi. Har xalqada zaboniy deyiluvchi azob farishtalaridan yetmish mingtasi bor. Ularning biriga dunyodagi tog‘larni surish buyurilganida edi, parcha-parcha qilardi. Shunda do‘zax o‘zidan dahshatli ovoz chiqaradi, pishqirib olov sochadi va o‘zidan shiddatli bir tuman chiqaradi. Buning oqibatida osmon qop-qora bo‘ladi. Mahshargohga ming yillik masofa qolganida farishtalar uni qo‘yib yuborishadi. Gumburlagan ovozi va issiqligi chidab bo‘lmas darjada bo‘ladi. Mahshargohdagilarning hammasi bundan juda qo‘rqadilar. "Bu nima?" deb so‘raydilar. "Jahannam zaboniylarning qo‘lidan qutulibdi, sizga yaqinlashyapti. Bu o‘shaning ovozi" deb xabar beriladi. Buni eshitib hammaning tizzasida mador qolmaydi va beixtiyor tiz cho‘kadilar. Hatto payg‘ambarlar va rasullar ham o‘zlarini tuta olmaydilar. Hazrati Ibrohim (a.s.), Muso (a.s.) va Iso (a.s.) arshi a’lo poyini quchoqlab oladilar. Ibrohim (a.s.) qurbon qilmoqchi bo‘lgan Ismoil (a.s.)ni ham unutadi. Muso (a.s.) birodari Horun (a.s.)ni unutadi. Iso (a.s.) volidasi hazrati Maryamni unutadi. Har biri: "Ey Rabbim! Bugun nafsimdan boshqa narsani istamayman", deydi. Faqat Payg‘ambarimizgina (s.a.v.): "Ummatimga omonlik va najot ber, ey Rabbim!" deydilar. U yerda bunga chiday oladigan hech kim bo‘lmaydi. Alloh taolo Josiya surasining 28-oyatida shunday marhamat qiladi: "(U Kunda) barcha ummatni (dahshat va iztirobla) tiz cho‘kkan holda ko‘rarsiz. Har bir ummat o‘z nomai a’moliga chaqirilur, (so‘ng ularga deyilur): "Bugun qilib o‘tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar". Farishtalarning qo‘lidan qutilib kelayotgan do‘zaxning bo‘kirgan ovozidan insonlar bo‘g‘ilishi darajasida g‘amga botadilar va yuzlarini berkitib oladilar. Furqon surasining 12-oyatida shunday marhamat qilinadi: "(Do‘zax) ularni uzoq joydan ko‘rgan vaqtidayoq uning xayqiriq va bo‘kirigini eshiturlar". Alloh taolo Mulk surasining 8-oyatida esa shunday marhamat qiladi: "U g‘azabdan parchalanib ketgudek bo‘lur...". Shunda, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldinga chiqib, jahannamni to‘xtatadilar va: "Haqir va zalil bo‘lib orqaga qayt! Toki, sening oldinga ahling guruh-guruh bo‘lib kelsinlar", deydilar. Do‘zax esa: "Ey Muhammad! Menga ruxsat bering, men o‘tib ketay. Chunki siz menga harom qilingansiz", deydi. Shunda Arshdan nido keladi: "Ey jahannam, Muhammadga (s.a.v.) quloq sol va unga itoat qil!" So‘ngra Rasululloh (s.a.v.) do‘zaxni yetaklab borib, Arshi a’loning chap tomoniga joylashtiradilar. Mahshardagilar Payg‘ambarimizning (s.a.v.) bu marhamatli harakatlarini bir-birlariga xabar beradilar. Qo‘rquvlari bir miqdor kamayadi. Anbiyo surasi 107-oyatning ma’noi sharifi zohir bo‘ladi: (Ey Muhammad alayhissalom), darhaqiqat, Biz Sizni barcha olamlarga faqat rahmat (ya’ni, Allohning rahmati-jannatiga yetaklaguvchi) qilib yubordik".
|
|
| |
DURDON | Дата: Yakshanba, 25-Mar-2012, 11:44 | Сообщение # 41 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| - Qiyomat kunida bir musulmon keltiriladi Uning hech qanday hasanasi yo‘qdirki, mezonda og‘ir kelsin. Alloh taolo uning iymoniga hurmatan unga marhamat qilib shunday deydi: "Insonlarning oldiga bor va ulardan senga savoblaridan beradigan kishini izla. Uning ikromi sababli jannatga kirasan!" U kimsa ketadi. Insonlar orasidan maqsadiga erishtiradigan kishini izlaydi. Ahvolini tushunadigan biror bir kishini topa olmaydi. Kimdan so‘rasa: "Men ham mezonimning yengil kelishidan qo‘rqaman. Men sendan ko‘ra ko‘proq muhtojman" degan javobni oladi. Bundan juda xafa bo‘ladi. Shunda yoniga bir kishi kelib: "Nima xohlaysan?" deb so‘raydi. Bu odam: "Bitta hasanaga (savobga) muhtojman. Uni balki mingta kishidan so‘ragandirman. Hammasi bir bahona bilan bermadilar", deydi. Haligi kishi bunga deydiki: "Alloh taoloning huzuriga bordim. Sahifamda birgina savobdan boshqa savob topa olmadim. U ham meni qutqarishga yetmaydi. Uni senga ehson qilaman. Uni mendan ol!" Bu odam suyungan holatda Allohning huzuriga qaytadi. Alloh taolo uning holini bilgan holda: "Nima qilib kelding?" deb so‘raydi. Bu odam voqeani bayon qiladi. Alloh taolo savobini bergan odamni huzuriga chaqiradi va: "Iymon egalariga mening karamim sening karamingdan, ehsondan ko‘proqdir. Birodaringning qo‘lidan ushla. Boringlar jannatga!" deb marhamat qiladi.
|
|
| |
ROBIYA | Дата: Yakshanba, 25-Mar-2012, 23:49 | Сообщение # 42 |
Группа: Muslima
Сообщений: 2503
Статус: 
| menga rosa yoqdi hikoyalar rahmat ALLOH rozi bolsin
chiroylik imzo coyaman yaqinda
|
|
| |
DURDON | Дата: Seshanba, 27-Mar-2012, 00:00 | Сообщение # 43 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Oxiratda bo‘ladigan Allohning qudratini ko‘rsatadigan ishlardan biri: Bir kishi Allohning huzuriga keltiriladi. Alloh taolo uni hisob-kitob qiladi. Savob va gunohlari tortiladi. U kimsa hozir Alloh taolo faqat meni hisob qilyapti, deb o‘ylaydi. Ammo unday emas. Chunki bu paytda hisobini faqat Alloh taolo biladigan miqdordagi kishilarning hisobi qilinadi.U yerda bir kishi ikkinchisini ko‘rmaydi. Biri ikkinchisining so‘zini eshitmaydi. Chunki har kim Allohning pardalari ostidadir. Subhonalloh, bu qanday buyuk quvvat va qudratdir. Bu haqda Alloh taolo Luqmon surasining 28-oyatida marhamat qilgan: "(Ey insonlar), sizlarni (barchangizni avval boshda) yaratish ham, (Qiyomat kunida) qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni (yaratish va qayta tiriltirishning) o‘zginasidir (ya’ni, shu qadar osondir). Zero, Alloh Eshitguvchi, Ko‘rguvchidir." Janobi Haqning bu qavlida sirlar bor. Bu sir zamonsiz va makonsiz bo‘lish siridir. Chunki Alloh taoloning mulki uchun, af’oli uchun va ishlari uchun had va g‘oya yo‘q. Subhonalloh, Uning fe’llaridan hech biri boshqa ishlarni qilishga mone’ bo‘lmaydi.
|
|
| |
DURDON | Дата: Yakshanba, 01-Apr-2012, 01:46 | Сообщение # 44 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Najotni Qurondan topdim (Hoshimjon qori hikoyasi) Xotinimning ko‘zi yorishadigan kun yaqin qolgan edi. Ayollar maslahatxonasiga borsa, do‘xtirlar homilaning rivojlanish muddati o‘tib ketgani, endi bola kattalashib, tug’ish nihoyatda qiyin bo‘lishini aytib, qo‘rqitishibdi. Ularning tavsiyasiga ko‘ra ayolimni tug’ruqxonaga zudlik bilan yotqizdim. Davolovchi do‘xtir qo‘limga bir necha qimmatbaho ukol va dori-darmonlarning ro‘yxatini tutqazdi. Agar ularni topib, tezda muolaja boshlanmasa, ona-bolaning hayotiga katta xavf borligini, tug’ish nihoyatda og’ir kechib, hatto o‘limga olib borishi mumkinligini yaxshilab tushuntirdi. Ayolim va bolamni hayotini o‘ylasam, shoshilinch dorixonaga chopishim kerak emish. Shifokorlar huzuridan bo‘shashib chiqarkanman, boshim qotdi. Sababi, dori-darmonga pul yo‘q. Anchadan buyon betobligim sababli ishlay olmayman. Ro‘zg’orni uchma-uch arang o‘tkazib turgan edim. Buncha pulni topish amrimahol. Hozirgi paytda kimdan ham qarz so‘raysan, hammaning holi o‘ziga tayin. Shu hayollar bilan uyga qanday kelganimni bilmay qoldim. Yolg’iz qolgan kenjamizni ovqatlantirib, uxlatib qo‘ydim. Keyin har kungi mashg’ulotim - Qur’oni karimni xatm qilishga kirishdim. Boyadan beri miyamni band qilib, ko‘nglimni g’ash qilib turgan hayollar nari ketdi. Buyuk Parvardigorning mo‘‘jiz kalomi ichra g’arq bo‘ldim. Haftasiga bir marta Qur’oni majidni xatm qilaman. Mushafni ochib, kelgan joyimdan tadabbur bilan tilovatni boshladim. O’n uchinchi juzga kelgan edim. Ra’d surasini o‘qishga kirishar ekanman, birdan miyamda yalt etib nimadir chaqnagandek bo‘ldi. Suraning 8-9-oyatlariga kelganimda hayratdan «Subhanalloh!» deya hayqirib yubordim. Beixtiyor ko‘zlarimdan yosh otilib chiqdi. Oyatlar mazmuni quyidagicha edi: «Faqat Allohgina har bir ayolning ko‘tarib yurgan homilasini (o‘g’ilmi-qizmi, rasomi-norasomi, chiroylimi-hunuk ekanini) ham, bachadonlar (muddatidan ilgari) tashlaydigan bolani ham, (to‘qqiz oydan) ortiqroq turib qoladigan bolani ham bilur. U zot dargohida har bir narsa o‘lchovlidir. U g’aybu shahodatni (ya’ni maxfiy va oshkora barcha narsani) bilguvchi buyuk va yuksak zotdir». Suraning shu joyiga kelganimdagi holatimni tasvirlashga til ojiz, qalam noqis. O’zim Qur’onni necha bor o‘qib, hamma narsa Allohning hikmat-irodasi bilan bo‘lishiga imon keltirsam-u, ojiz bir bandaning gapidan vahimaga tushib, qayg‘g’urib, iztirob chekib o‘tirsam?! Imonim bu qadar sustlashib ketganiga istig’for aytdim. Joynamozni yoyib ikki rakat namoz o‘qidim. Duoga qo‘l ochib, Allohdan ayolimning ko‘zi yorishini oson qilishini, ikki jonni O’z panohida asrashini so‘rab yolbordim, iltijo qildim. Duoda Ra’d surasining boyagi oyatlarini bir necha marta qaytarib, Allohdan najot, omonlik so‘radim. Yolg’iz O’ziga tavakkul qilib, xotirjam uyquga ketdim. …Ertasiga nonushtadan keyin xotinimdan xabar olgani borgan singlim hovlimizga suyunchi so‘rab, xursand kirib keldi: «Akajon, o‘g’illi bo‘libsiz, pahlavon o‘g’il tug’ilibdi. Ona-bolaning ahvoli yaxshi!» «Alhamdulillah» deb Allohga hamd-shukrona aytdim. Zotan, bundan boshqa so‘zga hojat ham yo‘q edi…
JUDAYAM TASIRLI EKAN.....
|
|
| |
DURDON | Дата: Yakshanba, 01-Apr-2012, 14:59 | Сообщение # 45 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
| Бир жаннатий киши жаннатда юрган экан, атроф шунчалик гузал, шунчалик хушбуй эканки бунга караб, бу хидлардан хидлаб туймасмиш киши. Шу пайт тепадан бир томчи у одамни кулига томибди. Томчидан чиккан хид Жаннатни тутиб кетибди, шунчалик ажойиб хид эканки, жаннатий киши хали Жаннатда бундай хид хидламаган экан. Шунда бу одам ажабланиб Аллохдан сурабди: Ё Раббим, бу кандай томчи, нега илгари бундай хидни уйламагандим деб. Шунда Аллохи Таоло у кишини кутариб Жаннатни бошка каватига чикарибди. У ер бу киши яшаётган жойидан минг чандон гузалрок, яхширок, хушбуйрок экан. У ерда бир киши утирар эди. Аллох Таоло айтибди: Сени кулингга томган томчи мана шу утирган кишини пешонасидан оккан тер эди. Ё Раббим, мен хам жаннатий булсам, у хам жаннатий булса, у дунёда ман хам намоз укиган булсам, руза тутган булсам, садакалар килган булсам, нега бу инсонни шунчалик баланд мартабага лойик курдинг, фаркимиз нима у киши билан дебди. Шунда Аллохи Таоло дебди: у киши у дунёда сендан бир марта куп Субханаллох деган!!! Ха азизлар, канчалик ибодат килсак кам, умр азиз нарса хар секундини факат Узига хамд айтишни барчамизга лойик курсин! Жаннатларда ана шундай баланд мартабалар хар бир муъминга насиб этсин!
|
|
| |