RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Haqiqiy tibbiyot ( Doktor Oydin Solih)
OSIYODate: Yakshanba, 03-Iyul-2011, 21:14 | Message # 1
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Bu bo'limda biz tibbiy muammolarni asrlar davomida qo'llanib kelgan muolaja usullariga tayanib,
парҳез, очлик қилиш, зулук билан қон олдириш, табиий дорилар ёки доривор гиёҳлар билан даволашни таклиф этamiz.

 
OSIYODate: Yakshanba, 03-Iyul-2011, 21:21 | Message # 2
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
KASALLIKLARNING SABABLARI

Ko'p yeyish

"Xar bir kasallikning negizida to'qlik bor" (Hazrati Muhammad s.a.v.)
"Yeyish ularga bir jazo, bir tuzoq va bir kishan bo'lajak" (Hazrati Dovud a.c.)
"Mechkaylik (kop yeyish) daraxtini kkan kasallik mevasini teradi" (Maqol)

"Mechkaylik daraxti" ning kasallik mevalarini qanday hosil qilganiga e'tibor qaratsak.
Yemak kop yeyilganda, oshqozon hazm uchun erituvchi fermentlarga ehtiyoj sezadi.Ferment ishlab chiqarishda tana qiynaladi va buning uchun kop energiya va zarur oziq moddalar talab qilinadi.
Soglom kishi oshqozoni 200-250 gr. ovqatning birinchi hajmini - ozuqa va hajm kuchiga qarab - 3 yoki 4 soat mobaynida jarayonni ohiriga yetkizadi.
Bu miqdorda ovqatni hazm qilish uchun yurak zoriqmaydi.
Ammo ikki barobar ovqat yeyilsa - uni hazm qilish uchun, ortiqcha qismini zahira qilish, metabolizma sarqitlarini chiqarib tashlash uchun- yurak 4-6 marta koproq ishlashga majbur boladi.
Bunday ishlash faqat yurakni emas, ovqat hazm qilish, saqlash va ortiqchalarini vujuddan chiqarib yuborishga yonalgan barcha a'zo-organlarni ham qiynaydi.
Masalan, bir mashina toshli, vayron va noqulay yolda to'g'ri yo'lda harjlaydigan yoqilgining bir necha marta kopini sarflaydi.Masofa bir xil, ammo sarflangan yoqilgi miqdori har xil.
Muntazam kuchanib ishlashdan yaroqsiz holga kelgan motor kabi, inson yuragi ham ortiqcha ishlash oqibatida o'z rizqini tez tugatadi.Chunki bizga ajratilgan umr - yurak zarblari (urishlari) sanoqlidir.
Yosh odam kop ovqat yesa, tanasi quvvatli bolgani uchun, uni hazm qiladi, ortiqcha moddalarni esa tashqariga chiqarib tashlay oladi.Ammo kop yeyish odat tusiga kirib, tanani zorlash davom etaversa, bu quvvat tugaydi, bora-bora ortiqcha moddalar vujuddan chiqarilishi susayadi.
Vujuddagi ortiqcha moddalar omborlari tolganidan keyin esa, bu moddalar qonga aralasha boshlaydi. Bundan qon ogirlashib, aylanishi sekinlashadi.Ortiqcha moddalar tomirlarning devorlariga yopishib, vaqt o'tgan sayin, tomirlar toraya boshlaydi.
Toraygan tomirlardagi qon, a'zolarni yetarli darajada taminlay olmaydi.Yetrali oziq ololmagan azolar miyaga "Biz ochmiz!" ,xabarini yuboradi, tana kop oziq talab qiladi va inson kop yeya boshlaydi.
Va inson kop yeya boshlaydi!
Yeya-yeya qondagi ortiqcha moddalar, tomirdagi torayishlar yanada ortadi.
Bundan qon quyuqlashadi, a'zolarning ochlik xissi kuchayadi.
Bunday qon aylanishi kishida fikrni jamlash, xotira, tushunish, anglash va organish qobiliyatlarini kamayishiga, tanda kasalliklar bir-bir ozini korsata boshlaydi.
Fikr uhlaydi, xikmat o'ladi, a'zolar tohtaydi, insoniy sifatlar sekin- asta yoqoladi.
Shunday qilib, "Yeyish ular uchun bir jazo boladi", xikmati zuhur boladi.
Ba'zi kishilar kop yeyishning badalini semirib ketib, semizlik keltirgan kasalliklar bilan ogrib tolaydilar.
Ba'zilar, aksincha, qancha yeyishsa ham, ozginligicha qolaverishadi.Bu toifaga mansublar ozlarini semizlardan kora soglommiz deb oylashadi.Aslida, ularning xolatlari semizlarnikidan ham xavflidir. Chunki moddalardan yuzaga kelgan ortiqchaliklar, toksinlar va qoshimcha moddalar semizlar vujudida yog'ga aylangani uchun, organlar yemirilishining - qisman bolsada - oldi olinadi.
Ammo ozginlar qonida aylangan toksinlar temperatura, yotal, terlash, burun oqishi, qusish, ich ketishi, sizlogichlar, chipqon vositasida tashqariga chiqarish ishlovi (funktsiyasi) organlarni charchatib, yaramas holga keltiradi.Toksinlar musul, bogim va a'zolarda yigilib, osha joylarda ogriq, yiringlashuv, kistlar hosil bolishiga va genetik ozgarishlarga (mutatsiyaga) sabab boladi.Bu kishilar tez-tez kasallanadigan, muammoli va asabiy insonlar hisoblanishadi.
Yani kop yeb semirgan bilan kop yeb semirmaganning mubtalo bolgan balosi aynidir.
"Arof" surasining 31-oyatida "Yenglar, ichinglar, faqat isrof qilmanglar, chunki Alloh isrof qilganlarni sevmaydi", - deyilgan.
Bu oyat Allohdan qorqishni va uyalishni unutgan insonlarga qaratilgandir.
Paygambarimiz (s.a.v) ''Sizning Allohga eng sevimlilaringiz yeyishi oz va badani oriq bolganlaringizdir" va "...ochkoz (kop ovqat yeydigan) va qorni katta bolgan Jannatga kira olmaydi", deganlar.
Bu hadisi shariflar bugungi kun insonining sogligi uchun muhim ahamiyatga ega.Tanamizdagi tizimlar faqatgina tabiiy yemaklarni hazm qilaoladi va tabiiy ozuqalarni singdirishda hechqanday muammo chiqarmaydi.
Ammo singdirish tizimi va immunitet tizmimiz geni ozgartirilgan, gen texnologiyasi va nanotexnologiyalar yordamida ishlab chiqarilgan ozuqalarning malum miqdordan ortiqchasiga dosh bera olmaydi.
bunday maxsulotlardan qochib qutulishning imkoni yoq.Shu bois, hech bolmasa, oz yeyishni organish kerak.
 
OSIYODate: Yakshanba, 03-Iyul-2011, 21:31 | Message # 3
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Aralash yeyish

Payg'ambarimiz (s.a.v.) hech qachon sut bilan baliqni, nordon narsani, tuxum va go'shtni aralashtirib yemaganlar.
Mijozga togri kelmagan yoki bir-biriga togri kelmay, hazm uchun alohida fermentlar kerak boladigan taomlar bir-biri bilan aralashtirilsa, hazm bola olmay chiriydi.
Masalan, karbongidratlar bilan proteinlar, sut maxsulotlari bilan baliq, bir necha sigirdan sogilgan aralash sut, aralash gosht (bir hil jinsli ikki hayvonning goshti, bir hayvonning goshti bilan boshqasining yogi, qozichoq bilan tovuq goshti yoki har qanday gosht qorishimi), baliq bilan gosht, qorishim yoglar (qoy bilan tovuq yogi, quyuq va suyuq yog) bir-biriga zid hisoblanadi.
Chunki ularning parchalanishi uchun kerakli fermentlar bir-biriga ziddir.
Bu zidlik fermentlarning ishlab chiqarilishiga tosiq boladi, ishlab chiqarilgan fermentlarning bir-birini yoq qilishiga sabab boladi va ovqat hazm bolaolmasdan chiriy boshlaydi.
Bu oshqozonda soatlab davom etadigan jarayon bolib, ichaklarda ham davom etadi.Shu sabab, taomdan keyin qonda leykotsid miqdori kopayadi, oshqozonda shishkinlik, dam, jigildon qaynashi paydo boladi.
Chirish yoki achish natijasi bolgan zaharli va kislotali qoldiqlar singdirish hujayralariga togridan-togri ta'sir qilib, ichaklar faoliyatini sekinlashtiradi.Faoliyati sekinlashgan ichaklarda toplangan qoldiqlar unda ichaklarda "chontakchalar" hosil qiladi.Bu ''chontakchalar"da toshlar vujudga kelib, yillar davomida qolib ketadi.
Oziqlanishdagi xato davom etarkan, ichaklar ogirlashib boraveradi, ularning faoliyati yanada sekinlashadi va ich qotishi yuzaga kladi.
Ichak devorlari kanalizatsiya quvur (truba)lari kabi zaharli, yogli qoldiqlar bilan qoplangani uchun vujudning intoksikatsiyasi tezlasha boshlaydi.
Vujud chidamliligini yoqotadi,xolsizlashadi, ichaklarda muntazam gaz paydo boladi, uyqu va dangasalik ortadi.
Chirigan yoki achigan taom qoldiqlari ichaklarni zaharlab, qonga aralashadi. Bu qoldiqlar qondan butun organlarga va hujayralarga yoyilib, ularni ham zaharlaydi, natijada kasalliklarga yo'l ochadi. Tomirlarni tiqadi, a'zo va bo'g'inlarga toplanadi.
Tiqilib qolgan tomirlarda oqqan quyuq, ogir qon a'zolarni ta'minlashda kamchilik sezadi va yuqorida aytib o'tganimizdek, miyaga "Biz ochmiz!" , degan signal yuboradi.
 
OSIYODate: Chorshanba, 06-Iyul-2011, 06:30 | Message # 4
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Tez-tez yeyish

Qadimgi hakimlar "Kasallik nima?" savoliga "Yeyilganni hazm qilmasdan, ustiga taom yeyishdir", deb javob berishgan.
Kasalliklarning asosiy sabablaridan biri hazmning tamomlanishini kutmasdan,bir ovqatning ustiga boshqa ovqat yeyishdir.
Hazm tizimi ma'lum qoidalar bilan ishlaydi.Bu qoidalarga ko'ra, 200-250 gr. miqdoridagi taom oshqozonda 3-4 soat, songra nozik ichaklarga o'tib, hazm bo'ladi, bunga birinchi hazm deyiladi.

Taomning turiga, miqdoriga va ogirligiga qarab birinchi hazm 6-10 soatgacha davom etadi.Oshqozonda hazm tamomlanmasidan yeyilgan bir luqma ham oshqozondagi hazm jarayonini buzadi.Bu luqma avvalgi luqma bilan toqnashganda hazm bolmagani uchun achish va chirishni boshlaydi.Avvalgi ovqat buzilib chirishi natijasida jig'ildon qaynaydi, me'dada gaz paydo boladi va qorin shishadi.Aslida ilk hazmdan emas, uchinchi hazmdan kyin, ya'ni ozuqalar qondan hujayralarga o'tganidan keyin boshqa taom yesa bo'ladi.
Ya'ni, kunda ikki marta ovqatlanish inson uchun kifoya qiladi.
Ichish masalasida ham me'zon ayni shunday.
Bugungi kunda kishilar,xususan, ayollar va bolalar, kunning asosiy qismini nimalarnidir chaynash bilan o'tkazishadi.Yo'lda, ko'chada gaplashib ketarkan, kinoda yoki darsda ham bir narsalar chaynab o'tirishadi.
Payg'ambarimiz (s.a.v.) ko'pincha och va suvsiz yurardilar.Uch kecha ketma-ket och yurgan vaqtlari bolgan.
Rasululloh alayhissalom "Kechqurun yoki kunduzi ikki martadan ovqat yeyish illatdir" va "Qorni toq bolaturib,ovqat yeyish ham kasallik, ham haromdir", deganlar.
Misrda Qirolning Vaziri bolgan Yusuf alayhissalom qirol oshpaziga "qirolga va uning oilasiga knda faqat bir marta (tushlik) ymak berish" ni buyurdi. Buni qirolning ochlikni totib, ochlarni unutmasligi va muhtojlarga ehson qilishi uchun qilardi.Shundan keyin qirollar yemagini kun o'rtasida bir marta berish odat boldi" (Salabiy, "Arois", 129 sahifa).
Shunday ekan,eng muhim sogliq qoidasi va barcha kasalliklarga davo bolgan yagona davo yahshigina och bolgandan keyin ovqatlanishdir.
 
OSIYODate: Chorshanba, 06-Iyul-2011, 06:31 | Message # 5
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Yeyish va ichishda tartibga (ketma-ketlikka) rioya qilmaslik

Go'sht, tuhum, pishloq kabi proteinli taomlar oshqozonda uzoq vaqt hazm bo'ladigan ozuqalardir.
Shirinlik va mevalar oshqozonda kop qolmasdan ichaklarga otib, birinchi hazmini shu yerda tamomlaydi.
Suv esa oshqozonda vujud issiqligi darajasiga yetganidan keyin, togridan-togri ichaklarga otadi.
Demak, avval suv, keyin - birga yemaslik sharti bilan - meva yoki shirinlik, keyin salat va taom yeyishi kerak.
Ikki turli taom yeyilayotgan bo'lsa, yengil va suvlisini avval, ogir va qurugini kyin yeyish kerak boladi.
Taomdan keyin meva yoki shirinlik yeyilsa, meva-shirinlik hazmini tamomlashi uchun ichaklarga otmasdan, yeyilgan yemakka taqalib, turib qoladi, chiriydi va gaz chiqaradi.

Qur'oni Karimda mazkur tartibga rioya etish buyurilgan:"...o'zlarini tanlagan mevalarni va ishtaxalari tortgan qush goshtlarini aylantirishadi." ("Voqea" surasi, 20,21).
Ko'rib turganingizdek, bu oyatlarda meva goshtdan oldin sanalgan.

Yana bir oyatda "Va sizga shirinlik va bedanalar nozil qildik" ("Baqara",57) deyiladi.Bu yerda ham holva, (ya'ni karbongidrat-shirinlik), bedanadan, (ya'ni proteindan) avval kelyapti.
Ibn Sino ertalab non yeganlarga goshtni kechqurun yeyishni tavsiya qilardi.Non va gosht orasidagi vaqt shunchalik uzun bolishi kerak.
Go'sht bilan nonni birga yeyish zarur bolsa, avval nonni gosht suviga botirib, yeyish va shundan songgina gosht yeyish lozim.

Taomdan keyin suv ichilsa ,suv ichaklarga o'ta olmaydi, oshqozonning kengayishiga, oshqozon kislotasining tarqalib, zaiflashishiga, hazmning chozilishiga, oshqozonning qiynalishi va buzilishiga sabab boladi.Taom orasida suv ichish togri emas, chunki ovqat yeb suv ichgan, taomni yahshi chaynamaydi.Yetarlicha chaynalmagan taom oshqozonga, ichaklarga va taloqqa zarar beradi.

Taomdan 1,5-3 soat keyin suv ichish togri boladi.Zotan 1,5-3 soat keyin oshqozonning hazmi tugayotgan payt, tananing suv talab qilishi normal holat bolib, bu suv ichishning ayni vaqti hisoblanadi. ("Arof" surasi 31-oyatda "...yenglar, ichinglar faqat isrof qilmanglar..", deyilgan. Bu oyatda ham "iching" buyrugi "yeng" amridan keyin kelgan).

Taom quruq bolsa, chaynab yutilgan har luqmadan song bir yutum suv ichishning zarari yoq.Hohlaganlar taomdan keyin bir qultum suv ichishlari mumkin.
 
OSIYODate: Chorshanba, 06-Iyul-2011, 06:32 | Message # 6
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Eskirgan va isitilgan taomlar

Ynagi kokat, sabzavot va mevalar quyoshdan olgan quvvatga tola boladi.Yangiligida yeyilganda tanaga quvvat beradi va xazmi oson kechadi.
Pishirilganda quyoshdan olgan quvvatni va tirik suvlarini yoqotib asliga, ya'ni tuproqqa va minerallarga aylana boshlaydilar.Suvini yoqotgan kokatning xajmi kamayib, minerallar hajmi ortadi.

Bir kilogramm yashil, pishirilmagan ismaloqni hech kim yeya olmaydi, ammo bir kilogramm ismaloqdan pishirilgan taom osonlikcha iste'mol qilinadi.
Bu mineral moddalar vujudda ogir qoldiqlar paydo qiladi va muskullarda, a'zolarda, tomirlarda toplanib, ularni qattiqlashtiradi.
Shu sabab, pishgan kokat taomi orniga xom kokat yeyish, pishganini esa oz miqdorda yeyish togri boladi.

Taomni bir oz sovutib yeyish kerak boladi.Taom insonni emas, inson taomni xurmat bilan kutishi kerak.

Mikroblar turib qolgan taomlarning tarkibini ozgartiradi.Taom isitilganda yangi kimyoviy aralashmalar yuzaga kelgani uchun isitilgan taomning foydasidan zarari koproq.Isitilgan taomning ta'mi ozgaradi,hazmi ogir kechadi, hatto hazm bolmasligi ham mumkin.

O'zidan inson vujudiga zararli bolgan elektromagnetik tolqinlar chiqargani uchun mikrotolqinli pechlarni taom isitishda qollash ham zararlidir.

Payg'ambarimiz (s.a.v.) kechqurun qolgan, ertasi kuni isitilgan taomni aslo yemaganlar
 
OSIYODate: Chorshanba, 06-Iyul-2011, 06:33 | Message # 7
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Taomni o'ng qol bilan yeyish kerak

Paygambarimiz (s.a.v.) "Taomni sog qolingiz bilan yeng, sol qoli bilan shayton yeydi", deganlar

Umar bin Abi Salama deydi-ki, "Paygambarimiz menga; O'ng qoling bilan ye, va oldingdan ye, dedi" (Muslim, "Ashriba",108)

Taomni ong qol bilan yeyishning ma'nosi, fikri ojimizcha, shu: inson vujudi bir energiya manbai o'laroq, magnitga ohshaydi: uning o'ng tarafi, asosan, pozitiv, chap tarafi, asosan, negativdir.
Odam taomni ong qoli bilan yesa, yemak pozitib energiya ta'sirida boladi va u inson vujudi manfaati uchun harjlanadi.
Chap qol bilan yeyilgan yemak esa, negativ energiya ta'sirida boladi va u vujudning zarariga ishlaydi.
 
OSIYODate: Chorshanba, 06-Iyul-2011, 06:34 | Message # 8
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Qo'shimchali tayyor taomlar va ichimliklar

Oziq ovqat sanoati mahsulotlari, konservalashtirilgan mahsulotlar, soglikni, xususan, bolalar sogligiga juda katta havf tugdiradi.

Bu ozuqalar metabolizmga, immunitet tizmiga va genlarga jiddiy ta'sir qiladi.Hazm bolmasligi tufayli tomirlarning tiqilishiga sabab boladi. Tanadagi vitamin ishlab chiqaruvchi mehanizmni, suv miqdori va tarkibini buzib, qarishni tezlashtiradi va kasalliklarga sabab boladi.

10-12 yoshli bolalarning aksariyati bu ozuqalarning miya va jinsiy a'zolariga beradigan zarari oqibatida hozirdan yosh qariyalarga aylanib bormoqda.
Bugungi kunda jahon ozuqa sanoatida bir yil ichida minglab turdagi millionlab tonna qoshimcha moddalar qollanilmoqda.

Tayyor ozuqalarni iste'mol qilishdan nazorat yoqligidan kishi har kuni 2000ga yqin qoshimcha modda istemol qilmoqda; shirinlashtiruvchi, ta'm beruvchi, mahsulot tarkibini saqlovchi, rang beruvchi, oqlashtiruvchi, buzilishining oldini oluvchi, namligini ushlab turuvchi, boyoq, hushboy hid beruvchi va hakozolar....

Oziq ovqat sanoati, qollanilgan qoshimcha moddalar nomlarini mahsulot oralgan qadoqda korsatishi kerak.Ammo bu majburiyat fabrikalarning faqat zi ishlab chiqargan moddalargagina taalluqli bolib qolmoqda.
Masalan, bir korxona ozi ishlab chiqargan mahsulotda suv, achitqi, tuz, yoq, tuhum va shakar ishlatsa, ularni qadoqda korsatadi, biroq un, suv, achitqi,tuz, yog, tuhum va shakar tarkibidagi qoshimcha moddalarni korsatishga majbur emas.
Shu bilan birgalikda qoshimcha moddalarning tayyorlanish uslubini korsatish ham shart qilinmagan.
Saqich, shakar, konfet kabi butunlay kimyoviy moddalardan tarkib topgan, 10 kvadrat santimetrdan kichik hajmda qadoqlangan mahsulotlarni ishlab chiqarganlar, shu mahsulotlarning tarkibini korsatishga majbur emas.

zaytun, gosht, pishloq, non, qoraziravorlar, quruq mevalar, toza meva. sabzavot va kokatlar, kabi ochiq, ya;ni qadoqlanmagan holda sotiladigan ozuqalarda, restoran va konditer tsexlarida tayyorlangan taomlarda ham qoshimcha moddalarni korsatsh majburiyati yoq.

Bu majburiyatsizlik inson sihhati uchun juda tahlikali bir vaziyat tugdirmoqda.
Oddiy saqich tarkibidagi qoshimcha moddalar:

1.Saqich hamirturushi: (saqichning asosiy moddasi); saqich hamirturushining qadoqda korsatilmagan tarkibi, kauchuk,vaks,antioksidan, elastomer,daraht yelimi, vinil polimer, parafin va qoshimcha moddalar(qaysiligi yozilmagan)

2.Shirinlashtiruvchilar (7ta): tabiiy bolmagani uchun hammasi hazmni buzadi va qand kasalligi uchun zamin hozirlaydi.bunga qoshimcha tarzda aspartam kabi ba'zi shirinlashtiruvchilar miya faoliyatini buzadi, bosh ogirigi, aylanishi, hushdan ketishlarga sabab boladi.Lablar, til va oyoqlarda shishlar paydo qiladi.
Aspartamning tarkibida fenilalanin degan aminokislota mavjud.Fenilalanin va metabolik qoldiqlar qon va toqimalardatoplanadi.bolalarning rivojlanayotgan kopayish azolarini va miyalariga zarar yetkazadi.bunday zararlar bepushtlikka, fikrlashdagi kamchiliklarga va aqliy zaifliklarga sabab boladi.

3.Tabiiyga yaqin hushboy hidlar(3ta):

Gen texnologiyasi va nanotexnologiya vositasida ishlab chiqarilgan, badan-rux va gormonal muvozanatga ta'sir qiladi.
4.Nam ushlab turuvchi (glitserol):Chochqa yoki chorvachilik mahsulotlaridan olinishining ehtimoli katta.Gen texnologiyasi na nanotexnologiya voitasida ham olinadi.
5.Emulgator (letsitin):Asosan chochqa mahsuloti.
O'simliklardan qilingan emulgatorlarda "loviya letsitini" deb yozishadi, ammo bu ham aslida, geni ozgartirilgan loviyadan tayyorlanadi.Ya'ni, har ikkisi ham sihat uchun taxlikalidir.
6.Yaltiratuvchilar (2ta):Biri, "shellak" bolib, geni ozgartirilgan bir osimlik bitidan olinadi.Allergiya va shunga ohshash simptonlarga yol ochadi.Ikkinchisi, "karnoba mumi" dir.Brazilya xurmosi mumiga ohshagan sintetik mum.U qogoz ishlab chiqarish va mebel sanoatida ishlatiladigan yaltiratuvchidir.
7.Rang beruvchi va nam ushlovchi (titaniumdioksid,E 171):nanotexnologiyada ishlatiladigan asosiy moddalardan biri.Bir muncha vaqtdan beri mineral holida emas, nanoparchalar holida ishlatilmoqda.Ogizdan tanaga kirgan va toqimalarda toplangan mazkur nanoparchalar organik moddani suv va karbondioksid (uglekis gazi) darajasigacha parchalash hususiyatiga ega.Kuchli nam ushlab turuvchi bolgani uchun ta'naning suv tarkibiga ta'sir qiladi.Qollanish soxasi keng: dori-darmon, vitamin, shirinlashtiruvchilar, saqich, un, shakar, tuz, karbonat, kukunlashtirilgan yeguliklarga oqartiruvchi va nam tutuvchi sifatida qoshiladi.

Ko'rib turganingizdek, 2,5 grammlik kichik saqichda kamida 18ta qoshimcha modda mavjud.Kamida deyapmiz, chunki har bir qoshimchaning 1 yoki 3 oz qoshimchalari bor.
Saqich ustida "laksativ modda qoshilgan" va "saqich, yutmang" kabi yozuvlar bor.Bolalar bu ogohlantiruvchi yozuvlarni tushunishmaydi, va tabiiyki, hamma bolalar saqichni yutadi.
Qoshimcha moddalarni ishlab chiqaruvchilar "qoshimcha moddalarning ichida zararsis, hatto foydali qoshimchalar bor" deyishadi.
Bir necha yil avval bu gap togri bolishi mumkin edi, ammo bugun qoshimcha moddalar turli hom ashyodan, turli texnologiyalar va uslublar yordamida ishlab chiqarilmoqda.Bugun ishlab ishlab chiqarish uslublarining, mahsulotning kimyoviy tarkibining va manbalarining ishonchli, taxlikali yoki shubhali bolib-bolmaganini aniqlashtirish imkonsiz.
Masalan, karoten (E160) tabiiy A vitamini manbaidir.Mazkur vitamin tabiiy osimlik pigmentlaridan olinadi.
Betanin (E162) esa qizil lavlagidan olinadi.30 yil avval bu shaklda tabiiy osimliklardan olingani uchun ikkalovining ham nomi, 30 yil avvalgidek hozir ham "ishonchli" sinfidan joy olmoqda.
Ammo, bu vaqt davomida yangi uslublar va texnologiyalar qollanishi boshlangan va mazkur qoshimcha moddalar umumiy hisobda GM osimliklaridan olinmoqda.
Hatto biosintez yoki nanotexnologiya vositasida ham olinayotganlari bor.Shunday ekan, ular "ishonchli" emas, "taxlikali" holga kelib ulgurgan.
Demak, etiketkali yoki etiketkasiz bolsin, ustida tarkibi yozilgan bolsin-bolmasin, qollanilgan haqiqiy qoshimcha moddalarni va ularning manbalarini aniqlash imkonsizdir.
Bundan tashqari, har bir mahsulotga o'nlab qoshimcha moddalar qoshilmoqda.
Ba'zi qoshimcha moddalar alohida tarzda zararli bolmasa ham, boshqa moddalar bilan qoshilgandan song zararli bolishi mumkin yoki bir-birining zararini kopaytirishi mumkin (sinerjizm ta'siri) yoki badandagi turli moddalar bilan, ichilgan dori-darmon va ozuqalar bilan, ishlab chiqarilgan fermentlar bilan qoshilib, "xavfli" holga kelishi mumkin.
Eng kop qollaniladigan qoshimcha moddalar alohida holda ham zararlidir.
 
OSIYODate: Shanba, 09-Iyul-2011, 16:52 | Message # 9
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Kam chaynash

Karbongidratlar,organik kislotalar,hushboy moddalar va tuzlarning hazmi ogizda, solaklar bilan boshlanadi, chaynash paytida fernentlar bilan qorishadi va bir qismi ogizdagi mayda tomirlarga singib ketadi.
Ogir karbongidratlarning hazmi ogizda boshlanib,oshqozonda ayni fermentlar bilan davom etadi.Ogizda ovqatning kimyoviy tarkibi haqida toplangan malumotlar miyaga yuboriladi.Miya bu habarni taxlil qilib, ovqatning xazmini dasturlaydi.bu holatda chaynash jarayoni muhim hisoblanadi.Taom qanchalik yahshi chaynalsa, miya uning taxlilini shunchalik yahshi qiladi va hazm tizimini shunga kora tayyorlaydi.Chaynalgan taomning ta'mi va hidi ogizda tarqashi va qaymoqqa ohshash suyuqlik holiga kelishi kerak.Bu 15-40 ta chaynash harakati bilan hosil boladi.

Ogizda kop sonli akupunktur (har bir tishning tagida 2ta)nuqtalari joylashgan.Chaynash paytida ozuqalardan chiqqan quvvat bu akupunktur nuqtalari vositasida tananing umumiy quvvati bilan qorishadi.shuning uchun kichik yutumlar bilan ichish va kichik luqmalar holida yeyish kerak.

Sut, gosht suvi, meva-sabzavot suvi yoki suv kichik yutumlar bilan iste'mol qilinadi, ogizda ilitiladi, solak bilan yahshigina aralashganidan song yutiladi.Agar mahsulotlar yetarlicha chaynalmasa, hazm boshida buziladi.

Tez yegan kishi kop yeydi, chunki tana ozuqadagi quvvatni ogizdagi akupunktur nuqtalari vositasida ololmaydi, faqatgina kimyoviy parchalanish reaktsiyalar natijasida hosil bolgan quvvatni oladi.
Yahshi chaynalmagan taom yo parcha holida, yoki katta bolak holatida oshqozonga kiradi.oshqozon bu parcha yoki bolakni hazm, qila olmaydi, faqat chiritadi.Toza non, xususan toza oq non parchalarining (xususan qon guruxi "0" bolganlar uchun) va gosht parchalarining (xususan qon guruxi "A" bolganlar uchun) zarari katta.
Oshqozonda chirishni boshlagan parcha va bolaklar ichaklarga otadi va u yerda chirishni davom ettiradi.Ichaklarda chiriga parcha va bolaklar qondagi leykotsidlarni kopaytiradi.immunitet tizimi bunga qarshi muhofaza dasturini ishlab chiqarishga majbur boladi.Shu tarzda har yeyilgan taom immunitet tizimiga zarba bera-bera, tanani falokatga olib boradi.
Faqat yangi meva va kokatlarda, ularning uruglari va qobiqlarida bunday xavf yoq.Ular ichaklardagi foydali mikroblarni kopaytiradi va tananing foydasiga ishlaydi.Buning uchun meva va kokatlarni postloqlari va bir qancha uruglari bilan yeyish maqsadga muvofiq.Ichaklarning mikroflorasini jonlantirish uchun qilinadigan yana bir narsa- kuniga 1-3 sarimsoq iste'mol qilish,yutishdir.
 
OSIYODate: Dushanba, 11-Iyul-2011, 06:30 | Message # 10
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Bir kunlik ochlik:

yakshanba kuni kechqurun soat 19:00 dan boshlab hech narsa yemang. Uyqudan oldin sano yoki magnezum sulfat (ingliz tuzi) kabi ichak bo'shatuvchi dori ichiladi. Dushanba kuni saharda hech narsa yemasdan, katta hojat kelishi uchun 1 stakan suv ichiladi.

Ich qotish muammosiga duchor bo'lganlar klizma ham qilishi mumkin. Ich qotish muammosi bo'lmasa 1 kunlik va 3 kunlik ro'zada klizma qilishga va sano ichishga hojat yo'q.

Iftorda ro'za hech narsa yemasdan 1-3 qultum suv bilan ochiladi. Biroq chanqaganlar istaganicha suv ichishi mumkin.

Seshanba ertalab soat 7:00 da meva sharbati ichiladi va meva yeyiadi. shu tarzda 36 soatlik ro'za tamomlanadi.

Shu kuni kun bo'yi meva suvi ichiladi, meva va salat yeyiladi, kechqurunga yaqin ovqat yeyilishi mumkin.

Ro'za shirinlik va ovqat bilan ochilmaydi. ro'zani shirinlik bilan ochish oshqozon osti beziga havf tugdirib, uni qiynaydi. Ovqat bilan ochish esa ichak o'ralishiga sabab bo'lishi mumkin.

1 kunlik ro'zani davom ettirishni istaganlar haftaning ayni kuni, misol uchun, har dushanba tanaffussiz davom ettirishlari lozim. Chunki vujud uchun haftaning ayni kuni tutilgan ro'za qulay bo'ladi.

Haftada bir kun ro'za tutgan va ovqat tartibini buzmagan kishilar kasallik ko'rmaydilar.

Keksalar burun tozalanishlarni amalga ochirgandan so'ng 1 kunlik ro'za tutadilar.

Haqiqiy tibbiyot 171-172 betlar
 
OSIYODate: Dushanba, 11-Iyul-2011, 06:35 | Message # 11
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
Uch kunlik ochlik:

Ochlikning ilkk kuni, xuddi bir kunlik ochlikda bo'lgani kabi, saharda suv ichiladi, so'ng iftor va saharda bir narsa yemasdan 3 kun ketma ket ro'za tutiladi.

Og'ir kasalliklarga chalinganlar 3 kunlik ro'zani 7 kunlik oraliq (tanaffuslar) bilan 7-21 marta amalga oshirishlari kerak.

3 kunlik ro'zaning barcha kasalliklarga foydasi bor.

Ro'zalarning oxirida meva sharbati, so'ng meva, undan so'ng salat yeyiladi. faqat kechqurun sabzili ovqat yeyish mumkin.

Haqiqiy tibbiyot kitobi, 172 bet
 
OSIYODate: Dushanba, 11-Iyul-2011, 06:37 | Message # 12
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7142
Status:
10 кунлик очлик
Ўсимталар(шиш), оғир суяк хасталиклари, руҳий касалликлар, тутқаноқ (эпилепсия) ва мултипл склероз (MS), каби неврологик касалликлар, юрак томир хасталиклари ва барча оғир дардлардан 10 кун оч қолмасдан қутилиш қийин. Чунки юқорида айтилгани каби, очлик фақат 5-чи-7-чи кундан сўнг ҳужайраларга тушади ва ўзгарган ҳужайраларни яхшилайди, яхшиланмаганларини йўқ қилади.
Рўза бошлашдан олдин кечқурун янчилган сано ёки магнезиум сулфат олинади ва саҳарда 1-2 стакан сув ичилади.Ичаклар бўшамаса, клизма қилинади, чунки рўза давомида ичаклар тоза бўлиши керак.
Илк 3 кун ифторда 1-3 ютум, жуда исталса, исталганича сув ичиш мумкин. 3 кундан сўнг ифтор ва саҳарда исталганича сув ичиш мумкин. Ичилган сувнинг сифати жуда муҳимдир.(“Сув” бўлимига қаранг.)
Кунда 1-2 марта совуққа яқин илиқ ёки совуқ сув билан ғусл қилинади. Таҳорат учун ҳам, ичиш учун ҳам иссиқ сув қўлланилмаслиги лозим, чунки очликда ошқозон безлари ишламайди ва фермент ишлаб чиқармайди. Ичилган ва ғусулда қўлланилган иссиқ сув ошқозон безларини ишлатиб юборади, ошқозон безлари эса фермент ишлаб чиқара бошлайди. Бундай ҳолатда инсон рўзасини очишга мажбур бўлади.
Очликда ҳар хил жойларда оғриқлар, иситма, титраш, қусиш, ич кетиши бўлиши мумкин, қoндаги шакар ва қон босими тушиши мумкин. Буларнинг барчаси нормал ҳолат бўлиб, яхшиланишга ишоратдир.
Бу жараён организмнинг ўз ҳолатига кўра ўз эҳтиёжини тартибга солишидир, бу жараёнга аралашиш, яъни уни тўхтатиш учун дори ичиш тўғри эмас. Бу ҳолатлардан бири ёки бир қанчаси юзага келса, сув клизмаси қилинади.
Клизма йўли билан ташқарига чиққан унсурлар кўп бўлса, очлик давомида бир-икки кунда бир клизма қилинаверади.
10 кунлик рўзани шу масалани тушунган бир доктор назоратида амалга ошириш жуда қулайдир. Бундан ташқари, рўзанинг моҳиятини англамаган докторлардан узоқ туриш лозим. Oчлик тугагандан кейинги 10 кунлик босқич ўн кун очлик каби муҳимдир.
Бу кунларда вужуд йўқолган хаста ҳужайраларнинг ўрнини тўлдириш учун соғлом ҳужайраларни кўпайтириб, аъзоларни янгидан қуришни бошлайди. Яъни тамомланган рўзанинг натижаси бевосита бу ўн кун мобайнида еган овқатларга боғлиқдир. Истеъмол қилинган овқат мева, тоза сабзи, рафина килинмаган зайтун ёғи, табиий асал бўлиши керак. Cувга диққат қилиш лозим! (“Сув” бўлимига қаранг.)
(Др.Ойдин Солиҳ)

Olimlar: "Sog'liq uchun och qolish ro'za hisoblanmaydi", deydilar. Demak niyat etganda faqat Allohning roziligi uchun sog'lom bo'lishni ko'zlab, niyat qilish to'gri bo'ladi.

O'sha kitobdan olindi.
 
DURDONDate: Yakshanba, 10-Iyun-2012, 15:19 | Message # 13
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Соч эркакларда ақл ва энергия ҳолатини, аёлларда эса аёллик, шафқат ва марҳамат сифатларини кўрсатади.
Соч ҳолати жигар, ўт пуфаги, юрак, ўпка, тухумдон, ичаклар, буйраклар ва сийдик йўллари билан боғланган.
Жигар ва ўт пуфаги соғлом бўлмаса, бошнинг ён тарафларида соч тўкилиш бошланади.
Буйрак ёки юрак заиф бўлса, бош ўртасидаги сочлар сийраклашади ва зaифлашади. Ўпкалар касал бўлса, сочлар қуруқ ва жонсиз бўлади.
Тухумдон касал бўлса, соч учлари иккига айирлади ва соч синувчан бўлади.
Сочлар миянинг умумий ҳолатини кўрсатади.
Мияси соғлом ва қувватли бўлганларнинг сочлари болаликда - сарғиш, балоғатга етганда - қизимтир, ёшликда - қаҳваранг бўлaди ёки қораяди. Теп-текис ёки жингалак эмас, ўртача бўлади; жуда қалин ва сийрак эмас, ўртача қалинликда бўлади.
Киши каттаргани сайин сочлар секин-аста сийраклашади ва оқаради. Соғлом кишининг сочи ёшликда ва қариликда тез ўсади.


 
DURDONDate: Chorshanba, 13-Iyun-2012, 13:14 | Message # 14
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:
Инсонга бир кунда 250-500 грамм овқат етарлидир. Бундан ортиғи баданда қолдиқ пайдо қилади ва касалликларни вужудга келтиради. Бу ҳолатда вужуд хасталикка қаршилик кўрсата олмайди. Чунки доимо ҳазм билан курашиш, ортиқча ва токсин моддаларни чиқариш, чиқмаганларини ажратиб, сақлаб қўйиш жуда оғир ишдир. Бундай ҳолатда рўза энг яхши ёрдамчидир. Инсон рўза тутганда, яъни оч қолганда, унинг вужуди ҳазм қилиш жараёнидан озод бўлади ва ўзини ўзи тозалашга киришaди. Қолдиқларни ва токсинларни жигар ва ичаклардан - чиққан шлаклар (аxлатлар) орқали, ўпкалардан - йўтал ва нафас олиш билан; миядан - акса урмоқ, кўз ёши билан, қулоқкири ва бурун оқиши билан; буйракдан - сийдик билан; қондан - тер билан ташқарига чиқара бошлайди.

 
DURDONDate: Shanba, 25-Avg-2012, 12:59 | Message # 15
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10149
Status:


Семизўти Pastirnaca sativa

Семизўти турли йўллар билан истеъмол қилинади, энг таъсирлиси сувини ичишдир. Унинг суви иммунитет тизимини қувватлантиради, бачадоннинг сурункали қонашини, геморрой қонашини ва қон кетишларини тўхтатади, гижжаларни туширади, буйрак, қовуқ, жигар ва талоқ касалликларига фойдалидир.
Семизўти суви сўгалларга сурилса, уларни туширади. Ичилса, ёки газзаклаган жойга боғланса, газзакни олади. Эзилган семизўти иссиқ шишларга сурилса, шишни қайтаради. Семизўтининг суви ичилса ва бош терисига сурилса, иссиқни туширади ва бош оғриғини камайтиради.
Семизўти қайнатилиб ва сузилиб, суви билан клизма қилинса, ичакдаги яраларни ёпади, гижжаларни туширади. Ёввойи семизўти боғ семизўтидан фойдалироқдир. Буйрак касалликларига қарши ёввойи семизўтидан фойдали дори йўқдир.


 
Search:
This site uses cookies for better user experience. By continuing to browse the site you agree to the Cookie Policy.
UzigaBek online