Hayrulla Hamidov she`rlari
|
|
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:12 | Message # 1 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| O’LIMNING VASFI Shoxlar o‘z taxtidan tushganin ko‘rdik, Harobaga do‘nmish bog‘lar ham so‘lim. Oxiri barchamiz xulosa qildik: "Eng katta mav’iza aslida o‘lim!" U ustun bo‘larkan, yengilmas ekan, Istagan paytida buyurar tashrif. Faqat o‘lib ketgan insonlargina Unga aytolurlar xolis bir ta’rif. Bu ta’rif shundayki, unda yo‘q aldov, U birovga kelmas ikki bukilib. O’lim dunyodagi eng noqulay yov, U urush ochmagay vaqt e’lon qilib. Qur’onda ta’rifi kelganidek, u Faqat oldimizdan qarshi chiqarkan. Dunyoning yuz karra chempionin ham Oddiy bir zarb bilan yerga yiqarkan. O’limni o‘ldirib bo‘lmas yoronlar, U bizga tegishli bo‘lmagan olam. Indamay bosh egmish sohibqironlar, Biz bilmas tezlikda o‘lim kelgan dam. O’lim kelganida qolmay bittamiz, Hammasi yo‘q bo‘ldi g‘animatlarning. O’lim sharbatini totmog‘ligimiz Haqiqatrog‘idir haqiqatlarning. O’lim bir kularkan, bir yig‘lar ekan, Mo‘min huzurida ko‘zida kulgu. Baqirtirib jonni sug‘urganida Kofir yuzlaridan sapchiydi qayg‘u... Odam Ato tushgan davrdan buyon O’lim savdosiga izn berilgan. Qanday mavqelarda yashamasinlar, Barchasi qabrga bir-bir terilgan. Alloh elchilari o‘ldilar, shuning O’zi yetarli bir hikmatdir bizga. Kuniga qabrga kirayotganlar Eng katta ma’ruza, ibratdir bizga. Agar biz o‘limdan ibrat ololsak, Boshqa bir da’vatning bo‘lmas keragi. O’limdan nasihat olmaganidan To‘xtasa yaxshidir inson yuragi...
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:15 | Message # 2 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| QIYOMAT Qiyomat yaqinlab qolgani ayon, Ayollar erlarning libosin kiymish, Avrat-u, xayoning ko‘chasin toptab Xatto mayin bo‘lib so‘zlamay qo‘ymish. Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan Kunlar boshimizda turibdi qarang. Atrofning yalong‘och turgan holiga Ko‘taramiz xatto boshimiz arang. Tuyaning o‘rkachin tasvirlab go‘yo Jannatning hididan voz kechgan ayol Nahot umri bo‘yi vaqt topib bir tun O’ziga bir bora bermagan savol: "Xoy, men kim o‘zi, jinsim ne erur, Yarasharmi menga shu yovuz xilqat? Ayollik libosin bir chetga otib Asl go‘zallikdan ayrildim faqat, Bolamning nigohi menga yovqarash, Erimning ko‘nglida yo‘qolgan xohish. Men qancha urinmay, aslimdan shuncha Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush... Ovozim erkakcha, yurishim g‘alat, Shimning o‘rtasida yig‘laydi hayo. Ajabo, shunchalar xorlik bo‘lurmi, Tubanlik bo‘lurmi, do‘stlar, ajabo???" Ayolning ko‘nglida insofi bo‘lsa, Ushbu savollarni berardi bir tun, Hech qursa o‘zidan qochib boryotgan O’g‘illari uchun, qizlari uchun... Afsus, ushbu holga faqat ayolmas, Balki erlarning ham ayblari mavjud. Rashk o‘tin o‘chirgach zino-yu faxsh-la, Dayuslik kasbiga ko‘rar taraddud. Nardadan boshini ko‘tara olmay, Ayollarga turmush yuklagan qopin Odamdan yaxshilik ko‘rmoqchilarga Ayturmiz olimlar qilgan xitobin: "Ular o‘zlarini erkak desalar, Dunyoda eng katta bo‘lurlar kazzob, Chunki nikoh kuni bergan ahdiga Qilmishlar hiyonat, berolmay javob. Ularda mag‘rurlik asli yo‘q xislat, Ularni iymon ham aylamish xalos. Ularning egnidan joy olgan ko‘ylak Faqatgina tashqi ko‘rinish, xolos. Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo‘ldi, Yaxshilar ko‘ngildan yig‘lab o‘tmishlar Ayolin ko‘chaga qo‘yganlar bugun Ertaga bolaga ko‘krak tutmishlar, Hali bu ketishda vazifalar ham O’zgararmi ayol, er nasli uchun, Go‘yoki quyoshning tunda chiqishi, Oyning otishi-la ochiladi kun... Yo‘q, do‘stlar, iymon bor, ishonch bor ekan, Bunga yo‘l qo‘yilmas hech qachon, hech vaqt. Har kim o‘z fitrati, o‘z tabiati Amriga binoan yashamoqlik - baxt". Hadisdan oddiy bir xulosam shulki, Ko‘r qilar bu ko‘zni qamashtirganlar Aslida qiyomat kunin tezlatar Ana o‘shanday jins almashtirganlar.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:19 | Message # 3 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| ENG KATTA MUSIBAT... Bu dunyoda iymon bilan nurga cho‘mgan bir ummat bor, Ul ummatning yo‘li kengdir, Barchasida ming rahmat bor, Hayotida hotirjamlik, O’limida ming hikmat bor, Rozi bo‘lar taqdiriga Tutar ikki enlik xat bor: Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Kimdir o‘lar, kimdir nafas olmoq ekan, anglab yetdik. O’zni mangu da’vo qila, Go‘ristonni manzil etdik. Oling, mana, dunyongizni, Habibulloh birla ketdik, Endi bizga na go‘zallik, Va na sokin halovat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Holatingiz ko‘rdik, mahzun, Asliyatga tezroq qayting, Ajal o‘qi aniq erur, Unga boqmang, kulib "Hay" deng, Dunyo ostin-ustin bo‘lib ketmaydimi, endi ayting, Yelkamizdan qolib ketgan O’lim tutar omonat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Otangiz ham, onangiz ham, Bir kun sizni tashlab ketmish, Yuraklarni tilka-pora Aylabon, zor g‘ashlab ketmish, Ko‘zlaringiz balki namlab, So‘nggigacha yoshlab ketmish, Ajal kelsa, siz qochguvchi Qandayin bir imorat bor: Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Chakki tomgay, endi aslo yamab bo‘lmas bu uy tomin, Oinasi parchalanmish, O’rnatmoq na singan romin Qiyomatga qarab yo‘lin Tutib bo‘lgach soqov zamin, Ayting, to‘sib qolar qay kuch, Va qandayin tumonat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Barchamizning qalbimizda Dunyoga bir muhabbat bor, Muhabbatdan hosil bo‘lgan Razillik bor, qabohat bor, Oxirlamish so‘zim mening, Xitobimda nadomat bor, Ayo, ummat, bu dunyoga Nechun qattiq sadoqat bor, Zamin og‘ir nafas olar, Unda qanday halovat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:19 | Message # 4 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| QUSUR Biz go‘zal so‘zlardan she’r, g‘azal yig‘ib, Oqibat orttirgan og‘ir hastalik. Haqqa tavakkal deb inidan chiqqan Nahot bo‘lolmasmiz jajji qushchalik? Ko‘cha-ko‘yda tinmay nasihat aytib Donolar hikmatin tutib mo‘tabar, Eng og‘ir damlarda do‘stimiz yoki Onamiz holidan olmaymiz xabar. Otamiz keksaygan holida hamki Dalada yurganda ko‘tarib ketmon, Yonib ketay deydi bizning so‘zlardan Ajib ma’ruzamiz tinglagan inson. Bolamiz yurganda tentirab, sang‘ib O’zgalar farzandin koyigan mahal, Nahot bir insofli aytmas: "Ey do‘stim, Tarbiyangiz uydan boshlangiz avval!" Biz o‘zi g‘alatmiz: o‘zgalar dardi, O’zgalar tashvishi tuyular dahshat. Aslida har bir jon o‘zin o‘ylasa, Gullagan bo‘lardi bugun jamiyat. Agar avvalambor o‘zimizdagi Qusurlarni ko‘ra olsak, yoronlar, Yomonlar ortidan asli biz emas, Ergashib kelardi bizga yomonlar! QUSUR Biz go‘zal so‘zlardan she’r, g‘azal yig‘ib, Oqibat orttirgan og‘ir hastalik. Haqqa tavakkal deb inidan chiqqan Nahot bo‘lolmasmiz jajji qushchalik? Ko‘cha-ko‘yda tinmay nasihat aytib Donolar hikmatin tutib mo‘tabar, Eng og‘ir damlarda do‘stimiz yoki Onamiz holidan olmaymiz xabar. Otamiz keksaygan holida hamki Dalada yurganda ko‘tarib ketmon, Yonib ketay deydi bizning so‘zlardan Ajib ma’ruzamiz tinglagan inson. Bolamiz yurganda tentirab, sang‘ib O’zgalar farzandin koyigan mahal, Nahot bir insofli aytmas: "Ey do‘stim, Tarbiyangiz uydan boshlangiz avval!" Biz o‘zi g‘alatmiz: o‘zgalar dardi, O’zgalar tashvishi tuyular dahshat. Aslida har bir jon o‘zin o‘ylasa, Gullagan bo‘lardi bugun jamiyat. Agar avvalambor o‘zimizdagi Qusurlarni ko‘ra olsak, yoronlar, Yomonlar ortidan asli biz emas, Ergashib kelardi bizga yomonlar! [/b]
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:21 | Message # 5 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| QUTQARURMISIZ?! Bu kunga chidam yo‘q, yo‘q erur sabr, Tushimda qiynoq bor, o‘ngimda jabr. Yaqinlashmoqdadir tobora qabr, Meni bu fursatdan qutqarurmisiz?! Talay odamlarga yo‘liqdim, ular Katta va’dalar-la do‘stlarim bo‘lar, So‘ng tinmay pinxona g‘iybatim qilar, Meni bu kulfatdan qutqarurmisiz? Ahlimga boqaman, nigohi yomon Qalbidan sizilib chiqqanda gumon... Ahdlasha olmasak, bu qanday zamon, Meni bu ofatdan qutqarurmisiz? Jujuqlarim yig‘lar istabon saboq, Men ular oldiga qo‘ygum qo‘g‘irchoq... Shaytonning aytgani g‘olibdir bu chog‘, Meni bu da’vatdan qutqarurmisiz? Oxirat qayg‘usi yo‘qolib qolsa, Go‘zal sanamchalar ko‘nglimni olsa, Dunyoning ishlari ajabga solsa, Meni bu hayratdan qutqarurmisiz? Eng so‘nggi ishonchim qaygadir tashib, Iymon qochib ketsa tog‘lardan oshib, Uning ortidan zor ketsam ergashib, Meni bu g‘ayratdan qutqarurmisiz?! Hayot davomiga yetmasa ko‘zim, Tig‘dek botmasa gar aytilgan so‘zim Boshqara olmasam o‘zimni o‘zim Meni bu hasratdan qutqarurmisiz? ... Bu kunga chidam yo‘q, yo‘q erur sabr, Tushimda qiynoq bor, o‘ngimda jabr. Yaqinlashmoqdadir tobora qabr, Meni bu fursatdan qutqarurmisiz?!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:22 | Message # 6 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| ILM Kimdir ilm o‘xshar dedi shul quyoshga, G’arbdan chiqib Sharqqa botar qara, Quyosh. Ilm sharqdan bo‘y taratib qochdi g‘arbga, Ul ilmni ortga qaytar, ey vatandosh! Ilm ketdi mo‘minlarni zor yig‘latib, Ma’no qolmay, mavridi yo‘q xitoblarda. Farzlar qolib sunnatlarni taxlil etib, Abo Muslim jangi qoldi kitoblarda! Namozlarning rakatlari xususida Tortishuvlar paydo bo‘ldi necha-necha. Oxir borib madrasada o‘qiguvchi Ko‘rgan ilmi bo‘ldi o‘sha "ming bir kecha". Fasod to‘la to‘qilgan ne rivoyatlar Odamlarning e’tiqodin harob etmish. Ilmsiz xalq eshoni-yu, piri uchun Nazr qilib, shirk yo‘llarni tutib ketmish. Taraqqiyot, dunyo qolib, telbalarcha Darvesh holin o‘zlariga qilib kasb-kor. Mana shuni odamlarga islom debon Ko‘rsatganlar oramizda to hanuz bor. Tog‘-u toshlar bizning hayot, deganlarning Avlodlari qanday qilib ustun bo‘lsin?! Haqqiy islom bayrog‘ini qo‘lda tutgan G’arbliklarga omad kulmay, kimga kulsin?! Taraqqiyot deganini dorga osgan Olomonning kuni bir kun kelib bitmish, Axir, qara, o‘n yettinchi asr uzra Esgan shamol qaysi yurtni tashlab ketmish, O’zdan chiqar sadaqalar unut bo‘lib, Xo‘p berilgan o‘zga tutgan ikromlarga Yonidagi mushrik qolib, mo‘minlarning Mustahabi muhim bo‘lmish imomlarga. Na dunyoviy ishlarida bor ijobat, Na Allohdan nusrat kelar bu ummatga. Chunki uning asl holi faqatgina Ilm bilan yetar haqqiy kamolotga. G’arb dinidan yuz o‘girdi, rivojlandi, Chunki uning dini asli edi botil. Bugun sharqning holatiga eng aybdor O’z dinini tushunmagan omi johil. Mo‘min dini haqdir, Alloh kalomi haq, Usiz sharqning ahvoli xor, tuban erur. Taraqqiyot osmoniga bizni faqat Bizni tashlab ketgan ilm eltib berur. Shuning uchun farzandlarga ilm berib, Olimlarni chiqaraylik o‘lkamizdan. Shundagina insha Alloh katta yukni Tashlagaymiz gunoh bosgan yelkamizdan.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:23 | Message # 7 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| DERLAR Har nimani ayladim orzu, Lekin menga hamroh bir tuyg‘u, Yoshligimdan tinglaganim shu: Oltin olma, duo ol, derlar, Oltin qo‘ldan ketar-u, ammo Har kun senga hamrohdir duo Foydaliroq istasang savdo - Oltin olma, duo ol, derlar, Bir kun kelar Qiyomat qoim, Qutqaradi meni duoyim. Tajribadan o‘tganlar doim: Oltin olma, duo ol, derlar, Qo‘l ochganda bobom duoga: Iltijo aylaydi samoga: "Tatir senga ikki dunyoga Oltin olma, duo ol", derlar, Bilki, dunyo bizga qafasdir, "O’tda kuymas" degani asli Oltin uchun ta’rif emasdir Oltin olma, duo ol, derlar, Bil, ey bolam, qilma so‘ng attang, Ahvoling bir kun bo‘ladi tang Arsh ostida turmoq istasang, Oltin olma, duo ol, derlar.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:23 | Message # 8 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| KEChIR! Quyosh g‘arbga ketdi sho‘ng‘ib, Uxlolmadim, kechir rabbim! Siltadilar: "yig‘lagin", deb Yig‘lolmadim, kechir rabbim! Ko‘kka nolon nido qildim, Chok-chok bo‘lgan ko‘ksim tildim, O’zimni gunohkor bildim, Yig‘lolmadim, lekin Rabbim! Kimning ishi tushsa gar, bas, Yordamim tutdim har nafas, Yaxshilikdan boshim chiqmas, Yig‘lolmadim, lekin Rabbim! Ko‘zimda nur, yovuz kulgu, Qalbimda ishq to‘la tuyg‘u, Har kun boshim mehrobda-yu, Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Ishim mening sahovatdir, Bilmaganim - halovatdir, Bu qandayin musibatdir: Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Yomg‘irpo‘shdan topib panoh, Yomg‘irda ham qildim gunoh. Hush’u menga yot bo‘ldi, oh... Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Ko‘kka porlab chiqqach oftob, Senga nolon qildim xitob... Bir qatra yosh bo‘ldi kamyob, Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Istadim-u, qalbimda g‘am, Dod-voy soldi tog‘-u, tosh ham, Vale aylab ko‘zimni nam, Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Rabbim, sokin uxlat meni, Bag‘rim o‘yib tig‘lat meni Ne qilsang ham yig‘lat meni...
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:24 | Message # 9 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| MUNOJOT 1 Garov berib jonimni qattiq kuydim, Oxir chirkin dunyolardan ham to‘ydim, Ko‘z yoshima arzimas ekan dunyo... Parvardigor, sajdangdaman, bosh qo‘ydim, Rohatlanib Saning uchun yosh quydim... Odamlarin ko‘rdim insof qilmagan, Saning uyinga bir marta kelmagan, Hech bo‘lmasa Haq kalimang bilmagan... Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim, Rohatlanib Saning uchun yosh quydim... Bu shundayin huzur erur, xush xuzur, Hech kimsaga bu yo‘llarda yo‘q uzr, Qalbim bugun hotirjamlik istayur, Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim, Rohatlanib Saning uchun yosh quydim... Qochdim so‘ngi ko‘rinmas zulmatlardan Bezdim riyo aralash himmatlardan, Yuzim ochib qaro-qum chimmatlardan Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim, Rohatlanib Saning uchun yosh quydim... Ko‘zim ko‘rmas minglab boqar qoroko‘z, Atrofimda jaranglar ming jilo so‘z, Taxtdan tushdim, yuztubanlik menga do‘st, Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim, Rohatlanib Saning uchun yosh quydim... Baytingdaman, demak qalbi obodman, Boshqa yo‘lda aniqki xor, barbodman. Senga qulman, demak haqqiy Ozodman, Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim, Rohatlanib Saning uchun yosh quydim...
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:24 | Message # 10 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| 2... Allohim, O’zingga bosh eggan banda Boshqalar nazdida eng kuchli odam. Allohim, islom-la ulg‘aygan tanda Kibru-u riyo bo‘lmas zarra bo‘lsa ham. Allohim, Sen uchun boshin egmagan Har kim qarshisida yotganin ko‘rdik. Allohim, lahzalik rohatni debon Oqibat alamlar totganin ko‘rdik Allohim, Qur’onga bo‘ysungan inson Aziz-u mukarram yashadi, o‘ldi. Allohim, eng so‘nggi nafas bermish on Tug‘ilgan sof fitrat unga yor bo‘ldi. Allohim, kaloming bilmagan banda Oddiy sinovlarda yo‘lidan qaytmish. Allohim, unga ham o‘lim kelganda Otasin, bolasin ismini aytmish... Allohim, iloh yo‘q Sendan bo‘lak, deb O’tganning hayoti bo‘lmish mazmunli. Allohim, eng so‘nggi go‘zal tilak deb, Umrini o‘tkazmish g‘amli, mahzunli. Allohim, Seni bir, demayin o‘tgan O’ziga ilohlar yaratib olmish. Allohim, tog‘lar ham uchib yurgan on Ul bandang do‘zaxda abadiy qolmish. Allohim, bu ikki bandang hikmati Butun bir dunyoga o‘xshaydi bugun. Allohim, Senga qo‘l cho‘zilgan payti So‘rayman: hidoyat ber bizlar uchun.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:24 | Message # 11 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| 3... Allohim, sen Xoliqimsan, toqdirsan, Eng pokiza masdaringda ko‘ngil to‘q. Sendan o‘zga iloh yo‘qdir, ma’bud yo‘q Sen barcha aybu nuqsondan pokdirsan, Azal, oxir barchasidan Oliyim, To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im. Har qandayin kunim sendan, roziman, Bosh sajdada rixlat qilmoq - tilagim, Yo‘lingda qon bo‘yalsaydi ko‘ylagim, Eng chiroyli o‘lim sendan, roziman. Azal, oxir barchasidan Oliyim, To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im. Bergan ilming menga sharaf, menga shon, Amalimni shunga loyiq ko‘rsang, bas. Rahmating-la olmoqdaman ham nafas, Oxirimni ayla Rabbim, nurafshon. Azal, oxir barchasidan Oliyim, To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im. Gunohim ko‘p, garchi kamdir savobim, O’ng tomondan amal daftarim keltir, Tavhid ahli qatorida tiriltir, Aks holda ertan chiqar harobim Azal, oxir barchasidan Oliyim, To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im. Hech yo‘lim yo‘q Sensiz, erkin, mustaqil, Qullik istab sajdadaman, ey Alloh. Buyuk arshing soyasida ber panoh, Payg‘ambaring shafoatin nasib qil, Azal, oxir barchasidan Oliyim, To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im. Sirot uzra o‘tay omon, osuda, Yiqilmayin qoq manzilga yetganda, Rasululloh ila ichay deganda To‘siq qo‘yma Havzi Kavsar oldida Azal, oxir barchasidan Oliyim, To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im. Qayta turar soatimni oson qil, G’arib - miskin holatimni bilasan, Eng muqaddas niyatimni bilasan: Parvardigor, huzuringga mehmon qil Azal, oxir barchasidan Oliyim, To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:25 | Message # 12 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| 4... Allohim, bu dunyoni saodatga boshlagin, Hech tuganmas azobni halovatga boshlagin, Erta tongda O’zingga yig‘lab munojot aylay: Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin! Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin! Chingizdan qutulsak-da, ammo nedir yetmaydi... Osmon ko‘rinay dedi, qora bulut ketmaydi: Ahli solih bizlarni o‘ziga do‘st etmaydi?! Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin! Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin! Faqat mozorlar uchun joriy qildik Qur’onni, Qulatdik uzoq yo‘ldan kelgan diniy karvonni. Turli mahzun yo‘llarda boy bermasdan iymonni Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin! Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin! Yurtda kezmish dahriylar izlab ming-ming hamxona, Tog‘utlar ila qurib kufrga liq koshona. Endi Buxoriysi-yu, Navoiysi afsona... Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin! Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin! Bir paytlar bu millat titratgan edi Sharqni, Ko‘fasi-yu, Shomidan tortib Bog‘dod va Balxni... Bugun sendan O’zgaga topshirib bo‘lmas xalqni, Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin! Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin! O’zing ko‘r, Rabbim, bugun namozlardan yiroqmiz Dunyo qarshisida-chi, qulmiz, mute’, titroqmiz. Qodiriy aytganidek, birlashmagan tarqoqmiz, Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin! Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin! Kimdir Haqqa undasa, tinmay kulguvchi ham biz, Undan albat o‘zimiz ongli bilguvchi ham biz. So‘ng tinmasdan mo‘minlik da’vo qilguvchi ham biz Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin! Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin! Zanjirlar ovozidan seskanmagan xilqati Aro yo‘lda yig‘lagay ozgina sof fitrati... Buxoriy-yu, Termiziy, Zamaxshariy hurmati Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin! Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin! Har qanday yovni ko‘rdik, bizni toptar kim qoldi?! Toptay-toptay ne millat oxir kuchdan ham toldi. Endi boshqa najot yo‘q, bugun hamma tan oldi: Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin! Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:26 | Message # 13 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| 5... Gunohkor bandaning umidi Sendan, So‘nggi lahzada ham tavba qilgaydir. Dunyoning bor-butin musulmon banda Sening toatingga haqir bilgaydir. Odamlar o‘tdilar isyonkorona, Farosat sarhadin toptab va yanchib. Iymonning tubida hayxot pinxona Bir nur toatingga chiqdi-ku sapchib. Shirklar ummoniga g‘arq bu zamonda Muqaddam qo‘yildi Sening bir So‘zing. Fir’avnlar yashab o‘tgan makonda Bizni toatingga bog‘lading O’zing. Taqdiring xayrli bo‘ldi bizlarga, Jonni sadqa qilmoq soati keldi. Aqli bor insonlar har qanday paytda Sening kalomingni oliy deb bildi. Mayxonadan chiqar bemor qabila Chayqala-chayqala to‘kilar hayot... Sajdada jon bermoq orzusi ila Joynamoz yozmoqda yoshi ulug‘ zot. Mast-u, alast dunyo, mehri boylangan Zormanda xilqatning ichida tetik Gullarning hididan boshi aylangan Bolakay yo‘lingga tushganin ko‘rdik. Hayo ko‘chasidan uchganda parda Erlar halovati, ori yo‘qolgan. Avratlar ochilgan telba diyorda Ayolning xurligi hijobda qolgan! Ma’siyat, gunohlar shu qadar zo‘rki Alar bilan ko‘ksim o‘yiblar tildim. Jonim chiqar chog‘da behad shukrki, Tavba eshigingga emaklab keldim. Allohim, O’zingga qilgum munojot Yig‘lablar boshimni qo‘yib sajdaga. Men kimki, butun bir samo - koinot Zor-u muhtoj yotar Sening mujdangga?! Allohim, Rahmonim, ey Mehribonim, Tavakkul sengadir, qo‘lingda jonim...
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:26 | Message # 14 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| ISLOM Iskandarlar o‘tdilar Ustunmiz deb dunyoga, Dorolarning toj-taxti Sig‘may qolmish sarpoga. Oqibat-chi, hech kimsa Yuz tutolmay riyoga, Baralla jar solmishlar Tugayotganda hayot: Inson uchun yo‘q erur islomdan boshqa najot! Chingizlarning yalong‘och Qilichlari ostida Ne-ne yaloq shoirlar Aytib o‘tmish qasida, Insof bo‘lsa qaniydi Hech qursa bittasida, O’layotgan chog‘ida Yozardi haq bir bayot: "Inson uchun yo‘q erur islomdan boshqa najot!" Ne-ne tuzumni ko‘rdik, Parokandasi chiqqan, Eng aqlli zotlarin Zulmat qa’riga tiqqan, Zolimlar ham oxiri Bu zulmdan toliqqan Ahvolida dunyoga Hayqirganmish: "Oh nahot Inson uchun yo‘q erur islomdan boshqa najot?!" Ha, shundan boshqa yo‘lni Axtarganlar nodondir, Ularning buguni bor, Ertasi pushaymondir, Ular uchun mahsharda Manzil o‘zga tomondir, O’ng tomondan kelgani Nodonlarga erur yot, Chunki inson uchun yo‘q islomdan boshqa najot!" Basriyni dor ostiga Olib kelgan ummat bu, Hanbalni sudray-sudray Holdan tolgan ummat bu, So‘nggi lahzada aniq Haqni bilgan ummat bu: Tugadi jami ozor, Bundan katta yo‘q sabot: "Inson uchun yo‘q erur islomdan boshqa najot!" G’arb dunyoga hukmron Uxlaganda mo‘minlar, Dunyo tinmay zavqlandi Yig‘laganda mo‘minlar, Ozgina din deb qalbin Tig‘laganda mo‘minlar Bir shior dunyo uzra Tinmay qoqqandi qanot: "Inson uchun yo‘q erur islomdan boshqa najot!" Kim qanday yo‘l o‘ylasin, Barchasi botil bo‘lgay, Insoniyat umriga Aniqki qotil bo‘lgay, Islom ketsa zamindan Zulm muqobil bo‘lgay, Yer ustini egallar Bid’atlar-u xurofot, Chunki inson uchun yo‘q Islomdan boshqa najot!!! Aqlin pesh qilib chiqqan Daholar ham kazzobdir, Ular tutgan botil yo‘l Ko‘z o‘ynatgan sarobdir, Bu g‘o‘r maslakka taqlid Qilgan odam harobdir, Garchi uning oldida Mingdan ziyodroq sirot, Inson uchun yo‘q erur islomdan boshqa najot!" Alloh kalomi tinsa, Demak, hayot bitgaydir, Dunyoni olib keling, Undan fayz ham ketgaydir, Bir manzilga ming yo‘lmas, Bir to‘g‘ri yo‘l eltgaydir Xulosam shu, azizlar, O’zni aylamang barbod, Inson uchun yo‘q erur islomdan boshqa najot!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:27 | Message # 15 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| AYo DO’STLAR... Ayo do‘stlar, xo‘p shoshilmang osiylar davrasiga, Bir kun kelib har bir ishin javobi bor dunyoning. Ayo do‘stlar, yeling tezroq yaxshilar xalqasiga Ul maskanda har bir onga savobi bor dunyoning. Ayo do‘stlar, ayollarning makri bo‘larmish yomon, Alardin uzoq bo‘lganning qalbi bo‘larmish omon. Nomahramlar ichra bo‘lgan har ish bo‘larmish, Avratin yopib qo‘yingki, hijobi bor dunyoning. Ayo do‘stlar, kibr birlan riyolik durust ishmas, Kibr qilgan kishi birla Alloh aslo kelishmas. Qalb ichinda yig‘lanmagan duo haqqiy nolishmas, Xolis bo‘lmas - qiyomatda azobi bor dunyoning. Ayo do‘stlar, yetimlarga sahiy bo‘lgan mo‘mindir, Uning qalbi iymon ila to‘liqdir, limmo-limdir. Bu dunyoga kelgan har bir bosh topgani - o‘limdir, Mag‘rurlanmang, yiqilguvsi turobi bor dunyoning. Ayo do‘stlar, bu taqdirga isyon qilmang hech qachon, Undagi bor yozuv-chizuv bitilgan qay bir zamon. Mukofotga loyiq bo‘lib boqing so‘ng manzil tomon, O’n besh kunga oy chiqar, so‘ng oftobi bor dunyoning. Ayo do‘stlar, bir kun kelib hamma topgaydir vafot, Bevafo yor uchun qayg‘u chekmakdin na bor najot?! Yaxshisi, iymonimizni chorlasin boqiy hayot, Muddat o‘tib imoratin harobi bor dunyoning.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:30 | Message # 16 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| RAMAZON KUNLARI Allohning rahmatin, nusratin kuting Barcha ko‘z uyquga cho‘mgan tunlarda. Asriy zanjirlarni yelkadan oting Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Bizki, ko‘ngillarni ayladik vayron, Bugun o‘zimizga o‘zimiz hayron. Endi qo‘limizda muqaddas Qur’on Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Bizga dars o‘qitmang falsafalardan, Dunyo bezib bo‘lgan vasvasalardan. Holimiz telbaviy talvasalardan Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Iymon yo‘lindadir ko‘zimiz nuri, Allohning so‘ziga qalbimiz to‘ri! Portladi dunyoning sohta g‘ururi Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Allohga shukrki, Uni bir bildik, Baytullohga iymon to‘la qalb keldik. Zino-yu, faxshni zanjirband qildik Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Allohim, qo‘limiz Sengadir ochiq: Garchi ramazondan ko‘nglimizdir to‘q, Tuzalib olmasak boshqa fursat yo‘q Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:31 | Message # 17 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| HAR KUNLIK TANISH Men sizni har kuni ko‘raman, har kun Ko‘chada, metroda, va xatto ishda. Siz kezib yurasiz yilning har fasli, Yozda ham o‘shasiz, o‘shasiz qishda... Nikohlab olgansiz go‘yo dunyoni, Uning lablaridan bo‘sa olasiz. Zarracha dunyongiz ketsa gar tashlab Shaytonlab qolasiz, yig‘lab qolasiz. Biz bildik, angladik- dunyo - bevafo, Siz muncha dunyoga haris bo‘lasiz?! Hech kimsa fanoda qolmas bebaqo, Axir siz ham bir kun yig‘lab o‘lasiz... Ayting, yashab-yashab topdingiz nima, Qanday mavqelarga erishdingiz siz?! Qiziq, malakul mavt kelgan kechada Hayotdan xo‘prizo, kerishdingiz siz... Siz o‘zi qandayin odamsiz ayting, Nimaga bunchalar hotirjamdirsiz?! Go‘yoki do‘zaxdan ozod etilgan Qiyomat kuniga nomahramdirsiz?! Yuzingizda kulgu, tabassum bilan Dunyoni tinmasdan talab qilasiz. O’lim haqidagi mav’izalarga Ertak eshitgandek tinmay kulasiz. Jahannam azobi tasvirlanganda Nahot qalbingizgizni tirnamas hech dard. Siz yo bir telbasiz, yoki bir dahriy Va yoki jin chalib o‘zin bilgan mard... Labingiz gezarmas vo ajab aslo Qabr azobining tasvirlariga, Bir soniya bo‘lsin oxirat demay, Tayyorsiz dunyoning tahqirlariga... Payg‘ambar kimligin bilish istamay, Bir umr yuzingiz buradirsiz siz. Odamlar bir taraf bo‘lsalar agar, Dunyoni boshqacha ko‘radirsiz siz. Fisq-u fujur desa, yugurasiz-u, Azon aytilganda yotib olasiz. Shaytonlar majlisin boshlaganida Anjuman avjida paydo bo‘lasiz. Fohishalar haqda tinmay o‘qiysiz, Ularning rang-barang surati yoqar. Ko‘nglingiz tubida extimol bir zum Iymonning eshigin nimadir qoqar... Lek siz mahrumsizki, uni ochishdan Xatto e’tibor ham qilib qo‘ymaysiz. Siz shunchalar maraz, shunchalar palid, Tinmasdan yeysiz-u, aslo to‘ymaysiz. Necha yil xovlingiz masjid oldida, Azonlar ketidan azonlar yangrar. Extimol o‘sha payt qalbingiz uchun Shaytonlar balandroq eshakdek xangrar. Sizga shu xangrashlar qadrdon erur, Sizga shu aslida mos erur balki, Endi buyog‘iga umid qolmadi, Ta’sir etmadi-ku ming bir tarsaki... Siz haqda birovga aytsam ishonmas, Bunaqa odam yo‘q, degay shubhasiz. Sizdek bo‘lmoqlikdan so‘raymiz panoh, Siz o‘zi topilmas noyob nushasiz.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:31 | Message # 18 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| O’LIKLAR NOLASI Bu dunyodan begona, yot ko‘rdik o‘zni, Jon bersak-da, uning uchun botib terga. Oq osmonga tikilgancha yumdik ko‘zni, Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Zor o‘tsak ham oddiygina kulbamizga, Dunyo zir-zir titrasa-da nag‘mamizga "Malakul mavt" kelib ketdi hammamizga, Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Bugun sizlar yuribsiz shod, ko‘zda kulgu. Bo‘yingizdan bo‘y cho‘zgandir ming bir orzu. Biz ham o‘zni o‘ylar edik go‘yo mangu... Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. O’zimizcha, dunyolarga ustun bo‘ldik, Fir’avnlar diyoriga maftun bo‘ldik. Oxir o‘lim changaliga tutqun bo‘ldik, Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Shu zaminda nafas oldik, o‘ynab kulib, O’zimizni o‘lmaydigan maxluq bilib Ustida ko‘p zulmlarni odat qilib, Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Kuchlilarning zulmi ila umri taxir Zaifimiz yig‘lab-yig‘lab o‘tdi og‘ir, Ba’zimizga ba’zimiz pand berib oxir, Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Oramizda joy izlabon toldi qadr, Hech kimsaga yor bo‘lolmay o‘tdi sabr, Iskandar ne, mashrab o‘tgan Mashrab nedir... Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Baxtli bo‘ldi kim yashadi da’vat ila, Ilm-u dinga xolis turib rag‘bat ila. Birgalashib, tartib ila, navbat ila Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Tug‘ilgan bor unga o‘lim bo‘ldi nasya. Hayot o‘n besh daqiqalik go‘zal hadya. Oramizda birortamiz qolmadi-ya Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Kecha tirik edik, bugun saf-saf o‘lgan Odamlardan koshki bitta suyak qolgan. Kim bor yana o‘zni xudo da’vo qilgan?! Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Muso aytgach, Qorunni yer butkul yutdi, Nuh qavmini to‘fon urdi, la’nat tutdi. Fir’avndek mal’un dod-voy solib ketdi. Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Ba’zimizga aziz bo‘ldi oddiy dirham. Ayrimimiz dunyo uchun chekmadi g‘am. Ketdi hatto Alloh suygan elchilar ham... Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Ba’zimiz shoh qasr qurdik - odamlar lol, Vale bitta g‘ishti bo‘lsin bo‘lmay halol. Bugun tandan ruh ayridir, hol bemajol, Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Ey tiriklar, bo‘lolmassiz hech muzaffar, Na tongda-yu na oqshomda va na sahar, Yozilgandir sizga ham shu qutlug‘ safar Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:32 | Message # 19 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| HAYIT Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir, Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham ancha to‘qdir. Bugun qalblar rohat ila masjidga qo‘ymish qadam, Bu kun Alloh kalomini tinglagay har bir odam. Bukun go‘yo farishtalar osmondan tushib saf-saf Horig‘, so‘lg‘in ko‘ngillarga taqib ketmishlar sadaf. Sadaflar asli iymondan so‘zlabon yuraklarga Aqoid ilmidan aytmish ul ilm keraklarga. Alloh lafzin unutgan qalb yangi oy chiqqan kecha O’n bir oylik chang-g‘uborni boshladi bir-bir yecha. Qanday yaxshi bu kun do‘stlar, qanday go‘zal bu kunlar, Alloh uchun aziz bo‘lmish yarim oy bedor tunlar. Bu kun yana kelarmi, yo u kunga yetmaymizmi, Shu bois, bul aziz kunni qadriga yetmaymizmi? Mir Alisher bayti aytar: mahzun dil, chekma jabr. Har kuning Hayit o‘lubon, har tuning o‘lsin qadr. Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir, Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham bir muncha to‘qdir
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:33 | Message # 20 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| INSOF Alloh bandasiga Qur’on tushirgach, Saodat yo‘liga undadi bizni. Shayton bu savdoga tiqilib kirgach, Bugun ko‘ring endi hayotimizni... Bunda na ma’no, na mazmun qoldi, oh, Ko‘zlarda fitnalar qotib qolmishlar. Ming yillik chinorlar, malaklar guvoh, Bizni haqqa undab, tamom tolmishlar. Biz go‘yo osmondan tushgan insonlar, Misoli ko‘klarda uchgan kabutar. O’ylaymiz, ertaga Pok Parvardigor Amallarimizga bermas javoblar. Bugun biz tinmasdan tinglaymiz hadis, Qur’on oyatlarin o‘qiymiz go‘zal. Lek Alloh rasuli tashlab ketgan iz Biror ishimizda ko‘rsatmas asar. Sahobalar uchun aytib ofarin Shudir deymiz asli eng to‘g‘ri hayot. Aslida Umarning tutgan yo‘llarin Qaysidir ertak deb o‘ylaymiz, hayhot. Biz nega shunchalar harobmiz ayting, Qur’onni hayotga joriy qilolmay. Agar rostgo‘y bo‘lsak, bo‘lsangiz, qayting Bu tuban va chirkin tuzumda qolmay. Bugun men, siz va biz - iymonga muhtoj, Dunyoning safsata yo‘lidan bezib. Nahot shundan keyin topmasak iloj, Turfa xil yo‘l tutgan besh qit’a kezib. Agar Alloh yo‘lin sof yo‘l desangiz, Qur’onni manhaj deb biling hotirjam. Rasulullohni agar haqqon sevsangiz U zotning yo‘llarin ushlangiz mahkam. Bugun shu oddiy bir haqiqatni biz Qalbimiz tubida tan ola bilsak, Bilingki, dunyoda emasmiz yolg‘iz, Bilingki, bizda bor eng asl tirgak. Bu Alloh kalomi Qur’ondir shaksiz, So‘ng Rasuldan qolgan jamiki hadis.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:37 | Message # 21 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| TARIX Hali ajralmayin oltin sadafdan Inson jaholatdan turmagan edi. Quyosh porlab chiqdi Makka tarafdan Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Ko‘zlarin ishqalab ulgurmay jahon Quyoshning nuridan topolmay imkon Nozil bo‘lgan edi ilohiy qur’on... Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Qavmlar bir-birin tutganda yovkash, Oddiy hol bo‘lganda turlicha qarash. Allohu akbar der Biloli Habash... Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Payg‘ambar o‘lganda adashmay ummat, To‘g‘ri yo‘l tanladi, qoldi salomat Omonatga ilk bor bo‘ldi sadoqat Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali Dunyoni boshqargan o‘shal mahali Kamolotga yetdi basharning holi Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Sahobalar ketdi, chiqdi tobe’in Ularning qo‘lida rivoj topdi din. Hadis ilmi bois iymon bo‘ldi chin... Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Keyin ham chiqdilar olimlar qator, Birida yo‘q imkon boshqasida bor, Ko‘tarib tashlandi oxirgi g‘ubor... Xali tarix buni ko‘rmagan edi. So‘ng... so‘ng tilim bormas aytmoqqa, hayhot. Oxirga rasulga bo‘lganlar ummat Dunyo-yu havasni tutdilar faqat... Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Qur’onni Allohning maxluqi debon Kufr yo‘llarni ham tanlagan inson. Hanbalni sudragan topganda imkon... Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Qozi bo‘lasan deb Imom A’zamga Taklif etmish bir kun podshoh haramga. Ey, dunyo bir qara, bir bor nazar sol Darra tagida jon bergan odamga. Xali tarix buni ko‘rmagan edi. Olimlar bukun ham tug‘ilmishlar, lek Qiyindir bu yo‘lda turmoqlik tetik. To qiyomat qadar shu bo‘lar ko‘rik. Xali tarix buni ko‘rmagan edi.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:41 | Message # 22 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| TILAK!!! Angladim oddiy bir haqiqatni men Shu oddiy haqiqat ostida o‘sdim. Ne desangiz deng sadoqatni chin, Iymonni ilindim sizga, ey do‘stim! Oila muqaddas dargoh har mahal, Har qanday holatda sizga bor dahlim! Dunyo taomini tutishdan avval Iymonni ilindim sizga, ey ahlim! Qalbim alamzada fitna dunyodan Odamlar bir-birin qutlagan zamon. Lazzatliroq bo‘lmish shirin halvodan Iymonni ilindim sizga otajon! Sarhil liboslardan tog‘liklar yasab Akalik mehrini ko‘z-ko‘z etmish jon. Taqvo-yu, hayodan dasturxon tusab, Iymonni ilindim sizga singiljon! Ukalik mehrini namoyish etgan Jonlar boshlarini tutmish har qachon. Men esa hammaning yodidan ketgan Iymonni ilindim sizga akajon! "Tog‘a-pir!" degandi qaysi bir oqil, Pirlik maqomingiz o‘tayman qachon? Murid sovg‘asini aylangiz qabul- Iymonni ilindim sizga tog‘ajon! Onamning singlisi - qalbim surati, Turfa liboslarning o‘rniga bu on Muhtaram volidam isi hurmati Iymonni ilindim sizga xolajon. Iskandar misoli kimdir dunyoni Poyiga to‘ldirmish jannatim debon, Men oddiy farzandman, eslab Xudoni Iymonni ilindim sizga onajon. Onajon, otajon, singlim, tushuning Sizga bu dunyoda kelar tilingim, Abadiy dunyoning saodati deb Boshqa hech narsani yo‘qdir ilingim... ... Balki bu siz uchun katta sovg‘amas, Balki kulgingizga sababdir tuhfam?! Ammo shuni biling, iymonsiz olam Hech qachon ochilmas, abadiy qafas. Unda na havo bor, va na bir teshik Go‘zallikdan bahra olmoqchilarga, Tarozi shu qadar ishlarki aniq Gunohin o‘zgaga solmoqchilarga. Qiynoqlar tinmasdan, qalblar bezovta Tanalar bir erib, qayta tiklangay. Dunyoning jamiki chiroyi sohta, Alar jahannamda bosib yuklangay... Iymonsiz dunyoning lazzati nedir, Islomsiz hayotning ma’ni ne asli? Ushbu savolimga javob bittadir Bu dunyo aslida yolg‘onlar fasli! Keyingi hayotda imkon berilmas, Keyingi umrning sinovi yo‘qdir. Iymon bilan o‘lgan pushaymon bo‘lmas, Uning bu dunyoda armoni yo‘qdir... Shu bois, iymondan ilinjim o‘zga, Boshqa bir tuhfam ham yo‘qdir, jonlarim! Siz meni qanchalar sevsangiz shuncha Iymonni ulashdim, qadrdonlarim!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:42 | Message # 23 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| TOBE’INLAR Payg‘ambarning vafotida bo‘lmadingiz, Yig‘ladilar ham baliqlar, ham ustunlar. Shul sababdin bu dunyoda kulmadingiz, Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Hasan Basriy o‘z qavmiga aylar xitob: "Robbingizga bermoqchisiz qanday javob?" Sahobalar yo‘lin tutgan eng so‘nggi tob Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Qozi Shurayh xalifani oddiy bilib, Hukm qilmish g‘ayridinga foyda qilib, Yahud qaytmish mo‘minlikka taslim bo‘lib, Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Bugun o‘zin tarix ichra bilgan tengsiz Dunyo sizni ustoz desa, arzir har giz, Siz sababli kashf etildi ilmi hadis, Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Tavhid ahli uchun eng haq yo‘l ko‘rsatgan No‘‘mon ibn Sobit bo‘lib din o‘rgatgan, Sizsiz o‘sha, xalaflarga nur taratgan... Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Boshiga tosh bossalar-da bo‘lmay taslim, Ahmad ibn Hanbal kabi buyuk mazlum "Qur’on - Alloh kalomi", deb chekkan zulm... Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Islom uchun musibatga berib bardosh, Sahobiylar baxtin o‘ylab, sajdadan bosh Ko‘tarmagan to balqquncha sharqdan quyosh, Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Ostonaga kiritmagan malaylarni, Nari surgan dunyo-dunyo chiroylarni, Tor kulbadan haqir ko‘rgan saroylarni... Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Ashoblardan Rasul aytgan rivoyatlar - Muborakdir, sizga nasib omonatlar... Omonatga qilmadingiz hiyonatlar, Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:46 | Message # 24 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| PAYG’AMBARNI TANIMAGANLAR Kimda ong bor, shul xitobni tinglasin, Garchi yuzin turfa niqob to‘sganlar: Alloh yo‘lin qaerdan ham anglasin Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Kashf etganin bilar kim yupiterni, Zardusht o‘ylab topgan ming asortirni, Yelka qisgan bilmay Abu Bakrni Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Odillikda "Pyotr bir"ni o‘rnak der, Ul tarixni yig‘lab-yig‘lab ko‘rmak der, Umar haqda aytilganni ertak der Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Kimning qaysi shajaradan chiqishi Unga xushdir, bor erur qiziqishi, Usmon bilan bir chaqalik yo‘q ishi Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! "Alloh bir", deb tavhid uchun yig‘lamas, Eng haqiqat yo‘lni ko‘ngli xohlamas, Yo Ali, deb shirk keltirar har nafas Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Otasiga bemehr-u, toshbag‘ir, Onasiga bergan joyi hujradir, Oyisha onam, desang, hayrat ichradir Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Qiyomatni ertak deb bong urgan ham, Majlislarda Alloh yo‘q deb yurgan ham, Botil yo‘lni qalbga oshno ko‘rgan ham Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Ularga haq so‘zni aytma, bo‘lmas naf, Barbir istab ketarlar boshqa taraf, Ko‘ngling buzar, dinga qarshi tortib saf Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Tinglama bas, yolg‘onga g‘arq so‘zini, Istama eng og‘ir payt ham yuzini, Mushkul erur tanishi ham o‘zini Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Orzulari bir kun yeldir, tutundir, Istaklari bir tomoqqa yutumdir, Qiyomatda jahannamga o‘tindir Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:49 | Message # 25 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| HAZRATI UMARNING NASIHATI O’g‘lim, jigarporam, mening dilbandim, Dunyo tashvishidan sira ham kuyma. Kelmasidan burun kutilmas o‘lim O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Senga yo‘l ko‘rsatmish ilohiy Qur’on, Payg‘ambar sunnatin aylagin qo‘rg‘on. Go‘zal bog‘-rog‘ingni bossa ham to‘fon O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Har bir solih ishning og‘iri bo‘lmish, Botini, o‘rtasi, zohiri bo‘lmish. Diningning avvali, oxiri bo‘lmish O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Dunyo o‘yin qilar seni har bir dam, Gohi qayg‘udasan, gohida hurram Dunyo sahnasidan mag‘lub chiqsang ham O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Odamlar dunyodan ketib, kelmishlar Ba’zan Alloh bergan umrin yemishlar. Payg‘ambar "Ko‘zimning nuri" demishlar O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Savol-javob asli shundan boshlanur, Inson qilganini albatta ko‘rur. Osmonda farz bo‘lgan ibodat erur - O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Dunyoda turfa xil tariqat va yo‘l, Benamozlar tutgan yo‘ldan nari bo‘l! Bay’at bermoq bo‘lsang, islomga cho‘z qo‘l - O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Iffatli va go‘zal hayot istasang, Saodatga sari sabot istasang, Qiyomat kunida najot istasang, O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Ertaga kech bo‘lur, ko‘ngil buzolgum, Na bir madadkor, na homiy tuzolgum Bugun faqat yordam qo‘lin cho‘zolgum, O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:49 | Message # 26 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| YO RASULALLOH! Odam Ato boshlab bergan manhajni Aylagan qabulsiz, yo Rasulalloh. Tasdiqlab shahodat kalimasini, Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh. Me’rojga "marhaba" deb ko‘tarilgan, Yig‘lagan Musoni ovutib ketgan, Iysoni eng yaqin birodar tutgan Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh. Halilulloh bo‘lmish Ibrohimga ham Salovat aytishga undagan odam, "Namoz - ko‘zim nuri" degan so‘nggi dam Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh. Og‘ir yo‘llarda ham bosib ming tikan Har lahza ummatning qayg‘usin yegan, So‘nggi lahzada ham "Ummatim" degan Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh. Ba’zilar sunnatdan voz kechib ketmish, Siz aytgan firqalar bo‘ldilar yetmish... Bashar garchi turli yo‘llar kashf etmish, Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh. Bilaman, dahshatdir tirilguvsi Kun! Sizga izn bo‘lgay shafoat uchun, Tavhidni tutganlar salomat butun... Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh. Tinmagay ummatning tilovatlari Qur’on taratmish xush tarovatlarin. Allohning salomi, salovatlari Siz so‘nggi rasulsiz, yo Rasulalloh, Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:50 | Message # 27 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| OLIMLAR Payg‘ambarim aytmish vido dunyoga, Sahobalar ham topmishlar o‘limlar. Qur’on hifzin olmishlar o‘z bo‘yniga Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Hamma yiglar to qiyomat yursin deb, Olam bitta olimini ko‘rsin deb, Baliqlar ham duo qilar, tursin deb Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Ummat olim qanday bo‘lsa shundaydir, Olimisiz qolgan kuni tundaydir. Ummat ahlin o‘z yo‘liga undaydir Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! So‘ray desak, Rasul yo‘q oramizda, Yo‘l olamiz ular tomon oxista, "Osh tuzi" deb ta’rif olgan hadisda Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Qozilikni mansab bilmay qarolgan No‘‘mon o‘tdi dunyodan yuz burolgan. Hanbal bo‘lib haq deb otda sudralgan Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Bosh kundada, va le haqqa chaqirgan Islom uchun bor ovoz-la baqirgan Qur’on - Alloh kalomi deb hayqirgan Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! "Rosululloh, siz zaminda yotibsiz!" Deya kirgan Madinaga ulovsiz Molik o‘tdi so‘nggi onda qarovsiz... Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Badanlari tilka-pora bo‘lganda Din dushmani gazablarga to‘lganda, Foniy dunyo uchun qilmish bir xanda Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Ammo guruch ichra paydo kurmaklar Bul muqaddas yo‘llarda ham emaklar. Haq turganda, aytib o‘tgan ertaklar Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Gohi istab shoxlig-u, hukumatni, Puch dunyoda toptab izzat- hurmatni, Adashtirmish ba’zan butun ummatni Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Ular haqni yashirurlar uyalmay, Do‘stin aybin toshirurlar uyalmay, Eng mukarram sharafni-da tuyolmay Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar! Balki bizlar bir kun unday, bundaymiz, Olim toysa, uni haqqa undaymiz - Chunki ular qanday bo‘lsa, shundaymiz Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:51 | Message # 28 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| DARS BERING! ... Dunyoning jamiki yo‘lini ko‘rdik, Endi bir pokiza yo‘lni ko‘rsating. Yolgon tarixlardan yuzimiz burdik, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! O’rgandik jadvalning ne bo‘lsa qismin Xatto bilib oldik hayvonlar jismin. Va le bilmay o‘sdik Allohning ismin Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Tarix-u, jugrofiy, kimyolar yaxshi, Ko‘zimiz ilgamas dunyolar yaxshi, Aljabr fanidan baholar yaxshi, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Angladik iymonsiz fanlar mo‘rtligin, Go‘yo darvozasiz, shohsiz yurtligin Bildik ikki karra ikki to‘rtligin, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Bugun boshimiz xam, barcha tan olmish, Ustimizdan ming-ming togutlar kulmish, Hamma ilmlarning asosi bo‘lmish Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Aziz muallima, muhtaram ustoz, Abadiy do‘zaxdan bo‘laylik xalos, Kuniga bitta dars, mayli zarra, oz... Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Asli iymon bila islom sharafdir, "Alloh - bitta!" degan kalom sharafdir, Dunyoning darslari bo‘lak tarafdir, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Bu ilm farz bo‘lmish har yigit-qizga, Bu yo‘l Allohimdan omonat sizga, Yarashmas ushbuga hiyonat sizga, Iymondan dars bering, islom o‘rgating!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:55 | Message # 29 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| SHUNDAY YASHAYMIZ! Qur’onda bizlarga o‘rgatmish Alloh: Shafotingizni kutib yashaymiz. Dunyo ne desa, der, yo Rasululloh, Shariatingizni tutib yashaymiz! Odamlar tomondan qonunlar chiqib, Bizni zulumotga ketganda yiqib, Qiyomatda Alloh nazar solsin, deb Shariatingizni tutib yashaymiz! Qalbimiz Alloh deb hamisha tetik, Dunyo uchun butkul uzildi hadik... Bandalar bandaga qilsa bandalik, Shariatingizni tutib yashaymiz! Biz eng baxtli qavmmiz, nechalar dinda Adashdilar qancha-qanchadan banda. Tamom kufrlarga botgan zaminda Shariatingizni tutib yashaymiz! Birgina yo‘l bo‘lsa, shu asli talab - Yurakni zig‘ircha qo‘ymagan g‘ashlab. Minglab kufr yo‘lni changitib tashlab Shariatingizni tutib yashaymiz! Qiyomat kunida bizni ummat deb Atashingiz uchun ketmaymiz qaytib. Faqat Alloh - iloh, shiorin aytib, Shariatingizni tutib yashaymiz! Mayli bu dunyodan o‘taylik kulmay, Bir kungina rohat, farog‘at bilmay, Dunyo qonunlarin pisanda qilmay Shariatingizni tutib yashaymiz!
|
|
| |
CryGirl | Date: Seshanba, 17-Noya-2009, 22:57 | Message # 30 |
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 3997
Status:
| QIYOMAT KELMOQDA... Dunyo asta sekin muddatin o‘tab, O’chirmoqda asriy yorug‘ chirog‘in. Zamin piligi ham oshkora tutab Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Karvon ham bir kuni manzilga yetgay Bosib bu dunyoning jamiki bog‘in. G’arbning osmonidan bir kun tong otgay - Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Bukchaygan tog‘larda umr zavoli, Gulzorlar ichida tingaydir shovqin. Yerning nafasini qo‘yingiz holi, Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Ayollar qozilik mansabin olmish Oyning yuzidan ham o‘chirib dog‘in. Erlar dayuslikni kasb-kor qilmish - Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Otalar o‘g‘ilning zarbidan yig‘lab Kimga aytish bilmay kezsa firoqin, Ota jussasidek horg‘in, oriqlab Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Dunyo ko‘zing ochsang och, aks holda Seni o‘z domiga tortqilar oqim. Odam ato davri bo‘ldi ibtido, Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Hammaga quvnamoq, kulmoq yoqadi Extimol quvonchdan sakramoq mumkin. Afsus kulmoqlikning davri tugadi - Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Ishonmasang, qara, ko‘cha-ko‘y - belgi, Oddiy hovlilardan olarsan saboq. Hammasi hoziru nozir... bir turtki Hayot endi Yerga juda ham yiroq. Har ne ish oxiri bo‘lgani kabi Tugagani misol har qanday shovqin. Inobat bo‘lmagay inson talabi - Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin! Bu inson dunyoni haroba etdi, Xudoga xudolik da’vosin qilib. Yashamadi bir kun o‘zini bilib, Qiyomat kelmoqda... oxirat yaqin!
|
|
| |