RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Islomiy ibratli hikoyalar
DURDONDate: Dushanba, 23-May-2011, 12:54 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10146
Status:
Bu bo'limga hamma forum ishtirokchilari özlari bilgan islomiy ibratli hikoyalarni yozib qoldirishi mumkin

Attachments: 3126938.jpg (76.3 Kb)


 
DURDONDate: Dushanba, 23-May-2011, 12:57 | Message # 2
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10146
Status:
Nabiy sallalohu alayhi vassallam marhamat
qiladilar: “Alloh taolo aytadi: “Ey odam
bolas, sen Meni o’zing zikr qilsang, Men ham
seni bir o’zim zikr etaman. Sen Meni jamoat
ichida eslasang, Men seni farishtalar ichida
(yoki “undan yahshiroq jamoat ichida”,
dedilar) eslayman. Sen Menga bir qarich
yaqinlashsang, Men senga bir quloch
yaqinlashaman. Sen Menga bir quloch
yaqinlashsang, Men senga to ’rt quloch
yaqinlashaman. Agar Men tomonga qarab
yursang, Men sen tomonga yuguraman ”
(Imom Buxoriy]rivoyati


 
DURDONDate: Dushanba, 23-May-2011, 13:03 | Message # 3
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10146
Status:
Janobi payg'ambar hayit namozini o'qib chiqayotganlarida ko'chani chekkasida yerga qarab yig'lab o'tirgan 4 yoshlardagi yetim bolani ko'rdilar. Boshqa bolalar tuyalarga minib, ota-onalari qo'llariga shirinlik tutgan kunda haligi bola g'amgin edi. Payg'ambar s.a.v. shu bolani oldiga bordilar va so'radilar:
- Nima uchun yig'laysan, ey bola?
- Men yetimman yo Rasululloh. Mening otam ham, onam ham, aka-opalarim ham yo'q.
Janob payg'ambar s.a.v. bag'irlariga bosib, peshonasini silab:
- Yoshlikda men ham yetimlikda o'sdim, katta bo'lgach qavmim meni sig'dirmay boshqa shaharga hijrat qildim, - dedilar. Yana boladan so'radilar:
- Sen ota-onalik, aka-ukalik bo'lishni hohlaysanmi?
- Albatta hohlayman. Men ham boshqa bolalarga o'xshab o'ynashni hohlayman.
Rasulluloh bolani qo'llaridan ushlab, uylariga olib bordilar va bolaga dedilar:
- Men Muhammad s.a.v. sening otang bo'lay. Oisha onang bo'lsin. Ali sening akang-u, Hasan-Husanlar ukang bo'lsin. Fotima sening opang bo'lsin.
Bola xursand bo'ldi. Yuvintirib, biroz narsa berib, qornilarini to'ydirgandan keyin bola aytdi:
- Mening ham bolalarga o'xshab ko'chaga chiqiqb o'ynagim kelayapti.
Rasululloh bolani qo'llaridan ushlab ko'chaga o'ynatgani olib chiqdilar. Boshqa bolalarni ko'rgan haligi norasida:
- Ey, otajon. Anavu bolalarni qarang, ularni ota-onalari tuyaga mindirib qo'yibdilar. Mening ham ota-onam bo'lganida tuyaga mindirardilar, - dedi.
Rasululloh muborak qo'llarini yerga qo'yib, tizzalari bilan yurib, yetim xursand o'lsin deb Madina ko'chalarida yelkalariga mindirib yurdilar. Bola yana atrofdagi bolachalarga qarab:
- Yo Rasululloh, anu bolalarning tuyalarining og'zida jilovi bor ekan. Mening tuyamning jilovi yo'q-ku! - dedi. Rasululloh muborak sallalarining peshini olib, og'zilaridan o'tkazib, yelakalridan oshirib, bolaga berdilar. U bo'lsa goh-gohida oyog'ini silkitib qo'yardi, jilovni tortardi. Ba'zi tuyalarning ovoz berib "aff-aff" dedydigan odati bor edi. Hali bola Payg'mbar s.a.v.ga:
- Ey, otajon, bularning tuyasini qarang, ovoz berib, "aff-aff" deydi. Nega meniki afflamaydi, - dedi. Shunda Jabroil amin a.s. kelib:
- Yo, habibulloh! Alloh sizdan rozi bo'ldi. Yetimni xursand qildingiz. Alloh subhanahu va taolo amr qildiki, "Jamiki ummatimni gunohini avf qil deya ikki bor "aff-aff" deng. Habibimiz s.a.v. ikki bor "avf-avf" deganlarida, hazrat Jabroil aytdilar:
- Ey, Muhammad s.a.v. uchinchi avfni aytmang. Arshi a'lo larzaga tushdi. Uchinchi avfni qiyomatga qoldiring...


 
DURDONDate: Dushanba, 23-May-2011, 19:12 | Message # 4
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10146
Status:
БИРГИНА СУННАТ ФОЙДАСИ

Яқинда Германия пойтахтида жойлашган Ғарбий Германия руҳшунослик институтида антиқа янгилик эълон қилинди: Инсон ерга йиқилаётган пайтда ўнг оёғи олдинга ташланган бўлса олдинга қараб йиқилар экан. Чап оёғини ташлаб қўйган бўлса, орқага қараб йиқилади!
Ушбу шов-шувли хабар борасида турли суҳбатлар, катта катта маърузалар ҳамда тадбирлар ўтказилди. Мусулмонлар эса буни оддий ҳолатдек кузатишмоқда. Чунки Расулуллоҳ (саллоллоҳу алайҳи ва саллам) ўз умматларига масжидга кираётганда ўнг оёқ билан киришни, чиқаётганда чап оёқ билан чиқишни буюрганлар. Ҳожатхонага кириш-чиқишда эса аксинча. Германиялик руҳшунослар томонидан яна бир бора исботланган мантиққа асосланадиган бўлсак, киши масжидга кираётганда ўнг оёғи олдинда масжидга йиқилиши, масжиддан чиқаётганда чап оёғи билан орқага - яна масжидга йиқилиши аниқ бўлади. Ҳожатхонага кирилаётганда олдинга қўйилган чап оёқ инсонни орқага – халодан ташқарига тисариб ташлайди. Чиқилаётганда ҳам ўнг оёқ уни ҳожатхонага йиқилмаслигини таъминлайди.
Ушбу воқеълик бутун дунёни ҳайрат кўчасига етаклаган бўлса-да, Аллоҳга иймон келтирган мўминларни янада ҳотиржам қилиш учун хизмат қилди. Зеро, пайғамбаримиз (саллоллоҳу алайҳи ва саллам) ҳадисларининг ҳаётга нақадар чамбарчаси боглик эканликларини ғарбликларнинг ўзлари исботлашмоқда. Қиёматгача Қуръони Карим оятларида ва Расулуллоҳ (саллоллоҳу алайҳи ва саллам)нинг ҳадисларида айтилган ҳолатлар тасдиқланади. Ҳақиқий мўминлар бошқалардан фарқли ўлароқ, у воқеалар дунёвий масалада тасдиқланмаса-да, иймон келтираверадилар. Буни фақат ва фақат Аллоҳнинг ҳидояти билан топиш мумкин. Бу кўчага бошқа йўл билан кириб бўлмайди


 
DURDONDate: Chorshanba, 25-May-2011, 19:42 | Message # 5
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10146
Status:
]Bir kuni Hazrati Ali (r.a)
masjidga namoz uchun kirayotib, eshik
oldidagi bir kishiga xachirlarini tutib turishni
iltimos qildilar. Namozni ado etib
chiqarkanlar, haliga kishiga xizmati uchun
ikki dinor berishni ko’ngilga tugdilar. Chiqib
qarasalar, xachirlari turibdi, ammo u odam
yuganni o’g’irlab qochib ketibdi. So’ng
xodimlariga o’sha ikki dinorni berib,
xachirga yugan sotib olishni buyurdilar.
Xizmatkor bozorga tushib, o’g’ridan aynan
o’sha yuganni sotib oldi. Olib kelgach,
Hazrati Ali (r.a.) o’zlarini yuganlarini ko’rib
hayron qoldilar va: “Banda halol rizqini
harom qilib oldi”, dedilar


 
DURDONDate: Dushanba, 30-May-2011, 13:40 | Message # 6
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10146
Status:
Rivoyat qilinishicha, bani Isroillik bir ayol Muso alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey Allohning elchisi, men ulkan gunoh qilib qoyib, song bu gunohimdan Alloh taologa tavba qildim. Allohdan tavbamni qabul qilib, gunohimni magfirat etishini sorab duo qiling», dedi. Muso alayhissalom undan: «Nima gunoh qilding?» deb soragan edi, u: «Ey
Allohning paygambari, men zino qilib, bola tugdim-da, song uni oldirdim», dedi. Shunda Muso unga: «Chiq bu yerdan, ey fojira! Yana kafosating tufayli osmondan olov tushib, bizni yondirib yubormasin», dedi. Ayol paygambar huzuridan qalbi oksigan holda chiqib ketdi. Jabroil alayhissalom tushib: «Ey Muso, Alloh taolo: «Nima uchun tavba qilgan ayolni qaytarib yubording? Undan kora yomonroq kimsa borligini bilmaysanmi?» deyapti», dedi. Muso alayhissalom: «Ey Jabroil, undan ham yomonroq kimsa kim?» deb soragan edi, «Namozni qasddan tark etgan kishi», deb javob berdi


 
OSIYODate: Dushanba, 06-Iyun-2011, 02:20 | Message # 7
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7140
Status:
O'lim shiddati.
Vahb ibn Munabbih hikoya qiladi:
"O'tgan podshohlardan biri qaergadir sayohatga otlandi. Yurish oldidan u o'ziga hammani hayratga soladigan kiyim keltirishlarni buyurdi. Olib kelingan kiyim podshohning didiga o'tirmadi. Darhol bundan ham yaxshirog'ini keltirishlarini buyurdi. To hayratdan yoq ushlaydigan darajadagi ajabtovur kiyim keltirgunlaricha bu hol davom etdi. Podshoh ulovni ham shu talab bilan tanladi. Har safar ko'rsatilayotgan otlarni qaytarib, yanada chiroyliroq yanada xushbichimroq ot keltirishlarini buyuradi. Nihoyat, podshoh antiqa kiyimlar kiyib, eng chiroyli ot ustiga mindi. O'sha paytda Iblis uning burniga dam urdi, podshohning ichi kibrga to'ldi. Endi uninh ko'zi ko'r bo'lib, na atrofdagi otliqlarni, na yo'ldagi odamlarni ko'rardi. Shu payt uvada kiyimda, holi xarob bir kishi yo'l o'rtasiga chiqib, podshohga salom berdi. Podshoh uning salomiga alik olmadi. U otning jilovidan ushlab, yo'lga ko'ndalang turib oldi. Shunda podshoh:
-Jilovni qo'yvor! Qattiq jazoga munosib ish qilyapsan,-dedi unga g'azabnok.
-Senda hojatim bor, -dedi u podshohga.
-Sabr qil otdan tushay.
-Yo 'q, xoziroq, shu hojatimni ravo qilasan.
Podshoh ulovning jilovini unga topshirishga majbur bo'ldi va:
-Ayt hojatingni, -dedi.
-Bu sir!
Podshoh boshini egib unga qulog'ini tutdi. U sirni ochdi:
-Men o'lim farishtasiman!
Podshohning rangi o'zgarib, tili kalimaga kelmay qoldi. Keyin o'ziga kelib:
-Fursat ber, ahlimni oldiga qaytib, omonatlarimni ado qilay,-dedi o'lim farishtasiga.
-Yo'q, Allohga qasamki, endi sen ahlingni ham, qoldirgan mol-dunyoyingni ham hech qachon ko'rolmaysan, -dedi o'lim farishtasi va uning jonini oldi.
Podshoh qurigan yog 'och kabi yerga quladi.
Keyin o'lim farishtasi shu ahvolda mo 'min bandasiga yo'liqdi, unga salom berdi. Mo'min banda uning salomiga alik oldi.
-Senda hojatim bor,-dedi o'lim farishtasi unga.
-Aytaqol, qulog'im senda.
-Yaqinroq kel, dedi o 'lim farishtasi va unga sirni ochdi:
-Men o 'lim farishtasiman!
-Xush kelibsan, marhabo, ey intizor kutilgan zot! Yer yuzida g'oyib narsalar ichida men uchun eng suyuklisi sensan!
-Nimani hohlaysan? Hojatlaring bo 'lsa, bemalol ado qilishing mumkin.
-Yo'q! Alloh taoloning diydoridan ulug 'roq va suyukliroq hojat bormi! - dedi mo'min banda.
-Ayt joningni qanday shaklda olishimni istaysan?
-Sen men istaganday jonimni olishga qodirmisan?
-Ha, men shunga buyurilganman.
-U holda ozgina muhlat ber, tahorat olay ibodat qilay. Boshim sajdaga qo'yilgan payti jonimni ol. Darhaqiqat shunday bo 'ldi: mo 'min banda boshini sajdaga qo'ygani zahoti o'lim farishtasi uning jonini oldi".


Message edited by Osiyo11 - Dushanba, 06-Iyun-2011, 02:21
 
DURDONDate: Yakshanba, 12-Iyun-2011, 04:09 | Message # 8
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10146
Status:
Rivoyat qilinadiki, Misrda namoz o‘qish va azon aytish uchun masjidga bog‘lanib qolgan bir kishi bor edi. U ibodatga berilgan, taqvodor edi. Kunlardan bir kuni odatdagidek azon aytish uchun minoraga chiqdi. Minoraning yonginasida zimmiy nasroniyning hovlisi bor edi. U hovliga ko‘z tashladi va nasroniyning qizini ko‘rib qoldi. U chiroyli qiz edi. Kishi o‘zini yo‘qotib qo‘ydi va azonni tashlab, qizning oldiga tushdi. Qiz undan so‘radi: «Nima yumushing bor?» «Seni xohlayman va senga uylanaman». «Sen musulmonsan, otam meni senga bermaydi». «Nasroniy bo‘laman». «Unday bo‘lsa, mayli...»

U qizga uylanish uchun nasoro diniga kirdi va ularning hovlisida qoldi. Xuddi shu kunning o‘zida hovlidagi bir tepalikka chiqdi-da, yerga yiqilib o‘ldi. U dini bilan muvaffaqiyat qozonmadi, qiz bilan rohatlanmadi ham.

Allohdan makr-sinovi, xunuk oqibat va yomon xotimadan panoh berishini so‘raymiz.


 
DURDONDate: Yakshanba, 19-Iyun-2011, 03:42 | Message # 9
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10146
Status:
Allohning fazli va rahmati
Vosila ibn Asqo’, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi: “Ramazon oyi keldi. Biz ahli suffa ham ro‘za tuta boshladik. Har oqshom iftor vaqti kirishi bilan Aqobada bay’at bergan ansorlar kelib har qaysisi bir kishidan bizni iftorlikka olib ketishardi. Bir kuni hech kim kelmadi. Ro‘zamizni ocholmay uxladik, saharlik ham qilmadik. Ertasi kuni ham hech kimdan darak bo‘lmadi. Nihoyat, ahvolimizni janobi Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, bildirdik. Ul zot bizga nihoyatda qayg'urib, biror yegulik bormi, deya ayollaridan birma-bir so‘rattirdilar. Biroq ularning hammalari bunga:
— Alloh nomiga qasamki, bizda yegulik hech narsa yo‘q, — deb javob yubordilar.
Shunda Nabiy, sollallohu alayhi va sallam, to‘planishimizni buyurdilar va biz to‘plangach:
— Allohim, Sendan fazl va rahmat so‘raymiz. Zero, rahmat yolg‘iz Sening qo‘lingdadir va Sendan o‘zga rahmat sohibi yo‘qdir, — deya duo qildilar.
Biz “Omin”, dedik.
Oradan ko‘p o‘tmay, bir joydan bizga bir qo‘yning qovurilgan tanasi va shunga yarasha non keldi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qani, olinglar, yenglar, — dedilar.
Biz to‘ygunimizcha yedik. Shundan so‘ng Sarvari koinot, sollallohu alayhi va sallam, shunday deb marhamat qildilar:
— Biz Alloh taolodan uning fazilati va rahmatini ham tilagan edik. Bu bergani Uning fazlidir. Shubha yo‘qki, biz uchun rahmatini ham saqlab q
o‘yibdi”.


 
DURDONDate: Yakshanba, 26-Iyun-2011, 20:38 | Message # 10
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10146
Status:
Абдуллоҳ ибн Амр ибн Осдан ривоят. У
киши дедилар. Расулуллоҳ соллаллоҳу
алайҳи ва саллам айтдилар:
“Ғарибларга шодлик бўлсин!”
“Ғариблар ким, эй Расулуллоҳ?”, деб
сўрашди. У киши дедилар: “Улар кўп
сонли ёмон одамлар ичидаги солиҳ
инсонлардирки, уларга исён
қиладиганлар итоат қиладиганлардан
кўра кўпроқ бўлади”. (Аҳмад
ривоятлари, Албоний, саҳиҳ)
.


 
OSIYODate: Shanba, 02-Iyul-2011, 03:47 | Message # 11
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7140
Status:
Қўрқув – иймон заволи
Одамизод фитратига кўра қўрқоқдир. Янги туғилган чақалоқдан тортиб қартайган қариягача –ҳаммани қўрқув умр бўйи таъқиб этади. Онаси бачадонидаги «макон»идан ажраган чақалоқ қўрқув йиғиси билан дунёга келади. Кейинроқ онасини йўқотиб қўйиш, оч қолиш, ваҳимали шовқин-суронлар, йиқилиб тушиш каби нарсалар уни даҳшатга солади. Эсини танигач, катталарнинг дўқ-калтаклари, чақмоқ-момақалдироқ каби табиат ҳодисалари, йиртқич ҳайвонлар, жин-алвасти ҳақидаги гаплар, алдов ва зўравонлик, қоронғулик-зулмат кабилар қўрқувга сола бошлайди.

Йигитликнинг ҳам ўз қўрқув ўчоқлари бор: ҳаётда ўрнини тополмаслик, имтиҳондан йиқилиш, севгисининг рад этилиши, муносиб иш йўқлиги ва ҳоказолар. Ҳатто катта ёшдагилар ҳам қўрқув таъқибидан омонда бўлишмайди. Уларни ҳам бир умрга турли касалликлар, омадсизлик, амалдан кетиш, душманлар хусумати, болаларининг ноқобил чиқиши, дўстлар ҳиёнати, қонунни бузиб қўйиш, турли фалокат ва офатлар, бошлиқлар зуғуми, қашшоқлик, эл-юртда шарманда бўлиш, барвақт қариш ва ўлим каби ҳолатлар даҳшатга солаверади.
Айниқса эл-юртда гап-сўзга қолишдан, одамлар маломатидан қўрқув инсонни машаққатларга, турли гуноҳ ишларга, виждонига хилоф иш тутишга рўбарў қилади. «Халқ нима деркин, одамлар маломат қилмасмикин, маҳаллада, қариндош-уруғлар орасида шарманда бўлиб қолмасмиканман» қабилидаги қўрқув туфайли ўзининг эътиқодига қарши боради. Аллоҳ буюрмаган ишларни қилишга мажбур бўлади. Эл орасида машҳур бўлган одамларнинг гапидан ва маломатидан қўрқиб тўй-маросимларни катта қилади. Йўқ ердаги бидъат ишларга, хурофотларга қўл уради. Нопок, фосиқ кишилар билан яқинлашади.
Ана шу қўрқув туфайли гоҳо инсон бор-будидан ажрайди. Ҳаёти издан чиқади. Эътиқоди, иймонидан чекинади. Аллоҳ таоло Қуръони каримда ўзгалар маломатидан қўрқмаслик мўминларнинг сифатларидан бири экани хабарини беради: «Эй мўминлар, сизларнинг ичингизда кимда-ким ўз динидан қайтса, Аллоҳ бошқа бир қавмни келтирурки, Аллоҳ уларни яхши кўрур, улар Аллоҳни яхши кўрурлар. Улар мўминларга ҳокисор, кофирларга эса қаттиққўл, бирон маломатгўйнинг маломатидан қўрқмай ёлғиз Аллоҳ йўлида курашадиган кишилардир». (Моида, 54).
Убода ибн Сомитдан ривоят қилинади: «Биз Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга фаолликда ҳам, қилгиси келмай турганда ҳам эшитиб- итоат қилишга, бирор ишни тортишмай ўз аҳлига топширишга, қаерда бўлсак ҳам ҳақни айтиб, унда собит туришга ҳамда Аллоҳ йўлида маломатчининг маломатидан қўрқмасликка байъат қилдик». (Имом Бухорий ривояти).
Қўрқоқлик инсонни ҳар кўйга солади. Шахсиятини бузади. Хорлик, шармандалик қаърига улоқтиради. Айтайлик, пойтахтдан келган текширувчи ёки мухбир халқнинг турмушини ўрганиш учун унинг бир-икки вакилини суҳбатга тортади. Бу вакиллар бор ҳақиқатни айтса, хамқишлоқларининг дардига малҳам қўйган, етишмовчилик ва нуқсонларни ҳал этишга ёрдам берган бўлур эди. Аммо кўпинча бунинг акси бўлади. Ана шу халқ «вакиллари» кўпдан буён эгнига илмаган янги кўйлагини кийиб, қаварган ва қорайган қўлларини орқасига яшириб «шароитимиз яхши, ҳеч нарсадан камчилигимиз йўқ, маошларни вақтида олиб турибмиз», деб ёлғон ҳисобот беради. Ваҳоланки, қишлоқда электр, газ, тоза ичимлик суви таъминотида тез-тез узилиш бўлиб туради. Болалар ўн чақирим узоқдаги мактабга қатнайди...
Вакилларни ёлғон гапиришга, текширувчиларни лақиллатишга нима мажбурлади? Улар қон-қонига сингиб кетган оддий қўрқув, бегоналар ҳузурида эсанкираш туфайли оғир йўқотишга учрашди. Фақатгина ёлғон гапиришмади. Ҳамқишлоқларига хиёнат ҳам қилишди. Ўзлари виждон азобида қолишди. Узоқ йиллар мобайнида орттирилган обрў, машаққатли меҳнат ва фидокорлик бир лаҳзада ҳавога учди. Қўрқоқлик уларнинг ўзигагина эмас, бутун жамиятга ҳам катта зарар келтирди.
Ёки катта бир йиғинда ёши улуғ ходим арзимаган хатоси учун бошлиғи томонидан таъқибга, қийин-қистовга олинди. Раҳбарнинг дўқ-пўписасидан, «қаматиб юборишидан» қўрқиб кетган бояги ходим минбарда турган жойида юрагини чангаллаганича йиқилди... Бундай мисоллар ҳаётимизда гоҳида бўлса ҳам учраб туради.
Энг катта фожиа аслида булар ҳам эмас. Қўрқувнинг бундан-да дахшатлироқ, ёмонроқ асоратлари, зарарлари ҳам бор. Қўрққан одамнинг иродаси суст, шижоати бўш бўлади. У қўрқоқлик орқасидан ёлғон гапириши, сохта гувоҳликка ўтиши, оиласига, халқига, ватанига, динига, эътиқодига хиёнат қилиши, субутсиз ва иродасиз кимсага айланиши мумкин. Қўрқув туфайли у бундан ҳам оғир жиноятларга қўл уради. Ҳатто ўз жонига қасд қилишгача боради. Бежизга Сулаймон алайҳиссалом «Қўрқувни ҳис этмайин десанг, жудаям ҳақиқатгўй ва ўта донишманд бўлмагин», демаганлар.
Энди бир тасаввур қилиб кўринг: бола отасидан қўрқиб, қаерда, нима билан машғул бўлганини яширади, ёлғон гапиради. Демак, шу кундан унинг тарбиясига раҳна етди. Аёл эрининг зуғумидан қўрқиб, уни алдашга, баҳона-сабаблар қидиришга ўтади. Демак, шу дамдан бошлаб оилани ишонч, тотувлик, ҳаё тарк этади. Кичик раҳбар катта раҳбардан қўрққани туфайли ўлда-жўлда қолган режани бажарилди, деб маълумот бериб юборади. Демак, ўша корхонанинг иқтисоди зарар кўчасига йўл олди.
Бир қарашда беозоргина бошланган ана шундай қўрқув «туққан» алдов-ёлғонлар тўпланиб-йиғилиб охири улкан бир ёлғон тоғига айланади. Бир-икки қўрқоқнинг ёлғон алдов ва ҳийлалари тўпланиб, бутун жамият таназзулига сабабчи бўлиб қолади. Давлатларнинг ёлғонлари ўсиб-кўпайиб инсоният тарихини булғайдиган уруш-ихтилофлар, вайронгарчилик, инқирозларни келтириб чиқаради.
Қўрқув илдиз отган жамиятда адолат чекинади, зулм-бедодлик урчийди. Қўрқув инсонларда золим ва мустабид кимсаларга мутеъликни, итоаткорликни, зулм-ҳақсизликка рози бўлиш ва кўнишни туғдиради. Оқибатда бутун халқнинг миллий ғурури, эътиқоди, ифтихор туйғуси, маънавиятига катта офат ва зарар етади.
Мустамлакачилар ва мустабид тузумлар бундан усталик билан фойдаланишган. Халқлар ва миллатларни неча йиллаб қуллик ва асоратда тутиб келишган. Бунга совет тузумининг қанчалаб миллат ва элатларни «учинчи жаҳон уруши», «Американинг босиб олиши», «ядро уруши хавфи», «империализм найранглари» каби ваҳимали гаплар билан қўрқитиб, итоатда, мутеъликда ушлаб келганини мисол қилиш мумкин.
Қўрқоқлик пасткашлик ва турли ёмонликларни туғдиради. Кўпгина гуноҳ ва қабиҳликларнинг боши, асосий сабабчиси ҳам қўрқувдир. У беҳаёлик, ёлғончилик каби иймонни заифлаштирадиган оғир руҳий хасталикдир. Ўта қўрқоқлик эса кишини иймондан ажрашгача, Аллоҳга Унинг махлуқларини шерик қилиб, кофир бўлишгача олиб боради, Аллоҳ асрасин!
Аллоҳ таоло мўминларни кофир ва золим кимсалардан эмас, фақат Ўзидангина қўрқишга чақиради: «Магар уларнинг ичида зулм қилгувчилар ҳам борки, сизлар улардан қўрқмангиз. Мендан қўрқингиз!» (Бақара, 150); «Энди қачонки уларга жанг фарз қилинганида эса баногоҳ улардан бир тўпи одамлардан Аллоҳдан қўрққандек, балки ундан-да қаттиқроқ қўрқмоқдалар» (Нисо, 77); «Улардан қўрқасизларми? Агар (ҳақиқий) мўмин бўлсангизлар, қўрқишингизга лойиқроқ зот Аллоҳ-ку, ахир?!» (Тавба, 13)
 
OSIYODate: Seshanba, 05-Iyul-2011, 07:53 | Message # 12
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7140
Status:
Ilk shahidlar
Ammor (roziallohu anhu) va uning ota-onasi ham juda dahshatli musibatga qolgan edilar. Ularga Makkaning qaynoq qumlarida azob berilgan edi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam ular yonidan o’tib ketayotib, ularga sabr-toqatli bo’lishlarini aytib, jannat haqida yaxshi xabarlar yetkazdilar. Ammorning otasi Yosir (roziallohu anhu) ta’qib qiluvchilar qo’lida, uzoq iztirobdan keyin vafot etdi, onasi Sumayya (roziallohu anho) Abu Jahl tomonidan vahshiyona o’ldirildi. Islomda birinchi masjid Ammor (roziallohu anhu) tomonidan qurildi.
Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam Madinaga ko’chib kelganlarida, Ammor (roziallohu anhu) unga bino qurib berishni taklif qildi, u yerda payg’ambar o’tirishi, kunduzi dam olishi va salovot aytishi (nomoz o’kishi) mumkin edi. U Islom dushmanlariga qarshi bor kuchi va jasorati bilan kurashdi. Bir kuni u jangda kurashayotib, quvonch bilan dedi:
«Men hademay do’stlarim bilan uchrashaman. Men Muhammad sallollohu alayhi vasallam va uning hamrohlari bilan uchrashaman».
So’ngra u suv so’radi. Unga sut berishdi. U sutni ichdi va dedi:
«Men payg’ambar sallollohu alayhi vasallam menga: «Sut sening bu dunyodagi hayotingda oxirgi nasibang bo’ladi, deganlarini eshitdim».
Ammor o’zi mushtoq bo’lgan paytgacha kurashdi. U o’sha paytda to’qson to’rt yoshda edi.
 
OSIYODate: Seshanba, 05-Iyul-2011, 07:54 | Message # 13
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7140
Status:
Xurmo pishgan kunlarda
Abu Dardo, roziyallohu anhu, Hazrati Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, suyukli sahobalaridan biri edi. Barcha namozlarini masjidi nabaviyda, Payg‘ambarimizning ortlarida turib o‘qishga harakat qilardi. Shuning uchun masjidga erta kelar va kech qaytar edi. Rasuli akramning namozdan keyingi suhbatlarini diqqat bilan tinglardi. Biroq xurmo terish mavsumi boshlanganida Abu Dardo namozga kech kelib erta ketadigan bo‘ldi. Bu hol Payg‘ambarimizning diqqatlarini tortdi. Abu Dardoni yonlariga chaqirib:
— Sening masjidga kelib-ketishingda bir o‘zgarish ko‘ryapman. Nima bo‘ldi? — deb so‘radilar.
Abu Dardo shunday dedi:
— Shu kunlarda qo‘shnimizning xurmo daraxti mevalarini to‘ka boshladi. Xurmolar bizning hovliga tushyapti. Bolalarim, qo‘shnimdan beso‘roq ulardan yeb qo‘yishmasin, deb xavotirdaman. Bomdodga kelishdan oldin to‘kilgan xurmolarni to‘plab, qo‘shnimning bog‘iga o‘tkazib qo‘yaman. Shu sabab masjidga kech kelyapman. Men masjiddaligimda ham daraxtlardan xurmo to‘kiladi. Ularni yig‘ib qo‘shnimnikiga qo‘yish uchun shoshilaman. Shunday qilsam bolalarim harom yemaydi, qo‘shnimga ham zarar yetmaydi.
Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, Abu Dardoning bu so‘zlaridan mamnun bo‘ldilar va uning haqqiga duo qildilar.
 
OSIYODate: Seshanba, 05-Iyul-2011, 07:56 | Message # 14
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7140
Status:
Jasur o’g’lon
Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) yo’l bo’yida o’ynayotgan bolalar yonidan o’tib ketayotgan edilar. Bolalar mo’minlar amirining salobatidan qo’rquvga tushishdi. Shu bois yo’lidan chetlashishdi. Lekin bir bolakay o’z joyida sobit turaverdi. Undan boshqa hech kim qolmadi. Mo’minlar amiri uning oldiga keldilar-da, tabassum qilib:
-Nima uchun sen qochmading?-deb so’radilar.
Bola Hazrati Umarga (r.a.):
-Yo’l tor emas, sizga bo’shatay desam, gunohkor ham emasman, sizdan qo’rqay desam,- deya mag’rur javob qildi.
Bolaning shijoatidan Hazrati Umar (r.a.) xursand bo’ldilar. Kelajakda ulug’ inson bo’lishiga umid bo’gladilar.
Yillar o’tib bu umid haqiqatga aylandi. Bola ulg’ayib, zamonaning ulug’laridan biri-Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) nomi bilan tanilgan sarkarda bo’lib yetishdi.
 
OSIYODate: Seshanba, 05-Iyul-2011, 07:57 | Message # 15
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7140
Status:
Ikki eshik orasi
Muslim ibn Bishrdan:
Abu Hurayra, roziyallohu anhu, kasal bo‘lib o‘lim to‘shagida yotar ekan, unsiz yig‘lar edilar. Bir kuni u kishidan: «Nega yig‘laysiz?” deya so‘rashdi. U shunday javob qildi:
— Oldimdagi safar juda uzoq. Ozuqam esa oz. Shu boisdan yig‘layman. Hozir meni ikki eshikning ro‘parasiga keltirishgan: eshiklardan biri jahannamga, ikkinchisi esa, jannatga ochiladi. Meni qaysinisidan ichkariga olib kirishlarini bilmayman.
 
Search: