MaKtAb DaRsLiKlArI (FIZIKA)
|
|
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:37 | Message # 46 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:37 | Message # 47 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:37 | Message # 48 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:38 | Message # 49 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:41 | Message # 50 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| 
Mixail Vasilyevich Lomonosov ( 1711-1865 ) Mixail Vasilevich Lomonosovning hayoti va faoliyati fan, texnika va madaniyat taraqqiyotida o’chmas iz qoldirdi. Lomonosov Arxangelsk gubernasining Denisovka qishlog’ida pomor-dehqon oilasida tug’ildi. Ma’lumot olish maqsadida yosh Lomonosov 1730 yilning oxirida piyoda Moskvaga qarab yo’l oldi. Bu yerda u o’zini dvoryanni o’g’li deb tanitib, 1731 yilning yanvarida Moskva Slavyan-grek-lotin akademiyasiga o’qishga kirdi. 1735 yilda eng yaxshi o’quvchilar qatorida Lomonosov Peterburgga, Fanlar akademiyasi qoshida endigina ochilgan universitetga, so’ngra ma’lumotini davom ettirish uchun Germaniyaga yuborildi. 1741 yilda u Peterburgga Fanlar akademiyasiga qaytdi. Lomonosovning ilmiy faoliyati nihoyatda serqirra bo’lib, mustaqil rus fanining, Rossiya ishlab chiqarish kuchlarining gullab-yashnashi uchun uzluksiz kurash sharoitida o’tdi. 1746 yilda u birinchi bo’lib rus tilida fizikadan ommaviy leksiyalar o’qiy boshladi, o’sha vaqtdayoq X.Volfning “Eksperimental fizika” asarining qisqartirilgan bayoni tarjimasini nashr qildi. 1748 yilda uning tashabbusi bilan Rossiyada birinchi ximiya ilmiy tadqiqot laboratoriyasi ochildi, unda Lomonosov o’zining fizika va ximiyaga oid tadqiqotlarini olib bordi. Rossiyada ma’rifat tarqatish to’g’risida g’amxo’rlik qilib, Lomonosov aholining barcha tabaqalari uchun ochiq bo’lgan universitet yaratishni talab qildi. Lomonosovning ko’p urinishlaridan so’ng 1755 yilda uning loyihasi bo’yicha hozir M.V.Lomonosov nomi bilan Moskva universitet tashkil topdi. Lomonosov qat’iy ishonch bilan a t o m i s t i k a ni alohida-alohida favqulodda kichik zarralardan tashkil topgan materiyaning uzlukli (donador) tuzilishi haqidagi ta’limotni himoya qildi. U materiyaning zarralari ikki shaklda: atom («element») va atomlarning qandaydir (yopiq sistemasi bo’lgan molekula (korpuskula) ko’rinishida bo’lishi to’g’risidagi tasavvurni rivojlantirdi. Lomonosov uchun atomizm birinchi navbatda turli-tuman fizik hodisalarning sirlarini ochishga kalit bo’ladigan nazariy asos bo’lib xizmat qildi. Moddaning tuzilishi issiqlik uzatish, havoning elastiklik xossalari, jismlarning agregat holatlari tovush va boshqa fizik hodisalar – bularning hammasini, Lomonosovning fikricha, atomlarning yoki ular birikmalarining turli harakat shakllari yordamida tushuntirish mumkin. Lomonosov molekulyar-kinetik nazariya asosiga materiya va harakatning saqlanish haqidagi ta’rifini asos qilib oldi: “...Tabiatda bo’ladigan barcha o’zgarishlar, mohiyati jihatidan shunday bo’ladi-ki, bir jismdan qancha nima olinsa, shuncha boshqa jismga qo’shiladi... Bu eng umumiy tabiiy qonun harakat qoidalariga ham taalluqli: chunki o’z kuchi bilan boshqa jismni harakatlantirayotgan jism o’zidan harakatlanayoggan jismga qancha kuch berayotgan bo’lsa. o’zidan shuncha kuch yo’qotadi”. Lomonosovning “Issiqlik va sovuqlikning sabablari haqida mulohazalar” (1744) asarida bayon qilingan issiqlikning molekulyar harakat ekanligi haqidagi ta’limoti o’sha davr fanidan yuz yil ilgari o’tgan ulkan yutuq edi. M.V.Lomonosov atmosferadagi elektrni o’rganishga katta e’tibor berdi, bu tadqiqotlarni u G.V.Rixman bilan birgalikda olib bordi. M.V.Lomonosov optik tadqiqotlar ham olib bordi. U “«tunda ko’radigan truba”ni kashf qildi, bu asbob predmetlarni oqshomda aniq ajratishga imkon berar edi. Olim qaytaruvchi (ko’zgu) teleskopni kashf qildi va uni yasadi. Uni astronomiya va geofizika ham qiziqtirar edi. 1761 yilda u Venerada atmosfera mavjudligini kashf qildi. O’zi yasagan mayatnik yordamida Lomonosov yer tortishishini o’rgandi. Lomonosovning ilmiy faoliyati o’sha davrdagi tabiiy va gumanitar fanlarning barcha problemalarini qamrab olgan edi. A.S.Pushkinning obrazli ta’biricha, M.V.Lomonosov “bizning birinchi universitetimiz” edi.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:42 | Message # 51 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:43 | Message # 52 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:47 | Message # 53 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|  Nils Xenrik David Bor ( 1885-1962)
Daniya fizigi Nils Bor Kopengagenda fiziolog-olim oilasida tug’ildi. Kopengagen universitetini tugatib, doktorlik dissertatsiyasini yoqlagandan so’ng, 1911 yilda Angliyaga stajirovkaga ketdi. Metallarning elektron nazariyasiga bag’ishlangan dissertatsiya ishidayoq u elektron va atom jarayonlarini, elektromagnit nurlanish xodisalarini tushuntirish uchun klassik fizika tasavvurlari yetarli emasligi haqidagi fikrga kelgan edi. Bu fikr N. Bor 1912 yilda taniqli ingliz fizigi E. Rezerford rahbarligida ishlay boshlagandan so’ng qat’iy ishonchga aylandi. Bundan sal oldin E. Rezerford tajriba bilan atom mikroskopik Quyosh sistemasiga o’xshashini ko’rsatib bergan, unda «Quyosh»—musbat zaryadlangan og’ir yadro atrofida «planetalar»—elektronlar aylanishini isbotlagan edi. Rezerfordning atom modeli klassik fizika qonunlariga qarshi edi, olimlardan ko’pchiligi bunga jiddiy e’tibor bermadi. Ammo Bor bu modeldan foydalanib yangi fizikani—atom kvant fizikasini yaratish mumkinligini tushundi. Bu vazifani u 1913 yilda nashr etgan uchta fundamental ishda hal qilgan edi. Bor o’zining atom tuzilishi va uning elektromagnit nurlanishni chiqarishi va yutishi shartlarini ifodalovchi mashhur kvant postulatlarini kiritib, atom va molekulalarning spektral chiziqlari joylashishining qat’iy qonuniyatlarini ajoyib tarzda tushuntirib berdi. Bor nazariyasi fizikada va umuman insonning atrof dunyo haqidagi tasavvurlarida haqiqiy revolyutsiya edi: bu nazariya shuni ko’rsatdiki, atomlar makroskopik jismlarning xatti-harakatini boshqaruvchi qonunlarga mutlaqo o’xshamaydigan qonunlar bo’yicha «yashaydilar». Vaqt o’tishi bilan Rezerford modeli juda ham murakkab «tuzilgan» real atomning taxminiy sxemasi ekani ravshan bo’lib qoldi. Biroq Bor tomonidan uning ajoyib intuitsiyasi tufayligina topilgan kvant postulatlari shubha tug’dirmadi va u hozirgi zamon nazariy fizikasiga asos bo’ldi. Borning atom va atom yadrosi tuzilishi, zarralarning modda bilan o’zaro ta’siriga oid keyingi ishlari ham muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Biroq Borning kvant mexanikaning yangi fundamental printsiplarini kashf etishdagi va tushunishdagi hamda ularni fan boyligiga va uning ish quroliga aylantirishdagi xizmatlari ham unchalik kam emas, albatta. Qariyb yarim asr davomida Bor kvant nazariyaning taniqli yo’lboshchisi edi, 1920 yilda Kopengagenda u asos solgan Nazariy fizika instituti esa 20—30-yillarda bu yangi va jadal rivojlanayotgan fanning xalqaro markazi bo’lib hisoblangani bejiz emas. Kvant mexanikani yaratgan mashhur olimlar avlodining ko’pchiligi, shu jumladan fizik olim, akademik L. D. Landau ham o’zlarini N. Borning shogirdlari deb faxrlanar edilar. 1922 yilda N. Bor Nobel mukofoti laureati bo’ldi. Borning nomi butun jahonga mashhur bo’ldi, u dunyodagi juda ko’p ilmiy tashkilotlarning a’zosi qilib saylandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida, Daniya gitlerchilar tomonidan okkupatsiya qilingan davrda, N. Borni qamoqqa olishga tayyorgarlik ko’rilayotgani ma’lum bo’ldi. Qarshilik ko’rsatish tashkiloti uning Shvetsiyaga, keyin esa AQSh ga o’tib ketishiga yordam berdi. Urushdan so’ng N. Bor tinchlik uchun, atom qurolini ta’qiqlash uchun kurashga aktiv qo’shildi. U o’zining ilmiy asarlari egallashga yo’l ochib bergan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish masalalarida olimlarning xalqaro hamkorligini yaxshilashda ham juda katta rol o’ynadi.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:49 | Message # 54 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| Po’lat Qirg’izboyevich Habibullayev ( 1936 y .t.)
O’zbek fizigi. O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati. Andijon shahrida tug’ilgan. 1960 yilda O’rta Osiyo Davlat universteti (hozrigi O’zMU) ning fizika-matematika fakultetini tugatgan. 1968-1972 yillari Toshkent Davlat pedagogika institutida, 1972-1975 yillarda Andijon paxtachilik institutida ishlagan. 1975-1978 yillarda O’zbekiston KP MK fan va o’quv yurtlari bo’limi mudiri, 1978 yildan O’zbekiston Respublikasi FA Yadro fizikasi instituti direktori va O’zbekiston Respublikasi FA issiqlik fizikasi bo’limi ilmiy rahbari, 1979-1984 yillarda O’zbekiston Respublikasi FA vitse-prezidenti, 1984-88 yillarda prezidenti, 1988-89 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidumi raisi. Uning ilmiy ishlari nochiziqli optika, molekulyar va radiatsion fizika, akustika, kvant elktronika, yadro va issiqlik fizikasi, lazer materialshunosligi sohalariga oid. U bir qator kislotalar va eritmalarda akustik to’lqinlarning tarqalish qonuniyatlarini tadqiq qildi. Oltin, radiy, reniy, palladiy, oltingugurt va nikel kirishmalarning, kremniyning termofizik xarakteristikalariga ta’sirini o’rgandi. Termofizik xossalarning temperaturaviy bog’lanishlarini o’zgartirish orqali kriogen temperaturalarda (4 K) sof fundamental xarakterdagi ma’lumotlar bilan bir qatorda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlar ham olish mumkinligini ko’rsatdi. Bu hol elektr jihatdan aktiv bo’lmagan g’oyat kichik kontsentratsiyali kristall nuqsonlarini oshkor qilishga keng yo’l ochdi. P. Q. Xabibullaev boshchiligida katta bosim ostidagi past temperaturali plazmani tadqiq qilish tufayli qudratli elektr razryad lazerlar yaratishda muhim natijalar olindi. Yadro energetikasi problemalarini hal qilish bilan bog’liq bo’lgan qator fundamental va amaliy tadqiqotlar bajarildi.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:53 | Message # 55 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|  SHARL OGYUSTEN KULON ( 1736-1806)
Fransuz fizigi Sharl Kulon Angulem shahrida tug’ildi. O’rta maktabni bitirgach, u harbiy xizmatga kirdi. Parijda injenerlik tayyorgarligidan o’tdi va Martinika oroliga istehkomlar qurish uchun yo’llanma oldi. 1772 yilda Kulon Fransiyaga qaytib keldi va u qal’a hamda suv inshooti injeneri qilib tayinlandi. Xizmat bilan bir vaqtda u ilmiy tadqiqotlar ham olib bordi. Dastlab, uni ishqalanish, buralish va materiallar qarshiligi masalalari jalb qildi. Uning nomi 1777 yilda qator ilmiy ishlarini dunyoga ma’lum bo’ldi. Bu ishlarida u sochning, ipak va metall iplarining buralishini tajribalarda o’lchab olgan natijalari ko’rsatilgan edi. Bu ishlari uchun 1781 yilda Kulon Parij Fanlar akademiyasining a’zosi qilib saylandi. O’zi yasagan burama tarozilardan foydalanib, Kulon bir ishorali va har xil ishorali nuqtaviy elektr zaryadlariing o’zaro ta’sirini batafsil tekshirdi. Bu tajribalari 1785 yilda elektrostatikaning asosiy qonuni – K u l o n q o n u n i ning kashf etilishiga olib keldi. O’zining 1785 –1789 yillarda e’lon qilingan ishlarida olim elektr zaryadlar hamisha o’tkazgich sirtida joylashishini ko’rsatdi. Magnit moment, zaryadlarnnng qutblanishi va b. iboralarni fanga kiritdi. Kulonning eksperimental ishlari elektromagnit hodisalar nazariyasining yaratilishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Elektr miqdori birligi (K u l o n) uning sharafiga qo’yildi.
XRISTIAN GYUGENS (1629-1695)
Niderland fizigi, mexanigi va matematigi Xristian Gyuygens Gaagada tug’ilgan. Leyden va Bred universitetlarida o’qib, xuquqshunoslik fan¬lari va matematikani o’rgandi. 22 yoshida aylana, ellips va giperbola yoylari uzunligini o’lchashga oid birinchi ilmiy ishini e’lon qildi. Tez orada Gyuygens fizik muammolarga qiziqib qoldi. U R.Guk bilan birgalikda termometrning doimiy nuqtalarini - muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqladi. Shu yillardayoq u astronomik trubalar ob’ektivlarining yorug’lik kuchini oshirib ularni takomillashtirish ustida ishladi. Ular yordamida Gyuygens 1655 yilda Saturn yo’ldoshlaridan biri Titanni kashf etdi va uning aylanish davrini hisobladi, Saturnda hozirda hammaga ma’lum bo’lgan halqalar borligini aniqladi. O’zining “Mayatnikli soatlar” (1658) asarida u mayatnikning harakati bilan bog’liq bo’lgan qator muammolarni tadqiq qildi. Gyugens matematika, mexanika va astronomiyaga oid asarlari unga katta shuhrat keltirdi. U 1663 yilda London Qirollik jamiyatining (Angliya fanlar Akademiyasi) birinchi horijiy a’zosi bo’ldi. 1665 yilda Fransuz Fanlar akademiyasi tashkil qilinayotganda Gyuygens Parijga akademiya raisligiga taklif qilindi. Fransiyada u 16 yil yashadi. Gyugens vataniga qaytganidan so’ng 1681 yilda optika bilan shug’ullandi. U yaratgan okulyardan hozirgacha foydalanilmoqda. O’zining opti¬ka sohasidagi ishlarini Gyuygens Yorug’lik haqida traktat» (1690) asarida jamladi. Bu asarda u birinchi marta yorug’likning to’lqin nazariyasini bayon qildi. Traktatning boblaridan birida island shpati kristallida ochilgan ikkilanma nur sinish hodisasini tushuntirib berdi. Optik bir o’qli kristallardagi klassik sinish nazariyasi hozirda ham bayon qilinadi. “Yorug’lik haqidagi traktat”ga “Og’irlik sabablari” degan ilova qo’shilgan edi. Bunda olim butun olam tortishish qonunini ochishga yaqin kelgan edi. Gyuygensning ko’pchilik muhim ishlari avtor vafotidan keyingina bosilib chiqdi. Shular jumlasiga, masalan, «Jismlarning zarba ta’sirdagi harakatlari haqida », «Dioptrika» va boshqalar kiradi
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:53 | Message # 56 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:54 | Message # 57 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
|
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 06:59 | Message # 58 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| MARIYA SKLADOVSKAYA KYURI (1867-1934) PYER KYURI (1859-1906) MARIYA SKLADOVSKAYA KYURI (1867-1934) Frantsuzlar olimi Per Kyuri 35 yoshida fiziklar orasida juda mashhur edi. U kristallarni o’rganish sohasida muhim kashfiyotlar qildi, pezoelektr effektni kashf qildi. Jismlarning yuqori temperaturalardagi magnit xossalarini tadqiq qilish sohasidagi uning xizmatlari keng miqyosda tan olindi. U temirning ferromagnit xossalari biror temperaturadan (Kyuri nuqtasidan) yuqorida yo’qolishini va pamagnetiklar magnit qabul qiluvchanligining temperaturaga bog’liqligini miqdoran aniqladi. (Kyuri qonuni) Lekin hademay uning ilmiy qiziqishlari doirasi keskin o’zgardi. U uran nurlarining tabiatini o’rganish bilan shug’ullandi va bu tadqiqotlarga xotini, Parij universitetini bitirgan Mariya Sklodovskaya Kyurini jalb qildi. Birgalikda o’n yil ishlash mobaynida ular radioaktivlik hodisasini o’rganish borasida juda ko’p ishlar qildilar. Bu yaxshi jihozlanmagan laboratoriyada va zarur mablag’ yetishmagan sharoitda – fan uchun qilingan fidoyiik edi. 1898 yildayoq er-xotin – ikki yangi radiaktiv elementni – poloniy va radiyni kashf qildilar. Mariya, bundan tashqari (nemis fizigi G.SHmidtdan mustaqil ravishda) toriyda radioaktivlik terminini taklif qildi. Per radiy tuzlari o’z-o’zidan issiqlik ajratishini aniqladi. Radiyning bu preparatini tadqiqotchilar 1902 yilda 0,1 g miqdorida hosil qilishdi. Buning uchun ularga 45 oy davomida qattiq mehnat qilishga va 10000 dan ortiq cho’ktirish va kristallash ximiyaviy operatsiyalarni o’tkazishga to’g’ri keldi. 1903 yilda radioavtivlik sohasidagi kashfiyotlari uchun er-xotin Kyurilarga va A.Bekkerelga fizika bo’yicha Nobel mukofoti berildi. Sakkiz yil o’tgach, M.Sklodovskaya Kyuri ikkinchi mukofotni oldi; bu safar uni ximiya fani bo’yicha «radiy va poloniy elementlarini kashf qilganligi, radiy tabiatini aniqlagani va uni metall ko’rinishida ajratgani uchun» oldi. Shunday qilib, u oliy ilmiy mukofotga ikki marta sazovor bo’lgan birinchi olim bo’ldi. 1906 yil 19 aprelda Mariya boshiga katta kulfat tushdi: be`mani tasodif oqibatida Per halok bo’ldi. Lekin taqdirning zarbi Mariyaning irodasini sindira olmadi. U raioaktivlik sohasida ilmiy tadqiqotlarini davom ettiradi, Parij universitetida ilgari P.Kyuri rahbarlik qilgan kafedraga boshchilik qiladi. 1914 yilda M.Sklodovskaya Kyuri Radiy institutining fizika-ximiya bo’limiga bosh bo’ladi (u bu institutni tashkil qilishda qatnashgan edi). Birinchi jahon urushi yillarida u birinchi marta keng ko’lamda nurlanishlardan meditsina maqsadlarida foydalanishni tashkil qildi, 1500 dan ortiq kishini rentgen ustanovkalarida ishlashga o’rgatdi. Ko’p akademiyalar va ko’p mamlakatlarning ilmiy jamiyatlari M.Sklodovskaya-Kyurini o’zining faxriy a`zosi qilib saylagan. 1926 yilda u SSSR Fanlari akademiyasining faxriy a`zosi qilib saylangan. M.Skladovskaya-Kyuri 1934 yilda nurlanish kasalligidan vafot qildi. Hozirgacha uning laboratoriya daftarlari yuqori radiyatsiya darajasini saqlagan. Sun`iy ravishda olingan 96 tartib nomerli transuar element er-xotin Kyurilar sharafiga kyuriy nomini olgan.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:02 | Message # 59 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| ER HOTIN KYURILAR
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |
Solih_96 | Date: Shanba, 09-Noya-2013, 07:05 | Message # 60 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1749
Status: 
| JEYMS KLERK MAKSVELL ( 1831-1879) Jeyms Klerk Maksvell Edinburgda, shotlandiyalik dvoryan oilasida tug’ilgan. U Edinburg va Kembridj universitetlarida ta’lim oldi. 1860 yilda Maksvell London universitetining professori, 1870 yillar boshidan esa Kembridj universtitetining professori bo’ldi, bu yerda u Angliyada birinchi maxsus jihozlangan fizika laboratoriyasiga−Kavendish laboratoiyasiga asos soldi. 1860 yilda u London Qirollik jamiyati (Angliya Fanlar akademiyasi) a’zosi bo’ldi. Maksvell o’zining ilk ilmiy ishi oval egri chiziqlarga oid tadqiqotlarini 15 yoshidayoq yozgan edi. Edinburg Qirollik jamiyati-Shotlandiya Fanlar akademiyasida elastik jismlarning muvozanati to’g’risida doklad qildi, hozirda elastiklik nazariyasi va materiallar qarshiligida Maksvell teoremasi nomi bilan mashhur bo’lgan teoremani isbot qildi. 1855 yilda Maksvell rangdor ko’rish nazariyasiga oid tadqiqotlar o’tkazdi. O’sha yilning o’zidayoq «Faradeyning kuch chiziqlari» to’g’risidagi tadqiqotlarini boshladi va asosan o’zining butun umri mobaynida davom ettirdi. «Men matematik g’oyalarini aniq shaklda ifodalashga intildim, bunda» tushuntirilayotgan hodisalarning tabiatiga mutlaqo mos kelmaydigan va Faradeyning qarashlarini bayon qilishda unchalik yaroqli bo’lmagan simvollardan foydalanmay, balki chiziqlar yoki sirtlar sistemalaridan foydalandim». So’ngra: «Elektromagnit maydon fazoning shunday qismiki, unda elektr yoki magnit holatlarda bo’lgan jism bo’ladi va uni maydon o’rab turadi». Elektromagnit maydonning fizika tarixidagi birinchi ta’rifi shunday bo’lgan. Faradey g’oyani ishlab chiqdi, Maksvell esa elektromagnetizm nazariyasini yaratib, uni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu nazariyani yanada davom ettirib, Maksvell yorug’lik elektromagnit tabiatga ega, degan xulosaga keldi. Maksvell elektromagnit maydon qonunlarini elektrodinamikaning asosini tashkil etgan to’rtta differensial tenglama sistemasi ko’rinishida ifodaladi. Matematik statistika metodlaridan foydalanib, u gazlarning kinetik nazariyasida ideal gaz molekulalarining tezlik bo’yicha taqsimlanishini ta’riflab berdi. Shuningdek, optika, elastiklik nazariyasi, molekular fizikaga oid orator ishlarni ham bajardi.
<إن شاء الله>"AlLoH yO'lIdA fAqAt sOlIh AmAl QiLuVcHi"<بوه مساعدتنا>
|
|
| |