RAMAZON SIRLARI
|
|
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:43 | Сообщение # 1 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
|
Ro'za - sabrning yarmidir Sabr - iymonning yarmi.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:44 | Сообщение # 2 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| RAMAZON SIRLARI :aku_salam:BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM... Shaytonning hiylasi va makrini qaytarish, uning orzusini rad etish, gumonida noumid qilish bilan bandalariga nematini ulkan qilib bergan Alloh taologa hamd bolsin! Zero, Alloh taolo rozani dostlariga qorgon va tosiq qildi. Va ularga jannat eshiklarini ochdi. Va ularga shaytonning qalblarga vasilasi - ergashiluvchi shahvatlar ekanini, albatta uni sugurib tashlashgina nafsni xotirjam qilishini bildirdi. Ummatning rahnamosi va sunnatning yoyuvchisi Muhammad alayhissalomga, nurli fikr va ustun aql egalari bolgan oilasiga hamda ashobiga kop salovot va salomlar bolsin! Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir. Hazrati Umar ibn Hattob r.a. Ammo bad, albatta roza Rasulullohning (s.a.v.) «Roza - sabrning yarmi» (Termiziy rivoyati) va «Sabr - iymonning yarmi» (Abu Naiym va Bagdodiy rivoyati), degan sozlari taqozosi ila iymonning choragidir. Song u - boshqa arkonlar ichida Alloh taologa nisbat berilish xususiyati bilan farqlidir. Zero, Alloh taolo paygambari (s.a.v.) tili bilan aytgan hadisi qudsiyda shunday deydi: «Har bir yaxshilik ondan yetti yuzgacha barobar boladi. Illo, roza bundan istisno. Chunki u Men uchundir va mukofotini ham Uzim beraman» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati). Darhaqiqat, Alloh taolo aytadi: «Hech shak-shubha yoqki, sabr-tokat kilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz tola-tokis qilib berilur» (Zumar surasi, 10-oyat). Roza sabrning yarmidir. Uning savobi chamalash va hisob qonuniyatlaridan otib ketgan. Uning fazilatini bilishga Rasulullohning (s.a.v.) ushbu sozlari yetarlidir: «Jonim qolida bolgan Zotga qasamki, rozador ogzining hidi Alloh nazdida mushk hididan xushboyroqdir. Alloh azza va jalla aytadi: «Shahvatingni, taomingni va sharobingni Mening uchun tark et. Roza Men uchun va uning mukofotini Ozim beraman» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Paygambar (s.a.v.) aytadilar: «Jannatning bir eshigi bor. U Rayyon, deyiladi. Undan faqat rozadorlar kiradilar. Rozasining mukofoti uchun ularga Alloh taolo bilan uchrashuv vada qilingan» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Paygambar (s.a.v.) aytadilar: «Rozadorga ikki xursandchilik bordir: ogizni ochish paytidagi xursandchilik; Rabbisiga yoliqqan vaqtdagi xursandchilik» (Imom Buxoriy, Muslim va Nasaiy rivoyatlari). Yana Paygambar (s.a.v.) aytadilar: «Har bir narsaning eshigi bordir. Ibodatning eshigi rozadir» (Ibn Muborak rivoyati). Yana Paygambar (s.a.v.) aytadilar: «Rozadorning uyqusi ham ibodatdir» (Bayhaqiy, Daylamiy va Ibn Najjor rivoyatlari, zaif). Abu Hurayraning (r.a.) rivoyat etishlaricha, Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar: «Agar ramazon oyi kirsa, jannat eshiklari ochiladi. Dozax eshiklari yopiladi. Shaytonlar kishanlanadi. Va munodiy nido qiladi: «Ey yaxshilik talabidagi, kelgin! Ey yomonlik istovchi, toxtagin!» (Termiziy, Hokim rivoyatlari, «...Va munodiy...»gacha «Sahihayn»da xam mavjud.) Alloh taoloning: «(Jannat ahliga) «Otgan kunlarda qilib otgan (ezgu) amallaringiz sababli (ushbu noznematlarni) pok bilib yeb-ichaveringlar (deyilur)» (Al-haqqa surasi, 24-oyat) sozi haqida gapira turib, «otgan kunlar» - yeyish-ichishni tark qilgan roza kunlaridir, dedilar. Darhaqiqat, Rasululloh (s.a.v.) dunyoda zohidlik qilish va roza ortasini faxrlanish darajasida barobar jamladilar. Aytdilar: «Alloh taolo farishtalariga yosh obid bilan faxrlanib deydi: «Ey shahvatini Mening sababimdan tark etuvchi, yoshligini Mening uchun sarf etuvchi yigit, sen Mening huzurimda bazi farishtalarimdeksan!» (IbnAdiy zaif sanad bilan rivoyat qilgan.) Rozador xususida ham dedilar: «Alloh azza va jalla aytada: «Ey farishtalarim, bandamga qaranglar! Shahvatini, lazzatini, taomini va sharobini Mening rizoim uchun tark etajak.» (Ibn Sunniy rivoyati).
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:46 | Сообщение # 3 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir. Hazrati Umar ibn Hattob r.a. Alloh taoloning: «Bas, ularning qilib otgan amallariga mukofot qilib, ular uchun berkitib qoyilgan kozlar quvonchini (yani, oxirat nematlarini) biron jon bilmas» (Sajda surasi, 17-oyat) sozi togrisida bu insonlarning amallari roza edi, deyiladi. Chunki Alloh taolo: «Hech shak-shubha yokki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz tola-tokis qilib berilur» (Zumar surasi, 10-oyat), deydi. Demak, rozadorga mukofoti keng va ulgurjisiga beriladiki, u xayol va chamalash qonuniyatlariga boysunmaydi. Aslida shunday bolishi ham kerak edi. Chunki roza Uning uchundir. Unga nisbat berish bilan sharaflangandir, garchi barcha ibodatlar Uning uchun bolsa ham. Bu - Baytning va hamma yerning sharafi Uziga nisbat berilishi bilan sharaflangani kabidir. Bu darajadagi sharaf ikki mano sababidir. Birinchisi - albatta roza tiyilish va tark qilishdir. U oziga xos sirdir, unda korinadigan amal yoqdir. Barcha toat-amallar xalqning guvohligi va koz ongida boladi. Rozani esa faqat Alloh azza va jallagina koradi. Chunki u faqat sabr bilan boladigan botindagi amaldir. Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir. Hazrati Umar ibn Hattob r.a. Ikkiichisi - Alloh azza va jallaning dushmaniga qarshi kuch ishlatishdir. Chunki shayton laanahullohning vasila-vositasi shahvatlardir. Shahvatlar esa yeyish va ichish bilan quvvatlanadi. Shuning uchun ham Rasululloh (s.a.v.): «Albatta shayton odam bolasining qon yollarida yuradi. Uning yollarini ochlik bilan toraytiring», deganlar. («Uning yollarini ochlik bilan toraytiring»dan oldingi jumla Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Shuning uchun ham Rasululloh (s.a.v.) Oishaga (r.a.): «Jannat eshigini qoqishda davom et», deganlar. U zot: «Nima bilan?» deya soraganlarida: «Ochlik bilan», deya javob qilganlar» («Avoriful-Maorif» kitobida keltirilgan). Ochlikning fazilati esa «Taomga hirs va uning muolajasi» kitobida keladi. Demak, alal-xusus roza shaytonni kaltaklash, maslakini tosish va yolini toraytirish ekan, Alloh azza va jallaga nisbat berib xoslanishlikka haqlidir. Allohning dushmanini kaltaklash Alloh subhanahuga nusrat berishdir. Alloh taoloning bandaga beradigan nusrati bandaning Unga beradigan nusratiga bogliqdir. Alloh taolo aytadi: «Ey mominlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar, U Zot ham sizlarga yordam berur», (Muhammad surasi, 7-oyat). Bandadan jiddiyat bilan boshlash bolsa, Alloh azza va jalladan hidoyat bilan mukofotlashdir.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:47 | Сообщение # 4 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Shuning uchun ham Alloh taolo aytadi: «Bizning (yolimizda) jihod qilgan - kurashgan zotlarni albatta Oz yollarimizga hidoyat qilurmiz» (Ankabut surasi, 69-oyat). Yana Alloh taolo aytadi: ularning ahvolini ozgartirmas» (Rad surasi, 11-oyat). Ularning buzilishlari shahvatlarni kopaytirishdandir. Shahvatlar esa shaytonning yaylov va otloqzoridir. Modomiki, u serhosil bolar ekan, insonlarning ikkilanishlari toxtamaydi. Modomiki, ikkilanar ekan, bandaga Alloh subhanahuning jaloli kashf bolmaydi va Unga yoliqishdan bebahra qoladi. Paygambar (s.a.v.) aytadilar: «Agar shaytonlar bani bashar qalblarini aylanmaganida edi, ular koinot mamlakatini korgan bolardilar» (Axmad rivoyati). Mana shu sababdan roza ibodat eshigi va tosiq boladi. Uning fazilati shu darajada ulug ekan, demak, uning zohiriy va botiniy shartlarini arkon, sunnatlarini zikr qilish bilan bayon etishimiz lozim boladi. Buni esa uchta faslda bayon qilamiz. Biriichi fasl-vojiblar, zohir sunnatlar va fasod etishni lozim qiladigan ishlar togrisidadir. Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir. Hazrati Umar ibn Hattob r.a. Zohir vojiblar oltitadir: birinchisi - ramazon oyining avvalini kuzatish. Bu hilolni korish bilan boladi. Agar kun bulutli bolsa, shabon oyi ottiz kun mukammal qilinadi. Korishdan ilm nazarda tutilyapti. Bu esa bitta odil kishining sozi bilan hosil boladi (mazhabimizga kora, agar kun bulutli bolmasa, hilolni kopchilik korgan bolishi shart qilinadi, bulutli bolganda bir odil kishiniki kifoya). Shavvol oyining hiloli esa ibodatda ehtiyotan olingani uchun faqat ikki odil kishining(hanafiy mazhabi boyicha, kopchilikning) sozi bilan isbot boladi. Kim bir odildan eshitsa, uning soziga ishonsa va uning rostligi fikrida golib kelsa, garchi qozi hukm qilmagan bolsa ham, roza tutishi lozim boladi. Har bir banda ibodatida fikriga qarab ish tutsin. Agar hilol bir shaharda korinib, boshqasida korinmasa, agar ortalaridagi masofa ikki marhaladan (ikki manzil ortasidagi masofa) kam bolsa, roza tutish hammalariga vojib boladi. Agar masofa bundan kop bolsa, har bir shahar oz hukmiga ega, vojib bolishi unga otmaydi (hanafiy mazhabimizga kora, hilol qaerda korinishining etibori yoqdir, agar hilol mashriqda korinsa, magribdagi musulmonlarga ham roza tutish lozim boladi)
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:48 | Сообщение # 5 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir. Hazrati Umar ibn Hattob r.a. Ikkinchi - niyat, har bir kecha uchun tunda kilingan, muayyan va katiy niyat bolishi kerak. Agar ramazon oyi rozasini bir dafada niyat qilsa, kifoya etmaydi. Biz «har bir kecha uchun», degan sozimizda shuni nazarda tutganmiz. Agar kunduzi niyat qilsa, ramazon oyi rozasi ham, boshqa farz roza ham joiz bolmaydi. Faqat nafl roza mumkin. «Tunda qilingan», deyishimizdan murod shu. Agar mutlaq rozani yoki mutlaq farz rozani niyat qilsa, to Alloh azza va jallaning farzi - ramazon rozasini niyat qilmagunicha joiz bolmaydi (hanafiy mazhabimizda mutlaq niyat, nafl niyati va boshqa vojib niyati bilan ham ramazon oyi bolgani sababli ramazon oyi rozasi durust bolaveradi). Agar shak kechasi ertaga roza tutmoqlikni niyat qilsa, agar u ramazon (oyi)dan bolsa, joiz bolmaydi (mazhabimizda nafl rozaga niyat qilsa boladi, ammo ramazon oyi rozasiga yoki boshqa vojib rozaga niyat qilish makruh). Chunki u qatiy niyat emas, illo, niyati odil guvohning soziga tayangan bolsa, bu roza ramazon (oyi)dan hisoblanadi. Odil guvohning xato ehtimoli yoki yolgoni qatiyatni botil qilmaydi. Yoki ramazon oyi kechasida shak bolgani kabi bir holatni ehtimol qilishga tayansa, bu ham qatiy niyatni man etmaydi. Yoxud turmadagi mahbusga oxshash ijtihodga tayansa, gumoniga ijtihod bilan ramazon oyi kirgani golib kelsa, uning shak etishi ham niyatdan toxtatolmaydi. Shak kechasi qanday shak qilsa ham, til bilan niyatni qatiy etishi foyda bermaydi. Chunki niyatning orni qalbdir. Bunda shak bilan qasdni jazm etishi tasavvur qilinmaydi. Bu hol xuddi ramazon oyi ortasida: «Agar ramazon (oyi)dan bolsa, ertaga roza tutaman», deb aytganga oxshaydi. Kim kechasi niyat qilib, song (roza boshlanguncha) yesa, niyati buzilmaydi. Agar ayol hayzligida niyat qilib, bomdoddan oldin pok bolsa, niyati durustdir. Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir. Hazrati Umar ibn Hattob r.a. Uchinchi - roza esida bolgani holda tomoqka biror narsa ataylab yetishidan ozni toxtatmoklik. Roza yeyish, ichish, burunga dori tomizish va huqna (teri ostiga dori yuborish) bilan buziladi. Shohtomirdan va umuman qon oldirish, surma qoiish va quloqqa hamda peshob yoliga mil nayza kirgizish bilan fosid bolmaydi. Magar qovuqqa yetadigan darajada tomchilasa, roza buziladi. Beixtiyor yetadigan chang-tozonlar yoki pashsha tomoqqa otsa yoki mazmaza (tomoq chayqagan)dagi suv tomoqqa otsa, roza ochilmaydi. Illo, mazmazada mubolaga etsa, ogiz ochiladi, chunki u beparvo boldi. Tarifdagi «ataylab», degan sozimizdan murod shudir. Ammo «roza esida bolgani holda», deyish bilan unutuvchi bunday emasligidan ogoh etishni iroda etdik. Chunki bu holda roza ochilmaydi. Ammo kunduzining ikki tomonida (yani, bomdoddan oldin va shomdan keyin) ataylab yesa, song chuqur organish bilan kunduzi yegani malum bolsa, unga qazo qilish lozim boladi. Agar gumoni hukmi va ijtihodi boyicha qolsa, unga qazo yoqdir. Kunduzning ikki tomonida faqatgina mulohaza va ijtihod bilan yesa boladi.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:49 | Сообщение # 6 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Tortinchi - jimodan tiyilish. Uning chegarasi hashafaning (jinsiy olatning boshi) kirishidir. Agar esda yoq holda jimo qilsa, ogiz ochilmaydi. Agar tunda jimo qilsa yoki ehtilom (tushda bulganish) bolsa va junub holda tong ottirsa, roza ochilmaydi. Ahli bilan munosabatda ekan, tong otib qolsa va darhol jimodan toxtasa, rozasi sahihdir. Agar toxtamasa, u buziladi va kafforat lozim boladi. Beshinchi - istimno (onanizm)dan ozini tiyish. U - jimoda yoki jimosiz qasddan maniyni chiqarishdir. Chunki bu rozani ochadi. Modomiki, maniy inzol bolmas ekan, zavjasini opishi yoki u bilan yotishi rozani buzmaydi. Lekin bu qari yoki oziga ishongan kishidan boshqalarga makruhdir. Opishning zarari yoq, tark qilish afzaldir. Agar opsa, inzol bolishidan xavotirlansa va opganda maniy kelsa, etiborsizligi uchun rozasi ochiladi. Oltiichi-qusqi chiqarishdan saqlanish. Ataylab qusish rozani buzadi. Agar qusqi ozi golib kelsa, rozasi buzilmaydi. Agar balgamni tomogidan yoki kokragidan yutib yuborsa, baloi om bolgani uchun roza ochilmaydi. Ammo agar u ogizdan yutilsa, bu holda roza buziladi.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:49 | Сообщение # 7 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Endi ogiz ochgandan keyin lozim boladigan ishlarga kelsak, ular torttadir: qazo, kafforat, fidya va rozadorlarga ozini oxshatib kunning qolgan qismida roza tutish. Qazo - rozani uzrli yoki uzrsiz tark etgan har bir musulmonga vojibi omdir. Hayzli ayol rozani qazo qiladi. Shuningdek, murtad ham (yani, qayta musulmon bolsa, murtad holida otkazib yuborgan rozalarini tutib beradi). Ammo kofir, sabiy va jinniga qazo yoqdir. Ramazon rozasini qazo qilganda ketma-ketlik shart etilmaydi. Xohlaganicha bolib yoki qoshib tutaveradi. Kafforat - bu faqat jimo bilan vojib boladi. Ammo istimno, yeyish, ichish va jimodan boshqa narsalarda kafforat vojib emas (mazhabimizda ataylab yegan va ichganga ham vojib). Kafforat - qul ozod qilishdir. Agar bu qiyin bolsa, ikki oy ketma-ket roza tutadi. Agar bunga ham ojiz bolsa, bir muddan (900 gramm (2 ratl)ga teng olchov birligi) oltmish miskinni ovqatlantiradi.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:50 | Сообщение # 8 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Kunning qolgan qismida roza tutish - bu ogiz ochish bilan gunohkor bolgan yoki rozada kamchilikki yol qoygan kishiga vojib boladi. Hayzli ayol pok bolsa va yoki musofir ikki marhalalik safardan roza tutmagan holda kelsa, bu vojib bolmaydi. Shak kunida odil kishi hilolni korganiga shohidlik bersa, roza tutish vojibdir. Safarda roza tutish tutmaslikdan afzaldir. Magar toqat qilolmasa, bundan istisno. Safarga chiqadigan kunining boshida muqim bolsa va yana keladigan kuni rozador kelsa, ogzini ochmaydi. Fidya - homilador va emizikli ayollar agar bolalariga xavotirlanib rozalarini ochishsa, vojib boladi. Fidya har bir kun uchun bir miskinga bir mud bugdoy berishdir. Yana qazo ham qilinadi. Keksaygan kishi roza tutmasa, har bir kun uchun bir muddan sadaqa qiladi, xolos, qazo tutmaydi.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:51 | Сообщение # 9 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Ammo rozaning sunnatlari oltidir: saharlikni kechiktirish; ogiz ochishni namozdan oldin xurmo yoki suv bilan shoshilinch bajarish; zavoldan keyin misvok ishlatishni toxtatish; zakotda otgan fazilatlari sababli ramazon oyida saxovatli bolish; Quronni birgalikda organish; masjidda etikof otirish, xususan, oxirgi on kunlikda. Bu Rasululloh (s.a.v.)ning odatlaridir. «Oxirgi on kunlik kirganda toshakni yigardilar, belni mahkamlab, ozlari va ahllari birgalikda gayratga kirishardi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatla-ri). Yani, mashaqqatda sabot bilan davom etishardi. Chunki mana shu kunlarda laylatul-qadr mavjuddir. Golib fikrga kora, laylatul-qadr oxirgi on kunlikdadir. Bundan birinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchisi ekanligi koproq aytilgan.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:54 | Сообщение # 10 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Etikofda surunkalilik alodir. Surunkali, ketma-ket etikofni nazr qilsa yoki niyat etsa, agar masjiddan chiqishi zaruratsiz bolsa, ketma-ketlilik uziladi. Kasal korish yoki guvohlik berish, janoza oqish yoki tahorat yangilash uchun chiqishga oxshash. Agar oz ehtiyojlarini qondirish uchun chiqsa, uzilmaydi. Uyda tahorat qilishi mumkin, lekin boshqa ishga chalgimasligi lozim. «Paygambar s.a.v. faqatgina inson hojati uchun chiqardilar» (shu yergacha Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). «Kasal holidan faqatgina otib borayotgan holda orardilar» (AbuDovud rivoyatlari). Ketma-ketlik jimo qilish bilan uziladi, opish bilan emas. Masjidda xushboy (narsa) surishi, nikoh kelishu-vini tuzishi, yeyish, uxlash va qolini idishga yuvishining zarari yoqdir. Bularning barchasiga ketma-ketlikda ehtiyoj bordir. Badanining ayrim qismi masjiddan chiqishi bilan ketma-ketlik buzilmaydi. «Paygambar (s.a.v.) boshlarini hujrada bolgan Oisha (r.a.)ga yaqinlashtirardilar, ular esa tarab qoyardilar» (Nasaiy, Buxoriy va Termiziy rivoyatlari). Etikofda otiruvchi qachon ehtiyojini qondirish uchun chiqsa, qaytganida niyatini qaytadan qilmogi lozim boladi. Bundan faqat on kunni niyat qilgan bolsa, istisnodir. Bu holda ham niyatni yangilash afzaldir.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:54 | Сообщение # 11 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Ikkinchi fasl rozaning sirlari va botiniy shartlari haqidadir. Bilgilki, roza uch darajadir: ommaning rozasi, xosning rozasi, xosning xosi rozasi. Ommaning rozasi - oldin tafsiloti otganidek, qorin va farjning shahvatini qondirishdan tiyishdir. Xosning rozasi esa - quloq, koz, til, qol, oyoq va boshqa azolarni gunohlardan tiyishdir. Xosning xosi rozasi bolsa, ozni tuban tashvishlar va dunyoviy fikrlardan roza tuttirish, Alloh azza va jalladan boshqadan batamom tosishdir. Bu rozada ogiz ochilishi Alloh azza va jalla, oxirat kunidan boshqani fikr qilish va din iroda qilingan dunyodan boshqa dunyoni oylash bilan hosil boladi. Din oylangan dunyo ham oxirat ozigidir, dunyodan emas. Hatto qalb arboblaridan biri shunday degan: «Kimning kunduz tasarrufidagi himmati iftorini oylab harakatga kelsa, unga bir gunoh yoziladi». Chunki bu Alloh azza va jallaning fazliga ishonchi kamligidan, Uning vada qilgan rizqiga iymoni kamligidandir. Bu - paygambarlar, siddiqlar va muqarrab zotlar darajasidir. Uning tafsiliga nazar qilishda sozni uzaytirilmaydi. Lekin taqiqiga amal kopaytiriladi. Chunki bu Alloh azza va jallaga himmat haqiqati bilan yuz burish va Alloh subhanahudan boshqadan yuz ogirishdir. Yana Alloh azza va jallaning: «Alloh, deb javob qiling. Songra ularni ozlari shongigan notogri yollarda adashgan xollarida tark eting» (Anom surasi, 91) oyati manosiga aralashishdir.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:55 | Сообщение # 12 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Ammo xoslarning rozasiga kelsak, bu solihlarning rozasidir. Bu roza azolarni gunohlardan tiyish bilan boladi va mukammal olti ishdir. Birinchi - kozni har bir mazammat qilingan va karih korilgan narsalarga qarashdagi bemalollikdan, yana Alloh azza va jalla zikridan chalgitadigan va qalbni mashgul etadigan har narsadan tiyishdir, yumishdir. Paygambar (s.a.v.) aytganlar: «(Begona ayollarga) qarash Iblis laanahullohning nayzalaridan zaharli bir nayzadir. Kim buni Alloh azza va jalladan qorqib tark etsa, Alloh unga iymon berib qoyadiki, uning halovatini qalbida topadi» (Hokim rivoyat qilib, isnodini saxix, degan). Jobir Anasdan, u kishi esa Rasulullohning (s.a.v.) shunday deganlarini rivoyat qilganlar: «Besh narsa rozadorning rozasini ochib yuboradi: yolgon, giybat, chaqimchilik, yolgon qasam va shahvat bilan qarash» (Al-Azdiy «Az-Zuafo»da rivoyat qilgan).
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:56 | Сообщение # 13 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Ikkinchi - tilni nomaqul sozlardan, yolgon, giybat, chaqimchilik, fahsh, jafo, xusumat va tortishuvdan saqlamoq, sukutni lozim tutmoq. Uni Alloh subhanahuning zikri bilan, Quron tilovati bilan mashgul qilmoq. Bu - til rozasidir. Sufyon aytadilar: «Giybat rozani buzadi». Buni Bishr ibn Horis rivoyat qilganlar. Lays esa Mujohiddan shunday rivoyat etadilar: «Ikki xislat rozani buzadi: giybat va yolgon». Paygambar (s.a.v.) aytganlar: «Albatta roza tosiqdir. Agar biringiz roza bolsa, yolgon soz gapirmasin, johillik qilmasin. Agar biror kishi u bilan urishsa yoki sokishsa, men rozadorman, men rozadorman, desin» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Xabarda shunday kelgan: «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida ikki ayol roza tutdilar. Kun oxirida ularni ochlik va chanqoqlik holdan toydirdi, hatto halok bolayozishdi. Shunda Rasulullohga (s.a.v.) rozalarini ochishga izn sorab odam yuborishdi. Paygambar (s.a.v.) ularga bir idish yubordilar va: «Ularga aytgin, yegan narsalarini bunga qussinlar», dedilar. Idishning yarmiga ularning biri tiniq qon va yangi gosht qusdi. Boshqasi ham shunday qusib, idish toldi. Odamlar bundan taajjubga tushishdi. Shunda Paygambar (s.a.v.): «Bu ikkovisi Alloh halol qilgan narsadan roza tutishdi va Alloh ularga xarom qilgan narsadan roza ochishdi, odamlarni giybat qila boshlashdi. Bu - goshtlaridan yeganlaridir» (sanadda majhullik bilan Axmad rivoyat qilgan) Uchinchi - quloqni har bir yolgon narsani eshitishdan tiyishdir. Chunki sozlash xarom bolgan har narsani eshitish ham xaromdir. Shuning uchun ham Alloh azza va jalla eshituvchi bilan xaromxorlarni barobar qilib shunday dedi: «Ular yolgonga qulok, beruvchi xaromxor kimsalardir» (Moida surasi, 42-oyat). Yana Alloh taolo aytadi: «Olim va donishmandlari ularni gunoh sozlardan, xaromxorlikdan qaytarmaydilarmi?!» (Moida surasi, 63-oyat). Demak, giybatga sukut qilish ham xarom. Alloh taolo aytadi: «(Modomiki, ular bilan otirgan ekansizlar), demak, sizlar ham shak-shubhasiz ularning ozisiz» (Niso surasi, 140-oyat). Shuning uchun ham Ra-sululloh (s.a.v.): «Giybatchi va unga quloq tutuvchi gunohda sherikdirlar», deganlar (Tabaroniy zaif sanad bilan rivoyat qilgan).
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:57 | Сообщение # 14 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Tortinchi - qol va oyoq kabi qolgan azolarni gunoh-makruh ishlardan tiyish, qorinni esa iftor paytida shubhali narsalardan saqlash. Halol ta-omdan ozni tiyish kerak bolgan rozada xaromga iftor qilishda mano yoqdir. Bunday rozadorning misoli qasr quraman, deb shaharni buzgan kishiga oxshaydi. Chunki halol taomning navi emas, kopligi zarar beradi. Roza esa uni kamaytiradi. Zararidan qorqib, dorini kopaytirishni xohlamagan kishi agar zahar tanovul qilishga otsa, bu - tentaklikdir. Xarom - dinni halok qiluvchi zahardir. Halol esa ozi foyda berib, kopi zarar qiladigan davo bolib, rozaning maqsadi uni kamaytirishdir. Paygambar (s.a.v.): «Qancha rozador borki, rozasidan unga faqatgina ochlik va chanqoqlik qoladi», dedilar (Nasaiy va Ibn Moja rivoyatpari). Aytishlaricha, u - xaromga iftor qiladigan kishidir. Boshqa bir fikrga kora, u - halol taomdan tiyilib, giybat tufayli odamlarning goshtiga iftor qiladigan kishidir. Yana boshqa fikrga kora, u - azolarini gunohlardan muhofaza qilmaydigan kishidir.
|
|
| |
OSIYO | Дата: Shanba, 30-Iyul-2011, 19:57 | Сообщение # 15 |
 Peshqadam
Группа: Ishonchli
Сообщений: 7142
Статус: 
| Beshinchi - iftor vaqtida qorni toladigan darajada halol taomga toymaslik. Alloh azza va jallaga halol taomga tolgan qorindan kora yomon idish yoqdir. Rozador kunduz kuni kechgan narsasini iftor paytida topadigan bolsa, rozadan qanday qilib Ushohning dushmaniga kuch ishlatish va shahvatni sindirishda istifoda etadi? Kopincha bu oyda turli-tuman taom ziyoda qilinadi, hatto ramazon oyi chun hamma taomlardan gamlanish odat bolib qolgan. Unda bir necha oyda yeyilmaydigan ovqatlar yeyilyapti. Malumki, rozaning maqsadi taqvoga nafsni quvvatlantirish uchun ochlik va kibr-havoni sindirishdir. Kun avvalidan xuftongacha bolgan vaqt uchun medaga (taom) tiqilsa, hatto shahvati qozgab, ragbati kuchaysa, song lazzatli taomlardan yeb rosa toysa, lazzati ziyoda boladi, quvvati kopayadi va odatdagidek qoldirilganda tinch yotadigan shahvatlari kozgaladi. Rozaning ruhi va siri yomonlikka qaytarishdagi shaytonning vositalari bolgan quvvatni zaiflashtirishdir. Bu esa faqatgina ozuqani samaytirish bilan hosil boladi. Bu kamayish roza tutmagan har kechadagi yegan ozuqasini tanovul etloq miqdoridadir. Ammo tongda yeganini kechasi yeganiga qoshsa, rozasidan naf olmaydi. Kunduzi uyquni kopaytirmasligi odobdandirki, to ochlik va chanqoqlikni sezsin, quvvati zaifligini his qilsin. Mana shunda qalbi musaffo boladi, har kechada zaiflikdan bir miqdor qoshilib, hatto unga tahajjud namozi va kundalik virdlari osonlashadi. Shoyad, shunda shayton qalbini egallamay, koinot mamlakatiga boqa olar! Laylatul-qadr esa ana shu mamlakatdan bir narsa inki-shof etadigan kechadan iboratdir.
«Albatta Biz uni kadr kechasida nozil kildik» (Qadr surasi, 1) oyatidagi Alloh taoloning sozidan murod shudir. Kim qalbi va kokragi orta-sida taomdan iborat boshliq qoldirsa, bu odam ushbu inkishoflardan tosilgandir. Va kim medasini boshatsa, modomiki himmatini Alloh azza va jalladan ozgasidan xoli qilmas ekan, bu hol hijobni kotarishga kifoya qilmaydi. Bu esa ishning xotimasidir, bular barchasining boshlanishi esa taomni kamaytirishdir. Bundan ziyoda bayon «Taomlar kitobi»da keladi, inshaalloh.
|
|
| |