A resized and cropped image
Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Ro'za haqida hadislar
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:35:14 AM | Message # 106
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
33-bob. Agar kishi Ramazonda bir necha kun ro‘za tutib, so‘ng safarga
chiqsa...

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonda Makkaga safar qildilar. Shunda, Kadid degan joyga kelguncha ro‘za tutdilar, undan so‘ng ro‘za tutmadilar. Buni ko‘rgan odamlar ham ro‘za tutmay qo‘yishdi».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:35:36 AM | Message # 107
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
34-bob.

Abuddardo’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Odamlar qo‘llarini boshlariga soyabon qiladirgan darajada havo isib ketadigan paytlarda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarga chiqar erdik. Bunday safarlarda Janob Rasululloh va Ibn Ruvohadan boshqa hech kim ro‘za tutmas erdi».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:35:58 AM | Message # 108
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
35-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Jazirama issiqda safarga chiqqan odamning ro‘za tutmog‘i yaxshi ermas» deganlari haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safar chog‘ida bir to‘da kishilarning kimnidir Quyoshdan pana qilmoqqa urinishayotganini ko‘rib: «Ne qilmoqdasizlar?» - dedilar. Shunda, ular boyagi kishining ro‘zador ekanligini aytishdi. Janob Rasululloh: «Safarda ro‘za tutmoq yaxshi ermas»,- dedilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:36:18 AM | Message # 109
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
36-bob. Nabiy sallallohu alayqi va sallamning sahobalari bir-birlariga ro‘za xususida ta’na qilishmas erdi

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Ayrimlarimiz ro‘za tutgan va ayrimlarimiz ro‘za tutmagan erdik. Shunda, ro‘za tutmagan kishiga «Nega tutmag‘aysan?», deb yoki tutgan kishiga «Nega safarda ro‘za tutg‘aysan?», deb ta’na qilmas erdik».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:36:39 AM | Message # 110
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
37-bob. Safarda ro‘za tutgan kishining «Odamlar mendan ibrat olsin»,
deb oshkora og‘iz ochganligi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyida Makkaga qarab safarga chiqdilar. Asfon degan yerga yetguncha necha kun ketgan bo‘lsa, shuncha kun ro‘za tutdilar. O’sha yerga yetgandan so‘ng, Janob Rasulo‘lloh suv keltirmakni buyurdilar. Suv keltirishgach, odamlar ko‘rsin, deb ataylab baland ko‘tarib ichdilar. Keyin, Makkaga yetguncha ro‘za tutmadilar. Bu voqea Ramazonda bo‘lgandi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda ko‘pincha ro‘za tutardilar va ba’zan tutmay ham yurardilar. Shuning uchun bu galgi safarimizda xohlagan ro‘za tutdi, xohlamagan tutmadi».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:37:01 AM | Message # 111
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
38-bob.

Ibn Umar va Salama ibn al-Akva’: «Olloh taoloning «Ro‘za tutmoqqa qurbi yetadirgan kishilar ro‘za tutmasalar, bir kunlik ro‘za evaziga bir miskin to‘yadirgan taom bersinlar!» degan oyatini uning keyingi - «Kimki Ramazon oyi kelgach, ro‘za tutmoqqa qodir bo‘lsa, ro‘za tutsin... », degan oyati bekor qilgan»,- deyishadi. Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sahobalari - Abu Laylo bunday deydilar: «Ramazon oyida ro‘za tutmoq haqidagi oyat nozil bo‘lganda biz ro‘za tutmoqqa juda qiynaldik, shunda ro‘za tutmoqqa qodir bo‘lmaganlarga bir kunlik ro‘za o‘rniga bir miskin to‘yadirgan miqdorda fidya (to‘lov) bermakka ruxsat etildi. Keyinchalik ersa, «Ro‘za tutganingiz taom berganingizdan afzalroqdir!» degan oyat nozil bo‘lib, avvalgi oyatni bekor qildi va bizga ro‘za tutmoq buyurildi».

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu: «Ro‘za tutmaganlar har kungi ro‘zasi uchun bir miskin to‘yadirgan taom bersin!» degan oyatni o‘qib, « Bu oyat bekor qilingan»,- dedilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:37:23 AM | Message # 112
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
39-bob.

Ibn Abbos: «Agar kishi bir necha kun ro‘za tuta olmagan bo‘lsa, Ramazon oyidan so‘ng tutsa ham bo‘lur, uzluksiz bo‘lmog‘i shart ermas. Chunki Olloh taolo: «Tuta olmagan ro‘zalaringizni boshqa kunlarda tutib berg‘aydirsizlar, degan»,-deydilar. Sa’id ibn Musayyab: «Ro‘zaning qazosi Zulhijja oyining o‘ninchi kunigacha tutilgani yaxshiroq, chunki kelgusi Ramazon oyigacha tutilmay qolib ketsa, yaxshi ermas»,- deydilar. Ibrohim: «Kishi Ramazon oyida beparvo bo‘lib, ro‘za tutmasa, keyingi Ramazon oyi kelganda har ikkalasini bir qilib tutishi kerak bo‘ladi, qazo bo‘lgan ro‘za uchun fidya bermoq yaxshi ermas»,- deydilar. Abu Hurayra va Ibn Abbos: «Ramazon oyi kelganda kimki ro‘za tutolmay qolsa, qazo bo‘lgan ro‘zasi evaziga bir miskin (kambag‘al, bechora) to‘ygudek taom bermog‘i kerak»,- deganlar. Imom Buxoriy ersa: «Olloh taolo qazo qilingan ro‘zalar o‘rniga taom bermoqni ermas; balkim ro‘za tutib bermoqni amr qilgan»,- deydilar.
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:37:45 AM | Message # 113
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Ramazonda tuta olmagan ro‘zalarimning qazosini to Sha’bon oyi kelmaguncha tuta olmas erdim»,-dedilar. Chunkim, Janob Rasululloh ham Sha’bon oyida ro‘za tutar erkanlar. Yahyo: «Ul kishining Sha’bon oyigacha ro‘za tuta olmasliklariga sabab Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan mashg‘ul erkanliklaridadir»,- deydilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:38:08 AM | Message # 114
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
40-bob. Hayz ko‘rgan ayolning ro‘za va namozni tark qilmog‘i haqida

Abuzzanod rivoyat qiladirlar: «Payg‘ambarning sunnatlari va shar’iy ishlari ko‘pincha kishi fikriga xilof bo‘lur, binobarin musulmon kishi biror shariat hukmini o‘z fikriga, aqliga xilof, deb bilsa, albatta shariat ko‘rsatgan yo‘lga ergashmog‘i shartdir. Shunday ishlardan bittasi hayz ko‘rgan ayolning ro‘za qazosini tutib, namoz qazosini o‘qimasligidir».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:38:33 AM | Message # 115
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Hayz ko‘rgan xotinlarning namoz o‘qimasligi va ro‘za tutmasligi ular e’tiqodidagi nuqs ermasmu?» - deganlar (ya’ni, ayollar Olloh taologa ibodat qilmoq xususida erkaklarga nisbatan ayrim nuqsonlarga egadir)».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:38:57 AM | Message # 116
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
41-bob. Vafot qilgan kishi zimmasida qolgan ro‘zaning hukmi

Hasan Basriy: «Vafot qilgan kishi zimmasida o‘ttiz kun ro‘za qolgan bo‘lsa, o‘ttiz kishi bir kundan tutib bersa bo‘lg‘aydir»,- deganlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki vafot qilsa, uning zimmasida qolgan ro‘zalarini (ya’ni, tuta olmagan ro‘zalarini) vafot qilgan kishining yaqinlari tutib berg‘aydirlar»,-deganlar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi'Nabiy*sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, onam, zimmalarida bir oylik ro‘za bo‘lgan hollarida vafot qildilar, o‘sha zimmalaridagi ro‘zani men ado qilsam bo‘lurmi?» - deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ha,- bo‘lg‘aydir. Chunki Ollohning qarzini ado etmoq boshqa qarzlarni ado k;ilmoqdan ham zarurroqdir! »- dedilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:39:19 AM | Message # 117
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
42-bob. Ro‘zador qaysi vaqtda ogaz ochsa, yaxshi bo‘ladir? Abu Sa’id quyosh gardyshi ko‘rinmay qolgaida ogiz ochar erdilar

Umar ibn Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar qorong‘ulik mashriqdan kela boshlasa, yorug‘lik ersa mag‘ribdan keta boshlasa va quyosh botsa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar».

Ibn Abu Avfo rivoyat qiladirlar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga safarda erdik, ul kishi ro‘za erdilar. Kun botgandan so‘ng, bir kishiga og‘iz ochmoq uchun sut birlan suvni aralashtirmoqni buyurdilar. U kishi ersa: Og‘iz ochmoqqa hali ertaroq zrmasmikin?» - dedi, Janob Rasululloh buyruqlarini uch bor takrorlaganlaridan so‘ng, u kishi ichimlik suvi tayyorladi. Nabiy sallallohu alayhi a sallam suv ichib: «Agar qorong‘ulik mashriqdan kelayotgan bo‘lsa, ro‘zadorning ro‘zasi ochilgan bo‘lur»,- dedilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:39:41 AM | Message # 118
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
43-bob. Ro‘zadorning o‘zida mavjud bo‘lgan suv yoki boshqa narsalar bilan
og‘iz ochishi mumkinligi haqida

Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yurgan erdik. Ul kishi ro‘za erdilar. Kun brtgandan so‘ng, «Ey Bilol, ulovdan tushib, bizga og‘iz ochmoq uchun sut birlan suvni aralashtirib berg‘il!»- dedilar. Bilol: «Yo Rasululloh, og‘iz ochmoqni bir oz kechiktirsangiz bo‘larmi erdi?»-dedilar. Janob Rasululloh yana: «Suv tayyorlag‘il!» - dedilar. U kishi yana: «Hali yorug‘-ku!»- dedilar. Janob Rasululloh yana: «Suv tayyorlag‘il!» - dedilar. Shundan so‘ng, Bilol suv tayyorlab berdilar. Shunda, Janob Rasululloh: «Agar qorong‘ulik mana bu tomondan (qo‘llari birlan mashriq tomonga ishora qildilar) kelsa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:40:07 AM | Message # 119
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
44-bob, Kun botishi bilanoq iftor qilmoq haqida

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ro‘zadorlar quyosh botishi birlan bir paytda og‘iz ochsalar, doimo yaxshilik ko‘rg‘aydirlar»,— deganlar».

Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik, Janob Rasululloh kechgacha ro‘za tutdilar. So‘ng, bir kishiga: «Og‘iz ochmoqqa narsa (suv) tayyorlag‘il!» - dedilar. U kishi: «Yana bir oz kech kirishini kutsak yaxshi bo‘larmidi?»-dedi. Janob Rasululloh: «Agar tunning mashriq tomondan kelayotganini ko‘rsang, bo‘ldi, ro‘zador bo‘lsang, og‘iz ochaverg‘il!»-dedilar».
 
OSIYODate: Dushanba, 11/08/01, 6:40:32 AM | Message # 120
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 7146
Status:
45-bob. Agar Ramazonda og‘iz ochilgandan so‘ng quyosh ko‘rinib qolsa...

Asmo binti Abu Bakr: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam davrlarida havo bulut kuni og‘iz ochdik, biroq og‘iz ochilgandan so‘ng Quyosh chiqib qoldi»,- dedilar. Mazkur hadis roviylaridan biri - Hishomdan: «O’sha kungi ro‘zaning qazosini tutmoqni buyurdilarmi?» - deb so‘rashganda, ul kishi: «Ro‘zaning qazosini albatta tutmoq lozim»,- deb javob qildilar. Ma’mar ersa: «Hishom o‘shanda ro‘za qazosini tutishganmi, yo‘qmi, bilmadim, deb aytgan erdi»,- deydilar.
 
Search: