MaKtAb DaRsLiKlArI (FIZIKA)
|
|
Solih_96 | Date: Juma, 08-Noya-2013, 11:58 | Message # 31 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Juma, 08-Noya-2013, 11:59 | Message # 32 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Juma, 08-Noya-2013, 12:00 | Message # 33 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| Shunday qilib, 19-asr fizikasi 2 boʻlimdan — jismlar fizikasi va maydon fizikasidan iborat boʻldi. Jismlar fizikasi asosida molekulyarkinetik nazariya qabul qilingan boʻlsa, maydon fizikasila elektromagnit maydon nazariyasi asosiy rol oʻynadi.
Klassik fizika modda, vaqt, fazo, massa, energiya va h.k. haqidagi maxsus tasavvurlar, tushunchalar, qonunlar, prinsiplardan tashkil topgan. U klassik mexanika, klassik statistika, klassik termodinamika, klassik elektrodinamika va b. boʻlimlarga boʻlinadi. Klassik mexanikada harakat qonunlari — Nyuton qonunlaridan iborat. Moddiy nuqta, mutlaq qattiq jism, tutash mux,itlar tushunchalari muhim rol oʻynaydi. Bularga moye tarzda moddiy nuqta mexanikasi, mutlaq qattiq jism mexanikasi, tutash muhit mexanikasi mavjud.
Koʻp amaliy hollarda qoniqarli natijalar beradigan klassik fizika katta tezliklar va mikroobʼyektlar bilan bogʻliq hodisalarni toʻgʻri tushuntirishga ojizlik qildi. Shunday hodisalar qatoriga qattiq jismlarning issiqlik sigʻimi, atom tizimlarining tuzilishi va ulardagi oʻzgarishlar xarakteri, elementar zarralarning oʻzaro taʼsiri hamda bir-biriga aylanishi, mikrotizimlardagi energetik holatlarning uzlukli oʻzgarishi, massaning tezlikka bogʻliqligi va b. masalalar kiradi. Fizikaning yangi taraqqiyoti yuqoridagiga oʻxshash hodisalarni ham toʻgʻri tushuntirib bera oladigan yangi, noklassik tasavvurlarga olib keldi. Bunday tasavvurlarga asoslangan yangi fizika maydon kvant nazariyasi va nisbiylik nazariyasiaan iborat.
Fizikaning klassik va noklassik fizikaga ajratilishi shartlidir. Galiley — Nyuton mexanikasi, Faradey —Maksvell elektrodinamikasi, Boltsman — Gibbs statistikasini, odatda, klassik fizikaga, maydon kvant nazariyasi va nisbiylik nazariyasini hozirgi zamon fizikasiga kiritishadi. Tarixiy jihatdan bu haqiqatan ham shunday. Ammo klassik fizika bilan hozirgi zamon fizikasini bir-biriga qarshi qoʻyish asossizdir. Yangi texnika, kosmosni egallash kabi sohalarda klassik fizikadan keng foydalanib muhim yutuqlarga erishilmokda. Maksvell tomonidan elektromagnit qodisalarni oʻrganish jarayonlari uning klassik elektrodinamika"^ yaratishi bilan yakunlandi. 1897 y.da J. Tomsonnpng elektron zarrasining ochishi bilan fizika rivojida yangi davr boshlandi.
Hozirgi zamon fizikasi. 19-asr oxirida aniqlangan qator yangiliklar (elektronning ochilishi, elektron massasining tezlik oʻzgarishi bilan oʻzgarishi, harakatlanuvchi tizimlarda elektromagnit hodisalarining roʻy berishidagi qonuniyatlar va b.) Nyutonning fazo va vaqt mutlaqligi toʻgʻrisidagi tasavvurlarini tanqidiy tekshirib chiqish kerakligini koʻrsatdi. J.Puankare, X.A.Lorents kabi olimlar bu sohada tadqiqotlar olib borishdi. 1900 y.da M. Plank nur chiqarayotgan tizim — ossillyatornint nurlanish energiyasi uzluksiz qiymatlarga ega degan klassik fikrni rad etib, bu energiya faqat uzlukli qiymatlar (kvantlar)dangina iborat degan butunlay yangi farazni ilgari surdi. Shunga asoslanib nazariya bilan tajriba natijalarini taqqoslanganda ularning moye kelishini anikladi. Plank gipotezasini A. Eynshteyn rivojlantirib, yorugʻlik nurlanganda ham, darqalganda ham kvantlar — maxsus zarralardan tashkil topadi degan fikrga keldi. Bu zarralar fotonlar debataldi. Foton iborasini 1905 y.da A.Eynshteyn fotoeffekt nazariyasini talqin etishda qoʻllagan, bu ibora fizika fanida 1929 y.dagina paydo boʻldi. Shunday qilib, fotonlar nazariyasiga muvofiq yorugʻlik toʻlqin (interferensiya, difraksiya) va zarra (korpuskulyar) xususiyatga ega.
1905 y.da A. Eynshteyn Plank gipotezasini rivojlantirib, maxsus nisbiylik nazariyasini yaratdi. 1911 y.da E. Rezerfordning azarralarning jismlarda sochilishini tekshirish tajribasi atomlar yadrosining mavjudligini isbotladi va u atomlarning planetar modelini yaratdi. 1913 y.da N. Bor nurlanishning kvant xarakteri asosida atomlardagi elektronlar maʼlum barqaror holatlargagina ega boʻlib, bu holatlarda energiya nurlanishi sodir boʻlmaydi, degan postulatni yaratdi. Nurlanish elektronlarning bir barqaror holatdan ikkinchi barqaror holatga "sakrab oʻtishi"da, yaʼni diskret ravishda roʻy beradi. Bu postulat oʻsha yili J. Frank va G. Gers oʻtkazgan tajribalarda tasdiklandi. Bor postulati atomning planetar modeli kvant xarakterga ega ekanligini koʻrsatadi.
A. Eynshteyn butun odam tortishishi (gravitatsiya) masalasi bilan shugʻullanib, 1916 y.da fazo, vakt va tortishishning yangi nazariyasi — umumiy nisbiylik nazariyasini yaratdi. Ilgaridan maʼlum va kuzatilgan, ammo toʻgʻri hamda mukammal ilmiy tushuntirilmasdan kelayotgan qator hodisa va faktlar nisbiylik nazariyasi tufayli har tomonlama oydinlashdi. Bu nazariya oʻziga qadar fanga maʼlum boʻlmagan koʻplab yangi hodisalar qonunlarning borligini oldindan aytib berdi, eng yangi fan uchun gʻoyat zarur boʻlgan natija va xulosalarga erishildi (massaning tezlik oʻzgarishi bilan oʻzgarishi, massa bilan energiyaning oʻzaro boglanishi, yorugʻlik nurlarining kosmosdagi jismlarning yaqin atrofidan chetlanib ogʻishi va b.). M. Laue kristallarda atomlarning tartibli joylashishini rentgen nurlari difraksiyasi yordamida birinchi boʻlib tushuntirib berdi. Rus fizigi G.V. Vulf va ingliz fizigi U.L.Bregg kristallarda atomlarning joylashishini, ular oraligʻidagi masofalarni aniklab, rentgen strukturalari taxliliga asos soldilar. P. Debai, M. Bornlar kristall panjaralari garmonik tebranib turadigan ossilyatorlar yigʻindisidan iborat, deb tushuntirdilar.
20-asrning 20-y.lariga kelib, kvant mexanikaga tuda asos solindi, mikrozarralar harakatining norelyativistik nazariyasi toʻla isbotlandi. Buning asosini Plank — Eynshteyn — Borlarning kvantlashuv va L. Broylnij materiyaning korpuskulyartoʻlqin xususiyati toʻgʻrisidagi (1924) gʻoyalari tashkil etdi. 1927 y.da tajribalarda kuzatilgan elektron difraksiyasi bu fikrni tasdikladi. 1926 y.da avstriyalik fizik E. Shryodinger atomlarning uzlukli energiyaga ega ekanligini ifodalovchi kvant mexanikaning asosiy tenglamasini yaratdi.
Kvant mexanika bilan bir qatorda kvant statistika ham rivojlanib bordi. U koʻp mikrozarralardan tashkil topgan tizimlarning xossalarini kvant mexanika qonunlari yordamida oʻrganadi. 1924 y.da hindistonlik fizik Sh. Boze kvant statistikasi krnuniyatlarini fotonlarga (spinlari 1 ga teng) tatbiq etib, muvozanatli nurlanish spektorida energiyaning taqsimlanishi uchun Plank formulasini, Eynshteyn esa ideal gaz uchun energiyaning taqsimlanish formulasini keltirib chikardi. 1925 y.da amerikalik fiziklar J.Ulenbek va S.Gausmit elektronning xususiy harakat mikdori momentini anikladilar. Shu yili V. Pauli bir xil kvant holatda faqat bittagina elektron boʻla olishini koʻrsatdi (Pauli prinsipi), shu asosda Mendeleyev davriy sistemasiga nazariy tuye berildi.
1926 y.da E.Fermi va P.Dirak Pauli prinsipiga boʻysunadigan, spinlari 1/2 ga teng boʻlgan, bir xildagi zarralar tizimi uchun FermiDirak statistikasinn kashf qildilar.
1928 y.da Ya. Frenkel va V. Geyzenberg ferromagnetizm asosida kvantli almashinishdagi oʻzaro taʼsirlar hal qiluvchi ekanligini koʻrsatdilar. 1932 — 33 y.larda fransuz fizigi L.Neyel va Ya.Landaular antiferromagnitizm mavjud ekanligini oldindan bashorat qildilar. X. KamerlingOnnes tomonidan simob, qalay va baʼzi elementlarning oʻta oʻtkazuvchanligining hamda Kapitsa tomonidan geliyII ning , oʻta oquvchanlikttg ochilishi kvant statistikasida yangi yoʻnalishlarning vujudga kelishiga olib keldi. 1950 y.ga kelib L. Landau va V.Ginzburg oʻta oʻtkazuvchanlikning batafsil nazariyasini ishlab chikdilar.
1916 y.da A. Eynshteyn yaratgan majburiy nurlanishning kvant nazariyasi asosida 50-y.larga kelib yangi kvant elektronikasi rivoj topdi. N. Basov va A. Proxorov (ulardan mustaqil tarzda amerikalik olim U. Tauns) yaratgan mazerda elektromagnit toʻlqinlarni hosil qilish va kuchaytirishni amalga oshirdilar. Bu 60-y.larda yorugʻlikning kvant generatori — lazerning yaratilishiga olib keldi.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Juma, 08-Noya-2013, 12:00 | Message # 34 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Juma, 08-Noya-2013, 12:01 | Message # 35 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Juma, 08-Noya-2013, 12:03 | Message # 36 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| 20-asrning 2-choragida atom yadrolari tizimi sirlarini va mavjud boʻlayotgan jarayonlarni oʻrganish bilan elementar zarralar fizikasining yaratilishi fizikada inqilobiy oʻzgarishlar boʻlishiga olib keldi.
A.E.Bekkerel P. Kyuri va M.SklodovskayaKyuri bilan hamkorlikda radioaktiv nurlanishni, keyinchalik E. Rezerford bu nurlanishning oʻzoʻzidan parchalanishi nurlanish bilan birgalikda hosil boʻlishini ochdilar. 1932 y.da J.Chedvik neytron zarrani ochdi. Rus olimi D.D.Ivanenko va V.Geyzenberglar atom yadrosining protonneytrondan iborat ekanligini anikladilar. 1934 y.da I.JolioKyuri va fizikaJolioKyurilar sunʼiy radioaktivlik hodisasini ochdilar.
Tezlatkichlarning yaratilishi zaryadlangan zarralar taʼsirida yadro reaksiyalari hosil qilish imkonini yaratdi. Yadro boʻlinishlari hodisasining ochilishi muhim natija boʻldi. 1939— 45 y.larda birinchi marta uran235 zanjir reaksiyasi yordamida yadro energiyasi ajralib chiqishiga erishildi. Bu energiyadan tinch maqsadda foydalanish 1954 y.dan amalga oshdi. 1952 y.da termoyadro sintezi (termoyadro portlashi) amalga oshirildi.
Atom yadrosi fizikasi rivoji bilan bir vaqtda elementar zarralar fizikasi xam rivojlandi. Birinchi muhim yutuqlar kosmik nurlarni tadqiq qilish bilan bogʻliqdir. Myuonlar, pmezonlar, Kmezonlar, giperonlar kabi zarralar topildi. Yuqori energiyali zaryadli zarralar tezlatkichlari yaratilishi bilan elementar zarralar, ularning xususiyatlari va oʻzaro taʼsirlari rejali tadqiq qilina boshladi. Tajribalarda ikki xil neytrinolar va b. koʻplab elementar zarralar ochildi.
Fizika tekshiradigan hodisalarni miqdoriy tahlil qilishda matematikadan keng foydalanadi. Hodisalarning utishi va ularning tabiatidagi murakkablikka qarab qoʻllaniladigan mat. usullari ham murakkablashadi. Hoz. davrda elementar matematika, differensial, integral hisoblar, analitik geometriya, oddiy differensial tenglamalar bngina cheklanib qolish mumkin emas. Mas, maydon nazariyasida tenzorlar, operatorlar kabi tushunchalardan keng foydalaniladi. Fizikaning rivojlanishi hamma vaqt boshqa tabiiy fanlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib kelgan. Fizikaning rivojlanishi boshka tabiiy fanlarning rivojlanishiga va koʻpgina hollarda yangi fanlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Mas, fiziklar tomonidan mikroskopning ixtiro etilishi kimyo, biologiya, zoologiya fanlarining keng koʻlamda rivojlanishiga sabab boʻldi. Teleskopning yaratilishi, spektral analiz qonunlarining kashf etilishi astronomiya fanining rivojlanishini jadallashtirdi. Elektromagnit induksiya hodisasining kashf etilishi va radioning ixtiro etilishi elektronika va radiotexnika fanlarining vujudga kelishiga olib keldi. Juda koʻp sohalar borki, ularni fizika boshqa fanlar bilan birgalikda oʻrganadi. Shu tariqa kimyoviy fizika, biofizika, astrofizika, geofizika va b. fanlar vujudga kelgan. Fizikada yaratilgan kashfiyotlar texnikannnt turli sohalari rivojlanishiga, provardida sanoat va xalq xoʻjaligining jadal rivojlanishiga olib kelgan. Kundalik qayotda ishlatilayotgan elektr yoritkich asboblari, radiopriyomniklar, televizorlar, z-d va f-kalardagi turli xil stanoklar, zamonaviy elektron hisoblash mashinalari, samolyotlar va boshqalar fizikadagi yaratilgan kashfiyotlarning natijasidir. Oʻz navbatida, texnika fanlarining erishgan yutuqlari fizikaning yanada rivojlanishiga sababchi boʻlgan. Texnikaning , umuman xalq xoʻjaligining rivojlanib borishida uzluksiz ravishsa vujudga keluvchi fizik muammolarni hal etib borishga toʻgʻri keldi. Bu esa texnika fanlarining hamma vaqt fizika bilan xamkorlikda ish olib borishini taqozo etadi. Oʻzbekistonda yadro fizikasi, fizik elektronika, qattiq jismlar fizikasi, yuqori energiyali va kosmik nurlar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, akustooptika, akustoelektronika, lazerlar fizikasi, geliofizika, geliotexnika va boshqa fizika sohalarida muhim yutuqlarga erishildi.
Hozir Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi instituti, Fizikatexnika instituti, S.A.Azimov nomidagi "Fizika—Quyosh" IICHB, U. O. Orifov nomidagi Elektronika in-ti kabi oʻnlab ilmiy muassasalar, Toshkent milliy universiteti, Samarkand universiteti, Toshkent texnika universiteti va respublikadagi qariyb barcha oliy oʻquv yurtlarida ham fizika fanining turli muammmolariga oid ishlar olib borilmokda. Mamlakatda fizika fanini rivojlantirishda U.O.Orifov, S.A.Azimov, SV.Starodubsev, S.U.Umarov, Gʻ.Yo.Umarov, R.B.Bekjonov, M.S.Saidov, U.Gʻ.Gʻulomov, P.Q.Habibullayev, Q. Gʻ.Gʻulomov, Oʻ.h.Rasulov, N.Y.Toʻrayev, M.M.Musaxonov, B.S. Yoʻldoshev, A.K.. Otaxoʻjayev, R.A. Moʻminov, A.T. Mamadalimov, T.M. Moʻminov, M.S. Yunusov va b.ning xizmatlari katta.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Juma, 08-Noya-2013, 12:05 | Message # 37 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| Fizika kafedrasi Andijon Davlat tibbiyot institutida 1955 yilda birinchilardan bo‘lib ochilgan 7 ta nazariy kafedradan biri sifatida tashkil topgan. Kafedraning qaldirg‘och pedagog-o‘qituvchisi sifatida Said Rumiy, X.I Mamajonov, fizika-matematika fanlar nomzodi I.A. Iminov kabilar faoliyat ko‘rsatganlar. 1970-1971 o‘quv yiliga qadar fizika kafedrasi, so‘ngra fizika va oliy matematika kafedrasi deb atalgan. 2008 yildan boshlab kursni fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Sh.A.Gulamov boshqarib kelmoqda. Sh.A.Gulamov Toshkent Davlat universitetining fizika fakultetini, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar ixtisosligi bo‘yicha 1975 yili bitirgan. Ko‘p qatlamli yarim o‘tkazgichli tuzilmalardagi plazma xodisalarini kuchli magnit maydon ta’sirida o‘rgangan. Biofozika kursida, odam organizmida hosil bo‘ladigan elektr signallarini qayd qilish va ular asosida tashxis qo‘yish yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. O‘quv uslubiy ishlar sohasida, bilim berishning yangi pedagogik texnologiyalarini yaratishda, faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bunga sabab,zamonaviy fiziologiya va tibbiyot uchun matematika, xususan oliy matematikani qo‘llash zaruriyati kuchayganligi edi. Ilmiy tekshiruvlarda yuqori aniqlikdagi uslublarning qo‘llanishi va tirik organizmdagi jarayonlarni o‘rganishda, molekulyar darajagacha, nafaqat biologiya, balki tibbiyot fanlari xam xodisa va jarayonlarni dinamik tasvirlay oluvchi oliy matematikaga extiyoji sezilgan edi. Institutda kafedrani tashkil qilishda Sog‘liqni saqlash vazirligidan vakil etib tayinlangan Said Rumiy kafedraning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Kafedrani tashkil etishda dotsent H.I.Mamajonov katta hissa qo‘shib, uni 17 yil boshqargan. O‘sha yillarda kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi “Rentgen mikroskopiyasi ” edi. Elektron mikroskopiya bo‘yicha ilmiy tekshirishlar natijalari Butun ittifoq konferensiyasida H.I.Mamajonov tomonidan e’lon qilingan va olingan ilmiy natijalar 25 ta ilmiy maqola va metodik ishlarda yoritilgan. 1971-1977 yillarda kafedraga texnika fanlari nomzodi N.S.Toshlonov, 1978-1983, 1995-2000 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi H.Ya.Supichaqov, 1983-1995 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi D.A.Axmedovlar mudirlik qilganlar. Ularning sa’yi harakati bilan kafedra laboratoriya uskunalari bilan boyitildi. 2000 yildan 2006 yilgacha fizika-matematika fanlari nomzodi , dotsent B. Mamadaliev mudirlik qilgan. Ushbu davrda B. Mamadaliev tomonidan biofizika labaratoriyasini jixozlash, yangi laboratariya ishlarini yaratish va kompyuter xonalarini tashkil qilish bo‘yicha salmoqli ishlar bajarildi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda hamda kafedra tashkil etilgan davrdan boshlab o‘quv va ilmiy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha quyidagi prfessor-o‘qituvchilar o‘z xissalarini qo‘shganlar: fizika-matematika fanlari nomzodi M.A.Azizov, fizika-matematika fanlari nomzodi I.A.Iminov-(1956 y) , N.N.Chikovitix, I.B.Boymirzaevlar . 2007 yildan boshlab Tibbiy va biologik fizika, informatika, tibbiy texnika va yangi texnologiyalar kafedrasinisini dotsent Sh.A.Gulamov boshqarib kelmoqda. Kafedrada katta pedogogik mahoratga ega bo‘lgan katta o‘qituvchilar O.S.Rahimov, M.Z.Mamatqulova, yosh navator pedagoglardan E.G.Naimov, X.O‘.Xudoyberdieva, E.A.Goipov, M.Xomidov, D.Komilovalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Kafedrada uch fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi: Tibbiy va biologik fizika (Biofizika) fani, Informatika va axborot texnologiyalari fani, Tibbiy texnika va yangi texnologiyalar fani. Tibbiy va biologik fizika fani bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlarini dotsent Sh.A.Gulamov va katta o‘qituvchi M.Z.Mamatqulova, Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha katta o‘qituvchilar O.S.Rahimov, M.Z.Mamatqulova, Tibbiy texnika va yangi texnologiyalar fani bo‘yicha dotsent Sh.A.Gulamov va katta o‘qituvchi M.Z.Mamatqulovalar olib boradilar. Kafedrada Biofizika faniga oid uchta o‘quv labarotoriya va bir preparat xonalari mavjud bo‘lib, ularda 20ta laboratoriya ishlarini frontal usulda o‘tkazish imkoniyatlari tashkil qilingan. Informatika va axborot texnologiyalar fanidan talabalarning bilim va ko‘nikmalarini, kompyuter savodxonlgini oshirish maqsadida 2 ta kompyuter sinfi hamda test markazida joylashgan va Internet tarmog‘iga ulangan 60 ta zamonoviy Pentium-4 rusumli kompyuterlardan foydalaniladi. Tibbiy texnika va yangi texnologiyalar fani o‘zlashtirishda talabalar kafedrada mavjud tibbiy apparatlardan, institutning amaliy ko‘nikmalar laboratoriyasidan va Institut klinikasida ishlab turgan zamonaviy diagnostik va davolash uskunalaridan samarali foydalanadilar. Kafedrada har bir fan, yangi pedogogik va innovatsion texnologiyalar asosida olib boriladi. Dotsent Sh.A.Gulamov tomonidan yaratilgan “Talaba- assistent va Talaba-taqrizchi” deb nomlangan yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borilayotgan laboratoriya mashg‘ulotlari katta samara bermoqda. Bugungi kunda bu yangi o‘qitish usuli Respublikamizning ko‘pchilik ta’lim muassasalariga, videofilmlar ko‘rinishida havola etilib, undan foydalanish tavsiya etilgan. Kafedra xodimlari tomonidan oxirgi 3 yil davomida 6 ta o‘quv, 111 ta o‘quv–uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan bo‘lib, ulardan 1-va 2-bosqich talabalari foydalanib kelmoqdalar. Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlariga ham katta e’tibor beriladi. Jumladan, kafedra xodimlari Tirik organizmga tashqi fizik ta’sirlar, Organizmda kechadigan biofizik jarayonlarni kompyuter modellashtirish va dasturlash, yurak-ishemik kasalliklarini noinvaziv usul bilan diagnostika qilish borasida ilmiy izlanishlar olib boradilar. Olingan ilmiy natijalar 22 ta xorijiy va Respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan. Ilmiy natijalar halqoro, Respublika va maxalliy ilmiy-amaliy anjumanlarda muxokama etilib, oxirgi uch yilnig o‘zida 98 ta ilmiy tezisda chop etildi. Dasturiy ta’minot bo‘yicha 4 ta patent olindi. Kafedrada iqtidorli talabalrni izlab topish, ularni boshlang‘ich ilmiy ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida “Sinergetika” ilmiy maktabi ochilgan. Ushbu maktabni tashkil qilishda kafedra katta o‘qituvchisi Boxodirjon Asqrov salmoqli xissa qo‘shgan. “Sinergetika” ilmiy maktabining yana bir maqsadi va vazifasi magistratura, bakalavriaturalarning iqtidorli talabalari, akademik litsey va kollejlar iqtidorli o‘quvchilari bilan ham ishlash, ularni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish, ularning ilmiy izlanishlariga ko‘maklashishdir. Ushbu maktabning faol qatnashchilaridan 5 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va 3 nafari Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi sazovor bo‘ldilar.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Juma, 08-Noya-2013, 12:05 | Message # 38 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| Tibbiy biologiya, gistologiya kafedrasining tibbiy va biologik fizika, informatika, tibbiy texnika va yangi texnologiyalar yo‘nalishidagi o‘qituvchilarining vazifalari
1.Sh.A.Gulamov - dotsent, ilmiy ishlar bo‘yicha ma’sul. 2.O.S.Raximov - katta o‘qituvchi, kasaba uyushmasi ishlari bo‘yicha ma’suli. 3.M.Z.Mamatqulova - katta o‘qituvchi, xotin qizlar ishlari bo‘yicha ma’sul. 4.E.G.Naimov - assistent, talabalar turar joyi ishlari bo‘yicha ma’sul. 5.X.O‘.Xudoyberdieva - assistent, o‘quv ishlari va ma’naviyat ishlari bo‘yicha ma’sul. 6.D.T.Komilova - assistent, iqtidorli va sust o‘zlashtiruvchi talabalar bilan ishlash, “Sinergetika” ilmiy maktabi ishlari bo‘yicha ma’sul. 7.E.A.Goipov - assistent, texnika xavfsizligi va yongin xavfsizligi ishlari bo‘yicha ma’sul. 8.M.Xamidov - assistent, kuratorlar bilan ishlash bo‘yicha ma’sul.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Juma, 08-Noya-2013, 12:09 | Message # 39 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Juma, 08-Noya-2013, 12:09 | Message # 40 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Juma, 08-Noya-2013, 12:17 | Message # 41 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| ISAK NYUTON 1650—1800 yillar oraligida ilm-fan gurkirab rivojlandi. O'rta asrlarda maorif va ilm fanga cherkov rahnamolik qilar edi. Bu esa katolik cherkovi aqidalariga mos kelmaydigan tadqiqotlarga to'sqinLik qilar edi. XV—XVI asrlarda Tiklanish jarayonining boshlanishi tufayli kishilar o'zlari uchun bilimlarning turli yangi jabhalarini kashf qila boshladilar. Ular qadimgi yunonlar va rimliklar dunyoning tuzilishi haqida nimalar yozganligiga ham nihoyatda qiziqishardi. Ayni shu ta'limotlar negizida ular o'zlari yashab turgan dunyoni o'rganishga kirishdilar. Tiklanish jarayonidan keyin kelgan Reformatsiya davri cherkovning obro'siga kuchli darajada putur yetkazdi. XVII asrda kishilar o'zlarining turlicha qarashlarini bemalolroq bayon qila olardilar. Nyuton (1642—1727) XVII asrning eng buyuk alloma - donishmandlaridan biri edi. U yoshligida fransuz matematigi Rene Dekartning (1596—1650) ilmiy ishlarini o'qib chiqadi va uning nurning tabiati to'grisidagi fikrlariga qo'shilmaydi. Shundan so'ng u o'z tajribalarini amalga oshirishga qaror qiladi. Xuddi Dekart va boshqa olimlar kabi Nyuton ham prizma yordamida nurni spektrga (ya'ni kamalakka) aylantiradi. Shundan so'ng u Dekart o'ylab ham ko'rmagan bir ish qiladi: birinchi qo'yilgan prizma ortiga teskari qo'yilgan ikkinchi prizmani ham o'rnatadi va birinchi prizmadan o'tayotgan rangli nurlar ikkinchi prizmadan o'tib yana yagona oq nurga birlashadi. Shunday qilib Nyuton oq nur yetti xil kamalak rangiga ega ekanligini isbotlaydi. Nyuton teleskopni takomillashtirdi, gravitatsiya nazariyasini yaratdi va metafizika bilan shug'ullandi, uningcha metafizika dunyoning tuzilish haqidagi barcha savollarga javob berishi kerak edi. Nyutonning kashfiyotlari fanning barcha sohalari uchun taraqqiyot asoslarini yaratdi. Ammo uning o'zi, men noma'lumlik olamining yuzidagi pardani biroz ko'tardim xolos, degan edi. U keksaygan chog'da yana shunday degan edi: «Bilmadim, men koinot oldida qanday ahamiyatga egaman, biroq men o'zimni sohil bo'yida o'ynab, o'ziga yoqadigan silliq toshchanimi yoki judayam chiroyli chig'anoqnimi topib olsa, olam - olam sevinchga to'ladigan jajjigina bolakayga o'xshataman. Vaholanki, bu bolaning oldida hali o'rganilmagan xilqatlarning butun boshli ummoni yotibdi».
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
Message edited by Solih_96 - Juma, 08-Noya-2013, 12:21 |
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:25 | Message # 42 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| Igor Vasilyevich Kurchatov ( 1903- 1960 ) Mashhur fizik olim, akademik, uch marta sobiq Sotsialistik Mehnat Qahramoni. Uralda, Sim shahrida, yer o’lchovchi oilasida tug’ildi. Tez orada uning oilasi Qrimga ko’chib o’tdi, bu yerda Igor Simferopol gimnaziyasiga kirdi. Uni oltin medal bilan tugatib, Krim universitetining fizika- matematika fakultetida o’qishini davom ettirdi. U to’rt yillik o’quv programmasini uch yilda bajardi. 1925 yildan boshlab I. V. Kurchatov Leningrad Fizika-texnika institutida akademik A. F. Ioffe rahbarligida ishlay boshladi. Kurchatov o’z ilmiy imkonini dielektriklar tabiatini o’rganishdan boshladi. Tez orada u muhim kashfiyoti – segnetoelektr deb nomlangan yangi fizik hodisani topdi .Bu ishdan keyin Kurchatov mamlakatimizda birinchilardan bo’lib atom yadrosi fizikasini o’rganishga kirishdi. 1934 yilda neytronlar bilan bombardimon qilib yadro reaktsiyalarining tarmoqlanish hodisasini kashf qildi va qator ximiyaviy elementlarning sun’iy radioaktivlikligini tekshirdi. 1935 yilda Kurchatov va uning xodimlari bromni neytronlar oqimi bilan nurlantirilganda bromning radioaktiv atomlari ikki xil tezlikda yemirilishini payqadilar. Bunday atomlarni izomerlar deb, olimlar tomonidan ochilgan kashfiyotni esa yadro izomeriyasi deb atadilar. Fanda neytronlar uran yadrosini yemirish xususiyatiga ega ekani aniqlandi. Bunda ko’p energiya ajraladi va uran yadrosining bo’linish jarayonini davom ettiruvchi yangi neytronlar hosil bo’ladi. I. V. Kurchatov laboratoriyasida G. N. Flerov va K. A. Petrjak uranning atom yadrolari neytronlar yordamisiz ham bo’linishini topishdi; shunday qilib, uranning o’z-o’zicha (s p o n t a n) bo’linishi kashf qilindi. I. V. Kurchatov katta ilmiy kollektiv kuchini muhim davlat muammolarini hal etishga jalb etishni uddasidan chiqadigan fanning buyuk tashkilotchisi edi. 1943 yildan boshlab u atom energiyasidan foydalanishga bog’liq bo’lgan ilmiy ishlarni boshqardi. Uning rahbarligida birinchi siklotron (1944) va Yevropada birinchi atom reaktori (1946) qurildi, atom (1949) va termoyadro (1953) bombalari yaratildi, jahonda birinchi sanoat atom elektrstantsiyasi qurildi (1954), boshqariladigan termoyadro sintezi bo’yicha tadqiqotlar boshlandi. 1957 yilda I. V. Kurchatov sobiq Lenin mukofoti laureati bo’ldi. U tashkil qilgan Atom energiyasi instituti va Beloyarsk atom elektrostansiyasiga Kurchatov nomi berildi. Sobiq ittifoq Fanlar akademiyasi yadro fizikasi sohasidagi nodir ishlarga Kurchatov nomidagi medalni ta’sis qilgan. Mendeleyev davriy sistemasidagi 104-elementga k u r c h a t o v i y deb nom berilgan.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:31 | Message # 43 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
Lyudvik Boltsman (1844-1906)
Avstriya fizigi klassik statistik fizika va fizik kinetika asoschilaridan biri. Vena Fanlar akademiyasi va dunyodagi ko’p akademiyalar a’zosi. Venada tug’ilgan. 1866 yilda Vena universitetini tugatgan. Vena, Leyptsig, Myunxen universitetlari va Gratsdagi universitet professori bo’lgan. olsmanning ilmiy qiziqishlari fizikaning deyarli barcha sohalarini qamragandi. U mexanika, gidrodinamika, elastiklik nazariyasi, elektromagnit maydon nazariyasi, optika, termodinamikaga oid ishlar muallifi. Lekin uning gazlarning kinetik nazariyasiga doir tadqiqotlari ayniqsa ma’lum. Bolsman statistik metodlarni qo’llab, tashqi kuchlar, masalan, og’irlik kuchlari ta’sirida gaz molekulalari tezliklarining tarqalish qonunini topdi. Gazlar uchun asosiy kinetnk tenglamani chiqarib, fizik kinetikaga asos soldi. Bolsman termodinamikaning ikkinchi qonuniga statistik izoh berdi. Asosiy fizik doimiylardan biri, ya’ni universal gaz doimiysi ning Avogadro soniga nisbatidan iborat bo’lgan doimiy: Bolsman doimiysi deb ataladi. J. Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasiga doir xulosalarini tekshirishga oid dastlabki eksperimental ishlar L. Bolsmanga tegishli Vena universiteti professori Y. Stefan eksperimentlarida olingan qizdirilgai jismlarning nurlanish qonunining ilmiy asosi (Stefan - Bolsman qonuni) ham muhim rol o’ynagan. Bu qonunga asos qilib olingan g’oyalardan keyinchalik M. Plank kvant maydon nazariyasini yaratishda foydalangan. L. Bolsman molekulyar nazariyaning qat’iy tarafdori bo’lgan va uni fandagi ideal oqimlarga qarshi kurashda himoya qilgan.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:32 | Message # 44 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|  Maks Karl Ertnst Plank ( 1858-1947 ) Plank Myunxen universntetida o’qigan paytida o’qituvchilaridan biri unga o’z ilmiy faoliyatini fizika bilan bog’lamaslikni maslahat bergandi. O’sha professorning gapiga qaraganda, bu fanning hashamatli binosi allaqachon qurib bo’lingan, faqat ayrim ikir-chikirlarigina qolgan edi. XIX asr oxirlarida fizikaning kelajagi haqida shunday fikrda bo’lgan olimlar kam emas edi. Yosh Maks Plank universitetdagi ustozining gapiga kirmadi va yangi fizikaning asoschilaridan biriga aylandi. 1900 yilda Plank kvant nazariyaga asos soldi. Berlin fizika jamiyati yig’ilishida (1900 yil 14 dekabrda) u klassik fizika tasavvuriga zid bo’lgan g’ayritabiiy g’oyani bildirdi: energiya faqat ayrim, kichik va bo’linmas ulush yoki kvantlar tarzida nurlanishi va yutilishi mumkin. Kvant energiyasi tebranishlar chastotasiga proportsional, deb taxmin qilib, Plank absolyut qora jism energiyasining taqsimlanish qonuni xulosasini topdi. Plank doimiysi yangi dunyoviy konstantaga aylandi. «...Plankning nurlanish qonuni, boshqa takliflardan qati nazar, atomlar absolyut kattaliklarining birinchi aniq ta’rifini berdi. Boz ustiga, materiyaning atom strukturasidan tashqari, Plank kiritgan uni¬versal doimiy bilan boshqariladigan energiyaning atom strukturasi ham mavjudligini asosli tarzda ko’rsatdi. Bu kashfiyot XX asr fizikasidagi barcha tadqiqotlar uchun asos bo’ldi...» Oradan o’nlarcha yillar o’tgandan so’ng Plankning kvant nazariyasini Al¬bert Eynshteyn shunday ifodaladi va o’zi birinchi bo’lib uni amalda qo’lladi (fotoeffekt izohi). 1918 yilda Plankga Nobel mukofoti berildi. Eynshteynning nisbiylik nazariyasini birinchi bo’lib qabul qilgan va uni butunlay yoqlaganlardan biri Plank bo’ldi (u «nisbiylik nazariyasi» terminini ham taklif qilgan) hamda uni o’z ishlarida rivojlantirdi. Plank termodinamika sohasida muhim tadqiqotlar o’tkazdi. Plank butun umri mobaynida o’zining kvant nazariyasiga oid dastlabki tushunchalarini qayta-qayta ko’rib chiqdi va boshqa olimlarning yutuqlariga har doim qiziqish va e’tibor bilan qaradi. N. Borning atomning kvant nazariyasini va kvant mexanikaning paydo bo’lishini Plank yuqori baholadi. U fizikaning falsafiy masalalariga ko’p e’tibor berdi, tez-tez ommaviy lektsiyalar va dokladlar qilib turdi, ulardan eng yaxshilari «Fizikada bilish yo’llari» kitobini tashkil qildi (1933 yilda nashr qilingan). Plank, fizikaning vazifasi real tashqi dunyoni o’rganishdir, deb hisoblardi va bu dunyoni materialistik nuqtai nazardan tushuntirishga intilardi. Atom fizikasining yirik vakillaridan biri bo’lgan Plank fan olamida katta obro’ga ega edi. U ko’p mamlakatlarning akademiyalari va ilmiy jamiyatlari, shu jumladan, 1926 yildan sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining faxriy a’zoligiga saylangan.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:34 | Message # 45 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|  Maykl Faradey ( 1791-1867 )
O’zi o’qib yetishgan buyuk olim – elektr va magnit maydonlar to’g’risidagi ta’limot asoschisi bo’lgan insonni shunday, deb atash mumkin. Maykl Faradey muntazam ravishda o’qiy olmadi. Londonlik temirchining o’g’li, muqovasozning shogirdi bo’lgan Faradey faqat boshlang’ich maktabni tugatib, so’ngra butun umri bo’yi mustaqil o’qish bilan shug’ullandi. Qirollik institutida buyuk ingliz kimyogari G. Devining ochiq leksiyalariga qatnashib, Faradey o’zini fanga bag’ishlashga qaror qildi. 1813 yilda G. Devi M. Faradeyning iltimosiga ko’ra uni Qirollik institutiga ishga oldi; 1827 yilda esa M. Faradey shu institutning professori bo’ldi. 1824 yilda u London qirollik jamiyatiga saylandi. Uning ximiyaga oid dastlabki ishlariyoq yevropa olimlarining diqqatini o’ziga jalb etdi. Biroq fizika sohasidagi ishlari, aniqrog’i, elektr va magnetizm sohasidagi ishlari Faradeyga olamshumul shuhrat keltirdi. 1821 yilda u dunyoda birinchi elektr dvigatelni yasadi. O’sha paytdayoq Faradey o’zining kundaligiga o’z oldiga qo’ygan masalani yozib qo’ygan edi: «Magnetizmni elektrga aylantirish». Bu masalani hal qilishga 10 yilcha vaqt ketdi. Faqat 1831 yildagina Faradey «Elektr bo’yicha eksperimental tadqiqotlar»ni nashr qila boshladi. O’zining bu uch tomlik asosiy ilmiy ishida olim o’zi o’tkazgan tajribalarga asoslanib elektromagnit induktsiya hodisasining kashf etilishini bayon etdi, uni qutbiy dinamomashina – birinchi elektr toki generatori konstruktsiyasini tavsiflab berdi. So’ngra Faradey elektrolizning asosiy qonunlarini ochdi, ular yangi fan sohasi – elektroximiyaning asosi bo’lib qoldi va nihoyat, fanda yangi g’oya – kuch chiziqlari g’oyasi, so’ngra elektromagnit maydonlarni kashf qildi. Keyinchalik maydonlarning mavjudligi g’oyasini J. K. Maksvell matematik jihatdan isbotladi. 1845 yilda Faradey turli materiallarning magnit xossalarini tekshirib, paramagnetizm va diamagnetizm hodisasini kashf qildi . F. Engels Faradeyni elektr sohasidagi buyuk tadqiqotchi sifatida baholagan edi
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |