|
Sahobalar hayoti
|
|
|
|
|
| shaddot | Date: Chorshanba, 10/01/27, 2:39:47 AM | Message # 136 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| Abu Ubayda faqat omonatdor bo’libgina qolmay, jismonan ham nihoyatda baquvvat edi. Uning jismoniy quvvati bir necha musulmonlarga qo’l kelgan edi. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahoblaridan bir guruhini Quraysh qabilasiga tegishli karvonni qo’lga kiritish uchun yubordilar. Guruhga Abu Ubaydani amir qilib sayladilar va askarlarning ozuqasi uchun bir qop xurmo berdilar, Ochig’ini aytganda, o’sha paytda boshqa taomning o’zi ham yo’q edi. Abu Ubayda butun safar mobaynida kuniga har bir kishiga bittadan xurmo berib turar, ular esa kun bo’yi xurmoni shimib, ustidan suv ichib yurishardi. Bir kecha-kunduzlik tamaddi shundangina iborat edi va bu ashoblarga kifoya qilardi. Musulmonlar qo’shini chekinib, vaqtinchalik muvaffaqiyatdan hovliqib ketgan bir zo’ravon mushrik: — Qani Muhammad? Menga Muhammadni ko’rsatib qo’yinglar, - deb tomoq yirtib qichqirgan Uhud jangini eslang. Shunday qaltis holatda ham Abu Ubayda joyidan jilmagandi. 'Тo’qqiz nafar birodari bilan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni himoya qilish uchun mushriklarning nayzalariga ko’kragini qalqon qilgandi. Lekin bu ehtiyot choralari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni aziyatlardan asrab qololmadi. U zotning muborak qoziq tishlari sinib, peshonalari yorildi. Egnilaridagi titilib ketgan sovutning ikki simi lunjlariga kirib, chuqur botdi. Abu. Bakr Siddiq endi simlarni sug’urib tashlamoqchi bo’lganida Abu Ubayda: — Azbaroyi xudo, bu ishni menga qo’yib bering, - deb iltimos qiddi. U qo’lini ishga solsa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jonlari og’rishidan cho’chib, sovutning simini mahkam tishlab tortdi. Sim sug’urildi, lekin jon-jahdi bilan tishlash natijasida Abu Ubaydaning kurak tishi sinib ketdi. So’ng u ikkinchi kurak tishini qurbon qilish badaliga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yuzlaridan ikkinchi simni ham sug’urib tashladi. Abu Bakr bu voqeani eslaganida "Abu Ubayda kurak tishi yo’q kishlnlarning eng chiroylisidir", deb qo’yardi.
|
| |
|
|
| shaddot | Date: Chorshanba, 10/01/27, 2:45:10 AM | Message # 137 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| Abu Ubayda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qatnashgan janglarning hammasida ishtirok etdi. So’nggi lahzalargacha Payg’ambar alayhissalomning eng yaqin mulozimlaridan bo’lib qoldi. Saqifa kuni (Abu Bakr Siddiq xalifa etib saylangan kun) Umar ibn Хattob: - Qo’lingni ber, men senga bay’at qilaman, chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam "Har bir ummatning o’z ishonchli kishisi bo’ladi, bu ummatning eng ishonchli kishisi sensan" degandilar, - deb Abu Ubaydaga xalifalik lavozimini taklif qilganda, u: — Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozda imom bo’lishlikka buyurgan va to payg’ambarimiz vafot etgunlariga qadar imomgarchilik qilgan bir odam turgan joyda menga xalifalikka yo’l bo’lsin, - deb kamtarlik qilgandi. Shundan keyin Abu Bakr Siddiqqa itoat izhor etilib, bayat qilindi. Abu Ubayda haq yo’l uzra uning xolis nasihatgo’yi, xayrli ishlarida yelkadosh yordamchisi bo’ldi. Abu Bakr xalifalikni o’zidan so’ng Umar al-Foruqqa vasiyat qilib ketdi. Abu Ubayda hazrati Umarga ham itoatda bo’ldi, sira o’zboshimchalik qilmadi. Тo’g’ri, bir marta u xalifaming buyrug’iga bo’ysunmadi. Abu Ubayda musulmonlar amiriga itoat etishdan bosh tortgan farmon nima haqida edi? Voqea Shom diyoriga yuborilgan Abu Ubayda ibn al-Jarroh sarkardaligi ostidagi musulmonlarning zafar yor qo’shini ketma-ket g’alabaga erishib, shomiy shaharlarni hammasini fath etib, sharqdan Frot daryosi yoqasiga, shimoldan Kichik Osiyo chegarasiga yetib kelgan paytda ro’y berdi. Shu vaqtda Shom bo’ylab dahshatli vabo tarqalib, kuniga minglab odamlarning yostig’ini qurita boshladi. Bu mudhish xabar hazrati Umarning qulog’iga chalinishi bilan Abu Ubaydaga quyidagi mazmunda maktub yo’lladi: - "Biz mushkul ahvolga tushib qoldik. O’zing kelib yordam bermasang bo’lmaydi. Miktubim senga tunda yetib borsa, tong otishini kutib o’tirmay, yo’lga tush. Agar kunduzi yetib borsa, shu zaxoti oyog’ingni qo’lingga olib, shamolday yel”. Abu Ubayda xatni o’qib chiqib: - Halifaning menda qanday ishi borligini sezib turibman. U bir insonning ajalini kechiktirishga behuda urinyapti, - dedi. So’ng qo’liga qalam olib, javob xatini yozdi: - "Amirul mo’minin janoblari, meni nima maqsadda chaqirtirganingizni his etib turibman. Men musulmonlar qo’shinining bir askariman. Ularning boshiga ne kun tushsa, mening ham taqdirim o’shadir. Boshga tushganni ko’z ko’radi. Alloh peshonamga yozib qo’ygan ish sodir bo’lguncha, lashkardan ajralmayman. Sizdan o’tinib so’rayman, avvalgi buyrug’ingizni bekor qilib, meni shu yerda qolishimga ijozat bersangiz". Maktubni o’qigan hazrati Umarning ko’zlari jiqqa yoshga to’ldi. Buni ko’rib atrofdagilar xavotir ichra: - Abu Ubayda halok bo’libdimi? - deb so’rashdi. - Yo’q, - dedi xalifa, - lekin u o’lim bilan yuzma-yuz turibdi. Amirul mo’minnining gumoni to’g’ri chiqdi – mudhish vabo Abu Ubaydani ham o’z domiga tortdi. O’limi yaqinlashganini sezgan sarkarda qo’shinni to’plab, ularga qarata dedi: - Vasiyatimni tinglang, birodarlar. Aytganlarimni qabul qilsangiz, o’zingizga yaxshi. Namozni doimo ado etib boring, Ramazon ro’zasini tuting, haqdorlarga zakotu sadaqasini bering, haj va umra qiling, bir-biringizni haqqa, yaxshilikka chorlang, rahbarlaringizdan samimiy maslahatingizni ayamang, sizlarni o’tkinchi dunyo aldab qo’ymasin. Chunki inson ming yil umr ko’rsa ham hozir meni changalida tutib turgan o’likdan qochib qutulolmaydi... Sizlarga Allohning salomi va rahmati bo’lsin. So’ng Muoz ibn Jabalga yuzlandi: - Ey Muoz, odamlarga imom bo’lib, namoz o’qib bering. Namozga buyurishlik Abu Ubaydaning so’ngi so’zlari bo’ldi. Janoza namozidan keyin Muoz to’planganlarga va’z qildi: — Musulmonlar, siz bir birodaringizdan judo bo’ldingiz. Хudo haqqi, men sofdillikda, yomonlikdan yiroq yurishda, oxiratga muhabbatda va musulmonlarga yordam berishda uning oldiga tushadigan kishini ko’rganimni eslay olmayman. Marhumning haqqiga duo qiling, ey Allohning rahmatiga sazovor bo’lgurlar!
|
| |
|
|
| shaddot | Date: Payshanba, 10/01/28, 9:37:51 AM | Message # 138 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| ABDULLOH ibn MAS’UD Kimki Qur’onni huddi nozil bo’lganiday qilib o’qishni istasa Ummu Abd o’g’lidan o’rgansin. Muhammad Rasululaoh O’sha kezlarda u balog’at yoshiga ham yetmagan yigitcha edi. Makka vodiylarida quraysh zodagonlaridan biri Uqba ibn Muaytga tegishli qo’ylarni boqib yurardi. Odamlar uni "Ummu Abd o’g’li" deb chaqirishardi. Asl ismi esa Abdulloh bo’lib, Mas’udning o’g’li edi. Qavmdoshlaridan biri payg’ambarlikni da’vo qilayotgani to’g’risidagi xabar Abdullohning ham qulog’iga chalingan, biroq u, bir tarafdan, yosh bolaligi uchun, boshqa tarafdan, Makka muhitidan yiroqligi sabab bu gaplarga unchalik ahamiyat bermagandi. U tong yorishar-yorishmas qo’ylarni haydab ketib, obdon qorong’u tushib bo’lgachgina qaytib kelishga odatlangandi.
|
| |
|
|
| shaddot | Date: Payshanba, 10/01/28, 9:40:21 AM | Message # 139 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| Bir kuni qo’y boqib yurgan Abdulloh uzoqdan uning tarafiga qarab kelayotgan ikkita odamni ko’rdi. Ular yaqinlashishdi. Har ikkisi qattiq charchagan, azbaroyi tashnalikdan lablari quruqshab qolgandi. Yo’lovchilar Abdullohning oldida to’xtab, salom berishdi va: — Ey bola, biz nihoyatda chanqadik, qo’ylaringdan birini sog’ib bersang-chi, - deb iltimos qilishdi. Cho’pon bola ko’nmadi. - Yo’q, - dedi u, - men bunday qilolmayman. Bu qo’ylar meniki emas, birovning omonati... Тaajjubki, sut talab qilganlar rad javobini eshitib, xuddi iltimoslari qondirilganday bolaga rozilik nazari bilan boqishdi. Bittalari: - Menga hali qochmagan bironta qo’zini ko’rsatgin, - dedi. Abdulloh shundoqqina yonida o’tlayotgan qo’zichoqqa ishora qildi. Haligi odam qo’zini tutib oldi-da, Allohning ismini zikr qilib, yelinini ohista silay boshladi. Yigitcha xayrat ichida o’zicha "Qachondan buyon qochmagan qo’zichoqlar sut beradigan bo’lib qoldi", deb o’yladi, ammo shu yerda mo’’jiza yuz berdi! Qo’zining yelini astalik bilan shishdi. Keyin undan quyuq sut oqa boshladi. Chetda turgan kishi yerdan chuqurchoqli toshni oldi. Unga sut to’ldirib, o’zi ham, sherigi ham ichdilar. Abdulloh ular uzatgan sutni qo’liga olar ekan, hanuz ko’zlariga ishonmasdi... Uchchovlari obdon sutga qongach, mo’’jizakor kishi "Aslingga qayt", dedi. Yelin kichrayib, asl holiga qaytdi. Shunda Abdulloh bu odam oddiy inson emasligini tushundi. Yurak yutib: - Boyagi aytgan so’zingizni menga ham o’rgatib qo’ying, - dedi. U kishi: - Albatta o’rgataman, - deb javob berdi.
|
| |
|
|
| shaddot | Date: Payshanba, 10/01/28, 9:42:30 AM | Message # 140 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| Yuqoridagi hodisa Abdulloh ibn Mas’udning islom bilan birinchi uchrashuvi edi. Chunki ilohiy mo’’jiza sohibi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o’zginasi, hamrohlari esa sodiq sahoba Siddiq roziallohu anhu bo’lib, ular Quraysh tomonidan yetkazilayotgan to’xtovsiz ozorlardan qisqa muddat bo’lsa-da, tin olib, bemalolroq ibodat qilish uchun Makka daralariga xilvatroq joy qidirib chiqishgandi. Хuddi Abdullohda ikki hamrohga nisbatan muhabbat uyg’onganiday, ular ham cho’pon bolani yoqtirib qolishdi. Undagi omonatni, qatiylikni ko’rib, olijanob yigitchaga yo’liqishganini bilishdi. Ko’p o’tmay Abdulloh islomga kirdi va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bironta vazifaga tayinlashlarini iltimos qildi. Nabiy alayhissalom uni xos xizmatlariga qo’ydilar. Shu kundan e’tiboran sobiq cho’pon bola butun xalqlar va ummatlar sayyidining sodiq xodimiga aylandi. U Payg’ambar alayhissalomning yonlaridan aslo jilmadi. Shaharda ham, safarda ham, uyda ham, ko’chada ham doimiy hamrohlari bo’ldi. Uxlasalar qo’riqlar, g’usl qilsalar to’sib turar, tashqariga chiqmoqchi bo’lsalar poyafzallarini kiydirar, ichkariga kirishni istasalar oyoq kiyimlarini yechib qo’yar, yonlarida hassa va misvoklarini ko’tarib yurar, hujralariga kirib ketsalar eshiklarining tagida turardi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga xohlagan paytida hech xijolat chekmasdan huzurlariga kirishga ruxsat bergandilar. Ayrim sirlaridan voqif ham qilardilar. Shuning uchun unga "Rasululloh sirlarining sohibi", deya murojaat etishardi.
|
| |
|
|
| shaddot | Date: Payshanba, 10/01/28, 9:45:45 AM | Message # 141 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| Abdulloh ibn Mas’ud Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xonadonlarida o’sib-ulg’aydi. U kishidan ta’sirlandi, o’rnak oldi, har bir xislatlarida ergashdi. Abdulloh haqida ko’plar "Хulq-atvor jihatidan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga eng o’xshash inson", deyishadi. Ibn Mas’ud Payg’ambar alayhissalominig madrasalarida ta’lim oldi. Sahobalar ichidagi eng kuchli qorilardan, oyatlar mazmunini to’liq biladigan tafsirchilardan, shariat ilmining donishmandlaridan bo’lib yetishdi. So’zimizga dalil qilib bir hikoyani keltiramiz. Umar bnn Хattob haj mavsumida Arafot tog’ida turardi. Uning yoniga bir kishi kelib: - Ey amirul mo’minin, men Ko’fadan, keldim. Bizning shahrimizda Qur’onni yoddan aytib, sahifalarga yozdiradigan bir kishi bor, - dedi. Хalifa nihoyatda qattiq g’azablandi. Хatodan xoli bo’lmagan xotirasiga ishonib, imlo qilish jarayonida ayrim Qur’oniy kalimalarni tushirib qoldirib yoinki begona so’zlarini qo’shib yuborib, Allohning kitobi xususida ixtilof va shubhalar tug’dirishi mumkin bo’lgan kishining ta’zirini berib qo’yish maqsadida: - Kim ekan u sho’ring qurg’ur? - deb so’radi, - Abdulloh ibn Mas’ud, - dedi haligi kishi. Хazrati Umar javobni eshitishi bilan olovga suv sepilganday g’azabdan tushdi. So’ng: - Ha, shunday demaysanmi? Хudo haqqi, Yer yuzida Qur’onni imlo qilib yozdirishga ibn Masuddan ko’ra loyiqroq odam borligini bilmayman. Men senga bir voqeani aytib beray, eshit,- dedi va qissasini boshladi: - Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Bakr bilan musulmonlar hayoti xususida maslahatlashib o’tirgandilar. Men ham ularning suhbatida ishtirok etayotgandim. Vaqt allamahalga borganda biz hujradan chiqdik. Qarasak, masjidning bir burchagida kimdir namoz o’qiyapti. Тun qorong’usida kimligini darrov aniqlay olmadik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uch-to’rt qadam yurib to’xtadilar. Haligi odamning qiroatiga birpas quloq tutib turgach, bizga qarab: - Kimki Qur’onni xuddi nozil bo’lganiday qilib o’qishni istasa, Ummu Abd o’g’lining qiroati bo’yicha o’qisin, - dedilar. Abdulloh namozini tugatib, qo’lini duoga ochdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: - So’ra, Alloh so’raganingni beradi. Duo qil, duoing qabul, - deb turdilar. Men ertaga albatta Abdullohning oldiga borib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning duosiga "Omin" deb turganlarini aytib, suyunchilashni ko’nglimga tugib qo’ydim. Тong otgach, kechagi gaplarni egasiga yetkazish uchun jo’nadim, biroq Abu Bakr epchillik qilib, bor voqeani ipidan ignasigacha aytib bulgandi. Хudo haqqi, qachon men Abu Bakr bilan biron-bir yaxshilik yo’lida musobaqalashsam, albatta, u g’olib chiqardi.
|
| |
|
|
| shaddot | Date: Payshanba, 10/01/28, 9:51:30 AM | Message # 142 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| Abdulloh ibn Mas’ud Qur’on ilmini mukammal bilardi va uni hech kimdan yashirmasdan, shundoq derdi: - O’zidan boshqa iloh bo’lmagan Allohga qasamki, Qur’oni Karimdan qaysi oyatni olmang, men uni qayerda va qay sabab bilan nozil bo’lganini bilaman. Agar Yer yuzida Allohning kitobini mendan ko’ra yaxshiroq biluvchi odam bo’lib, uning oldiga yetishning imkoniyati bo’lsa, men, albata, o’sha kishiga shogird tushardim. Ibn Mas’udning bu gapida sira mubolag’a yo’qligini quyidagi xabardan bilib olasiz. Umar ibn Хattob safarlarining birida notanish karvonga duch keldi. Тunib yarmi, xammayoqni zulmat qoplagan. Jarchi Umarning buyrug’i bilan karvondagilardan "Qayerdan kelyapsiz?" deb so’radi. "Fajjul atiqdam" ("Chuqur vodiy" - Madina), javob keldi u tarafdan. - Qayoqqa ketayapsiz? - "Baytul atiqqa" ("Eski Uy" - Ka’ba). "Shubhasiz ularning ichida olim odam bor", o’yladi hazrati Umar va jarchiga savolda davom etishni amr qildi. - Qur’ondagi eng ulug’ oyat qaysi? - Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum. La ta’xuzuhu sinatun va la navm (Allohdan o’zga hech qanday tangri yo’q. Faqat uning o’zi bordir. U tirik va abadiy turguvchidir. Uni na mudroq va na uyqu oladi). ("Baqara" surasi, 255-oyat). - Qur’onning eng hikmatli oyati qaysi? - Innalloha ya’muru bil’adli val ihsani va iytoi zil qurbo... (Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur). ("An-Nahl" surasi, 90-oyat). - Qur’on ma’nolarini jamlab kelgan oyat qaysi? - Faman ya’mal misqola zarratin hayran yarah va man ya’mal misqola zarratin sharran yarah (Bas, kim (hayoti - dunyodalik paytida) zarra misolichalik yaxshilik qilsa, (qiyomat kunida) o’shani ko’rur. Kim zarra misolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko’rur). ("Zalzala" surasi, 7-8-oyatlar). - Kishini doimiy xavfda bo’lishga undaydigan oyat qaysi? - Laysa biamaniyyikum va la amaniyyi ahlil kitab. Man ya’mal suay yujza bihi va la yajid lahu min dunillahi valiyyav va la nasiro (Sizlarning xomxayollaringiz ham, ahli kitobning xomxayollari ham haq emas — kimki yomon amal qilsa, jazosini olur va o’zi uchun Allohdan o’zga na bir do’st va na bir madadkor topmas). ("Niso" surasi, 123-oyat). - Qur’ondagi eng katta umid tug’diruvchi oyat qaysi? - Qul yaibadiyallaziyna asrofu ala anfusihim la taqnatu mir rohmatillah. Innalloha yag’firuz zunuba jamiy’a. Innahu huval g’ofurur rohiym (Ey Muhamad), Mening o’z jonlariga jinoyat qilgan (turli gunoh-ma’siyatlar qilish bilan) bandalarimga ayting: "Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo’lmangiz! Albatta Alloh (O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag’firat qilur. Albatta, Uning O’zigina mag’firatli, mehribondir"). ("Zumar" surasi, 53-oyat). - So’nggi savolim: Abdulloh ibn Mas’ud sizning orangizdami? - Alhamdulillah, shunday.
|
| |
|
|
| shaddot | Date: Payshanba, 10/01/28, 9:55:00 AM | Message # 143 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| Abdulloh ibn Mas’ud faqat qori, olim, obid, zohid bo’libgina qolmay, vaziyat talab qilsa, kuchli, jasur, qatiyatli mujohid ham edi. U Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ergashib, Qur’onni mushriklar huzurida jahriy o’qigan eng avvalgi musulmondir. Sahobai kiromlar Makkada oz sonli va zaiflik paytlarida to’planib, suhbatlashib qolishdi. Gap orasida “Хudo haqqi, qurayshliklar hanuzgacha Qur’onni jahriy o’qilganini eshitganlari yo’q. Kim ularga Allohning kalomini eshittirib qo’yadi?" deyishdi. Abdulloh sira ikkilanmay: - Mana, men eshittiraman, - dedi. - Yo’q, faqat sen emas, - dedilar ashoblar bir ovozdan. - Kofirlardan har narsani kutsa bo’ladi, shuning uchun ularning yomonligidan himoya qilishga qodir qarindosh-urug’lari bor odam chiqishini xohlaymiz. - Bu yog’idan xotirjam bo’ling. Allohning o’zi meni ulardan himoya qiladi, - dedi Abdulloh ishonch bilan va birodarlarini tark etib, masjid sari jo’nadi. Qurayshiylar Ka’ba atrofida jamlanib o’tirishardi. Abdulloh Maqomi Ibrohim oldiga kelib to’xtadi va baralla ovoz bilan Qur’on oyatlarini tilovat qila boshladi: "Bismillahir rohmanir rohiym. Ar rohmanu allamal Qur’ana, xolaqol insana, allamahul bayan" (Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Mehribon (Alloh Muhammad payg’ambar va uning ummatlariga) Qur’onni ta’lim berdi. U zot insonni yaratib, unga (dilidagi maqsadini ayon eta olishi uchun) bayonni (nutqni) ta’lim berdi). ("Rahmon" surasi, 1-4-oyatlar). Mushriklar oldiniga hayron bo’lishdi - nimalar deyapti bu Ummu Abd o’g’li? Birpasdan keyin tushunib qolishdi. "Ie, bu Muhammadning gaplarini gapiryaptiku", deb xuddi ilon chaqqanday sakrab turishdi. Qur’on o’qiyotgan Abdullohning yuz-ko’ziga qaramay urishga, ayamasdan tepkilashga tushishdi. Oxiri o’zlari charchab, do’pposlashni bas qilishdi. Ibn Mas’udni qonga belangan holda ko’rgan birodarlari taassuf bilan: - Biz aynan shundoq bo’lishidan qo’rqqan edik, - deyishdi. - Хudo haqqi, Allohning dushmanlari ko’z o’ngimda. Hech qachon bugungichalik xor-zor tuyulmagandi. Agar xohlasangiz ertaga yana o’sha yerga borib, Qur’on o’qib beraman, - dedi Abdulloh qat’iyan. - Yo’q, bas, senga shu ham yetadi, - dedilar sahobalar.
|
| |
|
|
| shaddot | Date: Payshanba, 10/01/28, 9:56:48 AM | Message # 144 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| Abdulloh ibn Mas’ud Usmon roziallohu aihuning xalifalik davrigacha yashadi. Og’ir kasal bo’lib yotgan Abdullohning ziyoratiga kelgan xalifa undan hol-ahvol so’radi: - Nimalardan shikoyat qilasiz? - Gunohlarimdan, - dedi xasta. - Ko’nglingiz nimani tusaydi? - Robbimning rahmatini. - Yig’ilib qolgan maoshlaringizni opkeltirib beraymi? Axir necha yildan beri sariq chaqa ham olmaysiz! - Endi menga uning keragi yo’q! - Hech bo’lmasa sizdan keyin qizlaringizga qolar?! - Qizlarimni faqir bo’lib qolishlaridan qo’rqyapsizmi? Men ularga har oqshom "Voqea" surasini o’qishni buyurganman... Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytgandilarki "Kimki har oqshom "Voqea" surasini o’qishni odat qilsa, aslo mo’xtojlik ko’rmagay". O’sha kecha Abdulloh ibi Masud qalbida Allohning yodi, tilida oyati karimalar tilovati bilan rafiqul alo dargohiga ravona bo’ldi
|
| |
|
|
| enjoy | Date: Payshanba, 10/01/28, 2:46:43 PM | Message # 145 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status: 
| shaddot, Olloh rozi bo'lsin rahmat singlim
|
| |
|
|
| shaddot | Date: Payshanba, 10/01/28, 11:07:17 PM | Message # 146 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| Alloh hammamizdan rozi bo`lsin
|
| |
|
|
| shaddot | Date: Payshanba, 10/01/28, 11:08:01 PM | Message # 147 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| Бир кун Ҳазрат Умар (р.а.) от миниб кетар экан: Ё Умар, Аллоҳдан қўрқ, дедилар. Ҳазрат Умар афандимиз суръат билан от устидан тушиб сажда қилиб, бошини ерга қўйди, юзини тупроққа сурди, ранги сарғайиб, овози хириллаб: Умар кимки, Аллоҳдан қўрқмасин! " деб бошини сажда дан кўтарди ва: "Аллохдан қўрқиш ҳикматнинг, ҳидоятнинг, саодатнинг ёруғ юлдузидир. Ўзининг инсонлигини билган одам фақат Аллoҳнинг буюклиги оядида саждага эгилади. Ўзининг инсонлигини билмаган Аллохнинг буюклигини қаердан билсин", деди. Изоҳ ва ўгит Ҳазрат Умар (р.а.)ни Умар қилган Ислом динидир. Умар мусулмон бўлганига қадар тошбағир, меҳрсиз одам эди. Ҳатто ўз фарзанди қизини тирик кўмган тошбағир одам эди. Аммо мусулмон бўлгач, Ҳазрат Муҳаммаднинг тарбиясига мушарраф бўлгандан кейин Умардан марҳаматли, Умардан адолатли, Умардек Аллоҳдан қўрққан яна бир одам чиқмади.. Ўз оиласи, болаларига овқат учун унни халифа Умар (р.а.) ўзи орқалаб ташиди. Халифа ўз қўли билан овқат пишириб етимларга тарқатди. "Дажла қирғоғида бир чўпоннинг қўзисини бўри олиб қочса, Аллоҳ Халифа Умардан сўрайди", деб кўз ёшларини тўкар эди. Буларнинг барчаси Ҳазрат Умар (р.а.)нинг Аллоҳга бўлган муҳаббати ва ҳурматининг, Аллоҳдан қўрқишнинг дадилларидир.
|
| |
|
|
| shaddot | Date: Payshanba, 10/01/28, 11:45:34 PM | Message # 148 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| АXДГА ВАФОДОРЛИКНИНГ ХАЙРЛИ НАТИЖАСИ Бир кун Ҳазрат Умар (р.а.) Асҳоби Киром билан суҳбат қуриб ўтирар эди. Икки одам бир йигитни туртиб, қўлларидан маҳкам ушлаб Халифа ҳузурига олиб келдилар: Биз қасос олишни истаймиз, эй Амирал Мўъминин! Қасос!.. —: деб бақирарди улар. Амирал Мўъминин Ҳазрат Умар (р.а.): Қандай дардингиз бор? Даъвони билмай туриб қасос олинмайди. Нега йигитни уриб олиб келдингиз? деди. Йигитни олиб келганларида бири: Эй, Амирал Мўъминин! Бу йигит отамизни бизнинг боғимизда ўлдирди. Бунинг ҳам ўлдирилишини истаймиз. Қасос олинишини, ўлимини истаймиз, деди. Ҳазрат Умар (р.а.) йигитга қараб: Нима дейсан, буларнинг айтгани тўғрими? Сени оталарини ўлдирганликда айбламоқдалар, деди. Нурли бир чеҳра сохиби бўлган, нур юзли йигит: Ё, Амирал Мўъминин! Бу одамлар тўғри гапирмоқдалар. Бўлган воқеани мушоҳада қилиб кўринг, мен тушунтиришга ҳаракат қиламан. Мен узоқлардан келаётган бир йўлчиман, йўлга чиққанимга уч кун бўлди. Бироз истироҳат қилай, дам олай, дедим. Отимни бу одамларнинг хурмо боғлари ёнида бир шохга боғлаб дам олмоқчи бўлдим. Отим бўйнини чўзиб уларнинг хурмо дарахтининг бир шохининг баргини ебди. Уйғонсам бир чол отимга тош отмоқда. Ўрнимдан турдим. Чол отган охирги тош отимнинг пешонасига тегди ва отим ўлиб қолди. Ниҳоят севган отимнинг ўлганини кўриб, жаҳл билан чол отган охирги тошни унинг ўзига отдим. Чол йиқилиб тушди. Шу пайт жонинин таслим этиб ўлиб қолди. Мен бундай бўлишиии хоҳламаган эдим, деди. Адолат нозири, Исломнинг хожаи Ҳалифаси Ҳазрат Умар (р.а.): - Айбингни эътироф этдинг. Қасос лозим, — деди. - Хайҳот! Менинг бир узрим бор. Қуръон нима деса шу тўғри. Мен Қуръон буйруқларига бўйсунаман. Менинг сизлардан бир илтимосим бор. Қасос олиб мени ўлдиришдан аввал менинг бир етим ҳақини бериб қўйишимга ижозат берсангиз. Мен уни беришим керак. Бизнинг отамиз ўлди. Пуллари қаерда эканлигини мен биламан. Бир қизча синглим бор, у билмайди. Менга уч кун муҳлат беринг, бориб пулларимизнинг турган жойини синглимга кўрсатиб келайин, деди.
|
| |
|
|
| shaddot | Date: Payshanba, 10/01/28, 11:46:03 PM | Message # 149 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| Йигитнинг бу илтимосини даъвогарлар қабул қилишни истамасалар хам, Ҳазрат Умар (р.а.): Сенга бир кафил бўладиган бир одам бўлса, унинг кафиллигида рухсат берардик, деди. Маъсум юзли бу йигит шу ерда йиғилган барча Асҳобга бир-бир қараб чиқди. Охири Абу Зар Ғиффорийни кўрсатди. Ул заиф, наҳиф зотга қараб: Бу зот менга кафил бўла олади, деди. Ҳузури Ҳалифадан. ҳозир бўлган Асҳоби Киром ҳайратга тушдилар. Абу Зарнинг оғзига қараб қолдилар. Ҳалифа Ҳазрат Умар (р.а.): - Нима дейсан, эй Абу Зар? Бу қишлоқли йигитга кафил бўла оласанми? деб сўради. - Албатта кафил бўламан. Ҳозир кетиб уч кундан сўнг етиб келсин, жавоб берди Абу Зар. Даъвогарлар Абу Зарнинг мавқеини яхши билишарди. Абу Зар Асҳобнинг пешволаридан эди. Шунинг учун унинг кафиллигини қабул қилдилар. Йигит Ҳалифа ҳузуридан чиқиб кетди. Шошилиб тўғри қишлоғига кетди. Ҳамма уч кун кутиш кераклигини билиб тарқалди. Уч кун ўтди. Ўша вақтда бўлганлар яна Халифа ҳузурига йиғилдилар. Ҳазрат Абу Зар ҳам келди. Муддаилар (даъвогарлар) ҳам келиб у йигитни кутиб ўтиришди. Вақт ўтиб қолганди. Йигит майдонда кўринмасди. Абу Зар ҳеч ховлиқмай, ҳаяжонланмай сукут сақларди. Абу Зар Асҳобнинг пешволаридан, буюкларидан бўлиб, кўп вақт Расулуллоҳнинг илтифотига эришган қадрли зот эди. Вужуди заиф, бир муҳтарам эди. Шу онда даъвогарлар: Эй, Абу Зар! Сенинг улуғ зот эканлигингни биламиз. Аммо биз отамизнинг қасосини олишни хоҳлаймиз. Сен ўзинг тани маган йигитга кафил бўлдинг. Агар келмаса биз отамизнинг ҳақини сендан талаб қиламиз, дедилар. Халифа Ҳазрат Умар (р.а.): Ё Абу Зар! Валлоҳ, мен ҳам шундай деб ўйлайман, қасос амалга оширилади, деди. Ҳазрат Абу Зар эса: Мен ҳам розиман, деди. Ҳозир бўлганлар ҳаяжонга тушдилар. Ҳамманинг юраги қаттиқ ура бошлади, нафаси ичига тушиб кетди. Халифа ҳузурида ҳозир бўлганлар даъвогарларга ялина бошладилар: — Отангизнинг хунини берамиз, дедилар.
|
| |
|
|
| shaddot | Date: Payshanba, 10/01/28, 11:46:36 PM | Message # 150 |
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status: 
| Муддаилар қабул этмадилар. Берилган муҳлат ўтиб қолди. Абу Зар ўрнидан туриб тайёрлана бошлади. Абу Зар таҳорат қиларди. Ҳамманинг кўзи ёшга тўлганди. Шу пайт узоқлардан чангтўзон кўтарилиб шошиб келаётган йигит кўринди. Терга пишиб кетган қишлоқ йигити ичкарига кирди, Салом берди ва узр сўради: Мени афв этинглар. Сизларни ҳаяжон ичида йўлга қарат дим. Етимнинг энагалари узоққа кетган эканлар, уларни кутиб кечикдим. Улар билан учрашиб етим синглимни уларга топширдим, омонатини бердим. Шошилиб энди етиб келдим, деди у. Ул мажлисда ҳозир бўлганлар ҳайратга тушдилар. Ҳаяжонлари босилгач, бутун мажлис аҳли "Бу одам нега келди?". дейишди. Йиғилганларнинг юзларида таажжуб ва ҳайронликни кўриб йигит: Мени келмайди, деб ўйлаганмидингиз? Юзингизда ҳайронлик, ҳайрат аломати кўринади. Мен қандай қилиб келмайман! Мен мўминман-ку! Мўмин деб аҳдига вафо қилганни, берган сўзига содиқ қолганни айтадилар, деди. Сўнгра қўлларини дуога очиб, осмонга қараб: Ё Раббий! Менинг сенга бўлган имонимнинг нури юзимда акс этмайдими, булар мендан шубҳага тушмоқдалар, деб кўзларига ёш олди. Йигитнинг юрагидан чиққан бу сўзлар, Умарнинг кўзларига ҳам ёш келтирди. Ислом Халифаси Ҳазрат Умар (р.а.) ҳайратга тушиб Абу Зардан бир сўзни сўрашдан ўзини тия олмади: — Ё, Абу Зар! Бу йигитнинг отасини танийсанми? Қабиласини биласанми? Ҳазрат Абу Зар: - Тушундим, ё Амирал Мўъминин! Бу йигитни танимасдан туриб нега кафил бўлдинг, деб сўрамоқчисан, шундайми? деди. - Худди шундай ё Абу Зар, жавоб берди Халифа, шу маънода сўрадим. - Ё Умар! деди Абу Зар. Мени ҳамма билади. Ҳазрат Муҳаммадга қандай ишонганимни, ва ул буюк Пайғамбарнинг менга қандай рутба (даража) берилганлигини бу ерда билмаган одам йўқ. Мен, Мухаммадийларда фазилат қолмабди, деб ўйлагандим. Йигит мендан ёрдам сўради, Ёрдам бериб фазилат учун "хўп" дедим. Ул мажлисда бўлганлар жунбушга келдилар. Даъвогарлар, бунчалик Исломга содиқ, жонини Ислом амрлари учун фидо этаоладиган бир имон соҳиби йигитнинг ҳолидан ибрат олиб раҳмга юз бурдилар, ва: Ё, Амирал Мўъминин! Биз ҳам Аллоҳ учун отамизнинг қасосидан воз кечамиз. Ҳақимизни ҳалол этдик. Йигит хоҳлаб бу ишни қиладиганлардан эмас экан. Бу фидокорлиги учун биз уни ҳурматлаймиз, дедилар. Шундай қилиб, сўзда туришингни, аҳдга вафодорликнинг хайрли натижасининг жонли мисолини ҳозир бўлганлар яна бир марта ўз кўзлари билан кўрдилар ва гувоҳ бўлдилар. Изоҳ ва ўгит Ўқувчи қардошим, бу фидокорликлар қандай пайдо бўлади? Жонини кимга таслим қилишни билгани учунми? Бу туйғулар ила инсон фанолик касб этадими? Эта олмайдими? Ундай бўлса, бу ишонч соҳиби бўлишга қодирми? Дунё Аллоҳники, Охират ҳам Аллоҳникидир. Дунёда гуноҳ ишлари учун охиратда жазосини тортишга ишонган, Аллоҳнинг ҳар ерда ҳозир ва нозир бўлишига имони комил бўлган одам ҳеч бир вақтда Аллоҳнинг амри, буйруғидан қочмайди, қочмаган қулини эса Аллоҳ қутқаради.
|
| |
|
|