RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Страница 1 из 5
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • »
Модератор форума: DURDON, SAKINA  
Pishiriq reseptlari
OSIYOДата: Payshanba, 02-Iyun-2011, 14:48 | Сообщение # 1
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Bu forumda biz pishiriqlar retseptlari bilan tanishib boramiz.
 
OSIYOДата: Seshanba, 07-Iyun-2011, 03:07 | Сообщение # 2
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Zavarnoy kremni tayyorlashni o'rganamiz


Masalliq
500ml sut
200 gr shakar
50gr un
1ch.q vanelin kukuni


Tayyorlash
bu kremni ekler nachinkasiga ishatilishi ham mumkin
sutni qaynatamiz


tuhum sarigi bilan shakar,un bilan vanil aralshtiramiz


tuhum sarigi aralashmasiga issiq sutni quyip aralashtiramiz


kremimiz tayyor
 
OSIYOДата: Seshanba, 07-Iyun-2011, 07:22 | Сообщение # 3
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Ekler tayyorlashni o'rganamiz

1 stakan suv
5dona tuhum
100gr masla
150gr un
bir chimdim tuz

1.suvga maslani solib past olovda qaynatamiz
2.unni oz ,ozdan solib yahshilab aralashtiramiz
3.olovdan olib ozgini sovitamiz
4.tuhumni oz,ozdan solib yahshilab aralashtiramiz

hamirimiz tayyor

tayyor bo'lgan hamirimizi shakil berib listga terib chiqamiz 180 darajada pishiramiz


30-35 daqqiqada tayyor boladi


yuqorida tayyorlagan zavarnoy kremimizni ekler ichiga solamib ,ustki qismini ham bezashimiz mumkin
yoqimli ishtaha
 
BAXORДата: Seshanba, 07-Iyun-2011, 18:20 | Сообщение # 4
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:
rahmat

 
MuminaGulДата: Juma, 10-Iyun-2011, 19:06 | Сообщение # 5
Yangilardan
Группа: Ishonchli
Сообщений: 10
Статус:
Katta rahmat,ishlarilarga omad tilayman,sog' bo'linglar!!!
 
OSIYOДата: Dushanba, 20-Iyun-2011, 16:42 | Сообщение # 6
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Qulupnayli pirog



Kerakli masalliqlar:

250 gr saryog' yoki margarin

1 stakan shakar

2 dona tuhum

400 gr tvorog

2,5 stakan un

500 gr qulupnay

biroz shokolad

Un va yumshatilgan saryog'ni qo'limiz bilan uqalaymiz va listga bir tekisda sepib chiqamiz. Qo'l bilan sepilgan unsli masalliqni bosmang.



Qulupnay, tvorog, shakar va tuxumni blenderda aralashtiramiz.



Hosil bo'lgan aralashmani unli qorishtirmamiz ustidan ehtiyotkorlik bilan bir tekisda quyib chiqamiz.



pirogni o'rtachadan pastroq olovda 50-60 minut pishiramiz. Tayyor bo'lgach, ustini eritilgan shokolad bilan bezatamiz.



Ishtaxangiz yoqimli bo'lsin!
 
OSIYOДата: Payshanba, 23-Iyun-2011, 02:09 | Сообщение # 7
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Baklava




Sharbati uchun:

1. 5 stakan shakar (stakan 200 gr)
2. 3.5 stakan suv
3. Yarim dona limoni suvi

Xamiri uchun:

1. 4 stakan un
2. 1 stakan iliq sut
3. 1 paket karbonat
4. 100 gr eritilgan saryog’
5. 1 dona tuxum

Xamirni orasi uchun:

250 gr maydalangan yong’oq

Bundan tashqari:

1. 3 paket bug’doy kraxmali (500gr) (xamir ochishda ishlatiladi)
2. 150 gr eritilgan qaynoq saryog’

Tayyorlanishi:

Xamir mahsulotlarini hammasini aralashtirib yumshoq xamir qoring va 15-20 daqiqaga xamirni o’rab qo’ying. Xamirni 3 qismga bo’ling. Har qismni 16-18 dona yongoq kattaligida bo’laklarga bo’ling. Bo’laklarni dumaloq shaklga keltiring. Dumaloqlangan har bir xamirni o’rtacha tarelka kattaligida yoying. Oralariga mo’l kraxmal sepib 16 yoki 18 bo’lakni ustma ust qo’ying. (eng usttagi xamirga kraxmal sepmang) Shunday qilib 3 dona 16 yoki 18 bo’lakdan iborat xamir hosil qiling.
Dumaloq bir duxovka listini yog’lang. Agar dumaloq yo’q bo’lsa to’rtburchak idishingizni ichiga dumaloq ochilgan xamirlarni solishingiz mumkin. 16 bo’lakli xamirni duxovka listi kattaligida yoying. Buni duxovka listiga solib ustiga maydalangan yong’qoni yarimini seping. İkkinchi bo’lak xamirlarni ham yoyib ustiga qo’ying. Qolgan yong’oqlarni bu bo’lakni ustiga seping. Ohirgi 16 dona xamirni ham shu shaklda yoyib qolgan xamirlarni ustiga joylashtiring.
Listdagi xamirlarni baklava tilimi shaklida kesing. Ustiga va har tarafiga tegadigan qilib saryog’ni 150 gr qaynoq saryıg’ni to’king. 200 darajada usti qizarguncha pishiring. Duxovkadan olgandan keyin baklavani sovuting. Baklava sovugandan keyin ustiga iliq sharbatni to’king. 4-5 soatdan keyin dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha.
 
BAXORДата: Seshanba, 28-Iyun-2011, 11:10 | Сообщение # 8
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус:
Нончалар



Дастурхонга нон урвоғи тўкилишини ёқтирмайдиганлар учун муаммо ечими майда нончалардир.
500 гр ун
250 мл илиқ сув (сут, зардоб)
7 гр қуруқ дрожжа (1 чой қошиқ)
3 ош қошиқ ёғ (3-4 ош қошиқ сариёғ)
2 чой қошиқ шакар
2 чой қошиқ туз

Сувга дрожжа, шакар солиб аралаштирамиз, 10-15 дақиқа илиқ жойда қолдирамиз.

Ун элаб, туз қўшиб юмшоқ хамир қорамиз ва 10-15 дақиқа муштлаймиз. Хамир қанча узоқ муштланса шунча чиройли чиқади. Хамирни муштлаш давомида оз - оздан ёғ қўшамиз.

Ёғланган тоғорачага хамирни солиб, устини ёпиб, илиқ жойга 1 соатга қўямиз.

Хамир икки баробар ошгандан сўнг яхшилаб муштлаб, ёнғоқдек зувалачалар ясаб, ёғланган листга териб чиқамиз.

Зувалачалар устини сочиқ билан ёпиб, илиқ жойда 30 дақиқага (икки баробар ошгунча) олиб қўямиз.

Устига қатиқ ёки тухум суртиб, седана сепиб безатишимиз мумкун.

Қизиган духовкага, 210 С даражада, усти қизаргунгача 15-20 минут пиширамиз.


 
OSIYOДата: Juma, 08-Iyul-2011, 06:29 | Сообщение # 9
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:

Kerakli masalliqlar:
6 tuhum
350gr. shakar
150gr. un

250gr. margarin
7 katta qoshiq asal
0,5 katta qoshiq soda

Krem uchun:
1 sgushenniy moloko
250gr. saryog'

Kattaroq idishda 6tuhumni sarig'idan ajratib oqini ko'pirtirib olasiz va shakarni solib yana ko'pirtirasiz. Birma-bir tuhum sariqlarini qo'shib yana ko'pirtirasiz.
Gazda past olovda erigan margarin, asal va soda aralashmasini qo'shasiz . Yahshilab aralashtirib, sekin asta unni sola boshlaysiz. Quymoqsifat hamir bo'ladi.
Duxovkani 400'Fda list bilan qizdirib oling. Qizigan listga biroz un sepib hamirdan ozroq quying. Va duxovkaga hamir qizarguncha qo'ying. Qavatlar tez va shishib pishadi. 6 qavat chiqadi, shunga qarab hamiringizni ajrating.
 
OSIYOДата: Juma, 08-Iyul-2011, 06:39 | Сообщение # 10
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
biskvit

 
OSIYOДата: Juma, 08-Iyul-2011, 17:21 | Сообщение # 11
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
"Lakomka"torti



Tayyorlash

3 dona tuxum oqi va 250g shakardan beze tayorlab olinadi. Beze duxovkada qattiq qilib pishiriladi. Qaymoq, quyultirilgan sut va jelatindan qaymoqli krem tayorlanadi. 3 dona tuxum oqi va 200g shakardan beze tayorlanadi. Bo'ktirilagan va eritilgan, lekin juda issiq bo'lmagan jelatin qo'shilib, aralashtiriladi va muzlatgichda qotirib olinadi. Qotgan tort yon tarafiga qaymoqli krem suriladi va mevalar taroqlanadi. Ustiga qora shokoladni qirg'ichdan chiqarib sepiladi.
 
OSIYOДата: Seshanba, 19-Iyul-2011, 12:02 | Сообщение # 12
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Djemli pirog


masalliq:
150 gr eritilgan margarin
1,5 stakan sut
5 osh qoshiq shakar
1,5-2 choy qoshiq droja
un
ta`bga ko`ra 1-1,5 stakan djem yoki 3-4 ta olma


Tayyorlanishi:
Margarin eritiladi. Sut ozgina ilitib olinadi. Sut bilan margarinni bitta idishga solinadi va unga shakar hamda ozgina tuz qo`shib aralashtiriladi. Iliq (qo`l kuymaydigan) holatdaligida unga droja qo`shib, yumshoq hamir qilinadi.
Hamir oshgandan keyin hamirni ikkiga bo`lamiz (1-hamir ikkinchisiga qaraganda 3 barobar katta bo`lishi kerak). Birinchi hamirni yoyib (qalinligi 3-4 sm bo`lishi kerak), ustiga djem surib chiqamiz, 2-bo`lak hamirni ingichka qilib kesib, hamirni ustiga qo`yib chiqamiz (rasmdagidek).
 
OSIYOДата: Seshanba, 26-Iyul-2011, 09:13 | Сообщение # 13
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Muzqaymoq Tort

Kerakli masalliqlar:

Biskvit uchun:
Krem:
7 tuhum
7 osh qoshiq shakar
7 osh qoshiq un
1. Tuhum sovuqligida oqi bn sarig'ini ajratib olamiz

2. Tuhum oqini mikser bilan yuqori tezlikda ko'pirtiramiz

3. Xatto idishni teskari a'g'dargandayam ko`pirgan tuhum oqi, siljamasligi kerak.

4. Ko'pitgan tuhum oqiga, 1 osh qoshiqdan (mikser bilan chayayotgan holda) shakarni qo'shib boramiz.

5. Toki shakar yaxshi erib, massada mikser izlari qolguncha.

6. Massaga, agratib qo'ygan tuhum sarig'ini qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz.

7. Navbat unga. Unni ham, bir qoshiqdan solib, asta asta aralashtiramiz.

8. Tort qolipiga solib, 180 C (350F) qizgan duhovkada 35-40 minut davomida, yoki o'rtasiga gugurt cho'p, yoki pichoq tiqib ko'rilganda quruq chiqqunicha.

9. Tort pishguncha krem tayyorlaymiz. Qaymoqli krem yaxshi chiqishi uchun, krem tayyorlaydigan idish va mikser venchiklarini muzlatgichda 30 minutcha muzlating.

10. Qaymoqqa shakarni solib, oldin past tezlikda, keyin yuqori tezlikda mekser yordamida chayamiz.

11. Krem tayyor! Extiyot bo`ling! Mana shunday holatga kelguncha aralashtiramiz. Bundan o'tsa, qaymoqning suvi bo'lak, yog'i bo'lak ajrab chiqadi. Agar shakar o`rniga quyiltirilgan sut(sgushennoe moloko) ishlatmoqchi bo'sangiz, oldin qaymoqni shu xolatgacha chayib, keyin molokoni qo`shib yana 15-30 sekundcha chayasiz

12. Tort sovigach, qancha ko'tarilgan bo`lsa shuncha o'tiradi. Hayron bo'lmang.

13. Tortni bir chetiga tayyor kremdan bunaqa qilib chiziq tortamiz
(bo'laklarga bo'lganimizdan keyin yana o'z joyiga qo'yish uchun)

14. Tortimizni kamida 5 bo'lakka bo'lamiz. Har bo'lakiga krem suramiz.
PROPITKA qilish KERAK emas.

15. Ust va yoniniyam yaxshilab krem bilan qoplab, holodil'nikda 30 minutcha qo`yamiz.
keyin hohlagancha bezatamiz )


yoqimli ishtaha
 
OSIYOДата: Chorshanba, 03-Avg-2011, 05:18 | Сообщение # 14
Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус:
Gilosli pirog


Kerakli masalliqlar
hamir uchun
3 dona tuhum
150g shakar
150g un
крем:
250g qaymoq 33-35%
250 g сыr qaymaq
150g shakar
shunindek
gilos kampoti
100 g шоколад
TAYYORLASH


1.Tuhum mikser bilan yuqori tezlikda ko'pirtiramiz

2.unni solip unchalik qoyiqmas hamir qilamiz

3.hamirni diametri 26sm bolgan formaga solib 180gradusda 20-25minut pishirip olamiz

4.pishgan pirogga kampot suvi quyamiz

5.gilosni danakdan ajratib ,pirok ustiga teramiz

6.Krem tayorlash
1.buning uchun qaymoq bilan shakarni aralashtiramiz

2.маскарпоне, qoship aralashtiramiz

3.gilosni ustiga kremni qöyamiz

4.Шоколад madalemiz

5.tayyor bulgan pirogni holodilnikka 3-4 soatga qoyamiz

YOQIMLI ISHTAHA.
 
DURDONДата: Chorshanba, 03-Avg-2011, 05:25 | Сообщение # 15
SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус:
rahmat

 
  • Страница 1 из 5
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • »
Поиск:
Этот сайт использует файлы cookies для более комфортной работы пользователя. Продолжая просмотр страниц сайта, вы соглашаетесь с Политикой использования файлов cookies.
UzigaBek online