|
Sheriyat olamiga sayoxat
|
|
| CryGirl | Date: Dushanba, 09/11/23, 1:37:29 AM | Message # 31 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status: 
| Sizni sevarman Ko’zlarimdan oqsa marjon-marjon yosh, Boshim egib qolsam berolmay bardosh, O’zga qo’l ko’z yoshim artsa ko’narman, Lekin o’shanda ham sizni sevarman Egnimda tursada kelinlik libos, Qadamim sho’x bossam baxtlilarga xos, Do’stlar davrasida o’ynab kularman, Lekin o’shanda ham sizni sevarman!... Umrimni kezganda hamisha bahor, Kamiga tortganda oila, ruzg’or Birinchi farzandim o’pib suyarman, Lekin o’shanda ham faqat sizni.. sizni sevarman...
|
| |
|
|
| CryGirl | Date: Dushanba, 09/11/23, 1:39:03 AM | Message # 32 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status: 
| Netay Judolik diyori: ayri-ayri yo`l, Men ko`ngil dayridan tonib ketyapman. Netay sevgim xazon, xazon sevgim mo`l, Men ishqning ko`yidan yonib ketyapman. Ko`ngillar me`zoni: baxtdan yo`q nishon, Qarog`lar jodudir, sof muhabbatmas. Muhabat, muhabbat yo sukut, yo shon, Qovushgan ruhlaru, hech nikohlanmas. Sevgim shamollaridan o`ylarim ma`yus, Sog`inchlar yoqalab ketyapman, daydib. Yurak talpinadi, sen tomon hanuz, Netay, kelolmayman, orqaga qaytib. Netay?!...
|
| |
|
|
| CryGirl | Date: Dushanba, 09/11/23, 1:40:01 AM | Message # 33 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status: 
| Sizga qaytmayman Yuragimni olovga ko`mdi, Ko`kka uchdim, sizga aytmayman. Ruhim poklanmoqda oppoq ishq, Men-ishqdaman, sizga qaytmayman! Eslamang siz, meni uniting, Xuddi mendek yashang telbavor. Telbalikda (agar bilsangiz), Ishqning ishqdan ulug`ligi bor. Faqat sizga achinaman bot, Sevgi nima hanuz bilmaysiz. Ko`ngil sizu-ko`ngilday bo`lib, Qalbingizni seva olmaysiz. Men baxtliman, topganim ne ishq, Olov ichra yashar yuragim. Bu yurakning mavj-mavjlarida, Nur bo`p chiqar, Xudo-keragim!
|
| |
|
|
| CryGirl | Date: Dushanba, 09/11/23, 1:41:15 AM | Message # 34 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status: 
| Muhabbat! Bog'imga qaytganda sabolar, Qaytadan yaraldi navolar. Shabnamga to'yganda havolar Muhabbat ortiga qaytmadi, Qaerda qolganin aytmadi... Kelganda g'uncha deb uzmadim Yurakning qulfini buzmadim Muhabbat ekanin sezmadim Adashdim. Ketdi-yu, qaytmadi... Sevgilim ekanin aytmadi... Zor bo'lib kutganim yetmasdan O'zgaga parvo ham etmasdan Ortidan ergashib ketmasdan Qolgandim. U esa qaytmadi... "Yur birga ketdik" - deb aytmadi... Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak Bo'lganda men emas, u menga kerak Muhabbat ortiga qaytmadi. Qaytsa ham, manzilin aytmadi... Azimga aylandi nozik bo'y nihol: Bir umr xijronda to'lg'onib behol, Bo'lganda dilpora yetishmay visol Muhabbat ortiga qaytmadi... Ortiga qaytmasin aytmadi
|
| |
|
|
| CryGirl | Date: Dushanba, 09/11/23, 2:45:47 AM | Message # 35 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status: 
| Muhabbatdan to’lmas ko’nglim Bechora qiz o’z to’yidan ko’ngli to’lmas, Kiprigi nam, yig’lab turar, meni ko’rmas, Yor-yorlari xo’rligimni yupatolmas Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim, Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim... Dardli qo’shiq kuylarimni senga atay, Sochlaringni o’zga yigit silar netay, Maktubingni o’tga tashlab yoqib ketay, Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim, Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim... Muhabbatning bu azobi ko’nglim tig’lar, Shabodalar yor sochini silab o’ynar, Men go’zalga, Go’zal yerga qarab yig’lar, Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim, Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim...
|
| |
|
|
| CryGirl | Date: Dushanba, 09/11/23, 2:47:23 AM | Message # 36 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status: 
| Xayol ! Uni o`zimga ham ko`rgim kelmas ep, Uni bergim kelmas, hatto she`r, gulga. Aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb, Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga. Bir harfdan uyg`onmas savodsiz dunyo, Unga sog`inch sochgan unlar qiziqmas, Vergulgacha kechgan umr - bu ma`no! Nuqtadan keyingi kunlar qiziqmas. Shu ojiz yog`ochga yetdimi kuchim?... So`nib borar edi, xonamdagi sham, Bilib turib nuqta qo`ygani uchun, Sindirib tashladim, qalamimni ham. So`ng shikoyat qilding, qaynoq alamdan, Oq tutunga to`ldi, qalb umidlari, O`tga uloqtirdim, yongan qalamdan Kuygan yurakning keldi hidlari. Hamon, aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb, Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga. Istasang, so`k uni va hohlasang tep, U aylanib bo`lgan qizil she`r – gulga.
|
| |
|
|
| CryGirl | Date: Dushanba, 09/11/23, 2:47:43 AM | Message # 37 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status: 
| Ayriliq ! Suratlar qirqildi ikki bo`lakka, Sen u taraf qolding, men bu yon qarab. Oh, yolg`on ekan-ku, singmay yurakka- Ishq u tomon qoldi, ishonch bu taraf! Erkalash ohangi g`azabga do`ndi. Shirin o`ylar esa tig`li xayolga. Notavon peshoba yozmishga ko`ndi, Kelajak aylandi mavhum savolga. Men ketdim, sen qolding, oraliq-cheksiz, Bu hudud eng tiyra tundan-da qaro. Bir vaqtlar ko`ksimni to`ldirgan ul his Bu kun bitmas armon, dog` ko`chmas aro!
|
| |
|
|
| CryGirl | Date: Dushanba, 09/11/23, 2:50:50 AM | Message # 38 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3999
Status: 
| Intizor ! Sabrni ummon deb atading, Bardoshni tog`larga qiyoslab. Kut, deding, ataylab kelmading, Sog`insam ketarding olislab. Tog`larni yengish-chun ummondan, Goh cho`kib, goh suzib o`tdim-ku! Umidim o'zmasdan osmondan, Bearmon, kutdim-ku, kutdim-ku! Baribir kelmading, kelmading, Nimani istading, bilmadim. Qo`lingni qo`limga qo`ymading, -Kut, -deding, kutishdan tolmadim. Ko`nikmoq azobi beomon, Bu aziz boshimga tusharmu? O`ylari tugamay dil hayron, -Yuragim yarmini toparmu?!
|
| |
|
|
|
|
| SANJAR80 | Date: Dushanba, 09/11/23, 7:47:54 PM | Message # 40 |
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status: 
| Tan oling! [ Voy-bo’y bunchalar ham qilmasangiz noz, Aytgan har bir so’zlaringiz ko’p baland parvoz. Undan ko’ra baqirib boricha ovoz, Tan oling! O’zi sizga etishmas biroz.
Message edited by SANJAR80 - Dushanba, 09/11/23, 7:48:30 PM |
| |
|
|
| SANJAR80 | Date: Dushanba, 09/11/23, 7:49:13 PM | Message # 41 |
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status: 
| Hohlasez tanishamiz Salom. Men oddiy talaba Mani shiorim faqat g`alaba! Agar hohlasez tanishamiz, Fikrlarimiz alishamiz.
|
| |
|
|
| SANJAR80 | Date: Dushanba, 09/11/23, 7:50:11 PM | Message # 42 |
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status: 
| Siz tomon Assalomu alekum ey banda, Yuribsiz sog' tanda, kuningiz o'tmoqda shodon, Bizni ham o'ylang bir on.
|
| |
|
|
| SANJAR80 | Date: Dushanba, 09/11/23, 7:52:20 PM | Message # 43 |
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status: 
| Ko'zlar ohulardek ekan ko'zingiz lek men buni payqay olmadim. gar omadim bo'lmasa edi sezdek go'zal bilan uchrasharmidim siz osmonda men esa yerda bizni nazar qilarmidingiz.
|
| |
|
|
| SANJAR80 | Date: Dushanba, 09/11/23, 7:53:41 PM | Message # 44 |
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status: 
| Tering Do'st kerak bo'lsa 1 ni tering. Chin yor kerak bo'lsa 2 ni tering. Haqiqiy sirdosh kerak bo'lsa 3 ni tering. Agar barchasiga ehtiyoj sezsangiz +1330.......... ni tering. Sizga xizmat ko'rsatganimizdan mamnunmiz!
|
| |
|
|
| SANJAR80 | Date: Dushanba, 09/11/23, 7:55:06 PM | Message # 45 |
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status: 
| Ой йиғласа, мени эсла нигорим. Нигохим бураман суратингга ёр, Хаёл оғушида, бўларман бедор. Хажрингда девона, девона кўнглимда, Иккимизга етар, мухаббатим бор. Бир бора кўрмасам, билмам нетарман, Васлинг қўшиқ бўлса, ёниб айтарман. Тангрим менга берган, хаётим сўнгида, Бахтга сени бериб, ўзим қайтарман. Куйласам юракдан кетгай ғуборим, Талпинганим сари ортар хуморим. Тунлар ойга боқиб йиғлар А..... Ой йиғласа, мени эсла нигорим.
|
| |
|
|