|
Hadislar
|
|
| Alpomish | Date: Shanba, 07/09/08, 2:02:54 PM | Message # 1 |
 Yangilardan
Group: Foydalanuvchi
Messages: 16
Status: 
| Assalamu alaykum hurmatli forum mehmonlari hamda forum qatnashchilari bu bo'limda payg'ambarimiz Muhammad ( s.a.v ) hadislaridan yozib bo'ramiz
Добавлено (08.09.2007, 22:02) --------------------------------------------- 1. '' amallar niyatga qarab bo'ladi '' 2. '' munofiq alomati 3 ta bo'ladi : so'zlasa yo'lgon so'zlaydi , vadalashsa vadasiga vafo qilmaydi omonatga rioya qilmaydi . '' 3.
Olloh o'z yo'lidan adashtirmasin
Message edited by Alpomish - Shanba, 07/09/08, 2:04:08 PM |
| |
|
|
| Boburshoh | Date: Seshanba, 07/09/11, 7:19:38 PM | Message # 2 |
 Forum azosi
Group: Foydalanuvchi
Messages: 26
Status: 
| Ro’zaga oid hadislar.
Abu Hurayra raziyallahu anhu rivoyat qiladirlar: “Rasulloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: “Ro’za (tutmoqlik) do’zax o’tidan asrovchi vositadir! Binobarin ro’za tutkan kishi haqorat so’zlarini tilga olmasin, so’zlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin!Agar biror kishi ro’zador bilan urishsa yokim uni haqorat qilsa, ro’zador ikki bor : “Men ro’zadormen” desin! Allohga qasamyod qilib ayturmenkim, ro’zadorning og’zidan kelgan bo’y, Aloh nazdida mushk-anbar bo’yidan ham hushbo’yroqdir, chunkim Alloh taolo: “Ro’zadir menu deb yeb-ichmas va meni deb ro’za tutar, binobarin uning mukofotini o’zim bergaydirmen va har bir yahshiligi evaziga mendan o’n barobar mukofat olg’usidir”, - deydir”” (Al-Jomi’ As-Sahih)
Abu Hurayra raziyallahu anhu rivoyat qiladirlar: “Rasulloh sallallohu alayhi va sallam: “Agar Ramazon oyi kirsa, jannatning eshiklari ochilg’aydir” – deb aytaanlar”, deydilar. (Al-Jomi’ As-Sahih)
Abu Hurayra raziyallahu anhu rivoyat qiladirlar: “Rasulloh sallallohu alayhi va sallam: “Agar Ramazon kirsa, osmon eshiklari ochilib, do’zax eshiklari belkitilg’aydir hamda shaytonlar kishanlang’aydir”, - deydilar. (Al-Jomi’ As-Sahih)
"Bizning ro'zamizdan ahli kitoblarning ro'zasini o'rtasidagi farq saharlik qilmoqdir". (Muslim rivoyati)
"Kimki Ramazon ro'zasini tutib Shavvoldan ham olti kun ro'za tutsa, bir yil ro'za tutgan kabi bo'ladi". (Riyoz-us solihiyn)
"Islom besh asos ustiga qurilgan: Allohdan boshqa iloh yo'qligiga va Muhammad Uning quli va elchisi ekanligiga shohidlik bermoq, namoz o'qimoq, zakot bermoq, Ka'baga hajj qilmoq va Ramazon ro'zasini tutmoq". (Termiziy rivoyati)
Добавлено (12.09.2007, 03:17) ---------------------------------------------
"SIZGA RASUL NIMANI BERSA OLING VA SIZNI NIMADANQAYTARSA QAYTING"
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Modomiki, banda katta gunohlardan chetlanar ekan, besh vaqt namoz, juma keyingi jumagacha va ramazon keyingi ramazongacha bo‘lgan kichik gunohlarga kafforatdir» (Muslim va Termiziy rivoyati).
***********************
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalari haqida xabar beraymi?» deb so‘radilar. «Ha, yo Rasululloh!» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suyangan holda edilar, o‘tirib oldilar-da: «Ogoh bo‘linglar, yolg‘on gapirish va yolg‘on guvohlik berish», deya takrorlayverdilar, hattoki, biz, qaniydi to‘xtalsalar, dedik» (Muttafaqun alayh).
*************************************
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Alloh taolo: «Men sheriklarning shirkdan behojatrog‘iman. Kimki Men uchun biron amalni qilsa, unda boshqani Menga sherik qilsa, Men undan behojatman. U o‘sha «sherik» uchundir», dedi» (Ibn Moja rivoyati).
Yana aytadilar: «Kimki (odamlar) eshitsin desa, Alloh eshittirib qo‘yadi va (odamlar) ko‘rsin desa, Alloh ko‘rsatib qo‘yadi» (Muttafaqun alayh).
**************************************
Добавлено (12.09.2007, 03:19) --------------------------------------------- ******************************************************
RAMAZON HADISLARI
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Ro‘za va Qur’on qiyomat kunida banda uchun shafoat so‘raydi. Ro‘za: «Rabbim, men uni taom va mayllardan to‘sdim, endi uni shafoat qilaman qabul et!» deydi. Qur’on: «Men uni tunlari uyqudan to‘sdim, endi uni shafoat qilaman qabul et!» deydi. Shundan so‘ng ularning shafoatlari qabul qlinadi» (Ahmad rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Attoh jahannamni Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutgan bandaning yuzdan yetmish yillik masofaga uzoq qiladi» (Imom Abu Dovuddan boshqa barcha shlonchli muhaddislar rivoyat qilishgan).
Bir odam Rasulullohga: “Men Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, siz Allohning elchisi ekaningizga guvohlik bersam, besh vaqt namozni o‘qisam, ramazon ro‘zasini tutib, kechalari ibodat bilan bedor bo‘lsam, kimlar bilan birga bo‘laman?» dedi. Nabiy: «Siddiqlar va shahidlardan birisan», deb javob berdilar. (Ibn Huzayma va Ibn Hibbon rivoyati)
**************************************
Dinning ofati uchtadir: * Beamal olim * Zolim hokim * Bilmasdan fatvo aytuvchi ulamo
|
| |
|
|
| Abubakr | Date: Chorshanba, 07/09/12, 11:20:19 PM | Message # 3 |
 Sayt yordamchisi
Group: Ishonchli
Messages: 90
Status: 
| Muhtaram birodarlar barchalarimizni bilimizni Olloh ziyoda qilsin.
--------------------------------------------- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar Chop etish uchun Bu hadislar Islomning asosi va o‘zagidir. Ulamolar bu haqda ko‘p ixtilof qilishgan. Ularning so‘zlaridan tug‘ilgan narsani o‘zim qo‘shgan narsa bilan jamlaganda o‘ttizta hadis bo‘ldi.
"Al-Azkor"dan, al-faqih an-Navaviy
Birinchi hadis. Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta, amallar niyat bilandir. Har bir kishi niyat qiluvchidir. Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo‘lsa, bas, Alloh va rasuli uchun hijrat qilibdi. Kimning hijrati dunyoga yetishish yoki xotinga uylanish uchun bo‘lsa, uning hijrati o‘sha narsaga bo‘libdi».
Ikkinchi hadis. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bizning ishimizda yangilik qilsa, bu undan bo‘lmasa, bas, u rad qilingandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Uchinchi hadis. Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta halol ochiq-ravshan. Albatta harom ochiq-ravshan. Uning o‘rtasida shubhali narsalar bo‘lib, uni ko‘p insonlar bilishmaydi. Kimki shubhadan taqvo qilsa, dini va obro‘sini soflabdi. Kimki shubhaga voqe’ bo‘lsa, haromga yo‘liqibdi. Rioya qiluvchi qo‘riqxona atrofiga borib, uning ichiga kirib qolishi mumkin. Har bir podshohning qo‘riqxonasi bor. Ogoh bo‘ling, Allohning qo‘riqxonasi U harom qilgan narsalardir. Ogoh bo‘ling, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar u isloh bo‘lsa, jasadning barchasi isloh bo‘ladi. Agar u fasod bo‘lsa, jasadning barchasi fasod bo‘ladi. U ham bo‘lsa qalbdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
To‘rtinchi hadis. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz onasi qornida ekanida qirq kun maniy holatida xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra quyuq qon bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra parcha go‘sht bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra farishta yuborilib, unga ruh puflaydi. Va to‘rt kalima, ya’ni rizqi, ajali, amali, baxtli yoki baxtsizligini yozish buyuriladi. Undan boshqa iloh yo‘q bo‘lgan Zot ila qasamki, sizlardan biringiz jannat ahlining amalini qiladi. Hattoki, u bilan jannat orasida bir gaz (o‘lchov) qoladi. Bas, uning o‘sha yozilgan kitobi ilgarilaydi-da, u do‘zax ahlining amalini qilib, do‘zaxga kirib ketadi. Sizlardan biringiz do‘zax ahlining amalini qiladi-da, hattoki u bilan do‘zax orasida bir gaz qoladi. Bas, uning kitobi ilgarilaydi-da, u jannat ahli amalini qilib, jannatga kirib ketadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Beshinchi hadis. Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shubhali narsani shubhasiziga qo‘y», dedilar. (Ya’ni, shubhali narsani tark qilib, shubhasiz narsani ol.) Termiziy va Nasaiy rivoyatlari.
Oltinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Befoyda so‘zlarni tark qilish kishining Islomi chiroyligidan (dalolat)dir», dedilar. Imom Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.
Yettinchi hadis. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi ko‘rmaguncha haqiqiy mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Sahifani yopish [size=14] --------------------------------------------- Sakkizinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo marhamatlidir. Faqat marhamatli bo‘lganni qabul qiladi. Alloh taolo yuborgan payg‘ambarlariga buyurgan narsalarini mo‘minlarga ham buyuradi. Bu haqda Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qilgan: «(Yuborgan barcha payg‘ambarlarimizga shunday dedik): «Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar! Albatta Men qilayotgan amallaringizni bilguvchidirman» (Mo‘‘minun surasi, 51-oyat),«Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz - pokiza narsalardan yenglar» (Baqara surasi, 172-oyat). Bir kishi safarda uzoq yuradi. Sochlari to‘zib, kiyimlari changib ketadi. Va qo‘lini osmonga cho‘zib, «Ey Rabbim, ey Rabbim», deydi. Uning yeyayotgan taomi harom, ichayotgan ichimligi harom, kiyayotgan kiyimi harom hamda ozuqasi harom. Qaerdan uning (duolari) ijobat qilinsin?!» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. To‘qqizinchi hadis. Zarar berish ham yo‘q. Zarar olish ham yo‘q. «Muvatto’» kitobida rivoyat qilingan.
O'ninchi hadis. Tamiym ad-Doriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Din xayrixohlikdir», deganlarida, sahobalar: «Kim uchun, ey Rasululloh?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
(Allohga bo‘lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, aytganlarini qilib, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga bo‘lgan xayrixohlik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga bo‘lgan xayrixohlik- u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga bo‘lgan xayrixohlik- ularga haq yo‘lda bo‘lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo‘lgan xayrixohlik-amru-ma’ruf, nahiy-munkar qilib hamda aziyat bermaslik bilan bo‘ladi... - tarj.)
---------------------------------------------
Assalomu alaykum birodarlar
|
| |
|
|
| Admin | Date: Juma, 07/09/14, 12:38:50 PM | Message # 4 |
 Admin
Group: ADMINISTRATOR
Messages: 21
Status: 
| O’n birinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan qaytargan narsamdan chetlaninglar. Buyurgan narsamni qodir bo‘lganingizcha bajaringlar. Chunki sizlardan avvalgilar ko‘p so‘rash va payg‘ambarlariga ixtilof qilish sababli halok bo‘lishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
O’n ikkinchi hadis. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Ey Allohning rasuli, meni bir amalga yo‘llab ko‘yingki, u amal bilan meni Alloh yaxshi ko‘rsin va insonlar ham yaxshi ko‘rsin», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dunyoda zohid bo‘l, Alloh seni yaxshi ko‘radi. Insonlar huzuridagi narsadan behojat bo‘l, insonlar seni yaxshi ko‘radi», dedilar. Ibn Moja rivoyatlari.
O’n uchinchi hadis. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan boshqa iloh yo‘q va mening Allohning rasuli ekanimga guvohlik bergan musulmon kishining qoni halol emas, faqat uch narsaning birida haloldir (ya’ni, o‘ldirish joiz): ular oilali zinokor bo‘lsa. Nafs nafs bilan, ya’ni qasos. Jamoatdan ajrab, dinini tark qiluvchi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
O'n to‘rtinchi hadis. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishilar «La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululloh», deyishmagunicha, namozni qoim qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha ular bilan urushmokqa buyurildim. Agar mana shularni qilishsa, qonlari-yu mollari mendan omonda bo‘ladi. Faqat Islom haqida unday emas (ya’ni, hadlarda). Va ularning hisobi Alloh taologadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
O’n beshinchi hadis. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom beshta narsa ustiga qurilgandir. Ular «La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululloh» kalimasini aytish, namozni qoim qilish, zakotni berish, haj va ramazon ro‘zasidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
--------------------------------------------- O'n oltinchi hadis. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishilarning da’volariga qarab berilaverganida edi, ular qavmning moli va qonlarini da’vo qilishgan bo‘lar edi. Lekin da’vo qiluvchiga hujjat keltirish va inkor qiluvchiga qasam ayttirish lozim bo‘ladi», dedilar. Mana shu lafz bilan hasandir. Va ikki «Sahih» kitobida keltirilgan.
O’n yettinchi hadis. Vobisa ibn Ma’baddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilik va gunoh haqida so‘rash uchun keldingmi?» dedilar. Shunda bu zot: «Ha», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbingdan fatvo so‘ra. Yaxshilik -nafs va qalb unga xotirjam bo‘lganidir. Gunoh - nafs xira bo‘lib, qalb beqaror bo‘lganidir. Agar kishilar senga fatvo berishsa ham va berdirishsa ham», dedilar. Imom Ahmad va Doramiylar rivoyati.
Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilik husni xulqdir. Yomonlik - nafsing kirlanib, kishilar undan xabardor bo‘lishlarini karih ko‘rganingdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
O’n sakkizinchi hadis. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Albatta Alloh taolo har bir narsada yaxshilik bo‘lishini yozdi. Agar qatl qilsalaringiz, qatlni chiroyli qilinglar. Agar qurbonlik qilsalaringiz, qurbonlikni chiroyli qilinglar. Sizlarning biringiz (qurbonlik qiladigan bo‘lsa) tig‘ini o‘tkirlab, uni tinchitsin» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. O'n to‘qqizinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, ko‘shnisini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
--------------------------------------------- O'n to‘qqizinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, ko‘shnisini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Yigirmanchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Menga vasiyat qiling», dedi. Shunda u zot: «g‘azab qilma», deb bir necha bor qaytardilar. Va yana «g‘azab qilma», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Yigirma birinchi hadis. Abu Sa’laba al-Xushaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo farzlarni farz etdi, ularni zoe qilmanglar. Va hadlarni chegara qildi, undan o‘tib ketmanglar. Va narsalarni harom qildi, uni buzmanglar. Va unutmasdan sizlarga rahmat qilgan holda ko‘p narsalarda sukut qildi, sizlar u haqda bahs qilmanglar», dedilar. Doratsutniy hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.
Yigirma ikkinchi hadis. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, menga bir amalning xabarini beringki, u meni jannatga kiritib, do‘zaxdan uzoq qilsin», desam, u zot: «Sen juda katta narsa so‘rading. Albatta u Alloh oson qilgan kishiga yengildir. Allohga biror narsani shirk keltirmasdan ibodat qilasan. Namozni qoim qilasan. Zakotni berasan. Ramazon ro‘zasini tutasan. Baytullohni haj qilasan. Seni eshiklarning yaxshisiga dalolat qilaymi? Ro‘za pardadir. Sadaqa xatolarni xuddi suv o‘tni o‘chirgandek o‘chiradi», dedilar. Kishining kechaning o‘rtasidagi namozi haqida quyidagi oyatni o‘qidilar: «Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur. (Ya’ni, tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar.) Ular Parvardigorlariga ko‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib, ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biror jon bilmas» (Sajda surasi, 16-17-oyat). So‘ngra yana u zot: «Ishning boshi va ustuni hamda yuksak cho‘kqisining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Ishning boshi - Islom. Ustuni - namoz. Yuksak cho‘qqisi - jihoddir. Bularning hammasidan ham asosiysining xabarini beraymi?» dedilar. Men: «Ha, ey Rasululloh», dedim. U zot tillarini ushlab, «Sen mana buni tiygin», dedilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, gapirgan narsalarimizga ham jazolanamizmi?» desam, u zot: «Onang farzandidan ajragur, kishilarning yuzlari bilan do‘zaxga ag‘darilishlari faqat tillari gapirgan narsalar sababidandir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
|
| |
|
|
| Wolf | Date: Juma, 07/09/28, 6:16:57 PM | Message # 5 |
 Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 103
Status: 
| Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Modomiki, banda katta gunohlardan chetlanar ekan, besh vaqt namoz, juma keyingi jumagacha va ramazon keyingi ramazongacha bo‘lgan kichik gunohlarga kafforatdir» (Muslim va Termiziy rivoyati).
|
| |
|
|
| Wolf | Date: Juma, 07/09/28, 6:17:28 PM | Message # 6 |
 Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 103
Status: 
| Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalari haqida xabar beraymi?» deb so‘radilar. «Ha, yo Rasululloh!» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suyangan holda edilar, o‘tirib oldilar-da: «Ogoh bo‘linglar, yolg‘on gapirish va yolg‘on guvohlik berish», deya takrorlayverdilar, hattoki, biz, qaniydi to‘xtalsalar, dedik» (Muttafaqun alayh).
|
| |
|
|
| Wolf | Date: Juma, 07/09/28, 6:17:53 PM | Message # 7 |
 Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 103
Status: 
| Dinning ofati uchtadir: * Beamal olim * Zolim hokim * Bilmasdan fatvo aytuvchi ulamo
ilmning ofati unitishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoe qilishdir.
Munofiqning alomati uchtadir * gapirsa yolg’on gapiradi * va’dasiga bevafo bo’ladi * omonatga hiyonat qiladi
|
| |
|
|
| Wolf | Date: Juma, 07/09/28, 6:18:20 PM | Message # 8 |
 Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 103
Status: 
| KIBR
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlardan ilgari yashab o‘tgan bir kishini takabburlik bilan izorini sudrab yurganida yer yutdi. U qiyomat kunigacha yer (qa’ri)ga kirib ketaverdi» (Buxoriy, Nasoiy va boshqalar rivoyati).
Amr ibn Shu’aybning bobosidan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida mutakabbir kimsalar kishi suratidagi chumolilarga o‘xshash holda qayta tiriladilar. Ularni har tomondan xorlik egallab oladi. Ular jahannamdagi «Bulis» deb nomlanadigan zindonga haydaladilar» (Nasoiy, Termiziy rivoyati).
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lgan kishi jannatga kirmaydi», dedilar. Shunda bir kishi: «Bir odam kiyimi va poyabzali bejirim bo‘lishini yaxshi ko‘radi, shu narsa kibrmi?» deb so‘radi. «Albatta, Alloh go‘zaldir, go‘zallikni xush ko‘radi, u kibr emas. Kibr haqqa unamaslik – rad etish va odamlarni masxara qilish – tahqirlashdir», dedilar Nabiy» (Muslim, Termiziy rivoyati).
Abu Said va Abu Hurayra roziyallohu anhumolardan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh azza va jalla: «Azizlik izorim, kibriyo ridoimdir. Kim (bu ikkisini) Men bilan talashsa, uni azoblayman», deydi» (Muslim rivoyati).
Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jannat bilan do‘zax talashib qolishdi. Do‘zax: «Zo‘ravon va mutakabbir kimsalar menda», degan edi, jannat: «Zaif va miskin musulmonlar menda», dedi. Alloh ular orasida ajrim qilib dedi: «Jannat, sen Mening rahmatimsan, sen orqali xohlagan bandalarimga rahm qilaman. Do‘zax, sen Mening azobimsan, sen orqali xohlagan bandalarimni azoblayman. Ikkingiz ham to‘lib toshasiz» (Muslim rivoyati).
Harisa ibn Vahb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Sizlarga do‘zax ahli kimlar ekanini xabar qilaymi? (Ular) qo‘pol, yaxshiliklardan to‘suvchi va mutakabbir kimsalardir», deganlarini eshitganman» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimki o‘zini boshqalardan afzal, deb bilsa, yoki kibr-havo bilan yursa, Alloh taborak va taoloni g‘azablangan holda uchratadi», deganlarini eshitdim» (Tabaroniy rivoyati)
|
| |
|
|
| Wolf | Date: Juma, 07/09/28, 6:18:47 PM | Message # 9 |
 Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 103
Status: 
| ALDOV
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli besh toifa», dedilar-da, ulardan biriga «tong otsa ham, kech kirsa ham seni ahli oilang va molu dunyoing borasida aldamoqchi bo‘ladigan kimsa», deb ta’rif berdilar (Muslim rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Mo‘min sodda, ulug‘ bo‘ladi, fojir esa makkor, xor bo‘ladi» (Termiziy, Abu Dovud rivoyati).
Ya’ni, mo‘min odam ochiqko‘ngil, sodda bo‘ladi. Birovga makr qilmaydi. Balki o‘zi ishonuvchan, ochiqko‘ngil bo‘lgani sababli aldanib qolishi mumkin. Fojir esa odamlar orasida fasod qo‘zg‘ab yuradigan aldoqchi bo‘ladi.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Aldoqchi, minnatchi va baxil jannatga kirmaydi», dedilar» (Termiziy rivoyati).
|
| |
|
|
| Wolf | Date: Juma, 07/09/28, 6:21:47 PM | Message # 10 |
 Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 103
Status: 
| TAQDIRNI RAD ETISH
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo: «Qadar-taqdir yo‘q, ishlar endi sodir bo‘ladi – ular taqdir qilinmagan», deb da’vo qiladigan qavm haqida: «Agar ularga yo‘liqsang, men ulardan begonaligimni, ular mendan begona ekanliklarini ularga aytib qo‘y. Mabodo ulardan birining Uhudchalik tillasi bo‘lsa-yu, uni infoq qilsa, to qadarga iymon keltirmagunicha Alloh uni qabul qilmaydi», dedilar-da, so‘ng Jabroil alayhissalom hadisini zikr qildilar. Jabroil Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Iymon nima?» deb so‘raganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga va oxirat kuniga, yaxshilik va yomonlik qadardan ekaniga ishonmog‘ing!» deya javob berganlar (Muslim rivoyati)
.
Allohga iymon keltirish – Alloh taolo mavjud, ulug‘ va mukammal sifatlar bilan sifatlangan nuqsonlardan pok, yolg‘iz, behojat, barcha maxluqotlarni yaratgan, ular ustida xohlaganidek tasarruf etadigan va O‘z mulki-saltanatida istagan narsasini qiladigan zot, deb tasdiqlashdir.
Farishtalarga iymon keltirish ularni Allohning bandalari deb tasdiqlashdir. «...Yo‘q (farishtalar aslo Allohning bolalari emas, balki) ulug‘ bandalardir. (Farishtalar) U zotdan ilgari biron so‘z aytmaydilar (ya’ni, Alloh buyurmagan biron ishni qilmaydilar). Ular (Allohning) amr-farmoni bilangina amal qilurlar. U zot ularning oldilaridagi (qiladigan) va orqalaridagi (qilib o‘tgan) barcha ish-amallarini bilur. Ular (Qiyomat qoyim bo‘lgan Kunda) faqat (Alloh) rozi bo‘lgan kishilarnigina shafoat qilurlar – qo‘llay olurlar. Ularning o‘zlari (Allohdan) qo‘rqib xafvu xatarda tururlar» (Anbiyo surasi, 26–28).
Kitoblarga iymon keltirish – Alloh taolo O‘zining tanlab olgan elchilariga vahiy qilgan kalomini tasdiqlashdir. Bu kalomlar jamlanib, devon qilinib, pokiza sahifalar va qiymatli kitoblarga aylangan. Mo‘min ulardan bilganiga batafsil, bilmaganiga umumiy suratda iymon keltiradi.
Payg‘ambarlarga iymon keltirish – ularning Alloh taolo nomidan bergan xabarlariga ishonishdir. Alloh ularni rostgo‘yliklariga dalolat qiladigan mo‘’jizalar bilan qo‘llab quvvatlagan, ular Allohning risolatini yetkazganlar, mukallaf bandalarga Allohning buyruqlarini bayon qilib berganlar. Ularni ehtirom qilish va ulardan birontasini ajratib qo‘ymaslik vojib bo‘ladi.
Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Bilginki, agar senga biron narsada foyda berish uchun butun ummat to‘plansa ham, faqat Alloh taolo sen uchun yozib qo‘ygan narsa bilangina foyda beradi. Agar senga biron zarar yetkazish uchun to‘plansa ham, faqat Alloh taolo yozib qo‘ygan narsa bilangina zarar yetkazadi. Qalamlar ko‘tarilgan, sahifalar qurigan» (Termiziy rivoyati).
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh maxluqotlar taqdirini osmonlaru yerni yaratishidan ellik ming yil oldin yozib qo‘ygan» (Muslim rivoyati).
|
| |
|
|
| Wolf | Date: Juma, 07/09/28, 6:22:03 PM | Message # 11 |
 Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 103
Status: 
| Bilganlaringizni boshqalarga ham bildiringlar. Dinni oson qilib ko`rsatinglar, qiyin qilib yubormanglar. Odamlarni suyuntiradigan gaplardan gapiringlar, ularni turli tahdidlar bilan qo`rqitib bezdirib qo`ymanglar. G`azabingiz huruj qilib qolsa, sukut saqlanglar. ****
Muso alayhissalom so`radilarki: “Ey rabbim, Odam alayhissalom senga qanday qilib shukr qildi?” Alloh Taolo aytdiki: “U o`zidagi ne`matlarni, mendan deb bildi. Mana shuning o`zi menga qilgan shukri hisoblanadi.
|
| |
|
|
| Wolf | Date: Juma, 07/09/28, 6:22:15 PM | Message # 12 |
 Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 103
Status: 
| Alloh Taolo aytadiki: "Agar bandam menga bir qarish yaqinlashishni iroda qilsa, men unga bir gaz yaqinlashurman. Agar u menga bir gaz yaqin bo`lishni iroda qilsa, men unga bir quloch yaqinlashurman. Agar bandam men tomon piyoda yursa, men uning qarshisiga yugurib borurman".
|
| |
|
|
| Wolf | Date: Juma, 07/09/28, 6:22:24 PM | Message # 13 |
 Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 103
Status: 
| Bir kishi odamlarga qarz berib yurar va hizmatchilarga aytardiki: "Kambag`allarning qarzlarini kechib yuboraveringlar, shoyad Alloh Taolo ham bizlarning gunohlarimizni kechirib yuborsa. Shundan keyin u o`lgach, Alloh Taolo uning gunohlarini kechib yuborgan ekan.
|
| |
|
|
| Wolf | Date: Juma, 07/09/28, 6:22:43 PM | Message # 14 |
 Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 103
Status: 
| Alloh Taolo aytdiki: "Bandam menga nisbatan nima gumon qilsa, men huddi o`sha gumonidek muomala qilurmen. Shuning uchun menga nisbatan hohlaganicha gumon qilaversin."
|
| |
|
|
| Wolf | Date: Juma, 07/09/28, 6:22:50 PM | Message # 15 |
 Yahshi tajribali
Group: Foydalanuvchi
Messages: 103
Status: 
| Bir fohisha ayol chuqur quduq boshida chaqab o`lay deb turgan itga oyoqlaridagi etigini yechib, unga ro`molini bog`lab, quduqdan suv chiqarib berib uni o`limdan asrab qolibdi. Bu ishining evaziga Alloh Taolo uning gunohlarini mag`firat qilibdi.
|
| |
|
|