RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Hayrulla Hamidov she`rlari
HakkerJonDate: Chorshanba, 02-Dek-2009, 15:10 | Message # 46
Group: Ishonchli
Messages: 406
Status:
Molli qoyile sizga. Iloji bosa bunaqa she'rlani yana kopaytirin. Ishizda sizga omad tiliman. wink

 
CryGirlDate: Dushanba, 07-Dek-2009, 00:59 | Message # 47
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Do'stim.

Dunyo o'tar ekan endi angladik,
O'lim qay odamni chetlagandi ayt,
Agar tirik bo'lsang,o'lmagan bo'lsang,
Haliyam o'sha men aytgan yo'lga qayt!

Joning halqumiga kelmasdan burun,
Iymon ko'chasini tanla birodar,
Katta musibatning oldini olmoq,
Dod- voydan qutulmoq istasang agar.

Biz ham, sen ham bitta zaminga keldik,
Yashadik ozgina farq ila ahir,
Nahotki, foniydan abadiy mangu,
Hayotni bermoqqa botinding og'ir.

Qara qabrisronning keng maydonida,
Shohlar gadolar-la birga yotarlar,
Azob farishtasi orqali kelgan,
Turli azoblarni bir-bir totarlar.

Ularning kimligi surishtirilmas,
Faqat amallarga qarar dunyo u,
Bir bor "Rabbim" deya ibodat qilgan,
Insonlar kuniga yarar dunyo bu.

Kel, do'stim, ana shu hur dunyo uchun,
Yashaylik qullik kishanin otib,
Birinchi bo'limda g'olib kelganalr,
Bo'lavermaslar bil, hamisha g'olib.

 
CryGirlDate: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:00 | Message # 48
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Ertaklar aytishni to'htating.

Davrlar o'zgardi, dunyo o'zgardi,
Farzandlar qalbiga quloq solingiz.
Xitobim qa'rida o'tmishning dardi:
"Ertaklar aytishni siz bas qilingiz!"

Ertaklar eshtib ulg'aygan bizmi?
Bugun yolg'onlarni tinmay so'zlaymiz.
Ajdarlar mahv etgan parizodlarni,
Ko'nglimiz tubida pinhon ko'zlaymiz.

Sadoqat shevasin unutgan do'stlik,
Go'zallar oldida cho'kkanida tiz,
Tan oling ayollar husnidan bezlik,
O'rganmaganmidik ertaklardan biz?

Ertaklar - yog'onning nabirasidir,
Ular ezgulikni qilarlar shior,
Aslida ebg katta hiyonatlar ham
Biz suygan qahramon fitratida bor.

Ularning yolg'onin biladi hamma,
Ammo bolalarga tinmay aytarlar,
Ostin ustun qilib dunyoni, so'ngra,
Botirlar bir qiz deb ortga qaytarlar.

Qarang ertaklardan sug'orilganlar,
Yurarlar birgina haq so'z izlashib.
Yalmog'izni o'qiy-o'qiy bu avold,
Oxiri ketdi-ku yalmog'izlashib.

Oila deganning tushunchasi yo'q,
Sevgiga yetishib tugar har ertak,
Bu avlod hayrondir ertakdan keyin,
Nima qilmoq kerak, ne qilmoq kerak?

Dunyoning azobin totib, yetishib,
Muhabbat deganin topganida u,
Asli nimalarga umid qilgandi,
Nimalar haqida qilgandi orzu?

Men bugun tushunmay kitob titaman,
Har bir varag'ida porlaydi sehr,
Hudolik da'vosin qilayotganga,
Ertaga farzandim qo'ymasmi mehr?

Kim shunga kafolat bera oladi,
Va qaysi zot buning oldini olgay,
Bu avlod haq so'zni topa olmasa,
Ertaga ertakka ishonib qolgan.

Agar mening so'zim bo'lsa havolar,
Mayli, yo'lingizga buriling, qayting,
O'lmas Kashshey degan yolg'on da'volar,
Ayting,kimlar uchun to'qilgan ayting?

Ertakalr avlodni ezgulikkamas,
Yovuzlik qa'riga yetaklar aniq.
Bashar saodatga erishganida,
Hizmat qilgan edi haqqa chaqiriq.

Bas, ndi farzandlar sohtalik emas,
Haqiqat neligin ko'rib o'ssinlar,
So'ng mayli ulg'ayib ertakdan chiqqan,
Yalmog'iz, ajdarlar yo'lin to'ssinlar.

Tushuning bu so'zlar oddiy hitobmas,
Balki kelajakka yetaklar da'vat,
Avlodlar dunyosi bizdek sarobmas,
Ularning yo'llari bo'lsin haqiqat!

 
CryGirlDate: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:01 | Message # 49
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Buxoriy maqbarasi qoshida.

Samarqandga bordim, qo'yib bir ixlos,
Safar azobiga qilib ming toqat.
Mening bir niyatim bor edi xolos,
Buxoriy bobomni qilmoq ziyorat.

Bordim-u, hayratning qoldim ostida,
Bu qabr bir paytlar ediku g'arib,
Bugun muhaddisning qabri ustida,
Kimdir farzand so'rar unga yolvorib.

Sal nari yuraman boshqa bir odam,
Qabrga ko'z surtar hech ham hadiksiz,
Buxoriy aniq bu holni ko'rgan dam,
Uni mushrik deya atardi shaksiz.

Biroz nariroqda cho'mib hayolga,
Bir ayol qabrni aylardi tavof,
Buxoriy kim o'zi degan savolga,
Bular berolarmi biror bir javob?

Alam qildi menga, alamki juda,
Go'yo toza suvdan chiqqandek chirklar.
Endi buxoriyni topganimizda,
Uning qabri uzra avjida shirklar.

Uzoq moziylarga safar qiliblar,
Nimadir ko'zimga ko'ringan bo'ldi.
Bugun bu ishlarni qilayotgan avom
Buxoriyni yurtdan quvg'inlar qildi.

Buxoriyni sotgan shularmasmi, deb,
Mushrik qavmga bir tashladim nazar.
Qabrni ziyorat qilishga kelib,
Tashrifdan ilk bora qilgandim hazar.

Yo, Rabbiy, bu ne hol dedimu qaytdim,
Ko'nglim ko'tarolmay qoldi bu hisni,
Uyga keldimu, so'ng qo'limga oldim,
Buxoriy rivoyat qlgan hadisni.

Buxoriy haqiqiy avliyo ekan,
U zot payg'ambardan bo'lmishlar voiz:
Ziyoratni agar qasd qilmoq bo'lsang,
Faqat uchta joyga bormog'ing joiz.

Muqaddas Makkayu, Madina, hamda,
Quddusdagi masjid - ziyorat qilsang.
Boshqa biron maskan, biron bir o'lka,
Qasd qilib safarga arzimas bilsang".

Mana shu hadisni o'qib ming diqqat,
Izladim o'zimning holimga chora,
Hatto Buxoriyning qabrin ziyorat,
Qilmoq lozim ekan, hadisga ko'ra.

Bas, endi har ishni hadisga solib,
Hadis asosida hayot quramiz.
Alloh rozi bo'lsin Imom Buxoriy,
Sizni Alloh uchun yahshi ko'ramiz.

 
CryGirlDate: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:02 | Message # 50
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Olimlik.

Insonga bitilgan taqdir shu ekan,
Javob berarkanmiz qilganimizga!
Savol tug'iladi:"Olimlik nedur?"
Biz ham olimdirmiz bilganimizga!

Talab qilinmaydi bizlardan uchmoq,
Yo yulduz misoli tezlikda ko'chmoq.
Faqat bilib qo'ydik, shu erur sitmoq,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

Quyoshning taftidan chiqqan ezgulik,
Butun bashar uchun rahmat degulik,
Birodar shu ekan senga, ko'rgulik,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

Olimlar Qur'onni olishganda yod,
Hadisdan ko'ngilga quyuladi dod,
Bizga ham yetarli ashyolar, hayhot,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

Olimlik aslida payg'ambardan iz,
Rasullar yo'lida bo'lmoqlik shart hargiz.
Hadisda kelgani - ehtimol bizmiz,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

Bugun ilm ahli tinmasdan so'zlar,
Bu go'zal so'zlarga tikilgan ko'zlar,
U qadar hotirjam bo'lmaylik do'stlar
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

 
CryGirlDate: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:03 | Message # 51
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Bunga...

...Dunyo bog'-rog' dedik aslida qafas,
Nahot charchamaslar bu jag'lar javrab...
Ayollar fitnaga bo'lsalar sabab,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

Zino-yu, fahshga yetaklar holat,
El ichra deyilsa bu oddiy odat,
Turli seriladan olinsa ibrat,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

Oila deganda obro' yo'qolsa,
Onalar uyda bosh shahs bo'lib qolsa,
Ota o'z qiziga shim sotib olsa,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

Ko'ring, bu bechora ota soqovni,
Toqati tugamish yengolmay g'ovni,
Ona zimmasida topish kuyovni,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

"Ey, hotin bormikan,ul mayda chuyda?"
Degan odamlar ham ko'pko'cha ko'yda.
Bozorda onalar, otalar uyda,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik ems.

Buxoriy tug'ilgan diyorda bugun,
Erlarning vazni yo'q, ayollar yupun,
Birodar, bemalol tomoshang nechun,
Yig'lash kerak bunga,kulmoqlik emas.

Nima bo'ldi ahir halqqa, ommaga,
Hayqirmoq soati keldi hammaga:
Yig'lash kerak bunga. kulmoqlik emas,
Oddiy tomoshabin bo'lmoqlik emas.

Ovozi boricha hayqirmoq kerak,
Haqning kalomiga chaqirmoq kerak:
Ogohlantirish kerak bu avom halqni,
To qadriga yetsin muqaddas Sharqni.

Uning sha'ni uchun turib bersinlar,
Kerak bo'lsa nafsiy jangga kirsinlar,
Ahli oilaga jonlari fido,
Ko'paysin to nusrat berguncha Xudo.

So'nggi hitobimni baribir aytgum,
Kimgadir sal og'ir botsa ham so'zlar:
Naslimiz hurmati fitrati toza,
Ayollarni saqlab qolaylik, do'stlar.

Chunki ayollarga bog'liq har narsa,
Ayol bor, oila erur muqaddas...
Fahsh agar el ichra oddiy hol bo'lsa,
Yig'alsh kerak bunga,kulmoqlik emas...

 
CryGirlDate: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:04 | Message # 52
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Kerak emas.

To'htab qolgan daryo oqar baribir,
Qaytgusidir sherlar ham bir kun izga.
Insofi bor dunyo tinmay hayqirar:
"Kerak emas islomsiz hayot bizga!"

Bilaman, dunyo deb siz hech tolmaysiz,
Yugursa gar, orqasidan qolmaysiz.
Ehtimol siz pulsiz yashay olmaysiz,
Kerak emas islomsiz hayot bizga.

Bu yo'l go'zal, garchi bordir og'iri,
Lazzat bo'lib singgar qalbga taxiri...
Asli chirkin,xorlik bo'lgan oxiri,
Kerak emas islomsiz hayot bizga.

Bu dunyoda boshqa ne bor muhtaram,
Yana nima uchun mumkin chekmoq g'am.
Yeb, semirmoq ishin eplar to'ng'iz ham,
Kerak emas islomsiz hayot bizga.

Saltanatlar,toju tahtlar, haroblar,
Ming-ming orzu, umidlar ham saroblar
Ayting,ohir qanday bo'lar javoblar,
Kerak emas islomsiz hayot bizga.

Bizning qo'lda Qur'on, hadis tursa bas,
O'g'il, qizlar faqat shuni ko'rsa bas,
Tushimizga sahobalar kirsa bas,
Kerak emas islomsiz hayot bizga.

Dunyo uchun nechun telba sadoqat,
Arzimaydi unga sarflash muhabbat,
Rosti, tubi botqoqlikdan iborat,
Kerak emas islimsiz hayot bizga.

Mana, oling, dunyo sizga, qapishing,
Tushda ham siz dunyo ila topishing.
Siz foniyga zarpechakdek yopishing,
Kerak emas islomsiz hayot bizga.

 
CryGirlDate: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:05 | Message # 53
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Qizim

Hayol surma, hayollar yomon
Tuyg'ularga bermagin izn
Qur'on harfin o'rganib obdon
Salim qalbga ega bo'l qizim.

Fisqqa chorlov seni yo'llardan
Kimdir izlar yolg'on hizrni
Mening munis muslima qizim
Ro'molingla yop televizorni

Sen dunyoga teran boqmoqni
Qur'on hamda sunnatla izla
Dunyo mayda-chuyda deb kuysa
Sen eng katta savdoni ko'zla

Bu savdo-ki, latta-puttaga
Aldanmagan hayotiy ertak
Sen Oishaga, Fotimalarga
Yopishib ol misoli pechak

Hech ularni qo'yib, yuborma
Sen ularni chindan, bil ONA,
BOSHINGDAGI RO'MOL YECHILSA
BOSHING ILA TUSHSIN MARDONA

Qalbing ila haqni tanigin
Berilmagin falsafalarga
Zargar dunyo aslida bitmish
Yolg'on-yashiq safsatalarga

Qizim mening, muslima qizim
Aqidangda hotirjam qolgin
Xatto onang tobutin ko'rsang
Allohdanmiz deb ayta olgin

Bilib qo'yki dunyo bevafo
Manzil oldi nasihat so'zim
Mendan ko'ra Rosululloh(sollallohu alayhi vasallam)ni
Yaxshi ko'rsang roziman qizim.

 
CryGirlDate: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:06 | Message # 54
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
" Asli siz go'zalsiz mastura qizlar"

Dunyo ishlaridan bezigan ko'ngil der,
Sof erur xijobga o'rangan yuzlar
Dunyo jul'ettaga ko'ngil qo'yaver
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar

Chirkin nigoxlardan go'zallik izlab
Basilar poyiga cho'kkanda tizlar
Men baland ovozda baqirgum yuzlab
Siz asli go'zalsiz mastura qizlar

Gollivud xollivud tomonlardachim
Saxnaga tovlanib chiqqanda bezlar
Oinayi jaxonni o'chirib degum
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar

Ko'kraklar ochilgan yarim yalang'och
Og'zidan tushmagan besharm so'zlar
Ularning makridan topib bir iloj
Asli siz gho'zalsiz mastura qizlar

To'g'ri yalang'ochlar yayrabon obdon
Zinokor qavmni gunoxga tezlar
Ko'nglingiz tubida qolmasin armon
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar

Ular go'zallika qilarlar davo
Lek erlar ulardan nelardir izlar
Suykalmako'ngilni kio'rmagan ravo
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar

Malomat paytlari ortga qochgan dam
Nur misol dunyoga prladingizlar
Ishoning dunyoviy o'lchovlarda xam
Asli siz go'zalsiz mastura qizlar!

 
CryGirlDate: Dushanba, 07-Dek-2009, 01:07 | Message # 55
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
O`g`lim
Qalbingni band etsin oxirat g'ami,
Har lahza yodingdan chiqmasin o'lim.
Nadomatkim mendan chiqmadi olim,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Zakariyo kabi alam yutsang ham,
Ilmni cho'g' kabi qo'lda tutsang ham,
Uyi yo'q Iysodan faqir o'tsang ham,
jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Haqiqiy olimlar qasrlar qurmas,
Qasrlar ichinda bemalol yurmas,
Foniyda qalbimga taskin zarurmas,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Chorasiz on yo'qlab kelsang maboda,
Otangni chin dildan sevsang maboda,
Rozi bo'lsin otam desang maboda,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Bu yo'lda mashaqqat mehnat ko'rinar,
Zahmatning ostinda rohat ko'rinar,
Otamning hasrati ko'nglimni tirnar,
Jannatda boshimga toj kiydor o'g'lim.

Kulgingdan aylanay, o'rgilsin jonim,
Senda shiddat ila oqmoqda qonim,
Hajga olib borma qarigan onim,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Kimdir o'g'li sabab mag'rur kuladi,
Kimningdir ko'z yoshi jiqqa to'ladi,
Bu dunyo ishlari bir gap bo'ladi,
Jannatda boshimga toj kiydir o'g'lim.

Har bir yumushimda hayrihoh o'g'lim,
Unutma qiymat manzilgoh o'g'lim,
Bugun olib beray neni istasang,
Buning evaizga bir shart chidasang,
Boshimga toj kiydir Abdulloh o'g'lim.

 
HurshidaDate: Chorshanba, 09-Dek-2009, 01:51 | Message # 56
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 276
Status:
RAMAZON KUNLARI

Allohning rahmatin, nusratin kuting
Barcha ko‘z uyquga cho‘mgan tunlarda.
Asriy zanjirlarni yelkadan oting
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!

Bizki, ko‘ngillarni ayladik vayron,
Bugun o‘zimizga o‘zimiz hayron.
Endi qo‘limizda muqaddas Qur’on
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!

Bizga dars o‘qitmang falsafalardan,
Dunyo bezib bo‘lgan vasvasalardan.
Holimiz telbaviy talvasalardan
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!

Iymon yo‘lindadir ko‘zimiz nuri,
Allohning so‘ziga qalbimiz to‘ri!
Portladi dunyoning sohta g‘ururi
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!

Allohga shukrki, Uni bir bildik,
Baytullohga iymon to‘la qalb keldik.
Zino-yu, faxshni zanjirband qildik
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!

Allohim, qo‘limiz Sengadir ochiq:
Garchi ramazondan ko‘nglimizdir to‘q,
Tuzalib olmasak boshqa fursat yo‘q
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!


Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
 
HurshidaDate: Chorshanba, 09-Dek-2009, 01:52 | Message # 57
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 276
Status:
HAYIT

Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir,
Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham ancha to‘qdir.

Bugun qalblar rohat ila masjidga qo‘ymish qadam,
Bu kun Alloh kalomini tinglagay har bir odam.

Bukun go‘yo farishtalar osmondan tushib saf-saf
Horig‘, so‘lg‘in ko‘ngillarga taqib ketmishlar sadaf.

Sadaflar asli iymondan so‘zlabon yuraklarga
Aqoid ilmidan aytmish ul ilm keraklarga.

Alloh lafzin unutgan qalb yangi oy chiqqan kecha
O’n bir oylik chang-g‘uborni boshladi bir-bir yecha.

Qanday yaxshi bu kun do‘stlar, qanday go‘zal bu kunlar,
Alloh uchun aziz bo‘lmish yarim oy bedor tunlar.

Bu kun yana kelarmi, yo u kunga yetmaymizmi,
Shu bois, bul aziz kunni qadriga yetmaymizmi?

Mir Alisher bayti aytar: mahzun dil, chekma jabr.
Har kuning Hayit o‘lubon, har tuning o‘lsin qadr.

Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir,
Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham bir muncha to‘qdir.


Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
 
HurshidaDate: Chorshanba, 09-Dek-2009, 01:54 | Message # 58
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 276
Status:
DARS BERING!

... Dunyoning jamiki yo‘lini ko‘rdik,
Endi bir pokiza yo‘lni ko‘rsating.
Yolgon tarixlardan yuzimiz burdik,
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

O’rgandik jadvalning ne bo‘lsa qismin
Xatto bilib oldik hayvonlar jismin.
Va le bilmay o‘sdik Allohning ismin
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

Tarix-u, jugrofiy, kimyolar yaxshi,
Ko‘zimiz ilgamas dunyolar yaxshi,
Aljabr fanidan baholar yaxshi,
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

Angladik iymonsiz fanlar mo‘rtligin,
Go‘yo darvozasiz, shohsiz yurtligin
Bildik ikki karra ikki to‘rtligin,
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

Bugun boshimiz xam, barcha tan olmish,
Ustimizdan ming-ming togutlar kulmish,
Hamma ilmlarning asosi bo‘lmish
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

Aziz muallima, muhtaram ustoz,
Abadiy do‘zaxdan bo‘laylik xalos,
Kuniga bitta dars, mayli zarra, oz...
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

Asli iymon bila islom sharafdir,
"Alloh - bitta!" degan kalom sharafdir,
Dunyoning darslari bo‘lak tarafdir,
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

Bu ilm farz bo‘lmish har yigit-qizga,
Bu yo‘l Allohimdan omonat sizga,
Yarashmas ushbuga hiyonat sizga,
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!


Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
 
HurshidaDate: Chorshanba, 09-Dek-2009, 01:55 | Message # 59
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 276
Status:
SHUNDAY YASHAYMIZ!

Qur’onda bizlarga o‘rgatmish Alloh:
Shafotingizni kutib yashaymiz.
Dunyo ne desa, der, yo Rasululloh,
Shariatingizni tutib yashaymiz!

Odamlar tomondan qonunlar chiqib,
Bizni zulumotga ketganda yiqib,
Qiyomatda Alloh nazar solsin, deb
Shariatingizni tutib yashaymiz!

Qalbimiz Alloh deb hamisha tetik,
Dunyo uchun butkul uzildi hadik...
Bandalar bandaga qilsa bandalik,
Shariatingizni tutib yashaymiz!

Biz eng baxtli qavmmiz, nechalar dinda
Adashdilar qancha-qanchadan banda.
Tamom kufrlarga botgan zaminda
Shariatingizni tutib yashaymiz!

Birgina yo‘l bo‘lsa, shu asli talab -
Yurakni zig‘ircha qo‘ymagan g‘ashlab.
Minglab kufr yo‘lni changitib tashlab
Shariatingizni tutib yashaymiz!

Qiyomat kunida bizni ummat deb
Atashingiz uchun ketmaymiz qaytib.
Faqat Alloh - iloh, shiorin aytib,
Shariatingizni tutib yashaymiz!

Mayli bu dunyodan o‘taylik kulmay,
Bir kungina rohat, farog‘at bilmay,
Dunyo qonunlarin pisanda qilmay
Shariatingizni tutib yashaymiz!


Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
 
HurshidaDate: Chorshanba, 09-Dek-2009, 01:56 | Message # 60
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 276
Status:
QIYOMAT KELMOQDA...

Dunyo asta sekin muddatin o‘tab,
O’chirmoqda asriy yorug‘ chirog‘in.
Zamin piligi ham oshkora tutab
Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin!

Karvon ham bir kuni manzilga yetgay
Bosib bu dunyoning jamiki bog‘in.
G’arbning osmonidan bir kun tong otgay -
Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin!

Bukchaygan tog‘larda umr zavoli,
Gulzorlar ichida tingaydir shovqin.
Yerning nafasini qo‘yingiz holi,
Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin!

Ayollar qozilik mansabin olmish
Oyning yuzidan ham o‘chirib dog‘in.
Erlar dayuslikni kasb-kor qilmish -
Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin!

Otalar o‘g‘ilning zarbidan yig‘lab
Kimga aytish bilmay kezsa firoqin,
Ota jussasidek horg‘in, oriqlab
Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin!

Dunyo ko‘zing ochsang och, aks holda
Seni o‘z domiga tortqilar oqim.
Odam ato davri bo‘ldi ibtido,
Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin!

Hammaga quvnamoq, kulmoq yoqadi
Extimol quvonchdan sakramoq mumkin.
Afsus kulmoqlikning davri tugadi -
Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin!

Ishonmasang, qara, ko‘cha-ko‘y - belgi,
Oddiy hovlilardan olarsan saboq.
Hammasi hoziru nozir... bir turtki
Hayot endi Yerga juda ham yiroq.

Har ne ish oxiri bo‘lgani kabi
Tugagani misol har qanday shovqin.
Inobat bo‘lmagay inson talabi -
Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin!

Bu inson dunyoni haroba etdi,
Xudoga xudolik da’vosin qilib.
Yashamadi bir kun o‘zini bilib,
Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin!



Assalomu Alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuhu!
 
Search:
This site uses cookies for better user experience. By continuing to browse the site you agree to the Cookie Policy.
UzigaBek online