Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Hadislar
AlpomishDate: Shanba, 08-Sen-2007, 13:02 | Message # 1
Yangilardan
Group: Foydalanuvchi
Messages: 16
Status:
Assalamu alaykum hurmatli forum mehmonlari hamda forum qatnashchilari bu bo'limda
payg'ambarimiz Muhammad ( s.a.v ) hadislaridan yozib bo'ramiz


Добавлено (08.09.2007, 22:02)
---------------------------------------------
1. '' amallar niyatga qarab bo'ladi ''
2. '' munofiq alomati 3 ta bo'ladi : so'zlasa yo'lgon so'zlaydi , vadalashsa vadasiga vafo qilmaydi
omonatga rioya qilmaydi . ''

3.


Olloh o'z yo'lidan adashtirmasin

Message edited by Alpomish - Shanba, 08-Sen-2007, 13:04
 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:01 | Message # 31
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
ABDULLAX BINNI :ROSULULLOX S A V AYTADILAR TURT NARSA BOR KISHIDA USHA NARSALAR BULSA ANIQ
MUNOFIQ BULADI KIMDAKI TURTOVIDAN BITTASI BULSA MUNOFIQLIKDAN BIR ALOMAT BOR BULADI

1)GAPIRSA YOLGON GAPIRADI

2)SHARTLASHSA SHARTIDA TURMAYDI

3)VADA KILSA VADASIDA TURMAYDI

4)URISHIB KOLSA KEK SAKLAYDI VA NOXAK ISH TUTADI


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:01 | Message # 32
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
ABU UMAYR VA PALAPON
Anasning onasi Ummu Sulaym Rasulullohning xijratlaridan keyin Abu Тalhaga turmushga chiqqan va undan bir o’g’il ko’rgan edi. Ismi Abu Umayr edi u bolaning.
Abu Umayr o’sib, uch-to’rt yoshlarga yetib qoldi. Nabiyyi akram (s.a.v.) Abu Тalha bilan Ummu Sulaymni ziyorat qilishga kelganlarida har gal Abu Umayrni suyib-erkalaydilar, boshini silab qo’yadilar. Bir kuni otasi qirmizi tumshuqli, kattaligi chumchuqcha keladigan bir qush tutib berdi. Abu Umayr rosa quvondi. Shu kundan boshlab vaqtini shu qushcha bilan o’tkaza boshladi. Qushga «Nug’ayr» deb laqab ham qo’yib oldi.
Sayyidul anbiyo (s.a.v.) keyingi gal kelganlarida Abu Umayrni shu qushi bilan o’ynashayotgan holda ko’rdilar. Naqadar baxtli onlar uning uchun!
Ammo Abu Umayrning bu baxtiyor kunlari uzoqqa cho’zilmadi, xatto qayg’uga aylandi. Chunki Nug’ayr bir kuni o’lib qoldi. Abu Umayr rosa ko’zyosh to’kdi.
Rasuli akram yana bir gal kelganlarida qushni ko’rmadilar. Bolaning boshini siladilar.
— Ey Abu Umayr, Nug’ayr qani? — deb so’radilar.
— O’ldi, — deb javob qildi bola.
O’shandan buyon Rasuli kibriyo qachon bu oilaga kelsalar
— Ey Abu Umayr, Nug’ayr polaponing qani?.. — deb hazil-huzul qiladigan, suyib-erkalaydigan bo’ldilar.


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:02 | Message # 33
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Анас разияллоҳу анҳу ривоят қиладилар:
«Бир киши Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламга Қиёмат хусусида савол бериб: «Қиёмат қачон?» — деди. Жаноб Расулуллоҳ (унга): «Қиёматга қандай ҳозирлик кўриб қўйгансан?» — дедилар. У: «Оллоҳ таоло бирлан унинг Расулига бўлган муҳаббатимдан бўлак ҳеч қандай тайёргарлигим йўқ», — деди. Жаноб Расулуллоҳ: «Сен ўзинг севганлар бирлан биргасан», — дедилар. Биз Жаноб Расулуллоҳнинг «Сен ўзинг севганлар бирлан биргасан» деган гапларига қувонганчалик ҳеч нарсага қувонмаган эрдик. Мен ҳам Жаноб Расулуллоҳни, Ҳазрат Абу Бакр ва Ҳазрат Умарни севаман. Гарчи мен улар қилган амали солиҳларни қилмаган бўлсам-да, уларга бўлган муҳаббатим туфайли (охиратда) улар бирлан бирга бўлмоғимни орзу қилурман!».

Бухорий ривояти. “Ал-жомеъ ас-саҳиҳ”дан.

Оллоҳ таоло бирлан унинг Расулига бўлган муҳаббат билан Жаннатга дохил бўлиш барчамизга насиб этсин!


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:02 | Message # 34
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Aytishlaricha, sakkiz toifa odamlar bilan o’tirgan kishida Alloh taolo sakkizta narsani ziyoda qilar ekan:
Boylar bilan o’tirgan odamda dunyoga muhabbat va rag’batni, faqirlar bilan o’tirgan odamda shukrni, sultonlar bilan o’tirgan odamda kibrni, ayollar bilan o’tirgan odamda shahvatni, bolalar bilan o’tirgan odamda o’yin-kulgini, fosiqlar bilan o’tirgan odamda gunohlarga jur’at va osiylikni, solihlar bilan o’tirgan odamda itoatga rag’batni, olimlar bilan o’tirgan odamda ilmni ziyoda qiladi.
Abu Lays Samarqandiy


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:03 | Message # 35
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Halol va harom orasi bir qadam
Bir kuni Hazrati Ali (karramullohu vajhahu) masjidga namoz uchun kirayotib, eshik oldidagi bir kishiga xachirlarini tutib turishni iltimos qildilar. Namozni ado etib chiqarkanlar, haliga kishiga xizmati uchun ikki dinor berishni ko’ngilga tugdilar. Chiqib qarasalar, xachirlari turibdi, ammo u odam yuganni o’g’irlab qochib ketibdi. So’ng xodimlariga o’sha ikki dinorni berib, xachirga yugan sotib olishni buyurdilar. Xizmatkor bozorga tushib, o’g’ridan aynan o’sha yuganni sotib oldi. Olib kelgach, Hazrati Ali (r.a.) o’zlarini yuganlarini ko’rib hayron qoldilar va: “Banda halol rizqini harom qilib oldi”, dedilar


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:03 | Message # 36
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Ko’p gap qalbni o’ldiradi
Umar ibn Xattob (r.a.) ahnaf ibn Qaysga nasihat qilib aytdiki:
“Ey Ahnaf, kim ko’p gapirsa, nodonligi ko’payadi, kimning nodonligi ko’paysa, hayosi kamayadi, kimning hayosi kamaysa, e’tiqodi susayadi. Kimning e’tiqodi susaysa, qalbi o’ladi”.


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:04 | Message # 37
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Payg’ambar alayhissalom dedilar:
“Bani Odam jismidagi to’rt gavharni – aql, din, hayo, solih amalni to’rt narsa ketkazadi:
-g’azab aqlni ketkazadi,
-hasad dinni ketkazadi,
-ta’ma hayoni ketkazadi,
-g’iybat solih amalni ketkazadi”


 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:04 | Message # 38
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Abu Hurayra (r.a.) Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Namoz dinning ustunidir, unda o’n xislat bor: yuzning chiroyi, qalb munavvarligi, badan rohati, qalbda ulfatlilik, rahmat manzili, samo kaliti, tarozida og’irlilik, Robbimiz roziligi, jannat bahosi, jahannam oloviga parda bo’lish. Kim namozini mukammal ado etsa, dinini barpo qilibdi, kimki tark qilsa, dinini barbod qilibdi”

 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:05 | Message # 39
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Islom - Allohning amrlariga taslim bo‘lmoq va itoat etmoq demakdir. Lug‘at e’tibori ila iymon va Islom orasida farq bor, lekin Islomsiz iymon, iymonsiz Islom bo‘lmas. Ular ikkisi bir narsaning ichi va tashi kabidir.

 
SANJAR80Date: Payshanba, 16-Iyul-2009, 19:05 | Message # 40
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Kimgaki Olloh taolo yaxshilikni ravo ko’rg’aydir, uni din ilmidan bahramand qilg’aydir, ilmga ilm olmoq yo’li birlan erishilg’aydir”- deganlar.

 
RiderDate: Dushanba, 12-Okt-2009, 05:12 | Message # 41
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
Расулуллoҳ саллаллoҳу алайҳи ва саллам: “Аллoҳ бир бандасини яxши кўрса, уни имтиҳoн қилади, ким сабрли бўлса сабр бeрилади, ким ташвишланса, ташвиш oрттиради”, дeя марҳамат қилганлар.
— Имoм Аҳмад ривoятлари
 
RiderDate: Dushanba, 12-Okt-2009, 05:22 | Message # 42
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
Абдуллоҳ ибн Амр ибн Осдан ривоят. У киши дедилар. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар:

“Ғарибларга шодлик бўлсин!” “Ғариблар ким, эй Расулуллоҳ?”, деб сўрашди. У киши дедилар: “Улар кўп сонли ёмон одамлар ичидаги солиҳ инсонлардирки, уларга исён қиладиганлар итоат қиладиганлардан кўра кўпроқ бўлади”.

Аҳмад ривоятлари, Албоний, саҳиҳ.
 
RiderDate: Dushanba, 12-Okt-2009, 05:40 | Message # 43
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар:



“Мўминнинг мисоли асаларига ўхшайди – фақат яхши нарса ейди, ўзидан фақат яхши нарса қолдиради”. (Албоний, саҳиҳ).

“Мўминлар ичида мукаммал иймонли киши уларнинг энг чиройли хулқли бўлганларидир...” (Термизий).

“Мўмин тез эл бўладиган одамдир. Киришиб кета олмайдиган ва эл бўлмайдиган одамда яхшилик йўқ”.

“Мўмин - соддадил ва олижаноб инсондир.
Фожир - маккор ва пасткаш кимсадир”. (Абу Довуд).

“Мўмин мўминнинг ойнасидир. Мўмин мўминнинг биродаридир. У биродарига зиён келтирадиган йўлларни тўсади ва унинг орқасидан ҳимоя қилади». (Абу Довуд).

“Мўмин битта ичакка овқат ейди, кофир еттита ичакка овқат ейди”. (Муслим).
 
RiderDate: Dushanba, 12-Okt-2009, 05:46 | Message # 44
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
[color=blue]Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар:

“Мўминларнинг афзали хулқи энг чиройли бўлган кишидир. Уларнинг зийраги ўлимни кўп зикр қиладиган ва унга чиройли тайёргарлик кўрадиган одамдир. Ана ўшалар зийраклардир”.

Ибн Можа ривоятлари, Албоний, ҳасан.
 
RiderDate: Dushanba, 16-Noya-2009, 17:02 | Message # 45
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
Восила ибн Асқаъдан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ с.а.в.: “Биродарингга мусибат етганда хурсанд бўлма! Борди-ю, хурсанд бўлсанг, Аллоҳ унга раҳм қилиб мусибатдан халос этади, ўзингни эса мусибатга солиб қўяди”, дедилар
— Имом Термизий ривоятлари.
 
SANJAR80Date: Dushanba, 16-Noya-2009, 21:51 | Message # 46
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
Rider, Olloh rozi bo'lsin

 
enjoyDate: Seshanba, 17-Noya-2009, 01:19 | Message # 47
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
Ҳадис“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Уч тоифага Аллоҳ Қиёмат куни гапирмайди, боқмайди ва уларни покламайди ҳамда уларга аламли азоб бордир: тўпиқдан пастга тушириб кийинган одам, миннатчи ва матоҳини ёлғон қасам билан сотган сотувчи»”
— Имом Муслим, Имом Аҳмад


 
shaddotDate: Juma, 08-Yan-2010, 13:27 | Message # 48
Group: Ishonchli
Messages: 701
Status:
Миқдом ибн Маъдийкараб розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Набий саллаллоҳу алайҳи вассалом: «Одам боласи тўлдирадиган идишларнинг энг ёмони қориндир. Одам боласига қаддини тургизадиган емаклар етади. Агар жуда лозим бўлса, таоми учун учдан бир, шароби учун учдан бир ва нафаси учун учдан бир», дедилар».

Усмон розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Одам боласига қуйидаги хислатлардан бошқага ҳақ йўқ; сокинлик топадиган уй, авратини беркитадиган кийим, бир бурда нон ва сув», дедилар».
Иккисини Термизий, Аҳмад ва ал-Ҳоким ривоят қилишган



 
VisolaDate: Juma, 08-Yan-2010, 15:23 | Message # 49
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
"Эй Одам фарзандлари, мен сизларнинг хусну сувратларингга ва мол-дунёларингга бокмасман. Балки дилларингга ва килган амалларингга бокурман". "Эй Одам фарзанди! Доим умрингни дунё учун сарф килаверсанг, качон бундок бир чексиз умидлар билан тавба киларсан?" (Кудсий хадисдан).


 
SANJAR80Date: Juma, 08-Yan-2010, 16:39 | Message # 50
Group: Ishonchli
Messages: 3741
Status:
shaddot, Visola, olloh rozi bo'lsin

 
VisolaDate: Juma, 08-Yan-2010, 17:36 | Message # 51
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
SANJAR80, Rahmon va Rohiym Alloh Taolo barchalarimizdan Rozi bo`lsin amiyn....


 
VisolaDate: Juma, 08-Yan-2010, 17:38 | Message # 52
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilarki:
- Ey Allohim!.. Har ezgulikni, har yaxshilikni sendan so’rayman. Har yomonlikni tark etmoqmi sendan so’rayman. Miskinlarni sevmoqni, shafqat va marhamatni (senga mendan va mendan odamlarga) so’rayman. Ey Allohim!.. Sen aziymushshan xalq orasiga fitna xalq etmoqni (yaratmoqni) muroq etganingda, meni o’sha fitnaga qo’shmasligingni tilayman! Ey Allohim! Seni sevmoqni va seni sevganlarni sevmoqni istayman! Seni sevdiruvchi amallarni ham sevmoq istayman!
So’ngra Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ashobiga marhamat etdilar:
- Ey ashobim!.. siz ham shu duoni o’rganing. Bilmaganlarga bildiring, o’rgating!



 
enjoyDate: Yakshanba, 10-Yan-2010, 21:16 | Message # 53
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
everyone

 
RiderDate: Chorshanba, 13-Yan-2010, 17:10 | Message # 54
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom : "Kimning 3 ta qizi bölsa, tarbiyasini yaxshi qilsa, Alloh taolo uni qiyomat kuni jannatga kiritadi, - dedilar. Shunda bir kishi turib : "Ikkita qizi bölsa-chi ey Allohning Rasuli? "- deb sörabdi."Ikkita qizi bölsa ham", - deb aytdilar. On hazratlaridan "Bitta bölsa-chi" - deb söradi ikkinchi kishi. "Bitta qizi bölsa ham", - deb javob berdilar Payg'ambar Muhammad alayhissalom.
 
RiderDate: Chorshanba, 13-Yan-2010, 17:12 | Message # 55
Admin yordamchisi
Group: Usta
Messages: 2650
Status:
Anas ibn Molik bunday deydilar :"Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:" Bir-birlaringizni yomon körmanglar, bir - birlarhngizga hasad qilmanglar, bir-birlaringizdan arazlamanglar, aka-uka tutinib, Allohning solih bandalari bölinglar. Musulmon odam öz dindosh birodarlari bilan uch kundan ortiq arazlashmasin", - dedilar.
 
VisolaDate: Chorshanba, 13-Yan-2010, 19:27 | Message # 56
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
“ Ey iymon keltirganlar! Ko'p gumonlardan chetda bo'linglar, chunki ba'zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba'zilaringiz ba'zilaringizni g'iybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz o'zining o'lgan birodarining go'shtini yeyishni yaxshi ko'radimi? Ha, yomon ko'rasizlar. Allohdan qo'rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko'p qabul qiluvchi va rahmlidir”. Hujurot surasi 12 oyat.

Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi. Rosululloh s.a.v.: “G’iybat nima bilasizlarmi?” dedilar.
“Alloh va Uning rosuli bilguchiroqdir”dedilar sahobalar.
“G’iybat- birodarlaringizni o’zi eshitsa yomon ko’radigan sifat bilan gapirishingdir”, dedilar.
“Unda o’sha hislat bor bo’lsa hammi?”, dedilar sahobalar.
“Unda bor aybni aytishing g’iybatdir, birodaringda yo’q aybni aytishing- bo’htondir”, dedilar.





Message edited by Visola - Chorshanba, 13-Yan-2010, 19:27
 
enjoyDate: Payshanba, 14-Yan-2010, 22:10 | Message # 57
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
Ҳадис“Мўъминларнинг иймони тўкис бўлганлари – ахлоқи гўзал бўлганларидир”
— Имом Аҳмад, Термизий, Абу Довуд


 
enjoyDate: Payshanba, 14-Yan-2010, 22:11 | Message # 58
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
Ҳадис“Расулуллoҳ саллаллoҳу алайҳи ва саллам: “Аллoҳ бир бандасини яxши кўрса, уни имтиҳoн қилади, ким сабрли бўлса сабр бeрилади, ким ташвишланса, ташвиш oрттиради”, дeя марҳамат қилганлар.”
— Имoм Аҳмад ривoятлари



 
enjoyDate: Payshanba, 14-Yan-2010, 22:12 | Message # 59
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 1376
Status:
Ҳадис“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Уч тоифага Аллоҳ Қиёмат куни гапирмайди, боқмайди ва уларни покламайди ҳамда уларга аламли азоб бордир: тўпиқдан пастга тушириб кийинган одам, миннатчи ва матоҳини ёлғон қасам билан сотган сотувчи»”
— Имом Муслим, Имом Аҳмад



 
VisolaDate: Juma, 15-Yan-2010, 00:47 | Message # 60
Eng tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 350
Status:
O’ziga do‘st topolmagan kishi odamlarning eng ojizi sanaladi. Bundan ham ojizrog‘i esa oldiniga birorta do‘st topadi-yu keyinchalik uni ham yo‘qotib qo‘yadi. Ali ibn abutolib


 
Search: