RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Islomiy ibratli hikoyalar
OSIYODate: Seshanba, 05-Iyul-2011, 07:58 | Message # 16
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Alloh ko‘rib turibdi
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, xalifalik davrida sutga suv qo‘shishdek yomon odatni qat’iy taqiqladilar.
Shahar osoyishtaligini nazorat qilish uchun bir kecha Madina ko‘chalarida kezib yurgan xalifa charchab, bir uy yaqinidagi tosh ustiga o‘tirdi. Kutilmaganda uy ichida ona bilan qizi o‘rtasidagi shu gaplarni eshitib qoldi:
— Qani, qizim, turgin-da, sutlarga bir oz suv qo‘shib yubor!
— Xalifa sutga suv qo‘shishni taqiqlaganini bilmaysizmi, onajon!
— Bilaman.
— Axir xalifa taqiqlagan ishni qanday bajaraman?
— E-e, qo‘shaversang-chi, Umar seni ko‘rib turgani yo‘q!
— Umar ko‘rmasa ko‘rmas, ammo Alloh ko‘rib turibdi-ku...
Hazrati Umar shundan so‘ng uyga qaytdilar. O‘g'illari Osimni imon-e’tiqodli, go‘zal axloqli bu faqir qizga uylantirdilar.
 
OSIYODate: Seshanba, 05-Iyul-2011, 07:59 | Message # 17
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Azroildan qo‘rqqan odam
Bir kuni Hazrati Sulaymon, alayhissalom, do‘stlari bilan birga o‘tirar edilar. Hazrati Azroil, alayhissalom, kirib o‘tirganlardan biriga diqqat bilan boqdilar. U odam Azroilning, alayhissalom, bunday boqishlaridan juda qo‘rqib ketdi. So‘ngra Hazrati Sulaymonga:
— Ey Payg‘ambarim, menga yordam qiling, haligina Azroil menga qattiq tikilib qaradi. Mening jonimni oladi chog'i, — dedi.
Sulaymon, alayhissalom, undan:
— Xo‘sh, nima qilayin? Mendan nima istaysan? — deb so‘radilar.
— Shamolga amr bering, meni Hindistonga eltib tashlasin. Shoyad Azroilning panjasidan qutulib qolsam... — dedi.
Sulaymon, alayhissalom, uning istagini bajo keltirdilar. Shamolga buyurib, uni Hindistonga jo‘natdilar. Ertasi kuni Azroil yana ko‘rishmoq uchun Sulaymon, alayhissalom, quzurlariga keldi. Suhbat davomida Hazrati Sulaymon:
— Kechagi odamga tikilib qaramoqning boisi nima edi? — deya so‘radi.
Azroil esa:
— Chunki Alloh taolo menga bu odamning jonini Hindistonda olishni amr etgan edi. Uni bu yerda ko‘rib, juda hayron qoldim. Allohning amrini yanglish anglamadimmikan, deya hayratlandim. Shu bois unga diqqat bilan boqqan edim.
Buyruqni to‘g‘ri anglagan ekanman. Oradan biroz o‘tib, Hindistonga bordim. Uni o‘sha yurtdan topib, jonini oldim.
 
OSIYODate: Seshanba, 05-Iyul-2011, 08:02 | Message # 18
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:


Hazrati Musoning jannatdagi qo‘shnisi
Muso, alayhissalom, Alloh taologa jannatda unga kim qo‘shni bo‘lishini bildirishini so‘rab, yolvorar edi.
Bir kuni shunday nido keldi:
— Ey Muso, falon yerda yashovchi qassob sening jannatdagi do‘sting bo‘ladi...
Muso, alayhissalom, qiziqib, qaysi ibodati uchun bunga loyiq bo‘lganini bilish niyatida yo‘lga chiqdilar. Hazrati Muso o‘sha odamni qidirib topdilar. Qassob Hazrati Musoning haq payg‘ambar ekanini bilgan, imon keltirgan edi. Lekin o‘zlarini ko‘rmagan edi. Shuning uchun tanimadi. Kechqurun qassob Hazrati Musoni uyiga olib ketdi. Ovqat tayyorladi. Dasturxon tuzadi. Ovqat yeyishdan oldin, qassob devorga osilgan bir zambilni yerga tushirdi va undan harakat qilishga sira holi yo‘q bir qari kampirni chiqardi. Xuddi go‘dakni ovqatlantirgandek uni yedirdi, ichirdi va yana zambilga qo‘yib, devorga osdi. Shunda kampir nimalardir deb shivirladi. Qari ayolning nima deyayotganini tushunmagan Muso, alayhissalom, qassobdan so‘radi:
— o'g'lim, bu kampir kiming bo‘ladi?
Qassob musofirga:
— Bu ayol mening onam bo‘ladilar. O‘tirib-turishga, ovqat yeyishga holi yo‘q. Shu bois o‘zim yediraman, ichiraman va tozaligiga qarayman. Qo‘limdan kelgunicha hushnud etishga harakat qilaman.
Muso, alayhissalom:
— Hozirgina u senga gapirganday bo‘ldi, nimalar dedi?
Qassob:
— Ey Rabbim! Men o'g'limdan xursandman. Sen ham undan rozi bo‘l. Jannatda uni Hazrati Musoga qo‘shni qilgin deb duo etdi. Shunda Muso, alayhissalom, o‘zini tanitadigan vaqt kelganini tushundilar va:
— Men Allohning payg‘ambari Muso bo‘laman. Allohdan jannatdagi qo‘shnim kim bo‘lishini bildirishini iltijo qilgan edim. Janobi Haq seni bildirdi. Senga xushxabar bo‘lsin. Onangga qilgan xizmating uchun Alloh sendan rozi bo‘ldi. Onangning duosini qabul ayladi. Alloh seni jannatda menga qo‘shni qildi, — deya marhamat qildilar.
 
OSIYODate: Seshanba, 05-Iyul-2011, 09:11 | Message # 19
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Jannat ahllari
Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, aytdilar; «Bir kuni Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, chiqib dedilar:
— Menga barcha ummatlar ko‘rsatildi. Bir payg‘ambar bir kishi bilan, yana bir payg‘ambar ikki kishi bilan, yana bir pay-g‘ambar bir to‘p kishilar bilan, yana bir payg‘ambar yolg‘iz o‘zi, hech bir hamrohi yo‘q holda o‘tdilar. So‘ng juda ko‘p olomonni ko‘rdim, ular ko‘pligidan uzoq-uzoq ufqlarni ham to‘sganlar, umid qildimki, shular mening ummatim bo‘lsalar. Shunda: bular Muso, alayhissalom, qavmlari bilan kelyaptilar, deyildi.
So‘ng menga, qaragin, deyildi. Qarasam, uzoqdan qoralikni ko‘rdim. Ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘pligidan ufqni ham to‘sib qo‘yishgan edi. Keyin menga yana aytildi: “Hov, anavilarga, hov anavilarga kara!” Ko‘rsam, son-sanoqsiz insonlar, ular shuncha ko‘pki, yeru osmonni to‘ldirib yubordilar. Shunda menga: «Bular sening ummating», deyildi.
Bularning oldilarida yetmish ming nafar jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlar kelmoqda. Ular hodisalardan shumlanmaganlar, folbinu sexrgarlarga bormaganlar, o‘zlarini o‘tda kuydirib davolamaganlar, faqat o‘z Robbisiga tavakkul qilgan kishilardir, — deyildi.
Shunda Ukkosha ibn Mixsan turib:
— Yo Rasululloh, duo qiling. Alloh meni shulardan qilsin, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
— Ey Alloh, buni o‘shalardan biri qilgin, - deb duo qildilar.
Shundan so‘ng boshqa odam turib:
— Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin, — dedi. Payg‘ambarimiz, alayhissalom:
— Bunga Ukkosha sendan oldin keldi,— dedilar».
 
DURDONDate: Juma, 08-Iyul-2011, 10:07 | Message # 20
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Taqdirni rad etish

Alloh taolo dedi:

«Albatta, Biz har bir narsani (aniq) o‘lchov bilan yaratdik» (Qamar surasi, 49).

Ibn Javziy tafsirlarida bu oyatning nozil bo‘lish sababi xususida ikki xil gap borligini aytganlar: Birinchisi, Makka mushriklari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan taqdir haqida tortishganlar. Shunda mazkur oyat nozil bo‘lgan (Muslim rivoyati). Abu Umoma roziyallohu anhu: «Bu oyat qadariyalar xususida», deganlar. Ikkinchisi, Najron yepiskopi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, gunohlar ham taqdir-qadar bilan sodir etiladi, deb da'vo qilasan. Bunday emas-ku», dedi. Shunda ushbu oyatlar nozil bo‘ldi: «Albatta, jinoyatchi-osiy kimsalar gumrohlik va ahmoqlikdadirlar. Ular yuztuban hollarida do‘zaxga sudraladigan Kunda (ularga): «Do‘zax azobini totib ko‘ringlar!» (deyilur). Albatta, Biz har bir narsani aniq o‘lchov-qadar bilan yaratdik» (Qamar surasi, 47-49).

«Holbuki, sizlarni ham, yasab olgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku!» (Vas-soffot surasi, 96).

Ibn Jarir aytganlarki, bu oyatni ikki xil tushunish mumkin. Alloh sizlarni va amallaringizni yaratgan yoki Alloh sizlarni va yasab olgan butlaringizni yaratgan.

Bu oyat bandalarning ishlari maxluq ekaniga hujjatdir. Allohu a'lam.

«Jonga va uni raso qilib-yaratib, unga fisq-fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib-o‘rgatib qo‘ygan Zotga qasamki...» (Vash-shams surasi, 8).

Said ibn Jubayr aytganlar: «Alloh nafsga fujurini ham, taqvosini ham yuklab qo‘ydi».

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo: «Qadar-taqdir yo‘q, ishlar endi sodir bo‘ladi - ular taqdir qilinmagan», deb da'vo qiladigan qavm haqida: «Agar ularga yo‘liqsang, men ulardan begonaligimni, ular mendan begona ekanliklarini ularga aytib qo‘y. Mabodo ulardan birining Uhudchalik tillasi bo‘lsa-yu, uni infoq qilsa, to qadarga iymon keltirmagunicha Alloh uni qabul qilmaydi», dedilar-da, so‘ng Jabroil alayhissalom hadisini zikr qildilar. Jabroil Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Iymon nima?» deb so‘raganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga va oxirat kuniga, yaxshilik va yomonlik qadardan ekaniga ishonmog‘ing!» deya javob berganlar (Muslim rivoyati).

Allohga iymon keltirish - Alloh taolo mavjud, ulug‘ va mukammal sifatlar bilan sifatlangan nuqsonlardan pok, yolg‘iz, behojat, barcha maxluqotlarni yaratgan, ular ustida xohlaganidek tasarruf etadigan va O‘z mulki-saltanatida istagan narsasini qiladigan zot, deb tasdiqlashdir.

Farishtalarga iymon keltirish ularni Allohning bandalari deb tasdiqlashdir.

«...Yo‘q (farishtalar aslo Allohning bolalari emas, balki) ulug‘ bandalardir. (Farishtalar) U zotdan ilgari biron so‘z aytmaydilar (ya'ni, Alloh buyurmagan biron ishni qilmaydilar). Ular (Allohning) amr-farmoni bilangina amal qilurlar. U zot ularning oldilaridagi (qiladigan) va orqalaridagi (qilib o‘tgan) barcha ish-amallarini bilur. Ular (Qiyomat qoyim bo‘lgan Kunda) faqat (Alloh) rozi bo‘lgan kishilarnigina shafoat qilurlar - qo‘llay olurlar. Ularning o‘zlari (Allohdan) qo‘rqib xafvu xatarda tururlar» (Anbiyo surasi, 26-28).

Kitoblarga iymon keltirish - Alloh taolo O‘zining tanlab olgan elchilariga vahiy qilgan kalomini tasdiqlashdir. Bu kalomlar jamlanib, devon qilinib, pokiza sahifalar va qiymatli kitoblarga aylangan. Mo‘min ulardan bilganiga batafsil, bilmaganiga umumiy suratda iymon keltiradi.

Payg‘ambarlarga iymon keltirish - ularning Alloh taolo nomidan bergan xabarlariga ishonishdir. Alloh ularni rostgo‘yliklariga dalolat qiladigan mo‘'jizalar bilan qo‘llab quvvatlagan, ular Allohning risolatini yetkazganlar, mukallaf bandalarga Allohning buyruqlarini bayon qilib berganlar. Ularni ehtirom qilish va ulardan birontasini ajratib qo‘ymaslik vojib bo‘ladi.

Oxirat kuniga iymon keltirish - Qiyomat kunini va u kunda ro‘y beradigan qayta tirilish, mahshargohga to‘planish, hisob-kitob, mezon, pulsirot, jannat va do‘zax, bu ikkisi muhsinlarga savob, nobakorlarga jazo diyori ekanini va bulardan boshqa sahih naqlda kelgan narsalarni tasdiqlashdir.

Taqdirga iymon keltirish quyidagi oyati karimalar ifodalaydigan ma'nolalarni tasdiqlashdir:

«... Holbuki, sizlarni ham, yasab olgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku!» (Vas-soffat surasi, 96).

«Albatta, Biz har bir narsani (aniq) o‘lchov bilan yaratgandik» (Qamar surasi, 49).

«Na yerga va na o‘zlaringizga biron musibat yetmas, magar (etsa), Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda (Lavhul-Mahfuzda bitilgan) bo‘lur. Albatta, bu Allohga osondir» (Hadid surasi, 22).

Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Bilginki, agar senga biron narsada foyda berish uchun butun ummat to‘plansa ham, faqat Alloh taolo sen uchun yozib qo‘ygan narsa bilangina foyda beradi. Agar senga biron zarar yetkazish uchun to‘plansa ham, faqat Alloh taolo yozib qo‘ygan narsa bilangina zarar yetkazadi. Qalamlar ko‘tarilgan, sahifalar qurigan» (Termiziy rivoyati).

Salaflar va xalaf imomlarining mazhabi-fikri shuki, kimda-kim bu ishlarni hech shubhalanmasdan va ikkilanmasdan qat'iy tasdiqlasa, mo‘min bo‘ladi. Bu tasdiq yorqin hujjatlar orqali bo‘ladimi yoki qat'iy e'tiqodlar yordamidami, farqi yo‘q. Vallohu a'lam.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh maxluqotlar taqdirini osmonlaru yerni yaratishidan ellik ming yil oldin yozib qo‘ygan» (Muslim rivoyati).

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, bir kishi: «Yo Rasululloh, bugungi amallar nimaga bog‘liq? Qalamlar qurib, taqdirda belgilangan narsagami yoki biz endi qiladigan, endi sodir bo‘ladigan narsagami?» deb so‘radi. «Qalamlar qurib, taqdirda belgilangan narsaga bog‘liq», dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. «Unda amal qilishning nima keragi bor?» deb so‘ragan edi, «Amal qilinglar, har bir kishi muyassar bo‘lguvchidir», dedilar Nabiy. (Muslim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har bir narsa qadar-taqdir bilandir. Hattoki ojizlik va ziyraklik ham» (Ahmad va Muslim rivoyati).

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qadariyalar va murjialar bu ummatning majusiylaridir. Agar ular kasal bo‘lsalar, ziyorat qilmanglar va agar o‘lsalar, (janozalarida) qatnashmanglar» (Taboroniy rivoyati).

Rivoyat qilishadiki, Alloh qiyomat kunida avvalgilaru oxirgilarni to‘plagan vaqtda bir jarchiga buyuradi, u: «Allohning xusumatchilari qani?» deb nido qiladi. Bu nidoni avvalgilaru oxirgilar eshitadi. Shunda qadariyalar o‘rinlaridan turadilar va ularga do‘zaxga kirish buyuriladi. Alloh taolo aytadi: «Do‘zax azobini totib ko‘ringlar. Albatta, Biz har bir narsani aniq o‘lchov - qadar bilan yaratdik».

Alloh bandaga ma'siyat-gunoh ishni taqdir qilib, so‘ng u sababli azoblashi joiz emas, deb tortishganlari uchun ularga: «Allohning xusumatchilari», deyiladi.

Rivoyat qilinadiki, Alloh qaysi payg‘ambarni yuborgan bo‘lsa, uning ummatida qadariyalar va murjialar bo‘lgan. «Alloh yetmishta payg‘ambar tilida qadariya va murjialarni la'natladi».

Xabarda keltirilishicha, «Qadariyalar bu ummatning majusiylaridir».

Yana aytiladiki: «Har bir ummatning majusiylari bo‘ladi. Bu millatning majusiylari esa taqdir-qadar yo‘q, ishlar endi sodir bo‘ladi, deb da'vo qiladigan kimsalardir».

Hasan Basriy hazratlari aytganlar: «Allohga qasamki, agar bir qadariy arqonday bo‘lib qolguncha ro‘za tutsa, so‘ng simday bo‘lib qolguncha namoz o‘qisa ham, Alloh uni do‘zaxga yuztuban uloqtiradi. Keyin unga: «Do‘zax azobini totib ko‘r. Albatta, Biz har bir narsani aniq o‘lchov - qadar bilan yaratdik», deyiladi».


 
DURDONDate: Shanba, 06-Avg-2011, 02:27 | Message # 21
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Tavba.

Bir olimdan so‘rabdilar:
- Bir kimsa tavba qilgan chog‘ida tavbasi qabul qilingan yo qilinmaganligini bilishi mumkinmi? Olim shunday javob berdi:
- Yo‘q, qabul qilingani yoki rad etilgani to‘g‘risida keskin bir hukm chiqarilishi mumkin emas. Lekin qabul etilganini ko‘rsatuvchi ba’zi bir alomatlar bor:
1. Kishi o‘zida gunoh qilishga mayl bo‘lmayotganini ko‘radi.
2. Qalbidan xotirjamlik ketganini ko‘radi, har narsada Allohni hoziru nozir holda topadi.
3. To‘g‘ri va yaxshi axloqli kishilar bilan birga yuradi, yomon fe’lli kishilardan o‘zini uzoq tutadi:
4. Ochko‘zlik qilmaydi. Oz bo‘lsa ham halol yo‘l bilan topganiga qanoat qiladi. O’zining ozgina bo‘lsa ham halol yo‘l bilan topgani uning ko‘ziga ko‘p ko‘rinadi, lekin qilgan xayrli va go‘zal amallari ko‘p bo‘lsa ham uning ko‘ziga oz ko‘rinadi.
5. Qalbi doimo Alloh farz kilgan narsalar bilan band bo‘ladi. .
6. Dinini yomon-ko‘zlardan himoya qiladi.
7. Davomiy tafakkur holida yuradi.
8. O’tmishda qilgan gunohlari tufayli nadomat ichida yuradi...


 
DURDONDate: Shanba, 06-Avg-2011, 15:30 | Message # 22
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:

Ro'za.
Salmon Forsiy rivoyat qiladi:
Rasululloh (s.a.v.) Sha’bonning so‘nggi kuni bizga xitob qilib dediki:
— Ey insonlar, sizlarni buyuk bir oy bag‘riga olayotir. Unda ming oydan ham xayrli bo‘lgan qadr kechasi bor. Alloh bu oyda ro‘za tutishni farz qilgan. Tun ibodatini esa nafila (ixtiyoriy) sanagan. Kim bu oyda bir savob ish qilsa, u savobligidan tashqari, bir farzni ado etgan kimsa singari bo‘ladi. Bu — sabr oyidir. Sabrning mukofoti esa jannatdir. Bu — lutf oyidir. Bu oyda mo‘minning rizqi ortadi. Kim bu oyda ro‘zadorlarga bir iftor qilib bersa, bir qulni ozod qilganchalik savob oladi. Gunohlari afv etiladi.
— Ey Allohning Rasuli, biz har birimiz ro‘zadorlarga iftor qilib beradigan ahvolda emasmiz-ku? — dedik biz.
Marhamat qildilarki:
- Olloh bu savobni, bir ro‘zadorga bir yutum sut, bir qultum suv yoki bir xurmo bilan iftor qildirganga ham beradi. Kim bir ro‘zadorni to‘ydirsa, bu uning gunohlariga mag‘firat vasilasi bo‘ladi. Rabbi uni mening hovuzimdan (Havzi Kavsar) shunday qondiradiki, bundan keyin u abadiyan chanqamaydi. Bu shunday Oyki, avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firatdir, oxiri jahannam otashidan ozod bo‘lishdir. Kim bu oyda qulining (xizmatchisi, ishchisining ) yukini yengillatsa, Olloh uni jahannamdan ozod qiladi. Siz bu oyda to‘rt narsani ko‘paytiring. Bu to‘rt narsadan ikkisi bilan Rabbingizni shod qilasiz. Qolgan ikki narsadan esa aslo qochib qutula olmaysiz. Rabbingizni quvontirishga vasila bo‘ladigan ikki narsa, “Lo iloha illolloh”, ya’ni “Ollohdan boshqa ibodatga loyiq ma’bud yo‘q” jumlasi (bu jumlaning ma’nosiga to‘la tushungan holda unga rioya qilish) va ojizligini e’tirof etib Ollohdan afv tilashingizdir. Siz qochib qutula olmaydigan ikki narsa esa, jannat bilan jahannamdir. Shuning uchun bu oyda Rabbingizdan jannat so‘rang. Jahannamingdan asra, deb Ollohga sig‘ining.


 
DURDONDate: Chorshanba, 10-Avg-2011, 07:49 | Message # 23
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Abu Bakr dedi:
— Ey Allohning Rasuli (s.a.v.) butparastlar bilan qilingan urushdan boshqa jihod bormi?
Rasululloh (s.a.v.):
— Ha, ey Abu Bakr! Allohning yer yuzida shunday mujohid bandalari borki, shahidlardan ham fazilatlidirlar: yashaydilar, yeb-ichadilar va dunyo yuzida aylanib yuradilar. Alloh ko‘kdagi malaklardan ham ko‘ra ular bilan ko‘proq faxrlanadi, chunonchi, Ummu Salama Allohning Rasuli uchun bezansa, jannat ham ular uchun bezanadi.
Abu Bakr:
— Ular deganingiz kimlar, ey Rasululloh? Rasululloh (s.a.v.):
— Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarganlar, Alloh uchun sevib, Alloh uchun yomon ko‘rganlar! Mening nafsim Allohning kudratli qo‘lidadir, men Alloh nomiga ont ichib aytamanki, yuqorida aytilgan sifatlarga ega bo‘lgan kishi ko‘shklararo, shahidlarning ko‘shklari ustidagi ko‘shkda o‘tiradi. Har ko‘shkning uch yuz eshigi bo‘ladi. Eshiklar yokutdan va yashil zumraddan bo‘ladi. Har eshikda bir nur bo‘ladi. Bu ko‘shkning egasi uch yuz ming hurga uylanadi va bu hurlar yolg‘iz unga ko‘ngil beradilar. Hurlarning qay biriga nazar tashlasa, shu onda unga shunday deyiladi:
— Xotiringdami, falon kuni falonchi-falonchilarni yaxshilikka undagan, yomonlikdan qaytargan eding.
Yana hurlardan qay biriga iltifot ko‘rsatsa, o‘sha hur unga yaxshilikka undagan, yomonlikdan qaytargan chog‘larini xotirlatadi.


 
DURDONDate: Chorshanba, 10-Avg-2011, 07:55 | Message # 24
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
‎- Bir kun Iso Alayhissalom Iblis bilan uchrashib qoladi. Iblisning bir qo‘lida asal, bir qo‘lida kul bor edi. Hz. Iso so‘raydi:
-Ey Allohning dushmani, bu asal va kulni nima — qilasan?
Iblis javob beradi:
— Asalni g‘iybatchilarning lablariga suraman, toki g‘iybatni mazza qilib davom ettirsinlar. Kulni esa yetimlarning yuziga sepaman, toki har kim ularni haqir (e’tiborga noloyiq) ko‘rsin.


 
DURDONDate: Chorshanba, 10-Avg-2011, 20:27 | Message # 25
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
‎- Luqmoni Hakimning o‘g‘li otasiga: «Ey ota, insonning qaysi xislati yaxshiroq?» dedi. Otasi: «Din», deb javob berdi. «Agar xislat ikkita bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din va mol», dedi. «Agar uchta bo‘lsa-chi?» deb so‘radi. Otasi: «Din, mol va hayo», dedi. «Agar to‘rtta bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din, mol, hayo va husni xulq», dedi. «Agar beshta bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din, mol, hayo, husni xulq va saxiylik», dedi. Yana: «Oltita bo‘lsa-chi?» deb ham so‘ragan edi, Luqmoni Hakim: «Ey o‘g‘ilcham, agar insonda mana shu besh xislat jamlansa, u pokiza, taqvodor, Allohga do‘st va shaytondan uzoq bo‘ladi», dedi.

 
DURDONDate: Chorshanba, 10-Avg-2011, 20:28 | Message # 26
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Ey Odam farzandi! Agar qashshoqlikdan qo‘rqqaning kabi do‘zaxdan qo‘rqqaningda edi, kutilmagan joydan (rizq berib), seni boy qilib qo‘ygan bo‘lardim.
Ey Odam farzandi! Agar dunyoga qiziqqaningdek jannatga rag‘bat qilganingda edi, ikkala diyorda (dunyo va oxiratda) ham seni saodatmand etar edim. Bir-birlaringizni eslagandek, zikr qilgandek Meni ham zikr qilganlaringizda edi, farishtalar ertayu kech sizlarga salom yo‘llagan bo‘lardi. Agar dunyoni yaxshi ko‘rganingizdek ibodatimga muhabbat qo‘yganingizda edi, sizlarni ham payg‘ambarlarga ko‘rsatilgan hurmat bilan hurmatlagan bo‘lardim. Bas, qalbingizni dunyo muhabbati bilan to‘ldirmang, chunki dunyoning zavoli yaqindir».


 
DURDONDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 04:33 | Message # 27
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Abu Bakr dedi: — Ey Allohning Rasuli (s.a.v.) butparastlar bilan qilingan urushdan boshqa jihod bormi? Rasululloh (s.a.v.): — Ha, ey Abu Bakr! Allohning yer yuzida shunday mujohid bandalari borki, shahidlardan ham fazilatlidirlar: yashaydilar, yeb-ichadilar va dunyo yuzida aylanib yuradilar. Alloh ko‘kdagi malaklardan ham ko‘ra ular bilan ko‘proq faxrlanadi, chunonchi, Ummu Salama Allohning Rasuli uchun bezansa, jannat ham ular uchun bezanadi. Abu Bakr: — Ular deganingiz kimlar, ey Rasululloh? Rasululloh (s.a.v.): — Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarganlar, Alloh uchun sevib, Alloh uchun yomon ko‘rganlar! Mening nafsim Allohning kudratli qo‘lidadir, men Alloh nomiga ont ichib aytamanki, yuqorida aytilgan sifatlarga ega bo‘lgan kishi ko‘shklararo, shahidlarning ko‘shklari ustidagi ko‘shkda o‘tiradi. Har ko‘shkning uch yuz eshigi bo‘ladi. Eshiklar yokutdan va yashil zumraddan bo‘ladi. Har eshikda bir nur bo‘ladi. Bu ko‘shkning egasi uch yuz ming hurga uylanadi va bu hurlar yolg‘iz unga ko‘ngil beradilar. Hurlarning qay biriga nazar tashlasa, shu onda unga shunday deyiladi: — Xotiringdami, falon kuni falonchi-falonchilarni yaxshilikka undagan, yomonlikdan qaytargan eding. Yana hurlardan qay biriga iltifot ko‘rsatsa, o‘sha hur unga yaxshilikka undagan, yomonlikdan qaytargan chog‘larini xotirlatadi.

 
DURDONDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 04:50 | Message # 28
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Haqiqatan ham sahobalar musulmonlarga va barcha maxluqotga nisbatan marhamatli edilar. Musulmon bo‘lmagan Ahli zimmat (Ahli zimmat - Islom davlati qaramog‘idagi nasroniylar, Islom davlati tomonidan himoya qilinuvchi g‘ayrimuslimlar)ga nisbatan ham marhamatli munosabatda bo‘lardilar. Hatto bir kun Hz.Umar keksa bir g‘ayrimuslimning eshikma-eshik tilanchilik qilib yurganini ko‘rganda shunday degandi:
- Senga insofsizlik qildik. Yoshligingdan sendan jizya (musulmon bo‘lmaganlardan olinadigan soliq -tarj.) oldik. Endi esa o‘z holingga tashlab qo‘ydik! Shundan so‘ng Hz. Umar muhtojlikda qolgan bu g‘ayrimuslimga baytulmol (xazina)dan nafaqa berilishini amr etgandi.


 
DURDONDate: Juma, 19-Avg-2011, 01:23 | Message # 29
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
— Eski qavmlardan birida bir odam bor edi. Bu odam qavmning eng yomon kishisi edi. Yana boshqa bir odam ham bor edi. U esa qavmning eng ko‘p ibodat qiladigan, eng yaxshi kishisi edi. Bir kuni qavmning eng yomon odami qavmning eng yaxshi odamiga duch keldi. Ichida dediki:
— Bu qavmimizning eng yaxshi kishisi... Men esa eng yomoniman. Agar uning yonida o‘tirsam, Alloh menga marhamat qilishi mumkin va men yomon inson bo‘lishdan qutulaman. Va keldi. Uning yoniga o‘tirdi. Bunisi esa shunday deb o‘yladi.
— Men qavmning eng ko‘p ibodat qiladigan, eng yaxshi kishisiman. Bu esa qavmning eng yomon kishisi. Nega mening yonimda o‘tirishi kerak?!..
Va uning yonida o‘tirishdan orlandi. «Tur, mening yonimdan ket!» - dedi.
Alloh zamon payg‘ambariga vahiy ila bildirdi va buyurdi:
— Ul ikki kishining oldiga bor va ayt. Men yomon odamni afv etdim. Yaxshi odamning o‘tmishda qilgan barcha ibodat va ezgu amallarini bekor qildim!..
Bu hodisadan ko‘rinadiki, Alloh j.j. bandalarining qalblariga nazar soladi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurida bir odamning yaxshiligidan bahs yuritayotgan edilar. Bir kuni bu odam majlisga keldi, so‘zladi. Sahobalar: «Yo Rasululloh, sizga aytgan odamimiz mana shu kishi edi», - dedilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) unga shunday bir nazar tashladilar, so‘ngra: «Men uning yuzida shaytoniy bir alomat ko‘rayotirman», - dedilar. U odam davraga kelib salom berdi. Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning oldida to‘xtadi. Alloh Rasuli (s.a.v.) unga:
— Alloh uchun bir narsa so‘rayman. Nafsing senga insonlarning eng yaxshisi ekanligingni aytadimi? — dedilar.
U odam:
— Ha, Allohning Rasuli! — deb javob berdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) payg‘ambarlik nuri bilan shu shaxsning qalbidagi shaytoniy takabburlikni — o‘ziga bino qo‘yish, o‘zini hammadan bilimdon hisoblash kasaliga mubtalo bo‘lganligini — yuzida ko‘rgan edilar.


 
DURDONDate: Juma, 19-Avg-2011, 01:55 | Message # 30
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
‎-Hazrati Ali (karramallohu vajhahu) Rasululloh sollal-lohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: «Ikkita xislat borki, sizlarga ular tufayli zarar yetishidan xavfdaman: kibru havoga ergashish va orzu-havasga berilish. Kibru havoga erga-shish - hakdan to‘silish, orzu-havasga berilish esa dunyoni yaxshi ko‘rishdir. Ogoh bo‘ling! Olloh taolo dunyoni suygan bandasi-ga ham, suymagan bandasiga ham beradi. Iymonni esa faqat suygan bandasiga ato etadi. Esda tuting! Dinning ham, dunyo-ning ham farzandlari bor. Sizlar dunyo farzandi emas, din farzandi bo‘linglar. Bilingki, dunyo sizlarga orqa o‘giruvchi oxirat esa peshvoz chiquvchidir. Ogoh bo‘ling! Bu kun amal kuni, unda hisob yo‘q. Yana ogoh bo‘linglarki, hisob kuni yaqin, u kunda amal kilish yo‘q!»

 
Search:
This site uses cookies for better user experience. By continuing to browse the site you agree to the Cookie Policy.
UzigaBek online