Hayrulla Hamidov she`rlari
|
|
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:30 | Сообщение # 16 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| RAMAZON KUNLARI Allohning rahmatin, nusratin kuting Barcha ko‘z uyquga cho‘mgan tunlarda. Asriy zanjirlarni yelkadan oting Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Bizki, ko‘ngillarni ayladik vayron, Bugun o‘zimizga o‘zimiz hayron. Endi qo‘limizda muqaddas Qur’on Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Bizga dars o‘qitmang falsafalardan, Dunyo bezib bo‘lgan vasvasalardan. Holimiz telbaviy talvasalardan Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Iymon yo‘lindadir ko‘zimiz nuri, Allohning so‘ziga qalbimiz to‘ri! Portladi dunyoning sohta g‘ururi Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Allohga shukrki, Uni bir bildik, Baytullohga iymon to‘la qalb keldik. Zino-yu, faxshni zanjirband qildik Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Allohim, qo‘limiz Sengadir ochiq: Garchi ramazondan ko‘nglimizdir to‘q, Tuzalib olmasak boshqa fursat yo‘q Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:31 | Сообщение # 17 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| HAR KUNLIK TANISH Men sizni har kuni ko‘raman, har kun Ko‘chada, metroda, va xatto ishda. Siz kezib yurasiz yilning har fasli, Yozda ham o‘shasiz, o‘shasiz qishda... Nikohlab olgansiz go‘yo dunyoni, Uning lablaridan bo‘sa olasiz. Zarracha dunyongiz ketsa gar tashlab Shaytonlab qolasiz, yig‘lab qolasiz. Biz bildik, angladik- dunyo - bevafo, Siz muncha dunyoga haris bo‘lasiz?! Hech kimsa fanoda qolmas bebaqo, Axir siz ham bir kun yig‘lab o‘lasiz... Ayting, yashab-yashab topdingiz nima, Qanday mavqelarga erishdingiz siz?! Qiziq, malakul mavt kelgan kechada Hayotdan xo‘prizo, kerishdingiz siz... Siz o‘zi qandayin odamsiz ayting, Nimaga bunchalar hotirjamdirsiz?! Go‘yoki do‘zaxdan ozod etilgan Qiyomat kuniga nomahramdirsiz?! Yuzingizda kulgu, tabassum bilan Dunyoni tinmasdan talab qilasiz. O’lim haqidagi mav’izalarga Ertak eshitgandek tinmay kulasiz. Jahannam azobi tasvirlanganda Nahot qalbingizgizni tirnamas hech dard. Siz yo bir telbasiz, yoki bir dahriy Va yoki jin chalib o‘zin bilgan mard... Labingiz gezarmas vo ajab aslo Qabr azobining tasvirlariga, Bir soniya bo‘lsin oxirat demay, Tayyorsiz dunyoning tahqirlariga... Payg‘ambar kimligin bilish istamay, Bir umr yuzingiz buradirsiz siz. Odamlar bir taraf bo‘lsalar agar, Dunyoni boshqacha ko‘radirsiz siz. Fisq-u fujur desa, yugurasiz-u, Azon aytilganda yotib olasiz. Shaytonlar majlisin boshlaganida Anjuman avjida paydo bo‘lasiz. Fohishalar haqda tinmay o‘qiysiz, Ularning rang-barang surati yoqar. Ko‘nglingiz tubida extimol bir zum Iymonning eshigin nimadir qoqar... Lek siz mahrumsizki, uni ochishdan Xatto e’tibor ham qilib qo‘ymaysiz. Siz shunchalar maraz, shunchalar palid, Tinmasdan yeysiz-u, aslo to‘ymaysiz. Necha yil xovlingiz masjid oldida, Azonlar ketidan azonlar yangrar. Extimol o‘sha payt qalbingiz uchun Shaytonlar balandroq eshakdek xangrar. Sizga shu xangrashlar qadrdon erur, Sizga shu aslida mos erur balki, Endi buyog‘iga umid qolmadi, Ta’sir etmadi-ku ming bir tarsaki... Siz haqda birovga aytsam ishonmas, Bunaqa odam yo‘q, degay shubhasiz. Sizdek bo‘lmoqlikdan so‘raymiz panoh, Siz o‘zi topilmas noyob nushasiz.
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:31 | Сообщение # 18 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| O’LIKLAR NOLASI Bu dunyodan begona, yot ko‘rdik o‘zni, Jon bersak-da, uning uchun botib terga. Oq osmonga tikilgancha yumdik ko‘zni, Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Zor o‘tsak ham oddiygina kulbamizga, Dunyo zir-zir titrasa-da nag‘mamizga "Malakul mavt" kelib ketdi hammamizga, Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Bugun sizlar yuribsiz shod, ko‘zda kulgu. Bo‘yingizdan bo‘y cho‘zgandir ming bir orzu. Biz ham o‘zni o‘ylar edik go‘yo mangu... Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. O’zimizcha, dunyolarga ustun bo‘ldik, Fir’avnlar diyoriga maftun bo‘ldik. Oxir o‘lim changaliga tutqun bo‘ldik, Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Shu zaminda nafas oldik, o‘ynab kulib, O’zimizni o‘lmaydigan maxluq bilib Ustida ko‘p zulmlarni odat qilib, Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Kuchlilarning zulmi ila umri taxir Zaifimiz yig‘lab-yig‘lab o‘tdi og‘ir, Ba’zimizga ba’zimiz pand berib oxir, Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Oramizda joy izlabon toldi qadr, Hech kimsaga yor bo‘lolmay o‘tdi sabr, Iskandar ne, mashrab o‘tgan Mashrab nedir... Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Baxtli bo‘ldi kim yashadi da’vat ila, Ilm-u dinga xolis turib rag‘bat ila. Birgalashib, tartib ila, navbat ila Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Tug‘ilgan bor unga o‘lim bo‘ldi nasya. Hayot o‘n besh daqiqalik go‘zal hadya. Oramizda birortamiz qolmadi-ya Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Kecha tirik edik, bugun saf-saf o‘lgan Odamlardan koshki bitta suyak qolgan. Kim bor yana o‘zni xudo da’vo qilgan?! Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Muso aytgach, Qorunni yer butkul yutdi, Nuh qavmini to‘fon urdi, la’nat tutdi. Fir’avndek mal’un dod-voy solib ketdi. Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Ba’zimizga aziz bo‘ldi oddiy dirham. Ayrimimiz dunyo uchun chekmadi g‘am. Ketdi hatto Alloh suygan elchilar ham... Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Ba’zimiz shoh qasr qurdik - odamlar lol, Vale bitta g‘ishti bo‘lsin bo‘lmay halol. Bugun tandan ruh ayridir, hol bemajol, Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Ey tiriklar, bo‘lolmassiz hech muzaffar, Na tongda-yu na oqshomda va na sahar, Yozilgandir sizga ham shu qutlug‘ safar Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:32 | Сообщение # 19 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| HAYIT Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir, Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham ancha to‘qdir. Bugun qalblar rohat ila masjidga qo‘ymish qadam, Bu kun Alloh kalomini tinglagay har bir odam. Bukun go‘yo farishtalar osmondan tushib saf-saf Horig‘, so‘lg‘in ko‘ngillarga taqib ketmishlar sadaf. Sadaflar asli iymondan so‘zlabon yuraklarga Aqoid ilmidan aytmish ul ilm keraklarga. Alloh lafzin unutgan qalb yangi oy chiqqan kecha O’n bir oylik chang-g‘uborni boshladi bir-bir yecha. Qanday yaxshi bu kun do‘stlar, qanday go‘zal bu kunlar, Alloh uchun aziz bo‘lmish yarim oy bedor tunlar. Bu kun yana kelarmi, yo u kunga yetmaymizmi, Shu bois, bul aziz kunni qadriga yetmaymizmi? Mir Alisher bayti aytar: mahzun dil, chekma jabr. Har kuning Hayit o‘lubon, har tuning o‘lsin qadr. Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir, Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham bir muncha to‘qdir
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:33 | Сообщение # 20 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| INSOF Alloh bandasiga Qur’on tushirgach, Saodat yo‘liga undadi bizni. Shayton bu savdoga tiqilib kirgach, Bugun ko‘ring endi hayotimizni... Bunda na ma’no, na mazmun qoldi, oh, Ko‘zlarda fitnalar qotib qolmishlar. Ming yillik chinorlar, malaklar guvoh, Bizni haqqa undab, tamom tolmishlar. Biz go‘yo osmondan tushgan insonlar, Misoli ko‘klarda uchgan kabutar. O’ylaymiz, ertaga Pok Parvardigor Amallarimizga bermas javoblar. Bugun biz tinmasdan tinglaymiz hadis, Qur’on oyatlarin o‘qiymiz go‘zal. Lek Alloh rasuli tashlab ketgan iz Biror ishimizda ko‘rsatmas asar. Sahobalar uchun aytib ofarin Shudir deymiz asli eng to‘g‘ri hayot. Aslida Umarning tutgan yo‘llarin Qaysidir ertak deb o‘ylaymiz, hayhot. Biz nega shunchalar harobmiz ayting, Qur’onni hayotga joriy qilolmay. Agar rostgo‘y bo‘lsak, bo‘lsangiz, qayting Bu tuban va chirkin tuzumda qolmay. Bugun men, siz va biz - iymonga muhtoj, Dunyoning safsata yo‘lidan bezib. Nahot shundan keyin topmasak iloj, Turfa xil yo‘l tutgan besh qit’a kezib. Agar Alloh yo‘lin sof yo‘l desangiz, Qur’onni manhaj deb biling hotirjam. Rasulullohni agar haqqon sevsangiz U zotning yo‘llarin ushlangiz mahkam. Bugun shu oddiy bir haqiqatni biz Qalbimiz tubida tan ola bilsak, Bilingki, dunyoda emasmiz yolg‘iz, Bilingki, bizda bor eng asl tirgak. Bu Alloh kalomi Qur’ondir shaksiz, So‘ng Rasuldan qolgan jamiki hadis.
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:37 | Сообщение # 21 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| TARIX Hali ajralmayin oltin sadafdan Inson jaholatdan turmagan edi. Quyosh porlab chiqdi Makka tarafdan Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Ko‘zlarin ishqalab ulgurmay jahon Quyoshning nuridan topolmay imkon Nozil bo‘lgan edi ilohiy qur’on... Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Qavmlar bir-birin tutganda yovkash, Oddiy hol bo‘lganda turlicha qarash. Allohu akbar der Biloli Habash... Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Payg‘ambar o‘lganda adashmay ummat, To‘g‘ri yo‘l tanladi, qoldi salomat Omonatga ilk bor bo‘ldi sadoqat Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali Dunyoni boshqargan o‘shal mahali Kamolotga yetdi basharning holi Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Sahobalar ketdi, chiqdi tobe’in Ularning qo‘lida rivoj topdi din. Hadis ilmi bois iymon bo‘ldi chin... Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Keyin ham chiqdilar olimlar qator, Birida yo‘q imkon boshqasida bor, Ko‘tarib tashlandi oxirgi g‘ubor... Xali tarix buni ko‘rmagan edi. So‘ng... so‘ng tilim bormas aytmoqqa, hayhot. Oxirga rasulga bo‘lganlar ummat Dunyo-yu havasni tutdilar faqat... Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Qur’onni Allohning maxluqi debon Kufr yo‘llarni ham tanlagan inson. Hanbalni sudragan topganda imkon... Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Qozi bo‘lasan deb Imom A’zamga Taklif etmish bir kun podshoh haramga. Ey, dunyo bir qara, bir bor nazar sol Darra tagida jon bergan odamga. Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Olimlar bukun ham tug‘ilmishlar, lek Qiyindir bu yo‘lda turmoqlik tetik. To qiyomat qadar shu bo‘lar ko‘rik. Xali tarix buni ko‘rmagan edi.
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:41 | Сообщение # 22 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| TILAK!!! Angladim oddiy bir haqiqatni men Shu oddiy haqiqat ostida o‘sdim. Ne desangiz deng sadoqatni chin, Iymonni ilindim sizga, ey do‘stim! Oila muqaddas dargoh har mahal, Har qanday holatda sizga bor dahlim! Dunyo taomini tutishdan avval Iymonni ilindim sizga, ey ahlim! Qalbim alamzada fitna dunyodan Odamlar bir-birin qutlagan zamon. Lazzatliroq bo‘lmish shirin halvodan Iymonni ilindim sizga otajon! Sarhil liboslardan tog‘liklar yasab Akalik mehrini ko‘z-ko‘z etmish jon. Taqvo-yu, hayodan dasturxon tusab, Iymonni ilindim sizga singiljon! Ukalik mehrini namoyish etgan Jonlar boshlarini tutmish har qachon. Men esa hammaning yodidan ketgan Iymonni ilindim sizga akajon! "Tog‘a-pir!" degandi qaysi bir oqil, Pirlik maqomingiz o‘tayman qachon? Murid sovg‘asini aylangiz qabul- Iymonni ilindim sizga tog‘ajon! Onamning singlisi - qalbim surati, Turfa liboslarning o‘rniga bu on Muhtaram volidam isi hurmati Iymonni ilindim sizga xolajon. Iskandar misoli kimdir dunyoni Poyiga to‘ldirmish jannatim debon, Men oddiy farzandman, eslab Xudoni Iymonni ilindim sizga onajon. Onajon, otajon, singlim, tushuning Sizga bu dunyoda kelar tilingim, Abadiy dunyoning saodati deb Boshqa hech narsani yo‘qdir ilingim... ... Balki bu siz uchun katta sovg‘amas, Balki kulgingizga sababdir tuhfam?! Ammo shuni biling, iymonsiz olam Hech qachon ochilmas, abadiy qafas. Unda na havo bor, va na bir teshik Go‘zallikdan bahra olmoqchilarga, Tarozi shu qadar ishlarki aniq Gunohin o‘zgaga solmoqchilarga. Qiynoqlar tinmasdan, qalblar bezovta Tanalar bir erib, qayta tiklangay. Dunyoning jamiki chiroyi sohta, Alar jahannamda bosib yuklangay... Iymonsiz dunyoning lazzati nedir, Islomsiz hayotning ma’ni ne asli? Ushbu savolimga javob bittadir Bu dunyo aslida yolg‘onlar fasli! Keyingi hayotda imkon berilmas, Keyingi umrning sinovi yo‘qdir. Iymon bilan o‘lgan pushaymon bo‘lmas, Uning bu dunyoda armoni yo‘qdir... Shu bois, iymondan ilinjim o‘zga, Boshqa bir tuhfam ham yo‘qdir, jonlarim! Siz meni qanchalar sevsangiz shuncha Iymonni ulashdim, qadrdonlarim!
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:42 | Сообщение # 23 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| TOBE’INLAR Payg‘ambarning vafotida bo‘lmadingiz, Yig‘ladilar ham baliqlar, ham ustunlar. Shul sababdin bu dunyoda kulmadingiz, Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Hasan Basriy o‘z qavmiga aylar xitob: "Robbingizga bermoqchisiz qanday javob?" Sahobalar yo‘lin tutgan eng so‘nggi tob Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Qozi Shurayh xalifani oddiy bilib, Hukm qilmish g‘ayridinga foyda qilib, Yahud qaytmish mo‘minlikka taslim bo‘lib, Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Bugun o‘zin tarix ichra bilgan tengsiz Dunyo sizni ustoz desa, arzir har giz, Siz sababli kashf etildi ilmi hadis, Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Tavhid ahli uchun eng haq yo‘l ko‘rsatgan No‘‘mon ibn Sobit bo‘lib din o‘rgatgan, Sizsiz o‘sha, xalaflarga nur taratgan... Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Boshiga tosh bossalar-da bo‘lmay taslim, Ahmad ibn Hanbal kabi buyuk mazlum "Qur’on - Alloh kalomi", deb chekkan zulm... Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Islom uchun musibatga berib bardosh, Sahobiylar baxtin o‘ylab, sajdadan bosh Ko‘tarmagan to balqquncha sharqdan quyosh, Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Ostonaga kiritmagan malaylarni, Nari surgan dunyo-dunyo chiroylarni, Tor kulbadan haqir ko‘rgan saroylarni... Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Ashoblardan Rasul aytgan rivoyatlar - Muborakdir, sizga nasib omonatlar... Omonatga qilmadingiz hiyonatlar, Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar.
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:46 | Сообщение # 24 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| PAYG’AMBARNI TANIMAGANLAR Kimda ong bor, shul xitobni tinglasin, Garchi yuzin turfa niqob to‘sganlar: Alloh yo‘lin qaerdan ham anglasin Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Kashf etganin bilar kim yupiterni, Zardusht o‘ylab topgan ming asortirni, Yelka qisgan bilmay Abu Bakrni Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Odillikda "Pyotr bir"ni o‘rnak der, Ul tarixni yig‘lab-yig‘lab ko‘rmak der, Umar haqda aytilganni ertak der Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Kimning qaysi shajaradan chiqishi Unga xushdir, bor erur qiziqishi, Usmon bilan bir chaqalik yo‘q ishi Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! "Alloh bir", deb tavhid uchun yig‘lamas, Eng haqiqat yo‘lni ko‘ngli xohlamas, Yo Ali, deb shirk keltirar har nafas Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Otasiga bemehr-u, toshbag‘ir, Onasiga bergan joyi hujradir, Oyisha onam, desang, hayrat ichradir Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Qiyomatni ertak deb bong urgan ham, Majlislarda Alloh yo‘q deb yurgan ham, Botil yo‘lni qalbga oshno ko‘rgan ham Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Ularga haq so‘zni aytma, bo‘lmas naf, Barbir istab ketarlar boshqa taraf, Ko‘ngling buzar, dinga qarshi tortib saf Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Tinglama bas, yolg‘onga g‘arq so‘zini, Istama eng og‘ir payt ham yuzini, Mushkul erur tanishi ham o‘zini Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Orzulari bir kun yeldir, tutundir, Istaklari bir tomoqqa yutumdir, Qiyomatda jahannamga o‘tindir Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?!
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:49 | Сообщение # 25 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| HAZRATI UMARNING NASIHATI O’g‘lim, jigarporam, mening dilbandim, Dunyo tashvishidan sira ham kuyma. Kelmasidan burun kutilmas o‘lim O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Senga yo‘l ko‘rsatmish ilohiy Qur’on, Payg‘ambar sunnatin aylagin qo‘rg‘on. Go‘zal bog‘-rog‘ingni bossa ham to‘fon O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Har bir solih ishning og‘iri bo‘lmish, Botini, o‘rtasi, zohiri bo‘lmish. Diningning avvali, oxiri bo‘lmish O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Dunyo o‘yin qilar seni har bir dam, Gohi qayg‘udasan, gohida hurram Dunyo sahnasidan mag‘lub chiqsang ham O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Odamlar dunyodan ketib, kelmishlar Ba’zan Alloh bergan umrin yemishlar. Payg‘ambar "Ko‘zimning nuri" demishlar O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Savol-javob asli shundan boshlanur, Inson qilganini albatta ko‘rur. Osmonda farz bo‘lgan ibodat erur - O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Dunyoda turfa xil tariqat va yo‘l, Benamozlar tutgan yo‘ldan nari bo‘l! Bay’at bermoq bo‘lsang, islomga cho‘z qo‘l - O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Iffatli va go‘zal hayot istasang, Saodatga sari sabot istasang, Qiyomat kunida najot istasang, O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Ertaga kech bo‘lur, ko‘ngil buzolgum, Na bir madadkor, na homiy tuzolgum Bugun faqat yordam qo‘lin cho‘zolgum, O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma!
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:49 | Сообщение # 26 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| YO RASULALLOH! Odam Ato boshlab bergan manhajni Aylagan qabulsiz, yo Rasulalloh. Tasdiqlab shahodat kalimasini, Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh. Me’rojga "marhaba" deb ko‘tarilgan, Yig‘lagan Musoni ovutib ketgan, Iysoni eng yaqin birodar tutgan Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh. Halilulloh bo‘lmish Ibrohimga ham Salovat aytishga undagan odam, "Namoz - ko‘zim nuri" degan so‘nggi dam Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh. Og‘ir yo‘llarda ham bosib ming tikan Har lahza ummatning qayg‘usin yegan, So‘nggi lahzada ham "Ummatim" degan Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh. Ba’zilar sunnatdan voz kechib ketmish, Siz aytgan firqalar bo‘ldilar yetmish... Bashar garchi turli yo‘llar kashf etmish, Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh. Bilaman, dahshatdir tirilguvsi Kun! Sizga izn bo‘lgay shafoat uchun, Tavhidni tutganlar salomat butun... Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh. Tinmagay ummatning tilovatlari Qur’on taratmish xush tarovatlarin. Allohning salomi, salovatlari Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:50 | Сообщение # 27 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| OLIMLAR Payg‘ambarim aytmish vido dunyoga, Sahobalar ham topmishlar o‘limlar. Qur’on hifzin olmishlar o‘z bo‘yniga Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Hamma yiglar to qiyomat yursin deb, Olam bitta olimini ko‘rsin deb, Baliqlar ham duo qilar, tursin deb Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Ummat olim qanday bo‘lsa shundaydir, Olimisiz qolgan kuni tundaydir. Ummat ahlin o‘z yo‘liga undaydir Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! So‘ray desak, Rasul yo‘q oramizda, Yo‘l olamiz ular tomon oxista, "Osh tuzi" deb ta’rif olgan hadisda Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Qozilikni mansab bilmay qarolgan No‘‘mon o‘tdi dunyodan yuz burolgan. Hanbal bo‘lib haq deb otda sudralgan Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Bosh kundada, va le haqqa chaqirgan Islom uchun bor ovoz-la baqirgan Qur’on - Alloh kalomi deb hayqirgan Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! "Rosululloh, siz zaminda yotibsiz!" Deya kirgan Madinaga ulovsiz Molik o‘tdi so‘nggi onda qarovsiz... Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Badanlari tilka-pora bo‘lganda Din dushmani gazablarga to‘lganda, Foniy dunyo uchun qilmish bir xanda Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Ammo guruch ichra paydo kurmaklar Bul muqaddas yo‘llarda ham emaklar. Haq turganda, aytib o‘tgan ertaklar Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Gohi istab shoxlig-u, hukumatni, Puch dunyoda toptab izzat- hurmatni, Adashtirmish ba’zan butun ummatni Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Ular haqni yashirurlar uyalmay, Do‘stin aybin toshirurlar uyalmay, Eng mukarram sharafni-da tuyolmay Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Balki bizlar bir kun unday, bundaymiz, Olim toysa, uni haqqa undaymiz - Chunki ular qanday bo‘lsa, shundaymiz Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar!
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:51 | Сообщение # 28 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| DARS BERING! ... Dunyoning jamiki yo‘lini ko‘rdik, Endi bir pokiza yo‘lni ko‘rsating. Yolgon tarixlardan yuzimiz burdik, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! O’rgandik jadvalning ne bo‘lsa qismin Xatto bilib oldik hayvonlar jismin. Va le bilmay o‘sdik Allohning ismin Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Tarix-u, jugrofiy, kimyolar yaxshi, Ko‘zimiz ilgamas dunyolar yaxshi, Aljabr fanidan baholar yaxshi, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Angladik iymonsiz fanlar mo‘rtligin, Go‘yo darvozasiz, shohsiz yurtligin Bildik ikki karra ikki to‘rtligin, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Bugun boshimiz xam, barcha tan olmish, Ustimizdan ming-ming togutlar kulmish, Hamma ilmlarning asosi bo‘lmish Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Aziz muallima, muhtaram ustoz, Abadiy do‘zaxdan bo‘laylik xalos, Kuniga bitta dars, mayli zarra, oz... Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Asli iymon bila islom sharafdir, "Alloh - bitta!" degan kalom sharafdir, Dunyoning darslari bo‘lak tarafdir, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Bu ilm farz bo‘lmish har yigit-qizga, Bu yo‘l Allohimdan omonat sizga, Yarashmas ushbuga hiyonat sizga, Iymondan dars bering, islom o‘rgating!
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:55 | Сообщение # 29 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| SHUNDAY YASHAYMIZ! Qur’onda bizlarga o‘rgatmish Alloh: Shafotingizni kutib yashaymiz. Dunyo ne desa, der, yo Rasululloh, Shariatingizni tutib yashaymiz! Odamlar tomondan qonunlar chiqib, Bizni zulumotga ketganda yiqib, Qiyomatda Alloh nazar solsin, deb Shariatingizni tutib yashaymiz! Qalbimiz Alloh deb hamisha tetik, Dunyo uchun butkul uzildi hadik... Bandalar bandaga qilsa bandalik, Shariatingizni tutib yashaymiz! Biz eng baxtli qavmmiz, nechalar dinda Adashdilar qancha-qanchadan banda. Tamom kufrlarga botgan zaminda Shariatingizni tutib yashaymiz! Birgina yo‘l bo‘lsa, shu asli talab - Yurakni zig‘ircha qo‘ymagan g‘ashlab. Minglab kufr yo‘lni changitib tashlab Shariatingizni tutib yashaymiz! Qiyomat kunida bizni ummat deb Atashingiz uchun ketmaymiz qaytib. Faqat Alloh - iloh, shiorin aytib, Shariatingizni tutib yashaymiz! Mayli bu dunyodan o‘taylik kulmay, Bir kungina rohat, farog‘at bilmay, Dunyo qonunlarin pisanda qilmay Shariatingizni tutib yashaymiz!
|
|
| |
CryGirl | Дата: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:57 | Сообщение # 30 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 3999
Статус: 
| QIYOMAT KELMOQDA... Dunyo asta sekin muddatin o‘tab, O’chirmoqda asriy yorug‘ chirog‘in. Zamin piligi ham oshkora tutab Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Karvon ham bir kuni manzilga yetgay Bosib bu dunyoning jamiki bog‘in. G’arbning osmonidan bir kun tong otgay - Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Bukchaygan tog‘larda umr zavoli, Gulzorlar ichida tingaydir shovqin. Yerning nafasini qo‘yingiz holi, Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Ayollar qozilik mansabin olmish Oyning yuzidan ham o‘chirib dog‘in. Erlar dayuslikni kasb-kor qilmish - Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Otalar o‘g‘ilning zarbidan yig‘lab Kimga aytish bilmay kezsa firoqin, Ota jussasidek horg‘in, oriqlab Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Dunyo ko‘zing ochsang och, aks holda Seni o‘z domiga tortqilar oqim. Odam ato davri bo‘ldi ibtido, Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Hammaga quvnamoq, kulmoq yoqadi Extimol quvonchdan sakramoq mumkin. Afsus kulmoqlikning davri tugadi - Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Ishonmasang, qara, ko‘cha-ko‘y - belgi, Oddiy hovlilardan olarsan saboq. Hammasi hoziru nozir... bir turtki Hayot endi Yerga juda ham yiroq. Har ne ish oxiri bo‘lgani kabi Tugagani misol har qanday shovqin. Inobat bo‘lmagay inson talabi - Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Bu inson dunyoni haroba etdi, Xudoga xudolik da’vosin qilib. Yashamadi bir kun o‘zini bilib, Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin!
|
|
| |