A resized and cropped image
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Sheriyat olamiga sayoxat
CryGirlDate: Juma, 09/12/18, 5:53:49 AM | Message # 61
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Bir kun kelib qabog'ing qirg'oq bo'ladi,
Ikki chashming - ikkita irmoq bo'ladi,
Kiprigingdan dilda mavj - titroq bo'ladi,
O'shanda ham bitta man dengiz bo'laman.

Bir kun kelib, barmoqlaring shox bo'ladi,
Tirnoqlaring bittadan yaproq bo'ladi,
Besamar bosh qoyganim - tuproq bo'ladi,
O'shanda ham bitta man ildiz bo'laman.

Bir kun kelib, chor taraf chorbog' bo'ladi,
Oyday tolib, olmalaring oq bo'ladi,
Devoringga epkin urgan - oh bo'ladi,
O'shanda ham bitta man olis bo'laman.

Bir kun kelib, ayriliq adog' bo'ladi,
Tog'ni quchib ko'zyosh to'kkan- tog' bo'ladi.
Sening umring dunyodan uzoq bo'ladi,
O'shanda ham bitta man yolg'iz bo'laman.

 
CryGirlDate: Juma, 09/12/18, 5:54:13 AM | Message # 62
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Yenglik liboslardan voz kechdi shahar,
Yelkalar yalang'och, yalang, och ko'zlar.
Olislarda esa suvlar sepishar,
Ko'ylaklari bilan cho'milgan qizlar.

Shahar qizg'onmaydi xiyobonlarin,
Sun'iy ko'liniyu qayiqlarini.
Ammo dil qo'msaydi sokin bog'larning,
Olmalar oqizgan ariqlarini.

Shahar ko'p narsani menga o'rgatdi,
Hammasini sanab, aytib bo'lmaydi.
Shu yerda suyagim va diydam qotdi,
Endi qishloqqa ham qaytib bo'lmaydi.

Tongda derazamdan siniq nur tushar,
Ne tongkim, bugun ham namlidir ko'zlar.
Axir, tushimda ham suvlar sepishar,
Ko'ylaklari bilan cho'milgan qizlar...

 
CryGirlDate: Juma, 09/12/18, 5:54:45 AM | Message # 63
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Dardu hasrat yer ekan ko'ngil to'rini,
Ko'z yoshing yuvmaydi zamin sho'rini,
Bazan murda ham topolmay qolar ekan go'rini,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!

So'zing ham o'tmay qolar ekan goh,
Qochishadi oshna-og'ayni seni kurga chog',
Qani ishongan bog', suyanga tog',
Yo'qchilik yeqitar yigit zo'rini!

Tashvishlar o'raydi to'rt tomoningdan,
Tosh chiqaveradi yegan noningdan,
O'zingnikilar ham bazan o'tkazeb yuboradi joningdan,
Yo'qchilik yeqitar yigit zo'rini!

Omad yo'q, atalaga ham o'tmaydi tishing,
Yo'qlab kelmas ekan bir yaqin kishing.
Nomard-u, pastkashlarga tushadi ishing,
Yo'qchilik yeqitar yigit zo'rini!

Hudo o'zi bilar, kim qachon ketar,
Birkam bu dunyo ko'ngling hun etar,
Husningdan ayirar, kuning tun etar.
Yo'qchilik yeqitar yigit zo'rini!

Orzu bog'ing dardan beradi hosil,
O'ylayverib ohiri o'zing ham bo'lasanku sil,
Osilsang ham sal pasroq dorga osil
Yo'qchilik yeqitar yigit zo'rini!

Yigit yeqilsa nopok xotin to'ra,
Ko'rmagani ko'rgani qursin jo'ra,
So'rasang ham bandadan emas Hudodan so'ra,
Yo'qchilik yeqitar yigit zo'rini!

Man-man degan yigitlar sinadi hayot zo'ridan,
Singanga kim ham joy beradi davri to'ridan.
Kim bo'shatib beradi issiq o'rnini,
Yo'qchilik yeqitar yigit zo'rini!

Yiqilganlar oyoqqa turib ketsin,
Hudo hammani omadini bersin.

 
CryGirlDate: Juma, 09/12/18, 5:55:30 AM | Message # 64
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Egilmagan boshimni ham egib-egib ketdingizmu,
G'oyibdan kelib jonim olib-olib ketdingizmu,
Boshimga tushgan balo davogarim bo'lasizmu,
Ishqim savdosiga yolg'iz savdogarim bo'lasizmu,
Og'ir olmang ko'nglingizga bir hazil qildim o'zim,
Har qadamda yo'lingizda muntazir bo'ldim o'zim,
Ohorlik ko'z yoshimni g'am to'kib-to'kib ulgurdiku,
Mazah qilib meni alam kulib-kulib ulgurdi ku,
Buyuk bilib SevdiM dedim Asiram deb bilasizmi?
Be bahoyim tengim dedim NasibaM deb bilasizmi?
 
CryGirlDate: Juma, 09/12/18, 5:56:30 AM | Message # 65
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Yolg'onchi yorim uchun kuyladim,
Balki oxim tinglar dib o'yladim.
Hor bo'lgan qalbimga raxm qilib,
Yonimga qaytarmi dib o'yladim.
U ketar yurakbag'rim tilib,
Sevgim ermak,o'zgani do'st bilib.
hijron azobi tilar ichimdan,
sen ketganin yolg'onchim bilib.
G'azablaring dastidan sevgim hor,
Ko'zyow to'kar bechora horu-zor.
Isming aytib takror va takror,
Bir yurakga jonim ming ozor.
Balki senga bergan mexrim kammi,
Sen uchun baxt bu g'azab ekanmi.
Tangrim vujudinga yurak emaaas...
Balki g'azab yarat..ganmi..?
G'azabing bilan sevgim hor eting,
Nega jonim bunchalik zor etting.
Balki bergan vadalaring yolg'on,
Naxot ularni unutting oson.
Seni deb jonim ming alam yuttim,
Kelarmisan dib intizor kutdim,
Kelding qilmading menga parvo,
Sevgi emas DO'STLIKNI qilding ku ravo...
 
CryGirlDate: Juma, 09/12/18, 5:58:53 AM | Message # 66
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Har kunimdan bir saboq qolar,
Qadringa yetmadim malikam.
Olsa jonim shu gunoh olar,
Qadringa yetmadim malikam.
Tunlar diling ko’z yoshga botib,
Tonglar turding handalar otib,
Seni shundoq qo’ydim yoqotib,
Qadringa yetmadim malikam.
Umring tilamagan til zaxar,
Soching silamagan qo’l qaxshar ,
Sen uchun dunyoda kim yashar,
Qadringa yetmadim malikam.
Juft qaldirg’och baxtdan in qursa,
Tikan gulni erkalab tursa,
Bu dunyoda bir baxtsiz yursa,
Men qadringa yetmadim malikam.
Armon boshda bolishim bo’lib,
Ichgan oshim nolishim bo’lib,
Hijron qoldi xonishim bo’lib,
Qadringa yetmadim malikam.
Shamol soching tarasa seni,
Atrofingni o’rasa seni,
Hatto yuzing silasa seni,
Shamollarga rashkim keladur.
Quyosh nurga belasa seni,
Oy oroming tilasa seni,
Ko’kdan ko’ngling so’rasa seni,
Oy Quyoshga rashkim keladur.
Qizg’onaman seni har zamon,
Har nafasu xattoki har on,
Sen jonimga munosib jonon,
Nozli nozli gulim gulandon.
Ardoqlasa seni kunduzlar,
So’roqlasa ming ming yulduzlar,
Axtarsalar daryo dengizlar,
Hammasiga rashkim keladur.
 
CryGirlDate: Juma, 09/12/18, 5:59:31 AM | Message # 67
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Aytolmadim

Dardimni sezmaysiz ko’zimga boqib,
Yongan yuragimni yurasiz yoqib.
Izizngizdan boqdim yoshlarim oqib,
Lekin aytolmadim sevgimni sizga.

Bu ishq ado qilar meni zo’rayib,
Sog’inchdan ko’zlarim qoldi qorayib.
Xattoki keng dunyo borar torayib,
Lekin aytolmadim sevgimni sizga.

Siz meni chorlaysiz yolg’iz panohday,
Qalbimda porlaysiz misli mayoqday.
Lekin dunyoda bu og’ir gunohday,
Sira aytolmadim sevgimni sizga.

 
CryGirlDate: Juma, 09/12/18, 6:02:23 AM | Message # 68
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Meni g’amga tashlab ketarsan,
Yuragimni g’shlab ketarsan.
Ko’zlarimni yoshlab ketarsan,
Ketolmaysan sevgimni olib.

Izlaganing toparsan balki,
Uning dilin yoqarsan balki.
Yangi uzuk taqarsan balki,
Ketolmaysan sevgimni olib.

Balki senga sevgi o’yinchoq,
Irg’itasan xoxlaganing chog’.
Menga esa yolg’iz ovunchoq,
Ketolmatsan sevgimni olib.

Xatto jonim olishing mumkin,
Yongan o’tga solishing mumkin.
Ne istasang bo’lishi mumkin,
Ketolmaysan sevgimni olib.

 
CryGirlDate: Juma, 09/12/18, 6:07:45 AM | Message # 69
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Tа’mаgirni tоrtiqlаb,
Nаfsi qo’ymаs dеydilаr.
Nоkаs o’zi to’ysа hаm,
Ko’zi to’ymаs dеydilаr.

Bоq bu yorug’ оlаmgа –
Kimlаr zo’rg’а kun ko’rаr,
Оdаmlаr bоr bоg’dаgi
Bulbuldan hаm pul so’rаr.

Yolg’оn dunyo – bu dunyo,
Аrzоn dunyo – bu dunyo.
Nе-nе hоkim, bеklаrdаn
Qоlgаn dunyo bu dunyo.

Kiprikdаn hаm qisqаdir,
Mоlu dunyo yo’llаri,
Ibrаt оlsin, Iskаndаr,
Оchiq kеtgаn qo’llаri!

Uzаt dеysаn bеr dеysаn,
Hеch to’ymаding оdаmzоd.
Tuya to’ydi, fil to’ydi,
Sеn to’ymаding оdаmzоd.

Shukur qilаr hаttоki,
Qumrsqа –pаrrаndаlаr.
Shukur dеysаn sеn qаchоn,
Хоm sut emgаn bаndаlаr.

Bu uch kunlik dunyodа ,
Sаvlаtinggа kеrilmа.
Qаsr qurmа, bоg’ qоldir,
Dаvlаtinggа kеrilmа.

O’z elingni qаqshаtsаng,
Хоr bo’lаsаn o’zing hаm.
Bir kun shu el mеhrigа
Zоr bo’lаsаn o’zing hаm.

 
CryGirlDate: Juma, 09/12/18, 6:08:31 AM | Message # 70
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Bu eshik jimginа оchilаvеrmаs,
Bаrmоg’ing uzаtsа yig’lаr bu eshik,
Zаng ilgаk urilsа cho’g’dеk bir sаvоl,
Yurаkkа sаnchilаr ko’krаkni tеshib.

Qаyеrdа yuribsаn, Egаmning o’g’li?..
Оtаngning tоmidа lоlа qizg’аldоq,
Оtаngning uyidа ko’rinmаs bir jоn,
Аnа, ko’milmаgаn аnоr shоhlаri,

Sinаr ва хo’rsinаr: umr - o’q ilоn
Qаyеrdа yuribsаn, Egаmning o’g’li?..
Kim u, воx, engаshib lоyqа suv ichdi,
Vа quvvаtgа cho’kdi, ko’ksini ushlаb,

Kеtmоni chinqirаr kеsаkni mushtlаb.
Qаyеrdа yuribsаn, Egаmning o’g’li?..
Kim u, vоh qo’lidа tеshikkulchаlаr:
“Nаbirаlаrimgа uyimVВаtаndir,

Hовlimni to’ldirib yurishgаy ulаr...”
Yo’qlаydi, bеhudа yo’qlаydi sеni,
Оnаizоringdаn yodgоr bir tаndir,
Qаyеrdа yuribsаn, Egаmning o’g’li?..

Bu хоvli jimginа nurаyvеrаdi,
Hаr g’ishti ko’chkаndа yig’lаr bu hоvli,
Qаyеrdа yuribsаn, Egаmning o’g’li..
Qаyеrdа yuribsаn, Egаmning o’g’li?..

 
CryGirlDate: Juma, 09/12/18, 6:09:27 AM | Message # 71
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Muhabbatim, qaydasan qalb ardog`im,
Jayron ko`zim, qirlarda qolgan ohum.
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im,
Endi seni izlab qaydan toparman…

Kelar bo`lsang yo`lingga gul to`shardim,
Sen Layliga, men Majnunga o`xshardim,
Bu dunyoda hijron yo`q deb yashardim,
Endi seni izlab qaydan toparman…

Tushlarimda yig`larsan goh bag` ri qon,
Ohlaringdan dud shiqib osmon-osmon,
Menga senu senga men bo`ldik armon,
Endi seni izlab qaydan toparman…

Muhabbatim, qaydasan, qalb ardog`im
Jayronko`zim, qirlarda qolgan ohum.
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`m,
Endi seni izlab qaydan toparman…

 
SANJAR80Date: Juma, 09/12/18, 7:53:16 PM | Message # 72
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Molli, applause applause

 
SANJAR80Date: Juma, 09/12/18, 7:55:30 PM | Message # 73
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Jonim, osmonlarga uchgim keladi,
Ko'zingizga boqib, quchgim keladi.
Sizni yoningizda gar tursam so'zsiz,
SEVAMAN deb bir bor ayting AZIZIM.
Doim yoningizda parvona bo'lsam,
Otash mehringizdan devona bo'lsam,
O'tganida bedor tunlarim sizsiz,
SEVAMAN deb bir bor ayting AZIZIM.


 
SANJAR80Date: Juma, 09/12/18, 7:56:14 PM | Message # 74
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
O'tar kunlar bir-biriga ulanib...
Sensiz yuragim qiynalin...
Jonim! seni sevib sevib...
Shirin damlarni bo'lmas umutib...

O'ngimda tushumda...
Doim sen xayolimda....
Armon-Gumonda sevgim aylanar xazonga
Sevgilim savolim senga ayt nega
So'zlar o'g'ir botimi seni qalbinga...

Sevgilim sog'dim sani man jonim..
Yonimda bo'lsangdi qolmas edi armonim..
Meni sinab sevgimni qiynam..
Iskal tebya butun shahar bo'ylab..
Asalina Shakarina yonimda qol senda boshqasida Qalbimda yo'k jon!


 
SANJAR80Date: Juma, 09/12/18, 7:57:07 PM | Message # 75
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Dardim qalbimda qalbdagi yorim bilan xamisha,
Alamim bor bu taqdirimdan-nega qiynar meni buncha.
Asli peshonamda bor ekanda azoblar shuncha,
AYTGIN - NETAYIN !?

BALKI xayot shunaqadir biri ortiq biri kam,
Lekin men uchun bir emas bor yo'g'imsanku xardam.
Mexrga zor qalbimda bor faqatgina alam,
AYTGIN - NETAYIN !?

DUNYO bir tomon , qalbim bir tomon , sen bir tomon,
AYTGIN - NETAYIN !?
Borliging baxtdir bu dunyoda ammo yetolmasligim armon,
AYTGIN - NETAYIN !?

Yurarman yo'qdir maqsad yo'qdir ishonch,
Mendan kechgan baxt orzu va quvonch.
Qalbimdan o'zgasi berolmas bu dardimga bardosh,
AYTGIN - NETAYIN !?

Jonim dedim olib ketding azob ila uzib tanamdan jonimni,
Yorim dedim yor bo'lolmading aslo ayirding mendan o'zing bilan borimni.
Endi menga kim berar mexr chin dildan ko'rib turib shu g'amgin xolimni,
AYTGIN - NETAYIN !?

AYTGIN - NETAYIN ? Senga aytishga bitta so'z bor tilimda ammo
AYTGIN - NETAYIN ? Armon bo'lib qolding dilimda ALVIDO !!!


 
Search: