Forum moderator: DURDON, SAKINA  
Ro'za haqida hadislar
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Ro'za - sabrning yarmidir (Termiziy rivoyati),
Sabr - iymonning yarmi. (Abu Na'im va Bag'dodiy rivoyati).
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Jonim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, ro'zador og'zining hidi Alloh nazdida mushk hididan hushbo'yroqdir. Alloh azza va jalla aytadi: "Shaxvatingni, taomingni, sharobingni Mening uchun tark et. Ro'za Men uchun va uning mukofotini O'zim beraman".
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Jannatning bir eshigi bor. U Rayyon deyiladi. Undan faqat ro'zadorlar kiradilar. Ro'zaning mukofoti uchun ularga Alloh taolo bilan uchrashuv va'da qilingan.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Ro'zadorga ikki xursandchilik bordir: og'zi ochish paytidagi xursandchilik; rabbisiga yo'liqqan paytdagi xursandchilik.
Imom Buxoriy, Muslim va Nasaiy rivoyatlari
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohi alayhi va sallam aytdilar: Alloh taolo dedi: “Odam farzandining qilgan har bir amali o‘zi uchun. Ro‘za esa Men uchun va uning mukofotini O‘zim beraman».
Imom Ahmad, Imom Muslim va Imom Nasoiy rivoyatlari.
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytadilar: “Ramazon ro‘zasini tutgan va uning hududlarini bilgan hamda saqlanish kerak bo‘lgan narsalardan saqlangan odam(ning bu ibodatlari) o‘tgan gunohlariga kafforat bo‘ladi”.
Imom Ahmad va Imom Bayhaqiy rivoyatlari
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Abu Hurayra roziyallouu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Uchta duo rad qilinmas: ro‘zadorning og‘zini ochish paytidagi duosi.. .», dedilar».
Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyatlari
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
[size=14]“Paygambarimizdan (sollallohu alayhi va sallam) so’radilar:
- Ey Allohning Rasuli, qanday sadaqa afzalroqdir?
U zot (sollallohu alayhi va sallam):
- Sadaqaning afzali Ramazon oyida berilganidir, dedilar”[/siz
e]
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Bir kishi Nabiyning huzurlariga kelib: "Meni jannatga olib kiradigan amalga buyuring", dedi. Nabiy alayhissalom: "Ro`za tut, chunki uning tengi yo`qdir", dedilar. Haligi kishi yana savolini qaytardi. Rasululloh tag`in: "Ro`za tut!" deb javob berdilar.
(Imom Ahmad, Imom Nasoiy rivoyatlari)
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:
"Kimda-kim ro‘zadorga iftor qilib bersa, ro‘zadorning savobidan zarracha kamaytirilmagan holda ro‘zador ega bo‘lgan savobga ega bo‘ladi"
(Imom Termiziy rivoyati).
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yana shunday marhamat qilganlar:
"Jannatda tashqarisidan ichkarisini va ichkarisidan tashqarisini ko‘rish mumkin bo‘lgan uylar bor. Alloh taolo bu uylarni miskinlarga taom yediruvchilar, muloyim gapiruvchilar, uzluksiz (davomli) ro‘za tuguvchilar va kechasi boshqalar uxlayotgan vaqtda namoz o‘quvchilar uchun tayyorlab qo‘ygan"
(Imom Ahmad rivoyati)
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
«Odamlar iftorni ertaroq qilar ekanlar, mudom yaxshilik ustida bo‘ladilar»
(Muttafaqun alayh)
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Anas (r.a.) aytadilar:
«Payg‘ambar alayhissalom suv bilan bo‘lsa ham, og‘iz ochmagunlaricha shom namozini o‘qimas edilar»
(Termiziy rivoyati).
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Ramazonda ro‘za tutmoqning farz ekanligi haqida

Bu xususda Olloh taolo bunday deydir: «Ey mo‘minlar! Sizlardan avval o‘tgan bandalarga farz qilingani yanglig‘, sizlarga ham ro‘za tutmoq farz qiling‘aydir. Shoyadki, sizlar taqvo qilsangizlar!»

Talha ibn Ubaydulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir badaviy sochlari to‘zigan holda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib dedi: «Yo Rasululloh! Menga xabar beringiz, Olloh menga qaysi namozlarni farz qilgan?» Janob Rasululloh: «Bir kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilgan, biroq bunga qo‘shimcha tarzda xohlaganingcha nafl (ixtyyoriy namoz) o‘qimog‘ing mumkin».- deb javob berdilar. Badaviy: «Xabar beringiz, Olloh menga qaysi ro‘zani farz qilgan?»- deb so‘radi. «Ramazon oyining ro‘zasini tutmoqni, biroq bunga qo‘shimcha tarzda bir oz nafl ro‘za tutmog‘ing mumkin»,- dedilar Janob Rasululloh. U yana so‘radi: «Xabar beringiz, Olloh menga nimalar uchun zakot bermoqni farz qilgan?» Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga islomda zakot biriladirgan mollar qaysilar va ular qaysi miqdorga yetganda qanchadan va kimlarga berilishi haqida xabar berdilar. Badaviy: «Sizni mukarram qilgan xudo haqqi-hurmati, qasam ichib ayturmenkim, Olloh menga farz qilgan amali solihlarni ko‘paytirmasman ham, kamaytirmasman ham»,- dedi. «Agar bul kishi qavlida mustahkam bo‘lsa, najot topg‘usidir (yokim «jannatga kirgaydir» ,— dedilar shekilli)» ,— dedilar Janob Rasululloh».
OSIYO foydalanuvchisining avatari
Peshqadam
Guruh: Ishonchli
Xabarlar: 7162
Holati:
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutar erdilar va boshqalarni ham shul kuni ro‘za tutmoqqa buyurar erdilar. Ramazon oyining ro‘zasi farz qilingandan so‘ng, Muharram oyida tutadirgan ro‘zani tark etdilar».

Abdulloh ibn Umarning o‘zlari ham Ramazonda ro‘za tutmoq farz qilingandan keyin Muharram oyida ro‘za tutmoqni tark etdilar. Ammo, nafl ro‘za Muharramning o‘shgachi kuniga to‘g‘ri kelsa, tutar erdilar.
Search: