Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Hadislar
Alpomish foydalanuvchisining avatari
Yangilardan
Guruh: Foydalanuvchi
Xabarlar: 16
Holati:
Assalamu alaykum hurmatli forum mehmonlari hamda forum qatnashchilari bu bo'limda
payg'ambarimiz Muhammad ( s.a.v ) hadislaridan yozib bo'ramiz


Добавлено (08.09.2007, 22:02)
---------------------------------------------
1. '' amallar niyatga qarab bo'ladi ''
2. '' munofiq alomati 3 ta bo'ladi : so'zlasa yo'lgon so'zlaydi , vadalashsa vadasiga vafo qilmaydi
omonatga rioya qilmaydi . ''

3.
Olloh o'z yo'lidan adashtirmasin
Xabarni tahrirlagan: Alpomish - Sha, 07/09/08, 2:04 PM
SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
ABDULLAX BINNI :ROSULULLOX S A V AYTADILAR TURT NARSA BOR KISHIDA USHA NARSALAR BULSA ANIQ
MUNOFIQ BULADI KIMDAKI TURTOVIDAN BITTASI BULSA MUNOFIQLIKDAN BIR ALOMAT BOR BULADI

1)GAPIRSA YOLGON GAPIRADI

2)SHARTLASHSA SHARTIDA TURMAYDI

3)VADA KILSA VADASIDA TURMAYDI

4)URISHIB KOLSA KEK SAKLAYDI VA NOXAK ISH TUTADI
SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
ABU UMAYR VA PALAPON
Anasning onasi Ummu Sulaym Rasulullohning xijratlaridan keyin Abu Тalhaga turmushga chiqqan va undan bir o’g’il ko’rgan edi. Ismi Abu Umayr edi u bolaning.
Abu Umayr o’sib, uch-to’rt yoshlarga yetib qoldi. Nabiyyi akram (s.a.v.) Abu Тalha bilan Ummu Sulaymni ziyorat qilishga kelganlarida har gal Abu Umayrni suyib-erkalaydilar, boshini silab qo’yadilar. Bir kuni otasi qirmizi tumshuqli, kattaligi chumchuqcha keladigan bir qush tutib berdi. Abu Umayr rosa quvondi. Shu kundan boshlab vaqtini shu qushcha bilan o’tkaza boshladi. Qushga «Nug’ayr» deb laqab ham qo’yib oldi.
Sayyidul anbiyo (s.a.v.) keyingi gal kelganlarida Abu Umayrni shu qushi bilan o’ynashayotgan holda ko’rdilar. Naqadar baxtli onlar uning uchun!
Ammo Abu Umayrning bu baxtiyor kunlari uzoqqa cho’zilmadi, xatto qayg’uga aylandi. Chunki Nug’ayr bir kuni o’lib qoldi. Abu Umayr rosa ko’zyosh to’kdi.
Rasuli akram yana bir gal kelganlarida qushni ko’rmadilar. Bolaning boshini siladilar.
— Ey Abu Umayr, Nug’ayr qani? — deb so’radilar.
— O’ldi, — deb javob qildi bola.
O’shandan buyon Rasuli kibriyo qachon bu oilaga kelsalar
— Ey Abu Umayr, Nug’ayr polaponing qani?.. — deb hazil-huzul qiladigan, suyib-erkalaydigan bo’ldilar.
SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
Анас разияллоҳу анҳу ривоят қиладилар:
«Бир киши Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламга Қиёмат хусусида савол бериб: «Қиёмат қачон?» — деди. Жаноб Расулуллоҳ (унга): «Қиёматга қандай ҳозирлик кўриб қўйгансан?» — дедилар. У: «Оллоҳ таоло бирлан унинг Расулига бўлган муҳаббатимдан бўлак ҳеч қандай тайёргарлигим йўқ», — деди. Жаноб Расулуллоҳ: «Сен ўзинг севганлар бирлан биргасан», — дедилар. Биз Жаноб Расулуллоҳнинг «Сен ўзинг севганлар бирлан биргасан» деган гапларига қувонганчалик ҳеч нарсага қувонмаган эрдик. Мен ҳам Жаноб Расулуллоҳни, Ҳазрат Абу Бакр ва Ҳазрат Умарни севаман. Гарчи мен улар қилган амали солиҳларни қилмаган бўлсам-да, уларга бўлган муҳаббатим туфайли (охиратда) улар бирлан бирга бўлмоғимни орзу қилурман!».

Бухорий ривояти. “Ал-жомеъ ас-саҳиҳ”дан.

Оллоҳ таоло бирлан унинг Расулига бўлган муҳаббат билан Жаннатга дохил бўлиш барчамизга насиб этсин!
SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
Aytishlaricha, sakkiz toifa odamlar bilan o’tirgan kishida Alloh taolo sakkizta narsani ziyoda qilar ekan:
Boylar bilan o’tirgan odamda dunyoga muhabbat va rag’batni, faqirlar bilan o’tirgan odamda shukrni, sultonlar bilan o’tirgan odamda kibrni, ayollar bilan o’tirgan odamda shahvatni, bolalar bilan o’tirgan odamda o’yin-kulgini, fosiqlar bilan o’tirgan odamda gunohlarga jur’at va osiylikni, solihlar bilan o’tirgan odamda itoatga rag’batni, olimlar bilan o’tirgan odamda ilmni ziyoda qiladi.
Abu Lays Samarqandiy
SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
Halol va harom orasi bir qadam
Bir kuni Hazrati Ali (karramullohu vajhahu) masjidga namoz uchun kirayotib, eshik oldidagi bir kishiga xachirlarini tutib turishni iltimos qildilar. Namozni ado etib chiqarkanlar, haliga kishiga xizmati uchun ikki dinor berishni ko’ngilga tugdilar. Chiqib qarasalar, xachirlari turibdi, ammo u odam yuganni o’g’irlab qochib ketibdi. So’ng xodimlariga o’sha ikki dinorni berib, xachirga yugan sotib olishni buyurdilar. Xizmatkor bozorga tushib, o’g’ridan aynan o’sha yuganni sotib oldi. Olib kelgach, Hazrati Ali (r.a.) o’zlarini yuganlarini ko’rib hayron qoldilar va: “Banda halol rizqini harom qilib oldi”, dedilar
SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
Ko’p gap qalbni o’ldiradi
Umar ibn Xattob (r.a.) ahnaf ibn Qaysga nasihat qilib aytdiki:
“Ey Ahnaf, kim ko’p gapirsa, nodonligi ko’payadi, kimning nodonligi ko’paysa, hayosi kamayadi, kimning hayosi kamaysa, e’tiqodi susayadi. Kimning e’tiqodi susaysa, qalbi o’ladi”.
SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
Payg’ambar alayhissalom dedilar:
“Bani Odam jismidagi to’rt gavharni – aql, din, hayo, solih amalni to’rt narsa ketkazadi:
-g’azab aqlni ketkazadi,
-hasad dinni ketkazadi,
-ta’ma hayoni ketkazadi,
-g’iybat solih amalni ketkazadi”
SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
Abu Hurayra (r.a.) Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Namoz dinning ustunidir, unda o’n xislat bor: yuzning chiroyi, qalb munavvarligi, badan rohati, qalbda ulfatlilik, rahmat manzili, samo kaliti, tarozida og’irlilik, Robbimiz roziligi, jannat bahosi, jahannam oloviga parda bo’lish. Kim namozini mukammal ado etsa, dinini barpo qilibdi, kimki tark qilsa, dinini barbod qilibdi”
SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
Islom - Allohning amrlariga taslim bo‘lmoq va itoat etmoq demakdir. Lug‘at e’tibori ila iymon va Islom orasida farq bor, lekin Islomsiz iymon, iymonsiz Islom bo‘lmas. Ular ikkisi bir narsaning ichi va tashi kabidir.
SANJAR80 foydalanuvchisining avatari
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 3741
Holati:
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Kimgaki Olloh taolo yaxshilikni ravo ko’rg’aydir, uni din ilmidan bahramand qilg’aydir, ilmga ilm olmoq yo’li birlan erishilg’aydir”- deganlar.
Rider foydalanuvchisining avatari
Admin yordamchisi
Guruh: Usta
Xabarlar: 2658
Holati:
Расулуллoҳ саллаллoҳу алайҳи ва саллам: “Аллoҳ бир бандасини яxши кўрса, уни имтиҳoн қилади, ким сабрли бўлса сабр бeрилади, ким ташвишланса, ташвиш oрттиради”, дeя марҳамат қилганлар.
— Имoм Аҳмад ривoятлари
Rider foydalanuvchisining avatari
Admin yordamchisi
Guruh: Usta
Xabarlar: 2658
Holati:
Абдуллоҳ ибн Амр ибн Осдан ривоят. У киши дедилар. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар:

“Ғарибларга шодлик бўлсин!” “Ғариблар ким, эй Расулуллоҳ?”, деб сўрашди. У киши дедилар: “Улар кўп сонли ёмон одамлар ичидаги солиҳ инсонлардирки, уларга исён қиладиганлар итоат қиладиганлардан кўра кўпроқ бўлади”.

Аҳмад ривоятлари, Албоний, саҳиҳ.
Rider foydalanuvchisining avatari
Admin yordamchisi
Guruh: Usta
Xabarlar: 2658
Holati:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар:



“Мўминнинг мисоли асаларига ўхшайди – фақат яхши нарса ейди, ўзидан фақат яхши нарса қолдиради”. (Албоний, саҳиҳ).

“Мўминлар ичида мукаммал иймонли киши уларнинг энг чиройли хулқли бўлганларидир...” (Термизий).

“Мўмин тез эл бўладиган одамдир. Киришиб кета олмайдиган ва эл бўлмайдиган одамда яхшилик йўқ”.

“Мўмин - соддадил ва олижаноб инсондир.
Фожир - маккор ва пасткаш кимсадир”. (Абу Довуд).

“Мўмин мўминнинг ойнасидир. Мўмин мўминнинг биродаридир. У биродарига зиён келтирадиган йўлларни тўсади ва унинг орқасидан ҳимоя қилади». (Абу Довуд).

“Мўмин битта ичакка овқат ейди, кофир еттита ичакка овқат ейди”. (Муслим).
Rider foydalanuvchisining avatari
Admin yordamchisi
Guruh: Usta
Xabarlar: 2658
Holati:
[color=blue]Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар:

“Мўминларнинг афзали хулқи энг чиройли бўлган кишидир. Уларнинг зийраги ўлимни кўп зикр қиладиган ва унга чиройли тайёргарлик кўрадиган одамдир. Ана ўшалар зийраклардир”.

Ибн Можа ривоятлари, Албоний, ҳасан.
Rider foydalanuvchisining avatari
Admin yordamchisi
Guruh: Usta
Xabarlar: 2658
Holati:
Восила ибн Асқаъдан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ с.а.в.: “Биродарингга мусибат етганда хурсанд бўлма! Борди-ю, хурсанд бўлсанг, Аллоҳ унга раҳм қилиб мусибатдан халос этади, ўзингни эса мусибатга солиб қўяди”, дедилар
— Имом Термизий ривоятлари.
Search: