Islomiy ibratli hikoyalar
|
|
SAKINA | Date: Dushanba, 15-Iyul-2013, 06:41 | Message # 166 |

Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status: 
| "ШАХОДАТ КАЛИМАСИ".
Боку шахар касалхоналаридан бирига ута касал бир бемор йигитни олиб келишди. Бу йигит умрини сунги дамларини яшаётганди. Уни бир хонага олиб киришди. У хонада бир- иккита беморлар хам бор эди.уларни орасида бир такводор йигир хам бор эди. У йигит янги келган беморни касали жиддийлигини,умрини охирги дамларини яшаётганини эшитдию .у касални ёнига келиб хол - ахвол суради... Сунг унга шаходат калимасини айтишини таклиф килди.ва кимники охирги калимаси ушбу шаходат калималари булса у инсон албатта Жаннатга киради деб Расулимиз айтганлар деб кушиб куйди. Касал эса хеч нарса демай кузларини мултиратиб йигитга термилиб ётаверди.йигит эса биродар шу калимани ман билан бирга кайтаргин илтимос деб калимани айта бошлади." АШХАДУ АН ЛАА ИЛААХА ИЛЛАЛЛОХУ ВА АШХАДУ АННА МУХАММАДАН АБДУХУ ВА РОСУУЛУХУ "Деди... Касал эса анча маюс холда бошларини йук дегандай кимирлатди.. Йигит булса канчалар хайрон булса хам касалга; шу калимани кайтаргин деб ялинаверди. Ва нихоя касал йигит "АШХАДУ АН ЛА ИЛАХА ИЛЛАЛЛОХУ ВА АШХАДУ АННА МУХАММАДАН АБДУХУУ ВА РОСУЛУХУ" дедию жони узилди ва тезда бу хабар атрофдагиларга таркалди...хонага йигитни онаси кириб углини куриб анча куп сабр ила йиглай бошлади. Ва ёнида яна бир йигит хам унга кушилиб йиглаётганини курдию ; углим сен нега йиглаяпсан нима углимни танирмидинг деб сура .. Йигит булса; йук танимас эдим, аммо углингиз хозир тугри Жаннатга кетди деб йигисида давом этди.. Она ; сен каердан биласан углимни Жаннатга кетганини деб суради. Йигит; ахир углингиз шаходат калимасини айтиб кетди. Пайгамбаримиз с.а.в. Кимни сунги сузи "шаходат калимаси" булса шак- шубхасиз у банда Жаннатга киради деганлар деди... Она ута хайрон булиб дод солиб йиглаб; ахир углим тугилганидан буён соков эдию, умри мобайнида умуман гапирмаган эдию деди...
|
|
| |
SAKINA | Date: Shanba, 03-Avg-2013, 16:55 | Message # 167 |

Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status: 
| Musibatga sabr
Er-xotin yolg’iz o’glimizni soliha bir qizga uylantirdik. O’g’limiz juda e’tiqodli, odob ahliqli edi. Bir o’g’limga, bir kelinimga qarb quvonar, bunday ne’matlarni ato etgan Yaratganga shukronalar qilardim. Lekin xursandchiligimiz uzoqqa cho’zilmadi. Oradan bir yil o’tar o’tmas, og’limiz og’ir kasallikka chalindi. Bu orada ular farzand ko’rishdi. O’g’lim ayoliga bolani “Taborak” surasini o’qib emizishni buyurdi. Jigarbandining kasali kundan-kunga zo’rayib, yorug’ dunyo ko’zimizga qorong’u bo’lib ketar, kecha-kunduz Allohga yolvorib iltijolar qilardik. Bolam ikki yil davomida qattiq azob chekishga qaramasdan, biror marta ham namozini qazo qilmadi. Gohida tahorat, gohida tayammum bilan ibodatda bardavom bo’ldi. Og’riq kuchaygan pauytlarda “Alloh, Alloh, o’zing shifo ber” deya nola qilar, buni eshitib battar ezilar, go’yoki hayot men uchun tugagan edi. Bu musibatdan hech qachon nolimas, ayni vaqtda menga: “Bu dardni nega berding, deb Allohga nolimang. Aks holda ibodatlar bekor ketib qolishi mumkin”, derdi. Kasallik borgan sari kuchayib, oshqozonga borib yetdi, natijada u ovqat yeyolmay qoldi. Madori yoqligidan unga tayammum qildirib qo’yar edim, o’g’lim qo’lini ko’tarib, namozga imo qilardi. Faqat ibodatini ko’ngildagidek ado qila olmayotganligidangina nolirdi, xolos. Jigarbandim, ko’zimning oqu qorasi so’nggi kunlarini boshidan kechirar, gapirgani holi ham yoq edi. Ovozi chiqmasa-da, og’zi qimirlab, tili bilan “La ilaha illalloh” deganini eshitganimda uni bag’rimga bosib: “Bergan sutimga roziman, bolam!” deya yurak-yuragimdan unsiz yig’ladim. Alloh, yolg’izgina bolamni- yodgorimni qaytarib oldi. Tilimga faqat bir duo kelardi: “Allohim, menga sabr ato et!” O’ksik qalbimga birgina narsa malham bo’la olardi.: “O’g’lim iymon bilan, ibodat bilan ketdi! Bolaginam sendan roziman. “Sabr qiling”, der eding. Sabr ila seni jannatda ko’rmoqni tunu kun so’rayman. Menga sabr va jannat ber, Allohim!”
Ona maktubini oqqa ko’chiruvchi Habibaxon, Quva shahri. Musulmonlar taqvim kitobi 2006 yil II chorak
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 12-Avg-2013, 00:30 | Message # 168 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Bani Isroil qavmida bir yigit uylanish uchun to'qson to'qqiz xil odam bilan maslahatlashib, hech kimdan jo'yali gap chiqmagandan keyin, o'ziga-o'zi: -Ertaga tong otganda birinchi uchragan odamdan maslahat olaman, usha birinchi uchargan odam nima desa bo'ldi deb qasam ichdi. Ertalab tong otgandan keyin ko'chaga chiqsa, yo'lda bir devona sifat odam qamishni ot qilib yetaklab, "cho'h-cho'h" deb ketardi. Obbo' bu devona sifat odam bo'ldiku endi nima qilsam deb yigit hayron bo'ldi va tavakkal man ALLOHga qasam ichganman nima bo'lsa bo'ldi shu odamdan so'rayman deb yoniga yaqinlashdi. -Qoch otim tepib ketadi dedi haligi odam. -To'xta, men uylanmoqchiman, o'zimga ertalab yo'limda kim birinchi uchrasa ushandan maslahat olib uylanaman deb ALLOH nomiga qasam ichganman, nima maslahat berasan, kimga uylansam bo'ladi dedi. -Ayollarni toifasi ko'p birinchi toifa ayolga uylansang, seni foydang, ikkinchi toifa ayolga uylansang, zararing, uchinchi toifa ayolga uylansang, nomalum dedida yo'lida davom etdi. Yigit hayron bo'lib haligi odamni orqasidan bordi. -Tushuntiribroq gapir, gapirgan gapingga umuman tushunmadim dedi. -Birinchi toifa bokira qiz. Hali turmush qurmagan, go'shangaga kirib, ko'z ochib ko'rgani, vujudi bilan senga moil, nima desang o'shanga ko'nib, birinchi nikoh kechasida seni ko'rgan seni bilgan qiz bu seni foydang. Ikkinchi toifa, bu eri o'lib tul qolgan beva ayolga uylanish seni zararing. Avvalgi eridan, hulqda, topish tutishda yaxshi bo'lsang, avvalgi erini unutib, senga ko'nikishi mumkin, lekin qaysi bir jihatda, avvalgi eridan, kamroq bo'lsang, keyingi turmush kiyimga solingan yamoqdek bo'ladi degan gapni yuzingga solishligi mumkin. Bu sening zararingdir. Uchinchi toifa turmush qurganu bola tug'magan ayol, teggandan keyin farzand ko'rishi ma'lum yoki nomalum. Tug'sa seni foydang, tug'masa zararing. Manashu narsalarni senga maslahat qildim, u yog'ini o'zing o'ylab ko'r deya yo'lida davom etdi. Qarasalar jinniga o'xshamaydi. Orqalaridan darrov yetib olib, -Menga qarang, siz jinniga o'xshamaysiz, devona odamdan bunday gap chiqmaydi deganlarida, -Men jinni emasma, odamlar meni katta bir shaharga qozi qilib tayinlashmoqchi bo'lganlarida, notog'ri fatvodan, poraga aralashib qolishdan qo'rqib, o'zimi qozilikdan olib qochish uchun o'zimni jinnilikka solib shahardan chiqib ketganman degan javobni bergan ekanlar.
Qobiljon qori ma'ruzasidan.
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 12-Avg-2013, 01:47 | Message # 169 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Иброҳим Адҳам ҳазратлари ҳаммомга бордилар. Лекин пуллари бўлмагани учун, қанча ялинсалар ҳам, ичкарига қўйишмади. Бўйинлари эгик ҳолда ортга қайтаётган Иброҳим Адҳам шундай ҳайқириб йиғладиларки, бири қўйиб ҳазратни юпата кетишди: —Бунчалик қайғу чекишингизга ҳожат йўқ, сиз учун ҳаммомга, мана, биз пул тўлаймиз! Шунда Иброҳим Адҳам йиғилганларга: —Сизлар мени ҳаммомга киритишмагани учун йиғлаяпти деб ўйлаяпсизми? — дедилар. — Йўқ, асло бундай эмас. Бу дунёда-ку пулинг йўқ деб ҳаммомга киритишмаяпти. Бироқ охиратда яхши амалларинг йўқ, дея жаннатга қўймасалар, ҳолим нима кечади? Шуни ўйлаб йиғлаяпман.
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 18-Avg-2013, 01:35 | Message # 170 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Bir musulmon yigit o'qishi va ishi sabab nasroniylar oilasida yashaydi. Oila unga do'stona munosabatda, yigitning e'tiqodini hurmat qilishadi. Har kuni 3 mahal birga ovqatlanishadi. Lekin oila islom haqida keyingi paytlarda musulmon diyorlarda tez-tez sodir bo'layotgan notinchliklar sabab ko'plab boshqa nasroniylar kabi noto'g'ri tushunchaga kelib qolgan. Yigit va oila a'zolari o'rtasida ba'zan bahsli suhbatlar bo'lib o'tadi. Yigit ularning ko'z quloqlari berk bo'lishi, islom va uning sifatlari haqida qancha gapirilmasin, ular qalblari berkligi sababli baribir tushuna olmasligini yaxshi biladi va odatda ''buni sizlar tushunmaysizlar'' deya bahsga nuqta qo'yar edi. Ana shunday suhbatlarning oxirgi 2tasida oila Saudia Arabistonida ayollar erkinligi yo'qligi, ularga jamiyatda ko'plab ta'qiqlar mavjudligi qabilida fikr yuritishdi, va shu yo'l bilan islomda ayolga past nazar bilan qaraldi degan xulosani bildirishdi. Yigit odatdagiday, "unday emas, gazeta va televideniya ko'rgan hamma ma'lumotlaringizga ishonmang" bahsni cho'zmadi. Ko'p o'tmay oilaviy tushlik paytida suhbat iqtisodiyot, boy davlatlar, neft masalalaridan kelib yana Saudiyagi xolatlarga borib qadaldi. Oila a'zolari yana eski mavzuni ko'tardilar, kulgu bo'ldi. Yigit bu safar bahsn oxirigacha olib bordi: - sizlar inson huquqlari, erkinliklari haqida gapiryapsizlar. Keling sizlar o'ylaganingizcha bo'la qolsin, aytaylik aksariyat saudiyalik erkaklar, ayollarini asosan uyda bo'lib uy ishlari farzand tarbiyasi bilan shug'ullanishini xoxlaydilar, va siz buni jamiyatda ayollarning roli past degan xulosa qilayapsizlar. Kechirasizlar, men Yevropada, sizning jamiyatingizda ayollarning qiymatini bir yashik pivoga tenglashtirib beraymi?" Oila a'zolari jiddiylashib qoldilar? "Bo'lishi mumkin emas" - Hop yaxshi, tasavvur qilaylik, men shu yerlik oddiy bir yigitman. Kunlarning birida do'stlarim bilan kecha uyushtirdik. Kechaga men aroq, viskiy, sharbatlar va 2 yashik pivo sotib oldim. Do'stlarim bilan musiqa tinglab, ichib rohatlandik, lekin baribir nimadir yetishmayapti, telefonni qo'lga olaman va mahalliy gazetadagi e'lonlar orqali 2 - 3 ta ayollar yollayman. Ular kelib hojatimizni chiqarib ketganidan keyin xizmat haqqini beraman, ya'ni o'sha kecha uchun men ularni sotib olaman. Ertasiga ular ketishadi. O'sha kuni men bo'shagan pivo shishalarini yig'ishtib do'konga qaytaraman. Qani menga aytingchi shu kechada 2 yashik pivo bilan anavi ayollarning farqi nimada? Biroz sukunatdan so'ng, oila a'zolari: - Ular "normal ayollar emas" - Lekin ular ham ayollarmi? - Ular bu ishni o'zlari hohlab qiladi va fohishabozlik hamma yerda uchraydi. - Albatta, fohishabozlik hamma joyda topiladi, lekin sizning jamiyatingiz ushbu xizmatga qonuniy ruhsat beradi. Ya'ni ayollarning qiymati pivochalik bo'lishiga. Siz esa ayollar eng muhim hazina hisoblanadigan jamiyat ustidan kulayapsiz. Inson huquqlari, erkinlik, ayollar o'rni, aytingchi qayerda insonning qiymati balandroq? Yevropadami, Saudiyadami...? Oila bu mavzuda yigit bilan boshqa tortishmadi...
|
|
| |
SAKINA | Date: Seshanba, 20-Avg-2013, 02:35 | Message # 171 |

Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status: 
| Haj ibodatiga borgan bir musofir kishi ko‘chadan yigirma besh ming AQSh dollari miqdoridagi pulni topib olibdi. Pul egasini topish maqsadida, OAVga e`lon beribdi, tanishlardan so‘rab- surishtiribdi, lekin harchand urinmasin uyiga qaytgunicha ham pulning egasi topilmabdi. Yurtiga qaytgach ham so‘rab- surishtirishda davom etibdi. Internet tarmog‘i orqali e'lonlar beribdi, ammo bu ham foyda bermabdi. Oradan bir yil o‘tgach topilgan pulni o‘zi uchun sarflashni harom deb bilgan bu kishi, rafiqasi bilan maslaxatlashib, pulning hammasini beva-bechora va kambag‘allarga tarqatib yuboribdi. Oradan ko‘p o‘tmay uyiga ikki yigit kelib, topib olingan yigirma besh ming AQSh dollarning egasi ekanliklarini aytishibdi va pulni qaytarishini so‘rashibdi. Buni eshitgan haligi kishi nima qilishini bilmay, to‘g‘risini aytsa ular ishonmasliklaridan qo‘rqib, Allohga tavakkal qilib, ertaga kelishlarini iltimos qilibdi. O‘sha kuni tuni bilan ibodat qilib, Allohdan uni bu hijolatli holatdan qutqarishini so‘rab, yig‘lab duolar qilibdi. Tonga yaqin charchab, ko‘zi uyquga ketib qolibdi. Tush ko‘ribdi. Tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qarab: - “Xafa bo‘lma ey ummatim, sen qo‘shni shahardagi Abdulloh ismli kishini top va undan yordam so‘ra. U sahovatli boylardan, senga albatta yordam beradi va yana unga shuni aytgin-ki, u mening chin ummatimdir, u menga har kuni tongda yuz marotaba salovat aytishni o‘ziga odat qilib olgan”, debdilar. Tongda turib, qo‘shni shaharga borib, Rasulluloh sollallohu alayhi vasallam aytgan manzildan Abdullohning xonadonini topib, uni chaqiribdi va ichkariga kirishga izn so‘rabdi. Ichkariga kirgach, u bilan salomlashib: - “Meni sizning oldingizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jo‘natdilar”, - deb, bo‘lgan voqeaning hammasini aytib beribdi. - “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, siz u zotning chin ummati ekansiz va har tongda u zotga yuz marotaba salovat aytar ekansiz” debdi. Buni eshitgan Abdulloh xo‘ng-xo‘ng yig‘lab: - “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan odam siz ekansiz-da, kecha mening ham tushimga kirib, sizning kelishingizni aytgan edilar, sizni kutib turgan edim”, debdi. Ikkalalari bir-birlarini quchoqlab, bo‘lib o‘tgan voqeadan ta'sirlanib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatlari qalblarida jo‘sh urib, xo‘ng-xo‘ng yig‘labdilar. So‘ng Abdulloh uyidan ellik ming AQSh dollari olib chiqib: - “Mana shu pulni hammasini oling. Pulning yarmini topib olgan pulingizni qaytarish uchun, yarmi esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatingiz uchun sizga hadya”, debdi. Haligi kishi pulni olib uyiga qaytibdi. Kelishilganidek pulning egalari kelishibdi. U kishi pulni qaytara turib, yig‘lab-yig‘lab ularga bo‘lgan voqeani aytib beribdi. Ular ham bo‘lgan voqeadan ta'sirlanib, pulni olishdan voz kechishibdi. Ular ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatingiz uchun deb, pulni u kishiga hadya qilib yuborishibdi.
|
|
| |
Toxirjon | Date: Seshanba, 20-Avg-2013, 11:01 | Message # 172 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1424
Status: 
| raxmat kata Sakina iloxim shunday odamlar kupayaversin
ollox xamalarimizni uz panoxida asrasin.amin
|
|
| |
SAKINA | Date: Payshanba, 22-Avg-2013, 10:16 | Message # 173 |

Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status: 
| Россия. Бир мусулмон ярим тунда кўчадан уйи томон қайтарди. Кўчада икки рус йигити бир-бири билан жанжаллашишарди. Бу жанжал муштлашувга айланиб кетди. Мусулмон ўз эътиқоди талабларига кўра уларни ажратиб қўйишга ошиқди. Айни шу вақтда жанжаллашаётганлардан бири иккинчисини пичоқлаб қўйди. У пичоқни нима қилишни билмай қолган мусулмоннинг қўлига тутқазиб, ўзи қочиб қолди. Тез орада милиция етиб келди. Йигитни қотилликда айблаб хибсга олишди. Қотил эмаслигини аниқ далиллар билан исботлай олмагани, гувохларнинг йўқлиги сабаб уни 6 йилга қамашди. Қамоқхона Сибирда жойлашган эди ва хаддан ташқари совуқ эди. Энг ёмони эса, қамоқхонадаги махбусларнинг қалблари Сибир хавосиданда совуқроқ эди. Йигит хар куни 5 вақт намозни канда қилмасди. Ўз фарзларини астойдил адо этарди. Лекин унинг намоз ўқиши қамоқхонадаги ходимларга ёқмасди. Қахратон январ кунларининг бирида, харорат - 45 даража совуқлигига қарамай бир бадфеъл ходим мусулмонни енгил кийимида кўча калоннасига улоқтирди. Ташқари шу қадар совуқ эдики, мусулмон қилич билан танасини кесиб ташлашаётгандек хис қиларди Ўзини совуқдан кўзларини очишга қийналарди. Қоронғу тушгач, совуқ баттар кучайди. У тинмай Оллохга ёлворарди: Мени бу азобдан қутқар, Тангрим! Охири танаси бутунлай музлаб қолди. Секин хушидан кета бошлади. Шу пайтда бир ёруғлик пайдо бўлди ва аста- секин унга яқинлаша бошлади. Бу бир оқ айиқ бўлиб, унинг танаси жуда ката эди. Оқ айиқ мусулмонни бағрига олди. Унинг танаси шу қадар иссиқ эдики, йигит ухлаб қолди. Айиқ хам қилт этмай ётарди. Эртасига эрталаб қамоқхонада шов-шув тарқалди: тунги навбатчиликда турган икки нафар совуқдан музлаб қолган кишининг жасади топилди. Сал ўтмай яна бир шов- шув кўтарилди: кеча кўча қамоғида ётган мусулмон йигити устида бир дона кўйлаги билан қамоқхонага тирик ва тетик холда кириб келди! Оллох хеч қачон унга илтижо қилган бандасини ёлғиз ташлаб қўймайди! Эътиқодимиз мустахкам бўлсин . . . ! ! !
|
|
| |
SAKINA | Date: Payshanba, 22-Avg-2013, 10:30 | Message # 174 |

Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status: 
| Бир хонадонда ёши бир жойга бориб қоган аёл билан ўғил бўлган экан. Улар ночорликда яшар она пенсияда ўғил бекорчи экан. Бир куни ўғил сув бойида "Аллох, нега бизани ночор камбағал қиб яратдинг бошқалардан не кам жойимиз бор. Мен хали уйланишим керак, онам қариб қолганлар онамдан айрилсам қайси пулимга марака ўтқизаман? Эй Аллох, шунчали хам бешавқат бўласанми? Мени хам бой бадавлат қилиб қўй" деб Яратганга нола қилиб ўтирган экан. Олдига бир бой бадавлат сўнги русумдиги машинада бир одам келиб "Нега бир ўзинг сув бўйида ўзинг билан ўзинг гаплашиб ўтирибсан нима бўлди" деб сўрабди. Шунда ўғил мен дардими сувга айтиб дардимга малхам топиб ўтирибман ночорлигимни камбағалигимни айтиб бераётган эдим дебди. Шунда халиги бадавлат одам ўғилни олдига бир чемадон пулни олдига қўйиб "Эй Аллох,ни бандаси мана сенга пул бу пулни хамма маракангга етади яхшлигинга ишлат деб кетибди. Бола хурсанд бўлиб уйга қайтибди. Уйга кириб қарасаки муштипар она олдида бутун умр етадиган пуллари олдида хаётдан кўз юмибди. Бола эсанкираб она дебдида тўйиб-тўйиб йиглабди. Онани маракаларидан холиган ўғил азгина бўлса хам ўйлаб олай деб уйқуга кетибди. Уйқисида бир туш кўрибди. Тушида Аллох, билан гаплашаётган эмиш. Ўғил Аллох,га "Эй Аллох, мен сендан онамни жонларини ол деб нола қилмадим мени бой бадавлат қил деб нола қилгандим" дебди. Аллох, болага шундай жавоб берибди: "Сен мендан муштипар онангни маракасига тўй хашамга бойлик сўрадинг мен бердим. Нега сени оқ ювиб, оқ тараган волиданга узоқ умр кўришини сўрамадинг" дебди . . . ! ! ! Азиз биродарлар Аллох,дан бор вужудимиз билан бойлик эмас балки мунис Онажонларимизга кўп умр кўришларини сўрайлик пул ўз йўлига, кейин Онани топиб бўлмайди лекин бойликни топса бўлади . . . ! ! !
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 02-Sen-2013, 01:10 | Message # 175 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| IBRATLI MUHABBAT…
Haj ibodatiga borgan bir musofir kishi ko‘chadan yigirma besh ming AQSh dollari miqdoridagi pulni topib olibdi. Pul egasini topish maqsadida, OAVga e`lon beribdi, tanishlardan so‘rab-surishtiribdi, lekin harchand urinmasin uyiga qaytgunicha ham pulning egasi topilmabdi. Yurtiga qaytgach ham so‘rab-surishtirishda davom etibdi. Internet tarmog‘i orqali e'lonlar beribdi, ammo bu ham foyda bermabdi. Oradan bir yil o‘tgach topilgan pulni o‘zi uchun sarflashni harom deb bilgan bu kishi, rafiqasi bilan maslaxatlashib, pulning hammasini beva-bechora va kambag‘allarga tarqatib yuboribdi. Oradan ko‘p o‘tmay uyiga ikki yigit kelib, topib olingan yigirma besh ming AQSh dollarning egasi ekanliklarini aytishibdi va pulni qaytarishini so‘rashibdi. Buni eshitgan haligi kishi nima qilishini bilmay, to‘g‘risini aytsa ular ishonmasliklaridan qo‘rqib, Allohga tavakkal qilib, ertaga kelishlarini iltimos qilibdi. O‘sha kuni tuni bilan ibodat qilib, Allohdan uni bu hijolatli holatdan qutqarishini so‘rab, yig‘lab duolar qilibdi. Tonga yaqin charchab, ko‘zi uyquga ketib qolibdi. Tush ko‘ribdi. Tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qarab: - “Xafa bo‘lma ey ummatim, sen qo‘shni shahardagi Abdulloh ismli kishini top va undan yordam so‘ra. U sahovatli boylardan, senga albatta yordam beradi va yana unga shuni aytgin-ki, u mening chin ummatimdir, u menga har kuni tongda yuz marotaba salovat aytishni o‘ziga odat qilib olgan”, debdilar. Tongda turib, qo‘shni shaharga borib, Rasulluloh sollallohu alayhi vasallam aytgan manzildan Abdullohning xonadonini topib, uni chaqiribdi va ichkariga kirishga izn so‘rabdi. Ichkariga kirgach, u bilan salomlashib: - “Meni sizning oldingizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jo‘natdilar”, - deb, bo‘lgan voqeaning hammasini aytib beribdi. - “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, siz u zotning chin ummati ekansiz va har tongda u zotga yuz marotaba salovat aytar ekansiz” debdi. Buni eshitgan Abdulloh xo‘ng-xo‘ng yig‘lab: - “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan odam siz ekansiz-da, kecha mening ham tushimga kirib, sizning kelishingizni aytgan edilar, sizni kutib turgan edim”, debdi. Ikkalalari bir-birlarini quchoqlab, bo‘lib o‘tgan voqeadan ta'sirlanib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatlari qalblarida jo‘sh urib, xo‘ng-xo‘ng yig‘labdilar. So‘ng Abdulloh uyidan ellik ming AQSh dollari olib chiqib: - “Mana shu pulni hammasini oling. Pulning yarmini topib olgan pulingizni qaytarish uchun, yarmi esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatingiz uchun sizga hadya”, debdi. Haligi kishi pulni olib uyiga qaytibdi. Kelishilganidek pulning egalari kelishibdi. U kishi pulni qaytara turib, yig‘lab-yig‘lab ularga bo‘lgan voqeani aytib beribdi. Ular ham bo‘lgan voqeadan ta'sirlanib, pulni olishdan voz kechishibdi. Ular ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatingiz uchun deb, pulni u kishiga hadya qilib yuborishibdi..
|
|
| |
SAKINA | Date: Payshanba, 05-Sen-2013, 14:11 | Message # 176 |

Group: IJODKOR
Messages: 2601
Status: 
| Aбу Aбдуллoҳ шундай ҳикоя қилади: «Сизга ушбу воқеани қандай ҳикоя қилиб беришни ҳам билмайман… Бу воқеа – менинг ҳаётимни тубдан ўзгартириб юборган. Бу хақиқатни очишга хеч ботинолмай юрардим…
Лекин Аллоҳ олдидаги масъулият ҳисси мени ҳикоя қилишга ундади. Токи Роббисига осий бўлиб юрган йигитлар ва ясама, пуч хаёлларни «севги» номи билан атаб юрган қизларга бир огохлантириш, ибрат бўлсин.
Биз – енгилтак ва манман уч дуст эдик. Йўқ, тўртта эдик... Тўртинчимиз шайтон эди…
Биз содда қизларни ўзимизнинг мулойим, ширин сўзларимиз билан алдаб-сулдаб чекка далаховлиларга олиб чиқардик… У ерда эса биз тўсатдан йиртқич бўриларга айланар, уларни ялиниб ёлборишларига ҳам парво қилмасдик… Чунки бизнинг қалбларимиз, ҳисларимиз ўлган эди…
То унутилмас ўша кун келгунча, бизнинг куну-тунларимиз мана шу тарзда, далаларда, чодирларда, денгиз қирғокларида машиналарда ўтиб борарди…
Бир куни одатимиз бўйича, далаховлига чиқдик… Ҳамма нарса хозир эди… Хар биримизда биттадан «нихол», лаънати ичкилик ҳам етарли... Лекин егулик олиш ёдимиздан чиқибди… Бироздан cўнг ичимиздан биттамиз кечки овқат олиб келиш учун ўз машинасида кетди. Соат тахминан кечки еттилар эди.
Негадир, орадан бир неча соат ўтса-да ундан дарак бўлавермади... Безовта бўла бошладим ва соат ўнларда машинамда уни ахтаришга тушдим… Бир вакт, не кўз билан кўрайки, йўлда… Етиб борганимда дўстимнинг машинаси бир ёнга ағдарилган кўйи алангага бурканиб ёниб ётарди…Эсим оғиб қолаёзган алфозда, югуриб, машина ичидан дўстимни чиқаришга харакат килдим… Деярли танасининг ярми кўмир каби қорайиб, куйиб кетган дўстимни кўрганимда, бир муддат қотиб колдим… Ҳали хаёт аломати билиниб турган танани кўтариб, ерга ётқиздим… Бир неча дақиқалардан cўнг кўзини очди ва: «Олов! Олов!» дея алаҳсирай бошлади.
Машинамга ётқизиб, касалхонага олиб боришга ахд қилдим, лекин у: «Фойдаси йўқ…Барибир етиб бормайман…» деди инграган овоз билан. Кўз олдимда жон бераётган дўстимга караб турарканман, кўз ёшларим сел каби оқарди…
Бирдан у бақира бошлади: «Энди нима дейман Унга…Нима дейман Унга?» Дахшат билан қарадим ва: «Ким У?» деб cўрадим. Чуқур қудуқ қаъридан келаётгандай бир овоз билан: «Алло-о-о-ҳ» деди.
Чақмоқ ургандек сесканиб кетдим…. Кутилмаганда дўстим охирги нафасларини жамлаб, бир қичқирди-да, сўнг, бўшашиб қолди…
*****
Кунлар ўтсада, ёдимдан ёнаётган олов ва вафот этган дўстимнинг: «Энди нима дейман Унга… Нима дейман?» деб қичқираётган манзараси чиқмас, қайта-қайта хаёлимга қуйилиб келаверарди.
Ўз-ўзимга савол бера бошладим: «Мен нима дейман Унга?» Кўзимдан ёшлар қуйилди…
Шу вақт муаззиннинг бомдод намозига айтаётган азони янгради: «Аллоҳу акбар! Аллоҳу акбар… Ҳайя ъалас солаҳ… Бу нидо хоссатан мен учун, мени нур ва ҳидоят йўлига чақириш учун деб хис қилдим…. Ғусл қилиб ювиндим ва таҳорат олдим. Йиллар давомида тўпланиб қолган разилликлардан жисмимни покладим… Намозни адо этдим... Ўша кундан бошлаб фарзларни қолдирмай адо қила бошладим. Аллоҳга ҳамд айтаман, чунки, Ундан бошқаси ҳамдга лойиқ эмас…
Мен бошқа инсонга айландим… Ахволларни ўзгартирувчи Зот нақадар пок! Аллоҳ изни билан умрага тайёрланаяпман…Иншааллох, хажга ҳам ният бор, яна қайдам, ахир умрлар Аллоҳ субханаҳу ва таолонинг измида-ку».
|
|
| |
DURDON | Date: Yakshanba, 08-Sen-2013, 03:12 | Message # 177 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Ayanchli ölim Hashamatli restaranlarning birida töy marosimi bölib ötayotgan edi. Chaqirilgan mehmonlarning ichida bir ayol kechaning boshidan har bir qöshiqqa raqsga tusha boshladi. Yenglari yöq, tanasini ma'lum qisminigina berkitib turgan bazm libosida (ayol al-kasiyat al-a'riyatlardan edi), bir necha soat raqsga tushishni davom ettirdi. Axiri xushidan ketib sahnaga yiqildi. Qatnashchilar suv sepgan, elpigandek bölishdi, foyda bermadi. Shunda ayolning dugonasi kelib: men uni qanday öziga keltirishni bilaman, uni quloqlari atrofida musiqani janranglarib qöyish kerak va u hushiga keladi, dedi. Bir necha daqiqa musiqani ayolning quloqlari ostida yangratishdi. Foydasi bölmadi. Tomirini tekshirishdi. Ayol ölgan edi. U tanasi ochiq huddi yalang'och holatda yotgandek edi. Mehmonlar jasad ustini yopishga shoshilishdi. Lekin hech kim hali duch kelmagan tasodif röy berdi. Qanchalik ustini yopishga urinishmasin jussa ochilib qolaverardi. Uning ustidagi bir bölak kiymi ham qolmadi. Mato esa qanchalik yopishga urinishmasin chetga uchib tushardi. Har yopganlarida bir boshi, bir kökragi, bir sonlari, bir ikki oyog'i ochilib qolaverdi. Mehmonlarning hayajoni tobora bu holatdan ortib borar edi. Shu asnoda ayolning turmush örtog'iga xabar yuborildi. Eri tezda yetib keldi. Uning taklifi bn törtta odam tört tarafdan yopinchig'ni mahkam ushlab g'usl va dafn qilish uchun olib chiqishdi. Ikkinchi ajablanarli holat bu g'usldan keyin kafanlash asnosida sodir bdi. Har gal kafanni ustiga yopganlarida tushib, ochilib ketaverardi. Bir necha marta qilingan harakat samarasiz chiqqandan söng, g'assolalarga aytildi: qandoq bölsa shunday dafn qilinadi. Dunyoda oriya (yalang'och) bölib yashadi va oriya holatida hayotni tark etdi. Amal xotimasiga köradi. Uning nasibasi shu. Dunyoda uning kasb qilib topgani shudir (Allohdan bunaqa holatlardan panoh söraymiz). Hodisani rivoyat qilgan ayol, sözining söngida dedi: barchadan bu qissadan va'z va nasihat (ibrat) olishlarini, dunyoning yomonligi va ziynatlaridan ogohlanishliklarini sörayman. Allohim, biz Sendan husni xotimani söraymiz!
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 09-Sen-2013, 00:04 | Message # 178 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Bir qiz onasi bilan haj ibodatini ado etish uchun ka'ba tamonga yo'l olibdi. Allohning baytini tavof etib, islom ruknlaridan birini ado etish arafasida qalbi quvonchga to'la bo'lgan bu qizning ko'zi ojiz edi. Allohning yaratgan mo'jizalarini ko'zlari bilan ko'ra olmasada qalban his qilar, Allohga bo'lgan iymoni juda ham kuchli, chin ixlosli bir qiz edi.. U onasi bilan haj ibodatini ado etar ekan, onasi ka'batullohni tavof eta turib yig'lab yig'lab duo qilardi: Yo Robbim, ey qodir egam, jigarbandim, dilbandimning ko'zlariga O'zing nur ato et, u ham boshqalar kabi bu yorug' olamni ko'rsin.. Qiz ham shu onda Allohga duo qilardi: Yo Robbim, onamning duolarini ijobat qilmagin, men ko'rligimcha qolishni xoxlayman...
Chunki men Jannatda ilk bor ko'zimni ochsamu birinchi bo'lib Sening beparda jamolingni ko'rsam deyman...
Ey Robbim, bizlarni jannatda sening beparda jamolingni ko'rishlikdan bebahra qilma..
|
|
| |
DURDON | Date: Dushanba, 09-Sen-2013, 00:27 | Message # 179 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Ҳасан Басрий ва насроний қўшни
Ҳасан Басрийнинг насроний қўшниси бор эди. Унинг ҳовлисида ҳожатхона бўлиб, у ўша ҳожатхонадан ер ости йўли қазиб қўйган эди. Ундан Ҳасан Басрийнинг ҳовлисига нажосат оқиб кирарди. Ҳасан Басрий ўша нажосат кирадиган жойга бир идиш қўйиб қўйди. Кечқурунлари тўлган идишни тўкиб, яна жойига қўйиб қўярди. Мана шу ҳол 20 йил давом этди.
Бир куни Ҳасан Басрий касал бўлиб қолди. Насроний қўшни у кишини кўргани чиқди. Чиққач, ҳалиги идишга кўзи тушди ва буюк тобеиндан: “Менинг сизга бераётган бу азиятимга неча йилдан бери чидаб келяпсиз?” деб сўради. Ҳасан Басрий:
“Йигирма йилдан бери” деб жавоб бердилар. Буни эшитган насроний қўшни шу заҳоти белидаги зуннорини ечиб ташлади ва исломни қабул қилди.
Ҳоний Ҳожининг “Солиҳлар ҳаётидан минг бир қисса” китобидан Нозимжон Ҳошимжон таржимаси.
|
|
| |
DURDON | Date: Juma, 13-Sen-2013, 02:04 | Message # 180 |
 SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status: 
| Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳу ривоят қилади: «Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: «Бану Исроилдан бир киши бошқасидан минг дийнор қарзга пул сўраб борса, «Менга бу ишга гувоҳ бўладиган гувоҳларни келтир» ,деб талаб қилибди. «Аллоҳнинг гувоҳлиги етади!» ,дебди қарз сўраётган. «Ундай бўлса,бирорта кафил келтир» ,дебди соҳиби. «Аллоҳнинг бу ишга кафолати кифоядир!» ,деса,қарз берувчи: «Ҳаққи-рост сўзладинг!» ,деб минг дийнорни маълум муддатга бериб юборибди.Қарз олган киши денгизга кетиб,режалаган ишларини бажарибди.Қарзни қайтариш вақти яқинлашгач,соҳибини олдига қайтмоққа денгиздан ўтиш учун кема қидирибди.Лекин бирорта кема тополмагач,бир тўнкани олиб,ичини ўйибди.Минг дийнор билан соҳибига ёзилган хатни тўнка ичига жойлаб,ёриқни яхшилаб беркитибдида,денгиз бўйига келибди. «Эй Аллоҳим,ўзинг биласан,мен фалончидан қарзга минг дийнор сўрадим,у мендан кафил талаб қилди.Мен: » «Аллоҳнинг бу ишга кафолати кифоядир!» ,десам, у Сенинг кафолатингга рози бўлди.Мендан гувоҳ талаб қилди,мен: «Аллоҳнинг гувоҳлиги кифоядир!» ,десам,у Сенинг шоҳидлигингга рози бўлди.Мен унинг ҳаққини жўнатай,деб бирорта кема қидирдим, лекин топа олмадим.Энди мен бу пулни Сенга топширдим!» ,деб ёғочни денгизга отибди.Ёғоч денгиз ичига кириб кетгач,қарздор ўзини юртига қайтиш учун яна кема қидириб кетибди. Қарз берган киши эса денгиз бўйига чиқиб,берган қарзим бирон кемада келгандир,деб қараб турса,сувда турган ўша минг дийнор солинган тўнкани кўриб қолибди.Уйга обориб,ўтин қилиб ишлатарман,деб тўнкани кўтариб олиб кетибди.Тўнкани ёрса,ичидан минг дийнор пул билан соҳибининг унга ёзган хати чиқибди. Бир муддат ўтиб қарздор минг дийнорни кўтариб кебқолди.»Аллоҳга қасамки,сенга пулингни келтирай,деб роса кема изладим,лекин шу миниб келганимдан аввал бирорта кема тополмадим!» ,деса,қарз берган: «Менга аввал ҳеч нарса жўнатмаган эдингми?!» ,деб сўрабди.Қарздор эса: «Шу миниб келган кемадан олдин ҳеч бир кема тополмадим,деяпману сенга!» ,деб жавоб берибди.Қарз эгаси унга: «Дарҳақиқат Аллоҳ сени тўнка ичида жўнатган молингни сени номингдан етказиб адо қилиб қўйди!!Мана бу минг дийнорингни олиб эсон-омон кетавер!» ,деган экан».
Имом Бухорий ва имом Ахмад «Муснад»да ривоят қилишган.
|
|
| |