Дата: Yakshanba, 26-Iyun-2011, 20:46 | Сообщение # 2
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:
Салат "Мимоза"
Тайёрланиши жуда оддий, ниҳоятда тўйимли ва юқори каллорияли салат. Хамма масаллиқларни қирғичдан ўтказиб, устма уст қўйиб чиқилади ва ҳар бир қатори орасига майонез суртилади. Масаллиқларни қайнаб чиқиш вақтини ҳисобга олмаганда тайёрланиши 10 дақиқа вақтингизни оладиган ажойиб таъмли салат.
Дата: Seshanba, 28-Iyun-2011, 11:03 | Сообщение # 4
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:
Marinadli qo’ziqorin
Kerakli masalliqlar: 0,5 kg qo’ziqorin (shampinyon) 6 osh qoshiq uzum sirkasi 4-6% 5 osh qoshiq o’simlik yog’i 3-4 tish sarimsoq 1 choy qoshiq shakar 1,2 choy qoshiq qora murch 1 choy qoshiq tuz 2-3 dafna bargi (lavr bargi), ta’bga ko’ra bir chimdim rozmarin 400-500 ml suv Yarim limon suvi
Tayyorlanishi:
1. Qo’ziqorinlarni yuvib, tozalab ikki-uchga bo’lib kesib chiqamiz. 2. Qozonda suv qaynatib, tozalangan qo’ziqorinlarni solamiz, ustidan yarim limon suvini siqib aralashtiramiz, shunda qo’ziqorinlar qorayib qolmaydi. 5 minut davomida qaynatamiz. 3. Pishib chiqqan qo’ziqorinlarni suvini to’kib tashlab, ustidan sovuq suv quyib, chayib olamiz. 4. Qo’ziqorinlarni bankalarga yoki moslab qo’ygan idishga joylashtirib chiqamiz 5. Boshqa qozonda sirka, yog’, sarimsoq, murch, tuz, shakar, dafna bargi va suv aralashtirilib, bir qaynab chiqishini kutamiz, ozgina sovugandan keyin bankalarga quyib chiqamiz. Banka qopqoqlari yopilib sovuq joyga yoki sovutgichga qo’yib qo’yamiz.
Дата: Seshanba, 09-Avg-2011, 06:32 | Сообщение # 9
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Vaqt salati
ushbu salat uchun kerakli massaliqlar:
tovuq go'shti tuxum- 5 dona qora olxo'ri - 150gr yong'oq - 100gr pishloq- 100gr Mayonez, tuz - ta'bga ko'ra
Tayyorlanishi: Tovuq go'shtini suvda pishirib olamiz, sovutib mayda keasamiz. tuxumni ham pishirib, oqini sarig'idan ajratamiz. Yong'oqlarni blenderda maydalaymiz yo'ki mayda qilib kesamiz. Qora olxo'rini maydsa kesamiz. Pishloqni mayda qirg;'ichdan chiqaramiz. Likopchani eng pastki qavatiga goshtni teramiz, tuz sepib, ozgina mayonez surtamiz. so'ng tuxumni sarig'iga olxorini teramiz. Keyin qora olxo'rini ustiga pishloqni sepamiz va ya'na mayonez surtamiz. ustiga ying'oqni sepamiz va ya'na mayonez surtamiz. Salatni oz' didingizga mos qilib bezatshingiz mumkin. Biz esa yangi yil arafasi kayfiyatini berib bezatamiz. Ustini tuxum oqini zich qilib kesamiz, soat ko'rsatkichlarini sabzidan tayyorlaymiz.
Керакли маҳсулотлар: (4 порция учун) 1.Қўзиқорин (6-8 дона ёки 200 гр) 2.Пиёз (бир бош ёки 100 гр) 3.Булғори қалампир (яримта қизил, яримта яшил) 4.Тузланган бодринг (бир дона) 5.Товуқ гўштини кўкрак қисми (бир бўлак ёки 200 гр) 6.Қайнатилган мол тили (200 гр) 7.Туз, қора мурч ва укроп таъбга кўра 8.Майонез (икки ош қошиқ)
Тайёрланиши: Пиёзни сомон шаклида тўғраб, худди шу шаклда тўғралган қозиқорин билан қовурилади. Қовуришда аввал қўзиқоринни товага солиб, қизартириб қовурилади сўнгра пиёз қўшиб қўвурилади ва совитиш учун салқинроқ жойга олиб қўйилади.
Юқорида таъкидлаб ўтганимиздек тилни қайнатиб, тозалаб олиш лозим, товуқ гўштини эса товада икки томонини қизартириб олиб 11-13 дақиқа мобайнида, 200 даражали ҳароратда димхонада (духовкада) пишириб олиш лозим бўлади. Қолган маҳсулотларни яъни сабзавот ва гўштларни ҳам айнан шу шаклда тўғралади ва қовурилган қўзиқорин билан бирга бир идишга солинади.
Устига таъбга кўра тўғралган укроп, қора мурч ва туз қўшиб аралаштириб қўйилади. Агарда салатни бироз вақт ўтгач дастурхонга тортиқ қилмоқчи бўлсангиз, маълум муддатга қадар устини ёпиб музлатгичга олиб қўйилади.
Kundalik ovqatlanish rejamizda albatta mevalar ham o'rin oladi. Mevalarni har birini alohida yeb chiqaman desam to'g'risi qornimga sig'may qoladi))). Shuning uchun ko'pincha hammasini aralashtirib Mevali salat qilib yeyishni oilam bilan hush ko'ramiz. O'zingizga yoqqan mevalar yig'indisidan, chiroyli salat tayyorlash mumkin. Tanlagan mevalaringiz orasida citrus mevalar bo'lishiga ahamiyat qarating. Chunki ular vitamin C ga boy bo'lib, organizmni tabiiy immunitet bilan ta'minlab beradi. Yuqoridagi salat, eng osoni va likopchasiyam tayyor salatlardan biri Anannasli salat. Aynan shu salat uchun bizga: Yaxshi pishgan ananas* 1 dona Kivi 2 dona Apel'sin yoki mandarin 1-2 dona Banan 1 dona Nok 1 dona Olma 1-2 dona Anor 0,5-1 dona (bezak uchun) Ananasni 2ga bo'lib, ichini oyib olib, kvadrat shaklida to'g'raladi. Qolgan mevalar ham shu shaklda to'g'ralib, ananas po'stidan hosil bo'lgan likopchaga solib, dasturhonga tortiladi. Oddiy lekin original salt tayyor!!! Yoqimli ishtaxa!
* Ananasni yaxshi pishganini rangidan va hididan bilish mumkin. Rangi sariq bo'lib, honada yoqimli hid taratib turadi. Yana ananasni barglarini astagina tortib ko'rganda osonlikcha uzilsa, yeyishga tayor hisoblanadi. Yashil va barglari qiyin uziladigan ananas hali hom hisoblanadi. Ananas hom yeyilsa tilni yara qilishi mumkin.
1 dona katta Baqlajon(uzunasiga kesilib qovurib olingan) 2 dona sarimsoq 1 dona sabzi 1 dona pomidor 1dona piyoz (o'rtacha) 1dona bolgar qalampiri(manda yarim katta bo'lgani uchun) ko'katlar tuz qora murch
Tayyorlanishi: 1. Baqlajon, pomidor, piyoz, bolgar qalmpiri katta somoncha qilib to'g'raymiz. Sabzini koreys qirg'ichida randalaymiz yoki qo'lda o'zimiz mayda uzun qilib to'g'rab olamiz. Ko'katlarni mayda to'g'raymiz.
2. Sabziga tuz va murchni solib yaxshilab ezamiz. 3. Mana bunday me'yorga yetguncha 4. Qolgan masalliqlarniyam sabziga qo'shib, ozgina sirka solamiz va yengil aralashtiramiz 5. 45 minut - 1 soatcha muzlatkichga qo'yamiz va ochiq ishtaxa!
Булғор қалампирни банди ва уруғидан тозаланиб, бутунлигини сақлаган ҳолда ювилади. Шундан сўнг қайнаб турган сувга ботириб олингач, ичига қаймоқ ва сариёғ қўшилган қийма солинади. Совуқ сувга солиб олинган ва майда қилиб тўғралган бринзага майда тўғралган саримсоқ ва укроп аралаштирилади. Булғор қалампири япроқ шаклида кесиб қўйилади.
Дата: Payshanba, 15-Sen-2011, 09:34 | Сообщение # 14
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Брокколи салат
Бу салатни қисқа вақт ичида, ўзингиз ёқтирган сабзавотлар билан тайёрлашингиз мумкин. Брокколи соғлиқ учун фойдали моддаларга бой бўлиб, гул карамнинг бир туридир. Брокколи ўрнига гул карамни ўзини ҳам ишлатса бўлади. Брокколини қайнатиб олиб, қолган масаллиқлар билан аралаштирилади, ва таъбга кўра майонез солинади. Майонез ўрнига ўзингиз ёқтирган соусларни ишлатишингиз мумкин. Жуда ажойиб мазали салат.
МАСАЛЛИҚЛАР: 1 бош брокколи ёки гул карам 1 та катта қизил балгари 1 банка консерваланган жўҳори (тахминан 200гр) 300 гр гўшт (қайнаган, қовурилган, дудланган ҳолда ёки колбаса) 1 та кичкина қизил пиёз туз, мурч, майонез
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
Hush kelibsiz saytimizga! Qanday yordam kerak? iltimos ayni saytdagi muammo yoki tushunmovchilik haqida habar yo'llang.Aks holda jiddiy bo'lmaga har qanday savol etiborsiz qoldirilishi mumkin! Yoki pastdagi savollardan tanlashingiz mumki!