|
Ro'za haqida hadislar
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:29:19 AM | Message # 91 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| 23-bob. Ro‘zador kishining o‘z ayolini o‘pmog‘i haqida
Jobir ibn Zayd: «Agar ro‘zador kishi o‘z xotiniga muhabbat ila qarasa-yu, tahorati sinsa, ro‘zasini davom ettiraverg‘aydir»,- deydirlar.
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro‘za tutgan hollarida ba’zan xotinlarini o‘par erdilar»,- dedilar-da, kulib qo‘ydilar.
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:29:38 AM | Message # 92 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan bir to‘shakda yotgan erdim, to‘satdan hayz ko‘rib qoldim. Shunda, Janob Rasulullohning bag‘rlaridan sekingina chiqib ketdim. Janob Rasululloh: «Nima, hayz bo‘lib qoldingmi?»-dedilar. Men: «Ha»,- dedim-da, kiyimlarimni almashtirib, yana to‘shakka kirdim».
Ummu Salama va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkalalari ham nahs bo‘lib qolganlarida bir idishdan g‘usl qilar erdilar. Janob Rasululloh ro‘za bo‘lsalar ham Ummu Salamani o‘par erdilar.
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:30:01 AM | Message # 93 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| 24-bob. Ro‘za tutgan odamning g‘usl qilmog‘i haqida
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu ro‘za tutgan bo‘lsalar ham, bir ko‘ylakni xo‘llab, o‘z ustlariga tashlab qo‘ymoqni buyurdilar. Imom Sha’biy ro‘za tutgan bo‘lsalar ham hammomga kirdilar. Ibn Abbos: «Kishi ro‘za bo‘la turib qozondagi taomning tuzini tili birlan tatib ko‘rib, ichiga yutmasdan tuflab tashlasa, zarari yo‘qdir»,- deydirlar. Hasan Basriy: «Ro‘zador kishi og‘ziga suv olib, chayqab tashlasa, suv birlan badaniga orom bersa bo‘lur»,- deydilar. Ibn Mas’ud: «Qaysi biringiz ro‘za tutsangiz, badaningizga xushbo‘y narsalardan surtib, o‘zingizga oro beringiz!»- deb tavsiya qiladirlar. Anas raziyallohu anhu: «Menda bir katta idish bor, unga suv to‘ldirib, ro‘za bo‘lishimga qaramay, ichiga tushib olg‘ayman»,-deydilar. Janob Rasululloh ro‘za tutgan paytlarida ham misvok birlan tishlarini tozalar erdilar, deyishadi. Ibn Umar: «Ro‘zador odam ertalab va kechga yaqin misvok birlan tishini tozalamog‘i mumkin»,- deydilar. Ato raziyallohu anhu: «Ro‘zador odam tupugini yutsa, ro‘zasi ochilg‘aydir. demasman»,- deydilar. Ibn Sirin: «Ro‘zador odam misvok ishlatsa, zarari yo‘qdir»,- deb aytdilar. Shunda ul kishiga: «Misvok nam bo‘lgach, og‘izga uninG mazasi chiqadir-ku!» - deyishdi. Ibn Sirin: «Ro‘zador bo‘la turib suv birlan og‘iz chayqaladir-ku, unda ham maza bor-ku!»-deb javob qildilar. Anas va Hasan Basriy: «Ro‘zador odam surma ishlatsa, zarari yo‘qdir»,- deyishadi.
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:30:26 AM | Message # 94 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazonda subh vaqtida bulg‘anib qolar erdilar. So‘ng, g‘usl qilib, ro‘za tutishni davom ettiraverardilar».
Abu Bakr ibn Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Otam birlan birga Oisha raziyallohu anhoning uylariga kirdik. Shunda Oisha onamiz: «Qasam ichib ayturmenkim, Janob Rasululloh jinsiy yaqinlik qilmay turib, nahs bo‘lib qolganlarida (bulganib qolganlarida) g‘usl qilardilar-da, ro‘za tutishda davom etaverardilar»,- deb aytdilar. So‘ng, biz Ummu Salama oldilariga kirdik, ular ham Oisha onamiz aytgan gaplarni aytdilar».
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:30:47 AM | Message # 95 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| 25-bob. Ro‘zador kishi esidan chiqib biror narsa yeb-ichib qo‘ysa...
Ato raziyallohu anhu: «Agar bir kishi burniga suv olib (tahorat chog‘ida), hammasini chiqarib yuborolmay, ozrog‘i dimog‘i orqali tomog‘iga o‘tib ketsa, uning zarari yo‘qdir»,- deydilar.
Hasan Basriy: «Ro‘zadorning tomog‘iga pashsha kirib ketsa, zarari yo‘qdir»,-deydilar.
Hasan va Mujohid: «Agar ro‘za tutgan kishi ro‘zaligi esida bo‘lmay, o‘z xotini birlan jinsiy aloqa qilib qo‘ysa, hech zarari yo‘qdir»,- deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar ro‘zador odam esidan chiqib yebichib qo‘ysa, ro‘zasini davom ettirsin, chunkim uni Olloh yeb-ichiribdir», deganlar»,- deydilar.
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:31:09 AM | Message # 96 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| 26-bob. Ro‘zador odam ho‘l va quruq misvokni ishlatsa...
Omir ibn Rabiy’a: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ro‘zador bo‘la turib, misyuk ishlatganlarini juda ko‘p ko‘rganman»,- deydilar. Abu Hurayra: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar ummatimga og‘ir bo‘lmog‘ini o‘ylamaganimda, har tahorat qilganda misvok ishlatmakni buyurgan bo‘lar erdim»,-deb aytganlar»,- deydilar. Abu Hurayra Janob Rasululloh haqlarida rivoyat qilgan hadislariga o‘xshash boshqa bir hadisni Jobir va Zayd ibn Xolid ham aytib berishgan. Imom Buxoriy: «Mazkur hadis ro‘zador odamgagina taalluqlidir» ,— deydilar.
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:31:33 AM | Message # 97 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| Oisha onamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Misvok birlan og‘iz tozalamak Olloh taolo rizoligi uchun qilinadirgan amaldir!» - deganlar» ,— deydilar. Ato va, Qatoda: «Ro‘za tutgan kishi tupugini yutsa, zarari yo‘qdir»,-deb aytishadi.
Humron rivoyat qiladirlar: «Men Usmon raziyallohu anhuning tahorat qilganlarini ko‘rdim. Ul kishi avval uch bor ikki qo‘llariga suv quydilar, so‘ng, og‘iz va burun chayqadilar, keyin uch bor yuzlarini yuvdilar, keyin uch bor o‘ng va chap qo‘llarini tirsak birlan qo‘shib yuvdilar, so‘ng o‘ng hamda chap oyoqlarini uch bor yuvdilar. Keyin, menga qarab: «Rasululloh, xuddi hozir men qilgan tahoratdek, tahorat qilib, «Kimki hozirgi mening tahoratimdek tahorat qilsa, keyin ikki rak’at namoz o‘kib, namoz vaqtida namozga aloqador bo‘lmagan so‘zlarni so‘zlamasa, shul vaqtgacha qilgan mayda gunohlarining hammasi kechirilg‘aydir»,- deb aytganlar»,- dedilar».
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:31:55 AM | Message # 98 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| 27-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Birortangiz tahorat qilsangiz, albatta dimog‘ingizga suv olib chayqangiz!» deganlari hamda bunda ro‘zador bkrlan ro‘za tutmaganlarni ajratmaganlari haqida
Hasan Basriy: «Ro‘zador dimog‘iga dori quysa-yu, tomog‘iga ketib qolmasa, zarari yo‘qdir hamda ro‘zador surma qo‘ysa ham bo‘lur», - deydilar. Ato raziyallohu anhu: «Ro‘zador og‘ziga suv olib, chayqab tashlasa-yu, tupugi va og‘zida qolgan suvni yutib yubormasa, zarari yo‘kdir. Ro‘zador saqich chaynamasligi kerak, mobodo saqich chaynasa-yu, so‘lagini yutsa, ro‘zasi ochilg‘aydir, demasman»,- deydilar. Lekin, ko‘pchilik ulamolar saqich chaynaganda chiqadirgan so‘lakni yutmaslik kerakligini aytib, «Ro‘zador dimog‘ini chayqaganda tomog‘iga suv ketsa, zarari yo‘qdir, chunkim ul tomog‘iga ketayotgan suvni qaytarishga qodir ermas»,- deyishadi.
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:32:18 AM | Message # 99 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| 28-bob. Ramazonda xotini bilan yaqinlik qilsa...
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Kimki Ramazonda kasal bo‘lmay turib, uzrsiz bir kun ro‘za tutmasa, o‘sha uzrsiz ro‘za tutmagan bir kun evaziga umr bo‘yi ro‘za tutsa ham, Ramazondagi bir kunlik ro‘zaning savobiga erisha olmaydir»,- deydilar. Ibn Mas’ud ham xuddi shunday degan ekanlar. Sa’id ibn Musayyab, Sha’biy, Ibn Jubayr, Ibrohim Qatoda va, Hammodlar: «Uzrsiz tutilmagan bir kunlik ro‘za evaziga yana bir kun qo‘shimcha ro‘za tutg‘aydir»,- deydilar.
Abdulloh ibn Zubayr quyidagi hadisni Oisha raziyallohu anhodan eshitgan ekanlar: «Bir kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, «Men o‘zimni o‘zim kuydirdim!» - dedi. Janob Rasululloh: «Ne qilding?» -dedilar. Boyagi kishi: «Men Ramazonda kunduzi xotinimga yaqinlik qilib qo‘ydim», -dedi. Shu payt, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir katta zambilda xurmo keltirib qolishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Boyagi o‘zini o‘zi kuydirgan kishi qani?» - deb so‘radilar. «Men shu yerdaman»,-dedi u. Janob Rasululloh: «Qilgan gunohingni yuvmok; uchun (kafforat uchun) mana shul xurmoni odamlarga ehson qilg‘il!» - dedilar».
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:32:42 AM | Message # 100 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| 29-bob. Ramazon kuklari kunduzi xotinga yaqinlik qilib qo‘ysa-yu, buning kafforati uchun beradirgan hech narsasi bo‘lmasa....
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘tirgan erdik. Shu payt, bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, men halok bo‘ldim!» - dedi. Janob Rasululloh: «Senga ne bo‘ldi?» -dedilar. Boyagi kishi: «Ro‘za holimda kunduz kuni o‘z xotinimga yaqinlik qilib qo‘ydim»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir qul ozod qilmoqqa qurbing yetg‘aydirmi?» - deb so‘radilar. O’: «Yo‘q, qurbim yetmag‘aydir»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ikki oy ketma-ket ro‘za tuta olurmisen?»-dedilar. U: «Yo‘q»,-dedi. Janob Rasululloh: «Bo‘lmasa, oltmish kishiga taom bera olurmisen?»-dedilar. U: «Yo‘q»,- dedi-da, jim qoldi. Shu asnoda Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir katta savatda to‘la xurmo keltirib qolishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Boyagi odam qani?» - deb so‘radilar. U: «Shu yerdaman»,- dedi. Janob Rasululloh: «Mana bu xurmoni olib, kambag‘allarga ehson qilg‘il»,- dedilar. U: «Yo Rasululloh, Ollohga qasam ichib ayturmenkim, Madinada mening xonadonimdan kambag‘alroq xonadon yo‘q»,- dedi. Janob Rasululloh tabassum qildilar, hatto muborak og‘izlaridagi tishlari ham ko‘rinib ketdi: «Undoq bo‘lsa, xurmoni olib borib, oilangga yedirg‘il»,- dedilar».
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:33:20 AM | Message # 101 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| 30-bob. Ramazon kuni xotiniga yaqinlik qilib qo‘ygan kishi, oilasi muhtoj bo‘lsa, beradigan kafforatini oilasiga yediradimi?
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam huzurlariga bir kishi kelib, Ramazonda o‘z ahliyasi birlan jinsiy aloqa qilib qo‘yganini aytdi. Janob Rasululloh: «Qilgan gunohing evaziga qul ozod qilmoqqa qodirmisen?»-deb so‘radilar. U kishi: «Yo‘q»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ikki oy ketma-ket ro‘za tutmoqqa qodirmisen?» - deb so‘radilar. U yana: «Yo‘q»,-deb javob berdi. Janob so‘radilar: «Oltmish kishiga taom bermoqqa qodirmisen?» U kishi: «Yo‘q»,- dedi. Shu payt, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir savat xurmo hadya qilindi. Janob: «Bu xurmoni o‘z nomingdan muhtojlarga yedirg‘il!» -dedilar. U kishi: «Yo Rasululloh, Madina shahrida mening oilamdan ham muhtojroq oila bormi?» - dedi. «Undoq bo‘lsa, buni o‘z oilangga yedirg‘il!» - dedilar Rasululloh».
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:33:46 AM | Message # 102 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| 31-bob. Ro‘zadorning qon oldirishi va qayt qilishi haqida
Abu Hurayra: «Agar ro‘zador qayt qilsa, ro‘zasi ochilmaydir, chunki bu holda ovqat ro‘zadorning oshqozonidan chiqadir, unga kirmaydir»,- deydilar. Abu Hurayraning boshqa bir rivoyatlarida «Ro‘zador qayt qilsa, ro‘zasi ochiladir», deb aytilgan, lekin avvalgisi to‘g‘ri. Ibn Abbos va Ikrima: «Ro‘za qoringa kirgan narsadan ochiladir, chiqqan narsadan ermas»,- deydilar. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu ro‘za bo‘la turib, kunduzi qon oldirar erdilar, so‘ng kechasi oldiradirgan bo‘ldilar. Abu Muso ham kechasi qon oldirardilar. Sa’d, Zayd ibn Arqom va Ummu Salamalar ro‘za bo‘la turib, kunduzi qon oldirishgani haqida rivoyat qilingan. Bukayr Ummu Alqama: «Oisha raziyallohu anho huzurlarida ro‘za holimizda qon oldirar erdik, lekin ul kishi bizni bundan qaytarmas erdilar»,- deydilar. Hasan Basriy va boshqalar: «Kishi ro‘za holda qon oldirsa, qon olganning ham, oldirganning ham ro‘zasi ochilg‘aydir», - deb rivoyat qilishadi.
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:34:06 AM | Message # 103 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ehromda bo‘lgan chog‘larida va ro‘za tutgan paytlarida qon oldirganlar»,- deb rivoyat qiladirlar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ro‘za hollarida qon oldirar erdilar»,- deydilar.
Sobitulbunoniy Anas raziyallohu anhudan: «Ro‘zadorning qon oldirishini yoqtirmas erdingizlarmi?» - deb so‘radilar. U kishi: «Ha, qon oldirgandan so‘ng, madori qurib qolishini yoqtirmas erdik»,- deb aytdilar.
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:34:29 AM | Message # 104 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| 32-bob. Safarda ro‘za tutmoq va tutmaslik haqida
Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Janob Rasululloh bir kishiga: «Iftor qilmog‘im uchun ulovdan tushib, sutni suvga (yokim talqonni suvga) aralashtirib berg‘il!»-deb buyurdilar, Ul kishi: «Quyoshning nurlari hali so‘ngani yo‘q-ku?!»-dedi. Janob Rasululloh ikkinchi marta buyurdilar. Boyagi kishi yana: «Quyoshning nurlari hali so‘ngani yo‘q-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh uchinchi marta buyurganlaridan keyin, u ulovdan tushib, sutni suvga aralashtirib berdi. Janob Rasululloh o‘shandan ichib, og‘iz ochdilar. So‘ng, muborak qo‘llari birlan kun botar tomonga ishora qilib, «Agar qorong‘ulik mashriq tomondan tusha boshlasa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar».
|
| |
|
|
| OSIYO | Date: Dushanba, 11/08/01, 6:34:52 AM | Message # 105 |
 Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status: 
| Oisha raziyallohu anho: «Hamza ibn Amrulaslamiy: «Yo Rasululloh, men har doim, har kuni ro‘za tutg‘ayman»,- deb aytdi»,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hamza ibn Amrulaslamiy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan «Safarda bo‘lganimda ham ro‘za tutaverayinmi?» -deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Xohlasang tutg‘il, xohlamasang, tutmag‘il!» - dedilar».
|
| |
|
|