RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Страница 3 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 7
  • 8
  • »
Hayrulla Hamidov she`rlari
CryGirlДата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:58 | Сообщение # 31
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус:
IBRAT

Dunyoda eng katta, zo‘r ibrat
Izlasang, sengadir shul shior,
Payg‘ambar qilmishlar nasihat:
"Qabrga bor, qabristonga bor!"

Boshingga baxt qushi oshiqdi,
Mol-davlat yo‘lingga turar zor -
Quvonchdan sapchima, yaxshisi
Qabrga bor, qabristonga bor!

Ba’zida hayotdan norizo
Ko‘nglingga o‘rnashmish ming g‘ubor.
Hammasi o‘tkinchi, serbaqo
Qabrga bor, qabristonga bor!

Olimlar ko‘p edi, xo‘sh qani?
Hammasin kul bo‘lmish gulshani...
Haqiqiy ilmlar maskani -
Qabrga bor, qabristonga bor!

Yaqinlaring qiynab qo‘ysa, bas
Dunyo sanga tuyulsa qafas,
Tiriklarning uyiga emas,
Qabrga bor, qabristonga bor!

Har kuni o‘limdan hadiklar...
Ko‘zingda ko‘ryapman kuyuklar.
Joningga tegdimi tiriklar?! -
Qabrga bor, qabristonga bor!

Bilib bo‘lmas inson bolasin,
Ichda ekan uning olasi...
Eng rostgo‘y do‘stlarning davrasi -
Qabrga bor, qabristonga bor!

Shovqinli bu dunyo shiddatdir,
Uning alam, dardi behaddir.
Jim bo‘lsa-da katta ibratdir -
Qabrga bor, qabristonga bor!

Tuproqdirmiz hammamiz bekam,
Shahanshohga to‘lmish poyqadam,
Unda Chingiz, Botu, Qaysar ham...
Qabrga bor, qabristonga bor!

O’lim haqdir, keladi bir kun
Qayta bog‘liq bo‘lmas bu tugun...
Ixtiyorsiz kelishdan burun
Qabrga bor, qabristonga bor!

 
CryGirlДата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:59 | Сообщение # 32
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус:
TARTIB

O’lim degan podshoh bir kun eshik qoqar
Xudo bilar u kimlarga xushro‘y boqar...
Bu haqiqat kimga yoqmas, kimga yoqar:
Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga...

Yoshligingda ota-onang tuggan tugun
Yechilishga tayyorgarlik ko‘rar bugun,
O’lim uchun tadoriging yo‘qdir nechun?!
Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga...

Payg‘ambarlar ketdilar-u, ibrat yo‘qdir,
Tobut turar senga ilhaq, ko‘ngling to‘qdir.
Hammaga bir-bir otilgan aniq o‘qdir -
Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga...

Osmono‘par binolar ham darz ketdilar,
Eng chiroyli sanamlar ham qarz ketdilar.
Va hammasi bir manzilni uy etdilar,
Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga...

Bolang yig‘lar saboq istab, non tutasan
Johil o‘ssa, yig‘lab tag‘in qon yutasan.
Ayt, munchalar nimani zor-zor kutasan
Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga!

Nodon asli kibr bilan ko‘krak kerur,
Iymonini puch dunyoga sotib berur...
O’lmaysan, deb aldayotgan shayton erur
Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga!

Harob aylab gulbo‘stonda gul hayotni
Alloh turib, do‘st tutmagin o‘zga yotni.
Unutmagin eng azaliy tartibotni:
Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga!

 
CryGirlДата: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:00 | Сообщение # 33
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус:
BENAMOZLIK

Mo‘minlikka da’vo bo‘lmas benamozlik,
Bir kunga ham ravo bo‘lmas benamozlik,
Bu dunyo-ku besh mahaldek o‘tar - ketar,
Lek qabrda xavo bo‘lmas benamozlik,
Jazolarga davo bo‘lmas benamozlik.

Qur’onda ham uning misli kelgan qavm bu,
G’iybat-la o‘z do‘sti go‘shtin yegan qavm bu,
Rosululloh "Bizdan emas" degan qavm bu,
Peshonasin qoraytirmish - benamozlik,
Qabrini ham toraytirmish - benamozlik!

Bu gunohki, ko‘ngillarni mast qilguvchi,
Inson degan sharafni-da past qilguvchi,
Boshga balo kunni haqqi rost qilguvchi
Gunohlarning kabirasi - benamozlik,
Asli shirkning nabirasi - benamozlik!

Joynamozlar sarpolarga joylanadi,
Ayting, qo‘llar qachon Haqqa boylanadi,
Nahot inson do‘zax sari shaylanadi?!
Shayton tuhfa etgan tug‘yon - benamozlik,
Yaratganga eng zo‘r isyon - benamozlik,

Besh mahalga beparvodir "Alloh - bir!" deb,
Og‘ir kunda tag‘in aytar "panoh ber!" deb,
Shuni aytsa kerak-da, "haq, gunoh bir", deb
Muhrlanmish qalbi mangu - benamozlik,
Namozshomda go‘yo uyqu - benamozlik!

Bobolari sajdadan bosh ko‘tarmagan,
Yaratgandan o‘zga iloh axtarmagan,
Ox bu farzand, nechun desang ko‘karmagan -
Daryo qurib o‘rnida cho‘l - benamozlik!
Do‘zax sari eng qulay yo‘l - benamozlik!

Taxtdan tushib besh vaqt namoz qilgan el bu,
Har kunini Allohdan deb bilgan el bu,
Dini bois bu dunyoga kelgan el bu,
Yelkasida uning bugun benamozlik,
Hech yechilmas jirkanch tugun - benamozlik!

Payg‘ambari kelib-da, bir o‘rnak olmas
Bu millatning buguniga qilmang havas.
Saroylari qulab, o‘rnin topsa abas
Biling, asl sabab erur benamozlik,
Haq sizlarga javob berur benamozlik!

Buxoriylar, Termiziylar, Naqshbandlar
Shu o‘lkadan chiqqan edi, jigarbandlar,
Ularni-da odam qilgan labda hamdlar,
Ular uchun eng katta or - benamozlik,
Bugun bizni aylagan xor - benamozlik,

Sinolari namoz o‘qib tabib bo‘lgan,
Navoyisi sajda chog‘i habib bo‘lgan,
Qodiriysi tergovda ham namoz qilgan,
Bu millatga katta uyat - benamozlik,
Tarix uchun katta g‘orat - benamozlik!

... Dunyo uchun nima qilsang qilavergin,
O’zingni kim bilsang, shunday bilavergin,
Ammo so‘nggi xitobimga quloq bergin:
Jahannamga ziyoratdir - benamozlik,
Insonlikka hiyonatdir - benamozlik!

 
CryGirlДата: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:02 | Сообщение # 34
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус:
YOVUZ KUN

Dunyo bir seskandi, dunyo bir to‘zdi,
Iymon har tomonga sochilgan kuni,
Xilqat ummonida vajohat suzdi
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Qahrdan tug‘ilgan bu yovuz dillar
Faqat ma’siyatga cho‘zmishlar qo‘llar -
Hamma gunohlarga ochildi yo‘llar
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Allohga har qancha to‘kmasin ko‘z ashk,
Erlarning qalbidan ko‘tarildi rashk.
Kufr, shirk yo‘lida boshlandi kurash
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Saltanatlar ketdi, quladi yurtlar,
Bo‘y ko‘rsatdi ko‘ngli chirkin beburdlar
Oldlar yig‘ladilar, chinqirdi ortlar
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Qushlar parvozida halovat yo‘qoldi
Baliqlar ovozsiz faryodlar soldi.
Ko‘zimiz o‘ngida g‘urur toptaldi
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Silkindi og‘riqdan go‘dak beshigi,
Yopildi mehrning so‘nggi teshigi.
Yopildi iymoning so‘nggi eshigi
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Endi fisq yurmaydi, unda bor qanot...
G’urabo faxshga berildi hayot.
Ming yillik qonunga darz ketdi xayxot
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Boshqa amallarni qilsang-da tinmay,
Endi gunohlardan ketding og‘rinmay -
Eng so‘nggi fitnaning oldi olinmay
Ayollar avrati ochilgan kuni.

Bu katta gunohning avvali qani?
Bu jirkanch gumrohning avvali qani?
Savollar javobsiz qolgan hamisha,
Javob izlab hamma tolgan hamisha.

Chunki bu savolning javobi yo‘qdir,
Erkaklarning ko‘ngli gunoh-la to‘qdir.
Islomga ilk daf’a otilgan o‘qdir -
Ayollar avrati ochilgan kuni.

 
CryGirlДата: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:03 | Сообщение # 35
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус:
BO’LMAGIN

Islomga do‘st bo‘lding, kufrga dushman,
Muqaddas yo‘lingga harif bo‘lmagin.
Vujuding olovda erib ketsa ham
Iymoning qatida zaif bo‘lmagin.

Gunohlar urchigan kunduzgi kunlar,
Shahvat faryodidan qoraymish tunlar,
Do‘zaxga bo‘lmayin desang o‘tinlar
Ko‘zi qonga to‘lgan shahif bo‘lmagin.

Go‘zallar o‘tarlar ko‘zni o‘ynatib,
Shaytoniy ohangda qalbing kuylatib,
Sen shunda ularni g‘amgin o‘ylatib
Latif shahvatlarga latif bo‘lmagin.

Umringga o‘rnashsin eng oliy tuyg‘u,
Faqat islom bo‘lsin sen uchun qayg‘u.
Faqirlar poyida boshing sadqayu,
Sultonlar nazdida sharif bo‘lmagin.

Pokiza maslaging chekkanda faryod
Topolmay qolasan tuzuk bir najot.
Bir pulga chaqilmas yurtda e’tiqod
Kufr ahli uchun nazif bo‘lmagin.

Dunyo arzimaydi yiqqan zaringga,
Yaxshisi shukr qil yo‘g‘-u boringga.
Yordam so‘rab kelgan birodaringga
Madina bo‘lgin-u, Toif bo‘lmagin.

 
CryGirlДата: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:07 | Сообщение # 36
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус:
NOUMID - SHAYTON!

Olim edi, bir kun ul Iblis bo‘ldi,
Niyati odamni qilmoq beimon.
Ammo odamlarga berildi imkon,
"Noumid" degan nom shaytonga qoldi.

Inson degan so‘zga qofiya - isyon,
Va lekin oz bo‘lsin, ba’zida "imon".
Birgina kalima oxirgi zamon...
"Noumid" degan nom shaytonga qoldi.

Odamlar tinmasdan haddan oshdilar,
Imondan chiqdilar, har yon qochdilar,
Hattoki, osmonga toshlar otdilar,
Va lekin...
"Noumid" degan nom shaytonga qoldi.

Har kim turli tomon nigohin tikkan,
Umidli ko‘zlarda "Alloh - bir" degan
Kalima yangrasa kifoya ekan...
"Noumid" degan nom shaytonga qoldi.

Ba’zan qalbimizga tushar tugyonlar,
Ba’zan qarshi olsak og‘ir to‘fonlar,
Haqni topib kelgan Abu Sufyonlar...
"Noumid" degan nom shaytonga qoldi.

Ko‘pchilik bilmaydi iymon lazzatin
Umidga ishonib yashamoq baxtin,
Asli bu eng aziz, eng yaxshi sokin,
"Noumid" degan nom shaytonga qoldi.

Eng so‘nggi manzilni tavba bilaylik,
Allohdan so‘raylik, Unga yig‘laylik.
So‘ngga lahzada ham umid qilaylik,
"Noumid" degan nom shaytonga qoldi.

 
CryGirlДата: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:11 | Сообщение # 37
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус:
SAHOBALAR

Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Hamza,
Muoviya, Abu Sufyon, ibn Umar...
Qorong‘u yo‘l yoqasida nurli sho‘‘la -
To Qiyomat bizga hujjat - sahobalar!

Men sizlarni yaxshi ko‘rdim, yaxshi bildim.
Hayotingiz hayotimga o‘rnak qildim.
Rasululloh manhajiga qalbi salim,
Yo‘llarimga nuri himmat sahobalar.

Siz-la islom siyratini ushlab qoldi,
Munofiqlar barmoqlarin tishlab qoldi.
Siz ketdingiz - bu ummatdan nur yo‘qoldi,
Siz-la birga ketgan izzat, sahobalar.

G’orda qolgan birodarin uyg‘otmay deb,
Abu Bakr ilon chaqsa, turdi chidab.
Me’roj kuni Siddiq bo‘ldi aylab xitob:
"Tasdiqlayman barin faqat", sahobalar.

Ayol haq so‘z aytsa, uni to‘g‘ri bilib
Umar o‘tdi adolatni shior qilib,
Bir umrga bir libosin dorga ilib
Qalbi birla ko‘rsatib xad, sahobalar.

Farishtalar hayo qilgan Usmon o‘tdi,
Tilovati payti boshdan qalqon o‘tdi.
Shuning bilan saodatli zamon o‘tdi
Shundan keyin ketdi nusrat, sahobalar.

Xolid o‘tdi badanida tig‘ yemagan
Joyi qolmay, biror jangda yengilmagan.
Zohid Salmon ibodat-la tong bilmagan
Ajratmagan jihod, toat, sahobalar.

Abu Zarning ko‘zlarida yondi yolqin,
"La ilaha illa Alloh"ni aytish uchun
Rozi bo‘ldi bu dunyoning xor va chirkin
Hayotiga ulkan jannat, sahobalar.

Qo‘lda bayroq, Makkadagi chiroyli qalb,
Rosulining vafotidan qo‘rqib, yo rab
Vafot etgan yuztuban va yerga qarab
Mus’ablardek ko‘ngli hijrat sahobalar.

"Rasululloh tuyasiga taqlid qilgan
Tuyam mening markabimdir, bilsang", degan
Abdullohlar o‘tdi bosib ming bir tikan,
Lek oyoqqa yetmay zahmat, sahobalar.

Abu Sufyon, Hamzaga bosh egmoq zarur.
Un-da sharaf, un-da faxr, un-da g‘urur.
Olam sizga bosh egsa ham, qalbi mag‘rur
Boqmadingiz biror soat, sahobalar.

Poyingizda oltin oltin dunyo oqdi,
Rumdan tortib Erongacha mamnun boqdi.
Vale sizning poyingizda xo‘p uloqdi
Bir qiymati yo‘q saltanat, sahobalar.

Muhojirlik bo‘ldi nasib sizga og‘ir,
Ansoriy deb nom olgan ham sizsiz, ahir.
Qon-qoniga singib ketgan ming bir tomir
Bir-biriga nur va rahmat, sahobalar.

Bugun yo‘qsiz, sizsiz ummat g‘arib va xor.
O’zidan kam jamoadan yetib ozor.
Bugun uning yashash joyi keng bir bozor
Yotar yeri shum Shaytanat, sahobalar.

Yo‘limizni yoritguvchi hilollar yo‘q,
Haromlar bor, tuzatguvchi halollar yo‘q.
Endi bizni uyg‘otuvchi Bilollar yo‘q.
Azonimiz bo‘ldi g‘aflat, sahobalar.

Mo‘minlarning onalari o‘tdilar, bas.
Bugungilar bu ummatga ona emas.
Bu ummatga hech kim endi qilmas havas.
Chunki o‘ldi haqqiy toat, sahobalar.

Erlar erlik qilib, haqqin qilmay ado,
Ayollarin ko‘yga qo‘ymish, bu ne savdo.
Na’zu billah, da’yuslikni qilar da’vo,
G’arb quliga do‘ngan xilqat, sahobalar.

Fatvolar bor hadislarga ters yuruvchi,
Imomlar bor tumorlarga dam uruvchi,
Rasululloh la’natlagan tashiruvchi
Shaxslar dinga qilar "xizmat", sahobalar.

Islom uchun jahd desalar, hayratlar bor,
Bunda ruh yo‘q, faqatgina suvratlar bor.
Alamlar bor, sitamlar bor, hasratlar bor,
Bordir gina, ham kudurat, sahobalar.

Ilm uchun rag‘bat ham yo‘q, da’vat ham yo‘q,
Maishat uchun to‘siq ham yo‘q, sarhad ham yo‘q.
Payg‘ambarlar merosxo‘rin ko‘ngli-chi to‘q,
Oz bo‘lsa ham yo‘qdir hayrat, sahobalar.

Siz harom deb bilgan amal bugun halol
Kabiralar qilinmoqda voh, bemalol.
Ruhim yig‘lar badanimga berib savol:
"Mo‘minliging shubha, g‘alat...", sahobalar.

Yaxshiyamki, tun bor, uxlash baxti bordir.
Tushda sizni ko‘rgan inson baxtiyordir.
Bu keng dunyo ko‘pchilikka balkim tordir,
Ammo siz-la ulkan sarhad, sahobalar.

So‘z yakuni shuldir: "Sizlar islom ahli,
Umar o‘tdi, o‘tdi Usmon, o‘tdi Ali.
Uchrashurmiz bir kun insha Alloh hali
Vatanimiz bo‘lmish - jannat, sahobalar!!!

 
CryGirlДата: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:16 | Сообщение # 38
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус:
QABRDAN MAKTUB

Qabrdan bir maktub oldik yoronlar,
Unda qiziq so‘zlar bitmishlar butkul:
"Bu dunyo biz uchun asli imtixon,
Undan omon chiqmak erur xo‘p mushkul.

Odamlar iymonsiz ne topsalar ham
Biz yotgan dargohda qiymati yo‘qdir.
Allohning yo‘lida tikkan bo‘lsa jon,
Ko‘ngli ana o‘sha insonning to‘qdir.

Farzandin tarbiya qila olmagan
Otalar qabrda dod-voy solmishlar,
Dunyoning eng totli ne’matin berib,
Uning haqqiga zor yig‘lab qolmishlar.

Duo ilinjida ko‘zlar za’faron,
O’tgan-ketgan jonga halak yotibmiz,
Hayoti dunyoda qiyomat yo‘q deb
Haddan oshibmiz va g‘aflat qotibmiz.

Tinmasdan g‘iybatga ruj’u qo‘yganda,
Birov indamabdi, tinch bo‘lgin deya.
Mish-mishlar ustuni to‘ldirilganda
Shaytonlar tuslamish turli qofiya.

Biz payqay olmadik Allohning iznin,
O’lish farishtasi kelgach, bo‘ldi kech.
Ozgina iymondan taxsil olgandik,
Bugun o‘shal kunlar biz uchun sog‘inch.

Yodimda, qur’ondan bir harf o‘qib,
O’zimni baxtiyor bilgandim tengsiz.
Qaniydi o‘shal kun aylansa tinmay,
Aylansa, aylansa, aylansa so‘ngsiz.

Qur’on o‘qib tinmay, yig‘layversam-u,
Ko‘zimning yoshiga cho‘milsa dunyo.
Umrimning alamli yillari kelib,
Joy topolmay ketsa go‘yoki ro‘yo.

Qaniydi, dunyoda faqat ibodat
Va faqat toatga belim bog‘lasam,
Islom deb boshimni kundaga qo‘yib,
Iymon deb qalbimni o‘tda dog‘lasam.

Qaniydi, qaniydi, qaniydi, do‘stlar,
Ozgina bir fursat berilsa edi,
Men shuning barchasin Alloh yo‘liga
Sarflab yuborardim, bo‘lmayin keti..."

Shunday maktubdan so‘ng o‘zgardi dersiz
Bizning telba hayot, birdan, daf’atan?!
Qattiq adashasiz, chunki maktubning
Muhri kelgan paytda eskirgan ekan...

 
CryGirlДата: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:18 | Сообщение # 39
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус:
Iqrornoma.

Senda islom yo'g'-u,muslim nomi bor,
Samara bermagay da'vatlar qancha...
Namozlar befoyda, ro'zalar bekor,
Allohni qalb chindan tanimaguncha.

Ohiri ko'rinmas behol daydishing,
Kutilar necha yil haqni aytishing,
Iloji bo'lmagay fahshdan qaytishing,
Allohni qalb chindan tanimaguncha.

O'zingcha joningni haqqa tikursan,
Bunga hujjat debon ertak to'qursan,
Suvsiz sahrolarda ko'chat ekursan,
Allohni qalb chindan tanimaguncha!

Bomdodni o'qibon uhlab, dovdirab,
Yurarsan kunduzi qizlarga qarab,
Sendan ustun erur badaviy arab,
Allohni qalb chindan tanimaguncha!

Oyatalar yodlaysan, ko'zlarda nam yo'q,
Islom oyoq osti bo'lsa-da, g'am yo'q,
Jannatga tushish yo'q,ko'ngling bo'lsin to'q,
Allohni qalb chindan tanimaguncha!

Ming rakat namoz qil, tunda uhlama,
Qalbingni tirnama, bejiz tig'lama,
Payg'ambar tushingga kirmas,yig'lama,
Allohni qalb chindan tanimaguncha.

Odamlar seni-da, desinlar mo'min,
Ko'rsatsinlar go'zal, zo'r ehtiromin,
Boshingdan nariga siljimas omin,
Allohni qalb chindan tanimaguncha!

Duolar qilasan, hayol parishon,
Bu asli nifoqdan, riyodan nishon,
Namozing qabulmas, qo'rqmasdan ishon,
Allohni qalb chindan tanimaguncha!

Tavhidni anglamoq zo'r ibodatdir,
U bir poydevori zo'r imoratdir,
Qilgan hajing esa bir sayohatdir,
Allohni qalb chindan tanimaguncha.

Zohiriy ibodat senga ne berur,
Agarchi botinni sichqon kemirur,
Zakoting osmonga uchgan yel erur,
Allohni qalb chindan tanimaguncha.

Men seni taniyman, bo'ldi ko'p yillar,
Bilaman ne qildi oyoqlar, qo'llar,
Bir kun ham hotirjam bo'lmas ko'ngillar,
Allohni qalb chindan tanimaguncha.

Shu bois umidim - yig'lab tolmasdan,
Allohning zikridan aslo qolmassan,
Bilgilki, O'zingni taniy olmassan,
Allohni qalb chindan tanimaguncha!

 
CryGirlДата: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:20 | Сообщение # 40
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус:
Ayirma!

Allohim, bir qutlug' yo'lga chiqdik biz,
Ulug' karvoningdan ayirib qo'yma!
Bu karvon ketmasin yo'llarda izsiz,
Dadil sarboningdan ayirib qo'yma!

Baland minoralar tashlansa ko'zga,
Osilib chiqishdan iloj yo'q o'zga,
Tutdek to'kilganda odamlar pastga,
Mahkam arqoningdan ayirib qo'yma!

Hammani saodat sari yetaklab,
Arqon ham bir kuni uzilgay, yo Rab,
Qolganlar qulasa zaminga qarab,
Temir narvoningdan ayirib qo'yma!

Turli kitoblarni jamladi olam,
E'zozga arziguv garchi kitob kam,
Sandiqlar, javonlar bo'shab qolsa ham,
Qalbni Qur'oningdan ayirib qo'yma!

Harob aylama, bas, bizdek qullarni,
Kengligin oshirgil diniy yo'llarni,
Qalbimizda ungan go'zal gullarni,
Halim bog'boningdan ayirib qo'yma!

Bir tuyg'u tufayli jannat biz uchun,
U tuyg'u qalbni ham aylagay butun,
Amalni unutib qo'ysak ham bir kun,
Illo iymoningdan ayirib qo'yma!

 
CryGirlДата: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:21 | Сообщение # 41
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус:
Shukrona...

Qiyomatdan nishona - o'tayotgan kunimiz,
Hotirjamlik deganin unutdi har tunimiz,
Bilmam ertamiz qandoq, harobdir bugunimz,
Tog'lar o'z joyidan ko'chmaganiga shukr,
Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukr.

Oilada er zoti o'zini bek bilmasa,
Ayol zoti halovat, sakinada bo'lmasa,
O'zbek qizi qornini ochishdan or qilmasa,
Tog'lar o'z joyidan ko'chmaganiga shukr,
Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukr.

Qushlar qolib qurbaqa ko'kda qilsa parvozlar,
Oqqushlar maskaniga egalik qilsa g'ozlar,
Pora ila shogirdin yetishtirsa uztoslar,
Tog'alr o'z joyidan ko'chmaganiga shukr,
Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukr.

Iymondan voz kechilsa lazzat uchun bir onlik,
Va o'sha zot atalsa "taqvodoru, iymonlik",
Qaroqchilik hukmiga o'tsa agar posbonlik,
Tog'lar o'z joyidan ko'chmaganiga shukr,
Qiyomat o'z eshingin ochmaganiga shukr.

Yurtda aldov nom olsa "tirikchilik, g'ayrat" deb,
Aytilgan rost so'zlarga nom qo'yilsa hayrat deb,
Qarz olib bermaslikni atasalar san'at deb,
Tog'lar o'z joyidan ko'chmaganiga shukr,
Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukr.

Bolaning zarbasidan otaga zaha yetsa,
Onalar qizlaridan pand nasihat eshitsa,
Olimlar lug'atidan amal degan so'z ketsa,
Tog'lar o'z joyidan ko'chmaganiga shukr,
Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukr.

Haloyiq ham unutsa halqligin, millatligin,
Haq kalomin dunyoga aytguvchi elatligin,
Ohir hamma yodidan ko'tarsa ummatligin,
Tog'lar o'z joyidan ko'chmaganiga shukr,
Qiyomat o'z eshigin ochmaganiga shukr.

 
CryGirlДата: Seshanba, 17-Noya-2009, 23:49 | Сообщение # 42
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус:
Tavba.

Keksayib, yoshing bir joyga yetsa ham,
O'zingni ilmda tolib kabi bil!
Gunohlar yelkangdan ortib ketsa ham,
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Volidang sababli kelding dunyoga,
Otangning qo'lida boqding samoga,
Ular uchun qo'lni ochib duoga,
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Gunohlar qilgansan bilib bilmasdan,
Ehtimol yurgansan tavba qilmasdan,
Vaqt sening orqangdan yetib kelmasdan,
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Inson hatokordir, gunohi quyun,
Lek bunda mahzunlik, homushlik nechun,
Bir zum bo'sh qolsang ham, gunohing uchun
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Qariyman, o'shanda ulguraman, deb,
Birodar sarhadga qolmagin kelib,
Har mavjud soniyang g'animat bilib,
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Gunohlar ko'ngilni aylasa qora,
Suv bilan yuvay deb bo'lma ovora,
Bundan qutulmoqqa birgina chora-
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Manzilga borguncha yuklaring tashla,
Istasang hammasin boshidan boshla,
Diloingni, qalbingni, ko'zingni yoshla,
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Bilaman, kibr bor, asli olifta,
Uning hiylasiga bo'lma oshufta,
Najot kemasiga faqat bir chipta-
Tavba qil, tavbaqil, tinmay tavba qil!

Poyonin ko'rsatdi dunyoning sayli,
Faqat bir najot bor so'ngnafas zayli,
Joynamoz ustida uhlab qol, mayli,
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Bir kun yana loyga qorishing o'yla,
Qora lahad ichra og'rishing o'yla,
Alloh huzuriga borishing o'yla,
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

Kim balki ulgurar yashashga bugun,
Kimgadir bugun ham bo'lmagay butun,
O'lim farishtasi kelmasdan burun,
Tavba qil, tavba qil, tinmay tavba qil!

 
RiderДата: Chorshanba, 18-Noya-2009, 17:00 | Сообщение # 43
Admin yordamchisi
Группа: Usta
Сообщений: 2650
Статус:
Rahmat , Olloh rozi bo'lsin
 
MASTERДата: Chorshanba, 18-Noya-2009, 21:16 | Сообщение # 44
Adminstrator
Группа: ADMINISTRATOR
Сообщений: 7549
Статус:
Molli, Rahmat bu sherlar menga juda yoqadi

وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّ
 
SANJAR80Дата: Chorshanba, 18-Noya-2009, 23:37 | Сообщение # 45
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3741
Статус:
Molli, Rahmat katta

 
  • Страница 3 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 7
  • 8
  • »
Поиск:
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
UzigaBek online