800 gr baliqni katta qiltanoqlari va umurtqasidan ajratib, uzun qalamcha qilib to'g'raymiz va ta'bga ko'ra tuz, 2 choy qoshiq uksus essenciya bilan aralashtirib qo'yib qo'yamiz. ya'ni oqarguncha kutamiz.
oqargach, 1 bosh piyozni uzunasiga to'g'rab qo'shamiz, yana 2 desert qoshig'ida qizizl garimdori kukuni, maydalangan chesnok, 1 choy qoshiq shakarni baliqning ustiga solib, ustidan 3 osh qoshiq qizib turgan yog'ni quyamiz va aralashtiramiz. Ohirida 1-2 osh qoshiq soya sousi va istakka ko'ra ko'kat yoki garmdori bilan aralashtiramiz.
4 kishililk 2 stakan qizil yasmiq 1 stakan mayda bulgur guruchi 1 bosh piyoz Yarim bosh salat barglari Yarim bog’ ko’k piyoz Yarim bog’ petrushka va/yoki ukrop Yarim stakan yog’ 2 osh qoshiq tomat pastasi 1 ta limon 1 choy qoshiq tuz
Tayyorlanishi.
Yasmiqni qozonga solib, 4 stakan suv qo’shib, suvni shimib olguncha pishiramiz, gazdan olamiz va ustiga bulgur guruchini solib qoshiq bilan aralashtirib, qozon qopqog’ini yopib qo’yamiz. Sovushini kutamiz. Tovaga yog’ni solib mayda to’g’ralgan 1 bosh piyoz va tomatni qovurib olamiz. Bu qovurmani sovugan yasmiq bilan yahshilab qo’lda hamir qorganday qoramiz. Ko’k piyoz, ukrop va petrushkani mayda to’g’rab, tuz qo’shib yasmiq bilan aralashtiramiz. Qo’lda oval shakl berib (tuxumdan uzunroq) kotleta yasaymiz va likobga terilgan salat barglarining ustidan terib chiqamiz. Tayyor bo’lgan kotletalarni ustiga limon suvi siqib, salat bargiga o’rab iste’mol qilamiz. Yoqimli ishtaha.
4 dona kartoshka 2 ta bodring 1 ta piyoz 100 gr kanservilangan bolg`are qalampiri 1 dona sabzi 150 gr yashil noxat 1 st smetana, tuz
Kartoshka va sabzi qaynatilib mayday bo`laklarga b`olinadi.Yashil noxat, tuzlangan bodring bolg`ar qalmpiri piyoz qo`shiladi.Salat aralashtirilib, tuz smetana yoki mayanez qo`shiladi.
kerakli mahsulotlar: Qo`zirorin tuzlangan(solyoniy) Kartoshka 3-4 dona Sabzi 1-2 dona Piyoz(hom) 1 dona Kukuruz Yashil no`xat Tuxum 2 ta Salat bargi 2-3 barg mayonez Tayyorlanishi: Qo`zirorin,kartoshka(qaynatilgan),sabzi(qaynatilgan),tuxum(qaynatilgan) ni to`rtburchak qilib to`graymiz,piyozni,salat barglarini parrak-parrak qilib to`grab,ustiga kukuruz,yashil no`xot,mayonez,ta`bga ko`ra tuz solib aralashtiramiz.