|
Alloh taoloning muborak ismlari
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
52. Haq. O’zgarmas, sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi. 53. Vakiyl. Barchaning ishi unga topshirilgan zot. 54. Qaviy. Quvvatli zot.
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
55. Matiyn. Matonatli zot. 56. Valiy. Muhabbat qiluvchi, nusrat beruvchi va xalqining ishini yurituvchi zot. 57. Hamiyd. Barchaga maqtovlar ila maqtalgan zot.
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
58. Muhsiy. Barcha narsaning hisobini oluvchi zot. 59. Mubdi’. Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot. 60. Mu’iyd. Yo’q bo’lgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
61. Muhyi.
Tiriltiruvchi. U zot o’liklarni tiriltiruvchidir. Bu ismga maxluqlarni qayta tiriltirishdan oldin ham sazovordir. Alloh o’liklarga jon kiritib, tiriltirganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, hayot berishidan oldin ham tiriltiruvchi deyilaveradi. Xuddi xaloyiqni xalq qilishdan oldin Xoliq bo’lganidek. Alloh qiyomat kuni o’liklarni tiriltiradi, shuning uchun, tiriltiruvchi nomi berildi. Bas, tiriltirish sifati Alloh taoloda maxluqlarni tiriltirishdan oldin ham sobit .
62. Mumiyt.
O’ldiruvchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.
63. Hayy.
Tirik. U hamisha tirikdir, U o’lmaydi. Ya’ni, Allohning hayoti abadiydir, o’lim ila yo’q bo’lmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliy, oldin yo’q bo’lgan emas. Yagona Allohning tirikligi o’zigagina xos alohida hayot bo’lib, bandalar hayotiga o’xshash boshqa masdardan berilgan emas. Bu hayot azaliy va abadiydir. Ibtidosi ham, intihosi ham yo’q. Allohning tirikligi hech bir jihatda bandalarning hayotiga o’xshamaydi.
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
3741
Holati:
|
shaddot, olloh rozi bo'lsin rahmat katta
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
64. Qayyum. O’zi qoyim bo’lgan va boshqalarni qoyim qilgan zot. Allohning «qayyum»lik sifati ma’nosi Alloh taboraka va taoloning har bir narsa ustida turuvchi ekani va har bir turuvchi narsa Uning sababidangina turishini anglatadi. Shu bilan Allohning qoyimligi boshqanikiga o’xshamaydi va doimiydir. 65. Vojid. Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni to’sa olmaydi. 66. Mojid. Ulug’lik va sharaf sohibi.
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
67. Vohid. Yagona, bitta. U zot zotida ham, sifatlarida, ishlarida ham yagonadir. 68. Somad. Somad sifati ko’p ma’nolarni o’z ichiga oladi: itoat qilingan, ulug’, Usiz hech bir ish bitmaydi; hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi; butun maxluqot bitib tugasa ham, o’zi doim boqiydir va hokazo. 69. Qodir. Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. Har bir ish unga osondir. Alloh taolo azaldan har bir narsaga qodirdir. Agar azaldan qodir bo’lmasa, qachon va qandoq qilib, har bir narsaga qodir bo’la oladi.
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
70. Muqtadir. Juda ham qudratli. 71. Muqaddim. Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlagan shaxs va narsasidan oldinga suradi. 72. Muaxxir. Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani, xohlagan shaxs va narsasidan orqaga suradi
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
73. Avval. U hamma narsadan avval, ya’ni, barcha mavjudotlar yo’qligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni «Avval» sifatiga ega bo’lgan Alloh yaratdi. Ya’ni, Allohning vujudga kelishining boshlanishi yo’qdir. 74. Oxir. Hamma narsa yo’q bo’lib ketganda ham, Uning o’zi qoladi. 75. Zohir. Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
76. Botin. U ko’zga ko’rinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir. 77. Voliy. Har bir narsaga voliy-ega. 78. Muta’oliy. Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot.
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
79. Barr. Ulug’ yaxshilik qiluvchi. 80. Tavvob. Bandalarni tavbaga yo’llovchi va ularning tavbasini ko’plab qabul qiluvchi zot. 81. Muntaqim. Zolim va osiylardan intiqom oluvchi.
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
82. Afuvv. Afv qiluvchi. 83. Ra`uf. O’ta shafqatli va mehribon. 84. Molikul mulk. Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni o’zi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini o’zgartiradigan yo’q.
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
85. Zul jalol val ikrom. Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi. 86. Muqsit. Adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi. 87. Jome’. Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
88. G‘aniy. Behojat. Uning hech kimga va hech narsaga hojati tushmaydi. 89. Mug’niy. Behojat qiluvchi. U zot o’z bandalaridan xohlaganini behojat qilib qo’yadi. 90. Mone’. Man’ qiluvchi
|
|
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
701
Holati:
|
91. Zorr. Xohlaganiga zarar qiluvchi. 92. Nofe’. Manfaat beruvchi. 93. Nur. O’zi o’zi ila zohir bo’lgan va o’zgalarni zohir qilgan.
|
|