|
Peshqadam
Guruh:
Ishonchli
Xabarlar:
1749
Holati:
|
2010 yil 28-29 may kunlari «Zamonaviy fizikaning dolzarb muammolari» mavzusida maktab seminar o’tkazildi. Seminarda respublikamiz Oliy o’quv yurtlari va O’zFA Ilmiy tadqiqot institutlaridan jami 100 dan ortiq nufuzli olimlar ishtirok etishdi. Ular orasida mamlakatimizning fizika fani sohasidagi taniqli olimlar, yirik mutaxassislar ham qatnashishdi, jumladan: O’zMU qoshidagi AFITI direktori T.M.Mo’minov; «Akademasbob» IIChB bosh direktori S.A.Baxromov; O’zRFA Issiqlik fizikasi instituti direktori E.A.Zoxidov; O’zRFA YaFI professorlari R.Ya. Yarmuxamedov, E.M.Ibragimova; BuxOOYeSTI kafedra mudiri S.A.Astanov; O’zMU qoshidagi AFITI laboratoriya mudiri Z.T.Azamatov; Toshkent Kimyo texnologiyalari instituti professori M.Qosimjonov; O’zMU, QarDU, BuxDU, TATU Qarshi filiali, TerDU, NavDPI, JizDPI, O’zFA Yadro fizikasi instituti, fizika-texnika instituti, astronomiya instituti va boshqa muassasalardan 50 dan ortiq yosh olimlar o’z ma’ruzalari bilan qatnashishdi. Bundan tashqari, Samarqand davlat universiteti olimlari, aspirant, magistrant va tadqiqotchilari hamda viloyatdagi AL va KHK fizika fani o’qituvchilari faol ishtirok etishdi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston Fanlar Akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan «Zamonaviy fizikaning dolzarb muammolari» mavzusidagi maktab seminarini o’tkazishdan maqsad yosh olimlar va iqtidorli talabalarni fizika sohasida respublikamizda olib borilayotgan zamonaviy ilmiy tadqiqot jarayoniga jalb qilish, mutaxassislik yo’nalishi tanlashda hamda yosh olimlarimizga respublikamizdagi yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda yordam berishdan iboratdir. Seminarning beshta sho’balari bo’yicha dasturga jami 54 ta ma’ruza kiritilgan bo’lib, shularning barchasi sho’ba majlislarida tinglandi va muhokama qilindi.
|