Sen yoq eding yo Rasululloh s.a.v.! Hazrati Odamning a.s. vujudida eding. Avval Jannatni, song esa yer yuzini sharaflantirding. Odam sening nuring tufayli avf etildi, Arofat bu avfga shohiddir! Sen yoq eding! Nuhning a.s. kemasida eding. Tolqinlar yer yuzini bogar ekan, tuproqning bagridagi suv osmon bilan uchrashar ekan, va bu Ilohiy azob deyilar ekan, Alloh ming bir sabab ila ruhingni asradi. Tofon nuringa salom aytdi odob bilan. Sen yoq eding! Xazrati Ismoilning a.s. peshonasida eding. Kimsasiz chollarda Ibrohim a.s. duosi yuksaldi: Robbim, dedi Ularga ozlarining ichlaridan sening oyatlaringni oqiydigan, kitob va hikmatni orgatadigan, ularni poklaydigan bir elchi yubor. Omin dedi on sakkizming olam, sening nuring bilan yogdu sochgan qollarini osmonga kotarib omin dedi Ismoil a.s., Xiro, Nur togi ham omin deb oyoqqa turdi, Madinada Uhud togidan omin sadosi yangradi. Sen yoq eding yo Nabiyalloh s.a.v.! Hazrati Iso a.s. seni Ahmad deb yoqladi, ikki olam sarvari deya yuzlandi senga. Men sizlar bilan kop gaplashmayman, dedi havoriylarga: Chunki bu olamning raisi kelyapti. Kuting Ahmad kelyapti, olamlarga rahmat kelyapti!. Havoriylarni yuzini silagan, oliklarni tiriltirgan bir nafas bolding ammo, sen yoq eding! Sen yoq eding! Hazrati Abdullohning peshonasida eding! Boshi egik, hafa bolib yurar edi u... Bu hayro koklardan seni sorar, varaqa seni qidirardi samodan, onalar qiz farzandlarini yiglab yasantirar edilar, yiglab... yiglab:Qizim bobongnikiga borib kelasan der edilar. Sen yoq eding yo Habiballoh s.a.v.! Aslida qabrga tirik komilish edi boboga borish. Chorasiz qolgan volidayi muhtarama jigarbandini olimga kuzatishdan boshqa iloji yoq edi. Eng songi qiz chohga uloqtirilar ekan, onasining suratida bir farishta korindi unga va tabassum etib Xiro togini korsatdi, farishtalar Xironi yasantirar edilar, Nur togi sohibiga tayyorlanar edi, sayyidiga hozirlanar edi Makka, Koinot sarvari uchun bezanar edi, Koinot hazrati Ominaga r.anho ilhaq edi, tuproq Robbisiga yolvorardi, mazlumlar kozlarini samoga tikkan koyi: Kel..., deya yiglar edi. Sening kelishing kutilar edi yo Rasululloh s.a.v.! Bir tushishing bor edi yer yuziga, oldingda Jabroil, orqangda malaklar, yetimlarga eng huzurli kecha boldi u kecha, nochorlar onalarini toyib, toyib quchoqladilar, song sahar vaqtini bir sukunat qopladi, borliq narsa jim-jit bolgan edi Qani, der edi yulduzlar, Qani der edi oy, koinot bir ism eshitmoq istaydi. Ominaning r.anho uyidan bir ovoz yuksaldi: Muhammad s.a.v. zulmat oz ornini nurga boshatib berdi, Muhammad s.a.v. farishtalar uning nurli qollaridan opdi, Muhammad s.a.v. seni yaratgan Allohga qurbonmiz ey durru yakto, senga bu ismni bergan Rohmanga qurbonmiz.
Endi sen borsan! Suvsiz tuproqlarga rahmat nozil boldi sen ila, onangdan song, onang halima suyindi sen ila, yomgirga ehtiyoj bormi? Kotar shahodat barmogingni, yomgirlarni yogdirsin Alloh, song ushla daraxt bargini, tomirlaridaan qopib yoningda yurgizsin Alloh, faqat sen ista yo Rasululloh s.a.v.! Degilki: Men kimman, toglaar, toshlar tilga kirsin, murgak godak qolingdan tutib: Sen Rasulullohsan s.a.v. desin. Sen bor eding! Badrda galaba yor edi, Uhud tor edi, Handaq yor edi. Yigitlaring, olim uchun musobaqalashgan yigitlaring bor edi, Anas ibn Molik r.a. ismli sahobang bor edi yo Rasululloh! Uhudda vafotingni eshitib dostlariga: Nimaga bu yerda otiribsizlar?, deb murojaat qildi u, Alloohning rasuli oldirildi, deganlarida: U olgan bolsa sizlar yashab nima qilasizlar? Turing! Va uning kabi oling!, degandi, ozi ham jangda shahid etilgandi, shahid jarohatlardan tanilmas holatga keldi, singlisi faqat akasining barmoqlaridan taniy oldi. Uhudda nayzangni tashigan Musab ibn Umayring r.a. bor edi sening! Shunday bir muhabbat bilan senga bogliq ediki, Alloh osha kuni farishtalarni Musabning r.a. suvratida tushirdi. Abu Hurayrang bor edi sening! Qorta ochib masjidning oldida seni kutar, va termulib qarab turar edi, sen ham: Kel ey Abu Hir, derding.
Sen ketding! Shunday ketdingki, ortingdan mayuslik, mahzunlik qoldi, hasrating qoldi samoda, Bilol r.a. hatto azon aytolmay qoldi, qachon taraddudlansa Muhammadur rasululloh deya olmas, va tizzasi bilan yiqilar, hushidan ketar edi. Songra kunlar oy, oylar yil boldi, asrlar otdi. Sensiz ochdik kozlarimizni lekin, sen tashlab ketmassan bizni. Sen borsan ey shahidlar sultoni! Bir shahid ham olmas ekan, seni qanday yoq deymiz. Abu tolib shomga yol olar ekan, tuyasining oldidan tosib: Meni kimlarga tashlab ketyabsiz? Na onam bor, na otam!, degan eding, Abu Tolib shu bois safardan voz kechgandi, sensiz ingragan ummatingni kimga tashlab ketyapsan yo Rasululloh s.a.v.? Tashlab ketma bizni, zero Alloh: Sen ularning ichida ekansan, biz ularni azoblamaymiz, dedi, tashlab ketma bizni, bizga hayotni sen orqali tanitdi Rahmon, qullikni sen tufayli angladik, duoni sendan organdik. Hazrati Umar r.a. umri uchun sendan izn soraganda, Birodarim, duoingda meni ham eslaysanmi?, degan eding unga, biz Umar r.a. emasmiz ammo, barcha duolarimiz sening uchun... Ey Robbimiz! Rasulingni eslashimizdan uni habardor qil, unga minglab saloti va salomlar bolsin, habibinga maqomi Mahmudni ber, unga lutf ayla, uni rafiqi aloga kotar, bizlarni ham avf et!... Bizlarni avf et..