RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Foydali maslahatlar
OSIYODate: Dushanba, 04-Iyul-2011, 11:22 | Message # 1
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Bu forumda inson salomatligi uchun kerak bo'lgan maslahatlarni yozib bo'ramaiz.
 
OSIYODate: Dushanba, 04-Iyul-2011, 11:50 | Message # 2
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Siz so'glommisiz?

Inson hayotida muxim bir ro'l o'ynaydigan bu sog'lig'imiz hisoblanadi.Shuning uchunham sog'lig'ni asrashimiz lozim. Sog' tanda sog' aqil deyilgan, Shunday qilib hamma rejalashtirgan planlarimizni amalga oshira olamiz!
Manabuyerda esa sog'lig'ingizga kerakli bo'ladigan bazi malumotlarni bermoqchiman.
Hayotda yashab turganingizga shu 7/ta narsa juda katta ro'l o'ynaydi ...


1.Suv tanangizga har juft kunda 3 liter suv kerak. Kuningizni yarim liter toza suv ichish bilan boshlang. Qaynatilgan suv ichsangiz ham bo'ladi.

2. Kislarod ichki hujayralaringizga kislarod toza havo juda muhim. Toza havoda sayr qilishni va uhlashdan oldin havoni o'zgartirishni unitmang.

3.Yog' har qanday yeyatkan ovqatingizda yog'li mahsulotlar mavjud bo'lib ichki tanangizda yog' juda muhim jarayoni kasb etadi...
Muskilaringizga quvat beradi va tana uchun foydali hisoblanadi. Lekin hadan tashqari yog'li ovqatlarni istemol qilish bu ortiqcha vazinga kelishingizga ham sababchi bo'lishi mumkin...Shuning uchun o'zingizga yetarli bo'lgan ovqatlardan foydalaning.

4.Hloraful deyarli hamma yeyatkan mahsulotimizda hlor mavjud bo'lib tanamizda muhim ro'lardan bo'ladi. Sabzavotlardan ko'proq istemol qilng yog'li yoki foydasi yo'q ovqatlardan ko'ra meva sabzovodlarni ko'p istemol qiling....

5.Quyosh agar quyosh bo'lmaganda biz bu kunda yashab turmagandik desak hato qilmaymiz....Chunki quyosh bu yashash manbayi bo'lib bizni sayoramizga yoruqlik bag'lishlaydi. Quyosh o'zidan D vitaminini chiqaradi. Quyoshli kunda yurish bu juda foydali ekan.Lekin kuni bo'yi jazirama kunlarda yursangiz quyosh kremidan foydalanish esdan chimasin!

6. Tuz bu tanamizga juda kerakli mahsulot gap tuzni to'g'ri tanlshda *Tuz deganda odiy osh tuzini nazarda tutmayapman* Tabiyatni tuzlari ham bor odam istemol qilsa bo'ladigan...
Tanaga kerakli tuzga dengiz tuzi, tosh tuzi, va himalaya tuzi kiradi. Tuzsiz hatto yuragimiz ham urmay qolarkan.

7.Terlash sport bilan shug'ilanganingizda yoki boror og'ir ish qilganingizda terlaysiz va buni hech qanday zararli tomoni yo'q aksincha foydali....


Ovqat yeyishda adashmang....

Sog'lig'ingizga eng kerakli va istemolga yaraydigan bu sabzovotlar hisoblanadi...Suv ichimligi ham cola yoki boshqa gazli ichimliklaridan ming marotaba avzal turadi.
Manabu yerda beradigan ovqat yeyish tartibiga amal qilsangiz sog'lig'ingiz ham joyiga tushadi.

1. Ertalabgi ovqat Nonushta
bo'ladi....Kunimizni yaxshi va totli nonushta yeyishdan boshlimiz. Ishtahangiz ochilishi uchun nonushta vaqtida har hil mevalarni yeng meva ishtahani ochadi va tanamiz uchun juda foydali....1 stakan sut yoki meva sharbati ham iching.
Nonushtani har hil yog'li ovqatlar yoki shirinlik bilan boshlash umuman to'g'ri kelmidi sizga umuman foydasi ham yo'q aksincha zararli bo'ladi

2.Abet
Abetga esa har xil sabzavotlardan tayorlangan salatlardan istemol qiling....o'zingiz sabzovotlardan tayorlangan sendvich tayorlab yesangiz ham bo'ladi...
Yogurt yoki meva qo'shib ham yesangiz bo'ladi. Abetga Coca Cola shirinlik yoki chips yeyishingizni tafsiya qilmaymiz bular sog'lig'ingizga faqatgina zarar bo'la oladi holos!

3.Abetdan kegin
Abetdan keyingli ham biror nima yeb olishingiz lozim. Bu ham to'g'ri ovqatlanishga kiradi. Sabzavotlar sog'liqa juda foydali bo'lganligi uchunham sabzavotlarni maydalab biror bir sho'rva qilib ichsangiz bo'ladi. sizga juda foydali

4.Kechki ovqat
Kechki ovqatga esa har xil salatlar bilan sog'liqa foydali ovqat yeng. Yog'i kam sabzavotlarga boy mahsulotlarga to'la ovqatlardan pishirib yeng!
Guruch tanaga va sog'liqa juda foydali bo'lib hatto yuzingiz chiroyli tekis bo'lishida ham yordam beradi....
Baliq ham sizga juda foydali . Baliqni qarnatib ham qovurib ham turli tuman taomlar qilsa bo'ladi....

Manashu yerda berilgan maslahatlar bo'yicha ovqatlansangiz turli hil sog'liq kasalaridan horif bo'lasiz va umringizga umr qo'shiladi.....
Shunday ekan foydasiz, va tanamizga zararli ovqatlarni yemay foydali va umrimizni uzzartira oladiganlariga o'tsak juda yaxshi bo'lardi
 
DURDONDate: Juma, 08-Iyul-2011, 05:46 | Message # 3
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:



1. Og`ir yutalda piyozdan tayyorlangan kompress yordam beradi.
Tayyorlash:Dokadan tikilgan haltachaga tu`g`ralgan piyoz solinadi va qaynab turgan suv bug`iga tegmaydigan qilib tutib turiladi. Keyin issiq holicha qalinroq matoga u`rab, og`rigan joyga bog`lab qu`yiladi.15-20daqiqadan keyin olib tashlash mumkin. Buni gaymoritda ham qullash mumkin.

2. Qora choy kasalliklar surunkali bulib qolishining oldini oladi,viruslarni u`ldiradi. Buchoyni kup ichadiganlar kasallikga kam chalinadi.

3. Ku`k choy esa yurak-qon tomirlariga,nafas yu`llariga,qon bosimining meyorlashuviga ijobiy ta`sir qiladi.

4. Tishlaringiz sog`lom bulishi uchun tez-tez choy ichib turish kerak, choy tarkibidagi ftor tish kasalliklarini oldini oladigan eng yahshi vosita hisoblanadi.

5. Husnbuzar kup toshadigan yog`li terilar makiyajini yahshi ushlamaydi, bunday terini tozalash uchun choydan los`on tayyorlab olishingiz mumkin, ma`danli suvga 2 osh qoshiq choy solib damlanadi vqa bir necha limon sharbati qushiladi. Bunday los`on bilan ertalablari yuzni artish mumkin.

6. Salqigan yuzga eng yahshi vosita choydan kompress qilish kerak. Buning uchun quruq choyni dokadan tikilgan haltachaga solib qaynoq suvga botirib olinadi, va sal sovigandan keyin haltachasi bilan quyiladi, yuzga quyib ustidan sochiq bilan yopib quyiladi. Bug`i teriga yahshi ta`sir etishi uchun uni yuzda 10 daqiqa tutib turing. kompyuterda kup ishlaydiganlar ku`zlariga dam berish uchun qaynatilgan choy haltachalaridan foydalanishlari mumkin. Bu kompress qovoqlarga 10-15daqiqa qu`yib turiladi.


 
OSIYODate: Juma, 08-Iyul-2011, 07:13 | Message # 4
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Yetti ming dardning davosi

Yevropa medetsinasi sharq xalqlari tabobatida birinchi o`rinda turadigan dori - choyning xuxusiyatlarini o`rganishni davom ettirmoqda ...
Arizona shtatida "Saraton kasalliklari markazi" 25 yil davomida olib borgan tadqiqot natijalarini e`lon qildi: ko`k choy saraton kasalligini oldini olar ekan. ...
Bobomiz Ibn Sino 1000 yil oldin "Tib qonunlari"da bu haqda yozib qoldirgan.

kkinchi jahon urushi intihosida ro`y bergan Xirosima va Nagasaki voqeasini hamma biladi. O`shanda kuzatuvchilarni bir fakt juda hayron qoldirgan edi. Xirosimaning choy yetishtiruvchi Uji hududi aholisi ko`p ko`k choy iste`mol qilgani uchun nafaqat tirik qolgan, balki o`zlarini boshqalarga nisbatan ancha durust his qilgan ekanlar. Shundan so`ng olimlar qator tekshiruvlar o`tkazib, choy tarkibida radiatsiyani kesuvchi moddalar mavjudligini aniqlashdi.
Choy tarkibida 130 modda mavjud. Shu sababli choy, ayniqsa ko`k choy juda foydali hisoblanadi. Choy tarkibidan buyrak, jigar kasalliklari va kamqonlikni davolovchi dori-darmonlar olinadi. Bejizga qadim Sharqda choy darmonbaxsh ichimlik hisoblanmagan. Ammo Yevropa uzoq vaqt kimyoviy vositalar va rasmiy tibbiyotga haddan ortiq ruju qo`yib, xalq tabobati usullariga ko`pda e`tibor berilmaganligi sababli, choy e`tiboridan chetda qoldi. Biroq bugungi kunga kelib, Yevropa o`z xatosini anglab yetgan ko`rinadi. Ko`p joylarda saraton va nurlanish kasalliklarini davolash uchun choy buyuradilar. Buning natijasida esa kutilgandan ham ziyoda bo`ldi. Choy bod va surunkali gepatit (Sariq kasalligi)da shamollash jarayonini susaytiradi, qon tomirlarning devorlarini mustahkamlaydi. Bu esa, o`z navbatida, erteroskleroz va qon bosimining oshishi kabi kasalliklarni davolaydi, qolaversa, miyaga qon quyilishi va miokard infarktning oldinioladi. Arterial qon bosimni meyorga soladi, ich ketishini to`xtatadi va ich terlamani daf qiladi. Ayniqsa, ko`k choy bu borada juda foydalidir. U yana oshqozon-ichak kasalliklarini davolaydi, miya faoliyatini yaxshilaydi, mayda qon tomirlarning haddan ortiq zaiflashib ketishiga yo`l qo`ymaydi. Shuningdek, choy buyrak, qovuq va jigarda tosh paydo bo`lishining oldini oladi. Kofedan farqli o`laroq, choy teri faoliyatini yaxshilaydi, ter ajralishini me`yoriga soladi, g`ovaklarni tozalaydi.
 
OSIYODate: Shanba, 09-Iyul-2011, 18:32 | Message # 5
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:

Феъл-атворни чойга қараб аниқлаймиз




Кўпчиликнинг тонги хушбўй чойдан бошланади. У аччиқ ёки енгил дамланган, сутли ёки лимонли, асалли ёки қандли бўлиши мумкин. Ушбу ичимлик оммабоплиги бўйича сувдан кейин иккинчи ўринда туради. Чойнинг ватани – Хитой. Кунчиқар мамлакат файласуфлари чой мусалласдан кўра яхши эканини таъкидлашган, чунки у тетиклаштиради ва мустаҳкамлайди, шунингдек у инфекция ташувчиси бўлмаганлиги боис сувдан ҳам яхшироқ. Британияда чойсиз бирор кун ҳам ўтмайди. Офисда ишловчи ҳар бир британиялик иш куни давомида 12 чашкага яқин ушбу қадимий ичимликни ичади.

Рухшуносларнинг таъкидлашича, чойни ичиш тарзига ҳамда ёқтирадиган чой навига қараб кишининг феъл-атворини тушуниш мумкин экан. Мамлакатимизда, худди Британиядаги каби, чой ихлосмандлари жуда кўп, демак, ҳар биримиз бизни бир пиёла чой ичиш учун қаҳвахонага таклиф қилган ҳамкасбимиз, дўстимиз ёки шунчаки танишимизнинг ҳақиқий феъл-атворини аниқлаш бўйича кичкина тажриба ўтказиб кўришимиз мумкин. Шундай қилиб, аввало, ҳамсуҳбатингиз қандай чойни ёқтиришига эътибор қаратиш керак.

Кўк чой. Чойнинг ушбу навини ёқтирувчи киши жуда вазмин ва оғир бўлади. У ишончли ва садоқатли дўст. Ягона камчилиги, балки ким учундир бу фазилатдир, кўк чойни ёқтирувчи киши нозиктабиатли бўлиб, озгина бўлса-да жадвал ёки режадан четга чиқишларга жуда таъсирчан бўлади.
Ясминли чой. Бундай чойни ёқтирувчилар интизом ва умум қабул қилинган меъёрларнинг ўта ишқибозларидир. Ташқаридан бундай киши кибрлидай кўринади, аммо ичида ўзини бошқача ҳис қилади. Шунингдек, ушбу чойнинг ишқибозлари алоҳида озодалиги билан ҳам ажралиб туради.
Қандли қора чой. Бу чойни танловчи киши масъулиятли ва ишончлидир. Ишонтира олиш қобилиятига эга. Атрофдагилар бундай кишини қатъий деб ҳисоблайдилар, аммо унинг юмшоқ қалбли ва таъсирчан эканлиги ҳеч кимнинг ақлига ҳам келмайди.
Қандсиз қора чой. Бундай киши жуда эътиборли ва зийрак. Бошқаларнинг назаридан қочадиган тафсилотларни қайд этишга қодир. Ҳар бир саволга ўзининг эътирозга ўрин қолдирмайдиган нуқтаи назарига эга, бу эса қайсарлик билан баробар.
Сутли қора чой. Ушбу ичимликни ҳамма нарсага лоқайд кишилар ёқтиради. Муҳим масалаларни ҳал этишда бундай кишига ишонмаган маъқул. Аммо мулоқотда бундай киши ўзидан ижобий тўлқинларни тарқатади.
Мевали чой. Уни ишга берилган ва кўнгилхушликларга жуда кам вақт ажратадиган кишилар ёқтиради. Бундай кишининг шахсий сифатлари барчага ёқади, аммо кўп ҳолларда уларнинг соҳиби ҳаммагаям ёқавермайди. У ўз атрофидаги кишиларни пухталик билан танлайди.
Эрл Грей. Ушбу навли чойнинг нозик ҳиди уни ичадиган кишининг нозик табиатини ифодалайди. Фаол, кўп қиррали, ҳаётни севувчи ва доимий тарзда янги чўққиларга интилувчи. Бундай киши билан ҳар доим нима ҳақдадир суҳбатлашиш мумкин.

Энди чой навларидан уни ичиш тарзига ўтамиз. Руҳшунос Ребекка Ньютон бошчилигида ўтказилган тадқиқотларга кўра, "чой” билан боғлиқ олтита асосий феъл-атворни ажратиш мумкин.

Асабий. Чашкани иккала қўли билан ушлайди. Баъзида уни бармоқлари билан чертиб қўяди. Суҳбатдошининг кўзига қарашдан қочади.

Ўзига ишонмаган. Чашкани иккала қўли билан, худди уларни иситмоқчи бўлгандай ушлайди. Чойни совутиш учун асабий равишда пуфлайди.
Баджаҳл. Чашкани бошига яқин ушлайди ва суҳбат чоғида ундан кўрсатувчи таёқча сифатида фойдаланади.
Ўзига ишонган. Қўлини иягига тираган ҳолда олдинга эгилади. Чойни тез-тез, ишонч ва секинлик билан пуфлайди.
Тингловчи. Чашкани иккала қўли билан юмшоқ тарзда ушлайди. Ҳар доим суҳбатга мойил, суҳбатдоши гапираётганида бироз унга томон эгилади.

Шунингдек, руҳшуноснинг қайд этишича, дўстлар давраси учун тез-тез чой дамлайдиган киши етакчилик сифатларига эга ва кўнгли очиқ бўлади.
 
DURDONDate: Yakshanba, 10-Iyul-2011, 00:36 | Message # 6
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:


TROPIK MEVALAR tanovul qilayotgan vaqtda
nimalarga e'tibor qaratish kerak?
АVОKАDО. Ko’rinishidаn to’q yashil rаng
(bа`zidа to’q siyoh rаng)li yirik nоkni eslаtаdi.
Bu mеvа tа`msiz bo’lishigа qаrаmаy, bir qаtоr fоydаli
jihаtlаrgа egа. Tаrkibidа 35-40 fоiz to’yinmаgаn
yog’lаr bo’lib, ulаr yog’dаgi xоlеstеrin mikdоrini
kаmаytirаdi. Bu xislаti аtеrоsklеrоzning оldini оlishdа
muhimdir. Shuningdеk, tаrkibidа shаkаr judа kаm
bo’lgаnligi sаbаbli, diаbеt bilаn xаstаlаngаn bеmоrlаr
uchun аsоsiy оzuqа hisоblаnаdi. Trоpik mаmlаkаtlаrdа
bu mеvаni tuz yoki limоn shаrbаti bilаn аrаlаshtirib
istе`mоl qilishаdi. U ko’pginа sаlаtlаrning tаrkibiy
qismi xisоblаnаdi. Kоsmеtоlоgiyadа esа аvоkаdо
po’stining ichki qismidаn sеpkilgа qаrshi vоsitа
sifаtidа fоydаlаni-lаdi. Shuningdеk bu mеvа xаlq
tаbоbаtidа gijjаgа qаrshi vоsitа sifаtidа ishlаtilаdi.
KIVI yoki АKTINIDIYA. Ko’pchiligimizgа mа`lum
bo’lgаn bu mеvа оdаtdа tоrtlаrni bеzаtishdа qo’llаnilаdi.
Аslidа bu mеvаning tаrkibiy qismi S vitаmini
(аskоrbin kislоtа)gа bоy bo’lib, qоn tоmir kаsаlliklаrdа
(qоn tоmir dеvоrini mustаxkаmlаydi), gingivitdа,
ishtаhаni оchishdа qo’llаnilаdi. Оlimlаrning аniqlаshichа
100 grаmm kividа 100-150 mg аskоrbin kislоtаsi
bo’lаr ekаn. Ya`ni 1 dоnа kivi istе`mоl qilish bilаn
S vitаminigа bo’lgаn bir kunlik ehtiyojni qоndirish mumkin.
Trоpik mаmlаkаtlаr аhоlisi shаmоllаshning birinchi
оеlgilаri pаydо bo’lishi bilаnоq 1-2 tа kivi istе`mоl qilib,
kаsаllik rivоjlаnishining оldini оlishаr ekаn.
АNАNАS. Ko’pchilikkа mа`lum, o’zigа xоs shirin
tа`mli mеvа. Bu mеvаning eti hаzm qilish jаrаyonini

yaxshilаgа-ni sаbаbli uni hаzm qilish jаrаyoni buzilgаn
(nоinfеksiоn) hоlаtlаrdа istе`mоl qilish fоydаlidir.
Uning tаrkibidа оqsillаrni pаrchаlоvchi brоmеlin mоddаsi
mаvjud. Еvrоpа mаmlаkаtlаridа brоmеlindаn оzisH
mаqsаdidа fоydаlаnishаdi. Аnаnаs tаrkibidа 10-15 fоiz
shаkаr bo’lgаnligi sаbаbli diаbеt bilаn kаsаllаngаnlаr
ehtiyot bo’lib istе`mоl qilishlаri kеrаk. Tаrkibidа
vitаminlаr vа minеrаl tuzlаrni hаm sаqlаydi.
BАNАN. Оxirgi 10 yillikdа dеyar-li hаmmаgа mа`lum
bo’lib qоlgаn, sеvib istе`mоl qilinаdigаn trоpik
mеvаlаrdаn biridir. Tаrkibidа kаliy tuzlаrini ko’p
sаqlаgаni uchun yurаk kаsаlliklаridа istе`mоl qilish
fоy-dаlidir, Аmmо bu mеvа shаkаr vа krаx-mаlgа
bоy bo’lgаnligi sаbаbli diаbеt kаsаlligi bilаn оg’rigаn
bеmоrlаr еmаgаni mа`kul.
АPЕLSIN. Hоzirdа O’zbеkistоn uchun «qаdrdоn» bo’lib
qоlgаn bu mеvаni оshqоzоn, o’n ikki bаrmоq ichаk
yarа kаsаlligi, gipеrsеkrеtоr gаstrit bilаn оfigаn
bеmоrlаr ehtiyotkоrlik bilаn tаnоvul qilishlаri kеrаk.
Chunki аpеl`-sin оrgаnik vа nооrgаnik kislоtаlаr-gа
bоy bo’lib, оshqоzоndа kislоtаli-likni оshirib
yubоrishi nаtijаsidа bir qаnchа nоxush hоlаtlаrni
kеltirib chiqаrishi mumkin. Lеkin аpеl`sin ich
qоtgаndа yaxshi yordаm bеrаdi. Ya`ni ertаlаb оch
qоringа vа kеchqurun оvqаtdаn 2-3 sоаt o’tgаch
istе`mоl qilish nаtijаsidа surunkаli ich qоtishlаrning
оldini оlish mumkin.
MАNDАRIN. Аpеl`sin kаbi hаmmаmizgа mа`lum mеvа
bo’lib, ungа judа o’xshаb kеtsа hаm bir birigа
qаrаmа-qаrshi xususiyatlаrgа egа. Аgаr аpеl`sin
ich surish vоsitаsi sifа-tidа qo’llаnilsа,
mаndаrin - nоinfеksiоn ich kеtishdа ichаklаr
hаrаkаtini sustlаshtirib, ich kеlishini dаvоlаydi.
Shuningdеk, mаndаrin ish-tаhаsizlikdа ko’l kеlаdi.
Trоpik mаm-lаkаtlаrdа tеrining zаmburug’li
kа-sаlliklаrini yangi uzilgаn mаndаrin shаrbаtidаn
kоmprеss qo’yib dаvоlаshаr ekаn.
PАPАYA. Trоpik mеvаlаrdаn eng yirigi bo’lib
uzunligi 50-80 sm. gаchа,
оg’irligi 5-7 kg gаchа еtаdi. Tа`mi judа mаzаli,
mаymunjоnni eslаtаdi. Bu mеvаdаn trоpik
mаmlаkаtlаrdа murаbbо,
kоktеyl` vа shаrbаtlаr tаyyorlаshаdi.
Tаrkibidа hаzm jаrаyonidа ishtirоk etuvchi fеrmеntlаr
mo’l bo’lgаni uchun оvqаtdаn оldin yoki оvqаt bilаn
birgа yangi uzilgаn mеvа shаrbаtini istе`mоl qilishаdi.


 
OSIYODate: Dushanba, 11-Iyul-2011, 07:03 | Message # 7
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Oq guruch sog‘liq uchun xavfli?!



Garvard olimlari oq guruchni iste’mol qilishdan jigarrang (tozalanmagan) guruchga o’tish qand kasalligi rivojlanishi xavfini 16% ga kamaytirishi mumkinligini aniqlashdi. Tozalangan oq guruchni iste’mol qilish esa, aksincha, qondagi qand moddasi miqdorining oshishiga sababchi bo’lar ekan.

AQShda bu borada o’tkazilgan tadqiqotda 200 mingdan ziyod amerikalik ishtirok etgan. II turdagi diabet rivojlanishi xavfiga ta’sir ko’rsatuvchi boshqa omillar inkor etilganidan so’ng, 150 grammli tozalangan guruch portsiyalarini haftasiga 5 martadan ko’p iste’mol qilish diabet bilan kasallanish xavfini oyda bir portsiyadan kam guruch iste’mol qiluvchi kishilarga qaraganda 17% ga oshirishi aniqlandi.

Bu tozalanmagan guruchda biriktiruvchi to’qimalar miqdorining ko’pligi bilan izohlanadi. Guruchga ishlov berilganida esa, u kepaklarining va murtak to’qimalarining bir qismini yo’qotadi. Natijada guruchning glikemik indeksi ortadi, ya’ni qondagi glyukoza miqdori ko’payadi.

Jigarrang guruchga to’xtaladigan bo’lsak, u juda foydali, chunki guruchga ishlov berish jarayonida guruch kepak po’stini saqlab qoladi. Holbuki oziqlantiruvchi moddalarning katta qismi aynan shu po’stloq tarkibida mavjud. To’g'ri, bunda guruchni saqlash muddati qisqaradi, chunki donlarda tarkibida yog’ moddasi bor po’stloq qoladi-da.

Guruchning kepakli po’stlog’i tarkibida V guruhi vitaminlari, minerallar, biriktiruvchi to’qimalar va foliy kislotasi, shuningdek ozroq miqdorda fosfor, rux, mis va yod moddalari mavjud. Ushbu po’stloq guruchga yengil yong’oq ta’mini beradi. Jigarrang guruch oq guruchga qaraganda uzoqroq qaynatiladi – o’rtacha 25 daqiqa.

Shu bois ushbu mahsulot ishqibozlariga tozalanmagan guruchga va boshqa tozalanmagan donli mahsulotlarga o’tish maslahat beriladi. Katta miqdorda tozalangan guruchga ruju qo’ygan kishilarga olimlar uning uchdan bir qismini jigarrang guruch bilan almashtirishni tavsiya etishmoqda.

Bu qiziq:

• Dunyoda sholining 20 ga yaqin turi mavjud, o’z navbatida ular ko’plab miqdordagi kichik turlarga bo’linadi.

• Sholini 5000 yildan buyon yetishtirib kelinadi.

• Dunyo bo’yicha yetishtiriladigan sholining 50 foizi ushbu mahsulot yetishtiriladigan joydan 12 km radiusdagi aholi tomonidan iste’mol qilinadi..

• Yapon olimlari tozalanmagan guruch sog’liq uchun foydali bo’libgina qolmasdan, balki xotira va intellektni ham oshirishini aniqlashdi.
 
OSIYODate: Dushanba, 11-Iyul-2011, 19:10 | Message # 8
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:


Biz doim bo'lmasa ham, xafta davomida sharbatlar ichib turamiz. Biz ichayotgan sharbatlarning foydali taraflarini bilamizmi? Mevali sharbatlarni bozor yoki do'konlardan olayotganimizda, qaysi sharbat organizmning qaysi soxasiga foydali ekanini bilamizmi? Quydagi maqoladan sharbatlarning qaysi turlari bizga qanday foydali ekanini bilib olasiz...

O'rik sharbati-qon hosil bo'lishda faol ishtrok etadi, o't haydovchi, issiqni tushiruvchi, ichni yumshatuvchi xususiyatga ega. Ko'rish qobiliyati, yurak-qon tomir tizimi va me'da-ichak yo'li ishini yaxshilaydi


Apelsin sharbati-qon tomirlarini mustahkamlaydi, jigar kasalliklari, avitaminozlarda, shamollash kasalliklarida juda foydali. Charchoqni ketkazadi tonusni oshiradi.

Olcha(gilos) sharbati-kamqonlik, o'pka, jigar kasalliklarida, shuningdek ateroskleroz, ich qotishda shifobaxsh ta'sirga ega bo'lib, dizenteriya va yiringli infeksiya qo'zg'atuvchilar bo'lgan stafilokokklar va streptokokklarni yo'q qilish xususiyatiga ega.

Sabzi sharbati-ishtahani ochadi, hazim qilish ishini, ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi, tishlarni, asab tizimini mustahkam qiladi, qabziyatga yaxshi foyda qiladi, immunitetni oshiradi, infeksiyaga qarshi antioksidant hisoblanadi.

Malina sharbati-virusga qarshi vosita bo'lib, tarkibida ko'p miqdorda tabiiy aspirin bor. Bundan tashqari, yengil surgi vosita sifatida ham qo'llaniladi.

Bodring sharbati-milklar va tish kasalliklari, ko'pgina teri kasalliklarida ishlatiladi va peshob haydovchi yaxshi vosita sanaladi. Bundan tashqari, sochlar o'sishini yaxshilaydi, yurak va tomirlarni baquvvat qiladi.

Shaftoli sharbati-yurak ritmi buzilganda, kamqonlikda, kislota darajasi pasaygan me'da kasalligida, ich qotishlarda foydali. Shaftoli sharbatini allergik holatlarda, qandli diabet, shuningdek semizlikka moil kishilar iste'mol qilmaganlari ma'qul.

Lavlagi sharbati-qon hosil bo'lishida faol ishtrok etadi, immunitetni oshiradi, organizmni tozalaydi.

Olma sharbati-organizmni shlaklar, buyrak toshlaridan tozalaydi, nafas a'zolari ishini yaxshilaydi, yurak qon tomiri tizimini yaxshilaydi.
 
OSIYODate: Dushanba, 11-Iyul-2011, 19:31 | Message # 9
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Ko'z nuringizni asrab avaylang...


Izoh:Ko'z nurining kamayishi ish va o'qish jarayonida jiddiy hoqulayliklarga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda hisobchilar, menejerlar, talabayu o'quvchilar, hullas, kim kompyuter qarshisida ikki soatdan ortiq o'tirsa, bachasi ko'zidan shikoyat qiladi.
Organizm shunday tuzilganki, agar taomnomangiz me'yorida bo'lsa, ovqat hazm qilish tizimi va qon aylanishi joyida bo'lsa, demak, ko'zlarimiz ham kerakli vitaminlar va mikroelementlar bilan ta'minlangan bo'ladi. Hamma gap to'g'ri ovaqatlanishda.
Hozir man sizlarga ko'z nurini kamayishini oladigan bir nechta foydali maslahatlar beraman:
Asosiy vitaminlar
Agar siz oziq-ovqatlardan A vitaminini yetarli miqdorda olmas ekansiz, demak, ko'z nuringiz kamayib boraveradi. Bu to'nnalab sabzi yeyish kerak degani emas. Ko'z nurini me'yorda ushlab turish uchun kunda o'rtacha kattalikdagi sabzini pishloq bilan yeyish yoki yarim stakan sabzi sharbati ichish kifoya. Lekin A vitaminini singdirish uchun ham yog' zarur. Demak, sabzili salatlarga o'simlik moyi, smetana yoki qaymoq qo'shish zarur.

-Ko'z nurini asrash uchun kerak bo'lgan mikroelementlar safiga akliy ham kiradi. Qon aylanish tizimi ham shu vitaminga bog'liq. Bu muhim element olma, apelsin, banan tarvuz, quruq mevalar va kartoshka tarkibida mo'l bo'ladi.

-Черника ko'z nurini ravshan qilishi, charchog'ini kamaytirishi qorong'ida ham ko'rishni yaxshilashini bilasizmi? Bugungi kunga kelib olimlar черника ko'z to'r pardasini yanglilashini hamda uzoqni ko'rolmaslikni ham davolashini aniqlashdi.
Kompyuter…Monitordan taralayotgan nur ko'zni "o'qqa tutadi" va ko'zning toliqishi hatto bosh og'rig'iga ham olib keladi. Ko'zning achishishi, huddi qum tikilgandek hissiyot uyg'onishi, qizarishi , tez charchash, bo'yinda og'riq turishi kompyuter sindromi alomatlari hisoblanadi. Agar o'zingizda shu alomatlarni sezsangiz, darxol okulist-shifokorga murojat qiling. Kompyuter sindromining oldini olish uchun ba'zi qoidalarga rioya qilish lozim
-Kompyuterda ishlashni chegaralang- bir kunda 4 soatdan ko'p o'tirmang.

-Har 30-45 daqiqada 5 daqiqadan dam oling.

-Monitorni shunday o'rnatingki, ekranga nur tushmasin.

-Mahsus ko'zoynaklardan foydalaning.
 
OSIYODate: Dushanba, 11-Iyul-2011, 19:33 | Message # 10
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Xusnbuzar

Xusnbuzar (ugri)lardn qutulmoqchimisiz? 1. Aloyning 50 gramm suviga 50 gramm iliq suv qo`shib 3 kun bir mahaldan ichiladi ...
2. 50 gramm uzum sirkasiga 20 gramm sedana talqonini aralashtirib, 1 sutkadan keyin boshlab 5 kun 3 mahal husnbuzarga surtilsa, tuzaladi.
 
OSIYODate: Dushanba, 11-Iyul-2011, 19:38 | Message # 11
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Sabzi haqida

1. Sabzini 10 kun 250 grammdan yeyilsa, polivitamin sifatida gipovitaminoz hamda avitaminozda, darmonsizlikda, kamqonlikda foyda qiladi ...
2.Sabzi sharbatini parxez bilan och xolda 10 kun 3 mahal, ertalab va kechqurun 200 grammdan ichilsa, gastrit (ichki) kasalliklarida yaxshi ta'sir ko'rsatadi.

Sepkillar joningizga tegdi-mi? Moshni yanchib unini atala qilib yuzingizga niqob (maska) qiling. Biroz vaqt o'tgach iliq suvda yuvib tashlang ...
 
OSIYODate: Dushanba, 11-Iyul-2011, 19:39 | Message # 12
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Bilib qo'ygan yaxshi

Bilib qo'ygan yaxshi>>>
Ishsizlik kashandalikdan ham zararli! Mutaxassislar ishsizlik bir kunda 400 ta sigaret chekishdan ham zararli ekanligini aniqlashdi… Yarim yil davomida ishsiz yurish vaqtida salomatlikka yetadiga zararni kuniga 20 quti sigaret chekishdan ko‘rilayotgan ziyonga tenglashtirish mumkin.
 
BAXORDate: Chorshanba, 13-Iyul-2011, 16:25 | Message # 13
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Soch to‘kilishi: sabablari va davolanishi

Bahor va kuz fasllarida soch to'kilishini kuzatamiz. Bu tabiiy holat, albatta. Ammo soch to'kilishining boshqa sabablari ham bo'lishi mumkin, ya'ni soch to'kilishi organizmdagi muayyan kasalliklardan dalolat beradi. Boshqacha qilib aytganda, organizm o'zidagi kasallik haqida soch to'kilishi bilan javob qaytaradi. Quyida qaysi kasalliklarda soch to'kilishi mumkinligi haqida so'z yuritamiz hamda soch to'kilishiga qarshi tabiiy vositalarni ko'rib chiqamiz.

Kishi kuniga 50 dan 100 gacha soch yo'qotishi mumkin, deyiladi ko'pgina maqolalarda. Ammo boshning muayyan uchastkasida sochlarning 10-50% yo'qolayotgani sezilganida bu tibbiy muammo hisoblanadi.

1. Soch to'kilishining sababi nimada?

Sochning to'kilish sabablari turlicha bo'ladi. Ko'p hollarda ular organizmdagi muayyan kasallik bilan bog'liq:

1. Asab tizimi terida yog' ishlab chiqilishini va sochlarning o'sishini tartibga soladi, shu bois stress sochlarning to'kilish jadalligiga kuchli ta'sir qiladi. Aytish joizki, sochlarning to'kilishi darrov namoyon bo'lmaydi, faqat keskin vaziyat bo'lib o'tganidan keyin ikki yoki uch oydan so'ng to'kila boshlaydi.

2. Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi. Gormonlar ko'p ishlab chiqarila boshlanganida (ya'ni giperteriozda) sochlar to'kilishi kuchayadi va soch erta oqaradi. Qalqonsimon bezlar gormoni yetishmaganida (gipoteriozda) esa, manglay yonidagi va ensadagi sochlar to'kiladi.

3. Yetarli darajada ovqatlanmaslik soch to'kilishi A va B vitaminlari hamda temir moddasi tanqisligi tufayli yuz beradi.

Biroq ko'p hollarda ayollar va erkaklarni sababsiz soch to'kilishi tashvishga soladi:

* ayollarda soch to'kilishi asosan gormonal fon bilan bog'liq. Masalan, homiladorlikning ikkinchi yarmida gormonlar ta'siri ostida sochlar qalinlashadi, tug'ruqdan keyin uch oy davomida sochlarning "ortiqchasi" faol ravishda to'kiladi.

* erkaklardagi soch to'kilishi steroidlarning qo'llanilishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, chunki ular ham gormonal muvozanatni buzadi.
* ayollardagi soch to'kilishi ozish uchun turli parhezlarni tutish va tabletkalarni qabul qilish bilan ham bog'liq bo'ladi. Aynan "eritib yuboriladigan" yog'larda sochlarning o'sishini normal holatga keltiruvchi gormonlar bor. Buning ustiga ozayotgan ayol organizmidagi zarur vitaminlar va mikroelementlarni yo'qotadi.

Shuningdek soch to'kilishiga sochlarga tushayotgan haddan tashqari yuklama sababchi bo'lishi ham mumkin. Masalan, sochlarni bo'yash, jingalak qilish, fen bilan quritish - bularning barchasi sochlarning salomatligi va bosh terisiga salbiy ta'sir qiladi.

* Ayollarda soch to'kilishi androgen alopetsiya, ya'ni gormonning sochlar ildiziga ta'siri tufayli erkaklar tipi bo'yicha kal boshlik bilan ham bog'liqdir.

Bolalarda soch to'kilishiga quyidagilar sababchi bo'lishi mumkin: moyxo'rak kasalligi va boshda singan sochlar mavjud uchastkalarning paydo bo'lishi, sochni tortib o'rish, autoimmun kasalliklari (tutamli alopetsiya). Bundan tashqari, bolalarda soch to'kilishi bog'chaga yoki maktabga borish bilan bog'liq kuchli stress tufayli kelib chiqqan bo'lishi mumkin.

3. Soch to'kilishini qanday to'xtatish mumkin?

Hozir soch to'kilishiga qarshi juda ko'p vositalar ishlab chiqilgan. Bunday vositalarning ommabop bo'lib ketayotgani zamonaviy dunyomizdagi ko'plab omillarga bog'liq: ekologik vaziyatning yomonlashuvi, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatliligining tushib ketishi, stress va kishilarning yomon salomatligi ko'payib borayotgani.

Sochlarning kuchli to'kilishiga faqat trixolog shifokor tashhis qo'yishi va davolashi mumkin. Odamlar asosan avitaminoz yoki turli surunkali kasalliklarning kuchayishi tufayli mavsumiy soch to'kilishidan shikoyat qilishadi.

Soch to'kilishiga qarshi xalq tabobati vositalari esa salonlarga bormasdan, sochlarini uyda mustahkam qilmoqchi bo'lgan kishilar orasida juda ommabopdir. Quyida sochlaringizni ko'p to'kilishdan saqlaydigan, ularni chiroyli, jiloga boy va qalin qiladigan bir nechta retseptlarni keltiramiz. Ularni bemalol uyda qilishingiz mumkin.:

1. Sochingiz juda yog'li bo'lsa, yuvilgan va quritilgan sochlarga va boshga qichitqi o't (krapiva) damlamasini surish kerak bo'ladi. Buning uchun bir osh qoshiq qichitqi o'tga bir stakan qaynab turgan suv quyiladi, damlanib qo'yiladi va keyin dokada suzib olinadi.

2. Ovqatdan oldin yangi uzilgan piyozni iste'mol qilish zaif sochlarni mustahkamlaydi.

3. Sochlar to'kilishiga qarshi ishlatiladigan yog'ni (masalan, sochlarni yuvishdan bir yoki yarim soat oldin chakamug' yog'i, zaytun yog'i) sochlarning iltiziga ishqalab surtish kerak. Shuningdek, buning uchun kanakunjut nastoykasi ham xuddi shunday sochlarning ildiziga ishqalanadi.

4. Jo'ka (lipa) damlamasi quruq sochlar to'kilishini to'xtatadi (ikki osh qoshik jo'kaga bir litr qaynab turgan suv quyiladi va yigirma daqiqaga damlab qo'yiladi). Ushbu damlamani sochlarni chayish uchun qo'llasa ham bo'ladi.

Bundan tashqari, uy sharoitida soch to'kilishiga qarshi niqoblarni ham tayyorlash mumkin:

1.Qariqiz (lopux)ning maydalangan ildizi (40 g) 10 kun davomida zaytun yog'ining ichiga solib qo'yiladi (10 kun) va 15 daqiqa past olovda qaynatiladi.

2. Konyak, piyoz suvi va qariqiz (lopux) ildizi damlamasidan iborat aralashma (1:4:6 qism) bosh terisiga ishqalab suriladi. Boshni sochiq bilan o'ragan holda niqob bir soat ushlab turiladi.

3. Qichitqi o't (krapiva) barglaridan tayyorlangan damlama (100 g) suv va sirka (500 g) bilan aralashtiriladi va yarim soat qaynatiladi. 40 daqiqa davomida tindirib qo'yiladi, dokada suzib olinib, keyin sochlarni ho'llash kerak.

Ko'p holatlarda soch to'kilishiga ularning sinuvchanligi ham sababchi bo'ladi. Soch to'kilishiga qarshi shampunlarning aksariyati aynan shunga qarshi ta'sir qiladi. Shampuningizning ta'sirini kuchaytirish uchun unga soch to'kilishiga qarshi qitaminlarni qo'shishning o'zi kifoya. Masalan, shunday vitaminlarga E vitamini kiradi.

Soch to'kilishiga qarshi vitaminlar turli niqoblar uchun asosga aylanishi mumkin. Ularni tayyorlash uchun ikki choy qoshiqdan limon suvi, A vitamini va yog'li E vitamini, kanakunjut moyi (kastorovoye maslo) va dimeksid (yallig'lanishga qarshi vosita) aralashtiriladi. Soch to'kilishiga qarshi moy soch ildizlari va sochning o'ziga suriladi, ustidan plyonka bilan, keyin esa sochiq bilan o'raladi yoki shapka kiyiladi. Bu niqobni bir soat ushlab turish kerak, so'ngra shampun vositasida yaxshilab yuvib tashlanadi.

4. Soch to'kilishida qaysi shifokorga murojaat qilish kerak?


Soch to'kilishi tashxisi va uni davolash bilan trixolog shifokor shug'ullanadi.


 
BAXORDate: Chorshanba, 13-Iyul-2011, 16:57 | Message # 14
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Ozib, qayta semirib ketmaslik uchun oddiy maslahatlar

Ozish qiyin jarayon bo'lsa-da, unga ko'pchilik erisha oladi. Bir hafta och yursangiz 2-5 kg gacha yo'qotish mumkin. Lekin muammo shundaki, bu 2-5 kg 1 hafta o'tmasdan ortig'i bilan yana qaytib keladi. Qarabsiz-ki ozganingiz, o'zingizni shuncha qiynaganingiz befoyda bo'lib chiqadi. Ozib, qayta semirib ketmaslik uchun to'g'ri ozish kerak. Quyidagi qoidalarga amal qiling.

1 - qoida
Yotishdan oldin 3 soat ovqatlanmang. Uyquda kalloriyalar yoqqa aylanadi.

2 - qoida
Ko'p suv iching. Ovqat tez hazm qilinib yoqqa emas, energiyaga aylanishi uchun kuniga kamida 3 litr suv iching.

3 - qoida
Yog'lardan yiroq bo'ling. Yog'lar kalloriyaga eng boy mahsulotdir. Ayniqsa go'sht va sutdagi yog'lar badan ter osti yog'iga tez aylanadi.

4 - qoida
Bir o'tirishda ko'p emas, balki tez-tez oz-ozdan ovqatlanish kerak.

5 - qoida
Jismoniy tarbiya bilan har kuni shug'ullaning. Masalan, haftada 2 marta basseynda suzish yaxshi, lekin ozish uchun foydasi katta emas. Ozmoqchi bo'lsangiz, jismoniy mashg'ulotlarni har kuni o'rtacha og'irlik bilan bajarish lozim.

6 - qoida
Meva va sabzavotlardan ko'p iste'mol qiling. Ozayotgan organizm vitaminlarga ehtiyoji katta bo'ladi. Meva va sabzavotlardagi tabiiy vitaminlar organizm tomonidan oson qabul qilinadi, undan tashqari ovqat hazm qilish sistemasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

7- qoida
O'zini erkalash. Ozayotganda odam istagan narsasini yeya olmaganidan xafa bo'ladi. Shuning uchun haftada bir marta o'zingiz istagan mazali yeguliklardan me'yorida yeyishingiz mumkin. Shunda ozish stressga aylanmaydi.

8-qoida
Dam olish. Agar har kungi jismoniy mashg'ulotlar, me'yoridan kam ovqatlanish sizni psixologik va jismonan holsizlantirib qo'ygan bo'lsa, organizmingizga dam bering. Bir-ikki kun davomida jismoniy mashg'ulotlar qilmasdan, o'rta me'yorda ovqatlaning.

9-qoida
"Fast food", ya'ni tez tayyor bo'ladigan gamburger, qovurilgan kartoshkasi kabi yeguliklardan voz keching. Ularning 80% hazm bo'lmay yoqqa aylanadi.

10-qoida
Ovqatlanish me'yorini biling. Ozayotgan paytingizda ovqatdan butunlay voz kechib emas, balki ar doimgi ovqatlanadigan portsiyani yarmini yesangiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

Shuni unutmang, qancha sekin ozsangiz, natijasi shuncha uzoq davom etadi. Bir haftada yoki 1 oyda ozishni niyat qilsangiz, u holda keyingi 1 oyning ichida yo'qotgan vazningizdan yanada ko'proq killogramga semirishingizni inobatga oling.


Amerikalik taniqli dietolog Kris Atseto maslahatlari


 
OSIYODate: Payshanba, 14-Iyul-2011, 16:15 | Message # 15
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Аллергиядан кутулмокчи бўлсангиз


Иложи борича ўзингизни аллергенлардан йирок тутинг: Яшаш жойингиздаги ўсимликларнинг гуллаш пайтида бошка ерга дам олишга боринг;
Сувга якин жойда ва чанг кам бўлган жойларда дам олинг (имкони бўлса денгизга якин жойда);
Кечаси деразаларни ёпиб ётинг: эрталаб мирикиб ухлаётган пайтингизда ўсимлик чангининг кўп микдорда хавога ажралиши юз беради. Кундузи ўсимлик чанги камрок ажралади;
Деразаларга бир неча кават докадан иборат фильтр ўрнатинг ва уни намлаб туринг;
Шахар ташкарисига автомобилда чикканда машина ойналарини ёпиб юринг;
Уйда бирор жонивор (куш, хайвон, балик) бокишдан аввал яхшилаб ўйлаб кўринг;
Уй хайвонларингизни хеч качон ётокхонага киритманг;
Хайвонларни мунтазам чўмилтириб боринг;
Мунтазам равишда (хафтасига 1 2 марта) уйингизни тозаланг;
Иложи бўлса нам тозалашни амалга оширувчи чангютгичдан фойдаланинг;
Имкони борича тозалаш ишларини аллергияси бор бемор бажармаслиги, бундай холат юзага келганда эса намланган докали маска ёки респиратордан фойдаланмоги зарур;
Имкони борича уйдаги чанг манбаларидан (гиламлар, китоблар, пардалар, куритилган гуллар, юмшок ўйинчоклар, юмшок мебел, эски кийимдан) халос бўлинг;
Китоб жавонлари албатта ойнаванд бўлиши шарт;
Кўрпа тўшаклар учун химоя коплам (жилд)ларидан фойдаланинг;
Парёстиклар ва жундан тайёрланган кўрпаларни синтетик материалдан тайёрланган ёстиклар ва кўрпаларга алмаштиринг, уларни хар хафта 60 даража хароратда ювишга харакат килинг;
Чойшаб ва ёстик жилдларини хамда ичкийимларни мунтазам алмаштириб туринг, ишлатишдан аввал дазмолланг;
Мунтазам равишда кўрпа тўшакларни кокиб туринг. Кокиш пайтида хавода чангнинг микдори кўпайиши туфайли дока маска ёки респиратордан фойдаланинг;
Турли ўсимликлар чанги ва ўсимлик экстрактларини таркибида сакловчи фитопрепаратлар ва биологик фаол кўшимчалар, пардоз воситаларидан иложи борича фойдаланманг.
Аллерген ўсимликларнинг гуллаш даврларида:
Шамолли, курук ва иссик хавода, айникса, ўсимликнинг максимал чангланиш вактида (5дан 7гача, 17дан 19гача) сайрга чикманг;
Ёмгирдан сўнг сайр килинг (бунда ўсимлик чанги ерга ёпишган бўлади);
Кўчадан уйга кирганда душ кабул килиб, огиз, бурун ва кўзингизни чайиб, кийимингизни алмаштиринг;
Кўчага чикаётганингизда куёшдан химоя килувчи кўзойнак такинг.
Гўзаллик талаб этувчи омиллар
1. Инсон соглом бўлса, унинг кўриниши хам бежирим бўлади. Ўз навбатида соглом бўлиш учун организмни тозалаб туриш даркор. Бунинг энг осон усули кўпрок сув (газланмаган, оддий ичимлик суви) истеъмол килишдир. Маслахатимиз: имкон кадар сув (кунига камида 7 8 стакан) ичиб, организмни тозаланг, бу сизнинг ташки кўринишингизга ижобий таъсир кўрсатади.
2. Ўз вактида юзингизни косметик бўёклардан тозалашни унутманг. Хар куни уйкуга кетишдан аввал албатта юзингизни ювиб олинг.
3. Соч турмаклари учун кўлланиладиган лак, гел хамда мусс каби воситалардан фойдаланганда, соч толангиз юзингизга тушмаслигига эътибор беринг. Бу воситалар чангни ўзига тез ютиб олади ва ўз навбатида юзингизга соч толангиз билан чанг хам тушади хамда юзингизнинг чиройли кўринишига салбий таъсир кўрсатиши мумкин.
4. Косметолог хузурига «юз тозалаш учун» ойига икки борадан кўпрок бориш такикланади. Чунки косметологлар юзларни тозалаш учун кимёвий воситалардан фойдаланиши мумкин. Имкон кадар юз парвариши учун табиий воситалардан фойдаланинг.
5. Уйкуга кетишдан аввал юзингизга крем суртишни тавсия этамиз. Уйкуга кетганда инсон юз териси янгиланади. Айникса, курук юз терили инсонлар учун ухлашдан олдин крем суртиш фойдали. Чунки кечаси кундузига караганда кремнинг таъсири кўпрок бўлади.

6. Табиат неъматларидан тайёрланадиган никоб ва шунга ўхшаш бошка тозаловчи хамда парваришловчи воситалардан кўпрок фойдаланинг.
7. Гўзал бўлишнинг асосий коидаси эса бу тоза хаво ва тўйиб ухлашдир. Ёмгир ёккандан сўнг сайр килинг ва ўз вактида ухлаб, дам олинг.
8. Таркибида ёг кам бўлган сут махсулотлари А витаминининг кони хисобланади. Айнан шу витамин инсон терисининг чиройли бўлишига сабабчидир. Ёгсиз катик нафакат кўринишингизга, балки соглигингизга хам ижобий таъсир ўтказади.
9. Меваларни кўпрок тановул килинг. Малина, коракат каби тотли мевалар гўзаллик сари элтувчи табиат неъматлари хисобланади.
10. Кўк чой, мойчечак каби ўсимлик дамламаларидан кўпрок ичиб туринг.
11. Терингиз тиник бўлиши учун бодом еб туринг.
12. Ёгсиз творог калций хамда антиоксидантларга бой. Антиоксидантлар организмга таъсир кўрсатувчи ташки таъсирларни бартараф килишга ёрдам беради.

халк табобатидан олинди.
 
OSIYODate: Dushanba, 25-Iyul-2011, 12:54 | Message # 16
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Salomatlik

 
OSIYODate: Shanba, 06-Avg-2011, 07:57 | Message # 17
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Qora choy - insulin o'rnini bosadi



Shotlandiyalik olimlar qora choy qandli diabetga chalingan bemorlarga ijobiy ta’sir qilishini aniqladi. Bunday choyning tarkibidagi polifenol moddasi insulin o‘rnini bosar ekan. Shifokor Endryu Keysning aytishicha, muntazam qora choy iste’mol qilish inson organizmida qandli diabet xastaligi rivojlanishiga qarshi immunitet hosil qiladi.
 
OSIYODate: Shanba, 06-Avg-2011, 08:14 | Message # 18
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Sistit



Sistit qanday kasallik? Sistit qovuq shilliq qavatining yallig`lanishidir. Statistika shuni ko`rsatadiki, 20% ayollar sistitning u yoki bu turiga yo`liqqanlar, 10% esa surunkali sistit bilan og`riydilar. Sistitda nimalar bezovta qiladi? · Qorinning past qismidagi og`riq.

· Tez-tez hojatxonaga borish
· Siydikning oz miqdorda chiqishi

· Jinsiy a’zolardagi achishish
Davolash Tekshiruv o`tkazgandan so`ng shifokor-urolog antebakterial va yallig`lanishni yo`qotuvchi dori-darmonlar bilan bemorni davolaydi. Bundan tashqari qovuqdagi qonning mikrosurkulyasiyasini yaxshilaydigan preparatlar va fizioterapevtik muolajalar ham foyda beradi. Noto`g`ri davolash yoki kasallikni o`tkazib yuborish sistitning surunkali formaga o`tishiga sabab bo`lishi mumkin. Bu holda og`riq va yoqimsiz hissiyotlar kamayadi yoki umuman yo`qoladi, lekin yallig`lanish prosesi davom etaveradi, natijada keyinchalik kasallik yanada o`tkir ko`rinishda namoyon bo`lib, uni davolash ancha qiyinlashadi. Sistitga nima sabab bo`ladi? 80% holatda sistitga ichak bakteriyalari sabab bo`lib, ular qovuqqa uretra orqali tashqi muhitdan kiradi. Bunga asosiy sabab ayollar jinsiy va siydik yo`li organlarining o`ziga hos anatomik tuzilishga ega ekanligidir: · Qisqa (2-5 sm) va keng uretradan mikroorganizmlar qiyinchiliksiz o`ta oladilar. · Jinsiy a’zo va yo`g`on ichak uretraga yaqin joylashgandir. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmaslik yoki jinsiy yaqinlik oqibatida mikroblar uretraga, u yerdan esa qovuqqa o`tishi mumkin. · Shuningdek, mikroorganizmlar qovuqqa organizmdagi boshqa surunkali yallig`lanish o`choqlaridan qon va limfa suyuqligi bilan kelishi mumkin. · Mikroorganizmlar buyrakdan siydik bilan kelishi mumkin. Bundan tashqari allergik sistitlar, toksik va infeksion bo`lmagan komponentlardan kelib chiqqan sistitlar ham ma’lumdir, lekin ular nisbatan kam uchraydi. Mikroorganizmlarning qovuqqa tushishining o`zi kasallikka olib kelmaydi. Qovuqning ichki tomonidagi qoplama mikroblarning shilliq qavatga yopishishiga to`sqinlik qiladi. Sovuq o`tishi, vitamin yetishmovchiligi, toliqish tufayli yuz beradigan immunitet pasayishi himoya qoplamasining yemirilishiga olib keladi. Natijada bakteriyalar qovuq shilliq qavatining hujayralariga yopishib yallig`lanishni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari yallig’lanishga ko`p o`tirish yoki o`ta tor kiyim kiyish natijasida qovuq va kichik tosda qon aylanishining buzilishi ham sabab bo`lishi mumkin. Sistit tashxisi Sistit o`ta noxush kasallikdir. U qorinnig past qismida og`riq paydo bo`lishi bilan boshlanadi. Og`riq qovuqning to`lib borishi sayin yanada zo`rayadi. Siydik chiqarish paytida kuchli og`riq, tashqi jinsiy a’zolarda achishish kuzatiladi. Qovuqda oz miqdorda siydik to`planishi ham hojatxonaga boorish ishtiyoqini keltirib chiqaradi. Hattoki bemor har 15-20 minutda hojatga qatnaydi. Bu hol nafaqat kunduzi, balki kechasi ham takrorlanaveradi. Siydikning rangi xiralashib, ba`zan qontalash tusga kiradi.
Sistit profilaktikasi: · Surunkali stress, uyqusizlik, sovuq qotishdan himoyalanish. · Parhezga e’tibor berish: meva va sabzavot iste’mol qilishni ko`paytirib, achchiq, yog`li, qovurilgan va dudlangan yeguliklardan tiyilish. · Kuniga 2-2,5 litr suyuqlik ichish. · Qovuqda uzoq vaqt siydik to`plamaslik

· Shaxsiy gigienaga amal qilish (jinsiy a’zolarni yuqoridan pastga emas, pastdan yuqoriga yuvish maqasadga muvofiqdir, bunda bakteriyalarning siydik yo`liga o`tishining oldi olinadi).
 
OSIYODate: Dushanba, 08-Avg-2011, 08:02 | Message # 19
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Asabiylashmaslik va asabiylashganda....

Инсон ҳаёт оқимида кема мисол сузар экан, турли тўлқинларга, қояларга, тўқнашувларга дуч келади. Булар эса инсонни асабийлашишга мажбур қилади.
Агар кундалик кун мисолида олсак, кунига турли сабабларга кўра камида 4-5 марта асабийлашмайдиган инсон бўлмаса керак назаримда. Лекин, асаб толалари қайта тикланмайди.
Асабийлашмаслик учун нималар қилиш керак?

Асабийлашмаслик ва асабийлашганда тинчланиш учун 30 усул:
1. 10 дақиқа очиқ ҳавода сайр қилинг. Бунда хотиржам тортиб, ўзингизни енгил ҳис қиласиз.

2. Ўзингиз ёқтирган (фақат сокин) мусиқа тингланг. Бунда мия дам олиб, асаб тинчланади.

3. Очиқ ҳавода бирор юмуш билан шуғулланинг. Масалан, гулларни тагини юмшатинг ёки ҳовлида бирор юмуш бажаринг.

4. Доим ўтмишингиз ҳақида гапиришни бас қилинг. Агар бундай қилиш қўлингиздан келмаса ва одат бўлиб қолган бўлса, мутахассис психологга мурожаат қилинг, ҳамда ўтмишингиз ҳақида унутинг. Доим ҳаётдан орқада қолмасликка ҳаракат қилинг ва бугунги кун билан яшашга интилинг.

5. Сокин нафас олинг. Бундай қилиш билан ўзингиздаги оғир руҳий зўриқишни бироз чиқариб ташлаш мумкин.

6. 10 гача сананг. Бундай қилиш, айниқса муҳим қарор қабул қилишда ва баъзи муҳим ишларни бажаришда жуда асқотади. Чунки, 10 гача санагунча хаёлингизни бир жойга жамлаб оласиз ва аниқ фикрга келасиз. Бундан ташқари, асабийлашганда 10 гача санаб, енгил нафас олиб, бироз тинчланиш мумкин.

7. Ўзингизга ўзингиз тинчлантирувчи ва кайфиятни кўтарувчи сўзларни овоз чиқармай ичингизда айтинг. (лекин бундай ишга жуда берилиб кетмаслик керак) Бу ҳам бироз тинчлантиради. Масалан, "мен жуда хотиржамман”ёки "шунга ҳам асабийлашаманми, асабийлашишга арзимайди”, "мен жуда босиқ одамман, бундай майда гапларга асабийлашмайман” каби.

8. Ўзингизни асранг! Ҳеч қачон ўзингизни айблаб, ўзингизни койиманг! Бундай қилиш асабни ишдан чиқаради.

9. Асабийлашганда ётиб дам олиш ёки ухлаш ҳам ёрдам беради. Чунки, инсон кўп толиқса, асабийлашади.

10. Бирор бир дўстингиз билан суҳбатлашинг, телефонда бўлса ҳам. Энг муҳими, у сизни тинглай оладиган ва сизни яхши кўриб, ҳурмат қиладиган инсон бўлсин. Негаки, бундай пайтда суҳбатдош сизни тинглай олиши, тушуниши керак.

11. Асабийлашганда аччиқ қора чой, кофе каби таркибида кофеин мавжуд ичимликларни ичманг. Булар янада асабийлаштиради.

12. Массаж олинг. Тана зўриқишидан ҳам асабийлашиш мумкин, шунда массаж ёрдам беради.

13. Кунлик режа тузиб олинг, шунда ҳамма ишга улгурасиз. Натижада эса асабийлашмайсиз.

14. Ҳеч қачон шошилманг. Бу ёмон одат. Бундай одат, стрессга ҳам олиб келиши мумкин.

15. Жуда ҳам кўп, яъни узлуксиз ишлаш ҳам соғлиққа тўғри келмайди. Вақтингизни тўғри тақсимланг. Дам олиш ва оилангиз учун ҳам вақт ажратинг. Чунки, дам олмай ишласангиз бу асабга ҳам таъсир қилади.

16. Агар бирор ишни бажара олмасангиз ёрдам сўрашдан уялманг. Негаки, ўша ишни бажара олмаганингиздан сиқилиб, асабийлашгандан кўра, ёрдам сўраб, бажариб, тинчланганингиз маъқул.

17. Баъзи пайтларда ҳазил ҳам фойдали. Дўстлар ва яқинлар билан ҳазиллашиб туриш керак.

18. Бугунги кун билан яшаб, эртага режалар тузинг. Ўзингизни ўзингиз ташвишга солманг. Ишларга жиддий қаранг, лекин ўзингизни ўша ишларни қилишим керак, қила олмасам нима бўлади – деб қўрқитманг.

19. Ўзингизни қийнаётган муаммони қоғозга ёзинг. Кейин ўша қоғозни ёки йиртиб ташлаб юборинг, ёки ёқиб юборинг. Хаёлан муаммолар ҳам шундай йўқ бўлишига ўзингизни руҳан тайёрлаган бўласиз.

20. Доим табассум қилинг ва жилмайинг. Яхши кайфиятда бўлишга ҳаракат қилинг. Кулгили комедик фильмлар томоша қилинг.

21. Бургутлар ҳеч қачон пашша билан озиқланишмайди. Сиз ҳам майда нарсаларни асаб бузишга арзимайди деб ҳисоблашни ўрганинг. Масалан, озгина пулингизни йўқотиб қўйсангиз, ёки бирор нарсани бирор ерда унутиб қолдирсангиз, бирортаси сиз ҳақингизда ёмон гап гапирса ва шу каби ҳолатларда, буларни барчасини "асабийлашишга арзимайди” деб ҳисобланг! Кимдир ҳар хил гаплар билан асабингизни бузмоқчими? Эътибор қилманг! Орқангизга ўгирилиб қараманг! Буларни барчаси "асабийлашишга арзимайди!”

22. Уйингизни йиғиштириб, тозаланг. Тартиб интизом бу стрессни олдини олишни яна бир усули. Уйингизда ўзингизни қулай ҳис этсангиз, асабийлашмайсиз.

23. Оптимист бўлинг! Кайфиятингизни туширманг! Ўзингизни қўлга олинг!

24. Идеал бўлишга уринманг! Ҳеч ким бу оламда идеал эмас. Камчиликсиз инсон йўқлигини тан олинг. Агар ҳаддан ортиқ идеалликка уринсангиз, бу стрессга олиб келади.
 
OSIYODate: Dushanba, 08-Avg-2011, 08:03 | Message # 20
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
25. Ҳамма нарсани ўз назоратингизга олмоқчи бўлишни бас қилинг! Ўзингизни бўш қўйинг ва қўлингиздан келадиган ишни қилинг. Балки ниманидир назорат қила оларсиз, лекин ҳамма нарсани эмас. Буни тан олинг. Аниқ мақсадингизни белгилаб олинг ва хотиржам ҳаракат қилинг.
26. Жуда ҳам асабийлашсангиз, бир стакан муздек минерал сув ёки ўзингиз ёқтирган шарбатдан ичинг. Бу ҳам тинчлантиради. Бир пиёла муздек ширин кўк чой ҳам фойдали.
27. Асабийлашган вақтингизда бир зум жим бўлинг. Фикрингизни бир ерга жамлаб, бир нуқтага тикилиб туринг. Бу ҳам тинчланишга ёрдам беради. (иложи бўлса ўтириб олинг)

28. Агар асабийлашганингизда иссиқ жойда бўлсангиз, дарҳол вентилятор қаршисига бироз туриб олинг ёки совуқроқ хонага ўтинг. Чунки, иссиқдан асабийлашаётган ҳам бўлишингиз мумкин.
29. Агар биров асабингизни бузса, ўйлаб кўринг ўша инсон сиздан юқорими ва асабийлашишнгиз учун арзийдими? Сиз уни ўрнида бўлсангиз, ҳаётдан хурсанд бўлармидингиз? Шундай экан, яхшиси ўзингиз эришган муваффақиятларни кўз олдингизга келтиринг ва кайфиятингизни бузманг.
30. Жуда ҳам асабийлашсангиз ёки кайфиятингиз бўлмаса, севган инсонингиз ҳақида ўйланг. Уни табассумини кўз олдингизга келтиринг. Қарабсиз-ки, кайфиятингиз кўтарилади.

АГАР БУ УСУЛЛАРДАН ФОЙДАЛАНА ОЛМАСАНГИЗ

ЁКИ АСАБИЙЛАШИШ СИЗГА ОДАТ БЎЛИБ ҚОЛГАН БЎЛСА,

УНДА 1 ДАҚИҚАДА АСАБНИ ТИНЧЛАНТИРИШНИНГ
3 УСУЛИ СИЗ УЧУН:
1. Хаёлингизни бир ерга жамланг ва хаёлда визуал образ яратинг. Яъни, асабийлашганда биринчи навбатда ўтириб олинг, ўзингизни бўш қўйинг. Сокин нафас олиб, кўзларингизни юминг. Кўз олдингизга оппоқ тиниқ сувни келтиринг. Совуқ эмас, илик ва ёқимли оппоқ сув ҳақида ўйланг. Тасаввур қилинг, хона ўша сув билан тўла, сув кўпайиб, сизни бутунлай ўз оғушига олмоқда. Аввал, тиззангизгача, кейин елкагача, бўйингача. Сиз ўша сувда дам оляпсиз. 30 секундча шундай хаёл суринг. Кейин эса, тасаввур қилинг, сув полдаги тешикдан чиқиб кетяпти ва камайиб йўқ бўлиб кетмоқда. Ўша сув билан сизни ҳамма муаммоларингиз ва асабийлашишингиз ҳам йўқолиб кетмоқда. Сув сўнгги томчисигача йўқ бўлиб кетди деб ҳисобланг.
Чуқур нафас олинг ва кўзларингизни очинг.
2. Бир неча дақиқага ёлғиз қолинг. (Агар ювиниш хонасига кириб олсангиз янада яхши) Қўлларингизни муздек сувга чайиб, сўнг бўйнингизни секин силаб массаж қилинг. 40 секунд давомида массаж тезлигини ва қаттиқлигини тезлаштиринг. Сўнг яна секинлаштиринг. Массаж охирида яна бир марта қўлингизни музда сувда чайиб, бўйнингизни силаб, массажни тугатинг.
3. Чуқур нафас олинг ва қўлингизга бирор қаттиқроқ мато олинг. (Қуруқ мато бўлиши керак) Бу дағал сочиқ ҳам бўлиши мумкин. Бор кучингиз билан сочиқни маҳкам сиқиб ушланг. Яхшилаб ғижимланг. Бураб айлантиринг. Кўзларингизни юминг (бу ишларни қаттиқ зўриқиш билан бажаринг) кейин эса дарҳол кафтларингизни очинг ва сочиқни ерга тушириб юборинг. Дарҳол ўзингизни бўш қўйинг. Хаёлингизда бор муаммолар ва ташвишларни шу сочиқ каби ерга ташлаб юбордим деб ҳисобланг. Ўзингизни бўш қўйиб, сокин нафас олинг ва кўзингизни очинг.

Нима бўлганда ҳам ҳаётдаги ташвишлар ўткинчи. Сиз ўзингизни бахтли инсонлар сафидаман деб ҳисобланг. Асабийлашманг ва асабингизни асранг!
 
OSIYODate: Juma, 12-Avg-2011, 17:30 | Message # 21
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Qon guruhlari yohud Qon guruhida yashirilgan sirlar...
Azal-azaldan odamlar boshqalarning a'lomatlariga qarab ularning fe'l-atvorini xatosiz aniqlashga xarakat qilib keladilar. Qosh, ko'z, quloqning inson xislati bilan bog'liqlik tomonini topishga haligacha urinishadi. Yaqinda g'arb shifokorlari qon guruxiga qarab ham odamning ichki dunyosini bilish mumkin, degan fikrga keldilar. Bu qanchalik to'g'ri ekanligini quyida tekshirib ko'ring
Birinchi qon guruhi:
Bu guruhga mansub kishilar muhabbatda ham, ishqiy o'yinlarda ham yetakchilik qilishni istashadi. Shu bilan birga, ular noo'rin, kuniga 24 soat o'zi bilan o'zi ovora bo'lib, yaqinlarining kayfiyati, his-tuyg'ulariga e'tibor bermaydilar. Shunday bo'lsa-da, ular orasida vafodorlari ham ko'p uchraydi.
Ikkinchi qon guruhi:
Ikkinchi qon guruhidagilar haqiqiy konservatorlar hisoblanishadi. Biroq buni bildirmaslikka harakat qilishadi. Ishqiy o'yinlarga yangilik kiritishni istashmaydi. Oltinchi tuyg'usi boshqalarnikidan ko'proq rivojlangan bo'ladi. Ular xiyonatni darhol sezishadi. Shu bilan birga, o'zlari ham vafodor bo'lishmaydi. Tez-tez sevib qolishadi. Hislari uzoq cho'zilmasada, kuchli bo'ladi.
Uchinchi qon guruhi:
Biroz g'alati bo'lishadi. Ular niyatiga erishish uchun barchasiga tayyor turishadi. Ishqiy o'yinlarda faqat o'zini o'ylashadi. Biror kishini sevib qolsa, uni qo'lga kiritmaguncha tinchishmaydi. Hayratda qoldirish uchun hech nimadan toyishmaydi. Ular juda ehtirosli jazmanlardir. Erkalashlariga o'rganib qolgan odam boshqani seva olmaydi va uning o'yinchog'iga aylanib qoladi.
To'rtinchi qon guruxi:
Bu qon guruhi egalari nisbatan kam uchraydi. Ular ko'pincha g'amgin, jiddiy, yolg'iz bo'lishni yaxshi ko'rishadi, boshqalar bilan kelishishi qiyin. Bunday kishining ishonchini qozonsangiz, juda samimiy odamning do'stiga aylanasiz. Bir qator faylasuflar to'rtinchi qon guruhi sohiblarini juda ishchan, deb bilishadi. To'satda tortinchoqligi yo'qoladi. Juda vafodor bo'lishadi. Biroq uning ehtirosini uyg'otish bir muncha qiyin kechadi.
Baxt formulasi:
Muhabbatda farqli qon guruhi egalari bir-birlariga unchalik to'g'ri kelmaydi, Juftliklarni o'rgangan bir guruh tadqiqotchilarning fikricha, birinchi qon guruhi ikkinchi yoki uchinchi guruh egalari bilangina baxtlarini topishlari mumkin ekan. Bunday oshiqlar bir-biriga juda mos kelishadi. Barcha munosabatlarda!
Olimlarning fikricha, ikkinchi qon guruhidagilar uchinchi qon guruhi egalari bilan turmush qurishmagani ma'qul ekan. Munosabatlar faqat qisqa vaqt davom etadi. Asosiysi, ular vaqtida bir-birini tark etishlari kerak. Aks holda, ularning hayoti dramaga aylanish ehtimoli bor.
To'rtinchi qon guruhi egalari birinchi qon guruhi sohiblari bilan umuman kelisholmaydi. Bunday juftlik birbirini «yeb qo'yishi» ham mumkin. Shifokorlarning fikricha, to'rtinchi qon guruhi sohiblari ikkinchi va uchinchi qon guruhi egalari bilan baxtli bo'lishadi. Ular bir-birini to'ldirib turadi, barcha munosabatlarda uyg'unlikka erishadi. Ikkinchi qon guruhining xushchaqchaqligi to'rtinchi qon guruhi g'amginligini yo'qotadi. Bunday juftlik munosabatlari o'zaro ishonch va samimiylikka asoslaydi
 
OSIYODate: Juma, 12-Avg-2011, 17:33 | Message # 22
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Сув ичинг!

Касалмисиз? Сув ичинг! Агар кайфиятингиз тушкун ва иштаҳангиз бўлмаса, еманг, балки сув ичинг. Ёки аксинча, ўзингизни яхши ҳис қилаётганингизда ҳам сув ичинг. Мутахассисларнинг таъкидлашича, ҳар куни камида бир ярим литр сув ичиб туриш керак. Қуйида доктор Малаховнинг тавсиясини келтирамиз...
ПРОТИЙЛИ
Эмал ёки шиша идишга сув солиб, музлаткичга қўйинг. Идиш четида музлар пайдо бўлгач, уни музхонадан оласиз. Ичидаги сувини эса бошқа идишга солиб, яна музлаткичга қўясиз. Олдинги идишда қолган музни эса ташлаб юбориш мумкин. Энди идишдаги сувнинг ярми музлагунича кутишингиз керак бўлади. Бу жараён юз бергач, идиш ичидаги музлаб улгурмаган сув тўкиб юборилади. Қолган муз эса протийли сув! Унинг организмга фойдаси катта бўлиб, хилтлардан тозалайди.
МАГНИТЛИ


Магнитланган сувни танамиз жуда яхши қабул қилади. Бундай суюқлик организмни турли хилт ва тиқилмалардан яхши тозалайди ва танамизнинг намлик билан меъёрида таъминланишига ёрдам беради.

Бунинг учун воронка (асбоб) олиб, унинг икки томонига бир-бири билан тортишадиган оҳанрабони маҳкамлайсиз. Асбоб тайёр. Энди ундан сувни ўтказиш керак. Бундай сувни ичиб кўриб, одатдагидан мазалироқ эканини дарров ҳис қиласиз. У организмни тозалайди.
 
OSIYODate: Shanba, 13-Avg-2011, 05:41 | Message # 23
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Рўза ва саломатлик
Рўзанинг инсонга келтирадиган фойдалари ҳақида гап кетар экан, унинг инсон саломатлигига нисбатан ўта фойдали эканлиги энг кўп гапириладиган мавзуълардан бирига айланиб қолганини айтиб ўтмоқ лозим. Ҳа, бу ҳақда бугун бутун дунё гапирмоқда. Бундан аввал ҳам гапирган. Фақат худосиз коммунистларгина рўза киши саломатлиги учун зарарли, дейишар эди. Ўзларига илм нисбатини берган бу жоҳиллар яқин-яқингача одамларга рўза соғликни бузувчи энг катта омил эканини уқтирмоқчи бўлиб келдилар. Рўза яқинлашиши билан коммунистик ахборот воситалари унга қарши ташвиқот ишлари бошлар эди. Ҳамма жойларда "Билим жамияти" деб номланган жаҳолат марказларининг гумашталари одамларга рўзанинг зарарлари ҳақида маъруза ўқишни бошлар эдилар. Табиб номига доғ туширувчи оқ кийимли кишилар эса, асосан тиб номидан қора ишларни қилиб, рўзани инсон соғлигига зарар, деб сафсата сотишар эдилар. Ишхона, ўқув юртларида рўзадорларга қарши кўрилган жазо чораларини гапиришнинг ўзи инсоният учун ор-номус. Лекин шу билан бир вақтда, Исломдан, Қуръондан, шариатдан умуман бехабар халқ ва юртлар вакиллари улардаги билим ва тиб хизматлари рўзанинг инсониятга, хусусан соғлик соҳасида қанчалик фойдали эканлиги ҳақида кашфиётлар қилишар, тажрибалар ўтказишар, илмий асарлар ёзишар эдилар. Энг қизиғи ўша рўзанинг, ихтиёрий оч қолишнинг фойдаси ҳақида гап кўтарганларнинг кўзга кўринганлари биздаги худосизларнинг катта оғалари ўрислар ичида эди. Кейинроқ бошқа тараққий этган давлатларда бу борада анча ишлар қилинганлиги аниқ бўлди. Жумладан, Англия, Франса, Олмония ва АҚШдаги олимлар кишиларни очлик билан даволаш ҳақида сезиларли натижаларга эришдилар.
Рус профессори Николаев ва шерикларини очлик билан даволашлари ҳақида юқорида тўхталиб ўтдик.
Америкалик мутахассис Пол Брегг бўлса ўзининг эллик йиллик шахсий таржибаси маҳсули ўлароқ "Мўъжизакор очлик" деб аталган китобини ёзди. Дунёдаги кўплаб тилларга таржима қилинган бу китоб, рўза инсон соғлиги учун энг зарур омил эканлигини ташвиқотчисига айланди. Инсон соғ-саломат бўлай деса рўза тутиши зарур экан. Бу эса Имом Табароний ўзларининг "ал-Авсат" китобида Пайғамбаримиз саллоллоҳу алайҳи васалламдан ривоят қилган: "Рўза тутинглар саломат бўласизлар", деган ҳадиси шарифнинг илмий тасдиғидир.
Энг ажабланарлиси, рўза билан даволовчилар киши соғ-саломат юриши учун йилига 28-32 кун ихтиёрий оч қолиши керак деган хулосага келганлар. Аллоҳ таоло эса бу муддатнинг ўртачаси 30 кун Рамазонни биз мусулмонларга бундан 15 аср илгари фарз ибодати қилиб қўйган. Буюк ватандошимиз Шайхур раис Ибн Сино ҳам кишиларни очлик йўли билан даволаган.
Ҳозирги кунимизда Сурия бош муфтийси Шайх Аҳмад Куфтару ҳазратлари Ислом оламида рўза билан даволаш бобида анча шуҳрат қозонганлар. Айниқса у кишининг ҳузурларида машҳур спортчи, асримиз бокс тарихи афсонасига айланиб қолган жаҳон чемпиони Муҳаммад Алининг шифо топиши катта шов-шувга сабаб бўлди. Баъзи аъзолари қалтирайдиган касалга мубтало бўлган Муҳаммад Али шифо излаб бормаган жойи қолмаган эди. У ўзини даволатиш учун 30 милион доллор сарфлаган, аммо бирор натижага эришмаган эди. Аллоҳ унга йигирма кунлик очликдан сўнг шифо берди. Яқинда, очлик билан саратон-рак касалидан шифо топган одамлар ҳақида ҳам хабарлар тарқалди. Ана шунда фойдали нарсани биз мусулмонларга савоб маънавий ибодат қилиб қўйган Аллоҳ таолога ҳамду санолар бўлсин.

 
OSIYODate: Payshanba, 18-Avg-2011, 02:09 | Message # 24
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
O’z qomadingizni saqlash yoki semirib ketmaslik uchun nima qilish kerak?



1Qanchalik shininlik yoki shokoladni yaxshi ko’rmay yemaslika va o’zingizdan yiroq tutishga harakat qiling...

2.Shirinlikni o’rniga sabzovotlardan foydalaning...Karam,sabzi, bodring, va sholg’om deyarli barcha sabzovotlarni yeyishni kanda qilmang...

3.Yog’li bo’lgan ovqatlarni yanada yog’siz qilib yeyishni va tayorlashni o’rganing...Yog’li bo’lgan yani (qo’y go’shtini ko’p yeyish ham tafsiya etilmaydi).Salatlarga yog’ mahsulotlarni kamroq soling..Yoki bo’lmasa salatga yog’ o’rniga boshqa mahsulotlardan foydalaning..

4.Ko’p suv istemol qiling ...Ovqat yeyishdan oldin ham 2 stakan suv ichib oling...Ovqat hazm bo’lishida yordam beradi, va odam organizimida yog’ ko’payib semirishni oldini oladi. Shunday ekan kuningiz mobaynida odaiy suvdan ichib turing..

5.Iloji bo’lsa ichayotkan suvingizga yoki sharbatingizga muz qo’shib iching.

6.Kechki ovqat yoki abetga go’shtli va yog’li ovqatlarni istemol qilmay qaytatilgan sabzovotlardan yeng...Mevalar odam organizimi uchun juda foydali. Iloji bo’lsa meva yiyishni kanda qilmang...kuniga 2tadan ko’p har xil mevalardan yeng.

7.Har bir yeyotkan ovqatingizga etibor bering.Tog’ri ovqatlanishga harakat qiling . Yeyotkan ovqatingiz foydalimi yoki faqatgina ortiqcha vazn bera oladimi sizga? Shular to’g’risida uylab ko’ring....

1Qanchalik shininlik yoki shokoladni yaxshi ko’rmay yemaslika va o’zingizdan yiroq tutishga harakat qiling...

2.Shirinlikni o’rniga sabzovotlardan foydalaning...Karam,sabzi, bodring, va sholg’om deyarli barcha sabzovotlarni yeyishni kanda qilmang...

3.Yog’li bo’lgan ovqatlarni yanada yog’siz qilib yeyishni va tayorlashni o’rganing...Yog’li bo’lgan yani (qo’y go’shtini ko’p yeyish ham tafsiya etilmaydi).Salatlarga yog’ mahsulotlarni kamroq soling..Yoki bo’lmasa salatga yog’ o’rniga boshqa mahsulotlardan foydalaning..

4.Ko’p suv istemol qiling ...Ovqat yeyishdan oldin ham 2 stakan suv ichib oling...Ovqat hazm bo’lishida yordam beradi, va odam organizimida yog’ ko’payib semirishni oldini oladi. Shunday ekan kuningiz mobaynida odaiy suvdan ichib turing..

5.Iloji bo’lsa ichayotkan suvingizga yoki sharbatingizga muz qo’shib iching.

6.Kechki ovqat yoki abetga go’shtli va yog’li ovqatlarni istemol qilmay qaytatilgan sabzovotlardan yeng...Mevalar odam organizimi uchun juda foydali. Iloji bo’lsa meva yiyishni kanda qilmang...kuniga 2tadan ko’p har xil mevalardan yeng.

7.Har bir yeyotkan ovqatingizga etibor bering.Tog’ri ovqatlanishga harakat qiling . Yeyotkan ovqatingiz foydalimi yoki faqatgina ortiqcha vazn bera oladimi sizga? Shular to’g’risida uylab ko’ring....
 
BAXORDate: Payshanba, 18-Avg-2011, 07:13 | Message # 25
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


TUMOV KASALI dunyoda eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bo'lib, asosan kech kuzda, qishda va erta bahorda paydo bo'ladi. Buning sababi shu davrda jismoniy ish qilish faoliyati pasayadi, piyoda kam yuriladi, odam badani zaiflashadi, sovuq havoda nafas olish tezlashadi.
Ob-havoni hisobga olmay kiyinish tufayli odamning ba'zi a'zolari sovuq qotadi. Shuningdek, ovqatlanish ham muhim rol o'ynaydi: sovuq tufayli odamlar kuchli ovqatlarni, chunonchi, qovurilgan ovqatlar, tuxum, kabob, sut va ayniqsa shirinlikni ko'p iste'mol qilishadi, natijada kuchsizlangan badanda muvozanat buziladi. O'zbek xalqida "chillada sovuq suv ham issiqlik" degan ajoyib bir maqol bor. Shuning uchun ham kuzdan boshlab to bahorgacha sholg'om sho'rva ichish, sholg'om va turp iste'mol qilish qadim zamonlardan beri tavsiya qilinadi.
Tumov yilning boshqa fasllarida ham uchrab turadi, ya'ni, shart-sharoit yaratilsa paydo bo'lishi mumkin. Bemorlarda kasallik mizoj va mizoj darajasiga bog'liq holda bir xilda kechmaydi. Ayniqsa, nafas yo'li kasal odamlar uchun tumovdan tuzalish juda og'ir. O'rta asr tabiblari tumovni bir nechta turlarga ega bo'lgan o'ziga xos kasallik ekanini ta'kidlaydilar. Abu Bakr ar-Roziy (865-926) tumovning davosi haqida gapirib, bemorning boshidan issiq suvni to uni miyasi yaxshi sezmaguncha jildiratib, oz miqdordan quyib turilishini tavsiya qiladi. Yoki bir parcha zig'ir lattani olovga tutib, qizdirib, taxlab turib, boshni qoq o'rtasiga qo'yib, qizdirilishi shartligini yozadi. Issiqdan bo'lsa, boshga sovuq suv quyishni, sovuqdan bo'lsa, issiq suv quyishni aytadi. Butun dunyo tan olgan mashhur tabib Abu Ali inb Sino (980-1037) tumov bo'lgan odamni to'yib ovqat emasligini va doim boshni issiq saqlashni tavsiya qiladi.
O'rta asr tabiblaridan Bobur Mirzoning xos tabibi Yusufiy ibn Muhammad (XVI-asr) kasallikni ikkiga bo'ladi - sovuqdan va issiqdan.
1. Issiq tumovda miyadan suv tomoqqa yoki burunga oqadi, u zo'kam deb ataladi. Uni davolash uchun nilufar sharbatini ichishni, arpadan, ovqat tayyorlab iste'mol qilinishini aytadi.
2. Sovuqdan bo'lgan tumovda burundan tushadigan suv sovuq bo'ladi, bosh va yuzda og'riq seziladi. Uni davolash uchun zufo sharbatidan ichish kerakligini va no'xot sho'rva iste'mol qilishni buyuradi.
Tabib Yusufiy aytgan sharbatlarni tayyorlash bugungi kunda juda qiyin ish. Biz bu kasalni izohlashda va davolashda hozirgi zamon xalq tabobatini ko'zi va bilimi bilan ish ko'rishimiz kerak.
Quyida esa tumov tekkanda tezda oyoqqa turishingizga yordam beradigan bir nechta muhim qoidalarni keltirib o'tamiz.
Birinchi qoida: S vitaminini ko'proq iste'mol qiling
- Oqsillarga boy ozuqalarni ko'proq iste'mol qilish maqsadga muvofiqdir. Kuzgi mavsumda har qanday parhez yoki ochlik bilan davolanishni chetga surib turish lozim. Sabab, bu davrda organizm oqsillar, ya'ni go'sht, baliq, sut va qatiq mahsulotlariga ehtiyoj sezadi.
Atrofda aksariyat odamlar aksa urib turganida tumovni yuqtirib olmaslik uchun kun davomida:
(strelka) Fitonstid va S vitamilariga boy oziq-ov?atlar:
- stitrus mevalar,
- malina va qulupnay (murabbo ko'rinishida choy bilan yoki tabiiy holicha),
- piyoz, sarimsoq, turp(xomligicha), qaynatilgan namatak sharbatini iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Ikkinchi qoida: Qon aylanishini yaxshilang!
- Shamollash mavsumida(aslida har kuni) ko'proq badantarbiya qilish lozim. Oddiy harakatlar ham qon aylanishini yaxshilaydi, organizmingiz keraksiz bakteriyalardan tozalanadi. Kechqurun agar sovuq suvda chayinishga qo'rqsangiz, avval sovuq suvda namlangan sochiq bilan, so'ngra to badaningiz qizarguncha quruq sochiq bilan artinish tavsiya etiladi. Asosiysi, "bu yil kuzda shamollamayman" deb o'z-o'zingizga so'z bering!
Uchinchi qoida: Uzoq yotmang!
- Tumovni yengishning eng yaxshi usuli bu faollikdir! Kuniga hech bo'lmasa bir marta toza havoda sayr qilib turish kerak. Lekin aylanishga ertalab yoki kechqurun chiqqaningiz ma'qul. Chunki serqatnov ko'chada tumovga chalinganlar soni ham ko'proq bo'lishi tabiiy hol. Aytgancha, ofis ham eng ko'p infekstiya to'planadigan joylarga kiradi. Agar tumovni yuqtirib olishga ulgurgan bo'lsangiz, bu holda harakatsizlik, ya'ni o'rindan turmay yotish siz uchun katta ziyon. Chunki uzoq vaqt to'shakda mixlanib yotish o'pka va nafas yo'li ventilyastiyasini sustlashtiradi. Bronxit va o'pka yallig'lanishi harakatsizlikni ya'ni yotishni yaxshi ko'radigan insonlarda ko'proq kuzatiladi. Grippga chalingan insonga "uy qamog'i"ning o'zi kifoya. Elvizakdan esa
ehtiyot bo'lmoq shart.
Agar shamollashga ulgurgan bo'lsangiz...
- Hech qachon kasallikni tik oyog'da yurib o'tkazmang. Shamollashga qarshi dori ichib kasallik simptomlarini yo'qotdim, bo'ldi deb o'ylasangiz, katta xato qilgan bo'lasiz. Chunki kelgusi safar kasallik sizda uzoqroq va jiddiyroq kechishi mumkin.
- Temperaturangiz 38,5 dan past bo'lsa uni tushirishga harakat qilmang. Organizmda issiqlik ko'tarilsa kasallik viruslari o'ladi, xujayralar - infekstiya
himoyachilari ishlab chiqarilishi faollashadi.
Badanni spirt eritmasi bilan artish mumkin.
- 12 yoshgacha bo'lgan bolalar temperaturasini aspirin yordamida tushirish kerak emas. Chunki bunda jigarga va nerv sistemasiga shikast etib - Reye sindromi avj olishi mumkin. Temperaturasi 38,5 ga chiqqan bolakayga parastetomol dorisini berish mumkin. Keyin zudlik bilan "Tez tibbiy yordam xizmati"ni chaqiring.
- Shamollashning ilk belgilari paydo bo'lishi bilan (sutkasiga 2 grammadan) S vitaminini hamda viruslarga qarshi preparatlarni ichish tavsiya etiladi.


 
OSIYODate: Payshanba, 18-Avg-2011, 18:47 | Message # 26
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Me'da kasalliklari davosi



Me'da kasalliklari ko'pchilik insonlarda uchraydi. Ko'p kasalliklarning sababi noto'g'ri ovqatlanish tartibidir. Me'da kasalliklari ham shu sabab kelib chiqadi. Xozirda e'tiboringizga me'da kasalliklarini davolash uchun ayrim tavsiyalarni keltiramiz.
Anjirning yangi uzilgan va yaxshi pishgan mevasi ichni yumshatadi, me'da va ichaklardagi to'siqlar, begona moddalar (shlaklar)ni tozalaydi, ovqat hazmini yaxshilaydi.

* * *
O'rikning suvda qaynatilganini yoki turshakni suvda ivitib ichilsa, me'da haroratini pasaytirib, kekirish va jig'ildon qaynashini daf etadi.

* * *
Na'matak mevasining qurug'idan 4-6 donasini bir istakon qaynoq suvga solib qo'yib, suvini har kuni uch mahaldan taomdan so'ng ichsangiz, oshqozon kasalliklarida davo bo'ladi.

* * *
Shirin olma eyish me'da boshiga quvvat bag'ishlaydi, ovqat hazmini yaxshilaydi, me'dada safro xilti bo'lsa, o'zi ham darhol safroga aylanadi.

* * *
Uzum g'o'rasini esangiz, me'dada paydo bo'lgan balg'amni tilka-pora qiladi, begona moddalarning me'daga tushishiga yo'l qo'ymaydi. Uzum g'o'rasini suvda qaynatib suvi ichilsa, me'da qizishini daf qilib, uning haroratini pasaytiradi.

* * *
Me'da va ichaklarga badanning boshqa joylaridan zararli moddalarning oqib kelishini bartaraf etish, undagi foydali moddalarni buzilish va hidlanishdan saqlash uchun omila (hindistonda o'sadigan daraxt mevasi, attorlarda bo'ladi) eyiladi. Bu ichni yaxshilashga ham yordam beradi. Ich ketishi orqali badandagi savdo va suyuq balg'amni haydaydi, me'da ichidagi a'zolarni quvvatlantirib, me'da faoliyatini yaxshilaydi.

* * *
Olma qoqisini tuyib, anor suvi bilan iste'mol qilinsa, me'dani kuchli qilib, safroli ich ketishini to'xtatadi, qayt qilishni ham bartaraf etadi.

* * *
Kofe mevasini yanchib, asal bilan aralashtirasiz va hosil bo'lgan xamirni bot-bot yalab turasiz, bu me'da sustligi va qurushqoqligini zararli rutubatlarni haydash bilan avvalgi holatiga keltiradi va me'dadagi begona bug'larning miyaga chiqib borishiga yo'l qo'ymaydi.

* * *
Me'da va jigar oralig'ida qattiqlik va ozg'inlik bo'lsa arpa suvi foydali, uning miqdorini kun sayin ko'paytirib 300 grammgacha etkazish mumkin.

* * *
Etti-sakkiz gr. achchiq shuvoq (erman) suvda qaynatib ichilsa, me'daga quvvat bag'ishlaydi.

* * *
Kuniga 7 gr. sariq bedani suvda qaynatib ichilsa, ko'pgina me'da xastaliklariga davodir.

* * *
Quritilgan o'rikni suvda qaynatib, bir kundan so'ng ichilsa, me'da haroratining ortishiga davo bo'ladi.

* * *
Har kuni 3-4 gr. sarimsoq iste'mol qilib yurilsa, me'dani tozalab, kuchga kirgizadi.

* * *
Ituzum poyasini yanchib tashidan me'daga qo'yib bog'lansa, me'da shishini qaytaradi.

* * *
Har kuni 15-18 gr. rayhonni yanchib yoki qiymalab yesangiz, me'da zaifligidan qutulasiz.

* * *
Limon, shakar (oqqand) choyga solib ichilsa, qizigan me'daga quvvat bag'ishlaydi.

* * *
10 grammcha archa mevasini quritib, yanchib yeb yurilsa, me'dadagi qurtlarni batamom o'ldiradi.

* * *
Me'da dardlariga tovuq sho'rvasi, gurunch yuvilgan suv iste'mol qilish ham foyda beradi.
 
OSIYODate: Payshanba, 18-Avg-2011, 18:48 | Message # 27
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Asabni davolash

Qattiq qo'rqish, jiddiy xafa bo'lish, ruhiy zo'riqish (stress) va asabning buzilishi boshqa ko'pgina kasalliklar "tug'ilishi"ga sabab bo'ladi. Psixomatik xastaliklarning kelib chiqishiga asosan yuqoridagi holatlar turtki bo'ladi. Mutaxassislar oshqozon yarasi, nafas qisishi (astma), teri kasalliklari, allergik xastaliklarning kelib chiqishi odam ruhiyatiga va asabiga bog'liq ekanini aniqlashgan. Lekin asabingiz joyiga tushsa, xafalik o'rnini xursandchilik egallasa ham bu kasalliklar o'z-o'zidan tuzalib qolmaydi. Qadimgi tabiblarning maqolida
aytilganiday, "Xudo gunohlarimizni kechiradi, ammo asab tizimimiz hech qachon kechirmaydi". Agar kasallik chuqur ildiz otishga ulgurgan bo'lsa, xush
kayfiyatning o'zi uni mag'lub etolmaydi. Oshqozon yarasi xursandchilikdan tuzalib qolmaydi. Shuning uchun salomat yurishni istagan kishi bo'lar-bo'lmas narsalarga jig'ibiyron bo'lavermasligi, arzimas holatlar deb asabini buzavermasligi, ruhiyatini qahshatavermasligi zarur. Ayniqsa birov bilan, xususan oila a'zolari va yaqinlar bilan qattiq g'ijillashish, ovozni ko'tarib, qizarib-bo'zarib dahanaki "jang"lar qilish, o'zgalarning dilini og'ritish hech qachon asoratsiz ketmaydi.
Zamonaviy tibbiyot olimlari yalangoyoq yurishning asab-muskul jaryonlarini faollashtirish, qon bosimini mo''tadillash va barqaror qilish, vujuddagi modda
almashinuv jarayonlarini yaxshilash, xususan to'qimalarni kislorod bilan to'yintirishda katta yordam berishini aniqlashgan. Poyabzalsiz yurishni afzal
ko'ruvchilar hamisha yaxshi kayfiyatda bo'lishadi, lablaridan tabassum arimaydi, butun tanalarida ko'tarinkilik doimiy hamroh bo'ladi. Vaqtinchaga poyabzalni tark etish ijobiy hissiyotlarni uyg'otib, buning natijasida stenokardiya, gipertoniya va boshqa asr kasalliklarining oldini olishda katta samara beradi.
Asalari zahari bod (revmatizm), nevrit va nevralgiya kabi asab tizimi xastaliklari, ko'zning ba'zi kasalliklarini davolash, qon bosimini mo''tadillashtirishda samarali ishlatilmoqda.

20-25 gr. shirinmiya ildizi po'stini shilib tashlab, bir kecha-kunduz suvda ivitib ichilsa, asab kasalliklariga davodir.
* * *
Murch, shakar, mosh yeb yurilsa, asab xastaliklarini davolaydi.
* * *
Har kuni 3-4 gr. daraxt po'kini yelakdan o'tkazib, aloe bilan eyilsa, asab kasalliklariga shifo bo'ladi.
* * *
5 gr. xina gulini yanchib choy yoki suv bilan ichilsa, asab xastaliklaridan forig' bo'lasiz. Uni yanchib, bosh va peshonaga bog'lash ham mumkin.
* * *
Chuvalchangni yanchib, uzilgan asablarga bog'lansa, ularni payvand qiladi (uch kun bog'liq holda turishi shart).
* * *
Kunjutni tuyib yo'g'onlashgan asablarga bog'lansa, asablarni davolaydi.
* * *
Kungaboqar guli suvidan 7-8 gr. ichilsa, asab illatlariga shifodir.
* * *
Bodom mag'zini yanchib, shakar yoki asalga aralashtirib muntazam iste'mol qilib yurish asabning davosi, miyani quvvatlantiruvchi, aqlni ziyodalashtirib, fikrni
tiniqlashtiruvchi vositadir.
* * *
Semizo't, sunbul, qoqigul damlamasi asab xastaliklarini, uyqusizlik va g'am-tashvishni ketkazadi.
* * *
Yong'oq bargini qaynatib, uning suvidan bir piyolasini badaniga surtgan bemor asab kasalliklaridan qutiladi.
 
OSIYODate: Payshanba, 18-Avg-2011, 18:51 | Message # 28
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Ko'zingizni asrash uchun mashqlar



Muhtaram do'stlar uncha qiyin bo'lmaga,ammo samarali bo'lgan ushbu mashqlarni sizga ham tafsiya etaman. Mashqlarni divanda yoki taxta karavotda,boshingizni tanangizdan 20-30 daraja burchak ostida yuqoriga bo'lgan holatda bajarish maqsadga muvofiqdir. O'zingizni bo'sh qo'ying. Ko'zingizni yumub 30-40 marta chuqur nafas olib,nafas chiqaring.

1: Ko'zlaringizni yumub,qorachig'ini soat millari bo'yicha aylantiring.
2: Xuddi shu mashqni soat millariga teskari tomonga bajaring.
3: Ko'zlarni yumub,yuqoriga (peshona tomonga),keyin esa pastga (iyakka) qarang.
4: Ko'zlaringizni yumub chapga va o'ngga (chap va o'ng quloqga) qarang.
5: Ko'zlaringizni yumub, ikki (bosh va o'rta) barmoq bilan asta bosib turib qorachiqlaringizni soat millari tomon aylantiring.

6: Xuddi shu mashqni soat millariga teskari tomonga bajaring.
7: Kaftingiz bilan ko'zlaringizni qattiq bosing.
8: kaftlaringiz bilan ko'zingiz aralsh yuzingizga tez-tez shapatilab uring.
9: Ko'zingizni tez va keskin chirt yuming.
10: Ko'zingizni tez-tez pirpirating.
Keyin esa mashqlar boshida bajargan nafas olish gimnastikasini takrorlang. O'zingizni bo'sh qo'ying. 30-40 marta chuqur nafas oling va chiqaring.
Ushbu mashqlarni kunning istalgan vaqtida (faqat uxlashdan 3 soat avval) yoshda, kassalikning darajasidan qatti nazar bajarish tafsiya etiladi. Yuqoridagi qayd etilgan 10 mashqning bir seansi 10-15 marotabadan iborat.(yani10-15 kun bajariladi) Barcha mashqlar ketma-ket va to'liq amalga oshirilishi kerak.
 
BAXORDate: Juma, 19-Avg-2011, 01:51 | Message # 29
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:
Vitaminlar jadvali

Quyida biz sizlarga qulaylik yaratish maqsadida vitaminlar jadvalini keltiramiz.
Ushbu jadvalda vitaminlarning nomlanishi va ularning qaysi mahsulotlarda mavjudligi ko'rsatilgan.

Vitamin A jigar, baliq, saryog', tuxum sarig'i, qaymoq va baliq yog'i, sabzi, o'rik, petrushka, shpinat, qovoq
Vitamin D ushbu vitamin asosan jonivorlardan kelib chiqqan mahsulotlarda mavjud bo'lib, inson tanasida ul'trafiolet nurlarining ta'siri ostida paydo bo'ladi.
baliq yog'i, sardina, sel'd, lasos', tunes, sut va sut mahsulotlari

Vitamin E o'simlik yog'lari, jonivorlar jigari, tuxum, suli, bug'doy, arpa, javdar, so'k, fasol', no'xat, bryussel' karami, brokkoli, shipovnik, oblepixa, sabzavotlarning yashil barglarida, gilos, ryabina, olma va nokning urug'larida mavjuddir. Ko'p miqdorda kungaboqar, yer yong'oq va bodomda mavjud.

Vitamin K yashil bargli sabzavotlar, qovoq, ko'k no'xat, tuxum sarig'i, baliq yog'i, jigar, soya yog'i

Vitamin B1 quruq drojji, non, no'xat, yormalar, yong'oq, yer yong'og'i, jigar, yurak, tuxum sarig'i, sut, kepak (otrubi)

Vitamin B2 tuxum, go'sht, jigar, buyrak, baliq, sutli mahsulotlar, pishloq, yashil bargli sabzavotlarda (brokkoli karami, shpinat) va drojji
Vitamin B3 jigar, buyrak, go'sht, yurak, tuxum, yashil sabzavotlar, drojji, pista, yong'oqlar
Vitamin B6 tuxum, jigar, buyrak, yurak, mol go'shti, sut, yashil qalampir, karam, sabzi va qovun
Vitamin B12 buyrak, yurak, pishloq, dengiz mahsulotlari (krab, losos', sardina), go'sht va tuxum

Vitamin C limon, apel'sin, greypfrut, ko'katlar (shavel', rovoch), shipovnik, oblepixa, qora smorodina, qizil bulg'or qalampiri
Vitamin PP javdar unidan tayyorlangan non mahsulotlari, jigar, yog'siz go'sht, buyrak, parranda go'shti, baliq, tuxum, pishloq, quritilgan qo'ziqorin, kunjut, kartoshka, pista, xurmo, qora olxo'ri, fasol'


 
OSIYODate: Juma, 19-Avg-2011, 09:48 | Message # 30
Yangilardan
Group: Ishonchli
Messages: 7125
Status:
Фарзандингиз тупроқ ейдими?

Баъзида оналар тарафидан: “Болам деворларни чўқилаб кесак еб ўтиради”, каби шикоятлар эшитамиз. Ёки тиш пастасини яхши кўрувчи болалар ҳақида ҳам эшитиб турамиз.
Хўш, аслида боланинг тупроқ ейишга бўлган иштиёқининг сабаби нима? Тиш пастаси ейишнингчи?
Бола организмида темир моддаси камлиги, овқатланиш рационининг нотўғрилиги оқибатида камқонлик келиб чиқади. Бунинг оқибатида болада тупроқ ейиш истаги пайдо бўлади.
Докторлар, болаларда камқонликнинг асосий сабаби бу темир моддаси етишмаслигидир, деган хулосага келишган.
Нотўғри овқат рационида оқибатида бола организмига етарли даражада темир моддаси тушмайди. “Болага ўсиш жараёнида темир моддаси муҳим. Агар темир моддаси етарли даражада бўлмаса, болада камқонлик келиб чиқади. Камқонликнинг яна бир сабабларидан бири қон йўқотиш ва паразитлардир”, дейди шифокорлар.
Камқонлик белгилари:
Камқонликнинг бир қанча белгилари бор. Ҳолсизлик, болани ўқишда қийналиши, тез чарчаш, ўтириш ёки юришда кеч қолиш, тез касалланиши каби ҳолатларда болани қон анализи топшириб кўриш керак.
Даволаш йўллари
Боланинг келажак ҳаётда камқонлик билан оғришининг олдини олишнинг бир йўли болани ҳеч бўлмаганда 6 ойга қадар она сути билан эмизишдир. 6 ойдан сўнгра бола рационига олма, сабзи соки, турли карамлар, қизил гўшт, тухум, балиқ, ловия (дуккакли ўсимликлар), тўршак, анжир, ёнғоқ кабиларни қўшиб бориш зарур.
Апельсин суви с витаминига бой бўлиб, темир моддасини ҳам кўтаради. Уйда ҳозирланган тоза мевалардан кисель ва компотлар ҳам болалар учун фойдали. Чой ва кофе эса темир моддасининг камайишига ва шу билан бирга кальцийнинг танадан ювилиб кетишига олиб келади. Шу сабабдан болаларга чой ва кофе берилмаслиги лозим.
Болада бўр ейишни ҳам кузатиш мумкин. Бу ҳам организмда ё темир моддасининг ёки цинкнинг етишмаслигига далолат.
Белгилари:
- Боланинг ўсишда орқада қолиши;


- Хотиранинг ёмонлиги;
- Тез асабийлашиш;
- Яра-чақаларнинг секин битиши;
- Соч тўкилиши;
- Иштаҳа йўқолиши;
Танада цинк камайиб кетганда тирноқда оқ доғлар – лейконихия пайдо бўлади. Бу касалликларга қарши тананинг курашиши пасайиши, аллергия, тез чарчаш каби ҳолатлар билан бирга кузатилади.
Даволаш йўли
Энг биринчи цинк моддасига бой овқатлар истеъмол қилиш.
Дуккакли ўсимликлар, арпа, буғдой, ошқовоқ ва кунгабоқар уруғлари;
Мол, товуқ гўштларида;
Тухум сариғи, ёнғоқлар, қуён гўшти, кепакли ун;
Пиёз, саримсоқ;
Турли сабзавотлар, балиқ, сут;


Балиқ ва мол гўштидаги цинк организмда енгил ҳазм бўлади.
Фарзандингиз тиш пастаси ейишни яхши кўрса, бу унинг танасида кальций етишмаслигига далолат.
Танада кальцийнинг ҳазм бўлиши учун витамин Д лозим. Витамин Д бу қуёш нурлари орқали келадиган витамин. Фарзандингизни эрталабки соат 11 қадар бўлган қуёш нурларида сайр қилишни канда қилманг.
Ва шу билан бирга кальцийга бой йогурт, сыр ва сутли маҳсулотларини овқат рационига қўшинг.
 
Search: