RSS
Yangiliklar-Новые сообщения · Azolarimiz-Участники · Forum qoidasi-Правила форума · Qidirish-Поиск
  • Page 1 of 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Archive - read only
Forum moderator: MASTER, DURDON, SAKINA  
O´zbekiston tarihi
DURDONDate: Shanba, 30-Iyul-2011, 15:17 | Message # 1
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Aziz forumdoshlar va saytimiz mehmonlari siz bu bo`limda vatanimiz O`zbekiston tarihi bilan tanishishingiz mumkin

Yurt bo‘ynidagi qilich yoki istilo


kitobsham


 
DURDONDate: Shanba, 30-Iyul-2011, 15:27 | Message # 2
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
TURKISTON-HARBIY OKRUGI SHTABINING NASHRI

Toshkent
Turkiston harbiy okrugi tipolitografiyasi
1909 yil

* Ilovaning 1-bo‘limidan boshqa bo‘limlarini rus tilidan Sh. Xolmurod tarjima qilgan.

HINDISTON BILAN SAVDO ALOQALARINI KENGAYTIRISH HAMDA XIVA BILAN TOTUV MUNOSABATLAR O’RNATISH MAQSADIDA IMPYERATOR PYETR BIRINCHI YERKYENT VA XIVAGA OTRYADLAR YUBORDI.

1715 yilda Buxgoltsning to‘rt yarim minglik otryadi Balxash ko‘ligacha yetib keldi va u yerda qal’a bunyod etdi, biroq chekinishga majbur qilindi.
1717 yili knyaz Bekovich-Cherkasskiy otryadi 3727 piyoda, 617 otliq dragun, 2000 kazak, 230 dengizchi askar va 22 ta to‘p-zambarak bilan Xivaga yo‘l oldi.
9 iyunda otryad Gurev shahridan chiqib, qumli dasht va sahrolar osha 2 oy yo‘l bosgach, Xivaga kirib keldi.
Xivaliklar avval to‘la tobeliklarini bildirdilar va joylashtirishga qulay bo‘lsin uchun knyaz Bekovichni o‘z otryadini kichik qismlarga bo‘lishga ko‘ndirdilar, shundan keyin Bekovichning ehtiyotsizligidan foydalanib, ruslarga qo‘qqisdan xiyonatkorona hujum qilib, o‘larni batamom qirib tashladilar.

DASTLABKI URINISHDAGI OMADSIZLIK RUSLARNI TO’XTATIB QOLOLMADI, KEYINGI HUJUMLAR ULUG’ PETR I BELGILAB BERGANIDYEK IKKI TOMONLAMA: G’ARBDAN — YOYIQ (UROL) DARYOSI ORQALI, SHARQDAN — G’ARBIY SIBIR ORQALI OLIB BORILDI.

1735 yil
Orenburg shahri qurilib, tuproq qal’a bilan o‘rab olindi.

1754 yil
Cho‘l mulklarimizga qirg‘iz (qozoq) va boshqirdlarning hujumlariga barham berish uchun Orenburg shahridan Iletsk tomon tarkibida 1 ta batalon va 1 ta batareya bo‘lgan otryad yuborildi. U yerda ham qal’a va qo‘rg‘on qurildi.

1778 yil
Pugachyov qo‘zg‘oloni hamda qirg‘izlar va qalmoqlarning bosqinlari sababli Orenburg garnizoni kengaytirildi. Bosqinlarga chek qo‘yish uchun Orek qal’asi bunyod etildi.


 
DURDONDate: Shanba, 30-Iyul-2011, 15:57 | Message # 3
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
kitobsham

IMPERATOR NIKOLAY I PODSHOLIGI DAVRI

1833 yil
Shimoli-sharqiy Kaspiybo‘yi chegaralarimizni xivaliklar bosqinidan himoya qilish maqsadida Novo-Aleksandrovsk bunyod etildi.

OTRYADLAR HARAKATI

1839 yil
Sibir tomondan. Qirg‘izlar g‘alayonini bostirish hamda Sulton Kenisar-Qosimov to‘dalarini qirib tashlash uchun Jenier-Og‘ochga polkovnik Gorskiy boshchiligida Sibir safarbar qo‘shinlarining ikki to‘p-zambarak bilan yarim polkdan iborat kazak otryadi jo‘natildi.
Sibir tomondan harakat qiluvchi asosiy harbiy kuchlar: 8-G’arbiy Sibir (hozirgi 17-Turkiston) o‘qchi bataloni, 1860 yildan esa 3, 5, 7 va 12-Sibir batalonlari o‘qchi rotalaridan iborat qo‘shma o‘qchi batalonlar (hozirgi 1-Turkiston o‘qchi bataloni).
Artilleriya: Sibir kazak qo‘shinining 21-batareyasi (hozirgi 1-Turkiston artilleriya brigadasining 2-batareyasi) va piyoda batareya (hozirgi 2-Turkiston artilleriya brigadasining 1-batareyasi).
Orenburg tomondan. Bosqinlarga chek qo‘yish va rus asirlarini ozod qilish maqsadida Xivaga graf Perovskiy otryadi (15 rota, 3 ta kazaklar polki, 16 ta zambarak) yuborildi. Qish sharoitidagi favqulodda og‘ir yurishdan so‘ng otryad Xivaga yetolmay, 1840 yilda Orenburgga qaytib keldi.
Orenburg yo‘nalishida harakat qilgan asosiy harbiy kuchlar: 4-Orenburg safarbar bataloni (hozirgi 10-Turkiston o‘qchi bataloni), 1864 yildan esa 2-Orenburg safarbar batalonining 1-vzvodi (hozirgi 9-Turkiston o‘qchi bataloni).
1865 yilda Turkiston viloyati tashkil etilishi munosabati bilan 6 va 9-Orenburg safarbar batalonlari). 4-G’arbiy Orenburg sapyorlar rotasi (hozirgi Turkiston sapyorlar bataloni), Orenburgdan 147-Samara piyodalar polkining bataloni yuborildi (1868 yilda bu batalon qaytarildi).
1843 yili harbiy harakatlar bo‘lmadi.
Cho‘ldagi doimiy g‘alayonlar sababli Orsk qal’asidan ikki otryad: qo‘shin starshinasi Lobov otryadi (1-to‘p-zambarak va 2 ta yuzlik) va polkovnik Bozanov otryadi (1 ta rota, 1 ta yuzlik, 1 ta to‘p-zambarak) yuborildi. Isyonchi Sulton Kenisar qo‘lga olindi va qatl qilindi.
1844 yili harbiy harakatlar bo‘lmadi.
1845 yili harbiy harakatlar bo‘lmadi.
To‘rg‘ay daryosi qirg‘og‘ida Orenburg istehkomi bunyod etildi. Irgiz daryosi bo‘yida Urol istehkomi barpo qilindi. Novo-Aleksandrovsk istehkomi Mang‘ishloq yarim oroliga ko‘chirildi va unga Novo-Petrovsk nomi berildi (1857 yilda shahar Aleksandrovsk deb o‘zgartirildi).
1846 yili harbiy harakatlar bo‘lmadi.
Astronom Leman va kapitan Shults ilmiy ekspeditsiyasi Orol dengizi hamda Sirdaryo havzasiga yetib keldi.
1847 yili harbiy harakatlar bo‘lmadi,
General Obruchev otryadi (4 ta rota, 3 ta yuzlik, 4 ta to‘p-zambarak) tomonidan Orol dengizining shimoli-sharqiy qirg‘og‘i bosib olindi va Raim (hozirgi Kazalinsk) istehkomi qurildi. Mavqeni mustahkamlash maqsadida cho‘l 54 ta qismga bo‘lindi.
Nizoli masalalarni hal qilish uchun qirg‘izlar qurultoyi tashkil qilindi. Sirdaryo havzasi bosib olingan vaqtdan e’tiboran xivaliklar va qo‘qonliklar bilan doimiy to‘qnashuvlar bo‘lib turdi.
Xivaliklar va qo‘qonliklarning mulklarimizga bir necha hujumlari shu mulklarimizni mustahkamlash uchun otryadlarimizning janub tomon harakat qilishiga olib keldi. 23 avgustda polkovnik Yerofeevning 2 ta to‘p-zambarak bilan qurollangan 200 kazak va askari xivaliklarni tor-mor qilib, Jon Xo‘ja qal’asini egalladyg «Nikolay» va «Konstantin» kichik kemalaridan iborat Orol flotiliyasi tashkil etildi.
1848 yili Xivaning Xo‘ja Niyoz qal’asi zabt etilib, vayron qilib tashlandi.
1849 yili harbiy harakatlar bo‘lmadi.

1850 yil
Kopalsk otryadining (50 piyoda, 175 kazak, 2 ta to‘p-zambarak) Ili daryosining narigi qirg‘og‘iga kechuvini ta’minlash, istehkom qurish va Qo‘qonning Tovchibek qal’asini tekshirib chiqish harakati boshlandi.
Mayor Engman otryadi (1 ta rota, 1 yuzlik, 2 ta to‘p-zambarak) Raisi istehkomidan chiqib, qo‘qonliklar, to‘dasini tor-mor etdi va Qo‘shqo‘rg‘on istehkomini oldi.

1851 yil
Sibir kazak qo‘shini polkovnigi Karabashev otryadi (5 ta rota, 5 ta yuzlik, ot qo‘shilgan 6 ta to‘p-zambarak, 1 ta raketa qurilmasi) Ili daryosidan o‘tib, Qo‘qonning To‘ychibek qal’asini vayron qildi.
Mayor Engman otryadi (75 Urol kazaklari; 22 otliq o‘qchi, 1 tog‘ zambarak) Oqcha Buloq yaqinida Qo‘qon begi Yoqubbek qo‘shinini tor-mor qildi.

1852 yil
Ayajo‘z (Sergiopol) istehkomidan Xitoy shahri "Chuguchakka otryad (1 ta yuzlik) yuborildi va G’arbiy Sibir safarbar qo‘shini kazaklarining 2 ta yuzligi joylashuvi uchun joy belgilandi.
Polkovnik Blaramberg otryadi (bir yarim rota, 2 ta yuzlik, 5 ta zambarak) Qo‘qon xonligining Oqmachit qal’asi tomon harakat qildi.
Kumushqo‘rg‘on, Qo‘shqo‘rg‘on istehkomlari vayron qilindi.

1853 yil
Sibir tomonidan harbiy harakatlar bo‘lmadi.
Graf Perovskiy otryadi (to‘rt yarim rota, 12 yarim yuzlik va 36 ta zambarak yordamida) hujum qilib, Qo‘qonning Oqmachit qal’asnni hujum bilan oldi.
Oqmachitga «Perovskiy forti» deb nom berildi. 1-Orol forti, 2-Fort, «Perovskiy forti» va Z-Fort (Qumushqo‘rg‘on) istehkomlaridan iborat Sirdaryo yo‘nalishi tashkil etildi.
Kapitan Shkul 18 dekabrda qo‘qonliklarning Perovskiy fortiga hujumini qaytarishda tahsinga sazovor ish ko‘rsatdi.

1854 yil
Almati tog‘ yonbag‘rida Verniy istehkomi qurildi. Ili sohilidagi vodiy egallandi. Iliorti bo‘limi tuzildi.

1855 yil
Tog‘lik yovvoyi qirg‘izlarni qo‘qonliklardan himoya qilish uchun Verniydan Pishpek tomonga 1 ta yuzlik raketa qurilmasi bilan qurollantirib yuborildi.


 
DURDONDate: Shanba, 30-Iyul-2011, 16:35 | Message # 4
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
kitobsham


IMPERATOR ALEKSANDR II PODSHOLIGI DAVRI

1856 yil
Polkovnik Xormentovskiy otryadi (1 ta rota, 1 ta yuzlik, 1 ta raketa qurilmasi) tomonidan kizaevliklar va tog‘lik qirg‘izlar to‘pay urug‘ining katta o‘rdasi bo‘ysundirildi.
Sirdaryo yo‘nalishiniig boshlig‘i general-mayor Fon-Fitingof otryadi (320 piyoda, 300 kazak, 3 ta zambarak, 2 ta raketa qurilmasi) Xo‘ja Niyoz istehkomini egalladi.

1857 yil
26 fevralda general Fon-Fitingof otryadi (200 piyoda, 300 kazak, 2 ta zambarak) xivaliklarni tor-mor qildi va og‘machilik qilgan qirg‘izlarni jazoladi.

1858 yil
Iliorti o‘lkasi otryadi boshlig‘i podpolkovnik Peremilskiy boshliq otryad tomonidan (1 ta rota, 2 ta yuzlik, 2 otliq artilleriya) katta o‘rda qirg‘izlari bo‘ysundirildi hamda 5000 kishilik Toshkent va Qo‘qon otryadlari Chu daryosi vodiysiga surib tashlandi.

1859 yil
Iliorti o‘lkasi otryadining boshlig‘i (ikki yarim rota, 2 ta yuzlik, 1 ta vzzod otliq artilleriya, 4 ta raketa qurilmasi, 2 ta zambarak) Chu vodiysining yuqori qismini, Qo‘qonning To‘qmoq va Pishpek qal’alarini o‘rab oldi.
Polkovnik Dandevil Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘ini o‘rab oldi va dengizdan Xivagacha boradigan yo‘lni; o‘rganib chiqdi. Polkovnik Ignatev Xiva va Buxoroga, Valixonov Qashg‘arga elchi qilib yuborildi. Boshqaruv ichki ishlar vazirligi ixtiyoriga berildi.

1860 yil
Polkovnik Simmerman otryadi (6 ta rota, 600 kazak, 200 qirg‘iz, 12 ta og‘ir zambarak, 4 ta raketa qurilmasi, 8 ta mortir) qo‘qonliklarning 5 ming askarlik to‘dasini bizning chegaralarga bostirib kirganida yakson qildi. To‘qmoq va Pishpek qal’alari harobaga aylantirildi, Iliorti o‘lkasi Olatov okrugi deb o‘zgartirildi. 21 oktyabrda podpolkovnik Kolpakovskiy. otryadi (13 ta rota, 2 ta yuzlik, 3 ta to‘p-zambarak, 2 ta raketa qurilmasi) Qorakuztog‘ daryosi bo‘yidagi Uzunog‘ochda qo‘qonliklarning 20 ming kishilik qo‘shinini butunlay yakson qildi.

1861 yil
Sibir kazaklari qo‘shinining yasovuli Budakov ot-ryadi (20 kazak, 24 otliq o‘qchi, 2 ta raketa qurilmasi) tomonidan tog‘li qirg‘izlarning sarabish urug‘i buysundirildi va Qatta o‘rdaga bostirib kirgan qo‘qonliklar tor-mor etildi.
23 sentyabrda general-leytenant Debu otryadi (1000 nafar past unvonliklar, 9 ta to‘p-zambarak, 3 ta raketa qurilmasi) Qo‘qon xonligining Yangiqo‘rg‘on qal’asini vayron qildi.

1862 yil
Polkovnik Kolpakovskiy otryadi (4 ta rota, 2 ta yuzlik, 4 ta to‘p-zambarak) 14 apreldan 15 maygacha Chuorti o‘lkasini o‘rab oldi va Qo‘qon xonligining Marki qal’asini ishg‘ol qildi.
24 oktyabrda 8 ta rota, 1 ta yuzlik, 8 ta to‘p-zambarakdan iborat otryad yordamida Qo‘qon xonligining Pishpek qal’asi qayta bosib olindi.

1863 yil
Bosh shtab kapitani Protsenko otryadi (2 ta rota, 1 ta yuzlik, 2 ta tog‘ zambaragi) Oltin Amal dovonini egallash uchun yuborildi.
7 iyunda xitoyliklar bilan otishma bo‘ldi va Barxudzir olindi.
18 iyunda xitoyliklar Qushburunda mag‘lubiyatga uchradilar.
22 iyunda Ikechaytda xitoyliklar bilan jang bo‘lib o‘tdi.

1864 yil
Polkovnik Chernyaev otryadi (8-G’arbiy Sibir batalonining 5 ta rotasi, G’arbiy Sibir batalonining 4 ta rotasi, Sibir kazaklar artilleriyasining 1 ta vzvodi, piyoda tog‘ batareyasining 1 vzvodi va 1 ta 1-Sibir kazaklar polki) 4 iyunda Qo‘qonning Avliyoota qal’asini hujum bilan oldi.
18 iyundan 1 iyulgacha polkovnik Lerxening uchar otryadi (2 ta rota, yarim yuzlik, 2 ta tog‘ zambaragi, 1 ta raketa qurilmasi) Qorabura qorli dovonidan oshib Chirchiq vodiysiga o‘tdi. Qo‘qonliklarning tarqoq qo‘shini qirib tashlandi va qoraqirg‘izlar bo‘ysundirildi.
4 iyulda Qo‘qon xonligining Chinoch qal’asi egallandi. 7-10 iyul oralig‘ida otryadlar Avliyootadan Yoykechuz sari siljidi.
11 iyulda shiddatli hujum bilan Mankent egallandi.
13-15 iyul kunlari Qishtirma tomon janglar bilan yurish davom ettirildi.
16 iyulda polkovnik Lerxening uchar otryadi Z ta rota, 1 ta o‘qchi otliq rota, 2 ta otliq to‘p-zambarak) qo‘qonliklarga qarshi jang qildi va Sibir otryadini Orenburg otryadlari bilan birlashtirish uchun Oqbuloqqa yuborildi.
12 iyunda polkovnik Verevkin otryadi (to‘rt yarim rota, 2 ta yuzlik, 10 ta to‘p-zambarak, 6 ta mortir, 2 ta raketa qurilmasi) Turkiston shahrini oldi.
10-14 iyul kunlari kapitan Meyer otryadi (2 ta rota, 1 ta yuzlik, 3 ta to‘p-zambarak, 1 ta raketa qurilmasi) Chimkentga qarab yurdi.
14-15 iyulda Oqbuloqda 10 ming qo‘qonlik bilan jang bo‘lib o‘tdi.
16 iyul. Sibir va Orenburg otryadi qo‘shildi.
17 iyul. Birlashgan otryadlar polkovnik Lerxe boshchiligida jang bilan general Chernyaevning Qo‘shdo‘rmondagi asosiy otryadi tomon yurish boshladi. Sibir va Orenburg otryadlari qo‘shilganidan keyin egallangan yo‘lga «Yangi ilg‘or Qo‘qon yo‘nalishi» deb nom berildi.


 
DURDONDate: Shanba, 30-Iyul-2011, 16:51 | Message # 5
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
kitobsham


BIRLASHGAN OTRYADLAR HARAKATI

22 iyul. Chimkent qal’asi o‘rab olindi va 25 ming askarlik Qo‘qon to‘dasi bilan jang bo‘lib o‘tdi.
14 sentyabr. Chimkent qal’asiga ikkinchi yurish: Turkistondan general Chernyaev otryadi (4-Orenburg safarbar batalonining 3 ta rotasi, 2-Orenburg safarbar-batalonining 1-vzvodi, 2 ta piyoda to‘p-zambarakchi, Urol va Orenburg kazaklarining bir yarim yuzligi).
Avliyootadan polkovnik Lerxe otryadi (Z-G’arbiy Sibir batal’onining 2 ta rotasi, yig‘ma o‘qchi batalochning 4 ta rotasi, Sibir kazaklar artilleriyasining 1 ta vzvodi, piyoda tog‘ artilleriyasining 1 ta vzvodi va otliq o‘qchilarning 1 ta rotasi).
19 sentyabr. Otryadlar qo‘shildi. Qo‘qonliklar bilan to‘qnashuv Sayramning olinishi bilan yakunlandi.
22 sentyabr. Chimkent qal’asi hujum bilan olindi.

YANGI QO’QON YO’NALISHI TASHKIL ETILDI

4, 5 va 6 dekabr. Iqon ostonasida qo‘qonliklarning 10 minglik to‘dasi bilan yuzboshi Serov otryadining jangi.

1865 yil
29 aprel. General Chernyaev otryadi (8-G’arbiy Sibir batalonining 2 ta rotasi, yig‘ma o‘qchi batalonining 4 ta rotasi, G’arbiy Sibir batalonining 1 rotasi, 4-Orenburg batalonining 2 ta rotasi, 2 ta Orenburg safarbar bataloni, Sibir piyoda va otliq artilleriyasining divizionlari, Sirdaryo harakatchan artilleriyasi, Urol kazaklarining bir yarim yuzligi va raketachilar komandasi) Qo‘qon xonligining Niyozbek qal’asini oldi.
9 may. Saritepada Alimqulixon boshliq qo‘qonliklar bilan jang bo‘lib o‘tdi,
18 may. Qo‘qonning Chinoz qal’asi egallandi.
15-17 iyun. Toshkent shahri hujum bilan zabt etildi.

OLIY FARMON BILAN TURKISTON VILOYATI TASHKIL ETILDI

12-15 sentyabr. Polkovnik Pistolkors otryadi (yig‘ma o‘qchi batalonining 4 ta rotasi, 6-Orenburg batalonining o‘qchi rotasi, Sibir kazaklar artilleriyasi divizioni va kazaklarning 1 ta yuzligi) tomonidan Chirchiqorti o‘lkasi va Keluvchi qal’asi olindi.

1866 yil
Toshkentning ishg‘ol: qilinishi oqibatida buxoroliklar bilan to‘qnashuv bo‘ldi. Buxoroliklar Xo‘jandni bosib olishdi. Ular Toshkentga da’vogarlik qilishdi. Rus elchilari Buxoroga yuborildi. Ular ushlandilar. Chernyaev otryadining Buxoro mulklariga qishki ekspeditsiyasida Orenburg o‘qchi batalonidan 4 ta rota, 6-batalondan 2 ta rota, 7-batalondan 2 ta rota, Z-Orenburg batal’onidan 4 ta rota, o‘rollik kazaklarning 3 ta yuzligi, Orenburg kazaklarining 2 ta yuzligi, 1-batareya, yengil batareyaning 1-vzvodi, otliq tog‘ artilleriyasining 1 ta vzvodi, Orenburg saperlar rotasi va 147-Samara polkining o‘qchilar rotasi katnashdi.
12 yanvar. Sirdaryo kechib o‘tildi.
12-19 yanvar. Jizzax shahriga qarab yurish davom ettirildi.
Chinoz qal’asi qurildi. General Chernyaev jo‘nab ketdi. Otryad qo‘mondonligini general Romanovskiy qabul qildi.
8 may. General Romanovskiyning Yerjar tomon yurishi, Buxoro qo‘shinining mag‘lubiyati va istehkomli o‘rdaning qo‘lga kiritilishi.
24 may. Xo‘jand hujum bilan olindi.
2 oktyabr. O’ratepa istehkomi hujum bilan olindi.
18 oktyabr. Jizzax qal’asi hujum bilan olindi.

1867 yil
27 may. Polkovnik Abramov otryadi (Orenburg o‘qchi batalonining 2 ta rotasi, Orenburg kazaklar batareyasining 1 ta vzvodi, Orenburg kazaklarining 2 ta yuzligi va 4 ta raketa qurilmasi) tomonidan Yangiqo‘rg‘on istehkomi olindi.
14 iyul. Oliy farmon bilan Turkiston harbiy okrugi ta’sis etildi.

1868 yil
Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-ad’yutant Fon Kaufman otryadining (3-Turkiston safarbar batalonining 3 ta rotasi, 4-batalonning 3 ta rotasi, 5-batalonning 4 ta rotasi, 6-batalonning 4 ta rotasi, 9-batalonning 4 ta rotasi, sapyorlariing bir yarim rotasi, 10 ta zambarak va kazaklarning 5 ta yuzligi) harakati boshlandi.
1 may. Samarqand (Cho‘ponota) tepaligidagi jang uning zabt etilishi bilan yakunlandi.
2 may. Samarqand shahri egallandi.
18 may. Kattaqo‘rg‘on shahri olindi.
2 iyun. Mayor Shtempel otryadi Samarqand qo‘rg‘onini qahramonlarcha himoya qildi.
8 iyun. Rus otryadi Samarqandga yetib keldi. Isyonchilar jazolandi.
28 iyun. Zarafshon okrugi tashkil etildi. Amir taslim bo‘ldi. Sulh tuzildi. Otryad Toshkentga qaytdi. Amirning o‘g‘li Katta To‘ra otasidan g‘azabga keldi. Rus qo‘shinlari madadkor bo‘ldilar. General Abramov otryadi (6 ta rota, 8 ta to‘p-zambarak, 2 ta yuzlik va raketa batareyasi) Qarshini olib, Buxoro amiriga qaytardi. Buxoro bilan chegara belgilandi.

1869 yil
G’arbiy Xitoyda dunganlar isyon ko‘tardi. Xitoyliklar yordam berish to‘g‘risida iltijo qildilar. Qalmoq Xutuktoyi Chog‘an Kechenog‘on tomonidan chegaralarimiz buzildi. Chegaralardagi qirg‘izlarimiz orasida tartibsizliklar va g‘alayonlar sodir bo‘ldi. Baramta qirg‘izlar qo‘liga o‘tdi. General-mayor Kolpakovskiy otryadining (3 ta rota, 3 ta yuzlik, 4 ta to‘p-zambarak) G’arbiy Xitoy hududidagi qarshi hujumi va harakati.
7 avgust. Qaziyliklar bilan taranchiylar mag‘lubiyatga uchradilar va Sayramnor ko‘li bo‘yidagi Qoptag‘ay egallandi.
16 oktyabr. Baroxudzir ostonasida jang bo‘ldi. Mozor va Xorgos istehkomlari egallandi. Kaspiy bo‘ylaridagi harakat: Krasnovodsk ko‘rfazining general Stoletov otryadi (5 ta rota, bir yarim yuzlik, 6 ta to‘p-zambarak) tomonidan egallanishi; Mixaylovskiy va Mullaqora istehkomlari bunyod etildi.

1870 yil
General-mayor Abramov otryadining (6 ta rota, 2 ta yuzlik otliq batareya va raketa divizioni) Zarafshon daryosining yuqori oqimiga ekspeditsiyasi amalga oshirildi.
25 iyun. General Abramovning Iskandarko‘l tomon va podpolkovnik Dennatning Matcho daryosining yuqori «qismi tomon harakati davom ettirildi.
Qo‘li kalon yaqinidagi Qo‘shtut davonida shahrisabzliklar bilan jang bo‘lib o‘tdi.
12 avgust. Shahrisabz qamal qilindi va zabt etildi.
14 avgust. Kitob qal’asi hujum bilan olindi.
Mug‘iyon, Forob bekliklari egallanib, Zarafshon okrugiga qo‘shildi. Shahrisabz va Kitob bekliklari Buxoro amirligiga berildi.
Kaspiy bo‘yidagi harakatlar: Oqtepa va Uyil istehkomlari qurildi. Mang‘ishloq pristavligi Kavkaz noyibligi bilan birlashtirildi.
15-20 oktyabr. Takaliklar Mixaylovsk istehkomiga tashrif buyurishdi.
30 noyabr. General-mayor Stoletov otryadining (Z ta rota, 2 ta yuzlik, 3 ta to‘p-zambarak) Qizilarvatga yurishi davom etdi.
Shtab rotmistri Skobelev tomonidan Tasharvat qal’asidan Sariqamishgacha, ya’ni Xiva chegaralarigacha tekshiruv o‘tkazildi.

1871 yil
G’arbiy Xitoyda general Kolpakovskiy otryadining (10 ta rota, bir yarim batareya, 6 ta yuzlik) taranchiliklarga qarshi harakatlari davom etdi.
7 may. Mozor shahri va qal’asi jang bilan olindi.
18 iyun. Chin-Chaxodzi ostonasida taranchiliklar mag‘lubiyatga uchradi va shu qal’aga hujum qilindi.
19 iyun. Suydun qal’asi egallandi. 22 iyun. G’ulja shahri olindi.

1873 yil
Xiva xonligining Sirdaryo chap qirg‘og‘iga da’vogarligi.
Orenburg boshqarmasidagi qirg‘izlar orasidagi tartibsizliklar. Xon bayonnomasi, Rus pochta stantsiyalariga hujumlar. Xiva masalasini tugatish zarurligi. Turkiston, Orenburg va Mang‘ishloq orqali baravar harakat qilishga qaror qilindi. Otryadlarning Xivaga umumiy yurishi:
1) Turkistondan general Kaufman otryadi (22 rota, 18 ta to‘p-zambarak, 18 ta yuzlik).
2) Orenburgdan general Verevkin otryadi (15 ta ro-ta, 8 ta to‘p-zambarak, 6 ta yuzlik).
3) Mang‘ishloqdan polkovnik Lomakin otryadi (12 ta rota, 8 ta to‘p-zambarak, 8 ta yuzlik).
4) Orol flotiliyasi: «Samarqand», «Perovskiy» kemalari va barja.
Umumiy rahbarlik general-ad’yutant Fon Kaufmanga topshirildi.
10, 11 may. Tunda otishmalar bo‘ldi va Uch o‘choq yaqinidagi xivaliklar to‘dasi tor-mor keltirildi.
18 may. «Turkistonliklar» Amudaryodan kechib o‘tishdi.
23 may. Hazorasp qal’asi hujum bilan olindi.
29 may. Xonlik poytaxti Xiva egallandi. General-Golovachev otryadi, yovmutlarga va turkmanlarga qarshi harakatini davom ettirdi.
13 iyun. Chandir qishlog‘i yonida yovmutlar mag‘lubiyatga uchratildi.
15 iyun. Kuqchuk xarobalari yaqinida turkmanlar mag‘lub qilindi.

Xiva bilan sulh tuzildi. Petro-Aleksandrovsk istehkomini qurish ishlari davom ettirildi.


 
DURDONDate: Shanba, 30-Iyul-2011, 17:09 | Message # 6
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
kitobsham


TURKISTON GENERAL-GUBERNATORINING AMUDARYO BO’LIMI TASHKIL ETILDI

1875 yil
Qo‘qon xonligida ichki tartibsizlik bo‘lib turdi, Xudoyorxon Xo‘jandga qochdi. Qo‘qonliklarning hujumlari. Qo‘qonlik galalar 9 avgustda Xo‘jandga hujum qildilar. General-ad’yutant Fon Kaufman otryadining (16 ta rota, 20 ta to‘p-zambarak, 8 ta raketa qurilmasi) Qo‘qon xonligiga qarshi yurishi boshlandi.
22 avgust, Quqonliklar Mahram istehkomi yaqinida mag‘lubiyatga uchradilar.
29 avgust. Qo‘qon shahri egallandi.
8 sentyabr. Marg‘ilon shahri egallandi
General Skobelev uchqur otryadi (6, ta yuzlik 2 ta rota aravalarda, 4 ta otliq, to‘pchi va raketachi batareya) bilan Mingbuloq va O’sh atrofida izlanishlar amalga oshirdi. Andijon vakillari tobeliklarina izhor qildilar.
30 sentyabr. Andijonda g‘alayon ko‘tarildi, General Trotskiy otryadining (5 ta rota, 86 ta sapyor, uch yarim yuzlik, 8 ta to‘p-zambarak, 4 ta raketa qurilmasi) Andijon harbiy harakati boshlandi.
1 oktyabr. Andijon hujum bilan olindi.
17 oktyabr. Namangan bo‘limi (xonliklarning Norin daryosi o‘ng qirg‘og‘idagi shimoliy qismi) Rossiyaga qo‘shildi. General Skobelev boshliq qilib tayinlandi. Qo‘qon honligida avvalgi hokimiyatni tiklashga urinish va tartibsizliklar sodir bo‘ldi. Nasriddinxon Xo‘jandga qochdi. Qo‘qonliklar Qurama uezdiga hujumlar uyushtirdilar.
24 oktyabr. General Skobelev (3 ta rota, bir yarim yuzlik, 4 ta to‘p-zambarak) Namangandan Chust shahriga yurish qildi. Namanganda qo‘zg‘olon bo‘ldi.
27 oktyabr. Skobelev orqaga qaytdi. Namangan shahri bombardimon qilinib, ishg‘ol etildi.
11 noyabr. General Skobelevning (4 ta rota, to‘rt yarim yuzlik, 6 ta to‘p-zambarak, 4 ta raketa qurilmasi) Norin daryosining chap qirg‘og‘i tomon harakati boshlandi. Baliqchi yaqinidagi ishlar; Valixon To‘ra boshliq qipchoqlar tor-mor keltirildi.
29 noyabr va 2 dekabr. General Skobelev otryadi (1 ta rota, bir yarim otliq rota, uch yarim yuzlik, 2 ta to‘p, 2 ta raketa qurilmasi) Norin daryosining chap qirg‘og‘idagi izlanishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

1876 yil
Qo‘qonliklarga qarshi harbiy harakat davom ettirildi. General Skobelev otryadi (2880 kishi) Andijonga tomon yurish boshladi.
8 yanvar. Andijon hujum bilan qayta olindi.

PARTIZANLAR URUSHI

18 yanvar. Asaka yaqinidagi to‘qnashuv. General-mayor Skobelev otryadi (2 ta rota, 1 ta yuzlik, 4 ta to‘p-zambarak, 6 ta raketa qurilmasi) Abdurahmon Oftobachi boshliq qo‘qonliklar to‘dasini mag‘lubiyatga uchratdi.
27 yanvar. Uchqo‘rg‘on yaqinidagi jang: rotmistr Meller-Zakomelskiy otryadi (ikki yarim rota, olti yarim yuzlik, 5 ta to‘p zambarak, 6 ta raketa qurilmasi) Po‘latxon to‘dasini tor-mor qildi.
28 fevral. General Skobelev otryadi (1 ta rota, yetti yarim yuzlik, 10 ta to‘p-zambarak, 2 ta raketa qurilmasi) Qo‘qonni ishg‘ol qildi.
19 fevral. Qo‘qon xonligi Farg‘ona viloyati nomi bilan Rossiyaga qo‘shib olindi. Polkovnik Aminov otryadining (1 ta yuzlik, 1 ta raketa batareyasi), general Skobelev otryadining (3 ta rota, 1 ta yuzlik) O’sh va Gulchiga yurishi, Oloyga yurishi. Yangiariq yonida janglar bo‘lib o‘tdi. Qora qirg‘izlar mag‘lubiyatga uchratildi. Chegara haqida kelishib olish uchun general Kuropatkin Qashg‘arga elchi qilib yuborildi.

1878 yil
General Stoletovning Afg‘onistonga elchiligi. Angliyaga qarshi yurish uchun tayyorgarlik boshlandi. Jom yaqinidagi o‘rda.

1879 yil
General Lomakinning (o‘n olti yarim batareya, 20 ta yuzlik va eskadron, 20 ta to‘p-zambarak, 12 ta raketa qurilmasi) Axaltaka vohasiga ekspeditsiyasi boshlandi.
28 avgust. Dinglitepaga hujum muvaffaqiyatsiz tugadi va chekinishga to‘g‘ri keldi.

1880 yil
G’ulja tumanida Xitoy bilan urushga tayyorgarlik ko‘rildi.
Turkmanlarga qarshi yurishga hozirlik kuchaytirildi.
26 noyabr. General Skobelev otryadi Bomidan chiqdi.
30 noyabr. To‘g‘onbotir qal’asi (Samur istehkomi) olindi.
15 dekabr. Samur istehkomiga, polkovnik Kuropatkin boshliq Turkiston otryadi (510 pyyoda, 318 kazak, 2 ta tog‘ to‘pi, 2 ta raketa qurilmasi) yetib keldi. General Skobelevning otryadi hammasi bo‘lib 45 ta rota, 11 ta eskadron, 74 ta to‘p, 11 ta raketa qurilmasidan iborat bulib, ruslar 8000 ga yaqin, takaliklar esa 40 mingdan ortiq qo‘shinga ega edi.

1881 yil
12 yanvar. Qo‘ktepa (Dinglitepa) hujum bilai olindi.
28 yanvar. Ashgabad o‘n besh yarim rota, 6 ta eskadron va yuzlik, 12 ta to‘p-zambarak va raketa qurilmasi bo‘lgan otryad tomonidan jangsiz egallandi.
12 fevral. Peterburg shartnomasiga ko‘ra, G’ulja tumani Xitoyga qaytarildi, Ili o‘lkasining g‘arbiy qismi bunga kirmadi.

IMPERATOR ALEKSANDR III HUKMRONLIGI DAVRI

1882 yil
6 may. Kaspiyorti viloyati tashkil etildi.

1884 yil
31 yanvar. Marv vohasi turkmanlari fuqarolikka qabul qilindi. Marv Rossiyaga qo‘shib olindi. Okrugga polkovnik Valixonov boshliq qilib tayinlandi.

1885 yil
Kushka daryosi bo‘yida afg‘onlar bilan chegara masalasida mojaro bo‘lib o‘tdi.
18 mart. General-mayor Komarov otryadi (8 ta rota, 4 ta yuzlik, 4 ta to‘p) Toshko‘prikda inglizlar rahbarlik qilgan afg‘onlarni mag‘lubiyatga uchratdi.
Kushka egallanib, Rossiyaga qo‘shib olindi.

1892 yil
Polkovnik Ionov o‘z otryadi (1 ta batareya, 3 ta yuzlik, 4 ta to‘p-zambarak) bilan Pomirni ishg‘ol qildi.

1894 yil
Afg‘onlar bilan chegara mojarosi bo‘lib o‘tdi.

IMPERATOR NIKOLAY II HUKMRONLIGI DAVRI

1895 yil
Angliya vakillari ishtirokidagi maxsus aralash hay’at (komissiya-) Rossiya bilan Afg‘onistonning Pomirdagi chegaralarini belgilab berdi.

Majid Hasaniyning “Yurt bo‘ynidagi qilich yoki istilo” (Toshkent. «Adolat». 1997) kitobidan olindi.



 
DURDONDate: Chorshanba, 03-Avg-2011, 03:27 | Message # 7
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
kitobsham




«Kurashmoq uchun o‘rganmoq kerak»
Rossiya imperiyasining yirik harbiy mutaxassisi, mashhur tarixchi, 1830-1840 yillarda Xivani zabt etish uchun yuborilgan harbiy ekspeditsiya qatnashchisi general-leytenant Mixail Ignatovich Ivanin (1801 -1874) ruslarning Sharqqa dastlabki yurishlaridagi muvaffaqiyatsizliklari sababini bu o‘lkalardagi xalqlarning buyuk sarkardalari harbiy mahoratini, usul va uslublarini o‘rganmasdan ishga kirishilganlikda ko‘radi. Shu boisdan u eng avvalo Chingizxon va Amir Temurning harbiy strategiyasi va taktikasini, ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘llarini puxta o‘zlashtirishni tavsiya kilib hamda Rossiya hukumati bu borada amalga oshirishi zarur bo‘lgan va amalga oshirgan ishlarni yoritib, kitoblar (Dva polkovodtsa: Chingisxan i Mir Temur. S-Peterburg, 1V74; Zapiski o gosudarstvennnx i obshestvenno-ekonomicheskix nujdax Turkistanskogo kraya. S-Peterburg, 1906) yozdi. Bu kitoblar o‘quvchida turli fikr-mulohazalar va xulosalar uyg‘otadi. Quyida ulardan ayrim parchalar keltiriladi.

* * *

Bizning 1839-1840 yillardagi Xivaga qilgan muvaffaqiyatsiz (omadsiz) yurishimizdan so‘ng men mo‘g‘ul-tatar va O'rta Osiyo xalqlarining Chingizxon va Amir Temur davridagi harbiy san'atini o‘rganishga kirishdim. Ularning tuzumlari va asosiy yurishlari haqidagi qisqacha bayonimdanoq mo‘g‘ul-tatarlar qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlar faqatgina qo‘shinning ko‘pligi va jangchilarning botirligiga asoslangan edi, degan bizdagi noto‘g‘ri tushunchaning hech bir asossiz ekanligi ko‘rinib turibdi, deb o‘ylayman.

Mana shu qisqacha bayondanoq, Osiyodagi katta kuchlar bilan urush olib borish mumkinligi, ammo avval ularni yaxshi bilib olish va jangchilarni dunyoning mana shu qismiga yurishlar qilish uchun tayyorlay bilish kerakligi ko‘rinib turipti. Osiyoda yana urush bo‘lgan taqdirda (rossiyaliklar va yevropaliklarning O'rta Osiyoga yurishi ehtimoli ko‘zda tutilmoqda) biz mo‘g‘ul-tatarlardan kam sonli kishilar bilan jang qilish hamda otlar, tuyalar va chorva mollari ucharlarini himoya qila olish san'atini o‘rganishimiz, ulardan Osiyoda bo‘ladigan yurishlar uchun, hatto qishda ham oyoq ostidagi o‘t-cho‘plardan qanoatlanib ketaveradigan va quruq yem-xashakni hamisha ham talab qilavermaydigan dasht otlariga ko‘proq ega bo‘lish qoidasini o‘zlashtirishimiz kerak, deb o‘ylayman. Osiyoda bo‘ladigan uzoq muddatli yurishlar uchun yana ko‘chmanchi xalqlardan ko‘chishlar ko‘rinishidagi yurishlar qilish va shu ko‘chishlar mobaynida otlarni harbiy qiyinchiliklarga chidamliroq qila borish san'atini ham o‘rganib borish foydali bo‘lur edi.

Shunday qilib, Osiyoda urushlar qilgan taqdirda biz o‘zimizning janubiy va janubi-sharqiy davlatlarimizda yuklar, piyodalar va zaxiralarni Osiyoning keng suvsiz va qumli cho‘llaridan olib o‘tishda tuyalarni, otliq askarlarni zarurat tug‘ilganda almashtirishda kerak bo‘ladigan otlar bilan va oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun chorva mollarini ko‘paytirish haqida o‘ylashimiz lozim. Bizning janubiy va janubi-sharqiy dashtlarimizda bu hayvonlar hamisha yaxshi boqib kelingan, faqatgina tuya u yerdagi aholining kundalik zaruriyatiga aylanishi haqida qayg‘urmasak bas.

Bundan tashqari juda oz bo‘lsa ham, cho‘l yurishlariga o‘rgatilgan tuyalarda jang qila oladigan jangchilarga ega bo‘lishimiz, buning uchun tajriba sifatida tuyalarda yuruvchi uncha katta bo‘lmagan piyoda jangchilar otryadlarini tuzishimiz, ularni keyinchalik, zarur hollarda foydalanish uchun harbiy harakatlar qilishga ham, zaxiralar va to‘plarni tashib yurishga ham o‘rgatishimiz lozim. Va, nihoyat, Osiyoni harbiy jihatdan bilib olish maqsadida dunyoning shu qismi haqida ko‘proq harbiy jihatdan muhim ma'lumotlar bostiriladigan, davlat homiyligida bo‘lgan jaridani muntazamchop ettirmoq maqsadga muvofiqdir...

O'rta Osiyoni siyosiy jihatdan hozirgi ahvolda tutib turish uchun biz Angliya bilan do‘stona hamda o‘zaro manfaatlarga asoslangan harakatlarga kelishib olishimiz kerak bo‘ladi. O'rta Osiyo uning xalqlarini yagona bir jamiyatga birlashtirishga yo‘l qo‘ymaydigan vositalarga ega bo‘lgan davlatlar (ya'ni Rossiya va Xitoy) tasarrufida yoki ta'siri ostidadir...

Dushmanda nimaiki yaxshi narsa bo‘lsa, uni izdan chiqaring, o‘ldiring, amaldorlarni va mashhur kishilar,ni mavqelariga yarashmaydigan ishlarga jalb eting, lozim bo‘lganda esa fosh qiling. Dushmanning eng yaramas odamlari bilan maxfiy aloqada bo‘ling, hukumatga xalaqit bering, har yerda nizo urug‘ini soching, norozilik tug‘diring, kichiklarni kattalarga, xizmatchilarni boshliqlarga qarshi qayrab qo‘ying.

Dushmanning qo‘shinlarini kiyim-boshsiz, oziq-ovqatsiz qoldirishga harakat qiling, ular fe'lini (asabini) bo‘shashtiruvchi musiqalar yuboring. Tamoman rasvo qilish uchun buzuq ayollarni yo‘llang. Takalluf, va'dalar va sovg‘alarga sahiy bo‘ling. Ularning sirlarini bilish uchun pulni ayamang, chunki bu pullarni qancha ko‘p sarflasangiz, shuncha ko‘p foydasi bilan o‘zingizga qaytadi. Har yerda ayg‘oqchilaringiz bo‘lsin. Xitoy harbiy yozuvchilari, Xitoy Makimvellisining aytishicha, kimki bu vositalardan foydalana olsa va dushman orasiga nizo urug‘ini socha bilsa (biz buni o‘z davrimizda Osiyo xalqlari bilan bo‘lgan urushlarda ko‘rmoqdamiz), u hokim bo‘lishga haqli va davlat uchun chin xazina hamda tayanchdir...

Agar bu ikki davlat (Rossiya va Xitoy) sog‘lom siyosat yurgizsa va O'rta Osiyo hukmdorlari o‘rtasidagi istilochilik niyatlarini bostirish uchun ahillik bilan harakat qilsa, u holda Osiyo uzoq vaqtgacha qonli larzalardan xoli bo‘lishi mumkin. Xuddi shuningdek, Angliya ham janubdan harakat qilib, bu ishda (mustamlakachilik bosqinida) qatnashishi mumkin, chunki Hindiston hamisha istilochilar uchun lazzatli luqma bo‘lib kelganligi tufayli Angliyaning xususiy manfaatlari O'rta Osiyoda kuchli yarim davlat yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, buning uchun esa O'rta Osiyo xalqlarini yangi takomillashgan qurol-yarog‘ bilan ta'minlamaslik lozimligini ko‘rsatib turipti...

...Shuni ham nazardan qochirmaslik kerakki, Turkiston musulmonlar beshigidir. O'rta osiyoliklar hech qachon xristianlarga yon bosmaydilar. Ular dinsizlarga bo‘lgan o‘z hayoliy munosabatlarini faqat kuch ishlatilgandagina o‘zgartirishi va o‘z taqdirlariga tan berishlari mumkin.

Majid Hasaniyning “Yurt bo‘ynidagi qilich yoki istilo” (Toshkent. «Adolat». 1997) kitobidan olindi.


 
DURDONDate: Chorshanba, 03-Avg-2011, 03:49 | Message # 8
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
kitobsham


Istilo: uni amalga oshirganlar va ahli donish nazdida
Bu xalqqa (o‘rta osiyoliklar — turkistonliklarga) iloji boricha, mumkin qadar ko‘proq paxta ektirish, ularni tinimsiz ishlashga majbur etish kerak, toki bu xalqning boshqa narsalarni o‘ylashga, siyosiy voqealarni anglab yetishga bir zum ham vaqti, xohishi qolmasin...
Amir isyonkorlaridan birortasi ham asir olinmasin, qulga tushganlarning hammasi, hattoki yaradorlar ham otib tashlansin!...
Biz xon bilan emas, balki xalq bilan to‘qnashdik. Uni bostirish oson bo‘lmadi, Ruslar O’rta Osiyoda bunday (Qo‘qondagidek) uzoq va qattiq qarshilikka duch kelmagan edilar...
Ulug‘ rus podshohi bizga qo‘shni davlatlarda xon va xalq o‘rtasida nizo chiqishiga yo‘l qo‘ymasligiga inonchimiz komil...
Fon Kaufman, Turkiston general-gubernatori.
Ming ikki yuz sakson birida o‘rus kelgay.
Turkistonni atrofini qamsab olgay.
Sulton Orifin Hoji Ahmad Yassaviy.
(Hazrat Yassaviyning salkam sakkiz yuz yil avval aytgan bashoratlari to‘g‘ri chiqdi. Rossiya imperiyasi Turkistonni 1281 hijriy, melodiy 1864-yilda zabt etdi.M.H.)

G’aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun uning tarixini uyg‘otmoq kerak.
Avgustin, ilohiyatchi.

Hech bir millat boshqa millatlarni ezishda davom etib, o‘zi ozod bo‘lolmaydi.
K. Marks, F. Engels.

Turkiston mustamlakachilikningi eng yorqin namunasidir...
Zolim kapitalistlar Rossiyada boshqa xalqlarga jallodlik rolini o‘ynagan eski, qonli va iflos o‘tmishni bitirishimiz lozim. Biz bu o‘tmishni tilka-tilka qilib tashlaymiz.
Chor monarxiyasi millatlarning erkin va teng huquqli bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va bundan tashqari Yevropada va shuningdek Osiyoda vahshiylik, yirtqichlik va reaktsiyaning asosiy tayanchidir.
V. I. Lenin.

Chor Rossiyasi hukumatini rus xalqidan ajrata bilmagan kishi yomon siyosatdondir.
A. I. Gertsen, yozuvchi.

O’rta Osiyo —rus tojidagi eng qimmatbaho dur.
Vishnegorodskiy, Rossiya imperiyasi moliya noziri.

Rosiyaning kelajagi O’rta Osiyodan.
A. Gorchakov, Rossiya tashqi ishlar noziri.

Tarix—haqiqat chirog‘i.
Sitseron.

Sharq bilan aloqada Qozog‘iston tasarrufi kalit va darvoza hisoblanadi. Shuning uchun millionlab pul sarflansa ham Qozog‘istonni bo‘ysundirish yoki, hech bo‘lmasa, u yerda Rossiya ta’sirini o‘tkazish zarur.
Petr I, Rossiya imperatori.

Ruslar bu yerlarga (O’rta Osiyoga) bir-ikki kunga emas, abadulabad kelgan. Endi orqaga qaytish yo‘q!
V. Perovskiy, Orenburg general-gubernatori.

Biz qaerni bosib olgan bo‘lsak, o‘sha yerda orqamizdan buruqsib qora tutun ko‘tarilar edi...
Dorga osilgan odamlar tipirchilab turganlarida rasmlarini chizganman. Bir mullavachchani minoradan uloqtirib yubordim.
V. Vereshchagin, Turkiston bosqinida qatnashgan rus rassomi va zobiti.

Naql etishlaricha, podsho Petr I o‘limi oldidan ikki narsani amalga oshira olmaganligi uchun armon bilan ketayotganini aytgan: Prut yaqinida 1711 yildagi jangda Turkiyadan yengilganligi va Bekovich-Cherkasskiyning 1717 yildagi Xivaga harbiy yurishi tor-mor etilganligi uchun qasos ololmaganligiga qattiq afsus chekkan.
A. S. Pushkin, shoir.

Yevropaga biz qashshoq qarindosh va qul bo‘lib keldik. Yevropa yo‘llarida shapkamizni tutib turgandan ko‘ra, o‘zimizni Sharqqa urganimiz afzal...
Rossiya o‘zi uchun Osiyoni ochsa, ikki yuz yillik tanballik va mahmadanagarchilikdan qutuladi. Agar Yevropada bizni tatar deb bilgan bo‘lsalar, Osiyoda bizni yevropalik deb tanishadi. Osiyoni madaniylashtirishga kirishsak, oxir-oqibatda bu bizning ruhimizni ko‘taradi va biz o‘zimizning kim ekanligimizni anglab olamiz…
Biz o‘zimiz o‘z yerimizda ilmlar sohasida chalasavodmiz. Osiyoga kirib borsak, biz u yerlarda arboblar sanalamiz, bizda mustaqil ish yuritish ruhi uyg‘onadi, biz uddaburon xalq bo‘lib qolamiz. Yevropada dum bo‘lgandan ko‘ra, Osiyoga bosh bo‘lgan afzal…
F. Dostoevskiy, yozuvchi.

Ertalab otam Turkiston urushidan qaytgan bir yunker bilan gurunglashib, uning aroq ichish-ichmasligini so‘rab qoldi. U «ahyon-ahyonda ichib turaman», deb javob berdi. «Nima uchun ichasan?»—deb so‘radi otam. «Mana, masalan, general Skobelev butun aholini (Ko‘ktepa qal’asida) qirib tashlash kerak bo‘lib qolganda askarlar bunday kilishdan bosh tortdilar, qirg‘inni amalga oshirish uchun askarlarni ichkizib, mast qilishlari zarur bo‘ldi», — deb javob qildi yunker.
Dadam bir necha kungacha buni unutolmay, hammaga hikoya qilib yurdi.
Tatyana Suxotina — Tolstaya (L. N. Tolstoyning qizi, «Esdaliklar»idan).

O’lkani (1860-70-yillarda O’rta Osiyo va Qozog‘istonni) ruslar egallagandan keyin aholining ahvoli kundan-kunga yomonlashib va og‘irlashib bordi. Aholidan biz ko‘p narsani talab etmoqdamiz. Ulardan soliq yig‘ishda esa biz tobora yuksaklikka ko‘tarilmoqdamiz, lekin xalqqa nima qildik? Toshkentda va turli komissiyalarda aytilgan so‘zlardan boshqa xalq xo‘jaligi uchun biz hech narsa qilmadik.
Ch. Raevskiy, chor Rossiyasi amaldori.

Biz eng avvalo Yoyiq daryosi orqasidan ko‘chib kelgan kazaklar (qozoqlar)ni muqimlashtirishimiz za qora-qirg‘izlar (qirg‘izlar)ning turli elatlarini o‘zimiz tomonga og‘dirib, so‘ngra ularda qo‘qonliklarga qarshi dushmanlik hislari uyg‘onishini qo‘llab-quvvatlab turishimiz kerak.
G. Gosfaru, Sibir korpusi qumondoni (1858 yil 12 oktyabrda imperator Aleksandr II ga yo‘llagan rasmiy takliflaridan).


 
DURDONDate: Chorshanba, 03-Avg-2011, 04:00 | Message # 9
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Davomi

Qo‘zg‘olonchilar (Dukchi Eshon boshliq 1898 yildagi qo‘zg‘olon) bizning uyquda yotgan 22 soldatimizni o‘ldirganliklari uchun buning xuniga isyonchilardan 22000 kishiga o‘lim jazosi berilib, 300 kishi Sibir surguniga hukm etildi. Qo‘zg‘olonchilar rahbari Dukchi Eshon yashagan joy. — Mingtepa tep-tekis qilinib, u yerga 200 oilali rus qishlog‘i qurildi...
Islom o‘z qiyofasida nufuzli bir kuchdirki, u bilan biz, ruslar, uzoq davrlargacha, muqarrar ravishda hisoblashishga majburmiz..."
Buyuk olampapoh, Siz boshqarayotgan hozirgi bug‘ va zlektr asrida hamma milliy nifoqlarni tekislaydigan, o‘zaro nizolardan kuchlangan umumiy tinchlik g‘oyasi va bunga qanday qilib bo‘lsa ham intilish chuqur mulohazali ish bo‘lur edi.
S. M. Duxovskiy, Turkiston general-gubernatori (Imperator Nikolay II ga yuborgan axborotnomasidan).

Rossiya imperiyasi Xiva xonligini bosib olish uchun Turkiston harbiy okrugiga 2873000 so‘m. Orenburg harbiy okrugiga 200000 so‘m, boshqa xarajatlar uchun shaxsan general-gubernator Fon Kaufman ixtiyoriga 400000 so‘m pul ajratgan edi.
M. Trentev, rus harbiy tarixchisi.

Shomil barcha ruslar hukmronligiga qarshi kurashayotgan pahlavondir.
Aleksandr Dyuma, yozuvchi.

Kimki o‘zgalar yurtiga qilich yalang‘ochlab kelsa, bilingki, o‘sha qilich zarbidan uning o‘zi mahv etilgay.
Aleksandr Nevskiy, rus sarkardasi.

Bir ming sart bir rus soldati etigining poshnasiga arzimaydi.
Ivanov, Farg‘ona general-gubernatori.

General-gubernator Gustav Gosfortga Cho‘qan Valixonovni qirg‘iz (aslida qozoq) kiyimida savdo karvoni bilan Qashg‘arga yuborishga maslahat berdim...
G’arbiy Sibir gubernatori qo‘mondoni Gustav Gosfort tajribali va jasur qo‘mondon sifatida Turkiston xonliklari bilan harbiy to‘qnashuvdan sira ham qo‘rqmasdi.
Ammo general Peterburg hokimiyati oldida o‘z mansabidan ajralib qolishidan juda qo‘rqardi.
P. P. Semenov-Tyan’shanskiy, sayyoh va olim.

Turkiston o‘lkasi Rossiyaga foyda keltirishi mumkin bo‘libgina qolmay, balki shunday qilishga majburdir. Bu foydalar Rossiyaning o‘lkani istilo qilish davridagi hamda qurilish ishlariga ketgan harajatlarni qoplashi kerak.
Rossiya imperiyasi harbiy vazirligining 1906 yil mart oyida graf Vite janoblari nomiga yo‘llagan maktubidan.

Buxoro, Xiva, Qarshi bozorlariga nazar tashlab, rus savdosi kuchli rivoj topayotganiga ishonch hosil qilish mumkin va shuni mubolag‘asiz aytish mumkinki, butun O’rta Osiyoda muayyan bir rus buyumi uchramaydigan birorta xonadon, birorta do‘kon yo‘q.
H. Vamberi, mashhur sayyoh va tarixchi.

Osiyoliklar Rossiyaga olib kelayotgan turli navli to‘qima matolarni ikkala xorijdagi oddiy haloyiq juda xush ko‘rib ishlatardi, chunki ular kiyishga yumshoq va chidamli, shuning uchun davlatdagi armiya uchun juda ko‘p hollarda zarur bo‘lgan kanop mato o‘rnini bosardi.
Qo‘qonda va butun Qo‘qon davlatida paxta ekini va ipak qurti boqish uchun tut daraxti to‘lib yotibdi: hammayoqda paxta ekilgan dalalar ko‘zga tashlanadi, undan qo‘qonliklar mato tayyorlab, buxoroliklar bilan rustovarlariga — temir, qunduz, sandal, to‘tiyo, kantselyar urug‘i, dengiz mushugi, po‘lat, movut va hokazolarga ayirboshlaydilar.
Filippin Nazarov («Zapiski o nekotorix narodax i zemlyax Sredney chasti Azii» kitobidan).

Rus qo‘shini 8000 kishidan iborat bo‘lib, 70 dan ortiq zambarakka ega edi. yigirma kunlik qamaldan keyin 1881 yilning 12 (24) yanvarida Ko‘ktepa qal’asi hujum bilan ishg‘ol etildi. So‘ng talon-toroj qilish uchun askarlar ixtiyoriga to‘rt kun tashlab qo‘yildi. Qal’ani qamal qilish va zabt etish chog‘ida 600—800 kishi halok bo‘ldi. O’rta Osiyodagi boshqa janglarga qiyoslasak, ruslar katta qurbonlar evaziga g‘alaba qozonganini ko‘ramiz, o‘lgan va yaradorlarni birga hisoblaganda, ular 1000 dan ortiq odamini yo‘qotdi.
V. V. Bartold, sharqshunos olim.

Ko‘ktepa jangida jon berayotgan bir mullaning: «8000 begunoh odamni o‘ldirganing uchun vijdon azobiga qolmaysanmi?» — deb bergan savoliga general Skobelev yuzsizlik bilan: «Yo‘q! Talofat 80000 ga yetmaganiga achinaman!»—deb vijdonsizlarcha javob bergan.
Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatnni, san’atini, tnlini yuq qilsang bas, tez orada o‘zi adoyi tamom bo‘ladi...
To‘kilgan har tomchi rus qoni uchun dushman (o‘rta osiyoliklar) qonini daryodek oqizaman..
Dunyo slavyanlarniki, slavyanlar esa Rossiyaniki...
Ochig‘i men urushni yaxshi ko‘raman. Har bir millat o‘z xududini tabiiy chegaralargacha kengaytirish huquqiga ega va bu qonuniydir.
Biz, slavyanlar, albatta Bosfor va Dardanellni egallashimiz zarur, aks holda har qanday tarixiy ahamiyatimizni yo‘qotamiz. Agar qo‘limiz bu bo‘g‘ozlargacha yetmasa, yerlarimiz qanchalik cheksizligiga qaramay, biz halok bo‘lamiz.
Men shuni ko‘rib, his qilib turibman va bashorat qilib aytamanki, slavyanlar bir kuni Germaniyani yeydi. Nemislarga aslo toqat qila olmayman...
M. D. Skobelev, Farg‘ona general-gubernatori.

Tarixiy obidalar, osori-atiqalar qanchalik tez vayron bo‘lsa, Rossiya davlatchnligi uchun shuncha yaxshi.
A. V. Samsonov, Turkiston general-gubernatori.

Umuman Buxoroning davlat xo‘jaliti talonchilik bilan ish yuritmoqda va buning oqibatlari halokatdidir. Afsuski, bizning hukumatimiz bu holatga keraklicha e’tibor bermayapti. Oxir-oqibatda (so‘ng e’tibor berilganda) kech bo‘ladi va hozirgi boy davlat o‘rniga rus davlati gardaniga og‘ir, yangi yuk bo‘luvchi qashshoq davlatga ega bo‘lamiz. Buxoroga diqqatni jalb etishning mavridi allaqachon keldi.
D. N. Logofet, rus tarixchisi va amaldori.

Rossiyadagi musulmon xalqlarga birorta hado ijtimoiy-siyosiy huquq berilmasligi kerak.
P. Ilinskiy, Rossiya maorifi namoyandasi

Men sizga uch marta (1870 yil yanvarda) xat yozib, bi-rortasiga javob olmadim. Buning ustnga mening so‘ng-gi elchimnn ham ushlab qolgansiz. Bunday harakatlarga ortiqcha chidab bo‘lmaydi. Ikkitadan bittasi — yo aytganlarimga ko‘nasiz-u, do‘st bo‘lamiz yoki aytganlarimga qo‘-shilmaysiz-u, dushman bo‘lib qolamiz...
Fon Kaufman (Xiva xoniga yozgan xatidan).


 
DURDONDate: Chorshanba, 03-Avg-2011, 04:07 | Message # 10
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Davomi...

Janobi imperator hazrati oliylari, Sizni yangi shodiyona bilan qutlayotganimdan baxtliman: O’rta Osiyoning mashhur va ko‘hna shahri, musulmonchilik markazi, tarixiy shuhrati bilan dong taratgan Samarqandni birorta ham o‘q otmay topshirdilar. Sizning bahodir va sodiq qo‘shinlaringizga darvozalarni ochib, janobi oliylarining oyog‘iga yiqildilar...
Fon Kaufman (1868 yil 2 mayda imperator Aleksandr II ga yo‘llagan maktubidan).

Pristavlarning hokimlik surishlari shu darajaga yetdiki, ular, hatto masjidlarga qo‘ng‘iroq osish harakatida bo‘ldilar. O’zlarining to‘raliklarini va hukmdorliklarini ko‘rsatmoq uchun namoz vaqtida masjidga itlar bilan kirib keldilar...
Turkistonda ishlatilmoqda bo‘lgan yerlarning 55 foizi rus kelgindilarining qo‘liga o‘tdi. Shunday qilib, chor hukumati Turkistonda yerli xalqlarni ezishdan boshqa hech bir ish ko‘rsatmadi. O’zining ketinda (orqada) qolganligi va foydalana olmaganligi sababli, chor hukumatining eng boy bo‘lgan tog‘ ma’danlarini ishlatishga hech kimga ixtiyor bo‘lmadi...
Turor Risqulov, davlat, jamoat arbobi.

Rossiyada qonun yo‘q. Unda bir ustun bor, xolos. Ustunga esa toj kiygizib qo‘yilgan.
A. S. Pushkin, shoir.

Bosqinchilik qahramonlik bo‘lolmaydi.
Chingiz Aytmatov, yozuvchi.

Tarixiy haqiqat johilni qanchalik tahqirlasa, tarixiy yolg‘on ham fozilni shunchalik tahqirlaydi.
O'ljas Sulaymonov, shoir.

Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo‘limiz bog‘landi, tilimiz kesildi, oyog‘imiz qoplandi, yerimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumurildi, qomusimiz g‘asb qilindi, huquqimizga tajovuzlar bo‘ldi, insonligimiz oyog‘lar ostiga olindi — to‘zimli turdik, sabr etdik. Ko‘cha tayangan har buyruqqa bo‘ysundik, butun borlig‘imizni qo‘ldan berdik. Yolg‘iz bir fikrni bermadik, yashintirdik, iymonlarimizga o‘rab saqladik...
Zolimlar seni kimsasizmi ko‘rdilar. Yo‘q, sen kimsasiz emassan. Mana men butun borlig‘im bilan senga ko‘mak qiluvchi hozir manamen, chnn ko‘ngil bilan sening yo‘lingdan o‘lurga rozi... ustimga insonlar emas, shaytonlar qo‘shini kelsa, oyog‘imga zanjirlar emas, jahannam insonlari sorilsa, yana sen sari choparman. Dunyoning butun balolari boshimga to‘kilsa, zulm cho‘pining temir tikanlari ko‘zlarimga kirsa, yana seni qutqararman...
Rossiya davlati bizning o‘lkalarimizni kelib bosdi. Ortiq biz Turkiston turklari Ovrupo madaniyatini tashiguvchi bo‘lgan rus millatiga yo‘liqqan bo‘ldik. Madaniy ruslar bilan qotishib ularning dalolati bilan Ovruponing madaniy va ijtimoiy usullaridan ta’sir olmog‘imiz kerak edi. Shuni ham aytib o‘taylikkim, bunday bir ta’sirni rus millatining avom tabaqasidan olmog‘imiz mumkin emas edi. Chunki bizning avomimiz ulardan yuz marotaba madaniyroq edi...
Bizning diniy za milliy hissiyotlarimizni o‘ldirmoq tilagi bilan Ostroumov kabi mutaassib po‘plarning idorasinda gazeta chiqarildi, maktab ochildi, lekin o‘z millatimiz va diyonatimizni anglamoq uchun o‘z tarafimizdan ochilgan maktablar va gazetalar bog‘landi, shar’iy mahkamalarimizning huquq va salohiyatlaridan buyuk bir qismi g‘asb etildi. Mahkamalarda, uylarda, yo‘llarda, tijorat ishlarida, hatto vagon arabalarinda Turkiston musofiri bo‘lgan rus va armanidan tubanda tutildi...
Ey ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi? Holing qalaydir! Nechuk kunlarga qolding? Ey Chingizlarning, Temurlarning, O’g‘uzlarning oilalarining shonli bolalari! Qani uchiqdiging yuksak o‘rinlaring? Qullik chuqurlariga nedan tushding!...
Abdurauf Fitrat, adib, olim.

Kimki yerli xalqqa va uning tiliga yuqoridan nazar qilsa, kimki mustamlakachilik fe’llarini izhor etsa, unday kishini hukumat mahkamalaridan rahmsizlarcha haydash kerak.
L. Trotskiy, partiya, davlat arbobi.

Turkiston mustamlaka sifatida ingliz va frantsuz-mustamlakalariga o‘xshash tuzumda idora etiladi.
«Turkestanskiy kuryer» gazetasi, 1917 yil 15 aprel.

Rossiyada hech qanday turk-tatar xalqi yo‘q, unda-bunda to‘p-to‘p qabilalar uchrab qoladi, ularni hech bir millatga mansub deb bulmaydi.
N. Ilminskiy, rus missioneri.

Sulton Sodiq (chor Rossiyasi bosqinchilariga qarshi kurashgan jasur Kenesarinning o‘g‘li), jasurlikda Alimqul (Qo‘qon xonligining sarkardasi)dan qolishmas ekan. Sulton Sodiq - dashtning so‘nggi arsloni.
M. Chernyaev, general.

1868 yilning yozida general K. P. Kaufman buyrug‘i bilan Samarqand shahri to‘pga tutildi. Zobitlar qurshovida zafar o‘rindig‘iga yastanib olgan oliyjanob Konstantin Petrovich (Kaufman) to‘xtovsiz papiros tutatar va butunlay shafqatsiz ohangda:
«Otib tashlansin! Otib tashlansin! Otib tashlansin!», degan gapini takrorlardi, xolos.
V. Vereshchagin, rassom.

Turkiston g‘allasi Rossiya g‘allasiga, paxtasi esa Amerika paxtasiga kushandadnr. Turkiston aholisining ahvoli nima kechsa kechsin-u, lekin Rossiya manfaatlari to‘la saqlansin.
A. Krivoshein, chor Rossiyasi dehqonchilik vaziri.

Mamlakatda yashovchi barcha xalqlar podsho hazratlarining farzandlaridir. Ammo bu ko‘p sonli onlada ruslar boshqalarga nisbatan katta og‘a bo‘lishlari lozim...
Ko‘ktepa qal’asi ichiga qarash dahshatli edi. Behisob o‘liklar bir necha kundan beri uyilib yotardi. Ba’zi kulbalar murdaga to‘lib ketgan edi...
Biz 50 yil mobaynida tubjoy aholini taraqqiyotdan jilovlab, maktablar va rus hayotidan chetda tutib keldik...
Rossiya qaramog‘ida sobiq O’rta Osiyo xonliklaridagi yerli xalqlar qirq-ellik yil mobaynida rus nayzalari himoyasida tinch hayot kechirdilar, rivojlandilar va boyidilar. Vatan uchun og‘ir damlarda talab etilayotgan paytda ular Rossiyaga mardikorlar yetkazib berdilar.
A. N. Kuropatkin, Turkiston harbiy general-gubernatori.

M. Chernyaev ashaddiy shovinist edi. Uning nazarida, Qo‘qon xonligida yashagan o‘zbeklar, qirg‘izlar, qipchoqlar va boshqa xalqlar faqat to‘n (chopon) kiyganliklari uchungina qirib tashlashga loyiqdirlar.
Z. A. Kastelskaya, rus harbiy tarixchisi.

Rossiyani men boshqarayotganim yo‘q, 35000 amaldor boshqarmoqda.
Nikolay I, Rusiya podshosi.

Biz Turkistonga madaniyat olib keldik, deb o‘ylaymiz. Bo‘ysundirilgan osiyoliklarga tinchlik va osoyishtalik berdik, deb o‘zimizni ovutamiz. Ammo bularda (turkistonliklarda) ham bir oliy tuyg‘u borki, bu millat va uning milliy iftixoridir. Musulmonlar ahvolini tushunishimiz kerak. Siyosiy o‘lim (milliy davlatchilikning yo‘qotilishi) og‘ir, milliy o‘lim esa undan ham og‘irroqdir. Bizning hukmronligimizda ular xuddi shunday ahvolga tushdilar. Bas, shunday ekan, hukmronligimizga qarshi g‘alayonlar ro‘y bersa, ajablanishga o‘rin yo‘q. Shunday milliy manfaatlar borki, ular xalq och yoki to‘qligidan qat’i nazar, bir kunmas bir kun o‘zini namoyon etajak.
N. N. Veselovskiy, tarixchi.

General Chernyaev Toshkent tarafdan hujumga o‘tib, ko‘p qon to‘kishlardan so‘ng Buxoro qo‘rg‘onlari — Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘onni birin-ketin egallay boshladi. Shunday qilib, butun Zarafshon vodiysining yuqori qismi Rossiya tomomidan bosib olinib, egallandi.
D. A. Logofet, tarixchi va amaldor.


 
DURDONDate: Chorshanba, 03-Avg-2011, 04:17 | Message # 11
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Davomi...

Turkiston xalqlarida rus hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish befoyda va halokatli degan tushuncha chuqur ildiz otgan.
Girs, chor hukumatining maxfiy maslahatchisi (Turkistonning 1880—1884 yillardagi hayoti to‘g‘risida bergan ma’lumotnomasidan).

Bu vahshiyona yurish (1873 yili general Verevkinning Xiva xonligidagi Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Mang‘it, Gurlan yerlarini vayron qilishi) oqibatida na insonlar va na uy hayvonlari qoldi...
Qozoq (kazak) otliqlari ko‘zga ko‘ringanni otib, qariyalar, bobolarni, ayolu atvolni qilich bilan chopib (general Fon Kaufman, Golovachevlarning 1873 yilda Xivani qirg‘in qilishi), sut emadurg‘on o‘g‘lonlarni nayza bilan sanchib o‘tga otar edilar. Ondan o‘tib, yana bir yovmut jamoalarini qatl etdilar. Yigirmadan ortiq xotunlar o‘g‘lonlarini quchoqlariga olib qo‘lga kirib, so‘z ichida, ekinlarning oralarida pinhon bo‘lib turib edilar. Rusiya askarlari alarni ko‘rib miltiq o‘qi bilan otub qatl etdilar...
1881 yil 1-12 yanvarda general M. D. Skobelev Turkmanlarning Ko‘ktepa qal’asida qirg‘in urushi olib bordi. 12 yanvar kuni so‘nggi mudofaatchilar tig‘dan o‘tkazildi. Yaradorlar ham nayzaga tortildi. Qirg‘in oxirida faqat 5 ming xotin-qiz omon qoldirilib, ular g‘olib askarlar ixtiyoriga berildi. Nomusi oyoq osti qilingan bu ayollar Eron feodallariga sotib yuborildi. Ko‘ktepadagi qirg‘inbarot urushini rus generallari maqtanib, «Ikkinchi Borodino» jangi deb ataydilar.
Muhammad Yusuf Bayoniy, tarixchi, shoir.

Ilgari Turkistonda, eski odatga ko‘ra, askarlikka rag‘bat va havas bo‘lar edi. Hozir askarlikdan ozod etilganliklari sababli turkistonliklarning shijoatlari asta-sekin so‘nib, bo‘shashib ketdi... Rossiya Osiyoda g‘oyat uzoqni ko‘zlovchi siyosat ketidan quvuvchi va bu keng qamrovli harakatlarda hech qanday chek-chegarasi bo‘lmagan, hirs va ishtahasi kun sayin oshib boruvchi imperialistik davlatdir. Rus millati ham buyuk davlatchilikka nihoyatda bog‘langan, xususiy mulkka qarab qolmay, hukumat ko‘rsatgan har qanday joyga, har qanday o‘lkaga borib joylashishga jomadoni tayyor, harakatchan, g‘ayrat qiladi. Rus millati bu harakatchanlik va g‘ayratni alohida bir uddaburonlik deb biladi.
Ahmad Zakiy Validiy, yirik davlat arbobi, olim, Turkistonda milliy-ozodlik harakati rahbarlari va tashkilotchilaridan.

Ko‘p jihatdan ayb (Toshkentda 1892 yilning bahorida vaboga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni uchun) o‘zimizda, albatta, ularning («sart»larning) fe’l-atvorini, qonun-qoidalarini o‘rganganimiz yo‘q va hali ham o‘rganmayapmiz. Bunda ayb faqat vaboning o‘zidagina emas, bu sabr kosasi to‘lgan xalqning g‘azabini toshirib yuborgan so‘nggi tomchidir. Xalq noroziligi allaqachondan beri kuchayib, yig‘ilib kelmoqda edi. Keyin esa boshqa noroziliklar qo‘shilishi bilan birdaniga qo‘zg‘olon boshlanib ketdi.
N. P. Ostroumov, chor Rossiyasining missioner amaldori (1892 yil 29 iyunda amaldor do‘stlariga yuborgan maktubidan).

Turkiston general-gubernatori A. V. Somsonov Rossiya imperatoriga Turkiston musulmonlarining ongi o‘sib, o‘lkada inqilobiy to‘ntarish yasashga bo‘lgan harakati haqida shularni xabar qiladi: mustamlaka ma’muriyati idoralari Farg‘ona viloyatida «idora tartiblariga va jamoat osoyishtaligiga qarshi kurash» sifatida 1911 yilda 833 ta, 1913 yilda 220 ta «jinoiy ish» qayd etilgan. Sirdaryo viloyatida esa shunday «ayblar» bilan 1911 yilda 3487 kishi, 1913 yilda 5394 kishi javobgarlikka tortilgan.
H. Bobobekov, tarix fanlari doktori.

«Turkiston— ruslar uchun» shiori ostidagi islohotni amalga oshirishga g‘ayrat bilan kirishildi. Imperiyaga qo‘shib olingan bu hudud imperiya bilan chambarchas bog‘langan mustamlaka sifatida qaralishi lozim.
Bu joy (Markaziy Osiyo o‘lkalari) Ovrupo Rossiyasi manufaktura sanoati ehtiyoj sezayotgan mahsulotlarni yetishtirishga qodirdir.
Qisman ko‘chmanchi chorvador va qisman o‘troq, asosan dehqon aholi yashaydigan bu mustamlakada manufaktura sanoati juda zaif rivojlangan, shuning uchun ham u tabiiy ravishda Ovrupo Rossiyasi manufaktura mahsulotlari chaqqon sotiladigan bozorga aylanadi.
M. Brodovskiy, Rossiya imperiyasining mahalliy savdogar amaldori.

Turkiston o‘lkasi uchun qo‘yilgan «missioner», shovinist Ostroumovning taklifiga ko‘ra, Turkiston musulmonlariga juma namozlarida (xutbalarida) oq poshsho nomini qo‘shib o‘qishlikka ko‘rsatma berildi. Mustamlaka musulmonlar tahqirlanib, rus amaldorlariga ta’zim bajo keltirishga majbur edilar, masjidlarda it yetaklab yurish odatini mustamlakachilar tark etmadilar.
Mustafo Chuqaev, Qo‘qon muxtoriyatining raisi.

Xudoning irodasi bilan mana 12 yildirki, yaramas ruslar musulmon shaharlarini egallab oldi. Toshkent, O’ratepa, Samarqandda dinimiz shu’lasini o‘chirib, e’tiqodimizga putur yetkazdilar. Shu sababli ham biz, barcha musulmon xalqlari, o‘z xonimiz (Xudoyorxon)dan muqaddas urush boshlashni so‘raymiz, Lekin u (Xudoyorxon) haq yo‘l qolib, nohaq yo‘ldan ketmoqda. Xon ruslar bilan til biriktirgan ko‘rinadi, Ko‘plab sovg‘alar jo‘natgan va rus podshosidan «muqaddas xon» degan yorliq ham olgan. Shu sababli bizning iltimos va maslahatlarimizga quloq solmayapti. U o‘z yuzini musulmonlardan teskari o‘girdi va bizdan yiroqlashdi. Shundan so‘ng biz barcha ruhoniylar yig‘ilishib. noqonuniy ishlarining barchasini birlashtirib yo‘q qilishga kelishdik... Abdurahmon oftobachi rus bosqinchilariga qarshi 1898 yil 17-18 may kunlarida Andijonda bo‘lgan xalq qo‘zg‘olonida boshchilik qilgan mingtepalik (hozirgi Marhamat tumani) Eshon (Dukchi Eshon) Muhammadali Xalif istibdodga qarshi xalq qo‘zg‘olonini shunday ifodalaydi:
1). Ruslar o‘lkani (O’rta Osiyo za Qozog‘istonni) bosib olgach, ularning mahalliy xalq mulkiga ko‘z olaytirishi kuchaydi.
2). Shariat ko‘rsatmalaridan yiroqlashildi.
3). Rus hokimlari dastlab xalq bilan yumshoq muomalada bo‘lgan bo‘lsalar-da, ibodatni taqiqlab qo‘ydi.
4). Zakot bekor qilindi.
5). Xalq vaqf qonunlaridan mahrum etildi.
Muhammadali (Dukchi Eshon) xalifa yodnomasidan.

Olmoniyaning «Bishof» firmasi 1903 yilda Turkistondan paxta sotib olish uchun Turkiston o‘lkasidagi Davlat mulklari va yer boshqarmasi huzuridagi qishloq xo‘jaligi soliq ishlari amaldori — chinovnik Ponyatovskiyga murojaat etdi. O’rta Osiyo paxtasiga «xo‘jayin» hnsoblangan rus agronomi Ponyatovskiy olmonlarga shunday javob qaytargan: «Bizning tolamizni Olmoniyaga sotish maqsadga muvofiq emas. Buning sabablari: birinchidan, bizning tolamiz hali o‘z fabrikamizga ham yetishmaydi, ikkinchidan, bizning paxtachiligimiz katta yo‘qotishlar evaziga qo‘lga kiritildi. Endi u avvalo rus sanoatini boyitishi kerak, xorijni emas. Uchinchidan, anni paytda Rossiya o‘z tolasiga xom ashyo sifatida juda katta ehtiyoj sezmoqda.
«Delo upravleniya zemledeliya i gosudarstvennix imushestv v Turkestanskom krae» (1903 y.) to‘plamidan.

Bo‘lg‘usi ko‘chmanchi posyolkalar (Rossiyadan O’rta Osiyoga ko‘chirilgan rus posyolkalari) qashshoq emas, balki boy va farovon bo‘lmog‘i kerak.
Krivoshein, yer ishlari va yer qurilishi bosh boshqarmasi boshlig‘i.

1906 yilda o‘lkaning (O’rta Osiyoning) besh viloyatida mavjud 136 posyolka 451 ming tanob yerga ega bo‘ldi.
Har bir xo‘jalik tomorqasi 34,4 tanobdan edi.
«Delo Kantselyarii Turkestanskogo general-gubernatora» (1907 y., 52-son) to‘plamidan.

O’zi tomonidan tobe qilingan sart (o‘zbek)ning xo‘jaligida batrak bo‘lib ishlashi rus kishisi sha’niga yarashmaydi. Bu ayni paytda o‘lkadagi tubjoy aholida ruslarga nisbatan boshqacha munosabat shakllanishiga olib keladi. Ruslarning sartlar qo‘lida ishlashi qoida darajasiga ko‘tarnlishiga davlat yo‘l qo‘ymasligi kerak.
«Voprosi kolonizatsii» jurnali, 1913, 13-son.

Sart o‘z yerida, o‘z oilasi bilan ishlaganida so‘zsiz mehnatkash bo‘ladi, vijdonan ishlaydi. Bu holat sart rus qo‘lida ishlayotganida boshqacha namoyon bo‘ladi. Chunki u bu paytda o‘zining vijdonan ishlashi kerakligini his qilmaydi. Men N. N. Andreev xutori (qishlog‘i)da buni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Sart bu yerda kuzatuvchi turganligiga qaramay, makr-hiyla yo‘liga o‘tib oldy… U juda sekin qimirlar va bunga esa jazirama issiqni bahona qilib ko‘rsatardi. Haqiqatda yevropaliklar (ruslar) bu qadar issiqqa dosh berolmasdilar.
N.N.Aleksandrov,
Farg‘onadagi Andreev xutorining xo‘jayini.

Turkistonning ortiqcha har bir pud g‘allasi — bu rus va Sibir g‘allasining raqibidir. Turkistonning ortiqcha har bir pud paxtasi — bu Amerika paxtasining raqibidir. Shuning uchun garchi qimmat bo‘lsa-da, yaxshisi, o‘lkaga g‘alla keltirish kerak. O’zlashtirilgan yangi yerlarga esa paxta ekish lozim.
«Voprosi kolonizatsii» jurnali, 1913, 12-son.

Majid Hasaniyning “Yurt bo‘ynidagi qilich yoki istilo” (Toshkent. «Adolat». 1997) kitobidan olindi.




 
ROBIYADate: Chorshanba, 03-Avg-2011, 05:00 | Message # 12
Yangilardan
Group: Muslima
Messages: 2502
Status:
samarqand buxoro bizni yani Ozbekistonni haqiqiy shaharlaridan hisoblanadimi??

chiroylik imzo coyaman yaqinda
 
DURDONDate: Chorshanba, 03-Avg-2011, 08:01 | Message # 13
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Ha albatta . Amur Temur hukmdorligi davrida Samarqand savdo markazi va poytaht hisoblangan keyinchalik 1930 yilda TOSHKENT UZBEKISTON ni poytahti deb tan olingan. Uzbekiston tarihida shu qadimiy shaharlar bilan bogliq muhim voqealar bolgan. Meni bilishimcha...

 
DURDONDate: Yakshanba, 07-Avg-2011, 23:26 | Message # 14
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Otaga vafo qilmagan, farzandlarga nasib etmagan yurt boyliklari

Buxoroning so‘nggi amiri yiqqan shuncha xazina, boyliklar uning farzandlariga nasib etganmi yoki yo‘qmi degan savol tug‘iladi. Haydarali Uzoqov va Sotimxon Xolboev «Buxoro amirligining oltinlari» nomli nufuzli maqolasida Buxoro amirligi xazinasida to‘plangan behisob oltin, kumush va boshqa qimmatbaho boyliklar to‘g‘risida ishonchli hujjatlar asosida fikr yuritadilar.

Ular Amir Olimxon o‘limi oldidan farzandlari za qarindosh-urug‘larnga bergan vasiyatini keltiradilar: «Peshavor bankida saqlanayotgan dollarlarga birorta qo‘l tekkizmaysan, O'zbekiston mustaqil bo‘lgach, bu pullarni uning hisobiga o‘tkazasanlar. Londonda saqlanayotgan jamg‘armalar asosan avlodlar uchun, lekin uning bir qismi ham O'zbekistonga berilnshi mumkin. Bu senlarga bog‘liq». Naqadar uzoqni ko‘zlab qilingan ibratli vasiyatnoma bu. Said Olimxonning farzandlari padari buzrukvorlarining bu muqaddas vasiyatnomasiga sodiq qolganlar. Moddiy jihatdan qnynalib yashaganlarida ham ularning birortasi bankdan yarim chaqa ham olmay, ota nasihatini vijdon amri, xaqiqat ko‘zgusi, kelajakka ishonchi, deb bilganlar. Bu Sharqqa xos qat'iyat, samimiylik, sabr-toqat, meqr-oqibat, vafodorlik va yuksak odamiylik namunasidir. Xo‘sh, qinnalib tirikchilik qilgan Amir Olimxon farzandlarining taqdiri ne kechgan?

Gap shundaki, amirning keyingi taqdiri, oila va farzandlari to‘g‘risida juda oz ma'lumotga egamiz. Uning o‘z qo‘li bilan bitilgan «Buxoro xalqining fojiasi» nomli nufuzli risolasida ham oilasi va farzandlari taqdiri haqida to‘liq ma'lumot berilmaydi.

Bolsheviklar Buxoroda 1920 yil 2 sentyabrda sodir etgan bosqinchilik to‘ntarishidan keyin amir Buxoroi sharifni tark etib, Afg‘on yurtiga ketishga majbur bo‘ladi. Qizil imperiyaning qasoskorlik tajovuzi oqibatida Said Olimxon palaponlaridan ajralgan burgut misoli o‘z nuridiydalaridan abadiy judo bo‘ladi!

Buxoroda o‘z hokimiyatini zo‘rlik bilan o‘rnatgan bolsheviklar Said Olimxonning 8-10 yashar o‘g‘illari Sultonxon, Shomurod, Rahimxonlarni nazardan qochirmaydilar. Amir farzandlarini Buxoroda saqlash qiyin bo‘lganligidan, Fayzulla Xo‘jaevning maslahati bilan Buxoro Xalq Sho‘rolar Hukumati ularni Buxorodan Moskvaga ko‘chiradi. Sho‘rolar hukumati amir farzandlarnki o‘z himoyasiga olib, ularning o‘qishi va tarbiyasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

«Bosmachi» nomi taqilgan Vatan himoyachilarining bolsheviklarga qarshi shiddatli kurashi davom etgan yillari (20-30-yillar) Buxoro amiri Said Olimxon haqida va uning farzandlari, amir xazinalari to‘g‘risida sovet va chet el matbuotida xabarlar berib borildi. Bu o‘rinda amirning to‘rtinchi o‘g‘li Shomurodning o‘z otasi Said Olimxon nomnga 30-yillarda yo‘llagan va unga katta shuhrat keltirgan bir tarixiy maktubi xarakterlidir. Avval u Moskvadagi rabfakni, keyin harbiy muhandislik akademiyani tugatadi. Ikkinchi jahon urushida qatnashnb, Sovet Ittifoqi generali unvoniga sazovor bo‘ladi. Uning xatini o‘qir ekanmiz, sharq farzandi o‘z qiblagohiga alam-hasratlarga to‘la bunday maktubni yo‘llamasligiga amin bo‘lamiz. Noma mazmunidan u tegishli doiralar tomonidan to‘qilib, amirzoda nomidan e'lon qilinganligi shundoqqina ko‘rinib turibdi.

Taqdir o‘yiniga qarang: ota-bola Rossiya imperiyasining generallari, faqat farq shundaki, Amir Said Olimxonga xamda Abdulahadga «oq» generallikni Nikolay podsho topshirgan bo‘lsa, amirning ug‘li Shomurodga «qizil» general unvonini I. Stalin bergan. Zamona zayli bilan ota-bola generallarning biri «oq imperiya»ga, ikkinchisi «qizil imperiya»ga xizmat qilib, butun bor-yo‘g‘idan ajralishgan. Shomurod Olimovning «Izvestiya» gazetasi sahifasida o‘z otasiga yozgan ochiq mak-ubida shunday satrlarni o‘qiymiz:

«Men senga birinchi va so‘nggi maktubimni yozayapman. Istaymanki, o‘rtamizda hech qachon aloqa tiklanmasin. Ammo keyingi yuz bergan voqealar meni majbur etdiki, qonga to‘lgan yuragimdan chiqarib, mana shu so‘zlarni yozib ma'lum qilmoqdaman. Kirdikorlaringning bari hanuz ko‘z oldimda turibdi: sening zulmnngdan Registon qon qusar edi. Zulm-istibdodingdan dodga kelgan xalqni maslakdoshlaring shafqatsiz talar edi. Sen kecha-kunduz ayshu ishrat bilan band bo‘lib, haramdan boshing chiqmas edi. Biz ikkimiz-men - o‘g‘il, sen - ota bo‘lib, bir yilda bir marta ko‘risharmidik, rostini ayt-chi. Mana hozir Moskvada tahsil ko‘rmoqdaman. Do‘stlarim, o‘rtoqlarim huzurida o‘zimni shod sezaman. Men berahimligingu shafqatsizligingdan, afsus, kech ogoh bo‘ldim. Hozir o‘zimni otasiz hisoblayman. Va senga ham maslahatim shuki, bundan buyon o‘g‘lim bor, deb aslo o‘ylama. Farzandim bor deb o‘ylashga haqqing yo‘q».

9-10 yashar bola qalbida padari buzrukvoriga nisbatan bu qadar hurmatsizlik, sinfiy nafrat o‘ti to‘lib-toshganligiga aslo ishonging kelmaydi. «Izvestiya» gazetasi sahifalari orqali olamga taralgan mazkur maktub afg‘on tog‘u dashtlaridan o‘tib, ona-Vatanndan uzoqda bo‘lgan sobiq hukmdor Said Olimxon qo‘liga ham yetib boradi. Sevikli farzandining nafrat to‘la bu dahshatli maktubini o‘qigan otaning ahvoli ne kechganligini tasavvur qilish mumkin...

Biroq amir farzandlarining keyingi taqdiri bizga noma'lum. Amirning so‘nggi kanizagi bo‘lgan O'zbekiston Xalq artisti Maryam Yoqubova bilan suhbatlarimizdan birida u Said Olimxonning o‘g‘illari to‘g‘risida hikoya qilib bergan edi. O'shanda menga amirning o‘rtancha o‘g‘li Shomurodning harbiy kiyimdagi rasmini ko‘rsatib: «U harbiy muhandis, general, Moskvada yashaydi, men bilan deyarli tengdosh, bordi-keldimiz bor, faqat buni siz hech kimga aytmang, uka»,- degan edi opa ehtiyotkorlik bilan.

Yaqin-yaqinlargacha Buxoro amiri Sand Olimxonning to‘rtta o‘g‘li borligidan xabardor edik. Biroq keninchalik Said Olimxonning sakkiz o‘g‘li Turkiya mamlakatida yashayotganligi matbuot xabaridan ma'lum bo‘ldi. Buxoro hukmdorining farzandlari: Said Ibrohim, Said Rahimxon, Said Xodixon, Said Ibod, Said Kabir, Said Mansur, Said Rauf ozod va hur jumhuriyat - O'zbekiston mustaqilligining ikki yillik to‘yi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasnning Prezidenti Islom Karimov nomiga tabriknoma yo‘lladilar («Xalq so‘zi», 1993 yil 1 sentyabr).


 
DURDONDate: Yakshanba, 07-Avg-2011, 23:28 | Message # 15
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
Davomi...

Buxoro amiri Said Olimxon ona-Vatanni qo‘msab, sog‘inib, qarigan chog‘ida Buxoroga qaytish orzusida Sovet hukumati boshliqlari I. Stalin, M. Kalininga murojaat etadi. Biroq, u toshbag‘ir istilochilar rad javobini berishadi. Istiqlolimiz tufayli ona-Vatanini ko‘rish uning farzandlarnga nasib etdi. Ular 1993-1994 yillarda birin-ketin ota yurti, ona diyori mustaqil O'zbekistonga tashrif buyurdilar.

Keyingi e'lon qilingan ma'lumotlarga qaraganda, Buxoroning sobiq amiri Said Olimxonning bir necha xotini bo‘lib, ulardan 37 farzand - 16 o‘g‘il, 21 qiz bo‘lgan.

Qardosh Tojikiston Respublikasi Leninobod viloyati «Leninobod haqiqati» gazetasining 1993 yil 1 iyul sonida jurnalist Muhiddin Olimpurning «Buxoro so‘nggi amirining achchiq qismati» nomli maqolasi e'lon qilindi. Maqolada yozilishicha, 70-80-yillar bir necha bor Afg‘onistonda bo‘lgan Muhiddin Olimpur Said Olimxon haqida material to‘plagan. Biroq u Buxoro amiri va uning farzandlari haqida qoniqarli ma'lumotlar yig‘a olmagan. Shundan keyin u Amerikada bo‘lib, Said Olimxon farzandlari: qizi-jurnalist Shukriya Ro'l va o‘g‘li Saidumar Olimiylar bilan uchrashib, muloqotda bo‘ladi. Said Olimxonning kenja qizi Shukriya Ro'l Afg‘onistonda tavallud topgan. U sakkiz oylik paytida padari buzrukvori olamdan o‘tadi. Shukriya Kobuldagi oliy bilimgohning jurnalistika bo‘limida ta'lim olgan va jurnalist sifatida Afg‘onistonda va xorijiy mamlakatlarda xizmat qilgan. U arab, fors, tojik, urdu hamda turkiy xalqlar tillarini yaxshi biluvchi qalam sohibi hisoblanadi.

Muxbirning aka-singillaringiz haqida gapirib bersangiz, otadan nechtasizlar? - degan savoliga Shukriyaxonim shunday javob qiladi:

- Qadimgi odatga ko‘ra otam ko‘p uylanganlar, inilarimiz o‘n beshta bo‘lsa, singillarimiz yigirma nafar.

Ularning ismlarini yoddan bilasizmi?

- Albatta.

Shukriyaxonim, siz opa-singillaringizni, Saidumar, siz og‘a-inilaringizni tanishtirsangiz?

- Bosh ustiga. Muhsina, Shukriya, Uzri, Xayriya, Muslima, Soliha, Nazokat, Muborak, Mo‘‘mina, Sofiya.

Saidumar o‘g‘illarni sanay boshladi: - Xonadonning bosh farzandiman. Uch akam vatanda - O'zbekistonda qolgan, ismim Saidumar, ikkinchi nomi Said Omonullo, ikkinchi inim Saidmurod (3-4 yil avval Makkai Muazzamada vafot etgan). Uchinchi o‘g‘il Said Ibrohim (u hozir Turkiyada yashaydi), Said Abdurahim, Said Abdulfattoh, Said Abdukabir, Azimshoir, Said Mansur (shoir). Said Abdullo (Olmoniyada yashaydi), Said Abdulhodi, Said Abdug‘affor, Said Hoji (Turkiyada yashaydi, tish do‘xtiri), Said Abdusattor. Said Abdurauf, Said Muhammadsaid (Olmoniyada yashaydi), Said Orif.

Said Olimxon farzandlari Shukriya va Saidumarning aytishlaricha. Said Olimxon Afg‘onistonga muhojir yoki qochoq sifatida emas, balki Afg‘oniston hukumatidan ko‘mak so‘rab, qurol-yarog‘ olgani kelgan ekan. Afg‘oniston shohi Amonulloxon bir necha marta Amir Said Olimxonga: «Agar siz kelsangiz, albatta yordamimni ayamayman», - degan ekan.

Lekin, ming afsuski, «qizil imperiya»ning bosqinchilik siyosatidan cho‘chigan Amonulloxon Buxoro amiri Said Olimxonga yordam berishga botina olmaydi.

Ona-Vatanni qizil shaytonlardan ozod qilish, o‘lkada ozodlik va istiqlol barq urishi umidi bilan yashagan mang‘it amirlarining so‘nggi hukmdori amir Said Olimxon yuragida bir olam orzu-armon bilan ketdi. Uning Vatanni ozod qilish, ona diyorini mustaqil ko‘rish orzulari bizning zamonamizda, 1991 yil 1 sentyabrda O'zbekiston mustaqil respublikaga aylangandan keyin amalga oshdi.

Iqtidorli yozuvchi A. Hasaniy «Nido» («Buxoro haqiqati», 1992 yil 3 iyun) nomli maqolasnda yozishicha, Said Olimxonning katta o‘g‘li Sultonxon 1910 yilda Buxoroda tavallud topgan, u inqilobdan keyin, 20-yillarda Moskvadagi rabfakda o‘qiydi va tugallanmagan oliy ma'lumot oladi. Urush nogironi bo‘lgan Sultonxon uzoq vaqt Moskvadagi ko‘zi ojizlar uyida ishlaydi.

Biroq amirning uchinchi o‘g‘li - Rahimxonga va uning umr yo‘ldoshiga fojiali taqdir nasib etdi. Buxoro hukumati yordamida Moskvadagi rabfakda ta'lim olgan Rahimxon 1937 yilda GPU xodimlari tomonidan josuslikda ayblanib, qatl etiladi. Rahimxonning xotini eri haqidagi mash'um xabarni eshntib, o‘zi ishlayotgan sovun ishlab chiqarishining qaynoq qozoniga o‘zini tashlab halok bo‘ladi. Xuddi Rossiya podshosi Nikolay II ning oilasi bolshevik terrorchilar qo‘lida halok bo‘lganidek, Buxoro amirining farzandlari ham ulardan o‘lim topadi.

Biz mo‘g‘ul-tatar bosqinchilarining 200 yildan ortiq davr ichida rus xalqi va boshqa xalqlarni ezib kelganligini tarixdan yaxshi bilamiz. Oltin O'rda xonligi ruslarga va boshqa xalqlarga o‘tkazgan zulm va zo‘ravonlikni qattiq qoralab kelganmiz. Biroq insof yuzasidan fikr-mulohaza yuritadigan bo‘lsak, Chingizxon va uning farzandlari hukmdorligi davrida rus xalqi va boshqa xalqlar ham Oltin O'rda xoniga o‘lpon to‘lab, o‘z cherkovlarida ibodat qilib, o‘z ona tillarida o‘qib, hunar o‘rganib keldilar. Ruslar mamlakati ustidan uzoq davr hukmronlik qilib kelgan chingiziylar mahalliy xalq savdo-sotiq ishlarini, e'tiqodi va milliy an'analarini davom ettirib, rivojlantirishlariga monelik qilmaganlar.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Chingizxonning Rossiyaga yurishini Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishda ko‘rsatgan vahshiyliklari, xalq mulkini talon-toroj qilishi bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, rus bosqini mo‘g‘ul-tatar bosqinidan o‘n chandon dahshatli, vahshiyona bo‘lganligiga iymon keltiramiz. Chunki O'rta Osiyo va Qozog‘iston yerlarini harbiy kuch bilan bosib olgan Rossiya imperiyasi o‘lka xalqlari tarixi, madaniyati, dini, tili, barcha milliy an'analarini yer bilan yakson qilib, tarix g‘ildiragini necha yuz yillar orqaga burib yubordi.

Sadriddin Ayniy «Buxoro jallodlari», «Buxoro tarixi uchun materiallar», «Doxunda», «Yetim» va «Esdaliklar» kabi nasriy asarlarida O'rta Osiyo, ko‘proq Buxoro tarixi, bu o‘lka xalqlari hayotini ishonchli tasvirlagan. Yozuvchi mashhur «Doxunda» romanida o‘zbek va tojik xalqlarining ma'rifiy va inqilobiy uyg‘onishini badiiy timsollar vositasida tasvirlab bergan.

Buxoroning suyukli ijodkor farzandi bo‘lgan Sadriddin Ayniy Buxoroning mang‘it amirligi tarixida feodal amirlikning so‘nggi hukmdori Said Olimxonning ijtimoiy-siyosiy faoliyati, amirlik va darbor ahlining yashash sharoiti, turmush tarzidan kelajak avlodlarga san'atkorlarcha hikoya qilgan. Jumladan, «Doxunda» romanida Said Olimxonning so‘nggn to‘rt, besh (1917-1921) yillik davlatchilik va jamoatchilik fgoliyatini, uning M. Frunze boshliq bosqinchi bolsheviklar tajovuzidan toj-taxtni, ona-Vatanni, boy xazinani tashlab, noiloj qo‘shni Afg‘on o‘lkasiga ketib jon saqlashining tafsilotini bayon etgan. Romanda Said Olimxon, uning yaqinlari, Mirzo Urganjiy, amir xazinaboni Imonqul, Hoji Yusuf Muqimboy, Hoji Alimboy va boshqa o‘nlab tarixiy shaxslar yovuz niyatli odamlardan Vatanni, dinni, ma'naviyat va iymonni himoya qilish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatganliklari tasvirlab berilgan.

Shuni ham ta'kidlash joizki, boshqa xonliklarga nisbatan Buxoro amirligi Rossiyaga ko‘p hamiyat ko‘rsatib kelgan. Xususan, unga amir Abdulahadning moddiy va ma'naviy yordami sezilarli bo‘ldi. Masalan, 1914 yili, birinchi jahon urushi davrida Rossiya iqtisodiy tanglikka uchrab, Buxoro amiridan moddiy yordam so‘raganida ham Said Olimxon rus podshosi Nikolay II iltimosini o‘z vaqtida qondirib, Rossiyaga 10 dona to‘p, 500 dona beshotar miltiq, 1500 ta chopqir ot va boshqa kerakli narsalarni in'om etgan.

Ammo O'rta Osiyo xonliklari, jumladan, Buxoro amirligi Rossiya bilan qanchalik yaxshi, yumshoq munosabatda bo‘lmasin, aslida imperiya hukmdorlarining niyati buzuq edi. Misol uchun jahon urushidan keyin ikki yil o‘tgach, chor Rossiyasi O'rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkalaridan arzon ishchi kuchini jalb qilish, mahalliy xalqlardan 50 million kishini mardikorlikka majburiy olish harakatlarini boshlab yubordi. Bunga qarshi xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarilganida o‘sha amir tortiq qilgan to‘p, beshotar miltiq va chopqir tulporlar o‘zimizga qarshi ishga solinib, begunoh xalq vakillarining qoni to‘kildi. Yaxshilikka yomonlik degani shu bo‘lsa kerak. Bu ruslarning «Bo‘rini qancha boqmagin, baribir o‘rmonga intiladi» degan maqoliga juda mos keladi. 1917 yil oktyabr to‘ntarishi, fuqarolar urushi, besh yilliklar davridagi qatag‘on-qirg‘inbarotlar qurbonlarini tarix, xalq hali unutgan emas va unutmaydi ham.


 
DURDONDate: Yakshanba, 07-Avg-2011, 23:30 | Message # 16
SUPER ADMINKA
Group: Admin yordamchisi
Messages: 10133
Status:
davomi


Ma'lumki, 1868 yili Buxoro bilan Rossiya o‘rtasida tuzilgan sulhga binoan Rossiya fuqarolari Buxoro amirligiga soliq to‘lashdan ozod etildi. Lekin Rossiya savdogarlari Buxoro bozorlarida sotgan mollarining ikki yarim foizini Buxoro amirligiga to‘lashlari shart edi. Biroq keyinchalik Nikolay II davrida bu shartlarga amal qilmay, Rossiya amaldorlari, harbiylari Buxoroda oq podshoning Turkistondagi vakili sifatida ish ko‘ra boshladilar. Ayni paytda ular Buxoroning chet ellar bilan va, ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Afg‘oniston bilan bo‘ladigan savdo yo‘lini kesib qo‘ydilar.

Buxoro inqilobi davrida amirni taxtdan quvishda bolsheviklar tomonida bo‘lgan Fayzulla Xo‘jaevning yaqin do‘sti, ma'rifatparvar siymo, davlat va jamoat arbobi Qori Yo‘ldosh Po‘latov M. Frunze askarlarining Buxoroni ishg‘ol qilish voqeasnni shunday hikoya qilgan: «Biz, yosh buxoroliklar, 1920 yil avgust oyining oxirlarida Buxoro shahriga yarim kechada kirib bordik. Qizig‘i shundaki, to amir saroyiga, Arkka borganimizda ham odam zoti ko‘rinmadi. Bildikki, amir qochib ulgurgan. Ark ichidagi xonalarning birida yoniq chiroq yonida bir kishi o‘tirardi. Fayzulla Xo‘ja uni tanidi: u amirning jiyani, amakisining o‘g‘li edi. U o‘zini amir xazinaboni deb tanishtirdi. Aytishiga qaraganda, amir bilan ketishga rozi bo‘lmabdi: «Men xazina va kitoblarni asrayman», - debdi. Ertasi kuni Fayzulla meni chaqirib, Frunze bilan amir xazinasini ko‘rib chiqishimni buyurdi. Frunze, xazinachi va men birin-ketin 5-6 xonaga kirib chiqdik, ularda taxminan 15-20 qopcha tilla tanga hamda katta hajmda shaklsiz quyma tillalar joylashgan edi. Boshqa xonalar xotinlarning yoqut va noyob toshlar bilan bezatilgan tilla taqinchoqlarn, zar to‘nu kamdan-kam uchraydigan qorako‘l teridan ishlangan kiyim-boshlar, shohona toj va qimmatbaho qilichlar bilan liq to‘la edi. Qilichlar orasidan dastasiga brilliant va yoqut naqshlangani Frunzega juda yoqib qoldi. U qilichni uch marta taqib ko‘rib, yana joyiga qo‘ydi.

Oxirgi xona boyligi faqat kitoblardan iborat ekan. Frunze negadir uydan tez chiqib ketdi. U bizning odamlarga ishonmay, xazinani qo‘riqlash uchun o‘z soqchilarini qo‘ydi. O'sha kuni ko‘chadan ikki askarning o‘ligi topildi. Ularni bolsheviklar ataylab o‘ldirgan edilar. Bu o‘ldirish hisobi kechgacha 6 kishiga yetdi.

Kuybishev Buxoroga kelgan kunining ertasi amir xazinachisi otib o‘ldirildi. Biz hayratga tushdik. Bu voqea Frunze bilan Kuybishev xazinani aylanib yurganida sodir bo‘ldi. Xazinachi o‘ldirilgach, xazina kaliti Frunze bilan Kuybishev qo‘liga tegdi. Shu kuni Fayzulla Xo‘jaev ichki ishlar nozirligiga: «2-3 kishi Ark atrofini kuzatib yursin, shu kecha nimadir bo‘ladigandek ko‘rinadi», - deydi. Menga esa yaqin oradagi majlisda orden ta'sis etish to‘g‘risida taklif kiritgin, deb buyurdi. Frunze Buxoroga kelgan kunidan boshlab Ark ichida yashayotgan edi. Kuybishevga ham yashash uchun Ark ma'qul bo‘ldi. Biz ularga xizmat uchun odam bermoqchi edik, negadir rad qilishdi. O'zlariga sodiq askarlardan birini tanlab olishdi. Ertasi kuni Fayzulla Xo‘jaev ichki ishlar noziri bilan uzoq vaqt suhbatlashdi. Keyin mening oldimga kelib; «Kecha men o‘ylagan voqea yuz berganga o‘xshaydi», - dedi. U odatiga ko‘ra yuzma-yuz gaplashdi. Men undan: «Qanday voqea yuz berishi mumkin?», - deb so‘rasam: «Kechasi Arkka «cherniy zona»dan bir necha bo‘sh arava kelib, yuk bilan chiqib ketibdi.

Xazinani o‘marishganga o‘xshaydi, - dedi. Shu kuni biz Frunzedan ordenga ishlatish uchun tilla kerak, deb xazinaning kalitini oldik. Kirsak, bir kechada xazinaning qariyb hammasini gumdon qilishibdi. Qaerga, nima uchun olib ketishganini bila olmadik». (I. Xudoyor. Fayzullaning armoni. «Xalq so‘zi», 1992 yil 23 may).

Buxoro Xalq Sovet Respublikasining maorif, moliya noziri vazifasida ishlagan Qori Yo‘ldosh Po‘latov ham Buxoro xalq nozirining taqdirini surishtirib bilishga jur'at eta olmagan. Bordi-yu, so‘roqlab xazina o‘g‘rilarnni aniqlagan taqdirda ham mahalliy hukumat rahbarlarining qo‘lidan hech narsa kelmasligi o‘z-o‘zidan ayon edi. Amir o‘rniga Frunze, Kuybishevga o‘xshagan kelgindilar xo‘jayinlik qilishayotgandi.

Ma'lumki, shu voqealardan 60 yildan ko‘proq vaqt o‘tib, boylik uchun, xalqimizning bor-yo‘q topganini supurib-sidirib olib ketish uchun uni ochiqchasiga masharalab, tahqirlash, haqoratlash yana bir bor takrorlandi. 80-yillarda «Paxta ishi», «O'zbeklar ishi» bahonasida Markaz, KPSS malaylari, izquvar shaytonlari bo‘lmish Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi terrorchi jinoiy-qidiruv xodimlari olib borgan «qonuniy» poraxo‘rlik, mafiya dastidan qanchadan-qancha iste'dodli rahbar kadrlarimiz va paxta ilmining zaxmatkashlari jabr ko‘rdi. Ular mehnatsevar, mehmondo‘st, saxiyqalb o‘zbek xalqini tekinxo‘rlik, aldamchilik, dangasalikda ayblab, butun jumhuriyatimizni qoralab, uning ustiga mag‘zava ag‘darishdi. Biroq aslida esa, Gdlyan va Ivanovlarning tan olishlaricha, ayb moshda emas, toshda - poraho‘rlikning boshi Markazga, Kremlga borib taqalardi. Markazdagi yuho ajdaholar nafsini qondirish uchun O'rta Osiyo respublikalari, jumladan, O'zbekiston topganini ularga tashib, markazga mute bo‘lib yashashi kerak edi. Uzoq yillar shunday davom etdi. Xo‘sh, poraxo‘rlik, g‘alamislik va o‘sha markaz bilan munosabatlarimizdagi boshboshdoqlikning asl ildizi qaerdan boshlangan o‘zi? Yana tarixga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Rossiya oq podsho imperiyasi va qizil imleriya davrida (1852-1991 yil) Turkistonni bosib olgan chor harbiylari, chinovniklari bu yerdagi xonliklar boyligini va mehnatkash xalq mulkini talashdan tashqari O'rta Osiyo boylari, amaldorlariga va mehnatkash xalqqa og‘ir soliqlar soldilar, ulardan katta-katta sovg‘a-salomlar, poralar olib turdilar. Masalan, Nikolay II taxtga o‘tirishi munosabati bilan 1883 yilda O'rta Osiyodagi uch xonlik amaldorlari katta sovg‘a-salomlar bilan Rossiya podshosi huzurida bo‘lib qaytgan edilar

Rus yozuvchisi V. N. Gogol o‘z asarlarida, jumladan, «Revizor» nomli asarida poraxo‘rlik Rossiyada keng avj olganligini tarixiy tipik shaxslar timsoli orqali tasvirlab bergan.

Bir gal xorijda mashhur rus tarixchisi va olimi Karamzindan:

- Rossiyada ahvol qalay?, - deb so‘raganda, u qisqa qilib:

- Rossiyani o‘g‘irlamoqdalar («voruyut»), - deb javob bergan ekan. Hozirda esa faqat Rossiyadagina emas, butun sobiq SSSR hududida jinoyatchilik, bezorilik va o‘g‘rilik, mafiya Karamzin zamonasidan bir necha yuz baravar oshganligi oddiy haqiqat bulib qoldi. Ajablanarli joyi shundaki, biz yomonlab kelgan Buxoro amirligi hududida yashagan 3 milliondan ziyod aholidan faqat o‘n, o‘n besh kishi o‘g‘rilikda ayblanib, zindonga tashlanardi. O'g‘ri, muttaham kamligi, dyoyarli yo‘qligidan inqilobga qadar O'rta Osiyo va Qozog‘istonda qulf ishlatilmas edi. Yozuvchi Abdulla Qahhor yozganidek, rus bosqini bizga qulf bilan aroqni olib keldi. Oqibatda o‘g‘rilik avjiga chiqdi, dinimiz, urf-odatlarimiz va barcha qadriyatlarimiz poymol qilindi. Shunday ekan, Rossiyadagi ba'zi siyosiy doiralar «avval o‘zingga boq, so‘ng nog‘ora qoq» qabilida ish tutish o‘rniga boshqa respublikalar xalqlarini hamon aybsiz ayblab kelmoqdalar. Zo‘ravonlik, adolatsizlik hukm surgan mustabid tuzum faqat turkistonliklarnigina emas, balki butun Rossiya o‘lkasini ham iqtisodiy, siyosiy halokat yoqasiga olib kelib qo‘ydi.

Oktyabr tuntarishidan keyin, 20-50-yillardagi stalincha qirg‘inbarot davrida O'rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalarida ham ming-minglab begunoh odamlar qurbon bo‘ldi.

Xullas, XIX asrning ikkinchi yarmida harbiy kuch bilan bosib olingandan keyin O'rta Osiyo va Qozog‘iston, ya'ni Turkiston Rossiyaning 150 yillik mustamlaka yurtiga aylanib qoldi. «Oq imperiya» (1721 - 1917) va V. I. Lenin boshliq «qizil imperiya» (1917-1991) o‘z mustamlakasi mehnatkashlarini har jihatdan ezib, xalqning moddiy za ma'naviy boyligini markazga tashishdan tolmadi. Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, qariyb bir yarim asr davomida chor Rossiyasi va keyingi 74 yillik Sovet imperiyasi zamonida O'rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkasida begunoh qurbon bo‘lganlar taqdiri va Rossiyaga tashib ketilgan behisob Xazina boyliklarining hisob-kitobi masalasi hamon ochiq qolmoqda. Bu masalani hal etish, chamasi, hushyor, dovyurak, idrokli, aqli raso, iste'dodli yoshlarimiz - kelajak avlodlar zimmasiga tushadi. Ular eski tutqunlik zamonlariga qaytishga ham hech qachon yo‘l qo‘ymasliklariga iymonimiz komil.
Majid Hasaniyning “Yurt bo‘ynidagi qilich yoki istilo” (Toshkent. «Adolat». 1997) kitobidan olindi.


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:14 | Message # 17
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:

Kitoboqish


Қўқон хонлигининг тугатилиши

ХУДОЁРХОН ВА РОССИЯ ТАЖОВУЗИГА ҚАРШИ ХАЛҚ ҲАРАКАТЛАРИ
Рус давлати Бухоро ва Хива хонликларига қарши уруш олиб бораетган йиллари Қўқон хонлигида чуқур сиёсий ва ижтимоий иқтисодий инқироз ҳукм сурмоқда эди. Бу вақтларда хонлик ерларининг ярми Рус давлати томонидан босиб олинган бўлиб, унинг чегараси асосан Фарғона водийсидан иборат эди. Аввалги саҳифаларда кўрсатилганидек, Худоёрхон сиёсий жиҳатдан ўта кўрлиги, қўрқоқлиги ва шахсиятпарастлиги орқасида русларнинг ҳам, халқнинг ҳам куз ўнгида ўз обрўсини тўккан эди. У қандай бўлмасин, тахтни сақлаб қолиш учун Рус давлатига таянишга, унга ўзини яхши кўрсатишга қаттиқ тиришди. У рус ҳукумати вакилларига содиқлиги ва ҳар қандай хизматга тайёрлиги ҳақида бирин кетин хатлар ёзиб турди. Ҳатто Россия билан хонликни бир давлат дейишгача борди. Масалан, у бу хусусда 1869 йил 18 апрелда Туркистон генералгубернаторлиги маъмуриятига шундай хат ёзган: «Сизлар томонга қочиб ўтган сарбоз Турсунқулов билан юборган самимий хатингизни олдим. Сизга нисбатан бўлган дўстлик туфайли мазкур сарбозни кечириб, сарпо кийгиздик ва хурсанд қилдик. Чунки у бегона давлатга эмас, балки Қўқон билан бир давлат — Россияга, яъни бир мамлакатга қочган».(ЦГВИА, ф. ВУА, д. 6814, л. 9.)
Демак, Худоёрхон ўз вақтида хоинлик қилиб, душман тарафига ўтган кишини афв этиб, бу билан Россияга содиқлигини изҳор этган. Айниқса, унинг «бир давлат» хақидаги гаплари Рус давлатининг итоаткор хизматкорига айланганидан далолат беради.
Туркистон генералгубернаторлиги маъмуриятининг Худоёрхонга юборган жавоб хатида унинг сўзларидан мамнун бўлганликлари уқдирилган (Ўша жойда, 10 бет.).
Худоёрхон Россия паноҳида тахтда ўтиришни ва айшу ишрат қилишни афзал кўрди. «У, — деб езган эди Ибрат, — Русиядан хотиржам бўлиб, вақтини ўйинкулгу билан ўтказуб, қуш солмоқ ва кўпкари чопмоқ йўлларинда бўлуб, уламо ва фузало насиҳатларига амал қилмай, жабру зулм тарафига ўтиб турганида, раияту халқ (ундан) юз ўгирди» (Исхоқхон Жунайдуллохожа уғли (Ибрат), Фарғона тарихи. Мерос, Т., 1991, 310 бет.)
Худоёрхон давлат манфаатлари ва тақдирини ўйламай, Россияга орқа қилиб, кўнглига нима келса, шуни қилаверган. Шу боисдан маҳаллий ва рус манбаларида хонни қораловчи маълумотлар серобдир. Уларда Худоёрхон тенги йўқ очкўз, молпараст, ута шафқатсиз ва золим сифатида тасвирланади. «Худоёрхон, — деб кўрсатилади манбада, — кўп бадавлат булиб, хотинларни кўпайтиришга ҳирс қўйган. Кайфу сафони, роҳатни ва тинчликни яхши кўрган. Халқнинг фойдасига иш юритмаган... Мамлакатнинг турли томонларида бир нечта боғларида гуллар орасида кайфу сафо қилиб етган, бедана, каклик ва хўрозларни уриштириш билан шуғулланган. Масхарабозлар ва ҳофизлар ҳамда маъносиз ўйинлар билан умрини ўтказган.
Молу дунёга ҳаддан зиеда ҳирс қўйган ва ўзининг хазинасини бойитиш учун кўп солиқлар солган» (Аҳмад Заки Валидий. «Худоёрхоннинг сунгги кунлари». УзФА Шарқшунослик институти, инвентар рақами 15743, 7—8бетлар.)
Худоёрхон давлат харажатларини камайтириб, шахсий бойлигини орттиришда ҳеч нарсадан тоймаган. Оқибатда маъмурият вакилларининг таъминоти ночор ҳолга тушиб қолган. Хон хоҳлаган ер, қишлоқ ва овулни тортиб олиб, ўз мулкига айлантирган. Унинг виждонсизлиги шу даражага борганки, ўз пири ва эшони Миён Соҳиб ҳазратнинг Шоҳойим исмли хотинини зўрлик билан хотинликка олган (Ўша жойда, 9 бет.)
Унинг ўзи «кўп ёмон табиатли киши бўлиб» ёқтирмаган кишиларини қаттиқ жазолаган ва халқнинг муҳаббатини қозонишни хаёлига ҳам келтирмаган. (Ўша жойда, Ўша бет)
«Худоёрхоннинг мана шундай ишлари ва разил ахлоқи халқ, беклар, сипоҳийлар, бойлар ва уламоларнинг норозилигини чақирган».
Худобрхон солиқ турларини кашф этишда ва уларни ундиришда тенги йўқ устаси фаранг бўлган. Масалан, бир боғ хашақдан, бир пиёла сутдан, ўнта тухумдан, масхарабозлардан, айиқ ўйнатувчилардан, дўкон қоровулларидан олинадиган ва бошқа хилмахил солиқларни кашф этган.
Худоёрхон барча нарсалардан солиқ тўплаб, катта бойлик орттирган. Бу ҳақда рус манбалари ҳам далолат беради: «Солиқлар олинадиган буюмларнинг турлари жуда кўп бўлиб, улар имкони борича барча нарсалардан олиниб, халқ том маънода шилинган. Ҳатто камбағаллар келтириб сотадиган қамиш, шохшабба, янтоқ ва шунга ўхшаш нарсалардан солиқлар ундирилган. Кейинги вақтларда тоғлардан ариқлар орқали оқиб келадиган сувларга ҳам солиқ солинган. Фақат нафас олинаётган ҳаводан солиқ олинмаган, холос.


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:16 | Message # 18
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Davomi

Бу ҳол хонга қарши норозиликнинг асосий омилларидан бири бўлган эди». Худоёрхоннинг қаттиқ зулми ва адолатсизлиги, оғир иқтисодий ҳает ҳамда унинг Россиянинг хизматкорига айланиши халқ ғазабини қўзғатди. Шунинг учун хонга қарши халқ билан биргалиқда сарой ҳарбийлари ва амаддорлари, руҳоний ва савдо вакиллари ҳам бош кўтарди. Бунда ўзбеклар, қирғизлар ва тожиклар фаол қатнашиб, ватан хоини Худоёрхонга ва Рус давлатининг тажовузига қарши курашдилар. Бу ҳаракатнинг юзага келишида қирғиз Мулла Исҳоқ мулла Ҳасан ўғли ҳам муҳим ўрин эгаллаб, Пўлатхон номи билан шуҳрат қозонган эди. Мулла Исҳоқ тахминан 1844 йили туғилган. Унинг отаси Мулла Ҳасан ўқимишли киши бўлиб, Марғилондаги Оқмадрасада мударрислик қилган. Мулла Исҳоқ даставвал Қўқондаги Тунқаторда, сунгра отаси ҳузурида таълим олган. Бир неча йил ўтгач, яъни 1867 йили Фарғонадаги Сўхга келиб, ўз қабиладошларининг яйловида 2 йил яшаган, сўнгра Уҳндаги масжидда имомлик қилган. Кўп ўтмай у Андижон шаҳрига бориб, масжидларнинг бирида имомлик қилган. Айни бир пайтда тамаки савдоси билан шуғулланиб, Тошкентга қатнаб турган. Бу ерда Мулла Исҳоқ хонликнинг нуфузли кишиларидан бири қурамалик Абдумўмин оталиқ билан дўстлашиб, Тошкентга келади. Хонликнинг сиесий курашларида фаол қатнашган ва кўпни кўрган Абдумумин кўп воқеаларни гапириб бериб, Мулла Исҳоқнинг сиёсий онгини уйғотади. Бу вақтда, яъни 1872 йили Шердодхоҳ бошчилигидаги бир неча қирғизлар Самарқандга боришиб, Қўқон хони Олимхоннинг невараси Пўлатбекни тахтга ўтқазиш ҳақидаги мақсадларини баён этадилар. Бу ишни амалга оширишда қирғиз қабилалари бевосита ёрдам беришлари маълум қилинади. Аммо тахт учун курашларда буваси Олимхон ва отаси Иброҳимбек ўлдирилганлигини эсдан чиқармаган Пўлатбек таклифни қабул этмайди. Шундан кейин Шердодхоҳ Тошкентга келиб, Абдумўмин оталиқ хонадонида меҳмон бўлиб, Пўлатбекнинг рози бўлмаганлигини сўзлаганда Мулла Исҳоқ унинг номи билан тахт учун курашишни зиммасига олган. Шу равишда Мулла Исҳоқ Пўлатбек, яъни собиқ ҳукмдор Олимхоннинг невараси сифатида сиёсий курашга киришади. У халқнинг Худоёрхон зулми ва Рус давлатига қаршилигини яхши англаган ҳодда ҳаракат қилиб, Наманган уездининг шимолий қисмидаги, яъни Косон ва Нанай оралиғидаги Қутлуқ Саъид қабиласининг ёрдами билан атрофига 500 кишини туплайди. Шу равишда Пулатбек бошчилигидаги қўзғолон бошланган эди. Айтиб ўтиш лозимки, бу вақтгача Маъмир Мерганов бошчилигида Андижон уездида қирғизлар ва Маъмун Шоумурзоқов раҳбарлигида Чотқолда қўзғолонлар кўтарилган эди. Улар хон аскарлари томонидан бостирилган. Пўлатбек бошчилигидаги халқ ҳаракати ўша қўзғолонларнинг давоми эди. Наманган шаҳрига Абдураҳмон офтобачи бошчилигидаги ҳукумат қўшини келганида Пўлатбек туқнашувдан қўрқиб, чекинишни лозим топди. Аммо Косонда хон аскарлари билан тўқнашувда мағлубиятга учради. Абдураҳмон офтобачи унинг кўп сафдошлари ва қўзғолон қатнашчиларини ўлдирди ҳамда асир олди. Пўлатбек бир гуруҳ кишилари билан Чотқол тоғларига қочишга улгурди. У 1875 йилнинг бошларида Чотқолдан чиқиб, Қўқон атрофидаги Лайлакка келиб, 200 кишини тўплади. Ўша йили июлнинг биринчи ярмида Пўлатбск Узганда кўтарилган қўзғолонга бошчилик қилиб, хонликка катта хавф туғдирди. Уларга қарши хон Иса Авлиё, Абдураҳмон офтобачи ва Саримсоқ эшик оғаси бошчилигида 4000 кишилик аскар юборган. Бироқ 1875 йил 28 июлда бу йирик амалдорлар қўшин билан қўзғолончилар томонига ўтиб, бирлашганлар. Худоёрхоннинг ўғли Андижон ҳокими Насриддинбек 5 минг кишилик қўшин билан уларга қўшилган. Хонликнинг асосий ҳарбий қисмлари ва лашкарбошиларнинг қўзғолоғғчилар томонига ўтиб кетиши Худоёрхон тақдирини ҳал этган омил бўлди. Ўша кезлари хон билан суҳбатлашган Г. Вайенбергнинг сўзича, Худоёрхон «қўзғолончилар русларга қарши курашишни» мақсад қилиб қўйганлигини айтған. Қирғизларнинг ғазот байроғи остида бош кўтарганликлари ҳам шундан далолат беради. Бу хусусда Кауфман ҳам 1875 йил 15 сентябрда ҳарбий вазирга ёзган хатида гапириб: «Бутун Қўқон аҳолиси бизга қарши очиқданочиқ бош кўтарди», — деган. Эндиликда Худойрхоннинг Россия кучларига таянишдан бошқа иложи қолмай, ердам сўраб Кауфманга мурожаат этди. «Шу кунлардаги оғир ва бахтсиз пайтларда, — дейилади унда, — менинг Мулла Иса Авлиё, Абдураҳмон парвоначи ва Холназар парвоначи сингари энг ишончли кишиларим қўшин билан душманларим — қиргиз қузғолончиларига қўшилдилар ҳамда менга қарши урушмоқчилар.
Мен ҳамма вақт сиз, олий ҳазратларидан дўстлик ва ёрдам кутиб турганлигим боисидан бу гал ҳам мени эътибордан четда қолдирмагайсиз. Шахсан ўзимни ва Қўқон хонлигини улуғ император жанобларининг ихтиёрига топшираман ҳамда қўшинни тўплар билан биргалиқда имкони борича тезроқ Қўқон шаҳрига юборишингизни сўрайман» ( Память о Фергане. 1901, стр. 17—18.).
Худоёрхон узилкесил ўзини ҳам, бутун хонликни ҳам бутунлай босқинчилар оёғи остига ташлади. У шу даражада ишончни йўқотган эдики, фурсатни ғанимат билиб, қочишга қарор қилади. «Охир уламр саксон ароба кўч хазина ва ойимлар, бекалар, етти ароба танга» билан 1875 йил 22 июлда йўлга чиқади. Унинг ёнида 4000 пиёда ва 2000 отлиқ аскар, 68 тўп борган. Бироқ Қуқондан 10 чақирим юрганларидан кейин мазкур қўшин хонни ташлаб кетган. Хон 500 аскар билан йўлни давом эттирган. Қўқондан ҳарбий қисмлар Худоёрхонни тутиш учун кетидан қувган ва тўқнашувлар оқибатида хон аскарларидан 8 киши ўлдирилган, 9 киши ярадор қилинган. 1875 йилнинг 7 августида Худоёрхон Хўжандга келгач, Тошкентдаги рус ҳарбий маъмурияти ишончини қозонган кишилар, хусусан, Саъидазимбой воситачилигида генералгубернатор билан қандай муомалада бўлиш ҳақида маслаҳат сўраб, бир кишини унинг ҳузурига 6 минг танга ва хат билан жўнатган.
Бу киши Саъидазимбой ҳузурида бўлиб, хатни берганда у бир нуфузли рус амалдорининг уйига пул билан борган. Бу амалдор Худоёрхон Кауфманга «Ман юртимга боруб, мамлакатни тинчитиб, ўрнумға ноиб қўйуб, сўнгра борурман», деса фойдали бўлади, деган. Аммо хон Тошкентда Кауфман билан учрашганида бунинг ўрнига, «Мени императорни кўриш учун юборишингизни сўрайман», — деганини ўзи билмай қолган. Губернатор бунга розилик билдириб, йўлга отланишни айтган ҳамда қиличининг учини секин ойнага уриб қўйган. Нима учун бундай қилганлигининг сабаби номаълумлигича қолган. Шунда нуфузли кишилардан бири хонга: «Эвой, қани ул қанча ҳаракатлар илан (Тошкентдан) топган сўзларимиз, нимага демадингиз», — деганида у: «Ўша сўзлар дилимда такрор эрди, аммоки, мани тилим мухолифат этди, тилим хўб дегандин кейин билдим», — деган. Яна, хон «Иш қулдан кетатурган бўлганда кишини ўз аъзойи жавораси ҳам мухолиф булур экан, узим ҳам ҳайрон бўлдум», — деган.


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:18 | Message # 19
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:



Davomi

«Шундан кейин, — дейди воқеа гувоҳларидан бири, — ҳаммамиз бирдан хафа бўлдук. Йиғисиғи, кўз ёши булди. Ўшал кун генералгубернатор дарҳол қоғоз буйруқ чиқарди: «Эртага хон Ўринбурғга жўнасун», деб. Хон тақдирга тан қўймай, эмди, маслаҳати ҳаракат бўлди. Хонни раъйи бекзодлар ва ойимларни Тошкентда қўйуб, кетмоқ маъқул бўлмади, на учунки, анда ишончлик одам булмади. Туркистонда ўзларига қараган эътимодлик кишилар бўлгани учун аҳли аёлларни Туркистонда қўйуб кетмоқ муқаррар булди.
Эртаси қибмда жўнадук. Хон илан етмиш киши эди. Мундан Атобек нойиб қўлида юз эллик адад сипоҳлар ҳам бор эрди. Тошканддан жўнаб, бир қўнуб Чимкандга бордук. Анда бу хафаликларимиз устига хон Атобек нойибга бир нима, деди. Нойиб хонга бир нима, деди. Гина ва афсус тўғрисида бирбирлари ароз бўлуб, жамиъ юз эллик сипоҳни олиб, Атобек нойиб Чимканддан Хўқандга қайтди. Хон қолган кишилар билан жўнади. Туркистон борилди. Хон Мусо Али мингбоши ҳавлисига тушти. Бекзодалар ва аёлға алоҳида ҳавли тайёрлаб бердилар. Анда хон беш кун туруб, аҳли аёллар билан видолашиб, Туркистондан жўнадук. Маҳрамлар билан бирга эдук. Туркистондан чиқуб, бир Қулунсурон деган ерга борилди. Анда етиб, эртаси хон маҳрамларга жавоб бериб, айтдики: «Ҳар қайсиларингни аҳли аёлларинг бор, бизни бошимиздаги тақдирга ўзимиз мубтало, сизлар овора бўлманглар, деб ҳар қайсиларимизга бирмунчадан танга берди, фотиҳа берди. Бизлар қайтдук».
Кўриниб турибдики, Худоёрхоннинг тақдири золимлиги, калтафаҳмлиги ва она юртга хоинлик қилганлиги туфайли жуда фожеали бўлди.
1873 йили полковник Скобелев ҳарбий вакил сифатида бир неча солдат билан Қўқонга юборилган эди. У билан бирга ҳарбий топограф Реднев ва ташқи ишлар вазирлигининг вакили Вейнер ҳам борган. Улар Худоёрхон билан бирга Хўжандга қайтишга мажбур бўлган эдилар.
Руслар фойдаси тегмайдиган бўлганидан сўнг Худоёрхонни тақдирлаш у ёқда турсин, халқ ҳисобига тўплаган хазинасини ҳам тортиб олди ва ўзини Оренбургга сургун қилди. Хонни бу ерга Мулла Маъруф додхоҳ, Қосим тўқсоба, Жамил хазиначи, Муҳаммад шарбатдор, Хурсанд ва Муллача (ҳар иккаласи қул), Мирзабой сағир ва Тожи маҳрам деган кишилар кузатиб борганлар.
Худоёрхон Қўқондан чиқиб кетишидан олдиноқ юқори табақа вакиллари тахтга унинг ўғли Насриддинни ва бошқа номзодларни ўтқазишга киришган эдилар. Абдураҳмон офтобачи бошчилигидаги гуруҳлар Насриддинни тахтга ўтқазишга муваффақ бўлдилар. Бу хон Туркистон генералгубернаторлиги билан гуё яхши алоқаларни ўрнатиш мақсадида Кауфманга хат юборган. Бунда у ўзининг тахтга ўтирганлигини маълум қилиш билан баробар, дўстона алоқада бўлиш ҳақида сўз юритган. Аслида эса, у Рус давлатининг тажовузига қарши кучларни тўплашга уринди. Хусусан, у Бухоро амирига қуйидаги мазмунда хат жўнатган: «Отам ўрнига тахтга ўтирган мен сизга маълум қиламанки, ҳозирда дин ҳимояси учун курашга отланган шаҳар ва дашт аҳолиси катта куч-ғайрат билан бош кўтарди.
ОнаВатанга муҳаббат ва содиқлик ҳамда дин учун кураш шунча кўп одамларни бир жойга жамладики, сонсаноғи Худодан бошқа ҳеч кимга маълум эмас. Мени Андижондан келтиришиб, кофирларга қарши курашишни зиммамга юкладилар. Биз тахтга эга бўлдик, шаҳар ва дашт аҳолиси бизни хонлик либоси билан зийнатлади. Ҳозирда кофирлар ўтадиган ҳар бир йўлга ҳарбий қисмлар юбордик. Шахсан мени ўзим ҳам кофирларга қарши курашиш мақсадида беҳисоб қўшин билан йўлга чиқдим.
Олий ҳазрат! Сизни отам ўрнида ва исломнинг йирик ҳукмдорларидан бири сифатида кўриб, ўзимизни ишларимиз ва эзгу мақсадларимизни изҳор этмоқдаман!»


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:20 | Message # 20
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Davomi

Сайидали хўжа Абдусаттор Маъзум ўғли томонидан амирга топширилган мазкур хатдан айнки, Насриддинхон Бухоро хонлигини ошкора бўлмасада, унинг ҳаракатларига хайри хоҳлик билан қарашга чақирган. Абдураҳмон офтобачи ва Иса авлие ҳам Бухоро амирига ўша мазмундаги хатларни юборган. Насриддинхон ва унинг атрофидаги Абдураҳмон офтобачи бошлиқ ҳокимият вакилларининг юргизган сиёсатини белгилашда Тошкент аҳолиси ва нуфузли кишиларга, жумладан, Саъидазимбойга юборилган мурожаат ҳам диққатни жалб этади: «Мана 12 йил ўтдики, — дейилган унда, — лаънати руслар Хўжанд, Тошкент, Ўратепа ва Самарқандни босиб олишиб, дин шўъласини ўчирдилар ва исломга зиен келтирдилар. Шунинг учун барча мусулмон аҳли урушни муқаддас бурч, деб ҳисоблайди. Худоёрхон бўлса, руслар билан дўстона муносабатда бўлиб ва кўп совғалар юбориб, хатога йўл қўйган эди. У бизнинг динни қаттиқ ушлаш ҳақидаги насиҳатимизга кирмай, оқ подшоҳга берилди, ислом динидан қайтди ва қалбаки оқ подшоҳга ёпишиб олди ҳамда бизни орамиздан чиқди. У буларни ҳаммасини шахсий манфаатларини ўйлаб қилган эди. Шундан кейин барча руҳонийлар ва хизматчиларнинг вакиллари, ҳамма каттакичик одамлар бир ёқадан бош чиқариб, келишмовчиликларни бартараф этган ҳолда, хоннинг катта ўғли Саъид Муҳаммад Насриддинни тахтга ўтқаздилар. Бизни давлатимиздан 3 лак, яъни 300.000 киши чиқади ва бу билан биз катта кучга эгамиз. Биз, каттакичик ҳаммамиз ҳамда ҳар бир киши алоҳида курашишни муқаддас бурч деб билиб, бир киши қолгунга қадар жанг қиламиз ва Худонинг марҳамати ила ғалабага ишонамиз.
Агарда ҳозир сизлар бу хатни олганингиздан кейин мусулмон динини ҳимояси учун муқаддас урушни хоҳласангизлар, у вақтда бир жойга тўпланиб, урушга тайер туринглар».
Абдураҳмон офтобачи ва Мулла Иса Авлиё имзоси билан битилган хат шуни кўрсатадики, хонлиқдаги халқ ҳаракати Рус давлати ва унинг тарафдори Худоёрхонга қарши қаратилган озодлик кураши ҳисобланган. Аммо шуниси таажжубланарлики, ўша хатларнинг муаллифлари амир ва Саъидазимбойнинг Россиянинг содиқ тарафдорлари эканини била туриб, уларни ёрдам беришга даъват этганлар. Амир ва Саъидазимбой эса хатларни Туркистон генералгубернаторига топшириб, Россияга содиқликларини яна бир бор намойиш қилганлар.
Шу тарзда, хонлиқдаги ватан ҳимоячилари сардорларининг четдан ёрдам олишга қаратилган умидлари пучга чиққан эди.
1873 йил 31 июлда Кауфман Насриддинхон хатига ёзган жавобида Худоёрхон билан тузилган 1868 йилги шартномани ва дўстлик алоқаларини бузмаслик шарти билан унинг хонлик мақомини тан олишини билдирган. У Насриддинхоннинг Рус давлатига қарши қаратилган ҳаракатларини яхши билсада, лекин вақтинчалик хон билан муросага боришни лозим топган.


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:22 | Message # 21
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


РУС ҚЎШИНЛАРИНИНГ БОСҚИНЧИЛИКЛАРИ ВА ХОНЛИКНИНГ ТУГАТИЛИШИ

Кўқон хонлигидаги халқ ҳаракатлари ва Худоёрхоннинг қочиши орқасида юзага келган оғир вазият рус ҳукуматига қўл келди. Бу вақтда Еттисувда турган Кауфман дарҳол Тошкентга қайтиб, хонликни босиб олиш чораларини кўрди. Бу орада, яъни 1875 йил 6 августда ватан ҳимоячилари Тошкент тарафга юриш қилиб, Оҳангарон дарбсидаги Облиқ қишлоғини эгалладилар. Улар 8 августда Тошкент билан Хўжанд ва Ўратепа оралиғидаги почта бекатларини эгаллаб, 16 русни асирликка олдилар. Савдогар Исаевнинг ойна заводига ўт қўйилди. Бундан хабар топган Кауфман Сирдарё вилоятининг губернатори Головачевга ҳарбий юриш бошлашни буюрди. Головачев ҳарбий қисм билан Тошкентдан 60 чақирим узоқлиқдаги Тилов қалъасига борди. Бу вақтда 5000 кишилик ватан ҳимоячилари Облиқ қишлоғидан Тиловга ҳужум қилишга тайёрланмоқда эдилар. Ҳар икки томон ўртасида қисқа отишмалардан сўнг ватан ҳимоячилари тоғ томонга чекинганлар.
Тошкентда Кауфман Биринчи Туркистон ўқчи батальони, Оренбург қўшинининг тўртта отлиқ тўпчиларини, 100 казак аскар ва бошқа ҳарбий қисмларни Қўқонга жўнатган. Бу вақтда ватан ҳимоячиларининг айрим гуруҳлари Хўжанд атрофларида почта бекатларини ёндирганликлари ҳамда қўқонликлар Нов қишлоғини эгаллаганликлари ҳақидаги маълумотлар Тошкентга келиб турган. 5000 кишилик қирғизлар Сирдарё орқали ўтиб, Қурама уездига қарашли Самгар қишлоғини эгаллаганликлари тўғрисида ҳам хабарлар олинган. Шу боис Головачев Гарновский бошчилигидаги ҳарбий қисмларга Хўжанд томонга юришни буюрган. Қўқонликлар Тошкент атрофидаги Паркентга ҳужум қилармиш, деган овозаларга жавобан у жойга 1875 йил 21 август кечаси полковник Скобелев раҳбарлигидаги аскарлар юборилган.


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:23 | Message # 22
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Ҳақиқатан ҳам Қўқон хонлигидаги ватан ҳимоячилари руслар босиб олган Тошкент ва Хўжанд чегараларига бостириб кириб, душманга зарба беришга уринганлар. Головачев аскарлари Оҳангарон минтақасидаги ОблиқТилов атрофларида қўқонлик ҳимоячилар устидан ғалабага эришганлар.
1875 йил 13 августда Кауфман йўлга чиқиб, Пискентга келганида подполковник Нолдедан 9 август куни Хўжандга ҳужум қилган ватан ҳимоячилари тормор этилганлиги ҳақидаги хабарни олган. Шу воқеа маълум бўлдики, Абдураҳмон офтобачи Маҳрамда кўп куч тўплаб, ўша куни Хўжандга уч томондан ҳужум уюштирган экан. Хусусан, Қўқон йўлидан 1015 минг кишилик ва Самгар томонидан 610 минг кишидан иборат ватан ҳимоячилари ҳужум қилганлар. Қўқонликлар Хўжанднинг Нов дарвозаси тарафидан бостириб кирган эдилар. Аммо барчаси душман томонидан орқага суриб ташланган. Шунга қарамай, Хўжанд хавфдан холи бўлмаганлиги учун уезд бошлиғи подполковник Нолде шаҳар мудофаасини мустаҳкамлаш чораларини кўрди. Бу орада ватан ҳимоячилари шаҳарга яқинлашиб келдилар. 12 августда уларга қарши полковник Саримович 4 рота, 100 казак, артиллерия дивизиони билан юриш қилиб, чекинишга мажбур этган. Шундан кейин у Қистакўз деган жойга жойлашган. Сўнгра у Абдураҳмон офтобачининг 16 минг кишилик қўшинига ҳужум қилиб, уларни Қўқон йўли буйлаб қувлади. Кўп ўтмай Тошкентдан Хўжандга қўшимча ҳарбий қисмлар етиб келди. Бир пайтда Кауфман ва Головачев бошчилигидаги қўшинлар Хўжандга бораётганда Мирзаобод станциясида Қўқон отлиқлари кўринган. Улар душман аскарлари кўриниши биланоқ Самгар қишлоғига қочганлар. Уларнинг кетидан юборилган полковник Скобелев солдатлари Самгарга борганда 4 минг кишилик ҳимоячилар у ердан Маҳрам қалъасига қайтганлиги маълум бўлган.
18 август куни Кауфман қўшин билан Хўжандга борган. Бундан олдинроқ полковник Ефимович бошчилигидаги 200 казак артиллерия дивизиони билан Самарқанддан келган эди.
Умуман, Кауфман Қуқон хонлигига қарши курашиш мақсадида ҳарбий қисмларни Хужандга тўплайди. Бу ерда 16 рота пиеда аскар, шу жумладан, битта сапер ротаси, 20 тўп, 900 отлиқ солдат ва 8 ракета станоклари жамланган эди.


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:25 | Message # 23
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


1875 йил 20 августда Кауфман ўша қўшин билан Хўжанддан чиқиб Қўқон йўли бўйлаб юрди; 40 чақирим йўл босгандан кейин Маҳрам истеҳкомига дуч келиб, уни босиб олишга киришди. Бу қалъа шимолдан Сирдарега, жанубдан эса айрим жойлари боғларга бориб тақалган. Унинг уруш олиб бориш мумкин бўлган ғарб томони эса, сув тўлдирилган зовур билан қуршалган. Умуман, истеҳком етарли даражада мустаҳкамланган бўлиб, 15 минг кишидан иборат ватан ҳимоячилари шайланиб турган. 1875 йил 22 августда шахсан Кауфман қўмондонлигида қушин Маҳрамнинг орқа томонидан ҳужум бошлади. Шу вақтда ватан ҳимоячилари душманни ҳам орқадан, ҳам чап томондан қуршаб олади. Душман томонидан тинимсиз ёғдириб турилган туп ўқлари ватан жангчиларига яқинлашиш ва туқнашиш имконини бермади. Шундан кейин босқинчилар ҳужумга ўтди. Уларга қарши ватан ҳимоячилари 10 тўпдан ўқ узиб турган. Бунга қарши душман 12 тўпдан ўқ ёғдирган. Шу равишда ҳар икки томондан жанг кетаётганида Кауфманнинг буйруғига биноан генерал Головачев артиллерия воситасида ҳужумга ўтган. У қаттиқ жанглардан сўнг Маҳрам дарвозасини бузиб, ичкарига бостириб киришга муваффақ бўлган. Бу ерда босқинчилар 16 тўп, кўп яроғ аслаҳа, порох ва озиқ овқат маҳсулотларини ўлжага олдилар. Ватан ҳимоячилари эса дарега чекиндилар, лекин жуда яқин масофадаги душман кучлари уларни ўққа тутиши орқасида жуда кўп одамлар ҳалок бўлган. Сўнгра полковник Скобелев бошчилигидаги 500 солдат Маҳрам боғларида пистирмада турган ватан ҳимоячиларига ҳужум қилиб, 2 тўпни ўлжага олиб, уларни Қўқон йўли буйлаб 10 чақирим жойгача қувиб борган.
Маҳрамдаги мағлубият хонлик тақдирини узил-кесил ҳал қилган омиллардан бири ҳисобланади.
«Маҳрамдаги ғалаба, — дейилади рус манбасида, — ўзининг ўта билимдонлик ва ажойиб равишда қўлга киритилганлиги орқасида Қўқон хонлиги аҳолисига қаттиқ таъсир этиб, уни тинчитишда ва ақл ҳушларини йиғиб олишда муҳим ўрин тутди. Бу ғалабанинг аҳамияти яна шундан иборатки, Маҳрамда ҳаракатларнинг сардорлари ҳамда бизга қарши қаратилган барча кучлар ва маблағлар тўпланган эди. Зеро, Маҳрамда Абдураҳмон офтобачи томонидан тўпланган кучлар сони бизнинг маълумотимизга кўра, 30000 кишини; қипчоқларнинг кўрсатишича эса, қипчоқлар ва қирғизлардан ташкил топган фақат отлиқларнинг узи 50.000 одам ҳисобланган. Абдураҳмон офтобачининг ўзи жангда қатнашган бўлсада, лекин шериклари билан бизнинг ўқимиз етмайдиган жойда турган. Биз устун келиб, қўқонликлар қочганларида Абдураҳмон офтобачи ҳам биринчилар қатори жуфтакни урган эди.
Маҳрамда асосан шаҳар ва қишлоқлардан келтирилган одамлар, шаҳар катта талофат кўриб, оз кишиларгина уйларига қайтдилар. офтобачининг қипчоқ ва қирғизлардан иборат отлиқлари бизнинг уқимиздан узоқроқ турганлар ва отлари чопқир булганлиги учун қочишга улгурдилар. Маҳрамдаги ғалабамиз бутун хонлик буйлаб таралди».
Демак, Маҳрамдаги жангда Абдураҳмон офтобачи ва сафдошлари урушга яхши тайергарлик кўрганлар, лекин жанг вақтида раҳбарликни ўрнига қўя олмай ожизлик қилганлар. Натижада ўз ҳолига ташлаб қуйилган ватан ҳимоячиларидан фақат 3000 отлиқ омон қолган, холос.
Ибрат ҳам Маҳрамдаги жанг ҳақида тўхталиб: Абдураҳмон офтобачи «Русияга урушмоқчи бўлуб, Маҳрамга боруб, андин Хўжандни мухосара қилмоқ бўлуб, ҳеч иш қилмай, неча минг одам дарега кетиб, Маҳрамдан қочиб, Марғинонга кетди», — деб езган эди.


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:32 | Message # 24
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Демак, босқинчилар неча минг одамларни Маҳрамда дарёга чўктирган еки қириб ташлаганлар. Улар Маҳрамда 39 тўп, 1500 турли қуролларни, порох, 1910 пуд ун, 837 пуд гуруч, 3200 пуд жўхори, 224 от ва бошқа турли нарсаларни улжа олдилар. Булардан ташқари, солдатлар қўлга туширилган кўп тўпларни Сирдарёга ташлаб юборганлар.
1875 йил 23 августда Кауфман Маҳрамдаги ғалабани императорга телеграмма орқали маълум қилган. Буни император мамнуният билан қарши олган.
Маҳрамдаги мағлубият Қўқон хони Насриддинхон ва унинг атрофидагиларни саросимага солиб, хон дарҳол Кауфман номига қуйидаги хатни элчи Фозил Аҳмад Махдум Аъзам ва Мулла Муҳаммад Иса авлие орқали юборган:
«Жаноби олийлари! Бизнинг отамиз билан тинч ва дўстона равишда яшаб, ҳар икки томон халқи хотиржам эди. Менинг падари бузрукворим шариатга қарши янги тартибларни қуллаб, халқни ҳар томонлама эзди ва уни шу даражада ендирдики, бурнидан тутун чиқарди. Буларнинг ҳаммаси қўзғолон кўтарилишига ва отамни тахтдан маҳрум этилишига олиб келди. Сиз яхши биласизки, Мулла Абдулкарим мирохур орқали сизга юборилган хатга узоқ вақт жавоб олмадик. Биз йўллар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида турли жойларга қўшин юборган эдик. Сизнинг Мулла Абдулкарим мироҳўр орқали юборган хатингиздан хайрихоҳлигингиз ва шартлар инобатга олинган тақдирда хонлигимизни тан олишингизни билдик. Дўстлигингиз ва яхши ниятларингизга ишонган ҳолда шартларингизнинг ҳаммасини қабул қилиб, хат ёзмоқчи бўлиб турганимизда Қорахитойда (Тиловда) икки қўшин ўртасида тўқнашув бўлиб, улардан бирида (қўқонликлар) чекинишга мажбур бўлганлар. Биз дарҳол Муллаҳожи Мирза Карим орқали сизга ўзимизнинг дўстлигимиз ва исёнларни тўхтатилганлиги ҳақидаги хатни ёзишни буюрган эдик. Аммо кеча Маҳрамдаги Худонинг хоҳишига кўра содир бўлган воқеани эшитдик. Биз исённи бостиришга кўп ҳаракат қилдик, лекин уддалай олмадик. Шунинг учун ҳам Мулла Абдулкарим билан юбориладиган хатни жўнатишнинг иложи бўлмади. Сизнинг барча шартларингизга розилигимизни ва қипчоқ исенчиларининг қилган ишларига узримни ўз ичига олган хатимни Фозил Аҳмад Махдум Аъзам орқали ясатилган икки от ва икки бўқчадаги совғалар билан юбормоқдаман».
18 рус асири ҳам элчи орқали Кауфман ҳузурига жунатилганди.
Насриддинхон бир кичкина ҳарбий губернаторга қанчалик ялинмасин ва унинг олдида тиз чўкмасин, барибир, сўровлари инобатга ўтмади. Чунки рус ҳукумати Қуқон хонлигини сақлаш ниятида бўлмай, уни тамомила тугатиш ҳаракатида эди. Шунинг учун ҳам Кауфман хон совғаларини олмади ва хоннинг ўзи келиб буйсуниши лозимлигини элчига билдирди. Эндиликда рус ҳукумати учун номигагина тахтда ўтирган Насриддинхон билан юқори даражада алоқа юргизишга асос ва зарурат йўқ эди. Кауфман, айниқса, Маҳрам ғалабасидан сўнг хонликнинг тамомила тормор этилишини яхши биларди.
Бу вақтда хон ва унинг атрофидаги сарой амалдорлари Қўқон мудофаасини мустаҳкамлаш, душманга қарши курашиш чораларини кўриш ўрнига таслим бўлишга тайергарлик кўрмоқда эдилар. Зеро, 1875 йил 29 августда Кауфман катта қўшин билан Қўқон шаҳрига келганда Насриддинхон бошлиқ нуфузли кишилар «халқ номидан туз ва нонни қабул қилишни ҳамда ҳукмдор императордан халққа раҳмшафқат» сураганлар.
Кауфман бу сўровни мамнуният билан инобатга олди ва Қўқон шаҳрини урушсиз эгаллаганлиги тўғрисида императорга телеграмма жўнатди. Петербургда бу хабар хурсандчилик билан қабул қилинди. Кауфман ўша телеграммада бутун Наманган беклигини Сирдарёнинг ўнг қирғоғи билан Россияга қўшишга рухсат берилишини ҳам сўраган эди. Император агар бу тадбир келажакда чегара хавфсизлигининг олдини олиш имконини туғдирса, уни амалга оширишга ижозат берди.


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:34 | Message # 25
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Кауфман бутун шаҳар бўйлаб қўшини билан ўтиб, сўнгра Қўқон атрофидаги ҳарбий лагерга келган. Уни бу ерга Насриддинхон намойишкорона кузатиб қўйган. Кауфман вазият тақозосига кўра Насриддинхон билан вақтинчалик муроса қилиб, Маҳрам қалъасини унга қайтариб берган. У Марғилон, Шаҳрихон, Андижон, Уш ва Наманганга хат тарқатиб, нуфузли кишиларнинг Қўқонга келишларини сўради. Мазкур жойлардан Русияга бўйсуниш борасида маҳаллий нуфузли кишиларнинг муҳрлари босилган розилик хатлари келтирилган бўлсада, лекин улардан биронтаси ўзи келмаган. Улар Кауфманнинг иккинчи маротаба юборган сўровини ҳам инобатга олмай, шахсан келишни лозим топмаганлар. Бу шундан далолат берадики, улар босқинчиларга дилдан қарши бўлган. Бироқ, Россия билан Қўқон хонлиги ўртасида қарийб 25 йил мобайнида олиб борилган урушлар мобайнида кўрилган катта талофатлар хонликни ҳар жиҳатдан заифлаштирган эди. Бошқача айтганда, жанг қилиш нияти бору, лекин таянадиган мустаҳкам раҳбар ва куч йўқ эди.
Кауфман мана шу ниятнинг ўзини ҳам хавфли ҳисоблаб, 1875 йил 5 сентябрда Марғилонга қараб юрди. Бу вақтда Марғилонда Абдураҳмон офтобачи бошчилигидаги ватан ҳимоячилари бор эди. У душманга қарши туришнинг фойдаси йўқлигини англаб, Марғилонни ташлаб кетади. Кауфман 8 сентябрда Марғилонга келганда айрим юқори табақа вакиллари ватан ҳимоячиларидан қолган 9 тўпни «ўзларининг итоат этганликлари» белгиси сифатида унга топширганлар. Кауфман полковник Скобелев бошчилигидаги 600 казак, 1 ракета батареяси, 2 тўп ва 2 рота пиеда аскарни Абдураҳмон офтобачининг орқасидан жўнатган. Душман кучлари Марғилондан 68 чақирим нарида жойлашган Мингтепага яқинлашганда Абдураҳмон офтобачи бошлиқ ватан ҳимоячиларининг тарқалиб кетганлиги ва тоғларга қочгани маълум булади. Рус аскарлари ватан ҳимоячиларининг кетишга улгурмаган охирги қисмлари билан тўқнашадилар. Шу тариқа, босқинчилар анча хавфли ҳисобланган ватан ҳимоячиларидан қутулгач, Кауфман Насриддинхонни чақириб сулҳ лойиҳаси билан таништиради. Бунга кўра, Сирдаренинг унг қирғоғидаги жойлар Россия империяси таркибига кириши ҳамда ҳарбий харажатларни қоплаш учун рус ҳукуматига 600 минг танга товон тулаши лозим эди. 1875 йил 23 сентябрда Насриддинхон Кауфманга ўз хатини топширади: «Ярим подшоҳ! Сизга қуйидаги сўровларни маълум қиламан: воқеалар (қўзғолонлар) бошланган вақтларда мен офтобачининг қистови туфайли ихтиеримсиз хон бўлганман. офтобачи қўл остида емон одамларнинг кўплиги туфайли ҳеч нарса қила олмаганман. офтобачи ўзбошимчалик билан ҳарбий юриш қилиб, Маҳрамдан қочгандан кейин мен Мулла Абдулкарим орқали юборилган (сизнинг) хатингизни олишим биланоқ мамнуният билан розилигим ва содиқлигим ҳақидаги хатимни совғалар билан Эшон Фозил Аҳмад Махдум Аъзам ва Иса авлиё орқали юборганман. Сиз бу томонга юрганингизда ва тўхтаган ҳар бир жойингизда имкони борича уз хизматимни адо этдим.
Мен сиз билан учрашганимдан кейин сизнинг доно сўзларингизни тушундим ва тамомила тинчландим ҳамда сизга бўлган умидим кунданкунга ортиб борди. Мен сизнинг ваъдаларингиз ва эътиборингизни барчага тарғибот этганимда халқ қаноат ҳосил қилди.
Мен жума куни сулҳ шартлари билан танишдим. Мени гуноҳкор дейилиб, товон тўлаш белгиланган. Шартноманинг айрим моддаларини бажаришга ожизлигимни англаб, илтимосимни ездим. Мен сиздан мамнунман ва хурсандман ҳамда сизга миннатдорлигимни изҳор қиламан. Менга халқни бошқариш қийин, шу боис берган ваъдамни ўзгартириб, мени ва халқнинг тақдирини ҳал этишни сиз ярим подшоҳнинг ихтиёрига топшираман».
Насриддинхон ўзини шу даражада ожиз ва елғиз сезганки, хонлик тақдирини тамомила Россия қўлига топширишга қарор қилган. Айниқса, уни товон масаласи қаттиқ ташвишлантирган. Чунки хазинани Худоёрхон олиб кетганлиги туфайли ҳукуматнинг чўнтаги қуруқ эди. Товонни қашшоқлашган халқдан тўплашнинг ҳеч иложи бўлмаган. Кауфман хоннинг хатининг четига: «Мен Насриддинхондан шартноманинг бажарилишини сўраганимда у менинг ишонадиган одамларим йўқ, атрофдагиларга эса таяниб булмайди», деб жавоб берганлигини ёзиб қўйган.
Кауфманнинг ўзи ҳам товон ундиришнинг имкони йўқлигини англаб, уни тўлашга зўрламайди. Оқибатда 23 сентябрда СирдарВнинг ўнг қирғоғининг Россия таркибига киритилиши масаласи бўйичагина ҳар икки томон шартномани имзолади.
1875 йилнинг 26 сентябрида Кауфман Наманганга келиб, унинг ён атрофига қўшин билан жойлашди. Бу вақтда Кауфман Абдураҳмон офтобачи ва Пўлатбек бошчилигида Андижон шаҳрида, атрофжойларида катта куч тўпланганлиги ҳақидаги хабарни олди. Рус манбасида дейилган: «Андижонликлар шаҳарнинг ўн иккита катта кўчасида турли нарсалардан тўсиқлар ўрнатганлар. Андижон ҳимояси учун шаҳарликлардан ташқари қишлоқларнинг аҳолиси ҳам келган. Шаҳар ҳимоячиларининг сони 6070 минг кишидан иборат бўлиб, уларга Абдураҳмон офтобачи бошчилик қилган. Пўлатбек эса 15 минг қирғиз билан русларга орқа тарафдан зарба бериш мақсадида шаҳар чеккасига ўрнашган».
Пўлатбекнинг кейинги фаолияти ҳақида шуни айтиб ўтиш лозимки, у ўз атрофига қирғизлардан ташқари енгилиб қочган Қўқон аскарларини ҳам тўплаб, анча куч йиққан. Унинг тарафига қипчоқ ва қирғизларнинг Ўролали, Бўтабек, Бағишбек, Мулла Йўлдош, Исфандиёр, Мирзақул, Ёрмат, Эшмат, Амалиш оғаси, Шомирза, Умарбек, Ҳасанбек Сулаймон удайчи, Абдумўмин сингари атоқли кишилари ҳам ўтган. Улар Насриддинхон ватанни сотиб Россия тарафдори бўлгани учун Пўлатхонни Андижоннинг Бўтақора қишлоғида хон деб эълон қилдилар.
Андижоннинг озодлик кураши марказига айланиши босқинчиларни қаттиқ ташвишлантириши турган гап эди, албатта, Чунончи, Кауфман дарҳол генерал Троцкий бошчилигида 1400 кишилик қўшинни 4 ракета станоги ва 8 тўп билан Андижонга жўнатган. Улар 29 сентябрда Андижондан 6 чақирим узоқлиқдаги жойга бориб ўрнашганлар.


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:35 | Message # 26
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Биринчи октябр куни генерал Троцкий ўз қушинини полковник Скобелев, Миллер Закомелский ва барон Аминов бошчилигида уч қисмга бўлиб, шаҳарга ҳужум қилишни буюрган. Улар шаҳарга яқинлашганда Пўлатхон отлиқлари ҳужумга ўтган, лекин душман тупларидан отилган ўқ ёмғири остида ҳужум қайтарилган. Полковник Скобелев ва Аминов бошчилигидаги қўшин шаҳарга кетма-кет ўқ отиб, бостириб киради. Улар шаҳардаги ҳоким саройини ишғол этган вақтда Миллер Закомелский солдатлари ҳам етиб келган. Шундан кейин ватан ҳимоячилари билан душман кучлари ўртасида қаттиқ жанг бўлган. Жангда бевосита қатнашган рус ҳарбий хизматчисининг сўзига қараганда, солдатлар ҳоким саройини эгаллаб, унинг атрофидаги уйларни бузиб ташлаганлар. Ҳатто ҳимоячилар қаршилик кўрсатган айрим хонадонларга тўплар отиб, хонавайрон қилинган1.
Душманга қарши уйларнинг томларидан, тўсиқлар ортидан, дарахтлар орасидан ва бошқа жойлардан ўқлар отилган. Солдатлар қаердан ўқ отилган бўлса, ўша жойни тўплардан ўққа тутган. Ҳоким саройи ҳам босиб олинган. Шундан кейин генерал Троцкийнинг кўрсатмасига биноан шаҳар ёндирилиб, харобага айлантиридди. Ўша 1 октябр куни соат 2 да душман аскарлари шаҳар яқинидаги лагерларга қайтиб, дам олган. Икки соатдан кейин Скобелев раҳбарлигидаги 200 казак, 6 тўп билан келиб, шаҳар халқини янада қаттиқроқ жазолаш учун уни уч соат мобайнида тинимсиз ўққа тутди.
Уруш 6 соатга чўзилиб, ҳимоячилар қаттиқ жанг қилганлар. Бироқ душман устун келиб, жуда кўп одамларни қирган, кўп уйжойлар хонавайрон бўлган. Бу ҳам камдек, генерал Троцкийнинг ваҳшийлиги авжига миниб 2 октябрда ҳам шаҳарни тўплардан ўққа тутқазган. Шунга қарамай, ҳимоячилар қаршилик кўрсатишни тўхтатмаганлар.
Босқинчилар Фарғона водийсининг энг йирик ва ривожланган шаҳарларидан бири ҳисобланган Андижонни узоқ вақтгача қаддини кўтара олмайдиган даражада остинустин қилиб ташладилар. 12 октябр кунларл Андижонга тўплардан жаъми 226 снаряд отилган эди. 1875 йил 3 октябрда генерал Троцкий Андижондан Наманганга кетиш йўлида ватан ҳимоячилари билан тўқнашган. Бундай туқнашувларда қатнашган, деб кўп қишлоқлар ендирилган. Қанчаданқанча одамлар ҳалок бўлган, хонадонлар вайронага айланган. Айрим маълумотларга қараганда, Андижонда шахсан Скобелев бошчилигида 20 минг киши ўлдирилган.
Шу тариқа, Троцкий ва Скобелев яхши қуролланган қўшин билан халқ лашкарларини бирин-кетин қираверган. Генерал Троцкий қўмондонлигида ҳаракат қилган қўшин жангларда 12 киши йўқотган, ярадорлар сони 59 кишини ташкил этган.
Босқинчилар икки ярим ой ичида тўплардан ҳимоячиларга қарши 387 снаряд отганлар. Шу вақт ичида 150 милтиқ, 144 туп, 32260 туп уқи, 1092 граната ўлжа олганлар. Бу ҳимоячилар учун жуда катта талофат эди.
Генерал Троцкий Наманганга яқинлашганда Пўлатхон лашкари билан тўқнашиб, қўзголончиларни мағлубиятга учратган. Пўлатхон қочиб кетаёттанда отдан йиқилиб, оёғи синган. У курашни давом эттиришга аҳд қилиб, Асакага ўрнашган. Бу ерда Пўлатхон атрофига 12 минг киши тўпланиб, улар бирин-кетин бир неча ғалабага эришадилар. Чунончи, Пўлатхон халқнинг бевосита ёрдами билан Уш, Андижон ва Марғилонни эгаллайди. Бу ҳол Насриддин мавқеини катта хавф остида қолдиргани учун у Марғилоннинг собиқ беги Султон Муродбек бошчилигидаги аскарларни Пўлатхонга қарши юборган. Бироқ бу бек ҳужум қилишдан қўрқиб, Файзобод қишлоғига ўрнашади ва қирғиз қўзғолончиларининг айрим гуруҳлари устидан ғалабага эришади. Бу жангларда асир олинган 30 нафар қирғиз Қўқонда хон томонидан дорга осилади. Бу вақтда Пўлатхон томонидан Марғилон беги лавозимига тайинланган Валихон 20 минг киши билан Файзободга ҳужум қилиб, Султон Муродни тормор этади. Кўп кишилар ўлдирилади, Султон Мурод эса Қўқонга қочади.
Бу фожеалар юз бераетганда Қўқон шаҳрининг ўзида ҳам Насриддинхонга қарши кучлар бош кўтарган эди. Халқ нафрати ва қаршиликка учраётган Насриддинхоннинг тақдири хавф остида қолади. Шу боис у 9 октябрда уч соатлик жангдан сўнг шошилинч равишда Хужандга қочади. Афтидан, хонга қарши курашга Уратепанинг собиқ беги Абдулғаффорбек бошчилик қилганки, у тахтни қўлга олади. Шундан кейин ҳам Қўқонда тартибсизлик ва зўравонлик ҳукм сураверди.


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:37 | Message # 27
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


1875 йил 16 октябрда Кауфман Наманганга генерал Скобелев бошчилигида 14 рота, 500 казак, 4 ракета станоги ва 16 тўпдан иборат ҳарбий кучни қоддириб, Хўжандга кетган. У Наманган беклигининг Россия империяси таркибига киритилганлигини эълон қилиб, хонликка яна бир бор қақшатқич зарба беради. Скобелев бу вақтда Наманган бўлимининг бошлиғи этиб тайинланганди. Водий халқи қанчалик азобуқубатлар, мисли курилмаган қирғинларни курмасин, барибир, озодлик курашидан воз кечмади. Аксинча, хонликнинг турли жойларида ғалаёнлар кўтаридди. Ҳасан Калла бошчилигида Янгиқўрғон ва Бачқир қишлоқларининг аҳолиси Қўқон шаҳрига бостириб кириб, хон саройини таладилар ҳамда Султон Муродбекни тутиб, Пўлатхонга жўнатдилар. Бу ерда унинг калласини танасидан жудо қиддилар. Файзобод жангида ғолиб келган Валихон ўз атрофига янга кучларни тўплаб, Наманганни босқинчилардан озод этишни режалаштиради. Марғилонликлар, қирғизлар ва бошқа қишлоқларнинг одамлари Балиқчи томон йўл олганда, Валихон улар билан биргалиқда Қорадаре атрофида Скобелев солдатларига қарши жангда мағлубиятга учради. У Марғилонга келганда ҳалок бўлганларнинг оилалари унга ташланадилар. Пировардида, жазодан қўрққан Валихон шаҳардан қочиб кетади. Бу урушда руслардан бир киши ўлдирилади, 10 киши яраланади. 1875 йилнинг 18 октябрида полковник Пичугин Ашобага бориб, қўзғолончилар билан жанг қилиб, қишлоқни бутунлай харобага айлантиради. Бу урушда уч босқинчи ўлдирилиб, 11 босқинчи жароҳатланади. Қўзғолон қатнашчилари қаттиқ жазоланадилар.
Сирдарёнинг ўнг қирғоғида Наманганнинг собиқ ҳокими Ботир Турабек ҳам атрофига одам тўгогаб, босқинчиларга қарши бош кўтарди. «Бул тарафда, Наманганда, — деб езади Ибрат, — Ботура деган киши чиқиб, эски сипоҳлардан йиғиб, муҳораба қилмоқ бўлуб, учтўрт минг одамни жамлаб, Турақурғонни ғарб тарафидаги Сарсончап деган қирға аскар йиғиб уламолар сўзларига қулоқ солмай ҳаракатда эрдилар».
Ботир Тўра қўли остидагилар Хўжанд ва Наманганни бирбирига боғловчи йулда Святополк Мирский бошчилигида 20 солдат қўриқлаб кетаётган юк ортилган босқинчилар транспортига ҳужум қилиб, уларни битта қолдирмай ўлдирганлар.


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:38 | Message # 28
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Скобелев 1875 йил 23 октябрда Турақўрғон қўзғолончиларини енгиб, кўп одамларни ўлдирди. Айниқса, қўзғолонда фаол қатнашганлиги учун тўрақўрғонликларнинг кўггчилиги ўлимга маҳкум этилади. 23—27 октябрда Турақурғонда бўлиб ўтган тўқнашувларда босқинчилардан 6 киши ўлдирилди ва 50 киши, жумладан 3 офицер ярадор қилинди.
Бу пайтда Наманганда босқинчиларга қарши кайфият зўрайган эди. Шу боис барча аҳоли қочиб келган Ботир Тўра тарафига ўтган. Шундан кейин унинг раҳбарлигида ҳимоячилар Наманган шаҳри биқинидаги рус ҳарбий қисмига ҳужум қилдилар. Бундан хабар топган Чустдаги Скобелев шошилинч равишда қайтиб, 26 октябрда Наманганга келиб, эртаси куни ватан ҳимоячиларига қарши ҳужум бошлади ва шаҳарнинг бир қисмини остинустин этди. Унинт фармонига биноан шаҳар шу даражада қаттиқ ўққа тутилдики, ҳимоячилардан 8800 киши ҳалок булди. Улар орасида ярадорлар сонсаноқсиз эди. Бу гал ҳам босқинчилар ўзларининг ваҳшийликларини яна бир бор намойиш қилдилар. Аммо бундай қирғинбаротлар халқни озодлик курашларидан қайтара олмади.
Босқинчилар кўрдиларки, «халқ ани атвори бузуқ, бекор ғалва бўлур, буни босмоқ учун хабар чиқардики, эрта отув буладур, кўчага бала чиқмасун, деб. Эртаси бирдан чиқуб, кўчада кўрунганни отмоқ бўлдилар. Ҳамма қочқоч бўлуб, кўп мусофирлар хонақоҳ масжидда эрдилар, кўча одамлари анда кирганда арқодан қириб, кўп кишиларни отдилар. Ул вақтда ҳеч ким уламою уқалони сўзини олмай, ҳар ким ўз олдига маст кишидек, ўзига бир иш қиладурғон кўрунуб, Намангон кўб бефойда ҳужум остида турганда уламолардан қози мулла Турсун Муҳаммад Охунд отланиб чиқиб: «Эй мусулмонлар, сизларга нима бўлди, ояту ҳадисга қаранглар, китобларда бу қилган ишларингни савоб демайдур, бизда подшоҳ йўқ, асбоб йўқ, бўл ғазот эмас», — деб панду насиҳат қилсалар, мастдек муштни кўтарган, тўқмоқ ва чўянбош кўтарган жуҳалолар бирдан: «Урунглар, бул киши Русиядан ришва (пора) олган!» — деб Қозикалон домлани отдан йиқитиб, шаҳид қилдилар.
Муни кўрган уламолар бу фуқароларни алҳол қўюб юбордилар»
1. Бу ерда маълум буладики, айрим руҳонийлар, хусусан, қозикалон хон ва қуроласлаҳаларнинг йўқлигини рўкач қилиб, халқни беҳуда қаршилик кўрсатишдан қайтармоқчи бўлганлар. Афтидан, бу билан улар бекорга қон тукилишининг олдини олмоқчи эдилар. Лекин халқда ватанпарварлик туйғуси шу даражада кучли бўлганки, улар қурбон бўлишга ҳам тайёр турганлар, қуролсиз бўлсаларда, жанг майдонида ўлишни афзал кўрганлар.
Руҳонийлар озодлик ҳаракатининг ғоявий кучи ҳисобланиб, халқ оммасини курашга отлантиришда муҳим ўрин тутганлар.
«Хўқанд шайхулисломи билан қозикалон, — дейди Аҳмад Заки Валидий,
— русларга қарши халқни урушга даъват ва тарғиб этдилар. Натижада уларни қамоққа олдилар. Кауфман шундан сўнг шайхулислом ҳам, қозикалон ҳам деган нарсалар бўлмасун, деб фармон берди».
Кауфманнинг руҳонийларга қарши бундай фармони ҳеч бир самара бермай, халқ улар таъсирида ватан мустақиллиги йўлида жонини фидо қилдилар. Руҳонийлар Худоёрхон тахтни ва, умуман, мамлакатни ўз ҳолига ташлаб қочаёттанида ҳам олдинги сафларда туриб халқни қўзғалишга даъват этиб турган эдилар. «Шаҳарнинг тор кўчаларида, лойдан ясалган деворлар орасида (юрган халқ), — дейди ўша муаллиф, — сув тошқинидаги селдек тўлқинланиб, шовуллаб оқиб, нима қилишларини билмасдан ҳайрон эрдилар. Муллалар бозорларда ҳам шаҳарнинг у томонидан бу томонига чопиб, «Битдик, хонимиз ўрис томонга ўтди, элимизга русни киргизди», деб ҳар ерда одамларни тўплаб, нутқлар ирод этиб, халқни хонга қарши қўзғатдилар».
Ҳатто қузғолончилар Худобрхон қочаётганда уни 6 чақиримгача қувлаб борганлар, лекин қаттиқ қаршиликка учраб, орқага қайтганлар.
1875 йил ноябрининг охирида Пўлатхон Асакадан чиқиб, Марғилонга ўрнашади. Бироқ бу ерда кўп кишини ўддиргани сабабли мавқеи анча пасайиб кетади. Афтидан, у кўпроқ хонлик мақомининг қалбакилигидан норози бўлган гуруҳларни шафқатсизларча жазолаган. Пўлатхон ўзи томонидан Андижон ҳокимлигига тайинланган ва кейин унинг сохта хонлигини фош этган Шомирза додхоҳ, Едгор додхоҳ сингари сафдошларини ҳам ўлдиртирган. Пўлатхон Қўқон хонлигининг шарқий қисмида ҳукмронлик қилиб, босқинчилар билан бўладиган урушга тайергарлик кўриб борди. Ўз навбатида, Намангандаги ҳарбий қисмнинг қўмондони ва узининг ватан ҳимоячилари устидан қўлга киритган ғалабалари учун генерал унвонини олган Скобелев булажак жангга ҳозирликни жадаллаштирди.
Пулатхон бошчилигидаги қўзғолон таъсирида Панжикентда ҳам озодлик кураши майдонга келган. Уларга қарши генерал Афимович қўмондонлигида капитан Арендаренко ва майор Абграли қўл остида икки ҳарбий қисм юборилган. Ҳар икки томон уртасидаги қонли тўқнашувда руслардан
4 киши ўлдирилиб, 25 одам ярадор қилинди. Ярадорлар орасида 3 офицер, ўлдирилганларнинг ичида эса 1 офицер бўлган. Бу талофатлар қаттиқ жанг бўлганлигидан далолат беради. Босқинчилар ватан ҳимоячиларининг ҳаракатларини шафқатсизларча бостирганлар.
1875 йил 25 декабрда генерал Скобелев Наманганда 4 рота, 40 казак ва 10 тўп, Чустда 2 рота, 20 казак, 6 тўп, Оқжарда 2 рота, 100 казак ва 2 туп қолдириб, 2800 киши ва 12 тўпдан иборат қўшин билан Андижонга йул олади. «Шундан кейин Скобелев, — дейилади рус манбасида, — Норин дареси орқали Қорадаренинг ўнг қирғоғи буйлаб қипчоқларнинг энг катта қишлоғи Пойтуғтача борди. У кета туриб, йулнинг икки томонидаги Узган шаҳрини ва даренинг чап қирғоғига қочиб кетган аҳолининг қишлоқларини ендириб, йўқ қилиб ташлади. Шундан кейин генерал Скобелев Қорадарени кечиб ўтиб, 1876 йил 3 январда ўзининг барча ҳарбий қисмларини Андижондан 5 чақирим масофадаги Мирравот деган жойга ўрнаштирди. Бу вақтда Андижонда Абдураҳмон офтобачи 20 минг қуролланган халқ лашкари, 5000 сарбоз ва 10 минг отлиқни тўплаганди».
Душман томонидан ўт қўйилган жойлар орасида Хўжаобод, Луғумбек, Сармоқ, Оқмозор, Қайработ, Янгизбоқ, Калонқишлоқ, Қораянтоқ ва Маси ҳамда бошқа қишлоқлар бор эди. Генерал Скобелевнинг буйруғига биноан полковник МиллерЗакомелскийнинг ҳарбий қисми Чулуму ва Мадрасайи офтобачи қишлоқларини ендирганлар.
Шу тариқа, босқинчилар ўтган йўлларини қонга ботириб, ут қўйиб, ёндириб, ваҳшийлик қилганлар. Генерал Скобелев 47 январ кунлари Андижон шаҳрини стратегия нуқтаи назаридан ўрганиб, қўшинни Оқчақмоқ тепалигига жойлаштирди. Сўнгра 8 январда ҳужумга ўтган ҳарбий қисмлар шаҳар маркази ва Гултепани эгаллаб, зудлик билан бу ерга туплар ўрнатганлар. Руслардан 2 киши ўлдирилган ва 7 киши, жумладан, бир офицер ярадор қилинган. Ҳимоячилар эса жуда кўп одам йуқотган. Абдураҳмон офтобачи ҳимоячиларнинг катта қисми билан Асакага қочган. Қўшин 9 январда қаршиликка учрамади, лекин халқ бўйсунганлигини изҳор этмагани учун шаҳар эрталабгача тўплардан ўққа тутидди. 10 январда эса қўшин Ўрдага ва Гултепага жойлаштирилди, 11 январда шаҳар вакиллари келиб, таслим бўлганликларини маълум қилдилар.
Демак, босқинчилар билан ҳимоячилар уртасида қаттиқ жанглар бўлиб ўтганки, шаҳардагилардан «ниҳоятда кўп одам ўлдирилган». Андижон шаҳрида Абдураҳмон офтобачи бошчилигидаги курашнинг мағлубиятга учраши юқори табақа вакиллари орасида умидсизлик кайфиятларини туғдирган. Оқибатда шаҳарни душманга топширишга мажбур бўладилар. 1876 йилнинг 13 январида генерал Скобелев Асакага яқинлашиб, уни ҳар жиҳатдан ўрганади. Руслар 18 январда 2 рота пиеда аскар, 240 отлиқ, 500 казак, ракета батареяси ва 4 туп билан Асаканинг ҳимоячилар урнашган шарқий томонини ва ўрдани тўплардан ўққа тутадилар. Сўнгра солдатлар ҳужумга ўтиб, тепалиқдаги ҳимоячилар қаршилигини енгиб, чекинишга мажбур этадилар. Босқинчилар Маргилон йўлида чекинаетган ҳимоячиларнинт ортидан ҳужум қилиб, 800 кишини ўлдирадилар. Бу мағлубият юқори табақа вакилларини шу даражада ваҳимага туширганки, 20 январда Абдураҳмон офтобачи ўзининг 12 сафдоши, шу жумладан, Ботир Тўра, Исфандиер, Холиқул Парвоначи, Нормуҳаммад додхоҳ ва бошқалар ҳамда 700 йигити билан Скобелевга таслим бўлади. Яқиндагина босқинчиларга қарши халқ курашининг бошида турган Абдураҳмон офтобачи генерал Скобелевга халқ Пўлатхонни ўта шафқатсизлиги, куп кишиларни ўлдирганлиги учун емон кўриши ва уни тутишда ердам беражаги ҳақида гапирган. Кейинчалик Скобелевнинг тавсиясига мувофиқ ихтиерий равишда таслим бўлганлиги ва уруш вақтида русларга нисбатан «ваҳшийлик» қилмагани учун император унга полковник унвонини беришга рухсат этган. Генерал Скобелев кўп одамларни ўлдириш ва шаҳарни вайрон қилиш билан бирга, андижонликларни товон тўлашга мажбур этиб, 33 минг сўмни дарҳол ундирган. Бунга ватан ҳимоячиларининг қаттиқ қаршилик кўрсатганлари ҳам сабаб булган эди, албатта.


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:39 | Message # 29
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Абдураҳмон офтобачининг мағлубиятидан кейин анча тинчланган Насриддинхон 1876 йилнинг 21 январида Қўқон тахтини қайтадан эгаллаш учун Маҳрамдан йўлга чиқиб, Найманча қишлоғига келганда унга Пўлатхон тарафдори сифатида Қўқон ҳокими ўрнида турган Абдуллабек раҳбарлигидаги аскарлар ҳужум қилганлар. Хон 200 кишисини йуқотиб, Маҳрамга чекинган. Аммо 23 январда хон тарафдорлари Абдуллабекни енгиб, Насриддинхонни Қўқонга таклиф этадилар ва Насриддин 29 январда тахтга ўтиради.
Бу рус ҳарбий маъмуриятининг раҳнамолигида бўлган, албатта.
Пўлатхон Андижондаги мағлубият ва Абдураҳмон офтобачининг душманга таслим бўлганини эшитиб, унинг акаукалари ва келинини ўлдиртиради. Айни бир пайтда штабскапитан СвятополкМирский, унтерофицер Ф. Данилов, яна 8 кишидан иборат рус асирларини ўлимга ҳукм этади. Генерал Скобелев ватан ҳимоячиларининг асосий қисмларига зарба бергач, МиллерЗакомелскийга 600 казак, ракета батареяси, 2 рота пиеда аскар ва 4 тўп билан Марғилонга Пўлатхонга қарши юришни тайинлаб, Наманганга жўнайди. Ҳарбий қисмнинг штаб бошлиғи лавозимида кейинчалик ҳарбий вазир бўлган капитан Куропаткин турган. Бу қушин 1876 йилнинг 27 январида Андижондан Марғилонга йўлга чиққан. Айни бир вақтда рус ҳарбий бошлиғи ихтиерий равишда қуролларни топшириш ҳақида Марғилон аҳолисига хат юборган. Бу вақтда Марғилонда Пўлатхон қўл остида кўпмингли ватан ҳимоячилари тўпланган эди. Шу боис у босқинчиларга қарши жанг қилиш имконига эга эди. Бироқ у рус қўшинининг келаетганини эшитиб, 5000 отлиқ ва қисман пиеда аскарлар ҳамда 5 тўп ва 200 туяга ортилган юклар билан Учқўрғонга кетган. Бу ерда шуни айтиб ўтиш лозимки, Пўлатхон ҳарбий ва давлатни бошқариш ишларидан бехабар бир оддий киши эди, холос. У минглаб одамларни ўз отрядига тўплашга эришган бўлсада, лекин уларни етарли даражада бошқара олмади. У кўпроқ зўравонлик ва қурқитиш воситасида иш юритганлиги учун мавқеи вақт ўтиши билан пасайиб борди.
Рус қўшини Пўлатхоннинг изи билан юриб, 1876 йилнинг 28 январида Учқўрғонни қуршаб одди. Сўнгра улар тўсатдан ҳужум қилиб, у ерга бостириб кирдилар. «Девордан биринчи бўлиб, — дейилади рус манбасида,
— капитан Куропаткин кирди. Ўрдада Пўлатхонни қутқариш учун жонини тикканлар билан қўл жанги бўлди. Бу вақтда 300 солдат 4 туп билан етиб келиб, дарҳол жангга ташланди. Пулатхоннинг кучлари сочилиб кетди.
Бу жангда 5 мис тўп, кўп қуроласлаҳа ва Пўлатхоннинг молмулки, хазинаси ўлжа олинди». Пўлатхон эса Олой водийсига қочиб, Дараутқўрғон деган жойга урнашди, аммо бу ерга Қоратегин ҳокими ҳужум қилиб, Пўлатхоннинг охирги кучларини тормор этди. Шундан кейин Пўлатхон бир гуруҳ ишончли кишилари билан Чавай деган жойга қочди. Бу ерда у қўлга олиниб, рус ҳукумати вакилларига топширилди. Бу ишни амалга оширишда унинг ашаддий душманларидан бири Мирзақул жонбозлик кўрсатди.
Пўлатхон қўзғолонининг бостирилиши пойтахт Петербургда, хусусан император томонидан мамнуният билан қарши олиниб, унинг қатнашчилари мукофотландилар.
1873—1876 йиллари Қўқон хонлигидаги ўта даҳшатли урушлар, кўпдан кўп одамларнинг қаршилиги, шаҳар ва қишлоқларнинг вайрон қилинишидан сўнг халқ оммасининг тинкаси қуриди ва қашшоқлашди. Ҳаётнинг барча тармоқлари издан чиқиб, мисли кўрилмаган азобуқубатлар ҳукм суриб, қайғуалам, қўзбoшлар ҳамда қонлар бамисоли дарё каби оқди. Мана шундай оғир шароитда ҳам халқ Ватан мустақиллиги учун курашдан воз кечмади. Аммо уларнинг ўз ҳолига ташлаб қўйилиши, ўзаро низою курашлар ҳамда ҳарбий техника ва ҳарбий билимнинг пастлиги мағлубиятга олиб келди. Бир гуруҳ маҳаллий амаддор табақа вакиллари эса бошқа иложини тополмай, Россия ҳукмронлигини тан олишга мажбур бўлдилар. Улар халқ номидан қалбаки ёзма мурожаатларни уюштиришиб, Россия ҳукмронлигига розиликларини намойиш этдилар. Ҳатто айрим жойларда «тантанали» учрашувлар уюштирдилар.
Хонликда содир бўлган кейинги воқеалар пайтида генерал губернатор Кауфман Петербургда эканлиги учун унинг ўрнида вақтинчалик генерал Колпаковекий турган эди. 1876 йил 5 февралда бу қўмондон Кауфманнинг Қўқон хонлигини Россия империяси таркибига киритиш ва Қўқон шаҳрига ҳарбий юриш қилиш ҳақидаги телеграммасини олади. Шунга биноан Хўжанд, Андижон ва Тошкентдан ҳарбий қисмлар Наманганга жўнатилади. Генерал Скобелев қўшин билан Намангандан чиқиб, 7 февралда Қўқон шаҳрига яқинлашиб, Насриддинхонни ўз ҳузурига чақиртиради. Сўнгра 8 феврадда шаҳарга бостириб кириб, хон ўрдасини эгаллайди.
Душманга қарши уруш тарафдорлари қамалади ва 29 тўп қулга олинади.
Эртасигаеқ Насриддинхон ва унинг ҳамроҳлари Тошкентга юборилади.
Бу воқеадан кўп ўтмай бошқа ҳарбий қисмлар ҳам Фарғонага келади.
1876 йил 15 февралда генерал Колпаковский Қуқонга келади. Бу туғрида генералгубернаторликнинг расмий газетаси шундай езганди:
«Собиқ Қўқон хони Саъид Насриддин ва Абдураҳмон офтобачи Тошкентга жўнатилганидан кейин 14 феврадда генераллейтенант Колпаковский император олий ҳазратнинг кўрсатмасига биноан Қўқонни эгаллаш ва уни рус тобелигига ўтказиш ҳамда Фарғона вилоятини ташкил этиш учун
Хўжанддан Қўқонга жўнади.
Собиқ хонлик аҳолиси генерал Колпаковскийни хурсандчилик билан қарши олди. Колпаковсий барча аҳолига императорнинг хонлик халқларини Россия тобелигига ва умум бир оилага олиш ҳақидаги марҳаматини ҳамда бундан буен улар тенг ҳуқуқларга эга бўлишларини эълон қидди. У халқни ўз машғулотлари билан шуғулланишга даъват этиб, рус ҳукумати тинчлик ва барқарорликни таъминлашини билдирди. У савдода, деҳқончиликда ва ҳунармандчиликда муваффақиятлар тилаб, тенг ҳуқуқ ва адолат бўлишини ваъда қидди ҳамда подшоҳ ҳақида дуолар ўқишни сўради.
Генерал Колпаковский 15 феврал, соат икки яримда Қўқон девори ёнига келган эди. Шу вақтда генерал Скобелев барча ҳарбий қўшинлар билан уни қарши олган. Колпаковский саломлашиб, қаҳрамонлик учун рус аскарларига миннатдорлик билдирганидан сунг савдо аҳли, ҳунарманд ва оқсоқоллардан иборат шаҳар вакилларига шаҳар ва, умуман, Фарғона водийси рус ҳукуматига буйсундирилганлигини билдирди. Шундан кейин тўп овозлари остида Колпаковский от устида, штаб аъзолари кузатувида шаҳарга кириб, сарой майдонида қўшин парадини ўтказди. Сўнгра қўшин Колпаковский орқасидан хон саройига кирди».
Газета саҳифасига битилган мазкур сатрлардаги «халқнинг хурсандчилиги» ҳақидаги сўзлар мутлақо асоссиздир, албатта. Буни юқорида шарҳлаган жанглар яққол кўрсатиб турибди. Бундан ташқари, Қўқонга минглаб солдатларнинг киритилиши ҳам халқнинг норозилиги туфайли эди.


 
BAXORDate: Payshanba, 11-Avg-2011, 03:40 | Message # 30
Peshqadam
Group: Ishonchli
Messages: 4071
Status:


Рус ҳукумати бўлажак хавфнинг оддини олиш учун Насриддинхон ва Абдураҳмон офтобачини нафақа билан таъминлаб, Россияга сургун қидди. Хусусан, Насриддинхон Владимир губерниясига юборидди. 1876 йил 1 мартда Пўлатхон Марғилонда дорга осилди, руслар учун хавфли кишилар эса ҳибсга олинди. Босқинчилар мамлакатга ўзлари бостириб кирганлари ва урушни ўзлари бошлаганларига қарамай, ҳарбий харажатларни ундиришга ҳаракат қиддилар. Масалан, Кауфман Пўлатхонга ен берганлиги учун Марғилон беюшгига 125000 тилла (500 минг сум) товон солган эди.
Умумлаштириб айтганда, хонлик халқлари мустақиллик ва озодлик учун қўлидан келганича жонларини фидо этдилар. Аммо ҳар жиҳатдан яхши қуролланган босқинчилар ғолиб келиб, водийни вайронага айлантирганлари ҳолда Қўқон хонлигини тугатдилар. Янги ташкил топган Фарғона вилоятига водийнинг шаҳарлари, қишлоқ ва овуллари киритилган эди. Қўли қонга беланган генерал Скобелев вилоятнинг ҳарбий губернатори лавозимига тайинланди.
Гарчанд хонлик тугатилган бўлсада, лекин қирғизлар озодлик курашларини давом эттиравердилар. Масалан, 1876 йил мартда Марғилон уездига қарашли Ғўлжа ва Шоҳимардонда минг кишилик қирғизлар бош кўтариб,
Худойқулни хон қилиб сайладилар. Уларга қарши полковник Королков бошчилигида ҳарбий қисм юборилди. Қорақияда бўлган жангда қўзғолончилар душман томонидан тормор этилди. 1876 йили Олой қирғизлари икки марта капитан Куропаткин ва Скобелев ҳарбий қисмларига ҳужум қилганлари маълум. Ўша йили рус ҳарбий қисмлари бошқа қирғиз қўзғолончилари билан ҳам тўқнашиб, уларни мағлубиятга учратдилар. Пировардида, қирғиз ғалаенлари ҳам тамомила бостирилиб, улар Россияга бўйсундирилди.
Қўқон хонлигидан кейин навбат туркманларга келди. Мустақиллик учун қаҳрамонона курашган бу халқ ўзининг жасорати ва мардлиги билан катта шуҳрат қозонди. Руслар жуда қийинчилик билан 1881 йили Ашхободни ва 1884 йили Марв водийсини эгаллади. Улар бутун таркман элини қонга белаб, ваҳшийликларини изчиллик билан давом эттирдилар.
1895 йили Помирнинг Россиянинг Марказий Осиедаги чегараси сифатида белгиланиши унинг босқинчилик ва талончилик режаларининг охирги нуқтаси ҳисобланади.

Ҳамид Зиёев


 
  • Page 1 of 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Search: