Alloh taoloning muborak ismlari
|
|
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:16 | Сообщение # 61 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-HOFID Men g’aribning holiga kular kimlar, yo, Hofid, Ammo kiprik ostida nurlar imlar, yo, Hofid, Qo’l siltayman dunyoga, sendan madad olaman, Garchi atrof aylana tikan simlar, yo, Hofid! AR-ROFI Qulingga bir mansab ato qil, yo, Rofi, Taxtinga irfonni mato qil, yo, Rofi, Ehsonning yo’lida gado qil, yo, Rofi, Iymondan toyganda ado qil, yo, Rofi! AL-MU’IZ Yo, Mu’iz! Bu ne’mat, bu sharaf daryosi O’zing, Yo, Mu’iz! Ko’ngil gulshanining rizosi O’zing, Yo, Mu’iz! Borliq uxlaganda ro’yosi O’zing, Yo, Mu’iz! Olam uyg’onganda ziyosi O’zing!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:17 | Сообщение # 62 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-MUZIL Yo, Muzil! Iymonni otganlar ko’payib ketdi. Yo, Muzil! Zillatga botganlar ko’payib ketdi. Yo, Muzil! Ishlamay yotganlar ko’payib ketdi. Yo, Muzil! Ismingni sotganlar ko’payib ketdi. AS-SAMIY Yo, Samiy! Saslar dolg’asida yaraqlagan dur, Yo, Samiy! Sukunat sathida kezguvchi huzur, Yo, Samiy! Fikr osmonini qurshab olganlar, Yo, Samiy! Qalbim urishini o’zing tinglab ko’r! AL-BASIR Yo, Basir! Savobu gunohim o’zingga ayon, Yo, Basir! Yashirib yozsam-da sen uchun bayon, Yo, Basir! Dunyolar mulkida g’olibsan-shoyon, Yo, Basir! Sendan qocha-qocha ketarman qayon!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:18 | Сообщение # 63 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-HAKAM Yo, Hakam! Haqiqat izladim dorul fanoda, Yo, Hakam! Ko’zlarim bog’lanib guli ra’noda, Yo, Hakam! Bilmadim adolat asli ma’noda, Yo, Hakam! Sening amringdaman, boqiy samoda! AL-ODIL Yo, Odil! Qayga borsam ko’rdim yuraklar yaro, Yo, Odil! Yona-yona qirmizi qonim qaro, Yo, Odil! O’zing shavqat farmonini o’qigil, Yo, Odil! Bosh tutaylik odilsizliklar aro! AL-LATIF Umri daroz, rizqu farog’ ber, yo, Latif, Zulmat aro yo’lda charog’ ber, yo, Latif, Nasibamni mayda-mayda tergali, O’zing qadoq qo’lga yaroq ber, yo, Latif!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:19 | Сообщение # 64 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-XABAR Gunoh qildik kunduzlari, qaro parda- devor qilding, yo, Xabar, Gunoh qildik biz tunlari, Xurshid ila oshkor qilding, yo, Xabar, Qahring Sening rahming ekan, rahming ogoh etguvchi sas, Bilmaganni oxiratda tilim-tilim, abgor qilding, yo, Xabar! AL-HALIM Yo, Halim, ko’nglima shavqatni sol, Yo, Halim, yo’lima hurqatni sol, Guhoh etsam marhamating ayama, Yo, Halim, umrima shavkatni sol! AL-AZIM Ummon zarra, Sen azimsan, yo, Azim, Osmon zarra, Sen azimsan, yo, Azim, Men milt etgan uchqundirman, yo, Azim, Jahon zarra, Sen azimsan, yo, Azim!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:20 | Сообщение # 65 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-G’AFUR Bu dunyoning har kuni nur-yoz emas, yo, G’afur, Adolatsiz shotilari xo’p soz emas, yo, G’afur, Sinovingda bilib-bilmay yiqildim, Maxfirat qil, gunohlarim ko’p, oz emas, yo, G’afur! ASH-SHOKIR Shukr Senga, bandaga qul bo’lmadim, yo, Shokir, Shukr Senga, nihol ekan so’lmadim, yo, Shokir, Ne’matingni har lahzada his etdim, yo, Shokir, Shukr Senga, o’lib turib, o’lmadim, yo, Shokir! AL-OLI Arking arkida yo’qdirki adad, yo, Oli, Qo’lni ochsak o’zing madad, yo, Oli, Qiyos izlab qiyosingni topmadim, Oliy Sensan, oliy abad, yo, Oli!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:22 | Сообщение # 66 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-KABIR Yo, Kabir, azmingda ilmu murvat bo’lolsaydim, Yo, Kabir, nazmingda she’ru-shuhrat bo’lolsaydim, Yo’q, ojizman, munavvarlik Senga xos, Yo, Kabir, nasdingda quli ibrat bo’lolsaydim! AL-HAFIZ Otam-onam qabrin nurla obod qil, yo, Hafiz, Ruhlarini jannatingda dilshod qil, yo, Hafiz, Osiy dunyo o’tganlarni unutar, yo, Hafiz, Boqiy elda ular nomin Sen yod qil, yo, Hafiz! AL- MUKIT Oriyatni baland tuttim, xorlandim, yo, Mukit, Xosiyatni baland tuttim, zorlandim, yo, Mukit, Hiyla-nayrang tuzog’ini sevmadim, yo, Mukit, Oqibatda jannatingga chorlandim, yo, Mukit!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:24 | Сообщение # 67 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL- HOSIB Suv balosi, olov balosidan qo’rqdim, yo, Hosib, Chuv balosi, aldov balosidan qo’rqdim, yo, Hosib, Habiyalloh-ul-Hosib, o’zing asra, Quv balosi, hiyla balosidan yo, Hosib! AL-JALIL Maskanimga shamol keldi, yo, Jalil, Mashrabimga kamol keldi, yo, Jalil, Sening noming zikr etsam, qay mahal, Mansabimga jamol keldi, yo, Jalil! AL-KARIM Tunlar tongga ulanar, “ Yo, Karim!” desang, Mazlum shuur hurlanar, “ Yo, Karim!” desang, Yo’ling yetib Dorulbaqoga, Ruhing qayta nurlanar, “ Yo, Karim!” desang!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:25 | Сообщение # 68 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AR- ROQIB Olam aro be raqibsan, yo, Roqib, Biz ta’zimda, be ta’qibsan, yo, Roqib, Gunohimiz haddan oshib ketgan kun, Azob uchun o’t yoqibsan, yo, Roqib! AL-MO’JIP Sabr bizdan, qadr Sendan, yo, Mo’jip, Sadr bizdan, adr Sendan, yo, Mo’jip, Xiyonatga quling muhtoj qolganda, Qabr bizdan, jabr Sendan, yo, Mo’jip! AL-VOSI Men ishonsam, ishonganim sotdi, yo, Vosi, Dostim poylab yuragimdan otdi, yo, Vosi, Faqat Senga inondim so’ng, yo, Vosi, Qalbim hayot ta’min totdi, yo, Vosi!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:25 | Сообщение # 69 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-HAKIM Hikmat izlab umr kechdi, yo, Hakim, Xotiradan izlar o’chdi , yo, Hakim, Va bilmadim, himkat Senda, yo, Hakim, Ko’zbog’imni ajal yechdi, yo, Hakim! AL-VADUD Qalam qolib, qilich tushdi qo’lima, yo, Vadud, Dushnam emas, do’stlar chiqdi yo’lima, yo, Vadud, Iymon suvi kelgach ko’ngil cho’lima, yo, Vadud, Hayot nadir, boshni urdim o’lima, yo, Vadud! AL-MAJID Yo, Majid, Sen azamatlar azamati, Yo, Majid, Sen karomatlar karomati, Magar Sening ulug’liging ko’rolmasam, Yo, Majid, Men malomatlar malomati.
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:27 | Сообщение # 70 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-BOIS Ne-ne zo'rlar, zo'ravonlarni ko'rdim, yo, Bois, Ne-ne cho'llar, yo'l-ravonlarni ko'rdim, yo, Bois, Kuchsizu zarradirlar puli sirotning oldida, Sendan qo'rqqan qalb-shodonlarni ko'rdim, yo, Bois! ASH- SHOHID Bo'htondan chiqmadi boshim, yo, Shohid, Anduhdan so'nmoqda Quyoshim, yo, Shohid, Farzandlar dog'ida yondirma, faqat, Arshinga yetganda yoshim, yo Shohid! YO, HAQ Haq yolida nohaq bo'lganlar qancha, yo, Haq, Haq yo'lida barhaq bo'lganlar qancha, yo, Haq, O'zlarini Quyosh deb oqibatda bir kuni, yo, Haq, Qonga botib shafaq bo'lganlar qancha, yo, Haq!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:30 | Сообщение # 71 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-VAKIL Og'och bo'ldim, dor bo'lmadim, yo, Vakil, Sudraldim goh, mor bo'lmadim, yo, Vakil, Tavakkalni Senga qildim, yo, Vakil, G'arib edim, xor bo'lmadim, yo Vakil! AL-QOVIY Ko'kka boqdim tilsim ko'rdim, yo, Qoviy, O'zni omiy qil sim ko'rdim, yo Qoviy, Ta'limoting chashma yamglig' simirgach, Sir kalitin gulsum ko'rdim, yo, Qoviy! AL-METIN Sen metinsan, men turg'unman, yo, Metin, Sen inoyat, men tuyg'unman, yo, Metin, Tuynigingdan kirib bordim qasringga, Sen lutfsan, men uyg'unman, yo, Metin!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:31 | Сообщение # 72 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-VALIY Odamlar orasidan do'st izlabman befoyda, yo, Valiy, Umidlarim suv bo'lib oqib ketdilar soyda, yo Valiy, Haqiqiy do'st Sen kirding huvillagan qalbimda, yo, Valiy, Orzularim chinma-chin yuksaldilar bir joyda, yo Valiy! AL-HAMID Al-hamidullohu Rabbil a'lamin, yo, Hamid, Sen pokiza, Sen hafizau a'lamin, yo, Hamid, Senga sano aytmoq qarzu muborak, yo, Hamid, Hamd yozmasa sinsin qo'lda qalamim, yo, Hamid! AL-MUHSIY Tongda turdim, bosh ustida Sen eding, yo, Muhsiy, Xayol surdim, bosh ustida Sen eding, yo, Muhsiy, Xox tun edi, xih kun edi- dunyo kezdim- Qayda yurdim, bosh ustida Sen eding, yo, Muhsiy!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:33 | Сообщение # 73 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-MUBDIY Bilmam loymidim, paxsazanning oyog'ida, yo, Mubdiy, Bilmam oymidim, cho'ponlarning tayog'ida, yo, Mubdiy, Odam bo'ldim Sening karomatingdan, yo, Mubdiy, Bilmam ne xat bor peshonamning naryog'ida, yo, Mubdiy! AL-MO'BID Asl so'roq huzuringda turishdir, yo, Mo'bid, Asl yurish ko'prigingda yurishdir, yo, Mo'bid, Jannatingdan benasib qolganlarga, yo, Mo'bid, Asl azob do'zaxingda kuyishdir, yo, Mo'bid! AL-MUHYI Ayro tushdim sokin qishloq- onamdan, yo, Muhyi, Ayro tushdin jo'shqin shahar-otamdan, yo, Muhyi, Azoblarim zardob bo'lib oqdilar, yo, Muhyi, Ayro tushdim foniy dunyo-olamdan, yo, Muhyi!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:34 | Сообщение # 74 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-MO'MIYT O'lim nadir, o'lim Sening qarzingdir, yo, Mo'miyt, Hayot nadir, hayot Sening darsingdir, yo, Mo'miyt, Farishtalar xizmatida muntazir, yo Mo'miyt, Odam nadir, odam Sening farzingdir, yo, Mo'miyt! AL-HAYY Bilmadim bu dunyoda netkinchimiz, yo, Hayy, Dunyo o'rmon, balki biz o'tinchimiz, yo, Hayy, Abadiyat mulkining sohibisan, yo, Hayy, Sen yashaysan, biz esa o'tkinchimiz, yo, Hayy! AL-QAYYUM Sadaf tishni terganingday dunyo tizding, yo, Qayyum, Savob gunoh orasida bizni tuzding, yo, Qayyum, Istaganda bor ayalding, yor aylading, yo, Qayyum, Istaganda barchasini qayta buzding, yo, Qayyum!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:37 | Сообщение # 75 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-VOJID Qocha-qocha qayga qochib boraman, yo, Vojid, Odil yo'lda urug' sochib boraman, yo, Vojid, Yuragimga cho'g' olovni soldimg Sen, yo, Vojid, Yona-yona eshik ochib boraman, yo, Vojid! AL-MOJID Boyliklardan uzoqda boy edim, yo, Mojid, Yo'limga raqib chiqsa yoy edim, yo, Mojid, Davlatim bo'lmasada sharafimni saqlading, Daryo loyqa, men-tiniq soy edim, yo, Mojid! AL-VOHID Biz na olovu na tutun, yo, Vohid, Sen vohidsan-bir butun, yo, Vohid, Birlashtirgin qullaringni yo, Vohid, Biz tarqoqmiz, zor-yupun, yo, Vohid!
|
|
| |