Foydali maslahatlar
|
|
OSIYO | Date: Chorshanba, 24-Avg-2011, 10:45 | Message # 31 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status: 
| yutalyabsizmi
1. Og`ir yutalda piyozdan tayyorlangan kompress yordam beradi. Tayyorlash:Dokadan tikilgan haltachaga tu`g`ralgan piyoz solinadi va qaynab turgan suv bug`iga tegmaydigan qilib tutib turiladi. Keyin issiq holicha qalinroq matoga u`rab, og`rigan joyga bog`lab qu`yiladi.15-20daqiqadan keyin olib tashlash mumkin. Buni gaymoritda ham qullash mumkin.
|
|
| |
OSIYO | Date: Chorshanba, 24-Avg-2011, 10:46 | Message # 32 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status: 
| 2. Qora choy kasalliklar surunkali bulib qolishining oldini oladi,viruslarni u`ldiradi. Buchoyni kup ichadiganlar kasallikga kam chalinadi.
|
|
| |
OSIYO | Date: Chorshanba, 24-Avg-2011, 10:46 | Message # 33 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status: 
| 3. Ku`k choy esa yurak-qon tomirlariga,nafas yu`llariga,qon bosimining meyorlashuviga ijobiy ta`sir qiladi.
|
|
| |
OSIYO | Date: Chorshanba, 24-Avg-2011, 10:47 | Message # 34 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status: 
| 4. Tishlaringiz sog`lom bulishi uchun tez-tez choy ichib turish kerak, choy tarkibidagi ftor tish kasalliklarini oldini oladigan eng yahshi vosita hisoblanadi.
|
|
| |
OSIYO | Date: Chorshanba, 24-Avg-2011, 10:47 | Message # 35 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status: 
| 5. Husnbuzar kup toshadigan yog`li terilar makiyajini yahshi ushlamaydi, bunday terini tozalash uchun choydan los`on tayyorlab olishingiz mumkin, ma`danli suvga 2 osh qoshiq choy solib damlanadi vqa bir necha limon sharbati qushiladi. Bunday los`on bilan ertalablari yuzni artish mumkin.
|
|
| |
OSIYO | Date: Chorshanba, 24-Avg-2011, 10:47 | Message # 36 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status: 
| 6. Salqigan yuzga eng yahshi vosita choydan kompress qilish kerak. Buning uchun quruq choyni dokadan tikilgan haltachaga solib qaynoq suvga botirib olinadi, va sal sovigandan keyin haltachasi bilan quyiladi, yuzga quyib ustidan sochiq bilan yopib quyiladi. Bug`i teriga yahshi ta`sir etishi uchun uni yuzda 10 daqiqa tutib turing. kompyuterda kup ishlaydiganlar ku`zlariga dam berish uchun qaynatilgan choy haltachalaridan foydalanishlari mumkin. Bu kompress qovoqlarga 10-15daqiqa qu`yib turiladi.
|
|
| |
BAXOR | Date: Chorshanba, 24-Avg-2011, 22:55 | Message # 37 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
Qon guruhlari yohud Qon guruhida yashirilgan sirlar...
Azal-azaldan odamlar boshqalarning a'lomatlariga qarab ularning fe'l-atvorini xatosiz aniqlashga xarakat qilib keladilar. Qosh, ko'z, quloqning inson xislati bilan bog'liqlik tomonini topishga haligacha urinishadi. Yaqinda g'arb shifokorlari qon guruxiga qarab ham odamning ichki dunyosini bilish mumkin, degan fikrga keldilar. Bu qanchalik to'g'ri ekanligini quyida tekshirib ko'ring
Birinchi qon guruhi: Bu guruhga mansub kishilar muhabbatda ham, ishqiy o'yinlarda ham yetakchilik qilishni istashadi. Shu bilan birga, ular noo'rin, kuniga 24 soat o'zi bilan o'zi ovora bo'lib, yaqinlarining kayfiyati, his-tuyg'ulariga e'tibor bermaydilar. Shunday bo'lsa-da, ular orasida vafodorlari ham ko'p uchraydi. Ikkinchi qon guruhi: Ikkinchi qon guruhidagilar haqiqiy konservatorlar hisoblanishadi. Biroq buni bildirmaslikka harakat qilishadi. Ishqiy o'yinlarga yangilik kiritishni istashmaydi. Oltinchi tuyg'usi boshqalarnikidan ko'proq rivojlangan bo'ladi. Ular xiyonatni darhol sezishadi. Shu bilan birga, o'zlari ham vafodor bo'lishmaydi. Tez-tez sevib qolishadi. Hislari uzoq cho'zilmasada, kuchli bo'ladi. Uchinchi qon guruhi: Biroz g'alati bo'lishadi. Ular niyatiga erishish uchun barchasiga tayyor turishadi. Ishqiy o'yinlarda faqat o'zini o'ylashadi. Biror kishini sevib qolsa, uni qo'lga kiritmaguncha tinchishmaydi. Hayratda qoldirish uchun hech nimadan toyishmaydi. Ular juda ehtirosli jazmanlardir. Erkalashlariga o'rganib qolgan odam boshqani seva olmaydi va uning o'yinchog'iga aylanib qoladi. To'rtinchi qon guruxi: Bu qon guruhi egalari nisbatan kam uchraydi. Ular ko'pincha g'amgin, jiddiy, yolg'iz bo'lishni yaxshi ko'rishadi, boshqalar bilan kelishishi qiyin. Bunday kishining ishonchini qozonsangiz, juda samimiy odamning do'stiga aylanasiz. Bir qator faylasuflar to'rtinchi qon guruhi sohiblarini juda ishchan, deb bilishadi. To'satda tortinchoqligi yo'qoladi. Juda vafodor bo'lishadi. Biroq uning ehtirosini uyg'otish bir muncha qiyin kechadi. Baxt formulasi: Muhabbatda farqli qon guruhi egalari bir-birlariga unchalik to'g'ri kelmaydi, Juftliklarni o'rgangan bir guruh tadqiqotchilarning fikricha, birinchi qon guruhi ikkinchi yoki uchinchi guruh egalari bilangina baxtlarini topishlari mumkin ekan. Bunday oshiqlar bir-biriga juda mos kelishadi. Barcha munosabatlarda! Olimlarning fikricha, ikkinchi qon guruhidagilar uchinchi qon guruhi egalari bilan turmush qurishmagani ma'qul ekan. Munosabatlar faqat qisqa vaqt davom etadi. Asosiysi, ular vaqtida bir-birini tark etishlari kerak. Aks holda, ularning hayoti dramaga aylanish ehtimoli bor. To'rtinchi qon guruhi egalari birinchi qon guruhi sohiblari bilan umuman kelisholmaydi. Bunday juftlik birbirini «yeb qo'yishi» ham mumkin. Shifokorlarning fikricha, to'rtinchi qon guruhi sohiblari ikkinchi va uchinchi qon guruhi egalari bilan baxtli bo'lishadi. Ular bir-birini to'ldirib turadi, barcha munosabatlarda uyg'unlikka erishadi. Ikkinchi qon guruhining xushchaqchaqligi to'rtinchi qon guruhi g'amginligini yo'qotadi. Bunday juftlik munosabatlari o'zaro ishonch va samimiylikka asoslaydi
|
|
| |
BAXOR | Date: Chorshanba, 24-Avg-2011, 23:04 | Message # 38 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
Sochingiz to'kilyabdimi?
Bolalarda soch to'kilishi og'ir yuqumli kasalliklar, shuningdek, organizmda vitaminlar etishmasligi, jigar, me'da-ichak, nerv sistemasi, qalqonsimon bezlar kasallanishi oqibatida ro'y beradi. Soch to'kilishi ayrim yuqumli kasalliklar, masalan zahmda ko'proq kuzatiladi. Bemor tuzalganidan so'ng to'kilgan sochlar o'rniga yangi sochlar o'sib chiqadi. Ba'zan o'quvchilarda, imtihon davrida ham soch to'kilishini kuzatish mumkin. Bu o'ta toliqish, uyqusizlik davrida yuzaga keladi. Ayollarda esa sochni har xil turmaklash, preparat, ya'ni uzoq saqlanadigan jingalak qilish soch to'kilishi sabab bo'ladi. Vaqtidan oldin soch to'kilishi o'rta yoshdagi erkaklarda ko'proq uchraydi. Bunda ikki chakka va tepadagi soch to'kiladi. Bir necha yildan so'ng umuman soch qolmaydi, yoki "tepakal"ga aylanadi. Odatda "tepakal"lik nasl suradi. Uya-uya bo'lib soch to'kilishiga esa asab faoliyatining buzilishi, shuningdek organizmning zaharlanishi sabab bo'ladi. Bu xolat go'yo to'satdan ro'y berganga o'xshaydi. Dastlab bir-ikki joydan to'kilib, ular kengayib boradi va bir-biriga qo'shilib, sochlarning umuman to'kilib ketishiga sabab bo'ladi. Soch to'kilgan yerdagi teri silliq, yaltiroq, yallig'lanmagan bo'ladi. Sochning bu xilda to'kilishi odatda xronik, unga davo qilish ancha mushkul kechadi, hatto davolangandan keyin ham soch to'kilishi mumkin. Ayrim dorilarni surunkali ichib yurish yoki sochni noto'g'ri parvarishlash oqibatida ham soch to'kilishi mumkin. Sochda kasallik paydo bo'lganda albatta shifokorga murojaat qilish zarur. Soch to'kilishiga sabab bo'lgan omillar bartaraf etilganidan keyin to'kilgan soch o'rniga yangisi chiqa boshlaydi. Bu kasallikning oldini olish uchun sochni to'g'ri parvarishlash, organizmni chiniqtirish, vitaminlarga boy ovqatlar tanovvul qilish, sport bilan shug'ullanish, piyoda sayr qilish va yetarlicha dam olish lozim. Spirtli ichimlik va chekishga ruju qo'ymaslik tavsiya etiladi.
|
|
| |
BAXOR | Date: Shanba, 27-Avg-2011, 15:58 | Message # 39 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
Sepkillardan qanday qutilish mumkin?
Har gal ko'zguga boqqaningizda, go'zalligingizga raxna solib turgan sepkillaringizni ko'rib, kayfiyatingiz tushadimi? Sira tashvishlanmang, bugun sahifamizda sepkillardan qanday xalos bo'lish mumkinligi haqida maslahatlar beramiz. * 2-3 dona aspirin tabletkasini 1 stakan qatiq bilan aralashtiring. Niqobni uyquga yotishdan oldin 20 daqiqaga surtasiz va so'ngra iliq suv bilan yuvib tashlaysiz. Muolaja muddati - bir oy. * Tuzlangan karam suviga botirilgan salfetkani bir necha daqiqaga yuzga qo'yish ham yaxshi foyda beradi. * Bir siqim qoqio'tni 1 stakan qaynagan suvga solib, tindiring. Yuzingizni mana shu damlama bilan ertalab va kechqurunlari chaying. * Petrushkani ildizi bilan suvda qaynatib, damlamaga dokani botirib, yuzingizga qo'ying. Yuqorida keltirilgan niqoblar sizga sepkildan qutulishingizda yordam beradi, degan umiddamiz. Darvoqe, tushkunlikka tushishingizga hojat yo'q! Bilsangiz, franstuz ayollari uchun sepkil yoshlik ramzi hisoblanadi. Ular navqiron ko'rinish uchun hatto yuzlariga qalam yordamida soxta sepkillarni chizib olishar ekan!
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 05-Sen-2011, 04:39 | Message # 40 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
Soch parvarishi
Ayollar sochlarni parvarishlar va doim jilvakor saqlash uchun nimalar qilishmaydi deysiz. Xar xil niqoblar, shampun, balzam, muss, gel, lak.. fenning issig'idan xam aziyat chekadigan sochlarni qanday qilib to'g'ri parvarishlash kerak. Tavsiyalar xozirning o'zida. Birinchi navbatda sochinigiz uchun to'g'ri keladigan shampun va balzam tanlash kerak. - Sochlarni katta tishli yog'och taroq bilan tarash tavsiya etiladi. - Issiq fenning xavosi fakat zarar, sochlarni imkon boricha tabiy quriting. - Sochni tekislash uchun dazmolni ishlatmokchi bulsangiz, sochingizning qurishini kuting. Nam sochni dazmol qilish umuman mumkin emas. Qishda sochlar aloxida parvarish talab qiladi. Uy sharoitida vaqt bo'lsa, xar xil foydali niqoblar tayyorlang. Buning uchun qimmatli kosmetika xarid qilish shart emas. Xolodilnikni oldiga borsangiz, kifoya. Tuxum, mayonez, yog' xullas vaqti-vaqti bilan sochlarni ovqatlantirib turish kerak. Shunda uning sinuvchanligi va gullashi to'xtaydi.
|
|
| |
BAXOR | Date: Dushanba, 05-Sen-2011, 22:14 | Message # 41 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4084
Status: 
|
Agar tishingiz og'risa uy sharoitida davolash
Sovuq kunlar boshlanishi bilan inson tanasida o'zgaruvchanlik boshlanadi. Ba'zi odamlarda oyoq-qo'l, tish og'rig'i sovuq tushayotganidan dalolat beradi. Quyida tish og'rig'i paytida uy sharoitida qanday muolaja qilish kerakligi haqida bir qancha tavsiyalar berib o'tamiz...
1. Ertalab va kechqurun tishlaringizni limon sharbati bilan tozalang. Tozalashda, avval tish cho'tkasini biroz suvga namlab, so'ng unga ozroq limonni siqib sharbatini tomizasiz.
2. Milkdan qon tomsa, bundan hech bir muammosiz qutilish mumkin. Buning uchun kuniga ikki mahal limondan siqib olingan sharbatni ichib tursangiz, bas. Agar siz limonni qobig'i bilan yesangiz, davolashning samarasi bir necha marta oshadi.
3. Agar tishlar qimirlayotgan yoki karies bilan zararlangan bo'lsa, milk qurishib qolgan, shamollagan yoki yiring bo'lgan bo'lsa, bir kunda ikki marta 150 gramm tvorogni limon bilan yeyish zarur.
4. Bir osh qoshiqdan limon bo'tqasi va mavrak o'tini quritib maydalanganini olib, ustidan bir stakan qaynoq suv quyasiz, 1 soat o'rab qo'ygan holda tindirasiz, so'ng suzib olasiz, ushbu sharbat bilan og'zingizni har yarim soatda chayib turing. Chayish besh daqiqa atrofida davom ettiriladi.
Sog'lom tabassum sizga doimo hamrox bo'lsin![/c]
|
|
| |
OSIYO | Date: Seshanba, 06-Sen-2011, 15:37 | Message # 42 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status: 
| Бош оғрини халқ табобати ёрдамида даволаймиз!
Баъзи шарбатлар бош оғриққа қарши даводир: Бошингиз сурункали равишда оғриса, картошка шарбатини кунига чорак стакандан икки маҳал ичишни одат қилинг. Қора қорағат(смородина) қаттиқ бош оғриғини ҳам кесади. Мунтазам равишда қорағат мураббоси истеъмол қилиб туринг. Бодринг, сельдерей, сабзи ва лавлаги шарбатларини тенг миқдорда аралаштиринг. Кунига икки марта ярим стакандан овқатдан 1 соат кейин ёки бош оғриғи безовта қилганда ичинг. Муолажани 10 кун давом эттиринг ва ҳар 3 ойда такрорланг. Шарбатларни музлаткичда алоҳида идиўларда сақланг ва ичишдан олдин аралаштиринг.
Хантал бош оғриғига қарши жуда яхши восита: Бир сиқим хантални илиқ(50 даража иситилган) сувга солиб, бўтқа қилинг. Бўтқани илиқроқ сувда(38-39 даража илиқликда) аралаштириб, бу сувгв қўл ёки оёқларингизни қизара бошлагунча тиқиб ўтиринг. Сўнгра чайиб ташланг. Шунингдек, ваннага сув тўлдириб, унга бироз хантал солиб ўтириш ҳам мумкин.Бу муолажанинг натижаси аввалгисидан кучсизроқ бўлса-да, аммо фойдаси бор.Фақат сувда 5-10 дақиқадан кўп ўтирманг, кўкрак қафасингиз сувдан ташқарида бўлсин ва албатта тоза илиқ сувда чайишни ҳам унутманг. Ханталли ванна қўл ва оёқларда қон юришини яхшилайди. Бу эса миянинг қон томирлари учун фойдали. Агар қуруқ хантал бўлмаса, унинг уруғини ишлатинг. 1 чой қошиқдан хантал уруғи, мармарак(шалфей) баргига ярим литр қайнаган сув солиб, ярим соатга дамлаб қўйинг. Сўнгра сувини сузиб олиб, илиқ сувга қўшиб, қўл-оёғингизни ванна қилишингиз мумкин. Бош оғриғини хантал ёғи ҳам тузатади.Бунинг учун ярим литрли шиша идишнинг ярмигача сув солиб, 10 томчи хантал ёғи қўшинг. Сўнгра шиша идишни маҳкамлаб, яхшилаб чайқанг. Бу аралашма солинган ванна бош оғриғини бирпасда қолдиради.
Бош оғриғининг босилишига турли гиёҳлар ҳам яхши ёрдам беради: Мойчечакли чой – овқат ҳазм бўлмаганда, сафро тиқилганда ҳосил бўлувчи бош оғриқларда яхши ёрдам беради. Агар бошингиз нима сабадан оғриётганини билмасангиз, оғриққа аҳамият беринг. Бош лўққиллаб оғриётган бўлса, тезда мойчечакли чой дамлаб ичинг. Ялпизли чой – енгил оғриқ қолдирувчи кучга эга. Бундан ташқари, яна кўпгина фойдали хусусиятлари бор. Шамоллаш ва тумовдаги бош оғриқ, овқат ҳазм бўлмаслиги оқибатидаги бош оғриқ – буларнинг ҳар бирида ялпизли чой ёрдам беради.Сиқилиш оқибатидаги бош оғриққа ҳам ялпизли чой фойдали. Жўка(липа) чойи – чарчоқ туфайли бош оғриса, жўкали чой тинчлантиради ва асаб тизимига яхши кўрсатади. У кишининг руҳий ҳолатини ҳам яхшилайди.Жўкали чойга бироз ялпиз қўшилса, таъсири янада фаоллашади.
|
|
| |
OSIYO | Date: Chorshanba, 07-Sen-2011, 17:48 | Message # 43 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status: 
| Qon guruhi bo‘yicha parhez
Qon guruhi bo'yicha parhez keng tarqalgan va ommabop parhez turlaridan biri hisoblanadi. Uning kontseptsiyasi amerikalik shifokor D' Adamo tomonidan o'ylab topilgan. Olimning ta'kidlashicha, oldindan sayyoramizda faqat birinchi qon guruhi mavjud bo'lgan va evolyutsiya jarayonidagina qolgan qon guruhlari paydo bo'lgan. Boshqa qon guruhlarining paydo bo'lishiga kishilarning ovqatlanish xarakteri ta'sir qilgan.
Oldiniga odamlar hayvonlarni ovlash hisobiga oziqlanganlar va ovqatlarida asosan hayvon mahsulotlari bo'lgan. Yillar o'tishi bilan qadimgi odamlar dehqonchilikni o'zlashtirishgan va ularning ovqatlariga o'simlik mahsulotlari ham qo'shila boshlagan.
Keyinchalik qishloq xo'jalik hunarlari o'zlashtirilganidan so'ng kishilar chorvachilikka kirishishgan, demak, ularning ovqat ratsioniga sut mahsulotlari ham kira boshlagan. Olimning so'zlariga ko'ra, aynan ovqatlanish xarakteri va iste'mol qilinadigan ozuqa boshqa turdagi qon guruhlarining paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan.
Qon guruhining shakllanishida oqsil moddasi, aniqrog'i uning turli mahsulotlardagi turlari katta rol o'ynagan. Go'sht tarkibidagi oqsil moddasi va sut mahsulotlaridagi oqsil moddasi bir biridan farq qiladi. Ushbu omillar asosida olim quyidagi parhezni, aniqrog'i ovqatlanish uslubini o'ylab topdi. Uning fikricha, bu parhez nafaqat ortiqcha kilogrammlardan xalos bo'lishga, balki salomatlikni tiklashga ham yordam beradi.
|
|
| |
OSIYO | Date: Chorshanba, 07-Sen-2011, 17:49 | Message # 44 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status: 
| Birinchi qon guruhi.
Parhez: yuqori proteinli (go'sht)
Mumkin: go'sht, baliq go'shti, dengiz mahsulotlari. Sabzavotlar va nordon bo'lmagan mevalar. Cheklangan miqdordagi non, ko'k choy, na'matakli, yalpizli, zanjabilli choy.
Neytral: yormalar (ayniqsa bug'doy va suli yormasi), musallas, pivo, valerianadan, malina bargidan, moychechak va mavrak (shalfey)dan giyohli choy.
Tavsiya etilmaydi: karam, makkajo'xori, turli marinadlar, ketchup, qahva, turli o'tkir ichimliklar, senna.
Ortiqcha vazndan xalos bo'lishga yordam beradi: dengiz o'tlari, ismaloq, brokkoli, go'sht, dengiz mahsulotlari, yodlangan tuz.
|
|
| |
OSIYO | Date: Chorshanba, 07-Sen-2011, 17:59 | Message # 45 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status: 
| Uchinchi qon guruhi.
Parhez: aralash turdagi
Mumkin: go'sht (parranda go'shtidan tashqari), baliq go'shti, sut mahsulotlari, dukkaklilar, yormalar, meva va sabzavotlar, ko'k choy, giyohli choy, karam sharbati, ananas sharbati.
Neytral: dengiz mahsulotlari, cho'chqa go'shti, tovuq go'shti, apelsin sharbati, musallas, pivo, qahva, gazli ichimliklar.
Ortiqcha vazndan xalos bo'lishga yordam beradi: yashil salatlar, giyohlar, tuxum, jigar, soyadan tayyorlangan mahsulotlar.
|
|
| |