Pishiriq reseptlari
|
|
OSIYO | Дата: Shanba, 28-Yan-2012, 12:38 | Сообщение # 46 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| M&M’s + marshmallows Kerakli masalliqlar:
150 gr butter
500 gr marshmellou 400 gr M&M's
2 pachka shirin popkorn 300 gr solomka
Popkorn, M&M's va maydalangan solomkalarni birga aralashtiramiz.
Yog`ni qizitilgan idishda eritamiz va unga marshmellouni qo`shamiz. Ularni xam krem sifat bo`magunicha aralashtiramiz.
So`ng tayor bo`lgan kremga popkorn, solomka va M&M'sni aralashtiramiz va to`rt uchun bo`lgan formaga solib muzlatkichka bir necha soatga solib qo`yamiz.
To`rtimiz tayyor!
YOQIMLI ISHTAXA!
|
|
| |
OSIYO | Дата: Chorshanba, 01-Fev-2012, 05:11 | Сообщение # 47 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Lakomka Masalliqlar: -250gr oson uvalanadigan pechene -100gr malina+1dona apelsin(qulupnay+banan, mandarin+qulupnay
Tayyorlash: 1.Apelsinni po'sti va yuqa pardasidan ajratib maydalaymiz Pecheneni 3-4 bo'laklarga bo'lamiz
2.Masalliq ustidan kremni quyamiz.
3. Qoshiq bilan ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
4.Miqdorni qolipga solamiz(Manda oddiy karobkadan qilingan qopil) va yaxshilab zichlaymiz.
5. 2-4soatga sovutgichga qo'yamiz va qolipdan pichoq yordamida sekin ajratib olamiz.
6. Kichik bo'laklarga bo'lib dasturxonga tortamiz.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Juma, 03-Fev-2012, 10:26 | Сообщение # 48 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Kerakli masalliqlar:
- 3 dona mandarin; - 1 stakan un; - 3 dona tuxum; - 1 stakan shakar/shakar kukuni. Mandarinlarni tozalab bo`laklarga bo`lamiz. Xar bir bo`lakni po`stini qoldiqlaridan tozalaymiz, so`ng xar bir bo`lakni ikkiga bo`lamiz. Tuxumlarni oqini sarig`idan ajratib olamiz. Tuxum sarig`iga shakarni yarmini qo`shamiz va yaxshilab aralashtiramiz. Tuxum oqlarini esa biron joyga sal sovutishga qo`yamiz. Tuxum oqi sovuganidan so`ng ozro tuz qo`shamiz va yaxshilab gupirtiramiz. Jarayon davomida qolgan shakarni qo`shamiz va yaxshilab aralashtiramiz. Tuxum oqini va sarig`ini billa qilamiz va yaxshilab aralashtiramiz. So`ng un qo`shamiz va yaxshilab aralashtiramiz. Undan keyin esa mandarin bo`laklarini qo`shamiz va extiyotkorlik bilan ularni xam yaxshilab aralashtiramiz. Keks uchun tayyorlangan formani saryog` bilan surtib chiqamiz (qolip siz xoxlagan shaklada bo`lishi mumkin). Keyin esa qolipga tayyor bo`lgan xamirni quyamiz va duxovkada 180 °Cda yarim soat davomida pishiramiz.
Dasturxonga tortiq qilsihdan oldin keksni yong`oq, qulpinay, malina, banan yoki biron bir boshqa meva bilan bezashingiz mumkin
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 04-Fev-2012, 13:03 | Сообщение # 49 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| "QAYMOQLI TORT" MASALLIQLAR:
6 ta tuxum 1,5 stakan qaymoq 1 stakan shakar 2 stakan un Kremi uchun: 300gr saryog' 3 stakan qatiq istemol ranglari.
TAYYORLANISHI:
Tuxum oqini ko'pirtirib, unga shakar qo'shamiz. Tuxum sarig'iga ham shakar qo'shib alohida aralashtiramiz. Barcha masalliqga un, qaymoq solib, qolibga quyamiz va pishiramiz. Sariyog'ga quyultirilgan sut qo'shib, muzlatgichga qo'yamiz. Ranglar qo'shib, biskvit orasiga surtamiz va bezatamiz!
|
|
| |
DURDON | Дата: Yakshanba, 01-Iyul-2012, 17:13 | Сообщение # 50 |
 SUPER ADMINKA
Группа: Admin yordamchisi
Сообщений: 10149
Статус: 
|
Masalliqlar:
- o.5stakan shakar solib qorilgan bulochka hamiri -3 osh-q murabbo -yuzasiga tuxum sarig’i
Tayyorlash: Hamirni 3-bo’lakka bo’lib, uzunchoq qilib yoyiladi va ustiga murabboni 1osh-q,dan surib chiqib, rulet qilib o’raladi.
Ruletlar huddi sochni o’rgadek o’raladi.
Ikki chetka qismini qayirib, patnisga qo’yib, yuzasiga tuxum srig’I suriladi va kunjut yoki sedona sepiladi. 30-daqiqaga oshishi uchun olib qo’yiladi. 
180Cda 30-daqiqaga yaqin duxovkada pishiriladi.
Yoqimli ishtaxa.
|
|
| |
ROBIYA | Дата: Yakshanba, 26-Avg-2012, 12:50 | Сообщение # 51 |
Группа: Muslima
Сообщений: 2503
Статус: 
| blinchik qattiq bopcomasligi uchun nima qilish kere ? men qisam yumshoqmas pecheniga ohshap qatti bopcolyapti :(
chiroylik imzo coyaman yaqinda
|
|
| |
BAXOR | Дата: Yakshanba, 26-Avg-2012, 22:47 | Сообщение # 52 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус: 
| Un (2-3 stakan atrofida) 2-3 ta tuhum tuz/shakar 1/2 choy qoshiq chayniy soda sut yoki suv ( 1 litr ) 1 stakan yog'
Hamirini suyuqroq qilsez yumshoq chiqadi. siz qaysi reseptda qilgandiz?
|
|
| |
ROBIYA | Дата: Seshanba, 28-Avg-2012, 01:24 | Сообщение # 53 |
Группа: Muslima
Сообщений: 2503
Статус: 
| boshida tuhumni rosa haligi purjinali kopitgichda urdim kegin chayn soda tuz coship yana urdim . kegin ustiga sutni quyip sal sal dan un solip qildim kegin ohirida yoq qoshwordim . kegin ikkiga bolip bitasiga chesnok bitasiga bir piyola shakar soludim . qattiq chiqipti chekalari qisir qisiq bopti . haligi ortasi teshik teshik yumshoq chiqmapti. siz cande qilas? nimani birinchi nimani ikkinchi solishni yozib berin katta rahmat
chiroylik imzo coyaman yaqinda
|
|
| |
BAXOR | Дата: Seshanba, 28-Avg-2012, 16:56 | Сообщение # 54 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус: 
| menimcha siz shakarni kop solibsiz. Men tuhumni kopirtirib,shakar,tuz,yog',sut,sodani unga solaman keyin hamma narsani aralashtiraman. Ozgina ustini yopib tindirib qoyaman.Shakarni 1 choy qoshiq solaman holos. Hamirga chesnok solishni birinchi marta eshitishim,men hichcham solmaganman
|
|
| |
ROBIYA | Дата: Chorshanba, 29-Avg-2012, 11:43 | Сообщение # 55 |
Группа: Muslima
Сообщений: 2503
Статус: 
| qancha minut tindirip qoyas ? sodani qancha solas ?
chiroylik imzo coyaman yaqinda
|
|
| |
BAXOR | Дата: Chorshanba, 29-Avg-2012, 14:15 | Сообщение # 56 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 4085
Статус: 
| 10 minut tindiraman, yarim choy qoshiq soda solaman
|
|
| |
OSIYO | Дата: Seshanba, 25-Sen-2012, 04:02 | Сообщение # 57 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Кунжутли печенье Масаллиқлар: 250 гр кунжут, 1,5 ст ун, 1 чой қошиқ кўпиртиргич , 1 та тухум, 1 ст шакар ва 5 ош қошиқ ёғ. Тайёрланиши: бу печеньени пишириш жуда осон. Аввал идишга тухум ва шакарни солиб, яхшилаб аралаштирамиз. Унга кунжут, ун, кўпиртиргич ва ёғ қўшиб, қуюқ масса ҳосил бўлгунига қадар аралаштиришда давом этамиз. Газ листига махсус қоғоз ёйиб, уни ёғлаймиз. Сўнг печенье хамиридан бир ош қошиқдан олиб, истаган шаклга келтириб, листга териб чиқамиз. Печенье 190 даража ҳароратдаги оловда 15-20 дақиқада тайёр бўлади.
|
|
| |
SAKINA | Дата: Payshanba, 11-Okt-2012, 15:02 | Сообщение # 58 |

Группа: IJODKOR
Сообщений: 2601
Статус: 
| G'aroyib Konfetlar
Kerakli masalliqlar: 1. 100 gramm saryog`(eritilgan) 2. 150 gr. (1,5 stakan) qora yoki oq pechen'e uvog`i 3. 90 gr. (1 1/3 stakan) kokos qirindisi 4. 170 gr. (1 stakan) shokolad chips. (yoki kubik qilib to`g`ralgan shokolad plitkasi) 5. 100 gr. (1stakan) yong`oq (maydalangan) 6. 396gr. (1 quti) quyultirilgan sut.
Tayyorlanishi:
Duhovkani 177C (350 F) gradusga qadar qizdiramiz. Yuqoridagi tartibda 23x23 sm.lik turtburchak idishni olib, masalliqlarni taxlab chiqamiz, ya'ni: 1- qator eritilgan yog`
2 - tekis qilib maydalangan pechen'eni solamiz
3 - kokos qiridisi (iloji boricha yirik, nam turidan)
http://www.ayol.uz/images/stories/Ayolimages/oshxona/konfet/3chi.JPG
4 - shokolad
5 - maydalangan yong`oq
6- eng ustiga quyultirilgan sut.
Masalliqlarni aralashtirmaymiz, shu holda duhovkaning o`rtasida 35-40 minutcha pishiramiz. Tish kovlagich tiqqanimizda quruq chiqsa, pishgan bo'ladi. 16 bo`lakka bo`lamiz. Maxsus konfet qog`ozchalariga o'ralsa, yaxshiroq ko`rinish beradi.
Yodingizda saqlang: Tayyor bo`lgandan keyin sovitib, 1 soatcha sovutgichga qo`yib, keyin kesilsa tekis kesiladi. Hech ikkilanmay 16 bo'lakka bo`ling, kichkina kvadratchalar hozil bo`ladi, ammo huddi shu haqiqiy konfet ko'rinishini beradi. Juda ham koloriyali. Kattaroq bo`lakni yeb ham bo`lmaydi :)
|
|
| |
OSIYO | Дата: Seshanba, 20-Noya-2012, 04:24 | Сообщение # 59 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Керакли масаллиқлар: Кефир (қатиқ) 0,5 литр; 150 гр ўсимлик ёғи; 150 гр шакар; 1 кг ун; дрожжа 15-20 гр; 100 гр сут; 1 та тухумнинг сариғи; бир чимдим туз.
Ичига: 200 гр туршак; 1 дона лимон шарбати; 100 гр магиз; 5-6 дона олма; 100 гр шакар.
Қатиқ ва ўсимлик ёғини аралаштириб, паст оловда 7-10 дақиқа илитинг (қайнаб кетишидан эҳтиёт бўлинг!)
Алоҳида идишда шакарни дрожжа билан аралаштириб, устига илиқ сут солинг. Иссиқ жойга олиб қўйинг, дрожжали сут 10*15 дақиқа ичида кўтарилади. Бу аралашмаган қатиқли ўсимлик ёғини солиб аралаштиринг, секинлик билан ун ва шакарнини ҳам қўшиб юмшоқ хамир қоринг. Иссиқ жойга олиб қўйинг. Хамир 20 дақиқа мобайнида тинади.
Ичига: туршак, олмани майда қилиб туғранг, унга майиз, шакар ва лимон шарбатини солиб аралаштиринг.
Хамир кўтарилгандан сўнгра уни колбаса шаклига келтириб, кичик кичик зувалачаларга бўлинг. Тайёрланган начинкани ичига солиб, думалоқланг. Хамир "чоки" паст тарафга қараган бўлади. Булочкаларга тухум сариғи билан суртиб, 10 дақиқа тиндиринг.
200 градусда қиздирилган газ печига солиб, 15*20 дақиқа пиширинг.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Seshanba, 27-Noya-2012, 17:47 | Сообщение # 60 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Олхўри мураббосидан... Зарур масаллиқлар (4 кишилик): 300 гр. олхўри мураббоси, 200 гр. маргарин, 1,5 стакан ун, 1 стакан шакар, 1 пакетдан ванилинли шакар ва юмшатгич (разрыхлитель), 4 дона тухум, ўсимлик ёғи, безак учун майдаланган бодом ёки бодомли конфеть.
Тайёрланиши: 1. Мураббодаги олхўриларни ўртасидан икки бўлакка бўлинг.
2. Юмшатилган маргаринни шакар билан аралаштиринг. Ванилинли шакарни ҳам қўшиб, тухумни битталаб солиб, миксер ёрдамида кўпиртиринг. Ун ва юмшатгич аралашмасини ҳам солинг. Кейин яхшилаб аралаштиринг.
3. Қуюқ хамирни ёғланган қолипга солиб, устидан олхўриларни жойланг-да, 180 даражада қиздирилган газ печига 35-40 дақиқага қўйинг. Пишгач, пирог юзини майдаланган бодом ёки бодомли конфет билан безанг.
|
|
| |