A resized and cropped image
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Sheriyat olamiga sayoxat
SANJAR80Date: Dushanba, 09/11/23, 7:57:27 PM | Message # 46
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Lyubov'


Xochu tebya, xochu tvoi glaza
I ruk teplo i gub prikosnoven'e
Xochu chtob e'to ne vo sne komne prishlo
Chtob bilo vsyo na samom dele


 
CryGirlDate: Seshanba, 09/11/24, 11:57:27 PM | Message # 47
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Mangu sevgi qo`limdan tutib
Olislarga boshlasa meni
Yurakkinam bezovta bo`lib
So`rayverar chin dildan seni.

Ol g`unchalar yuzimni silab
Lablarimdan bosa oladi
Qalbginamning billur qasrida
Muhabbatim senga qoladi.

 
CryGirlDate: Chorshanba, 09/11/25, 0:00:20 AM | Message # 48
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Dilni g`amga bermangiz jonim
Dilni dilga boglab qoyayin
Mehr tola nigohingizni
Yuragimga joylab qo`yayin

Muhabbatga tashna yurakni
O, qanchalar talpinib suyay
Menga bering dardlaringizni
Yuragimga yashirib qoyay

 
CryGirlDate: Payshanba, 09/12/03, 11:19:59 PM | Message # 49
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Ko`zimga tor bo`ldi bu keng olam ham,
Dardim aytsam hatto yorildi tosh ham,
Men yig`lagan tunda yig`ladi oy ham,
Sevib sevilmayin yashadim netay?
amrohim yor emas, yolg`izlik bo`ldi,
Dardimni do`stimmas tun tinglar edi.
Boshimni sen emas, g`am silar edi,
Sevib sevilmayin yashadim netay?
Qalbim guli ochilmay bo`ldilar xazon,
Yuragim sevgimni qumsaydi har on.
Chin dildan sevgandim so`zimga ishon
Sevib sevilmayin yashadim netay?
 
CryGirlDate: Payshanba, 09/12/03, 11:20:57 PM | Message # 50
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Ko'rgan kunim sarob bo'ladi,
O'tgan kunim harob bo'ladi.
Ichgan suvim sharob bo'ladi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Ko'zim kulib ko'nglim yig'laydi,
Bag'rim ezib orom tig'laydi.
Yuragimga qil ham sig'maydi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Bo'lsa masixlar kuni agarda,
Ko'tarilsa g'iborlik parda.
Qarama deb qilmagin zarda,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Hazon bo'lar ochilgan gullar,
Ishq bog'ida tutashmas yo'llar.
Kuylab navo qilmas bulbullar,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Muhabbatni ko'zi ko'r bo'lur,
Hijronla g'ami zo'r bo'lur.
Bu peshonam o'zi sho'r bo'lur,
Gunoh bo'lsa seni sevganim
 
CryGirlDate: Payshanba, 09/12/03, 11:29:16 PM | Message # 51
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
MENDAN NE ISTAYSAN?
Mendan ne istaysan - igna tilimda,
Mendan ne istaysan - lablarimda ip.
Ko'ksimda juftlangan - ikki qo'lim ham,
Boshim bitta deya turibman egib.
Mendan ne istaysan - quyida ko'zim,
Kiprik ushlamasa, ketar to'kilib.
Cho'kkalab vashashga ko'nikkan tizim -
Tiklashga urinsam, titrar bukilib.
Mendan ne istaysan, o'g'lim - hali yosh,
Hali guldurolmas, hali chuldirar.
Bola nafrat bilan bexos otsa tosh,
Qari qumursqaga tegib o'ldirar.
Yana ne istaysan: yaragimmi bir,
Haqsizliging solgan alam-titrog'i,
Sen undan qo'rqmaysan - bilasan, axir,
 
CryGirlDate: Payshanba, 09/12/03, 11:36:06 PM | Message # 52
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Qo’shiq kuyga jo’r bo’lurmi, dilda otash bo’lmasa,
Muhabbatni kuylagaymi, ko’ngillar yosh bo’lmasa.
Navolarga, iforlarga to’lgan sevgi bog’ida
Gulga bulbul yor bo’lurmi, qalblar tutash bo’lmasa.

Ishqning chigal yo’llaridan adashmasdan o’tgani,
Qayg’u izlab topolmagan dunyolarga ketgani,
Yo’llariga intizorin baxtdan sarmast etgani,
Suygani hamroh bo’lurmi, yo’llar to’qnash bo’lmasa.

Qo’llarida tutsa hamki dunyolarning qudratin,
Osmonlarga yetgan bo’lsin obro’si-yu hurmati,
Jahon ahlin lol etsa-da husni, saxti-sumbati,
Visol taxtin zabt eturmi dardi o’xshash bo’lmasa.

Inson inson bo’lolmagay o’lsa iliq hislari,
Marg’ilondan o’chib ketgay Otabekning izlari,
Ikki dunyo yig’lab o’tgay ma’sum Kumushqizlari,
Ollohimning himmatida bizni qo’llash bo’lmasa.

 
CryGirlDate: Payshanba, 09/12/03, 11:37:26 PM | Message # 53
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Sevgilim, tushimga kirmangiz endi,
Halovatlarimni olib qo’yasiz.
Ko’zimga yashirib suratingizni,
Ko’ksimga ismingiz solib qo’yasiz.

Sevgilim, tushimga kirmangiz endi,
Yuragim sog’inchdan qovjirab qoldi,
Ko’zlarim qaygadir tentirab ketdi,
She’rim – mast, qalamim aljirab qoldi.

Sevgilim, tushimga kirmangiz endi,
Xonamning yuragi hapqirib ketdi.
Qovurg’asi sinib qoldi ko’rpamning,
Bolishim xayoli sochilib ketdi.

Sevgilim, tushimga kirmangiz endi,
Siz kirmagan tushim qolmadi hisob.
Sog’inaman sizni tushimda ko’rib,
Tushimga kirmagan kuningiz azob.

 
CryGirlDate: Payshanba, 09/12/03, 11:38:06 PM | Message # 54
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Kimsan o’zi, kimsan men uchun?
Qayerlardan kelib qolding-a?
Boshda tortmay e’tiborimni,
Keyin butkul bog’lab olding-a.

Bir mahallar she’rlar yozarding,
Maktublaring bo’lardi uzun.
Birda rasmim gulga burkarding,
Bahonasi – “bayraming bugun”.

O’jar edim ham mag’rur edim,
O’zim bilib, bilmasga soldim.
Rasming ko’rib, qoshim uchirib,
“Bir yigit-da” deb qo’ya qoldim.

Sen baxtlisan go’zaling bilan –
Latofatli, shirin ham xushvaqt.
Men sevgimni topganim ham chin,
Bundan ortiq bo’larmi baxt, ayt.

Lekin har gal ko’rsam ismingni
Ham jilmaygan surating, ajab,
Qalbim yoqa boshlaydi alam,
Rashkim qo’ymas dilim g’ijimlab

 
CryGirlDate: Payshanba, 09/12/03, 11:39:41 PM | Message # 55
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Qalbi daryo, dili dunyo yoring bo'ldim,
Umring bo'ldim, yo'g'ing bo'ldim, boring bo'ldim,
Borsa kelmas yo'llaringda zoring bo'ldim,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.

Ko'z yoshlarim to'ldirmoqchidek Orolni,
Hasratlarga alishdimmi xush xayolni?
Quchganingcha humor ko'zli yot ayolni,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.

Ko'nglim ko'mdim Qoraqumning qumlariga,
Sevgim sotdim Amriqo-yu Rumlariga,
Aylandi tan hissiz Misr mumlariga,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.

Bahorlarim poyoni yo'q, gul sanamman,
Kunduz yongan parvonasiz o'chmas shamman.
Endi otam ixtiyoriga qaramman,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.

 
CryGirlDate: Payshanba, 09/12/03, 11:47:45 PM | Message # 56
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Begim, mehr ko'zda deganlari chin,
Endi uzoqlarda qolgan yolqinsiz.
Qancha ko'rishmadik, yurak chilparchin,
Olis ketgan sari sog'inmadingiz.

Devonam edingiz, oshiq devonam,
Ayting, bo'lmadimmi yolg'iz gulingiz?
Siz yo'q, tanish yo'llar bo'ldi begona,
Men tomon qayrilmas bo'ldi yo'lingiz.

Siz - achchiq ertagim, sizsiz afsonam,
Unutgan dardimsiz, g'ijim peshonam.
Begona shamlarda kuygan parvonam,
Yo'qotib topmagan kulgularimsiz.

Yodimda mehrli tabassumingiz,
Qalbimni kuydirgan maktublaringiz.
Men o'sha - orzungiz oshnosi oy qiz,
Men o'sha - unutgan olis siringiz.

Men o'sha - ismingiz qalbining qo'ri,
Men o'sha - ko'zingiz dengizi duri.
Dengizdan ayirgach taqdirning to'ri,
Sog'inib-sog'inib bitgan she'rimsiz.

 
CryGirlDate: Payshanba, 09/12/03, 11:56:50 PM | Message # 57
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Sochlarini qo'lim bilan o'pmaganim,
Sochim bilan nafasini tutmaganim,
Kaftin bir bor yuzimda his etmaganim,
Ko'z uchida qaraysiz-a.

Ko'zingizga kirib ketsam ziyo bo'lib,
Yo'lingizga to'shalsaydim dunyo bo'lib,
Sizga g'azal yozgim keldi Laylo bo'lib,
Xayolimdan ketmaysiz-a.

Yoningizdan o'tib ketsam shamol bo'lib,
Ko'zlarimga mixlanasiz xayol bo'lib,
Men ham sevsam sevibman-da ayol bo'lib,
Nigohimni sezmaysiz-a.

Sizni bir kun yig'latganlar yig'lar endi,
Avval kulgan tentak dilni tig'lar endi.
Gunohimdan keching... bo'ldi, yetar endi...
Meni mahzun etmaysiz-a?..

 
CryGirlDate: Juma, 09/12/04, 0:00:50 AM | Message # 58
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Sog'inchim osmonga qadarlar bo'ldi,
Sabrimning kosasi limmo-lim to'ldi,
Ne desangiz dengiz, ne bo'lsa bo'ldi,
Men Sizni judayam yaxshi ko'raman.

Kulgingiz ko'yida kuyiblar qoldim,
Suyumli yigitsiz, suyiblar qoldim.
Ketdingiz, qoshimni uyiblar qoldim,
Men Sizni judayam yaxshi ko'raman.

Quyoshga o'xshaysiz, kuyadi jonim,
Suvdek eritasiz ko'rganim onim.
Ismingizni aytib oqadi qonim,
Men Sizni judayam yaxshi ko'raman.

Yuring uzoqlarga qochib ketaylik,
Sog'inish etmagan yurtga yetaylik,
Men sevsam...sevsangiz...yana netaylik?
Men Sizni JUDAYAM yaxshi ko'raman.

 
Hero170184Date: Juma, 09/12/04, 0:47:30 AM | Message # 59
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 239
Status:
Molli, офарин! Шеърият уммонида хам ижод киласизми-а?! Койил.. Жуда зур шеърлар экан, менга ёкди....

Unutmang!.. Omad va baxt hamisha siz bilan...
 
CryGirlDate: Juma, 09/12/18, 5:52:39 AM | Message # 60
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status:
Ko'zlarida g'am gardidan surmalari
Uchib ketdi bu ko'ngilning turnalari.
Ey siz, mening g'aribgina kulbalarim,
Sizni tashlab samolarga ketolmayman.

Gulyuzligim yuz noz ila burdi yuzin,
Men ko'z yumsam, kipriklarim so'ydi ko'zim.
O'z-o'zimga azon aytib, qo'ydim ism...
Endi o'shal zebolarga ketolmayman.

Kecha qadah to'qishtirib hilol bilan
Gulob ichtim yolg'iz do'stim Iqbol bilan.
Bugun qo'lda ikki bo'lak safol bilan
Iqbollarga, safolarga ketolmayman.

Endi faqat sabolarni sog'inish bor,
Elas-elas navolarni sog'inish bor,
Olis-olis ziyolarni sog'inish bor,
Aks o'zimman, sadolarga ketolmayman.

Onasidan arazlagan bola kabi
Bu olamdan burilgandir mening labim.
Ey, onamdek g'aribgina kulbalarim,
Sizdan go'zal dunyolarga ketolmayman.

 
Search: