Alloh taoloning muborak ismlari
|
|
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:40 | Сообщение # 76 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AS-SAMAD Sen muhtoj emassan. men muhtojman, yo, Samad, Men gultoj emasman, sen gultojsan, yo, Samad, Sen menga gultoju men Senga muhtoju Bu dardim gar shoh esa, man xirojman, yo, Samad! AL-QODIR Yuragimda hasratim bor, sodiri Sen, yo Qodir, Shuurimda nusratim bor, nodiri Sen, yo, Qodir, Millatimga o'g'il bo'lib, xizmat aylamoq uchun, Bu dunyoda fursatim bor, qodiri Sen, yo, Qodir! AL-MUQTADIR Taxtu Sulaymonni netay, taxting oldida, yo, Muqtadir, Bosh olib qayga ketay, shahding oldida, yo, Muqtadir, Yeru ko'kda qudrat Sensan, O'zing qo'lla, yo, Muqtadir, Men murodimga yetay, ahding oldida, yo, Muqtadir!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:43 | Сообщение # 77 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-OXIR Qaydan kelib yana keturmiz qayon, yo, Oxir, Soati yetganda qilasan ayon, yo, Oxir, Boqiylik yarashar zotingga tanho, Avvalu Oxirdan O'zingsan shayon, yo, Oxir! AZ-ZOHIR Yetti mulkim o'z o'rnida, Sen mohirsan, yo, Zohir, Tafakkurim daryosida, Sen hozirsan, yo, Zohir, Muhabbat ne, bilmoq istagan banda, yo, Zohir, Seni sevsin, ko'ngul Zuhra, Sen Tohirsan, yo, Zohir! AL-BOTIN Aql chashma, Sen tubida ko'zisan, yo, Botin, Dilim bulbul Sen tilida so'zisan, yo, Botin, Ruhim Sensiz yashay olmas bir lahza, yo, Botin, Ruhim iymon, Sen ilmida O'zisan, yo, Botin!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:44 | Сообщение # 78 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-VOLIY Yo, Voliy, yoshga sihat, keksalarga umr ber, Yo, Voliy, bohsga aql, yuraklarga sabr ber, Yo, Voliy, g'ariblarning burda nonin oldilar, Yo, Voliy, razolatga botganlarga jabr ber! AL-MO'TAOLI Shubha dilni kemiradi, yo, Mo'taoli, Gumon elni yemiradi, yo, Mo'taoli, Sendan qaytgan nobakorlar nobakori, Dinsizlikdan semiradi, yo, Mo'taoli! AL-BARR Yaxshilikni xayru ehsoningdan oldim, yo, Barr, Muruvvatni mehru osmoningdan oldim, yo, Barr, Yomonlikni ma'lun shaytondan oldi kum, Omonlikni ilmu urfoningdan oldim, yo, Barr!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:45 | Сообщение # 79 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AT-TAVVOB Tavba chog'i hilu hildim, yo, Tavvob, Gunohimni aqqol bildim, yo, Tavvob, O'zing kechir, ostonangda tiz cho'kdim, Tavba qildim, tavba qildim, yo, Tavvob! AL-MO'NTAQIYM Darra azoblari ne emish, yo, Mo'ntaqiym, Arra azoblari ne emish, yo, Mo'ntaqiym, Boshiga kelganlar angladi, yo, Mo'ntaqiym, Zarra azoblaring ne emish, yo, Mo'ntaqiym! AL-AVFUV Xo'p gunohga to'ldim man, avf etarmisan, yo, Avfuv, Ming pushayamon bo'ldim man, avf etarmisan, Igna yashar yuragimning ostida, zardob yig'ib, yo, Avfuv, Oh, qiynalib o'ldim man, avf etarmisan, yo, Avfuv!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:48 | Сообщение # 80 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AR-RAUF Yo, Rauf, daryolar qurib bitardi dardim tegirmonida, Yo, Rauf, qoyalar nurab ketardi dardim selimonida, Xayriyat, Sen, bardoshdan tomirimga qon quyding, Yo, Rauf, bilmam dunyo netardi dardimning to'fonida! MOLIKUL-MULK Molikul-Mulk, Sen badavlat, men molsiz, Molikul-Mulk, Sen basavlat, men holsiz, Molikul-Mulk, Sen ne'matingdan ulush berding, Molikul-Mulk, Sen saxiysan, men xasis! ZUL-JALOLI VAL-IKROM Yo, Zul-Jaloli val-Ikrom, Dardli borki, Sen akrom, Og'ir kunda Senga sig'indik, Sihat yashahs qil in'om!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:49 | Сообщение # 81 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-MO'QSIT Sahar uyg'onaman dilimda noming, yo, Mo'qsit, Sajdaga borganda yo'limda noming, yo, Mo'qsit, Vaqt ila savashib keladi oqshom, yo, Mo'qsit, Uyquga ketaman tilimda noming, yo, Mo'qsit! AL-JOMIY Bor aylading osmonni, yo, Jomiy, Bor aylading insonni, yo, Jomiy, Osmon uchun Quyoshni, Inson uchun, yo, Jomiy, Yor aylading Qur'onni, yo, Jomiy! AL-G'ANIY Yo'qdan borman-Sening ulking, yo, G'aniy, Nafas olsam, Sening mulking, yo, G'aniy, Kitobingni ko'zga surib, labga bosdim, yo, G'aniy, Komil ruhim-Sening xulqing, yo, G'aniy!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:50 | Сообщение # 82 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-MO'G'NIY Kim kanbag'al, kim boydir, yo, Mo'g'niy, Kim yulduzu kim oydir, yo, Mo'g'niy, Farmon Sendan keladur, yo, Mo'g'niy, Kim kamonu kim yoydir, yo, Mo'g'niy! AL-MONIY Murodiga yetmasa qazosi o'zidadir, yo, Moniy, Aybi muqarrar bo'lsa jazosi O'zingdandir, yo, Moniy, Tavbasiga tayansa, niyati sahih ekan, yo, Moniy, Murodi hosil bo'lar, sazosi o'zidadir, yo, Moniy! AD-DORR Ham foniyda, ham boqiyda noring bor, yo, Door, Ham zaminda, ham osmonda yoring bor, yo, Dorr, Sen istasang g'azabingdan kimsa qochib qutulmas, Ham beshikda, ham tobutda doring bor, yo, Door!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:53 | Сообщение # 83 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AN-NOFI Yaxshi istab, yomon bo'ldim, yo, Nofi! Rangi-ro'yi somon bo'ldim, yo, Nofi! Qo'llarimni ko'kka ochib, yo, Nofi! Hukming ila omon bo'ldim, yo, Nofi! AN-NUR Og'ochmidim, yona-yona kul bo'ldim, yo, Nur, Oltinmidim, so'na-so'na pul bo'lay, yo, Nur, Munavvar nur quchog'ida yaraldim, yo, Nur, Inson bo'lay, Senga sodiq qul bo'lay, yo Nur! AL-HODIY Hidoyatsiz ko'cha-kuyda dol edim. yo. Hodi, Qomat alif aslida bir zol edim, yo Hodi, Lutfing ila shaytonlardan qutuldim, yo, Hodi, Bugun inson, kecha asli loy edim, yo, Hodi!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:54 | Сообщение # 84 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AL-BADIY Bir tomchidan mukammal jon yaratding, yo, Badiy, Bir donadan nasiba-non yaratding, yo, Badiy, Qullaringga ishonch seli yog'dirib, yo Badiy, Har birini xalifa-xon yaratding, yo, Badiy! AL-BOQIY Yomondan dog', yaxshidan bog' qoldirding, yo, Boqiy, Guldan tikan, ummondan tog' qoldirding, yo, Boqiy, Sen buyursang foniy baqo bo'lg'uvsi, yo, Boqiy, Insondan nur, shaytondan zog' qoldirding, yo, Boqiy! AL-VORIS O'tmishim Sen, kelajagim ham O'zing, yo, Voris, Hadaf olib yelajagim ham o'zing, yo, Voris, Kimsa mendan hisob so'rab tolmasin, yo, Voris, Men hisobni berajagim ham O'zing, yo, Voris!
|
|
| |
shaddot | Дата: Chorshanba, 30-Dek-2009, 02:57 | Сообщение # 85 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| AR-RASHID Zamin tunga bo'yalganda, Sen kelasan, yo, Rashid, Ko'zim kunga bo'yalganda, Sen kelasan, yo, Rashid, Yo'l yo'qotib singanimda chil-chil bo'lib, Qalbim xunga bo'yalganda, Sen kelasan, yo, Rashid! AS-SABUR Sabr tagi oltin, deydi bobolar, yo, Sabur, Sabr so'ngdan oldin, deydi bobolar, yo, Sabur, Sening sabr saltanating ummondir, yo, Sabr, Sabr haqdin olgin, deydi bobolar, yo, Sabur! AL-AHAD Seni ikki, degan tilllar lol bo'lar, yo, Ahad, Seni yo'qdir, degan ilm fol bo'lar, yo, Ahad, Sen Vohidsan, lam yalid valam yulad, Seni xayol degan kimsa mol bo'lar, yo, Ahad! ALLOH Alloh, Seni sevoldim, go'zal tano kerakmas, Alloh, Senga sig'indim, mansab mano kerakmas, Alloh, Seni kuyladim, o'zga ma'no kerakmas, Alloh, Senga intildim, dorulfano kerakmas
|
|
| |
shaddot | Дата: Payshanba, 31-Dek-2009, 22:22 | Сообщение # 86 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| 69-bob. Allohning go’zal ismlari A’rof surasining 180-oyatida: «Allohning chiroyli ismlari bor. U bilan duo qilinglar», deb aytilgan. 269/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taoloning to’qson to’qqizta – bir kam yuzta ismi bor. Kim uni sanasa, jannatga kiradi. Alloh toqdir, toqni yaxshi ko’radi», dedilar. Bu hadisni shu yergacha Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan. Davomida Imom Termiziy va boshqalar Alloh taoloning ismlarini keltirishgan:
|
|
| |
shaddot | Дата: Payshanba, 31-Dek-2009, 22:24 | Сообщение # 87 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| Alloh taoloning ismlari: 1. Alloh. Alloh lafzi «alaha» fe’lidan olingan «iloh» masdariga mansub bo’lib ma’bud-ibodat qilingan zot ma’nosini anglatadi. Arablarda «iloh»ning alif va lom harflari kiritilgan va «alilohu» hosil bo’lgan. So’ngra hamzaning harakatini lomi ta’rifga naql qilingan va bir jinsdagi ikki harfni idg’om qilingandan keyin «Alloh» lafzi hosil bo’lgan. Alloh lafzi yakkayu yagona ma’budi haqqa ism bo’lib qolgan. U zotdan boshqaga bu ism ishlatilmagan. 2. Rahmon. Ulug’ ne’matlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos bo’lib, barchaga kofirga ham, mo’minga ham mehribon va ne’mat beruvchi ma’nosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib bo’lmaydi. 3. Rahiym. «Rahiym» latif ne’matlarni beruvchi. Bu sifat xosroq bo’lib, qiyomat kuni faqat mo’minlarga rahm qiluvchi ma’nosini anglatadi. Va Allohdan o’zgalarga, jumladan Payg’ambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.
|
|
| |
shaddot | Дата: Payshanba, 31-Dek-2009, 22:25 | Сообщение # 88 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| 4. Malik. Barcha narsani egasi. «Malik» haqiqiy egadir. Undan o’zga ega yo’qdir. Shuning uchun bandalar faqat unga qul bo’ladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xo’jayin bo’lmaydi. Shuning uchun insonlar o’zlariga o’xshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul bo’lishlari lozim. 5. Quddus. «Quddus»-barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning o’zigagina xosdir. 6. Salom. «Salom»-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.
|
|
| |
shaddot | Дата: Payshanba, 31-Dek-2009, 22:26 | Сообщение # 89 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| 7. Mo’min. Mo’min-iymon va omonlikni beruvchi. 8. Muhaymin. Hamma narsani qamrab oluvchi. Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh bo’lib turadi. Undan hech narsa maxfiy qolmaydi. 9. Aziz. Barchaning ustidan g’olib. Undan biror narsa g’olib kelolmaydi.
|
|
| |
shaddot | Дата: Payshanba, 31-Dek-2009, 22:30 | Сообщение # 90 |
Группа: Ishonchli
Сообщений: 701
Статус: 
| 10. Jabbor. «Jabbor» oliy qadar ulug’, Uning oldida hamma o’zini xor tutadi. 11. Mutakabbir. «Mutakabbir»- kibriyosi va ulug’ligi behad. Uning oldida boshqalar qul bo’lib turadi. 12. Xoliq. Asli va o’xshashi yo’q narsaning o’lchovini mos qilib yaratuvchi. Alloh maxluqlarni yaratishdan oldin ham Xoliq degan vasfga ega edi. U xaloyiqni xalq qilganidan keyin Xoliq ismini olgani yo’q. Xoliq mutlaq vujudga keltiruvchidir.
|
|
| |