Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
Sheriyat olamiga sayoxat
SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
M en sizi sevaman
A ytolmayin kezaman
D ardimni yetkazmasam
I shqimga ishontirmasam
N omingizni ham aytmayman
A ytsamda eshittirmayman
SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
Siz bilmaysiz dardlarim og‘ir,
Ko‘zlarimda yashaydi yomg‘ir.
Siz men uchun bo‘lmaysiz Tohir,
Ketavering, hissiz bevafo
Dilda cheksiz muhabbat yashar,
Bu rashk ko‘zga ko‘zmunchoq taqar.
Kelasiz-a, kelmasangiz gar
Ketavering, ishqsiz bevafo.
Yer yuzini qoplasa qorlar,
Yuragimga to'ldirsa zorlar,
Sog'inganim emas bahorlar,
Faqat sizni SOG'INDIM.
[Siz bilmaysiz dardlarim og‘ir,
Ko‘zlarimda yashaydi o’kinch.
Siz men uchun bo‘lmaysiz kumush,
Ketavering, hissiz bevafo
enjoy foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 1376
Holati:
SANJAR80,
Jamila foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 460
Holati:
Sizni ko’rganim zahot, yurak to’xtadi,
Ovozingiz eshitib, qalbim titradi,
Nigohingiz rom etib, dilim boyladi,
Ammo, ko’nglim hislarini bilmadingiz, hech.
Sizni ko’rganimda, qalbim quvnardi,
Sizni eslashim zahot, dilim yashnardi,
Yulduzlar ko’ngil ohlarim tinglardi,
Ammo, qalbim tug’yonlarin bilmadingiz, hech.
Sizni ismingiz ila tonglar otardi,
Tunlarda oy sirdoshim bo’lardi,
Yomg’irlar dil yoshlarim bo’lardi,
Ammo, yurak iztiroblarim bilmadingiz, hech.
Sizni sog’inib, sanoqsiz kunlar o’tardi,
Xayollarim zanjirband, samoda kezardi,
Cheksiz nolalarim falakni ezardi,
Ammo, bag’rim sitamlarin bilmadingiz, hech.
Sizni qalb bog’larimda, sevgim kutardi,
Telba yurakkinam, sabrsiz qo’msardi,
Armonlarim meni ayamay yutardi,
Ammo, dilim nolalarin bilmadingiz, hech.
Sizni uzun, dardli she’rlarim sevardi,
Suratingizga ko’ngilginam gohida ko’nardi,
Gohida chidolmay, isyon qilardi,
Ammo, ko’ksimdagi azoblarni bilmadingiz, hech.
Sizni unutishimni dilim yolborib so’rardi,
Alamlarim ko’ksimga xanjarlar urardi,
Gohida oyning menga rahmi kelardi,
Ammo, yuragim ohlarin bilmadingiz, hech.
Charchadim, boshqa yurak o’rtashga qolmadi holim,
Bedor tunlarni o’tkazishga yo’qdir madorim,
Najotsiz, chorasiz kutishga yetmaydi sabrim,
Endi, nimayam qilardim, alvido, alvido azizim!
ღ♥.Jamila.♥ღ
Jamila foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 460
Holati:
SIZ BILMAYSIZ

Siz bilmaysiz sog'inganimni
Oy nurida qolgan damlarim
Siz bilmaysiz tushimda ko'rib
Yosh boladek quvonganlarim
Siz bilmaysiz yurak yuziga
Ismingizni yozib yurganim
Sog'inchlardan oqqan yoshimdan
Sizga atab marjon terganim
Siz bilmaysiz sog'inganimda
Sizga atab sherlar yozganim
Dardga to'la sherlarim o'qib
O'z dardimda o'zim yonganim

ღ♥.Jamila.♥ღ
MASTER foydalanuvchisining avatari
Adminstrator
Guruh: ADMINISTRATOR
Xabarlar: 7613
Holati:
MuSiLmOnKa-M, Bunchalik qobiliyatiz borligini bimagan ekanman applause
Eng tajribali
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 639
Holati:
M en sizi sevaman
A ytolmayin kezaman
D ardimni yetkazmasam
I shqimga ishontirmasam
N omingizni ham aytmayman
A ytsamda eshittirmayman

SANJAR80, bu shaerni uziz yozdizmi?

Eng tajribali
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 639
Holati:
MuSiLmOnKa-M,
shaddot foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 701
Holati:
Assalomu Aleykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuh bu yerda o`zilar yozgan she`rlarmi yoki undek emasmi?
Jamila foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 460
Holati:
Sheriy butga holagan she'rizni yoquring bo'lurarkan ok
ღ♥.Jamila.♥ღ
CryGirl foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 4050
Holati:
Mening dardim
Tuzalmaydi dardim mening,
O'lsam kerak.
Tuproq bilan og'a-ini
Bo'lsam kerak.

O'lim nima? Bu ham bitta
Sayr, Ona.
O'g'ling qaro yerga ketdi,
Xayr ona…

Tuzalmas bu dardim mening,
Umidim yo'q.
Xira shamdek ko'zlarimda
So'nmoqda cho'g'.

Cho'g nimadir? Cho'g' ham tutab,
Kul bo'ladi.
Inson bir kun o'z mayliga
Qul bo'ladi…

Yuragimni tamom qildim,
Yig'layverib.
Huzurimda ajal turar,
Qoshin kerib.

Men hayotda o'limga tik
Boqib o'sdim…
Qani menga atalgan joy,
Ketdik, do'stim!

SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
MuSiLmOnKa-M, Molli,
SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
Albatta ketganimga bordur bir aniq sabab
Sen meni sevarding men esa uni faqat
Sen tomonga talpinganimga sabab
Meni kichir sen unga o`xshardin
Uni eslatarding o`xshash visollar
Lek xarxil ichki dunyolar
Xargal seni ko`rganimda
Uni ko`rgandek bo`lsamgar
Ayt netay uni sevaman hamon
Afsuski vadalari yolg`on
CryGirl foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 4050
Holati:
SIZ BORSIZ!

Qolmadi yashashning ma’nosi,
Qachondir yiqitar alamlar.
Tinmaydi hayotning daryosi,
Dunyoda siz borsiz, odamlar!
Tugaydi qayg‘uli dostonim,
Garchi ko‘p yonimda qo‘ldoshim.
Yashnaydi tug‘ilgan bo‘stonim,
Elimda siz borsiz, eldoshim!
Har yongan javdirar qarog‘im,
Qanchalar ezmasin armonlar.
Uyimda porlaydi chirog‘im,
Izimda siz borsiz, yoronlar!
Yoqmasin muhabbat firog‘i,
Yangrasin baxtiyor qo‘shiqlar.
Visolga ko‘milsin ishq bog‘i,
Qatorda siz borsiz oshiqlar!
Sevgimni baralla kuyladim,
Avj chog‘i uzildi dil torim.
Umidvor yillarga bo‘yladim,
Yozmada siz borsiz ash’orim!
Bitta yor qalbiga sig‘madim,
Men uchun endi tor olamlar.
O‘zim o‘z qadrimga yig‘ladim,
Holimni tushuning, odamlar!

CryGirl foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 4050
Holati:
YOLG‘IZ

Milyon yilda meni yaratdi hayot,
Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz.
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv,
Quyoshdan ishorat — ko‘z yorar ildiz.
Men, axir ularga o‘xshamayman-ku,
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz.
Har elat o‘zicha atar shamolni,
Mingta ism bilan yashaydi yulduz.
Sen qaydan topasan boshqa Iqbolni,
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz.
Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Yaratganga borib aytaman seni!
Uzi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz ...

Search: