OTA-ONA-larimiz haqida sherlar
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:11:59 AM | Message # 46
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Yo'qligingiz qadamda
Turar shunday bilinib,
Non yopmaysiz tonglari
Menga kulcha ilinib,
Sarg'ayarman sarg'aygan
Rasmingizga termulib,
Ziyo istab zor qaqshar
Parvonaman, onajon.

Uy to'rida tolbeshik -
Akam yotgan, men yotgan,
Sherdek-sherdek kelbatli
Besh o'g'ilga asqotgan,
Qaytib kirib bo'lsaydi
Bo'lardim jon deb qaytgan!
Men bu joyni hammadan
Qizg'onaman, onajon.

Yashayapman sharpadek
Sezilmay goh, sezilib.
Gohi ko'kka intilib,
Gohi yerga egilib,
Sog'inganda she'r yozib
Yuraklarim ezilib -
El ichra bir shoiri
Devonaman, onajon
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:12:22 AM | Message # 47
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Sog’inmoq bor,ko’rishmoq endi dushvor,
Oramizda poyonsiz daryolar bor.
Bir ko’rishga biz intizor mushtoqmiz,
Biz ikkiga bo’lingan bitta tog’miz.

Dunyolari bevafo xilqat ekan,
Baxt degani bir oily fursat ekan.
Taqdir azal oldida ojiz otang,
Ayro yashash bizga bir qismat ekan.

O’ksimagin jon o’g’lim,polvon o’g’lim
Seni tashlab ketganim,yolg’on o’g’lim
Sensiz mening bag’rim ham butun emas
Sensiz mening ko’nglim ham vayron o’g’lim.

Ko’zim oqu-qorasi sensan bilsang
Yuragimnimng nolasi sensan bilsang
Buni hayot deydilar qil ko’prik bu,
Tushunarsan bir kuni yigit bo’lsang.

Mayli men ne bo’lsam ham omon bo’l sen!
Onang orzu qilgandek o’g’lon bo’l sen!
Otangni qayg’urmay yashasang ham,
Yurti uchun qayg’urgan inson bo’l sen!

O’ksimagin jon o’g’lim,arslon o’g’lim,
Seni tashlab ketganim yolg’on o’g’lim.
Topmoq joyda yo’qotmoq ham bor ekan.
O’z holimga o’zim ham hayron o’g’lim.
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:12:41 AM | Message # 48
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.

Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor yetgaydir.

Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin kutgaydir.

Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.

Boshingga ish tushganida sinab ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar yutgaydir.

Shon-shuhrating ketsa ketar do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani
Shunchaki... ko‘changdan bir-bir o‘tgaydir.
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:12:54 AM | Message # 49
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Otalar sha'niga loyiq so'z demoq
Tabarruk bir kitob yozish bilan teng.
Ularning mehri-ku,bamisli charoq,
Bag'ri ham yulduzli osmon kabi keng.

Sharqona tashbehni olsam gar yodga,
Bir nomi buzurgu bir nomi faqir.
Zaminni kaftida tutib,avlodga
Bus-butun yetkazgan otalar,axir.

Yuksak-yuksaklarga uchgan sor lochin
Nazar uzmagandek polaponidan.
Bardavom naslini asramoq uchun
Axir ota qavmi kechgan jonidan.

Non,degan farzandning dardli xitobi
Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan.
Bardoshli umrning zaqqum zardobi
Sochlari qirovdek ko'pirib chiqqan.

Taxti Sulaymonddan balanddir beshak
Ota deb atalgan martabayu baxt.
Farzand bunyod bo'ldi,o'lim yo'q demak
Otaning ilgida zamon bilan vaqt.

Men ko'kka termulib kutmasman madad
Do'st izlab har yonda kezmasman sarson.
Do'stu madadkor ham otadir abad,
Shoni-shoning erur,armoni-armon.
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:13:09 AM | Message # 50
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Ka'ba qopqasida turgan,ey posbon,
Avval onalarning ochgin yo'llarin.
Onalar poyiga tiz cho'k o'shal on,
Tavof qil,ko'zga surt,o'pgin qo'llarin

Hojar onamizning nidosi sabab
Ka'bada ko'z ochgan Obi Zam-zam ham.
Bir umr talpinmish onaga qarab,
Ne-ne payg'ambarlar ko'zlarida nam.

Qavmimni ranjitib qo'ymayin,ammo
Tobut yasab kelgan er zoti doim.
Onalar bag'riga faqat beshik jo,
Hayotbaxsh allalar aytgan,muloyim.

Sho'rlik odamzodning tolei uchun
Eng avval onalar qilsin ibodat.
Zora,gunohlardan pok bo'lgay ochun,
Onalar o'tinchi topib ijobat.

Ka'ba qopqasida turgan,ey posbon,
Avval onalarning ochgin yo'llarin.
Onalar poyiga tiz cho'k o'shal on,
Tavof qil,ko'zga surt,o'pgin qo'llarin.
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:13:22 AM | Message # 51
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Kimdir savol berdi:-Aytgil,Muhammad,
Yolg'iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko'p yaxshilik aylay,o'zing ayt,
Ota-onamgami yoxud bolamga.

Rasul javob qildi:-Tingla birodar,
Gapimni bir bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar,
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.

Shu hikmat sharhini o'yladim uzoq-
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz,biroq
Onadan tug'ilgan payg'ambarlar ham
.
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:13:33 AM | Message # 52
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Sizning so'zingizda ajib ma'no bor,
Bag'ringizga tortar so'zingiz sehri.
Men bildim sizningsiz keng duyo ham tor,
Jo'shar qalbingizda onalik sehri.

Shoir qizim deysiz, sho'h qizim deysiz,
Onajon erkalang olam quchaman.
Issiq yuzim deysiz, yulduzim deysiz,
Yuksak parvoz tilang baland uchaman.

Orzularim ro'yob duo qilsangiz,
Doimo yo'limda bo'lgaydir madad.
Qalbimda bir istak agar bilsangiz,
Allohim asrasin sizni toabad.

Onajonim mening, oftobim mening,
Aytay boringizga ming bora shukur.
Mehribonim, mohim, tobonim mening,
Bosh egib aylayin sizga tashakkur.
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:13:47 AM | Message # 53
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Otajon so'zingiz ajib bir hikmat,
Hech bir kitoblardan topmam qidirib.
Umr yo'lingizda yashaydi qat-qat,
Halollik ustuni turar bilinib

Yusingiz sahnida yashirin yillar,
Mehringiz bosadi oftob taftini.
O'sha siz o'tqazgan daraxtlar bilar,
Mehnatkash qo'lingiz qadoqlarini.
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:13:58 AM | Message # 54
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Erta-indin yelar izg’irin,
Yiqiladi bog’larga tuman.
Anglagani yashashning sirin,
So’zlashaman yomg’irlar bilan.

Mastu alast, beg’am do’sti yor,
Toliqtirar qalbimni manim.
Shunda birdan bo’ladi oshkor,
Yolg’izlardan yolg’iz ekanim.

Derazaga ho’l bag’rin bosib,
Kuzak tuni surganda xayol –
Men eng go’zal she’rimni yozib,
Sizni eslab yig’lashim ayon.
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:14:10 AM | Message # 55
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Bir mehring olamni to'ldirib turar,
Bag’ringdan hayotga talpinib keldim.
Bir dunyo bolalik sho’xliklarimni,
Onajon, qoshingga etaklab keldim…

Kitobni ushlatib, maktabga eltding,
Maktabdan har kuni uy tomon yeldim.
Gohida bir maqtov, gohida tanbeh,
Onajon, qarshingga yetaklab keldim…

Faxr-la, g’urur-la oq yo’l tilading,
Ilm deb eng katta shaharga keldim.
Har safar “Dunyoda sendan ulug’ zot,
Onajon, also yo’q!”, demak-la keldim...

Fashist-la kurashib, qo’ldan ayrildim,
Afg’onda oyoqning qadrini bildim.
Bir nidong doimo chorladi meni -
Onajon, huzringga emaklab keldim…
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:14:24 AM | Message # 56
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Ko'zlaringiz tushimga kiribdi bugun
Soginibman sizni, juda onajon!
Bo'sh qalbimga joylashdi motamsaro tun
Ovozingiz yuragimga kiribdi shu on...

Bu erlarda yuribman, nimalar izlab?!
Issiq qo'llaringiz qumsar dimog'im
Talpinadi yurak nimalar istab?!
Bir shirin so'zingiz istar qulog'im..
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:15:11 AM | Message # 57
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Ota meni o'ylab g'am ema,
Ko'nglim kuhna ovchining saydi
Meni bandi aylagan kema ,
Haliveri to'xtash bilmaydi

Kamalakka aylanar yo'lim
Goho g'amnok gohida sho'xman,
qaytishimni o'ylash kulgili,
Men miltiqdan otilgan o'qman

Manzilim qay kimning yuragi,
Xudo bilar qildingmi tusmol,
Qo'rqma mening sinmas kuragim
Qo'rqma mening o'ylarim halol.

Garchi qadah tuta boshladim,
Garchi qizlar tilin bilaman.
Meni mayxo'r deyolmas hechkim
Oshiqlari berib qo'ygan tan.
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:15:28 AM | Message # 58
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Ketmon emas qalamim ila
Kiprigimga ilaman erni,
Kechir meni otajon illo..
Portlab-portlab yashagim keldi.

Ketganim yo'q qishloqdan to'yib,
Ildizimni yaxshi bilaman.
Men zaminni kaftimga qo'yib
Bitta ulkan qishloq qilaman..

Faqat meni o'ylab g'am ema
Guldirakman ko'ngling bo'lsin to'q
Ota bo'lsang bilasan dema ,
Ota bo'lib ko'rganimcha yo'q
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:15:45 AM | Message # 59
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Hayot tashvishlari chulg’ab boshimni,

Sinamoqchi bo'lib sabr, bardoshimni.

Goh sevinch, goh g’amdan to'ksa yoshimni,

Sizni axtaraman, onajon.

Nuroniy keksalar davrasin ko'rsam,

Yurakda bir armon dardini tuysam,

Bafurja kimgadir gapirmoq bo'lsam,

Sizni axtaraman, onajon...
 
OshiqYigitDate: Shanba, 12/09/15, 2:16:57 AM | Message # 60
Yahshi tajribali
Group: Ishonchli
Messages: 113
Status:
Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayir,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.
 
Search: