A resized and cropped image
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Sheriyat olamiga sayoxat
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:15:19 AM | Message # 1
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Maktub yozdim.
Maktub yozdim qaro tunlar kiprigingday uzun-uzun.
Maktub yozdim qilma deya yuragimni mahzun-mahzun.
Alvidomas salom yozdim dil o'rtagan kalom yozdim,
mujda kutib siz tomondan kechalari mudom yozdim.
Qaro tunlar qaro tunlar kiprigingday uzun-uzun.

Boshida ne hasrat-la, ko`zda yosh ila
Yig`lasa ovutmoq o`rniga mukofat tarsak
Ursa ham boshiga qahir-la tosh ila
Nechuk yashirar holin bir-bora so`rsak?

Mayli bo`lmasin uyi shoh saroyiday
Kerag emas bir qoshiq totli taom ham
Faqat-faqat kerag “hayot” insonday
Yashamoqga haqli-ku? Ahir Uzbek ham

 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:18:40 AM | Message # 2
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Borolmayman!
Men sizni sevardim, sevgim, ehtimol,
Qalbimda butunlay so`nmagan hali.
Sevgim endi sizga kelmasin malol
Haddim yo`qdir sizni xafa qilgali.
Goho chuchib, goho rashk qilib men
Sevar edim so`zsiz, umidsiz.
Har kishi sevsa ham, men kabi sevsin,
Chin yurakdan samimiy, cheksiz.
Qurib qoldi ko`zda yoshim,
Yurak to`lsa yig`lolmayman.
Hijronga etmas bardoshim,
Shodlikka dil bog`lolmayman.
Qafasdagi qushcha misol,
Yoningga hech borolmayman
Suvdek oqib ketdi visol,
Tushimda ham ko`rolmayman.
Olis yulduz bo`lding ko`kda,
Yakin turib yetolmayman.
Dardimni tangrimdan o`zga,
Hech kimsaga aytolmayman.
Ey bevafo, bu qilmishing,
Ne deb atay bilolmayman.
Hushim yo`qdir baxt tilashga,
Baxtsizlik ham tilolmayman.
MUHABBATdan kechib ketding,
Men-chi bunday qilolmayman.
Bir umrga armon bo`lgan
MUHABBATdan ketolmayman.
Ko`ngil yig`layotir yomg`irdek ezib,
Yurakdan to’kilar dardlarim sizib,
Halovatning sokin uylarin bo`zib,
Ketgim kelar lekin bilmam qayoqqa!!!
Xayol bo`lib hayotingdan ketmadim jonim,
Quyosh bo`lib ko`zlaringga botmadim jonim,
Hajring bilan zafarondir oy yuzim,
Bu dunyoda sendan o`zgani topmadim.
 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:22:30 AM | Message # 3
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Bas!
Mayli, yod etmagin meni bir bora,
Sendan menga mayli kelmasin bir sas.
Mayli, sen unutgin mening ismimni,
Menga bu dunyoda omon bo`lsang bas.
Boshing toshdan bo`lsin qayda bo`lsangda,
Lek yurak toshligi tilagim emas.
Mayli senga aziz bo`lsin boshqalar,
Sen mening qalbimda aziz bo`lsang bas.
Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib,
Balki sen bo`larsan armon yo havas.
Agarda orzuing ushalsa mensiz,
Menga armonliging unutmasang bas.
Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib,
Balki sen bo`larsan armon yo havas.
Agarda orzuing ushalsa mensiz,
Menga armonliging unutmasang bas.
 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:26:01 AM | Message # 4
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Hijron!
Endi sizga yetmas qo`lim,
Ketdingiz siz mendan uzoq.
Peshona deb qoldim netay,
Taqdir bizni etdi yiroq.
Qorong`udir qayda xayol,
Yo`ldosh bo`ldi menga firoq.
O’tar kunim hijronlarda
Sizsiz endi yashay qandoq?
Nechun bizni ayirdilar
Yo`llarimiz endi so`qmoq.
Nahot endi armon bo`lsa
Sizga to`yib-to`yib boqmoq.
Endi sizga yetmas qo`lim,
Taqdir bizni etdi yiroq.
Endi o`zga choram yo`qdir
Ishim-sizga baxt tilamoq.
 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:29:44 AM | Message # 5
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
MUHABBAT
Kimdir oshkor tan oladi,
Tahsin o`qir shukrona.
Kimdir seni sir tutadi
O`tda yonar pinhona.
Kimlarga sen kulib boqding
Tepkilaydi mastona.
Kimlar uchun osmondasan
Sig`inadi devona.
Anglolmadik to abad,
Anglolmaymiz to abad.
Xom sut emgan bandamiz,
O`zing kechir, MUHABBAT!!!
 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:34:20 AM | Message # 6
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Sog’inasiz!
Sog'inasiz hali gullarga qarab,
Ko'rgingiz keladi oyga boqqanda.
Tushingizda kuting sochlarim tarab,
Kirib kelaman tun eshik qoqqanda…
Sog'inasiz hali so'roqlab bir-bir
Guldan buloqlardan meni izlaysiz
Olislarga eltgan ilohiy taqdir
Yurgan yo'llarimda yig'lab bo'zlaysiz…
 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:37:10 AM | Message # 7
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
XO’RLIK!
Lekin qolganimda qalbim-la tanho,
Tuyg`u-la zoriga solganda quloq.
O`zni zaif, chanqoq sezganda goho
Alamdan beraman, javobsiz so`roq?
Tirik ekan nega tashlab ketmading,
Mendan nafisroqning husniga oshiq,
Mendan yoniqrog`i tortmadi seni,
Edi nigohingda bor jannat ochiq.
Seni maftun etib bir yer go`zali
Nega meni tashlab ketavermading,
Tirik ayrilishning dog`I og`irmish,
Xo`rlik kemirarmish umrni chaynab…
 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:42:39 AM | Message # 8
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
UMIDINGNI UZMA DUNYODAN!
Yuragingni cho`lg`asa alam,
Jabr cheksang tuhmat, ro`yodan.
Hayot o`zi shundayin bir kam:
Umidingni uzma dunyodan.
Do`sting ketsa dushmaning tomon,
Yuragingni cho`lg`asa gumon,
Kimlarnidir sog`insang yomon,
Umidingni uzma dunyodan.
Yaqinlaring bo`lmasa tirgak,
Qayg`ulardan charchasa yurak,
Bo`lmay qolsang hech kimga kerak,
Umidingni uzma duyodan.
Yo`llarida bo`lsang intizor,
Muhabbating aylasalar xor,
Chertilmasa dilingdagi tor,
Umidingni uzma dunyodan.
Olib qochsa xayoling yillar,
Anglamasa dardingni dillar,
Ishon baxtli kunlaring kelar,
Umidingni uzma dunyodan.
 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:44:30 AM | Message # 9
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
O`ksima qiz
Dog`da qoldik ikkimiz,
Armon bo`ldi sevgimiz,
Netay taqdir shum ekan…
Begonamiz endi biz.
O`ksima qiz o`ksima,
Senga yordir do`stima,
Qani gunoh bo`lmasa,
Tig` urardim ko`ksima…
Bildim nega oshiqlar,
Jonidan to`yar ekan.
Yuzingga boqib do`st ham,
Ko`zingni o`yar ekan.
Sevgidan ham do`stdan ham,
Judolar bo`lib ketdim.
Bu bevafo dunyodan,
Adolar bo`lib ketdim.
 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:46:37 AM | Message # 10
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Yolg’on farishtam...
O’zga bulbullar ham bor ekan bog’ingda
Quchog’ingda bo’lgan yolg’iz men emas!
Davralarning guli bo’lgan chog’ingda
Hokisor shoiringni eslab qo’ysang bas!
Men esa ketaman, yaxshi qol, erkam!
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
Ma`naviy tark etding men uchun endi
Jismoniy ayriliq - ayriliq emas
Hayolimda sevdim hayoliy qizni
Unga isminggina o’xshaydi holos!
Xayolimda bir malak bulib qol, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
Qalbimning tanhosi bo’lmading hech ham
Yoritmoq istading osmonni, yerni.
Zeroki, oy mening yolg'izim- yakkam
Men esa oy uchun minglardan biri...
Falaklarda tanho porlagil, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
Tog'lar osha tutdim senga ilk bora
Qalbimda saqlagan oq atirgullar
Men qayerdan bilay noshud bechora
Mendan oldin gul tutdi o'zga olg'irlar
Quchog'ingda gullar yashnasin erkam
Xayr, endi mening yolg'on farishtam.
Hamma go'zallar ham emas bevafo
Barcha bevafolar go'zaldir lekin
Sendek bir go'zalga bo'lmasmi jazo?
O'zga bir muhabbat, otashin sevgim.
Mayliga kundan kun chiroy och, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:51:08 AM | Message # 11
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
UNUTA OLMASAM SENI BIR BORA…
Xotirang qalbimda mangudir ishon
Sensiz shodliklarim qayg’udir ishon,
Oxir aytar so`zim ushbudir ishon
Unuta olmasman seni hech qachon.

Xayolim, o`ylarim fikrim sendadur
Orzu, ishonch, armon va baxt sendadur,
Ko`zim boshqada-yu qalbim sendadur.
Unuta olmasman seni hech qachon.

Qor yog`sa yuragim entikib ketar,
Sening sevgan kuying qalbimni o`rtar
Seni qumsab bu go`zal hayot ham o`tar,
Unuta olmasan seni hech qachon.

Taqdir charxpalagi tinmay charx urar,
Betakror yulduzlar to`xtamay yurar
Tanamda bu yurak sensiz ham urar,
Unuta olmasman seni hech qachon.

 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:52:01 AM | Message # 12
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib …
Yig`lab-yig`lab qaro ko`zing tolmasin yor,
Yo ko`zdagi yoshing tugab qolmasin yor,
Ko`z yoshingni raqiblaring ko`rmasin yor,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib …
Olislarga boqmagin ko`zda yosh bilan,
O`ksinmagin, o`kinma egik bosh bilan,
Qololmading meningdek bag`ritosh bilan,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib …
Atamagin sevgimizni armon deb,
Ushal o’tgan muhabbatga zorman deb,
Eng esa o`zga yorga yorman deb,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib …
Endi yoring senga yoqsin, sen ham unga yoq,
Qadam qo`ygan xonadoning etgil porloq,
Taqdirimizda yo`q ekan yor birga bo`lmoq,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib …
 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:53:07 AM | Message # 13
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor
Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor,
Va`da berganiga tegmagan qiz bor,
Tillo sirg`a taqqan sovchi kelganda,
Sevganim bor deya, aytmagan qiz bor.
Ostona qoshidan izlarim uchgan,
Janona boshidan so`zlarim uchgan.
Orzulari o`zga yurakka ko`chgan,
Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor.
To`y ham bo`lar emish, erta yo indin,
Liboslar kiyibdi yal-yal-u, sim-sim,
Bugun sulayotir so`nggi umidim,
Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor…
Shu uyda menga bosh egmagan qiz bor,
Va`da berganiga tegmagan qiz bor,
Tillo sirg`a taqqan sovchi kelganda,
Sevganim bor deya, aytmagan qiz bor.
 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:54:36 AM | Message # 14
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:

Sizga men yor bo`lolmayman

Farishtadan farqingiz yo`q,
Husningizga to`yolmayman,
Uzr go`zal, uzr go`zal,
Sizga men yor bo`lolmayman.
Qorsiz – oppoq iz tushmagan,
G`arib dilimni xushlagan,
Yorim bor Sizga o`xshagan,
Sizga men yor bo`lolmayman.
Bu dunyoda armonimsiz,
Armonimsiz, etolmayman,
Mangu uxlay tushim bo`ling,
Ungimda yor bo`lolmayman.
Tuningiz bedor, bilaman,
Dilingiz bemor, bilaman,
Endi men qandoq qilaman,
Sizga men yor bo`lolmayman.
* * *
Sevganimni shum taqdir,
Begonaga uzatdi,
So`ng berahm yangalar,
Yor-yor aytib kuzatdi.
Yonib-yonib kul bo`ldi,
Yuraklarda sevgimiz,
Baxtin topgan kim bo`ldi?
Baxtsiz bo`ldik ikkimiz…
Bu dunyoda muhabbat,
Kimlar uchun o`yindir.
Qo`llarimda surating
Bugun seni to`yingdir.
Qaydan keldi sevgilim,
Ikkimizga bu jafo.
Xayr endi ey, gulim
Dunyo ekan bevafo…
 
CryGirlDate: Dushanba, 09/11/23, 0:56:00 AM | Message # 15
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Kelinchagim

Kelinchagim kulib-kulib ketdingizmu,
Yuragimni tilib-tilib ketdingizmu,
Bu dunyoda nelar bo`lsam, bo`ldimku men,
Siz murodga yetdingizmu, yetdingizmu…
Ko’nglingizni oldim shu yangalari,
Avrab yo`lga soldimu yo hiylolari,
Ko`zingizni oldimu yo tillolari,
Sevgimizni zarlariga sotdingizmu…
Kun botmayin eshiginiz yopiladi,
Ko`k zulfiga po`lat zanjir osiladi,
Yig`i bilan xumoringiz bosiladi,
Izlab-izlab, shu zindonni topdingizmu…

 
Search: