RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Hayrulla Hamidov she`rlari
HurshidaДата: Chorshanba, 09-Dek-2009, 01:57 | Сообщение # 61
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 276
Статус:
IYSO IBN MARYAMGA!

Siz aslida islomni
Odamlarga ilingan,
Onangiz pokligi ham
Siz orqali bilingan,
Bugun mo‘minning qalbi
Siz uchun naqd tilingan,
Asli ulardan ko‘ra,
Siz bizlarga mahramsiz,
Dajjolni yo‘qotuvchi
Iyso ibni Maryamsiz.

"Muhammad ummatiman" -
Deb ovoza qilgan - siz.
Eng oxirgi ummatni
Saodatli bilgan - siz.
Qiyomat nafasida
Shu ummatda o‘lgan - siz,
Asli - masihiylarning
Qalbidagi alamsiz,
Quyoshni uyg‘otuvchi
Iyso ibn Maryamsiz.

Qavm adashib ketdi
"Xudoning o‘g‘li" deya,
Parvardigor sha’niga
So‘zlar aytmish nojo‘ya.
Bugun bu - sinov uchun
Eng qulay yo‘l, voqea.
Asli siz ham Allohga
Qul, banda va qaramsiz,
Shirk yo‘llarni otuvchi
Iyso ibn Maryamsiz.

Xoch ko‘targan insonga
Asli shubha qilaman.
Chunki o‘zimni undan
Sizga yaqin bilaman.
Alloh Rosuli degan,
Iymon ila o‘laman
Garchi mening qalbimdan
Otilgan dard, nolamsiz,
Islomiy dard totuvchi
Iyso ibn Maryamsiz.


Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
 
HurshidaДата: Chorshanba, 09-Dek-2009, 02:00 | Сообщение # 62
Eng tajribali
Группа: Ishonchli
Сообщений: 276
Статус:
Hijobli AYOL!

Ko'zingu qalbingni zabt etgan to'lib,
Nafosat haqida sursang gar hayol.
Nuqsonsiz go'zallik timsoli bo'lib,
Yurgan bir hasratdir hijobli ayol.

Biroq oson emas yurmoq hijobda,
Bugun bu ko'plarga kelmoqda malol,
His qilar o'zini o'ng yot dunyoga
Kelgindi hilqatdir hijobli ayol.

Avj olgan buzuqlik ma'siyatlardan,
Ne-ne qadriyatlar bo'ldi-ku uvol,
Ey, Rabbim, panoh ber deya bulardan,
Berkingan suratdir hijobli ayol.

Ko'plar ayol nomin bulg'aydi tinmay,
Avratlar ochilib bo'lishar xushhol.
Taqvosin ko'rsatib, o'zin ko'rsatmay,
Saqlangan siyratdir hijobli ayol.

Millatu dinini ko'plar unutib,
Gunohlar qa'rida toparkan zavol,
Taqvosin timsoli libosi bo'lib,
Diniga quvvatdir hijobli ayol.

Behayo kimsalar, dinsiz johillar,
Masxara qilganda uni bemalol.
Allohim ularga hidoyat ber deb,
Eng yahshi niyatdir hijobli ayol.

Uning mavjudligi ko'ngilga malham,
Ko'z quvnar, qalb esa bo'lmagay behol.
Kitoblar yoqilib ketganida ham,
Islomga hujjatdir hijobli ayol.

Da'vatlar to'xtagan telba diyorda,
Har kimning ko'nglida katta bir savol.
Indamay ketsa ham ko'zlari yerda,
Katta bir da'vatdir hijobli ayol.

Unga havas qilgum, degum ey, singlim,
Erlarga taqvoda o'rnak bo'lib qol.
Iymondan voz kechgan erkaklar uchun,
Eng yahshi ibratdir hijobli ayol!!!


Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
 
JamilaДата: Seshanba, 12-Yan-2010, 22:28 | Сообщение # 63
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус:
Bunga...

...Dunyo bog'-rog' dedik aslida qafas,
Nahot charchamaslar bu jag'lar javrab...
Ayollar fitnaga bo'lsalar sabab,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

Zino-yu, fahshga yetaklar holat,
El ichra deyilsa bu oddiy odat,
Turli seriladan olinsa ibrat,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

Oila deganda obro' yo'qolsa,
Onalar uyda bosh shahs bo'lib qolsa,
Ota o'z qiziga shim sotib olsa,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

Ko'ring, bu bechora ota soqovni,
Toqati tugamish yengolmay g'ovni,
Ona zimmasida topish kuyovni,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

"Ey, hotin bormikan,ul mayda chuyda?"
Degan odamlar ham ko'pko'cha ko'yda.
Bozorda onalar, otalar uyda,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik ems.

Buxoriy tug'ilgan diyorda bugun,
Erlarning vazni yo'q, ayollar yupun,
Birodar, bemalol tomoshang nechun,
Yig'lash kerak bunga,kulmoqlik emas.

Nima bo'ldi ahir halqqa, ommaga,
Hayqirmoq soati keldi hammaga:
Yig'lash kerak bunga. kulmoqlik emas,
Oddiy tomoshabin bo'lmoqlik emas.

Ovozi boricha hayqirmoq kerak,
Haqning kalomiga chaqirmoq kerak:
Ogohlantirish kerak bu avom halqni,
To qadriga yetsin muqaddas Sharqni.

Uning sha'ni uchun turib bersinlar,
Kerak bo'lsa nafsiy jangga kirsinlar,
Ahli oilaga jonlari fido,
Ko'paysin to nusrat berguncha Xudo.

So'nggi hitobimni baribir aytgum,
Kimgadir sal og'ir botsa ham so'zlar:
Naslimiz hurmati fitrati toza,
Ayollarni saqlab qolaylik, do'stlar.

Chunki ayollarga bog'liq har narsa,
Ayol bor, oila erur muqaddas...
Fahsh agar el ichra oddiy hol bo'lsa,
Yig'alsh kerak bunga,kulmoqlik emas...


ღ♥.Jamila.♥ღ
 
JamilaДата: Seshanba, 12-Yan-2010, 22:29 | Сообщение # 64
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус:
Haq rizosin tilab, hijob tutgan qizlar
Xalqning emas, Holiq lutfin kutgan qizlar
Haq isqida nozin ichga yutgan qizlar
Pok qalbingiz chin ilohiy xislar tuysin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Yot nazardan qochib, parda tutib yuzga
Ibrat bo'lib behayo-yu qaro yuzga
Endi hatto tosh otsalar tegmas sizga,
Sizga zulm istaganlar o'zin tiysin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Bu ne fayzu karomatkim sirlarga boy,
Misli bulut arosida kulganday Oy
Or-hayoga burkanipti Oyday chiroy
Kiyim kiygan yalang'ochlar RASHKda KUYSIN!
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Oriyatli oy yuzlarni to'sgan parda
Bir chiroyni tovlatti ming bir chiroyda
Yomon ko'zdan asrasin Alloh har joyda
Betavfiqlar mayli nima desa desin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Muhofaza etib o'zni yot nazardan
Besh mahramni qutqardingiz ahli nardan
Haq lutfiga sazovorsiz tong sahardan
Ochiq-sochiq yurganlar ham esin yig'sin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Dunyo-sinov, haq yo'lida sobit qoling
Hatarlardan eson-omon o'tib oling
Jannat uzra bunda poyondozlar soling
Alloh o'zi sizga chin baht ato qilsin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Ps.Bu sheri manga juda yoqadi!


ღ♥.Jamila.♥ღ
 
JamilaДата: Seshanba, 12-Yan-2010, 22:30 | Сообщение # 65
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус:
Adovatni yanchib tashlab ko’ngildan,
Oddiy dunyomizga tashlaylik nigoh.
Qani endi ayta olsak chin dildan,
Assalamu alaykum wa rahmatulloh!

Salom so’zi tushmas kimdan so’ramang,
Shundan boshlanajak uchrashilgan chog’.
Lek nomiga yangrar qayga qaramay,
Assalamu alaykum wa rahmatulloh!

Ko’rmaymiz salomsiz biron kimsani,
Hayr hush chog’I ham iltifot, biroq,
Holis niyat ila aytishlik qani?
Assalamu alaykum wa rahmatulloh!

Gar bir – birimizga chin niyat ila,
Salomni yetkazsak so’rabon panoh.
Iymonlar zavq shavqqa bo’lardi to’la,
Assalamu alaykum wa rahmatulloh!

Amin bo’ldim do’stlar yetib shu yoshga,
Yurish turishimiz bermoqda saboq.
Sahobalar bilan bizniki boshqa,
Assalamu alaykum wa rahmatulloh!

Mayli dunyo bizga aytmasin tahsin,
Jarangdor ovozlar tuyilsin beoh,
Labimizdan emas ko’ngildan chiqsin,
Assalamu alaykum wa rahmatulloh!

Bugun kerak emas sohta ehtirom,
Bugun bizga kerak holis bir kalom,
Yaxudiy qavmini yig’latgan salom,
Assalamu alaykum wa rahmatulloh!


ღ♥.Jamila.♥ღ
 
JamilaДата: Seshanba, 12-Yan-2010, 22:33 | Сообщение # 66
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус:
Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.…

Ko’nglimizni buzib borar shovqin suronlar,
Bahorimiz sarg’aytirib urar qironlar.
O’lim oldi rozi bo’ldik taqdirotiga,
Qo’ynimizga, qalbimizga solib Qur’onlar.
Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.

Ne bo’ladi ertan qalbi sayozlarimiz,
Bir pallasi siljimagan tarozlarimiz.
Munkarotdan qaytarmagan namozlarimiz,
Esmasidan Dajjolni do’st bilgan bo’ronlar
Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.

Ortimizdan quvdi tinmay nigohlar fohish,
Qo’yinchasi ko’nglimizni qilganda hohish.
Qasrlarni ayvonlarni qulatib nohush.
Matoxparast kimsalarni aylab hayronlar
Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.

Bu dunyoning yolg’onligin anglagan sari,
Qovjirashga intilmoqda ko’ngil jigari.
Ko’zimizni yerga tikib Suhayb singari,
Jannat sari hijrat uchun topdik imkonlar
Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.

Oltin-oltin mol berdilar qayrilmadik biz,
Basavlatlar qad kerdilar qayrilmadik biz.
So’nggi lahza tengsiz moldan ayrilmadik biz
Boqiy deya boshni yorib, tilb tovonlar
Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.

Bu dunyoki hech kim holing so’rmagan dunyo,
Olgan qarzin o’z vaqtida bermagan dunyo,
Umarlarning nazariga kirmagan dunyo,
Undan also izlamayin boqiy makonlar,
Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.

Ortimizda kim qolsada mahzun emasmiz,
Biz havoiy ishqqa uchar majnun emasmiz,
Tug’ilgandan buyon bir bor mamnun emasmiz,
JANNATLARDAN topmoq uchun hushboy rayhonlar
Bu dunyodan to’p-to’p bo’lib qochdik yoronlar.


ღ♥.Jamila.♥ღ
 
JamilaДата: Seshanba, 12-Yan-2010, 22:37 | Сообщение # 67
Группа: Ishonchli
Сообщений: 460
Статус:
Hayol surma, hayollar yomon
Tuyg'ularga bermagin izn
Qur'on harfin o'rganib obdon
Salim qalbga ega bo'l qizim.

Fisqqa chorlov seni yo'llardan
Kimdir izlar yolg'on hizrni
Mening munis muslima qizim
Ro'molingla yop televizorni

Sen dunyoga teran boqmoqni
Qur'on hamda sunnatla izla
Dunyo mayda-chuyda deb kuysa
Sen eng katta savdoni ko'zla

Bu savdo-ki, latta-puttaga
Aldanmagan hayotiy ertak
Sen Oishaga, Fotimalarga
Yopishib ol misoli pechak

Hech ularni qo'yib, yuborma
Sen ularni chindan, bil ONA,
BOSHINGDAGI RO'MOL YECHILSA
BOSHING ILA TUSHSIN MARDONA

Qalbing ila haqni tanigin
Berilmagin falsafalarga
Zargar dunyo aslida bitmish
Yolg'on-yashiq safsatalarga

Qizim mening, muslima qizim
Aqidangda hotirjam qolgin
Xatto onang tobutin ko'rsang
Allohdanmiz deb ayta olgin

Bilib qo'yki dunyo bevafo
Manzil oldi nasihat so'zim
Mendan ko'ra Rosululloh(sollallohu alayhi vasallam)ni
Yaxshi ko'rsang roziman qizim.

Ps. Visola siz hato qilgan ekansiz!

Alloh hammamizni Gunoh-u Xatolarimni o'zi kechirsin Omiyn!


ღ♥.Jamila.♥ღ
 
enjoyДата: Dushanba, 25-Yan-2010, 08:37 | Сообщение # 68
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 1376
Статус:
rahmat

 
shaddotДата: Chorshanba, 10-Mar-2010, 15:06 | Сообщение # 69
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус:
Ўзбекларга нима бўлаяпти?

Борган сари гуноҳ тўляпти,
Ҳолимизга ҳамма куляпти,
Бутун дунё турибди ҳайрон,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Бир пайтлар муаллим бўлган,
Етмиш минглаб ҳадислар билган,
Бухорийни тарбия қилган,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Тўғри йўлни кулиб кўрсатган,
Ҳақиқатнинг ўрнин ўрнатган
Навоийга ҳарф ўргатган,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Тинмас кўча-куйда яллалар,
Қайда қолди гўзал паллалар?
Термизийга айтган аллалар,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Элим сочган даври ҳурликда,
Бугун эса тамом хўрликда,
Пешқадамдир порахўрликда,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Султон бўлган, юрак қўлида,
Ҳукм қилган сарой тўрида,
Хизмат қилар Қозоқ ерида,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Заҳар иси келар болидан,
Ҳароми кўп топган молидан,
Туркман ҳатто кулар ҳолидан,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Йигитлари топиб "дугона”,
Хохлаганда қилар жонона,
Қизларига ҳаё бегона,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Шоирлари мансаб талашар,
Пешволарни мақтаб талашар,
Мўминлари мазҳаб талашар,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Отилгандек мисли палахмон,
Ватангадо ҳолида ҳамон,
Рус ерида хор-у саргардон,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Фарзларига амал қилмайди,
Суннатларни писанд илмайди,
Ҳаққин талаб қилиш билмайди,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Бугун ҳайрон Ибн Синолар,
Мавлони ўтказиб дунёлар,
Тополмас қалбига даволар,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Мўминлиги даводан ташкил,
Ҳаёти кайф-сафодан ташкил,
Эҳсонлари риёдан ташкил,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Қодирийни сотгани етмай,
Беҳбудийни отгани етмай,
Бугун қўймас яхшини тутмай,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Ёқмас биров ҳақ сўз гапирса,
Тағин ҳақни излаб лоф урса,
Дин, деган "дин” сўзин тупурса,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Четдан келган ҳар қандай одам,
Ҳайрон бўлар ташласа қадам,
Ҳамма учун тунда ёққан шам,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Қаён борсам халқим қилар тўй,
Мижозича айтилгандек - қўй,
Хайруллони ўйлатар бир ўй,
Ўзбекларга нима бўляпти?

(Хайрулла Ҳамидов)


 
BirQizchaДата: Seshanba, 14-Dek-2010, 01:57 | Сообщение # 70
Yahshi tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 80
Статус:
O'nglanolmadik

Ko'nglim mening bir seskandi bugungilardan,
Parvardigor vazifamiz anglay olmadik.
Umrimiz ham tashkil bo'lmish qora daftardan,
Ogoh bo'lmay biror lahza mudhish xatardan,
Gunoh desa qilaverdik saqlanolmadik,
O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik
***
Jannat nima? idrok yoqdir, nimadir do'zax?
Dunyo uchun lolmiz,xormiz qalbda ming farah
Dunyo hayron mo'minlarning jim turganiga
Qilsalar ham Rasulingni tinmayin mazah
Nabiiylarning sayidiga vaqt topolmadik
O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik.
***
La ilaha Ilallohni aytishla shartta,
Mo'minlikni vazni bo'ldi haddanda katta
Nasoroning mushugiga pisht demaslaru
Musulmonlik ayb sanalar Islomiy yurtda.
Sening yo'ling sof bo'lsada shaylanolmadik
O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik
***
Bir kezishga urinaman Shosh-u,Samarqand
Buhoroning ahvoliga yahudlar hursand
Shirk-u bid'at ummoniga butkul g'arq bo'lgan
Zangiota mozorida tilanar farzand
Tavhidingga chaqirsakda yenga olmadik
O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik
***
Halol nomin ho'p bemalol oldi xaromlar
Minbarlarda tor saylamish ahli-kalomlar
Mazlum bo'lgan masturalar sonin oshirib
Xijob shartmas deyishgacha bordi Imomlar.
Qur'ondan bir hujjat topib indayolmadik
O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik.
***
G'arbning yo'li ardoqlandi ham shariflandi.
Buzuq yo'llar uchun tinmay pul sarflandi.
Jamiyatning ilg'orlarin ahvolin ko'ring
Namoz o'qish tartibsizlik deb ta'riflandi
Yashirincha ibodatga ko'nikolmadik
O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik
***
Kimdir hujjat keltirsa gar hadis-Qur'ondan,
Ilk so'zini boshlasa gar Haqdan,iymondan,
Har bir ishning imtihosi bir hilgi kundir,
Da'vatchilar quvg'in bo'lar O'zbekistondan!
Ummat bo'lib ularni biz saqlayolmadik,
O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik
***
Hozir esa ummat hayron o'ksinar beun,
Alamdadir o'tgan har bir xatosi uchun,
Haq yo'liga kirmoqchilar xayqirmoqdalar,
Mahdiy kelsa kelaqolsin rozimiz bu kun,
BU yolg'onchi imomlarga o'rganolmadik
O'zing bizni tuzatmasang o'nglanolmadik!


[url=http://www.radikal.ru][img]http://s002.radikal.ru/i197/1010/63/674a38c2bf86.gif[/img][/url]
 
BirQizchaДата: Seshanba, 14-Dek-2010, 02:01 | Сообщение # 71
Yahshi tajribali
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 80
Статус:
Mo'min bo'lishimga qo'ymaysizlarmi?

RO'ZASIZ O'ZIMGA BEGONA TANIM,
IBODAT YURAGIM ALLALAR ONAM.
OZIMNI QIYNASAM SIZLARGA NE G'AM?
AVVAL OZINGIZGA KUYMAYSIZLARMI?
MO'MIN BOLISHIMGA QOYMAYSIZLARMI?
***
RASULIM YO'LIDA YURGANIM UCHUN,
DINIMIZNI YAHSHI KO'RGANIM UCHUN,
NAFSIMGA TO'SIQLAR QURGANIM UCHUN,
SO'Z BILAN JONIMNI O'YMAYSIZLARMI?
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI?
***
KUFRNI USHLASHGA TOQATINGIZ BOR,
SIZNING HAM BIR KUNI SOATINGIZ BOR,
AZOBIMDAN OLAR ROHATINGOZ BOR,
TANAMNI EZGILAB TO'YMAYSIZLARMI?
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI?
***
ODDIY IBODATIM KO'ZINGIZ YOSHLAR,
FUJUR DIYORIGA SILTAYUR BOSHLAR,
QIZIMNING RO'MOLI KO'NGLINGIZ G'ASHLAR,
HAR KUNI QOVOQNI UYMAYSIZLARMI,
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI?
***
KO'NGLINGIZGA HADIS YUQMAS NACHORA,
HIDOYAT BIR KUNI YO'QLASA ZORA,
O'G'LIM YOSIN BILAR SIZCHI BECHORA,
O'ZNGIZN NIMTA SO'YMAYSIZLARMI?
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI?
***
BU DUNYO HAMMANING KITOBIN BITAR,
KIMLARDIR BU YO'LDA INDAMAY KETAR,
SABRIM KOSASI KENG SIZGAYAM YETAR,
UNGA JAHL SUVIN QUYMAYSIZLARMI,
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI?
***
MEN BORMAN HALOVAT SIZGA YO'Q GO'YO,
MENI TUSH ATAYSIZ O'ZNICHI RO'YO,
ANA OLING SIZGA LA'NATI DUNYO,
UNI YANA BETTAR SUYMAYSIZLARMI,
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI?
***
BARIBIR KO'TARMAS SIZLARGA QO'LIM,
BIR KUNI HAMMASIN KO'RSATAR O'LIM,
ENDI FARQI YO'QDIR ANIQDIR O'LIM,
MENI DEVONAGA YO'YMAYSIZLARMI,
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI?
***
PES BILAN TUNLARI TOPISHMAY HADEB,
IYMON ESHIGINI QOPISHMAY HADEB,
ITNING HAYOTIGA YOPISHMAY HADEB,
MENING HOLATMNI TUYMAYSIZLARMI,
MO'MIN BO'LISHIMGA QO'YMAYSIZLARMI?
***
SO'Z TUGARIDA AYTGUM SIZGA BIR O'GIT,
BIR KUNI HOSILIM BERGUSI CHIGIT,
MENI TINGLANG DO'STIM QIZMI YO YIGIT,
BIR UMR DILINGIZ QIYNAYSIZLARMI?
MO"MIN BO"LISHIMGA QO"YMAYSIZLARMI?


[url=http://www.radikal.ru][img]http://s002.radikal.ru/i197/1010/63/674a38c2bf86.gif[/img][/url]
 
DURDONДата: Seshanba, 24-May-2011, 10:36 | Сообщение # 72
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:


 
DURDONДата: Chorshanba, 25-May-2011, 06:18 | Сообщение # 73
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:


 
DURDONДата: Chorshanba, 25-May-2011, 06:20 | Сообщение # 74
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:


 
OSIYOДата: Juma, 27-May-2011, 06:28 | Сообщение # 75
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
 
Поиск:
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
UzigaBek online