A resized and cropped image
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Ro'za haqida hadislar
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 5:45:14 AM | Message # 61
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Oisha raziyallohu anho aytadirlar: «Johiliya davrida (ya’ni, islomdan avval) Quraysh qavmi Muharramning o‘ninchi kuni ro‘za tutar erdi. So‘ng (ya’ni, islom dini barpo bo‘lgandan so‘ng), Janob Rasululloh Ramazonda ro‘za tutmoqni buyurib: «Xohlagan kishi Muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutsin, xohlamagan kishi tutmasin»,- dedilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 5:45:49 AM | Message # 62
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
2-bob. Ramazon oyi ro‘zasining fazilati haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: «Ro‘za (tutmoqlik) do‘zax o‘tidan asrovchi vositadir! Binobarin, ro‘za tutgan kishi haqorat so‘zlarini tilga olmasin, so‘zlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin! Agar biror kishi ro‘zador birlan urishsa yokim uni haqorat qilsa, ro‘zador ikki bor: «Men ro‘zamen», desin! Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan kelgan bo‘y, Olloh nazdida mushk-anbar bo‘yidan ham xushbo‘yroqdir, chunkim Olloh taolo: «Ro‘zador meni deb yeb-ichmas va meni deb ro‘za tutar, binobarin uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen va har bir yaxshilig‘i evaziga mendan o‘n barobar mukofot olg‘usidir»,- deydir».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 5:46:17 AM | Message # 63
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
3-bob. Ro‘za tutmoqlik gunohlar uchun kafforat (gunohlarni yuvguvchi
vosita) bo‘lishi haqida

Abu Voil raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar raziyallohu anhu: «Kim Nabiy sallallohu alayhi va sallamning fitna to‘g‘risida aytgan hadislaridan birortasini eslay olur?»-deb so‘radilar. «Men shunday hadisni eshitganman, -dedilar Huzayfa, - Janob Rasululloh: «Kishining oilasiga, molu dunyosiga berilib hamda qo‘shnisiga tenglashg‘ayman deb, bandachilik qilib, yo‘l qo‘ygan xatolarini uning o‘qigan namozi, tutgan ro‘zasi va qilgan sadaqasi yuvgaydir, ya’ni kafforat bo‘lg‘aydir»,- deganlar». Hazrat Umar: «Men bunday fitna to‘g‘risida so‘rayotganim yo‘q, men dengiz to‘lqinlaridek mavjlanib keladirgan eng katta fitnalar to‘g‘risida so‘ramakdamen»,- dedilar. «Unday fitna sizning davringizda chiqmag‘aydir, chunkim uning eshigi, ya’ni, chiqadirgan joyi qulflangandir»,-dedilar Huzayfa (Ul kishi «eshik» deganda Hazrat Umarning o‘zlarini nazarda tutdilar, chunkim Hazrat Umar davlatda fitnaga yo‘l qo‘ymovchi shaxs - xalifa erdilar). «Mazkur eshik fitnaga ochib berilg‘aydirmi yoki sindirilg‘aydirmi?»-deb so‘radilar Hazrat Umar. Huzayfa: «Sindirilg‘aydir»,- dedilar. Hazrat Umar: «Fitnani to‘sib qololmagan eshik sindirmoqqa loyiqdir, chunkim ochilsa, uni qiyomatgacha berkitib bo‘lmas»,- dedilar. Biz Masruqqa: «Huzayfadan so‘rag‘il-chi, Hazrat Umar o‘sha fitna eshigini bilg‘aydirlarmi?»-deb aytdik. «Bilg‘aydirlar! Tundan keyin tong kelmog‘ini aniq bilganlaridyok, buni ham aniq bilg‘aydirlar»,-deb javob berdilar Huzayfa».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:17:38 AM | Message # 64
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
4-bob. Ro‘za tutuvchilarning jannatga Rayyon nomli maxsus eshik orqali kirishlari xususida

Sahl raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir,- deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam,- bul eshikdan ro‘zani kanda qilmay tutganlargina kirg‘aydirlar, xolos. Qiyomat kuni «Ro‘zadorlar qani!» deb nido qiling‘aydir. Shunda, ular o‘rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishg‘aydir. So‘ng, eshik yopilg‘aydir. Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmas».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:18:03 AM | Message # 65
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Olloh yo‘lida nimaiki bo‘lsa ham, bir juftdan (ikki dinor, ikki dirham, ikki ko‘ylak, ikki do‘ppi) ehson qilsa, jannat eshiklaridan «Ey Ollohning bandasi, bu qilgan ishing xayrlik ishdir!» deb ichkariga da’vat qilyng‘aydir. Kimki namozxonlardan bo‘lsa, namozxonlar kiradirgan eshikdan, kimki jihod qilganlardan bo‘lsa, jihod qilganlar kiradirgan eshikdan, kimki ro‘za tutgan bo‘lsa, Rayyon nomli eshikdan, kimki ehson qilganlardan bo‘lsa, ehson qilganlar kiradirgan eshikdan chaqirilg‘aydir»,- dedilar. Abu Bakr raziyallohu anhu so‘radilar: «Otam-onam fidoyingiz bo‘lsin, yo Rasululloh! Bir eshikdan kiradirgan bo‘lganimdan keyin, hamma eshikdan chaqirilmog‘imning ne hojati bordir? Hamma eshiklardan chaqirilg‘aymi?». Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha»,- deb javob berdilar, so‘ng: «,Men sizni hamma eshikdan chaqiriladigan bandalardan bo‘lmog‘ingizni istag‘aydirmen!» - dedilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:18:27 AM | Message # 66
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
5-bob. Ramazonmi yo Ramazon oyimi? «Unday desa ham bo‘ladir, bunday desa ham bo‘ladir»,- degan kishi haqida

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ramazon ro‘zasini Ramazon oyi kelmasdan burun tutmangiz!» - deb aytganlar.

AbuHurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon oyi kirsa, jannatning eshiklari ochilg‘aydir»,- deb aytganlar»,-deydilar.
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:18:50 AM | Message # 67
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon kirsa, osmon eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari berkitilg‘aydir hamda shaytonlar kishanlang‘aydir»,- deganlar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:19:12 AM | Message # 68
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ramazonda osmonda oyni ko‘rganingizdan keyingina ro‘za tutmoqni boshlangiz, Shavvol oyi kirgach, ro‘za tutmoqni bas qilingiz. Agar oyni bulut to‘sib qo‘ygan bo‘lsa-yu, siz uni ko‘ra olmasangiz, unda Sha’bon oyining o‘ttiz kunini to‘la o‘tkazib, so‘ng ro‘za tutingizlar!» - deganlarini eshitganman»,- deydilar.
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:19:35 AM | Message # 69
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
6-bob. Kimki Ramazon ro‘zasini iymon-e’tiqod bilan, qanoat va ishonch
bilan, yaxshi niyat qilib tutsa...

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yaxshilik qilishda hammadan ham saxiyroq erdilar. Xususan, Ramazon oyida, Jabroil alayhissalom birlan uchrashganlarida, yana ham saxovatlari oshib ketg‘ay erdi, chunki Janob Rasululloh to Ramazon tugaguncha, kechalari Jabroil alayhissalom birlan uchrashib, Qur’onni o‘qib berar va o‘zlarini imtihon qildirar erdilar. Hamisha ul Janob, Jabroil alayhissalom ila uchrashsalar, yaxshilik qilishga bo‘lgan saxovatlari kuchli shamoldan ham tezlashib ketar erdi».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:20:03 AM | Message # 70
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
7-bob. Kimki ro‘zada yolg‘onchiligini qo‘ymasa va Olloh qaytargan narsalardan qaytmasa...

Kimki yolg‘on so‘zlamoqni tark etmasa va Olloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro‘za tutib, yemay-ichmay qo‘ygani birlan ro‘zasi qabul bo‘lmag‘aydir. Olloh unga rahmat nazarini tashlamag‘aydir.
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:20:25 AM | Message # 71
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
8-bob. Ro‘za tutgan kishini haqorat qilishsa «Men ro‘zadorman», deb aytadirmi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Olloh taolo: «Bandalarimning odamlar ko‘zi tushgulik barcha qiladirgan ishlari (namoz o‘qimoqlari, xayr-ehson qilmoqlari, zakot bermoqlari) o‘zlari uchundir, tutadirgan ro‘zalari ersa, men uchundir (Xudo uchun bo‘lmaganda erdi, yashirincha yeb-ichib olmoq mumkin erdi, chunkim uni hech kim ko‘rmag‘aydir), binobarin, uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen»,- deydir. Ro‘za do‘zax o‘tidan saqlovchi vositadir, agar sizlardan birortangiz ro‘zador bo‘lsangiz, gunoh bo‘ladirgan so‘zlarni so‘zlamangiz, birov birlan janjallashmangiz, agar birov haqorat qilsa yokim urishsa, men ro‘zadormen, deb aytingiz. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan keladirgan bo‘y Ollohning nazdida mushkdan ham xushbo‘yroqdir! Ro‘zador ikki bor xursand bo‘lur, biri - og‘iz ochganda (ya’ni, iftor qilganda), ikkinchisi - ro‘za tutib, yorug‘ yuz birlan Ollohga yo‘liqqanda!»
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:20:47 AM | Message # 72
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
9-bob. Zino qilmoqdan qo‘rqqan kishining ro‘za tutmoqligi haqida

Alqama rivoyat qiladirlar: «Men Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu birlan birga ketayotgan erdim. Shunda Abdulloh: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bo‘lganimizda, ul Janob: «Kimki uylanmoqqa qodir bo‘lsa, uylansin, chunkim uylanmoq kishi ko‘zini nomahram ayollarga qaramoqdan, uni noshar’iy jinsiy aloqa qilmoqdan saqlag‘aydir. Agarda kimki uylanmoqqa qodir bo‘lmasa, ro‘za tutsin, chunkim ro‘za ro‘zadorning shahvatini (ayolga bo‘lgan rag‘batini) kesguvchidir!» - dedilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:21:09 AM | Message # 73
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
10-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Ramazon oyida yangi oy
chiqqach (ko‘ringach), ro‘za tutingiz, Shavvol oyida yangi oy chiqqach, ro‘za
tutishni bas qilingiz!» deganlari haqida

Sila raziyallohu anhu: «Kimki shak kuni ro‘za tutsa, Abu-l-Qosim (Janob Rasulullohni shunday deb ham atashar erdi) sallallohu alayhi va sallam oldilarida osiy bo‘libdir!» - deganlar.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon haqida bunday deganlar: «Ramazon oyida yangi oy chiqqanini ko‘rmaguningizcha, ro‘za tutmangiz, Shavvol oyida ham yangi oy chiqqanini ko‘rmaguningizcha, ro‘za tutmoqni to‘xtatmangiz. Agar bulut oyni to‘sib turgan bo‘lsa, Sha’bon va Ramazon oylarini to‘liq o‘ttiz kun, deb hisoblangiz».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:21:30 AM | Message # 74
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deydirlar: «Sha’bon oyi yigirma to‘qqiz kun, lekin Ramazonda yangi oy chiqmaguncha ro‘za tutmangiz, agar bulut oyni to‘sgan bo‘lsa, Sha’bon oyini o‘ttiz kun qilib to‘ldirib, keyin ro‘za tutishni boshlangiz».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:21:52 AM | Message # 75
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tepamizda turgan oy», deb ko‘rsatdilar-da, mana bunday, mana bunday qilib, ikki muborak qo‘llarining barmoqlarini yozib, ikki bor ishora qildilar, bu ersa yigirma sonini bildirg‘aydir. Keyin, boshmoldoqlarini tik qilib, ikkinchi qo‘llarining kafti birlan uni olib tashlagandek harakat qildilar, bu ersa, to‘qqizni bildirg‘aydir, jami yigirma to‘qqiz bo‘lur».
 
Search: