MaKtAb DaRsLiKlArI (FIZIKA)
|
|
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:05 | Message # 61 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:06 | Message # 62 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:08 | Message # 63 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|  Ernest Rezerford (1871—1937) Atom tuzilishi va radioaktivlikni tadqiq qilish bo’yicha mashhur ingliz olimi, yadro fizikasinnng yaratuvchilardan biri. E. Rezerford London Kirollik jamiyati—Angliya Fanlar akademiyasining a’zosi edi, jahondagi turli mamlakatlarning 30 dan ortiq akademiyalari va ilmiy jamiyatlarining, shu jumladan sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi edi. 1908 yilda u radioaktivlikni tadqiq qilishga doir ishlari uchun Nobel mukofoti laureati bo’ldi. 1898 yilda Rezerford radioaktivlik hodisasini o’rganishga kirishdi. Uning bu sohadagi birinchi ulkan kashfiyoti uran chiqarayotgan nurlanishning bir jinsli emasligini aniqlash bo’ldi. Shunday qilib, fanga radioaktivlik haqida birinchi marta a-va b-nurlar haqidagi tushuncha kirdi. Shu yilning o’zida Rezerford o’z ilmiy faoliyatini boshlagan Kembrijdagi Kavendish laboratoriyasini tashlab, Kanadaga ko’chib o’tdi. Bu yerda u Monreal universitetining professori qilib tayinlandi. Olimning ko’pgina muhim kashfiyotlari ana shu ilmiy markaz bilan bog’liq. 1900 yilda u yangi radioaktiv element—toriy emanatsiyasini kashf etdi. 1901 —1903 yillarda ingliz olimi F. Soddi bilan hamkorlikda tekshirishlar olib bordi, natijada bir elementning boshqa elementga tabiiy aylanishi kashf etildi va atomlarning radioaktiv yemirilish nazariyasi ishlab chiqildi. 1907 yilda Rezerford Angliyaga qaytadi va Manchester universitetida ishlaydi. Bu yerda 1908 yilda u a-zarraning geliyning ikki marta ionlashgan atomi ekanini uzil-kesil isbotladi. 1911 yilda Rezerford maqola nashr qilib, unda atomning yadro (p l a n e t a r) m o d e l i ni taklif etdi. 1913 yilda N. Bor va G. Mozli ishlari paydo bo’ldi, ularni amalga oshishida E. Rezerfordning tadqiqotlari ko’p darajada ta’sir etdi. Nihoyat, 1919 yilda olim elementlarni sun’iy o’zgartirish mumkinligi haqidagi xulosaga keladi. E. Rezerford yangi atomistikaning asoschisi bo’ldi. O’z hayotining oxirgi davrida (1919 yildan boshlab) u Kavendish laboratoriyasining direktori edi. Bu yerda u a-zarralar ta’sirida yadro reaktsiyalarning kechishini sinchiklab o’rgandi va atom yadrosi modeli haqidagi nazariy tasavvurlarni ishlab chiqdi. Rezerford 1921 yilda neytronning mavjudligini bashorat qildi, uni 1932 yilda Rezerfordning shogirdi J. Chedvik kashf qildi. Rezerfordning ilmiy maktabi butun fizika tarixida eng yirik maktablardan biri, yadro fizikasi tarixida esa eng katta maktab bo’ldi. E. Rezerford shogirdlari G. Mozli, J. Chedvik va boshqa yirik ingliz olimlarini, shuningdek, N. Bor. O. Gan va boshqa chet el olimlarini tarbiyalab yetishtirdi. Fiziklar P. L. Kapitsa, Y. B. Xariton va boshqalar uning rahbarligida ishlaganlar.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:10 | Message # 64 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|  Enriko Fermi (1901 – 1954)
«Ulug’ italyan fizigi Enriko Fermi hozirgi zamon olimlari ichida alohida o’rinni egallaydi. Ilmiy tadqiqotlarda tor sohada ixtisoslashish tipik hol bo’lgan hozirgi vaqtda Fermi singari universal olimni ko’rsatish juda qiyin» – deb yozgan edi, uning shogirdlaridan biri Bruno Pontekorvo. Bu haqiqatan ham, shunday. Fizikaning Fermi shug’ullanmagan bironta sohasini topish qiyin. Shunday bo’lsa-da, sun’iy radioaktivlikka bog’liq bo’lgan tadqiqotlarini uning asosiy ilmiy ishlari deb hisoblash mumkin. 1934 yilda u yaratgan beta-emirilish nazariyasidan hozirgi kunda ham fiziklar zlementar zarralar dunyosini bilishda keng foydalanadilar. Enriko Fermi Rimda xizmatchi oilasida tug’ildi. Unda aniq fanlarga qobiliyat erta namoyon bo’ldi. 1922 yilda u Piza universitetini tamomladi, so’ngra o’z malumotini Germaniya va Niderlandiyada davom ettirdi. 1925 yilda Italiyaga qaytgach, fermi Florensiya universitetida ishlaydi, bu yerda u kvant fizika bo’yicha tadqiqotlar olib boradi. 1926 yilda u Rim universiteti nazariy fizika kafedrasining professori lavozimini egalladi. Bu yerda u yadro fizikasi- sohasida qator yirik nazariy va amaliy kashfiyotlar qildi. Bu sohadagi ishlari uchun Fermi Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. 1938 yilda E. Fermi AQShga ko’chib ketdi. U yerda Kolumbiya universitetida professorlik lavozimida ishlab, yadro energiyasidan foydalanish sohasidagi tadqiqot ishlariga rahbarlik qildi. Uning rahbarligida 1942 yil dekabrda AQShda jahonda birinchi yadro reaktori ishga tushirildi. 1946 yilda Fermi Chikago universitetining professori bo’ldi va bu yerda umrining oxirigacha yuqori energiyalar fizikasi bo’yicha shug’ullandi
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:10 | Message # 65 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:13 | Message # 66 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|  Emiliy Xristianovich Lens (1804-1865) Rus fizigi va elektrotexnigi Emiliy Xristianovich Lens Derpt (hozirgi Tartu) shahrida tug’ildi. Derpt universitetida o’qidi, lekin o’qishni tugatmay, «Predpriyatiye» kemasida jahon bo’ylab uch yillik sayohatga jo’nadi. Kemada sayohat paytida yig’gan boy materiallari E.Lensga qator ajoyib geografik tadqiqotlar o’tkazishga imkon berdi. Ularning natijalariga qarab, 1828 yilda Lens Peterburg Fanlar akademiyasining ad’yunkti, 1834 yilda esa akademigi qilib saylandi va Fanlar akademiyasidagi fizika laboratoriyasini qaytadan qurishda faol ishtirok etdi. Bu yerda u elektr va magnetizm sohasidagi mashhur tadqiqotlarini boshladi. Lensning ko’pgina ilmiy ishlari ichida eng mashhuri ikkita: «Elektrodinamik induktsiya uyg’otadigan galvanik toklarning yo’nalishini aniqlash to’g’risida» (1833) va «Galvanik tokning issiqlik ajratish qonunlari to’g’risida» (1842). Bularning birinchisida induktsion tokning yo’nalishini aniqlaydigan qoida ta’riflangan va u olimning nomi bilan ataladi. Lens qoidasi ga ko’ra, yopiq konturda hosil bo’ladigan induktsion tok shunday yo’nalganki, u vujudga keltirgan va kontur bilan chegaralangan yuzadan o’tayotgan magnit oqimi shu tok vujudga keltiradigan oqimning o’zgarishiga qarshilik qiladi. Ikkinchi ishida hozir fanda J o u l – L e n s q o n u n i sifatida malum bo’lgan qonun tavsiflangan. Elektr tokning issiqlik ta’sirini ifodalaydigan bu qonunni 1841 yilda ingliz fizigi J. Joul va undan mustasno 1842 yilda E. X. Lens topgan. Lens elektr generatorida sodir bo’ladigan protsesslarni tahlil qilishda o’zgaruvchan tok egri chizig’ining shaklini o’rganish uchun o’zi yaratgan asbobdan foydalangan. U shuningdek, metallar qarshiligining temperaturaga bog’liqligini aniqladi, magnit oqimni o’lchaydigan ballistik metodlarni yaratdi (rus olimi B. S. Yakobi bilan hamkorlikda) va boshqa ishlarni qildi. Lensning ilmiy ishlari uni elektr va elektrotexnikaning nazariy asoslari to’g’risidagi ta’limotning yaratuvchilaridan biri, deyishga asos bo’ladi. U geofizikadagi – okeanlarda temperaturalar va sho’r suvlarning taqsimlanishi va turli kengliklarda havoning sutkalik temperatura o’zgarishiga oid ishlari bilan ham mashhur ilmiy faoliyatdan tashqari, E. X. Lens Peterburg universitetidagi fizika va tabiiy geografiya kafedrasini ko’p yillar boshqardi, 1863 yildan esa universitet rektori bo’ldi. Kelajakka ko’z tashlab, u o’rta maktablarda fizika o’qitishga katta ahamiyat berdi. Uning «Rus gimnaziyalari uchun yaratilgan fizikadan qo’llanma» (1839) ilmiy ishi 11 marta nashr etilgan.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
Message edited by Solih_96 - Shanba, 09-Noya-2013, 07:14 |
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:14 | Message # 67 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:15 | Message # 68 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:16 | Message # 69 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:21 | Message # 70 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:22 | Message # 71 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:25 | Message # 72 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| Dmitriy Sergeyevich Rojdestvenskiy (1876-1940)
Rus fizigi, akademik, optika sanoatining tashkilotchilaridan biri. Peterburgda tug’ilgan. 1900 yilda Peterburg universitetini a’lo baholar bilan tugalladi. Uch yildan so’ng shu universitetning o’qituvchisi bo’ldi. 1919 yilda fizika bo’limini tashkil qildi va vaqt talablariga mos tarzda fizikani o’qitishni tubdan o’zgartirdi. 1909 yilda olim Rus fizika-ximiya jamiyatining fizika bo’limi majlisida spektral analiz sohasidagi tadqiqotlari bo’yicha axborot berdi. Uning bu ishi spektral analiz nazariyasiga qo’shilgan katta hissa edi. Rojdestvenskiy sindirish ko’rsatkichining yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’lanishini aniqlashning yangi metodini yaratdi. Shu metod yordamida atomlarning muhim xarakteristikalaridan biri – spektral chiziqlar intensivligini ham aniqlash mumkin. Rojdestvenskiy mikroskop nazariyasini rivojlantirdi va takomillashtirdi hamda mikroskopda tasvir hosil bo’lishida interferentsiyaning muhim rolini ko’rsatib berdi. Eski Rossiyada optika sanoati bo’lmaganligidan zarur optik asboblar chet ellardan olinar edi. D. S. Rojdestvenskiyning tashabbusi hamda hukumatning qo’llashi tufayli 1918 yilda Petrogradda Davlat optika instituti tuzilganidan so’ng chet eldan optik asboblarni sotib olish keskin qisqardi. Rojdestvenskiy institutga 1932 yilgacha boshchilik qildi. D. S. Rojdestvenskiy rus olimlari – optiklarining katta maktabini tarbiyalab yetishtirdi.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:26 | Message # 73 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| Andre Mari Amper (1773 – 1836) Fransuz fizigi va matematigi, fizikaning yangi sohasi – elektrodinamikaning asoschilaridan biri Andre Mari Amper Lion shahrida tug’ildi. U keng ko’lamda ma’lumot oldi: chet tillarni, matematikani, tabiiy fanlarni o’rgandi. Amper D. Didro va J. L. D Alamberlar mashhur «Ensiklopediya» sining 20 tomini, L. Eyler, D. Bernulli, J. L. Lagranjning ilmiy ishlarini o’qib chiqdi. 1801 yilda Amper Burk-an-Bres shahridagi Markaziy maktabda fizika kafedrasini boshqardi, 1805 yildan esa Parijdagi Politexnika maktabida repetitorlik o’rnini egalladi. Bu davrda ehtimolliklar nazariyasiga, variatsion hisoblarning mexanika va matematika masalalariga tatbiqiga oid ishlari chiqdi. 1814 yilda Parij Fanlar akademiyasiga a’zo qilib saylandi, 1824 yildan u Parijdagi Normal maktab professori bo’ldi. Amperning fizika sohasidagi ishlari diqqatni darhol o’ziga jalb qildi. 1820 yilda X. K. Ersted elektr tokning magnit strelkasiga ta’sirini kashf etgandan keyin Amper tok ta’sirida magnit strelkasining og’ish yo’nalishini aniqlaydigan «qalqovich qoidasini» taklif etdi. Bu tadqiqotlarni davom ettirib, elektr toklarining mexanik o’zaro ta’sirini kashf etdi va bu o’zaro ta’sirlarning kuchlarini aniqlaydigan miqdoriy munosabatlarni aniqladi . Amper ikki tushunchani – tok va kuchlanishni farqlab berdi, yopiq zanjirdagi tok yo’nalishini aniqladi (tok kuchining birligi uning nomiga qo’yilgani tasodifiy emas). U shuningdek, parallel o’tkazgichlardan oqayotgan tok bir tomonga yo’nalgan bo’lsa, bu o’tkazgichlar bir-birini tortishini, qarama-qarshi tomonga yo’nalganda – itarishini aniqladi. Amper magnitni uning qutblarini birlashtiruvchi chiziqqa perpendikulyar bo’lgan tekisliklarda joylashgan doiraviy elektr toklar majmuidan iborat, degan tasavvurga asoslangan magnetizm nazariyasini ishlab chiqardi. 1826 yilda uning elektrodinamikaga oid asosiy ilmiy ishi –«Faqat tajribadan chiqarilgan elektrodinamik hodisalar nazariyasi» nashr etildi.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:27 | Message # 74 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| ]
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:28 | Message # 75 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |